Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatligiga nomzodlar ro‘yxatga olindi
Bugun Surxondaryo viloyati hududiy saylov komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatligiga siyosiy partiyalardan ko‘rsatilgan nomzodlarni ro‘yxatga olish hamda
saylov kampaniyasi davrida siyosiy partiyalar va deputatlikka nomzodlarning saylovoldi tashviqoti to‘g‘risidagi masalalar ko‘rib chiqildi.
Xalq deputatlari viloyat Kengashidagi
50 ta saylov okrugiga beshta siyosiy partiyaning har biridan bir nafardan, jami
250 nafar nomzod to‘g‘risidagi arizalar “ye-saylov” tizimi orqali komissiyaga yuborilgan. Nomzodlarning
42 foizini xotin-qizlar tashkil etadi.
Yig‘ilishda partiyalar tomonidan ko‘rsatilgan ushbu nomzodlarni xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatligiga nomzod sifatida ro‘yxatga olish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Ro‘yxatga olingan nomzodlar haqidagi ma’lumotlar rasmiy veb-sayt va mahalliy matbuotda e’lon qilinadi.
Saylovoldi tashviqot davrida siyosiy partiyalar va deputatlikka nomzodlarga Surxondaryo viloyati televideniesida hajmiga ko‘ra bir xil bo‘lgan efir vaqti hamda “Surxon tongi” va “Zarya Surxana” gazetalarida bir xil nashr maydoni
bepul ajratilib, teng sharoitlar ta’minlanadi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Xعرض المزيد ...