Йўқ, аслида қалби тоза, нигоҳи меҳрли инсонлар даволайдилар... "Ёнингдаман сен билан" деб, сенга елка тутганлар даволайдилар... Йўлингни йўқотиб, сарсон кезганингда тақдир қўлида, сенга ишонч берганлар, сенга ишонганлар даволайдилар...@FotihaUz
🔗 Улашинг: @FotihaUz
Ўзбекистон мусулмонлари идораси Фатво маркази.@FotihaUz
“СУБҲАНАЛЛОҲИ ВА БИҲАМДИҲИ, СУБҲАНАЛЛОҲИЛ ЪАДЗИЙМ”@FotihaUz
“СУБҲАНАЛЛОҲИ ВА БИҲАМДИҲИ, СУБҲАНАЛЛОҲИЛ ЪАДЗИЙМ” @FotihaUz
Ўзбекистон мусулмонлари идораси Фатво маркази.
#zakot #fitr #fidya #ramazon 🗣 Fatvo.uz GA 😎 OBUNA BO'LING ✅ 📹 YouTube | 🌐Instagram | ✅ Facebook | Ummalife
«Hindistonda Qurayshiy Majzum degan bir pir o‘tgan ekan. U kishining yoshi 30 dan oshgan bo‘lsa-da, moxov kasalligiga duchor bo‘lgani uchun uylanolmagan ekan. Bir kuni u zotning oldiga shogirdi kelsa, unga debdilar: — Men ham uylanishni xohlayman. Lekin mana bu dardim bor. Sen bir surishtirib ko‘rmaysanmi? Birontasi qizini menga bermasmikin? Shogirdlari yo‘lda ketarkan, o‘ylanibdi: «U zotning moxov ekanligini hamma biladi. Odamlar o‘z qizini moxov odamga bermasligini ham bilaman. Qanday yuz bilan odamlarga ustozimga qizingizni bering, deyman? Endi nima qildim? Kimga ham aytardim? O‘z qizimga aytaman-da...». Uyiga kelib, qiziga debdi: — Qizim, ustozim bir qiz topsang, uylanardim, demoqdalar. Shu kishiga, sen erga tegolmaysanmi? — U kishiga xizmat qilish men uchun sharaf! Roziman. Shogird bu xabarni ustozga aytsa, u kishi so‘rabdilar: — Mening dardimni ham qizingga aytdingmi? Shunday bo‘lsa-da rozi bo‘ldimi? — Ha, aytdim. Shunday bo‘lsa-da rozi bo‘ldi. Shunda Qurayshiy yig‘lab duo qilgan ekanlar: — Bir insonda himmat bo‘lsa, shunchalik bo‘ladi-da. Allohim, Sendan yolvorib so‘rayman. Mening badanimni o‘zgartir. Alloh taolo uning duosini qabul qilibdi. Nikoh kechasi kelinning huzuriga kirgan olimdan kelin o‘zini olib qochibdi-da, so‘rabdi: — Kimsiz? — Men Qurayshiy Majzumman. — Uni moxov deyishardi-ku. — Men sening himmatingni ko‘rib, Xudoga yig‘ladim... — Attang, siz mening savobimni barbod qildingiz-ku! Men sizning ma’zurligingiz uchun rozi bo‘lgandim. Menga bunaqa barno yigit kerak emas. Hech kim qilmagan ishni qilib, Allohdan savob umid qilgandim. O‘sha dardingiz bilan yashasangiz birga yashayman. Aks holda javobimni bering. Tahonaviy aytadilar: «Men shu odamning bir kunda barno bo‘lib, so‘ng yana moxov bo‘lganini ko‘rganman... Qurayshiy Majzum umrining oxirigacha moxov bo‘lib o‘tdi. Ayoli ham umrining oxirigacha unga xizmat qildi...»@FotihaUz
Агар ҳаётингнинг барчасини гўё Рамазондагидек яшаб ўтказсанг, охиратнинг ҳайит эканини топасан! Нима учун Рамазонда нафсларимиз роҳатланади? Чунки бу ойда нима учун яратилган бўлсак, ўша ғоя узра машғул бўламиз-да. @FotihaUz
Абу Ҳурайра розияллоҳу анҳудан ривоят қилинади:«Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам: «Икки сўз тилга енгил, тарозида оғир, Роҳманга суюклидир: «Субҳаналлоҳи ва биҳамдиҳи», «Субҳаналлоҳил азийм», дедилар».
Икки шайх ва Термизий ривоят қилганлар.Шарҳ:
Ҳа, «Субҳаналлоҳи ва биҳамдиҳи», «Субҳаналлоҳил азим»ни айтиш тилга жуда ҳам енгилдир, осондир. Аммо тилга жуда енгил бўлган бу сўзларнинг қиёмат куни банданинг амалларини тортадиган тарозидаги вазнлари жуда ҳам оғирдир. Бу дунёда ушбу сўзларни савоб умидида, ният ва ихлос ила айтиб юрган банда у дунёда катта бахтга сазовор бўлиши турган гапдир, чунки у Аллоҳ таолога суюкли бўлган сўзларни айтиб юрган. Бас, шундай экан, «Субҳаналлоҳи ва биҳамдиҳи», «Субҳаналлоҳил азим»ни кўпроқ айтишга одатланайлик.("Ҳадис ва Ҳаёт" китобидан). T.me/FotihaUz