Berar boʻlsang juftimni
agar,
Parvardigor, soliha yor ber.
Boʻlsa hamki, miskina, bezar,
Parvardigor, soliha yor ber.
Boʻlmasa ham qasru saroylik,
Ilmi boʻlsin, ilm zoʻr boylik.
Yuzidan ham qalbi chiroylik,
Parvardigor, soliha yor ber.
Boʻlsin dilda sevgisi senga,
Sening uchun boʻysunsin menga.
Soʻzi daʼvat, chorlar hak dinga,
Parvardigor, soliha yor ber.
Boʻla olsin jon u jonimga,
Iltifotla Onajonimga.
Aylanar hurmatli xonimga,
Parvardigor, soliha yor ber.
Iymonimga quvvat boʻlguvchi,
Yoʻqchilikka toqat qilguvchi.
Har ne boʻlsa Sendan bilguvchi,
Parvardigor, soliha yor ber.
Haq yoʻlingda yurar mardona,
Sirlarimni tutar pinhona.
Jannat uylarida mastona,
Parvardigor, soliha yor ber.
Tutar yoʻli sunnat har ishda,
Hovlim saranjomu sarishta.
Elga oʻrnak yurish-turishda,
Parvardigor, soliha yor ber.
Farzand bersang, boʻlib shodonlar,
Undirib jannatiy rayhonlar.
Oʻstirar hofizi Qurʼonlar,
Parvardigor, soliha yor ber.
Kechir oʻtgan gunohlarimni,
Hak yoʻlga bur oyoqlarimni.
Izsiz qoʻyma soʻroqlarimni,
Parvardigor, soliha yor ber.
Bandangman men Oʻzingsan Egam,
Kimdan soʻrgum Sendan soʻrmasam.
Solihlardan qil oʻzimni ham,
Parvardigor, soliha yor ber.
@Halolimsiz_juftim | Haloliga oshiq qalblar maskani 🌿
عرض المزيد ...