“Tanaffus” podkastning navbatdagi sonida ustamalar mavzusi muhokama qilindi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mas’ul xodimi Xo’jaqulov Laziz Choriyevich bilan pedagog xodimlarga beriladigan ustamalar haqida
gaplashdik.
Umuman olganda, Laziz aka hizirgi lavozimi ustamalarga doir bo‘lmasa ham, avvalgi lavozimida shu yo‘nalishda rahbarlik qilgan edi. Shuning uchin hozirgi ustamalar mas'ulidan ko‘ra Laziz akani taklif qildik-ki, buning bir nechta sababi bor.
Birinchidan, Laziz aka dunyo ko‘rgan kuchli kadr, Koreyada eng katta kompaniyada 7 yil ishlagan, Finlyandiyada maktabda va oliy ta'limda dars bergan, jahonning eng mashhur - Oksford universitetida o‘qigan!
Ikkinchidan, eng asosiysi, Laziz aka har qanday savolga ochiq, olib qochmasdan javobi qanchalik yoqmasa ham ochig‘ini aytib qo‘yaqoladigan inson. Odatda ko‘p mas'ullar bunday ochiq intervyulardan qochishadi va mabodo rozi bo‘lib qatnashsalar ham savollarga rasmiy, yuzaaki javob berishadi. Laziz aka bilan ishlab bilamanki, bu kishi mas'ul lavozimdaligiga qaramasdan ochiq gapiraveradi.
Kechagi mavzu juda katta va og‘ir mqvzu edi, mavzu kattaligidan, suhbat qiziganidan ko‘p savollarimiz qolib ketdi Ulug‘bek ikkimizni. Og‘irligi shundaki, mavzu ustama, pul haqida edi. O‘zi har wanday pul mavzudidagi intervyular og‘ir bo‘ladi, ayniqsa ekng katta tizim ustama pullari haqida bo‘lsa har bir gap og‘ir bo‘lari. Shunda ham, Laziz aka bizning og‘ir savollarimizga imkon qadar atroflicha tahlil qilib berdiki, biz ham ba'zan qaysidir masalani bir tomonlama ko‘rganimizni his qildik, ikkinchi tomonini kecha ko‘rdik.
Ustozlar ushbu intervyudagi suhbatdan diqqat bilan tomosha qilishsa ko‘p, hali hech qayerda aytilmagan savollariga javob olishadi. Faqat bir iltimos, bunday suhbatga rozi bo‘lib kelgan mehmonni tanqid qilmay, qo‘llab-quvvatlashsa, keyingi mehmon chaqirishimizga hijolat bo‘lmas edik.
Tez kunlarda podkastning to’liq videosi e’lon qilinadi.
YouTube sahifamizga hoziroq obuna bo’ling —
https://www.youtube.com/@xalqtaliminfo
@domlajon
t.me/domlajonعرض المزيد ...