Xizmat sizning tilingizda ham mavjud. Tarjima qilish uchun bosingO'zbek
Best analytics service

Add your telegram channel for

  • get advanced analytics
  • get more advertisers
  • find out the gender of subscriber
Channel location and language

all posts bukhari.uz

IMOM BUXORIY XALQARO ILMIY-TADQIQOT MARKAZINING RASMIY KANALI Sayt: www. bukhari.uz  • facebook.com/bukharicenter • instagram.com/ bukhari.uz  • twitter.com/www_bukhari_uz • ok.ru/bukharicenter • mover.uz/channel/imambukhari Murojaat uchun:  @Zafar_Uzaqov  
Show more
30 390-94
~4 812
~15
15.43%
Telegram general rating
Globally
29 251place
of 78 777
157place
of 430
In category
1 260place
of 2 793
Posts archive
#Янгиликлар Малайзия Бош вазирига Имом Бухорий асарлари совға қилинди Малайзия Бош вазири Анвар Иброҳим Имом Бухорий халқаро илмий-тадқиқот маркази фаолияти билан танишди. Давлатимиз раҳбари ташаббуси билан ташкил этилган мазкур марказ олимлари томонидан буюк алломаларимиз илмий мероси тадқиқ этилиб, уларнинг асарлари чоп этилмоқда. Олий мартабали меҳмонга марказ томонидан тайёрланган китоблар ҳақида маълумот берилди ва Имом Бухорийнинг асарлари совға қилинди. Малайзия Бош вазири марказдаги музейни томоша қилди. Бу ердаги тарихий асарлар, буюк муҳаддис ҳаёти ва фаолияти акс этган деворий суратлар меҳмонларда катта қизиқиш уйғотди. Анвар Иброҳим Имом Бухорий халқаро илмий-тадқиқот маркази фахрий меҳмонлар китобига ўз дил сўзларини ёзиб қолдирди. Яқинларингизга улашинг! 🌐 💬 📱 📹 💬 📹 📹 💬 🌐
Show more ...
590
4
Анвар Иброҳим Имом Бухорий мажмуасини зиёрат қилди Малайзия Бош вазири Анвар Иброҳим Самарқанд билан танишувни буюк муҳаддис Имом Бухорий мажмуаси зиёрати билан бошлади. Олий мартабали меҳмонга Президент Шавкат Мирзиёев ташаббуси билан мазкур иншоотда амалга оширилаётган улкан бунёдкорлик ишлари ҳақида маълумот берилди. Яқинларингизга улашинг! 🌐 💬 📱 📹 💬 📹 📹 💬 🌐
597
3
Анвар Иброҳим Имом Бухорий мажмуасини зиёрат қилди Малайзия Бош вазири Анвар Иброҳим Самарқанд билан танишувни буюк муҳаддис Имом Бухорий мажмуаси зиёрати билан бошлади. Батафсил Яқинларингизга улашинг! 🌐 💬 📱 📹 💬 📹 📹 💬 🌐
105
1
#Yangiliklar Islohotlar – soha rivojining asosi Qirgʻiziston poytaxti Bishkek shahrida 17-may kuni islom dinining Hanafiy-Moturidiy talqiniga bagʻishlangan xalqaro simpozium boshlandi. Qirgʻiziston-Turkiya Manas universiteti shafeʼligida oʻtkazilayotgan ikki kunlik anjumanda mezbon davlatdan tashqari Ozarbayjon, Qozogʻiston, Turkiya, Rossiya Federatsiyasi, Afgʻoniston, Indoneziya va yurtimiz vakillari qatorida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimlari ham ishtirok etmoqda... Batafsil:👉  📝 Yaqinlaringizga ulashing! 🌐 💬 📱 📹 💬 📹 📹 💬 🌐
Show more ...
2 455
4
#Videolar 📖 Hadis maʼrifati: OʻTGANLARNI XOTIRLASH 👤 Husayn MIRZAHMEDOV – Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi 🎬 👉 YouTube da: (TAS-IX) HD da: 👇 👇 👇 Videodars O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 08.05.2024 sanadagi 02-07/2744-sonli xulosasi asosida tayyorlandi. Yaqinlaringizga ulashing! ✅️ 🫥

+Husendomla170424.mp4

2 413
1
#NEWS Visit of Turkish publishers Representatives of “Irshad” publishing house of Turkey visited Imam Bukhari International Scientific Research Center. The director of the center, Shovosil Ziyodov, introduced the guests to the new literature published by us and which is on the way, and shared future plans... MORE: 👉 __ There are many manuscripts waiting to be studied The next online seminar in the series “Material Culture of the Zerafshan Valley” was held at the Imam Bukhari International Scientific Research Center in the cooperation with the Asien-Afrika-Institut of the Universität Hamburg (Germany)... MORE: 👉 __ Khorezm fiqh should be studied An international seminar on “Representatives of the Hanafi school of Khorezm and their views” was held at the Imam Bukhari International Scientific Research Center... MORE: 👉 ♻️ Share with your friends! 🌐 💬 📱 📹 💬 📹 📹 💬 🌐
Show more ...
2 554
1
#Videolar 📝 “YURTINGIZ DINIY VA DUNYOVIY ILMLAR TADQIQIDA YETAKCHI OʻRINGA CHIQISHI MUMKIN” 👤 Rizo ASLAN – Kaliforniya universiteti professori (AQSH) 🎞 👉 YouTube da: (TAS-IX) HD da: 👇 👇 👇 Yaqinlaringizga ulashing! ✅️ 🫥

++rizoo.mp4

2 546
3
#Maqolalar ISLOM TAʼLIMOTI ZULM VA ZOʻRAVONLIKKA QARSHIDIR Zulm lugʻatda “biror narsani oʻz oʻrniga qoʻymaslik” maʼnosida keladi. Shariatda esa zulm – insonni kibrga berilib, haddidan oshishi, oʻzganing haqqi, moli, joni, dini yoki or-nomusiga tajovuz qilishiga aytiladi. Zulm gunoh boʻlishi bilan birga, insonlar oʻrtadagi aloqalarning darz ketishiga ham sabab boʻladi. Shuningdek, inson kimga zulm qilsa, undan aziyat chekkan kishi qiyomatda undan rozi boʻlmagunicha Alloh taolo oʻsha bandasidan rozi boʻlmaydi. Haq taolo zulmni qattiq qoralagan va uni harom qilgan. Bu haqda bunday marhamat qilgan: “Albatta, Alloh adolatga, ezgu ishlarga va qarindoshga yaxshilik qilishga buyurar hamda buzuqchilik, yovuz ishlar va zulmdan qaytarur” (Nahl surasi, 90-oyat). Demak, inson har bir ishda adolatga intilishi, yaqinlariga imkon boricha yaxshilik qilishi va zulmning har qanday koʻrinishidan oʻzini tiyishi lozim... Batafsil: 👉 📝 Yaqinlaringizga ulashing! 🌐 💬 📱 📹 💬 📹 📹 💬 🌐
Show more ...
2 598
1
#AT-TARIXU-S-SAGʻIR 31. Bizga Ismoil ibn Abu Uvays soʻzlab berdi: Muhammad ibn Isʼhoq ibn Yasor: “(Amr ibn Abdumannof) Makkada (kambagʻallarga) non ushatgani (tarqatgani) uchun Hoshim deb nomlandi”, dedi. 📖 Imom Buxoriyning “AT-TARIXU-S-SAGʻIR” kitobidan Yaqinlaringizga ulashing! ✅️ 🫥
2 567
1
Assalomu alaykum Juma ayyomingiz muborak bo‘lsin! Yaqinlaringizga ulashing! ✅️ 🫥
2 390
28
#Yangiliklar Turk noshirlari tashrifi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga Turkiyaning “Irshod” nashriyoti vakillari tashrif buyurdi. Markazning ushbu matbaa uyi bilan hamkorligi 2019-yilda boshlangan. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-iyunda qabul qilingan “Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining kutubxona fondini xorijiy adabiyotlar bilan boyitish toʻgʻrisida”gi qarori asosida yurtimizdagi islomshunos va sharqshunos olimlardan iborat Ishchi guruhning Turkiyaga safari asnosida muhim kelishuvlarga erishilib, “Irshod” nashriyotidan 148 nomdagi 647 dona ilmiy, adabiy, badiiy, tarixiy asar xarid qilingan va Markazga olib kelingan. Mazkur adabiyotlar ilmiy ishlarda tadqiqotchilarga juda asqotyapti... Batafsil:👉  📝 Yaqinlaringizga ulashing! 🌐 💬 📱 📹 💬 📹 📹 💬 🌐
Show more ...
2 459
4
#Videolar 📝 “MARKAZ BILAN HAMKORLIK QILISHDAN MAMNUN BOʻLARDIM” 👤 Avaz AHMAD – Yuta shtati Islom uyushmasi raisi (AQSH) 🎞 👉 YouTube da: (TAS-IX) HD da: 👇 👇 👇 Yaqinlaringizga ulashing! ✅️ 🫥

+Avaz Ahmad.mp4

2 430
6
🕋 #RASMAN: “HAJ – 2024” MAVSUMI 23 MAYDAN BOSHLANADI 🗣O‘zbekistonda haj mavsumi 2024 yil 23 maydan boshlanadi. Respublikamizdan Saudiya Arabistoni Podshohligiga shu yil 7 iyunga qadar har kuni aviaqatnovlar amalga oshiriladi. ✈️ Mamlakatimizning 10 ta hududiy aeroportidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri Toshkent-Madina, Buxoro-Madina, Namangan-Madina, Farg‘ona-Madina, Samarqand-Madina, Qarshi-Madina, Termiz-Madina, Urganch-Madina, Nukus-Madina va Navoiy-Madina aviareyslari orqali ziyoratchilar haj safariga kuzatiladi. Barcha parvozlar "Uzbekistan Airways" AJ aviakompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi. 📝“Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha Respublika jamoatchilik kengashi joriy mavsumga tayyorgarlik ishlarini turli yo‘nalishlarda jadal davom ettirmoqda. Jumladan, ziyoratchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, emlash, guruh rahbarlarini biriktirish, safar oldi mashg‘ulotlar o‘tkazish, shifokorlar va oshpazlar guruhini jalb etish hamda safar hujjatlarini rasmiylashtirish ishlari yakuniga yetkazilmoqda. 🟢Shu kunlarda guruh rahbarlari ziyoratchilar bilan Haj arkonlari haqida suhbat qilmoqdalar. Har bir ziyoratchiga “Haj – buyuk ibodatdir” nomli qo‘llanma, sumka, nimcha kabilar taqdim etilmoqda. ☪️ Ushbu mavsumga puxta tayyorgarlik ishlarini amalga oshirish maqsadida, dastlabki ishchi guruh Saudiya Arabistoniga yetib borib, ayni kunlarda barcha tashkiliy ishlarni bajarmoqda. 💻 O‘zbekiston musulmonlari idorasining veb-sayti va ijtimoiy tarmoq sahifalarida haj amallari haqidagi turkum suhbatlar, tavsiyalar, maqolalar, shar’iy savol-javoblar e’lon qilinmoqda. Yaqinlaringizga ulashing! ✅️ 🫥
Show more ...
1 744
2
#Видеолар 🎞 АБУ ЖАЪФАР ВАРРОҚ БУХОРИЙНИНГ "ШАМОИЛИ БУХОРИЙ" АСАРИ ✍️ “ШАМОИЛИ БУХОРИЙ” РИСОЛАСИ МУАЛЛИФИНИНГ ТАРЖИМАИ ҲОЛИ 👤 Абдувоси ШОНАЗАРОВ – Имом Бухорий халқаро илмий-тадқиқот маркази илмий ходими 🎞 👉 YouTube да: 🎥 (TAS-IX) HD да: 👇 👇 👇 Видеодарс Ўзбекистон Республикаси Дин ишлари бўйича қўмитанинг 30.04.2024 санадаги 02-07/2489-сонли хулосаси асосида тайёрланди. Яқинларингизга улашинг! 🌐 💬 📱 📹 💬 📹 📹 💬 🌐
Show more ...

+Abduvosidomla020424.mp4

2 250
2
#Allomalar ABUL BARAKOT NASAFIYNING “AL-EʼTIMOD FIL EʼTIQOD” ASARI TAVSIFI Abul Barakot Nasafiy (vaf. 710/1310) tafsir, fiqh, aqida va usulul fiqh kabi sohalarda sermahsul ijod qilib, islomiy ilmlar rivojiga katta hissa qoʻshgan buyuk olimlardan biridir. Alloma aqidaga oid “Umdat aqidati ahli sunna val jamoa” (“Ahli sunna val jamoa aqidasi asosi”), “Bahrul kalom” (“Kalom ilmi dengizi”), “Umdatul aqoid” (“Aqidalar asosi”), “Al-Eʼtimod fil eʼtiqod” (“Eʼtiqoddagi tayanch”) nomli asarlarni taʼlif etgan[1]. Bularning barchasi moturidiya taʼlimoti asosidagi sunniylar aqidasiga bagʻishlangan asarlardir... Batafsil: 👉 📝 Yaqinlaringizga ulashing! 🌐 💬 📱 📹 💬 📹 📹 💬 🌐
Show more ...
1 710
3
#SUNANI DORIMIY 209. Savbondan rivoyat qilinadi: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Men ummatim borasida zalolatga boshlovchi rahbarlardan qoʻrqaman”, dedilar”. 📖 Imom Dorimiyning “Sunani Dorimiy” kitobidan Yaqinlaringizga ulashing! ✅️ 🫥
2 876
2
#Videolar no comment | Xorijiy va mahalliy mehmonlar tashrifi Yaqinlaringizga ulashing! 🌐 💬 📱 📹 💬 📹 📹 💬 🌐

file

124
1
#Maqolalar ALLOH ZAMON VA MAKONDAN OLIYDIR Mushabbiha va karromiylar: “Alloh taolo Arsh ustini makon tutgan. U boshqa jismlarga oʻxshamagan bir jismdir. Bunga Alloh taoloning: ﴿الرَّحْمَنُ عَلَى الْعَرْشِ اسْتَوَى﴾ “Rahmon Arshga istivo qildi”[1], degan soʻzi dalildir”, deydi. Ularga bunday deymiz: “Bu oʻrinda “istivo” soʻzi “istiylo” (ega boʻlish) maʼnosida tushuniladi”. Ularning: “U jismdir”, degan soʻzini esa Alloh taoloning: ﴿لَيْسَ كَمِثْلِهِ شَيْءٌ﴾ “Hech narsa Unga oʻxshash emasdir”[2], degan soʻzi bilan rad etamiz. Oyatdagi كَمِثًلِه soʻzida ك harfi zoida boʻlib kelgan. Chunki arab tilida ك va مِثًلِ soʻzlari bir xil, yaʼni “oʻxshash” degan maʼnoni ifodalaydi. Hozirgi oyatda kelganidek, baʼzan soʻzda mubolagʻa qilish maqsadida ikki soʻz ham birga ishlatiladi. Demak, bu oyatni Allohning misli borligiga emas, balki hech narsa hech qaysi jihatdan Unga oʻxshamasligiga dalil boʻladi... Batafsil: 👉 📝 Yaqinlaringizga ulashing! 🌐 💬 📱 📹 💬 📹 📹 💬 🌐
Show more ...
2 773
2
#Yangiliklar Xorazm fiqhshunosligini har qancha oʻrgansa arziydi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida “Xorazm hanafiy mazhabi namoyandalari va ularning qarashlari” mavzusida xalqaro seminar oʻtkazildi. Markaz ilmiy xodimlari, Jazoir, Fransiya, Qirgʻiziston va Turkiyadan olimlar qatnashgan anjumanda Qirgʻiziston-Turkiya Manas universiteti ilmiy xodimi, Imom Buxoriy xalqaro stipendiyasi sovrindori, ayni kunlarda Markazda ilmiy amaliyot oʻtayotgan Ulanbek Qalmurza oʻgʻli mavzu yuzasidan maʼruza qildi... Batafsil:👉  📝 Yaqinlaringizga ulashing! 🌐 💬 📱 📹 💬 📹 📹 💬 🌐
Show more ...
2 406
6
#NEWS Manuscripts are a source of knowledge An international roundtable discussion on the topic “Manuscript copies of the works of Movarounnahr Muhaddiths kept in Algeria” was held at Imam Bukhari International Scientific Research Center. Scientific staff of the Center, scientists from Algeria, France, Kyrgyzstan and Turkey took part in it... MORE: 👉 __ The next guest of the center is from the United Arab Emirates Imam Bukhari International Scientific Research Center was visited by Director General of Archeology Department of Sharjah Emirate of UAE, Isa Yusuf. The director of the Center, Shovosil Ziyodov, welcomed the guest and introduced him to the activities of the Museum... MORE: 👉 __ Visit of Kyrgyz scientists A group of scientists from the Kyrgyz Islamic University visited the Imam Bukhari International Scientific Research Center. The guests were welcomed by the deputy director of the Center, Otabek Muhammadiyev, and introduced to the activities of the museum... MORE: 👉 ♻️ Share with your friends! 🌐 💬 📱 📹 💬 📹 📹 💬 🌐
Show more ...
1 735
1
#Videolar 📖 “AT-TARIXUS SAGʻIR” – hadis ilmiga oid gʻoyat muhim qoʻllanma, oʻziga xos ensiklopediya 👤 Otabek BAXRIYEV – Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi 🎬 👉 YouTube da: (TAS-IX) HD da: 👇 👇 👇 Videodars O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 30.04.2024 sanadagi 02-07/2489-sonli xulosasi asosida tayyorlandi. Yaqinlaringizga ulashing! ✅️ 🫥
Show more ...

+Otabek Baxriyev.mp4

2 153
2
#AT-TARIXU-S-SAGʻIR 30. Bizga Qutayba soʻzlab berdi: Sufyon bizga Ali ibn Zayddan soʻzlab berdi: “Abu Tolib: “Alloh taolo (Nabiy sollallohu alayhi vasallamni) ulugʻlash uchun Oʻz ismidan u zotga ism chiqardi. Arsh egasi Mahmud va bu (Nabiy) Muhammaddir”, deb aytar edi”. 📖 Imom Buxoriyning “AT-TARIXU-S-SAGʻIR” kitobidan Yaqinlaringizga ulashing! ✅️ 🫥
2 153
3
#Yangiliklar Tadqiqotini kutayotgan qoʻlyozmalar bisyor Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Germaniyaning Gamburg universiteti huzuridagi Osiyo-Afrika tadqiqotlari instituti bilan hamkorlikda “Zarafshon vohasi madaniy boyliklari” turkumida navbatdagi onlayn seminar boʻlib oʻtdi. Unda Markaz xodimlari, yurtimiz va xorijdagi ilmiy muassasalar tadqiqotchilari, shuningdek, Germaniya, Avstriya va Turkiyadan olimlar ishtirok etdi. Seminarda Collège de France huzuridagi Turkiya, Usmoniylar, Bolqon va Markaziy Osiyo tadqiqotlari markazi direktori Aleksandr Papasning “Daloilul xayrot” va uning Markaziy Osiyodagi qoʻlyozmalari” mavzusidagi maʼruzasi tinglandi... Batafsil:👉  📝 Yaqinlaringizga ulashing! 🌐 💬 📱 📹 💬 📹 📹 💬 🌐
Show more ...
2 219
2
#Videolar 📝 Imom Buxoriy saboqlari: “HALOL KASBDA BARAKA BOR” 🎞 👉 davomi YouTube da: davomi (TAS-IX) HD da: Manba: O’zbekiston telekanali Ko‘rsatuv har Dushanba kuni soat 17:30 da “O’zbekiston” telekanali orqali efirga uzatiladi Yaqinlaringizga ulashing! ✅️ 🫥

+Saboqlar130524.mp4

1 767
3
#Eʼlon 📢 DIQQAT, E’LON! ✅ Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Germaniyaning Gamburg universiteti huzuridagi Osiyo-Afrika tadqiqotlari instituti hamkorligida “ZARAFSHON VOHASI MADANIY BOYLIKLARI” mavzusi doirasida o‘tkazilayotgan qator ilmiy ma’ruzalarni o‘zida mujassam etgan navbatdagi onlayn seminarga taklif etamiz. 👤 Bu galgi seminarda College de France huzuridagi Turk, Usmoniy, Bolqon va Markaziy Osiyo tadqiqotlari markazi direktori, Dr. Aleksandr PAPAS “Daloilul хаyrоt” va uning Markaziy Osiyodagi qoʻlyozmalari” mavzusida ma’ruza qiladi. 🫥 Onlayn seminar 2024-yil 14-may kuni Toshkent vaqti bilan soat 16.00 da boshlanadi. ⌨️ Konferensiyada onlayn tarzda quyidagi ZOOM videokonferensiya platformasi orqali ishtirok etish mumkin. 👉 Seminar identifikatori: 446 979 3351 Parol: 12345 Batafsil: 👉 Yaqinlaringizga ulashing! 🌐 💬 📱 📹 💬 📹 📹 💬 🌐
Show more ...
2 497
6
#Videolar 📖 Hadis maʼrifati: IMOM BUXORIYNING “SAHIHUL BUXORIIY” ASARI. “NIYATNING FAZILATI” HAQIDAGI HADISNING SHARHI 👤 Ravshan ELMURODOV – Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi 🎬 👉 YouTube da: (TAS-IX) HD da: 👇 👇 👇 Videodars O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 30.04.2024 sanadagi 02-07/2489-sonli xulosasi asosida tayyorlandi. Yaqinlaringizga ulashing! ✅️ 🫥
Show more ...

+Ravshandomla020424.mp4

2 620
7
#YANGI_NASHR 📚 IMOM BUXORIYNING «BIRRUL VOLIDAYN» (OTA-ONAGA YAXSHILIK QILISH) ASARI OʻZBEK TILIGA TARJIMA QILINDI ✅️ Muhammad ibn Ismoil Buxoriyning “Birrul volidayn” asari­da amallarning afzali – ota-onaga yaxshilik qilish ekani, ota-onaning farzandi haqqiga qilgan duosi mustajob boʻlishi va silai rahm fazilati kabi mavzulardagi 75 ta hadis jamlangan. ✍️ Tarjima va izohlar muallifi: ALOUDDIN HOFIY 📝 Hajmi: 116 bet 📏 Bichimi: 84x108 1/32 📚 Muqovasi: Qattiq 🖨 Nashriyot: Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi 🌐 ISBN: 978-9910-9019-6-6 🇺🇿 Alifbosi: Kirill 📖 Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning 2023-yil 4-dekabrdagi 03-07/9128-raqamli xulosasi asosida nashrga tayyorlandi. ©️ IMOM BUXORIY XALQARO ILMIY-TADQIQOT MARKAZI Batafsil: 👉 Yaqinlaringizga ulashing! 🌐 💬 📱 📹 💬 📹 📹 💬 🌐
Show more ...
3 025
2
#Yangiliklar 📝 «TURK ABRUSI TARIXI» 🫥 22-may, 2024-yil soat 10:00 da 📍 Oʻtkazish joyi: Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi 👤 Dr. Sumayra Oʻjak Ahmad Marmara universitetining Ijtimoiy fanlar instituti Islom tarixi va sanʼati boʻlimi mudiri, ilohiyotchi olima (Turkiya) 👨‍🏫 Seminarda qoʻlyozmalar bilan shug‘ullanuvchi tad­qiqotchi, doktorant va barcha qiziquvchilar taklif etiladi. ☎️ Murojaat uchun telefon: +998937277773 Batafsil: 👉 📝 Yaqinlaringizga ulashing! 🌐 💬 📱 📹 💬 📹 📹 💬 🌐
Show more ...
3 143
35
#MUSNADI KESHIY 26. Ibn Umardan rivoyat qilinadi: Umar Hajarul asvad (qora tosh)ni oʻpib: “Albatta, men seni zarar ham, foyda ham bermaydigan bir tosh ekaningni yaxshi bilaman. Agar Rasululloh sollallohu alayhi vasallam seni oʻpganlarini koʻrmaganimda, seni oʻpmas edim”, dedi”. 📖 Abd ibn Humayd Keshiyning Musnadi Keshiy (Hadislar toʻplami) 1-juz kitobidan Yaqinlaringizga ulashing! ✅️ 🫥
2 385
2
#Yangiliklar Qoʻlyozmalar – ilm manbai va bilim bulogʻi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida “Movarounnahr muhaddislari asarlarining Jazoirda saqlanayotgan qoʻlyozma nusxalari” mavzusida xalqaro davra suhbati boʻlib oʻtdi. Unda Markaz ilmiy xodimlari, Jazoir, Fransiya, Qirgʻiziston va Turkiyadan olimlar ishtirok etdi. Jazoirda tadqiq etish dolzarb boʻlgan koʻp ming nusxali qoʻlyozma namunalari mavjud boʻlib, ular orasida Movarounnahr muhaddislari qalamiga mansub boʻlganlari ham talaygina. Bu haqda Jazoirdagi Adror universiteti professori Muhammad Jirodiy oʻzining “Jazoir universitetlari va tadqiqot markazlarida islomiy qoʻlyozmalarni tadqiq etish borasida olib borilayotgan izlanishlar” mavzusidagi maʼruzasida batafsil toʻxtaldi... Batafsil:👉  📝 Yaqinlaringizga ulashing! 🌐 💬 📱 📹 💬 📹 📹 💬 🌐
Show more ...
2 495
3
#Eʼlon 📢 DIQQAT, E’LON! ✅ Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Germaniyaning Gamburg universiteti huzuridagi Osiyo-Afrika tadqiqotlari instituti hamkorligida “ZARAFSHON VOHASI MADANIY BOYLIKLARI” mavzusi doirasida o‘tkazilayotgan qator ilmiy ma’ruzalarni o‘zida mujassam etgan navbatdagi onlayn seminarga taklif etamiz. 👤 Bu galgi seminarda College de France huzuridagi Turk, Usmoniy, Bolqon va Markaziy Osiyo tadqiqotlari markazi direktori, Dr. Aleksandr PAPAS “Daloilul хаyrоt” va uning Markaziy Osiyodagi qoʻlyozmalari” mavzusida ma’ruza qiladi. 🫥 Onlayn seminar 2024-yil 14-may kuni Toshkent vaqti bilan soat 16.00 da boshlanadi. ⌨️ Konferensiyada onlayn tarzda quyidagi ZOOM videokonferensiya platformasi orqali ishtirok etish mumkin. 👉 Seminar identifikatori: 446 979 3351 Parol: 12345 Batafsil: 👉 Yaqinlaringizga ulashing! 🌐 💬 📱 📹 💬 📹 📹 💬 🌐
Show more ...
2 090
4
#Бухорийга_эҳтиром 📝 Ҳадис маърифати: ОДАМЛАРНИ ФОСИҚЛИК ВА КОФИРЛИКДА АЙБЛАШДАН ОГОҲ БЎЛИНГ! 👤 Қодирхон Маҳмудов – Имом Бухорий халқаро илмий-тадқиқот маркази илмий ходими 🎬 👉 YouTube да: (TAS-IX) HD да: 👇 👇 👇 Видеодарс Ўзбекистон Республикаси Дин ишлари бўйича қўмитанинг 30.04.2024 санадаги 02-07/2489-сонли хулосаси асосида тайёрланди. Яқинларингизга улашинг! ✅️ 🫥
Show more ...

+Qodirxondomla020424.mp4

2 817
2
#Maqolalar ABU HURAYRA ROZIYALLOHU ANHUGA QILINGAN TUHMATLARNI BARTARAF QILISHDA TARIXIY MANBALAR ASOSIDA ZAMONAVIY TADQIQOTLAR QIYOSIY TAHLILI Abu Rayya oʻz kitobida buyuk sahoba Abu Hurayra roziyallohu anhuning tarjimayi holiga ham toʻxtalib, taʼna toshlarining barchasini, bitta ham qoldirmay, sahobaga otib chiqqan. Jumhur ahli ilmlar qabul qilgan “Sahobalarning barchasi adolatlidir” degan qoidani oyoq osti qilib, boshqa sahobalarni ham yomonlagan. Ular aytmagan gaplarni aytdi, deb tuhmat qilgan. Shu mulohazalardan kelib chiqib, haq qaror topishi uchun boshqa raddiyalar qatori sahobalar roziyallohu anhum mavzusiga ham toʻxtalib oʻtishni lozim topdik. Ulamolar, hadis imomlari nazdida sahoba – Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga moʻmin holatida yoʻliqqan va iymonda vafot etgan insondir. Shu taʼrifga koʻra, murtad boʻlib, murtad holida vafot etsa, sahobaligi ketadi. Ammo tavba qilib, islomga qaytsa, sahihroq qavlga koʻra, unga yana sahobalik nisbati beriladi. Zohiridan musulmon koʻrinib, ichida kufr eʼtiqodda boʻlgan munofiqlar ham sahoba sanalishmaydi... Batafsil: 👉 📝 Yaqinlaringizga ulashing! 🌐 💬 📱 📹 💬 📹 📹 💬 🌐
Show more ...
4 517
2
#SUNANI DORIMIY 159. Abu Hurayradan rivoyat qilinadi: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Kimga biror dalilsiz fatvo berilsa, uning gunohi fatvo bergan kishining gardanida boʻladi”, dedilar”. 📖 Imom Dorimiyning “Sunani Dorimiy” kitobidan Yaqinlaringizga ulashing! ✅️ 🫥
2 588
2
#ЯНГИ_НАШР 📚 «АТ-ТАРИХУ-С-САҒИР» КИТОБИ НАШРДАН ЧИҚДИ 👤 Муаллиф: Абу Абдуллоҳ Муҳаммад ибн Исмоил Бухорий ✅️ Ровийлар илмига бағишланган ушбу “Ат-Тариху-с-сағир” асари Имом Бухорийнинг “Ат-Тариху-л-кабир” номли китобининг бевосита давоми бўлиб, ҳадис илмига оид муҳим манба саналади. Унда уч мингга яқин ровийнинг насаби ва таржимаи ҳоли ҳақидаги маълумотлар жамланган. ✅️ Асар ҳадисларнинг санадлари билан, ишончли ровийлардан келтирилгани, ровийлар ҳақидаги маълумотларни ҳам берилгани ҳамда ровийлар тартиби саналари ва қайси йилда вафот этганига кўра тартиб билан баён этилгани билан бошқа асарлардан алоҳида ажралиб туради. 📝 Ҳажми: 580 бет 📏 Бичими: 70х100 1/16 📚 Муқоваси: Қаттиқ 🖨 Нашриёт: Ғафур Ғулом номидаги нашриёт-матбаа ижодий уйи 🇺🇿 Алифбоси: Кирилл 📖 Ўзбекистон Республикаси Дин ишлари бўйича қўмитасининг 2023 йил 17 июндаги 03-07/4937-рақамли хулосаси асосида нашрга тайёрланди. ☎️ Мурожаат учун: (66) 240-20-19 Батафсил: 👉 Яқинларингизга улашинг! 🌐 💬 📱 📹 💬 📹 📹 💬 🌐
Show more ...
3 178
3
#Maqolalar RASULULLOH SOLLALLOHU ALAYHI VASALLAM QOʻRQQAN FITNA (bir hadis sharhi) IFitnalar har doim boʻlib kelgan. Bunday ishlardan eng yomoni nohaqdan shirk va kufrda ayblashdir. Buning oqibatida odamlar tinchligi buziladi. Odamlarning jonu molini halol qilib olish, tartibsizlik keltirib chiqarish va muqaddas islom nomidan terroristik harakatlarni amalga oshirish shular jumlasidandir. Nabiy sollallohu alayhi vasallam bizni yaxshilikka qanday buyurgan boʻlsalar, yomonlikdan ham shunday qaytarganlar va ogoh etganlar. Huzayfa aytadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Mening sizlar uchun eng qoʻrqqanim, bir kishi Qurʼonni qiroat qilib yuradi. Hatto uning goʻzalligi koʻrinib qoladi. Islomga yordamchi boʻladi. (Soʻng) uni Alloh xohlagunicha oʻzgartirib, undan chiqib ketadi va orqasiga uloqtiradi. (Soʻng) qilich bilan qoʻshnisiga harakat (tahdid) qiladi va uni shirkda ayblaydi”, dedilar. Men: “Ey Allohning nabiyi, ulardan qay biri shirkka yaqin, ayblanganimi yo ayblaganimi?” deb soʻradim. U zot: “Ayblagani”, dedilar” (Buxoriy va Ibn Hibbon rivoyat qilgan)... Batafsil:👉  📝 Yaqinlaringizga ulashing! 🌐 💬 📱 📹 💬 📹 📹 💬 🌐
Show more ...
2 917
4
#Videolar 📖 Hadis maʼrifati: KEKSALARNING QADRINI BILISH, HURMAT QILISH DINIMIZ TALABI 👤 Husayn MIRZAHMEDOV – Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi 🎬 👉 YouTube da: (TAS-IX) HD da: 👇 👇 👇 Videodars O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 18.04.2024 sanadagi 03-07/2121-sonli xulosasi asosida tayyorlandi. Yaqinlaringizga ulashing! ✅️ 🫥
Show more ...

+Husendomla080424.mp4

2 660
3
#AT-TARIXU-S-SAGʻIR 29. Bizga Qutayba soʻzlab berdi: Bizga Sufyon soʻzlab berdi: “Bir kishi Oisha roziyallohu anhoga: “Men oʻzimning yaxshi odamligimni qachon bilaman?” dedi. U: “Oʻzingni yomon odam deb hisoblagan vaqtingda”, deb javob berdi. U: “U holda, oʻzimning yomon odam ekanimni qachon bilaman?” dedi. Oisha roziyallohu anho: “Oʻzingni yaxshi odam deb hisoblagan vaqtingda”, dedi”. 📖 Imom Buxoriyning “AT-TARIXU-S-SAGʻIR” kitobidan Yaqinlaringizga ulashing! ✅️ 🫥
Show more ...
2 441
2
Assalomu alaykum Juma ayyomingiz muborak bo‘lsin! Yaqinlaringizga ulashing! ✅️ 🫥
765
39
#9may ❗️Ikkinchi Jahon Urushida O‘zbekistonning g‘alabaga qo‘shgan hissasi Yaqinlaringizga ulashing! ✅️ 🫥

+1.mp4

2 448
2
#Maqolalar MUQADDAS DINIMIZDA OʻTGANLARNI XOTIRLASH VA TIRIKLARNI QADRLASH HAQIDA Islom dini insonlarni odob-axloq, yaxshilik va ezgulikka chorlaydi. Shu bois, unda oʻtganlarni xotirlash, ularning haqiga duo qilish va tiriklarni qadrlash targʻib qilinadi. Qurʼoni karimda Alloh taolo musulmon ummatini oʻtganlarni xotirlab, haqqiga duo qiladigan ummat, deb taʼriflagan. Dinimizda oʻtganlarni eslash, haqqiga duo va xayr ehson qilish ibodat hisoblanadi. Shu bilan birga, bu amal tiriklar zimmasidagi burch boʻlib, dunyodan oʻtganlarning haqqidir... Batafsil:👉  📝 Yaqinlaringizga ulashing! 🌐 💬 📱 📹 💬 📹 📹 💬 🌐
Show more ...
2 826
3
#VIDEOLAR 📝 9-may – Xotira va qadrlash kuni Manba: “Ziyo” media markazi Yaqinlaringizga ulashing! ✅️ 🫥

+9-moy_hurshid_davron_jigarlarim_FULL_HD_fx_tg.mp4

2 800
1
🌙 МУФТИЙ ҲАЗРАТЛАРИГА ЯНГИ ЎРИНБОСАР ТАЙИНЛАНДИ 🗣 Шу йил 8 май куни Ўзбекистон мусулмонлари идораси раиси, муфтий Шайх Нуриддин Холиқназар ҳазратлари раисликларида видеоселектор йиғилиши бўлиб ўтди. Унда масжидлар ҳолатини яхшилаш, мўмин-мусулмонлар эҳтиёжларини таъминлаш ва имом-домлалар фаолиятини ривожлантиришга доир масалалар кўриб чиқилиб, бир қатор топшириқлар берилди. 😄Йиғилишда ташкилий масала ҳам кўрилди. Унда, ўз аризасига кўра вазифасидан озод этилган Ўзбекистон мусулмонлари идораси раиси ўринбосари Жалолиддин Ҳамроқулов ўрнига Самарқанд вилояти бош имом-хатиби Зайниддин домла Эшонқулов Ўзбекистон мусулмонлари идораси раиси ўринбосари лавозимига тайинланди. 📋 Маълумот ўрнида, Зайниддин Эшонқулов 1976 йилда туғилган. Имом Бухорий номидаги Тошкент ислом институти ва Самарқанд давлат университетини тамомлаган. Шунингдек, Миср Араб Республикасидаги “ал-Азҳар” университети малака ошириш курсини ўтаган. 📍 У меҳнат фаолияти давомида Тошкент шаҳридаги “Ҳофиз Кўҳакий”, “Имом Бухорий” жоме масжидларида имом-хатиб ва Ўзбекистон мусулмонлари идорасида турли вазифаларда хизмат қилган. 2014 йилдан буён эса Ўзбекистон мусулмонлари идораси Самарқанд вилояти вакили, вилоят бош имом-хатиби ва Пайариқ тумани “Имом Бухорий” масжиди имом-хатиби вазифаларида меҳнат қилаётган эди. 🤲 Аллоҳ таолодан Зайниддин домла Эшонқуловга ушбу вазифада куч-қувват ва улкан муваффақиятлар тилаймиз.
Ўзбекистон мусулмонлари идораси Матбуот хизмати
Яқинларингизга улашинг! 🌐 💬 📱 📹 💬 📹 📹 💬 🌐
Show more ...
192
6
#Videolar 📝 “MARKAZNING JAHONDAGI MAVQEYI YUKSALAVERSIN” 👤 Iso YUSUF – Sharja Amirligi Meros instituti Arxeologiya boshqarmasi Bosh direktori 🎞 👉 YouTube da: (TAS-IX) HD da: 👇 👇 👇 Yaqinlaringizga ulashing! ✅️ 🫥

+yusuff.mp4

2 985
7
#Yangiliklar Markazning navbatdagi mehmoni – Birlashgan Arab Amirliklaridan Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga BAA Sharja Amirligi Meros instituti Arxeologiya boshqarmasi Bosh direktori Iso Yusuf tashrif buyurdi. Mehmonni Markaz direktori Shovosil Ziyodov kutib oldi va Muzey faoliyati bilan tanishtirdi. Iso Yusuf Sharja Meros instituti rahbari Shayx doktor Sulton ibn Muhammad Qosimiyning qizgʻin salomi va ezgu tilaklarini yetkazib, samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirdi... Batafsil:👉  📝 Yaqinlaringizga ulashing! 🌐 💬 📱 📹 💬 📹 📹 💬 🌐
Show more ...
2 270
3
Last updated: 11.07.23
Privacy Policy Telemetrio