Best analytics service

Add your telegram channel for

  • get advanced analytics
  • get more advertisers
  • find out the gender of subscriber
Channel location and language
Not specified

audience statistics Informatika va AT

Axborot texnologiyalari bo'yicha eng sara ma'lumotlar va video darslar bizda! Reklama:  @InfoAloqa  
11 5540
~0
~0
0
Telegram general rating
Globally
52 934place
of 78 777
In category
1 117place
of 1 396

Subscribers gender

Find out how many male and female subscibers you have on the channel.
?%
?%

Audience language

Find out the distribution of channel subscribers by language
Russian?%English?%Arabic?%
Subscribers count
ChartTable
D
W
M
Y
help

Data loading is in progress

User lifetime on the channel

Find out how long subscribers stay on the channel.
Up to a week?%Old Timers?%Up to a month?%
Subscribers gain
ChartTable
D
W
M
Y
help

Data loading is in progress

Hourly Audience Growth

    Data loading is in progress

    Time
    Growth
    Total
    Events
    Reposts
    Mentions
    Posts
    Since the beginning of the war, more than 2000 civilians have been killed by Russian missiles, according to official data. Help us protect Ukrainians from missiles - provide max military assisstance to Ukraine #Ukraine. #StandWithUkraine
    Talablarga binoan onlayn kurslar orasida eng ilg‘orlari va menga yoqqanlarini taqdim etaman, marhamat: https://www.coursera.org – menimcha onlayn bilim resurslarning eng yetakchisi Materiallar asosan ingliz tilida, ammo rus, turk, xitoy, ispan, arab va boshqa tillarda ham dasturlar topiladi. Kurslarni tekin o‘tish mumkin, pullik o‘tsa mutaxassislik diplomini beradi. Leksiya, seminar, proyekt, test, talabalar kollaborasiyasi ishlari yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Dasturlar faqat tasdiqlangan universitet kollejlar. https://www.udemy.com - ham Coursera-ga o‘xshagan ammo dastur egalari universitet bo‘lishi shart emas. Mayda ixtisoslik bo‘yicha materiallar ko‘p. O‘zingizning shaxsiy dasturlaringizni joylashtirish mumkin. Pullik dasturlar bo‘lgani bilan tekinlarini topish mumkin, qidirishda FREE/BESPLATNO opsiyasini bosib qo‘ysangiz bo‘ldi. https://www.udacity.com – IT sohasi uchun kuchli platforma. Boshqa bilimlar ham bor. Asosan pullik, ammo tekin narsalar chiqib qoladi. https://www.edx.org/ - Harvard, MIT va boshqa “kibor” universitetlar onlayn kurslariga mo‘ljallangan. Pullik, lekin tekin dasturlar ham joylab turishlarini ko‘rganman. https://online.stanford.edu/courses o‘z nomi bilan Sendford, turli sohalarda tekin kurslari bor. https://postnauka.ru – menimcha ilmiy ommabop videolar platformasi ichida eng zo‘rlaridan. Kurslar va o‘yinlarni ham joylaydigan bo‘lishgan. Ingliz tilida ham kontent bor. Videolari youtube-da taqagan. https://ru.khanacademy.org va https://www.ted.com larni bilmaydiganlar bo‘lmasa kerak... (o‘zbek tiliga ba’zi videolari o‘girilgan). https://netology.ru/courses rus tilida amaliy kurslar. Tanishlar maqtagan. Asosan pullik, lekin bepul kurslari ham bor. Albatta bular hammasi emas! Vaqtingizni bekor ketkazmang! Jamshid Muslimov 👉 @informatika
    Show more ...
    1 123
    28
    ​​Kompyuterning asosiy xarakteristikasini bilishning bir necha usullari O'zingizning kompyuteringiz xarakteristikasini bilish juda muhim hisoblanadi, sababi istalgan dastur yoki o'yinlarni o'rnatishdan oldin, bu dastur yoki o'yinlar sizning kompyteringizga mos tushadimi aniqlash lozim. Asosiy xarakteristikaga quyildagilar kiradi: ▪️Kompyuter modeli ▪️Protsessor(CPU) ▪️Tezkor xotira(RAM) ▪️Plata(Motherboard) ▪️Videokarta ▪️Qattiq disk(HDD) Bu xarakteristikalarni bilishning bir necha usullari bor, marhamat tanlan-tanlab ishlatavering: 1. Win + R -> msinfo32 2. Win + R -> dxdiag 3. Win + R -> cmd -> systeminfo (qora oynaga systeminfo yozamiz) 4. Win + pause tugmalari bosamiz va hosil bo'lgan oynaning chap tomonidan "Диспетчер устройств" menyusiga kiramiz. ☝️Har biri Windows 7 va Windows 10 tizimlarida tekshirildi. Akmal Xudayberganov 👉 @Informatika
    Show more ...
    image
    1 082
    23
    Notebook touchpad imkoniyatidan foydalanish Bu postimizda Touchpad deb - notebook'ning sichqoncha o'rnini bosadigan, o'rta qismidagi to'rtburchak qismini tushunamiz. Bu qismdan ko'chilik foydalanmaydi, sababi, sichqoncha o'rnini bossa ham, foydalanish uchun juda noqulay deb bilishadi. Touchpad'dan foydalanishni yaxshilab o'rganib olsangiz, o'zingiz bilan sichqoncha olib yurmasangiz ham bo'ladi, lekin bunga ko'nikish kerak. Agar sizda Windows 10 operatsion tizimi va zamonaviy notebook'dan foydalansangiz, quyidagi qo'llanma sizga ancha yordam beradi(biroz eskiroq notebook'larda ham ishlasa kerak, tekshirmadim lekin): 🔹Ikki barmoq bilan gorizontal yoki vertikal yurgazish - mos ravishda yonga yoki tepa, pastga oynalarni surish mumkin, ya'ni skrolling vazifasi bajariladi. Tekshirish uchun, Word dasturida bir necha varroqdan iborat hujjatni oching va touchpad'ga ikki barmoq bilan tepa va pastga suring, xujjatdagi varroqlar keyingi yoki oldingisiga o'tadi🔹Touchpad'da ikki barmoq orasini kengaytiring yoki toraytiring - o'lchovni belgilaydi. Buni ham Word orqali tekshirish qulay, dasturni ochasiz, biror matn yozib, touchpad orqali o'lchovni belgilaysiz. 🔹Touchpad'ga, Ikki barmoqni birdaniga bosish - sichqonchani o'ng tugmasini bosish bilan bir xil. 🔹Touchpad'ga, uchta barmoqni bir vaqtda o'ziga surish - ochilgan barcha oynalarni berkitish va qayta ochish(свернуть развернуть). Klaviatura yordamida Win+D tugmalari. 🔹Uchta barmoqni gorizontal harakatlantirish - ochilgan oynalarni bir-biriga o'tkazish. Klaviaturada Alt+Tab tugmalari o'rnini bosadi. 🔹Uchta barmoqni o'zingizga qarshi tomonga harakatlantirish - ochilgan barcha oynalarni ko'rsatadi. ☝️Bu imkoniyatlarni ko'rsatish qulayroq, so'zlar bilan tushuntirish biroz qiyinroq bo'ldi, qandaydir muammo bo'lsa, yozishingiz mumkin, Yana bir narsa, agar bu imkoniyatlar sizda ishlamasa, yoki notebook'ingiz juda eski, yoki touchpad drayveri bilan muammo bo'lishi mumkin, yoki Windows 10 tizimi o'rnatilmagan. P.S. Kanal foydalanuvchilari, boshqa imkoniyatlarni ham yozib o'tishdi: 🔹Touchpad'ni to'rtta barmoq bilan bosish - bunda bildiruvchi(Центр уведомлений) oynasi ochiladi(). 🔹To'rtta barmoq bilan o'ng yoki chap tomonga surish - agar siz bir necha virtual oynalar bilan ishlasangiz, ularni almashtirish imkonini beradi(Otabek 007). Muallif: 👉 @informatika
    Show more ...
    1
    0
    Aллоҳ сенга ниманидир раво кўрмаслиги мумкин. Aгар ўзингга тўғри ва холис бўлсанг, билки, бунинг ортида ажиб бир ҳикмат ётгусидир. Балки, у сени нимадандир асраётгандир. Зеро, фақатгина Яратган сенга нима энг яхши эканини билгучидир. Тақдирнинг ҳар бир ишига шукрона қилишни ўрган, хоҳ яхши бўлсин, хоҳ ёмон!

    IMG_5774.MP4

    1
    0
    🧐Python dasturlash tilida qanday qilib 0 dan boshlab 1000$ gacha pul ishlash mumkinligi haqida bilishni istaysizmi? ❗️Buni bilish uchun siz 2-iyun kuni atigi 2 soat vaqtingizni ajratsangiz bo'ldi. Aynan shu kunda telegramda birinchi marta MATNLI VEBINAR bo'ladi. Shuningdek ushbu kanalga hoziroq kirsangiz men $75 lik chek listni bepulga beraman. Ushbu chek list orqali siz dasturlashni bilmay turib qanday qilib oyiga $300-$400 daromad qilishni o'rganasiz. •Vebinarga qo'shilish uchun ssilka orqali kanalga o'ting 👉
    Show more ...
    1 605
    9
    ​​Windows'da siz bu nomdagi fayl va papkalar ocholmaysiz Microsoft'ning dastlabki MS-DOS operatsion tizimidan qolib ketgan kiritish va chiqarishga oid nomlar hali ham zaxiralangan hisoblanadi va siz bu so'zlarni papka, hamda fayllarga beraolmaysiz. 1. con - console so'zining qisqartmasi, kiritish chiqarish qurilmasiga tegishli. 2. prn - printer papkasi. 3. aux - kiritish chiqarish uchun yordamchi port. 4. nul - qiymatsiz natija. 5. com1-com9 - ketma ket ulanishli port 6. lpt1-lpt9 - parallel ulanish porti. ☝️ Ko'p saytlar con so'zini Bill Gates'ga yoqmaydigan so'z bo'lganligi uchun shunday deb yozishadi, vaholanki bu DOS tizimidan qolib ketgan console so'zi. Endi biror papka ochingd-a, nomiga yuqoridagilarni berib ko'ring. 👉 @informatika
    Show more ...
    image
    2 630
    15
    ​​Windows'da siz bu nomdagi fayl va papkalar ocholmaysiz Microsoft'ning dastlabki MS-DOS operatsion tizimidan qolib ketgan kiritish va chiqarishga oid nomlar hali ham zaxiralangan hisoblanadi va siz bu so'zlarni papka, hamda fayllarga beraolmaysiz. 1. con - console so'zining qisqartmasi, kiritish chiqarish qurilmasiga tegishli. 2. prn - printer papkasi. 3. aux - kiritish chiqarish uchun yordamchi port. 4. nul - qiymatsiz natija. 5. com1-com9 - ketma ket ulanishli port 6. lpt1-lpt9 - parallel ulanish porti. ☝️ Ko'p saytlar con so'zini Bill Gates'ga yoqmaydigan so'z bo'lganligi uchun shunday deb yozishadi, vaholanki bu DOS tizimidan qolib ketgan console so'zi. Endi biror papka ochingde, nomiga yuqoridagilarni berib ko'ring.
    Show more ...
    image
    1
    0
    ChatGPT orqali ro'yhatdan o'tish tiklandi. Murojaat uchun: @XizmatAI Kanal manzili: Reklama
    1 380
    8
    Diniy ma’ruzalarni hech kimga yubormang! Siz yaxshilik qilmoqchidirsiz, ammo siz yuborgan material taqiqlangan boʻlsa, jinoiy javobgarlikka tortilishingiz mumkin! Yaqinlaringizga ham ulashing, ularni ham ogohlantiring! PS: Afsuski shu jarayonga ham yetib keldik. 👉

    file

    1
    2
    Dasturlarni doimo to'liq ekran ko'rinishida ochish Agar bilsangiz, biror dasturni, misol uchun Google Chrome'ni ochib, uni o'lchamini(Chrome oynasini) kichikroq qilib, yopib, qaytadan ochsangiz, qanday o'lchamda yopgan bo'lsangiz, o'sha o'lchamda qayta ochiladi. Dasturlar shunday sozlangan, lekin buni o'zgartirish mumkin, ya'ni istalgan o'lchamda dasturni yopsangiz ham, qayta ochilganda to'liq ekranda ochiladi. Buning uchun: 1. Dasturni ishga tushiradigan yorliq ustiga sichqonchani o'ng tugmasini bosasiz va "Свойства". 2. "Ярлык" vkladkasiga o'tiladi. 2. Bu vkladkadagi "Окно" degan qismini "Развернутое на весь экран" bandiga o'zgartiramiz. 3. "Применить" va OK. Shundan so'ng, belgilagan dasturingiz har safar ishga tushirilgandan to'liq ekranda ochiladi. ☝️Istalgan oynani, Win+yuqori strelka orqali to'liq ekran ko'rinishiga keltirish mumkin. 👉 @informatika
    Show more ...
    image
    3 762
    16
    ​​Google Chrome brauzeridan eslatmalarni o'chiramiz Guruhda, shaxsiy yozishmalarda, ko'p savollar Chrome brauzeridan tez-tez chiqib qoladigan eslatmalar haqida bo'lmoqda. Shu eslatmalarni o'chirishni ko'rsataman, dastlab bular nima, qayerdan paydo bo'layotgani haqida. Siz biror saytga kirdingiz sayt sizga darhol kichik oynachada savol beradi: Siz shu saytdagi yangiliklardan habardor bo'lishni hohlaysizmi? Bu savol rus, ingliz tilida bo'lishi mumkin, siz tezroq saytni ko'rish uchun "ha, roziman" degan so'zlarni bosasiz, so'ng sayt ochiladi, siz hursandsiz, lekin oqibat nima bo'lishidan bexabarsiz. Bu holatda nima bo'ladi? shu saytga qo'shiladigan har bir yengilik, sizga xabar beriladi(eslatiladi, "уведомления"), oddiy sayt bo'lsa yaxshi, agar biror xunukroq sayt bo'lsachi? Bu virus ham, aldov ham emas, chunki siz o'zingiz rozi bo'ldingiz, bu oddiy e'tiborsizlik. Demak, shu eslatmalarni o'chiramiz, dastlab kompyuter uchun o'chirishni ko'rsataman: 1. Google Chrome brauzerini ochamiz va menyu(yuqori o'ng burchakdagi vertikal uch nuqta)bo'limiga kiramiz. 2. "Настройки" bo'limiga kiramiz va chap tomon menyusidan "Конфиденциальность и безопасность"ga kiramiz va o'rtadan "Настройки сайта"(yoki "Настройки контента") bo'limiga kiramiz. 3. U yerdan "Уведомления" qismini ochamiz va barcha eslatmalarni o'chirish uchun "Сайты могут запрашивать разрешения на отправку уведомлений"ni o'chiramiz, yoki quyi qismidan har bir sayt uchun alohida politika o'rnatamiz, kimlaga ruhsat, kimlarga yo'q. Android tizimida qanday o'chirish kerakligi, quyida video ko'rinishida berilgan. 👉 @informatika
    Show more ...
    4 354
    40
    ​​Men bu ishlarni bilmasdan qildim, siz bunday qilmang 16 yillik tajribamda, kompyuter bilan sodir etgan eng yomon xatoliklarimni sanab beraman, bularning deyarli ko'pi, kompyuter bilan endi tanishgan paytlarimda bo'lgan, lekin hozir ham aktual. Maqsad, siz bunday xatoliklarga yo'l qo'ymasligingizni oldini olish, diqqat bilan o'qing va o'zingizga xulosa qiling: 1. Eng birinchi xato kompyuter sotib olishdan boshlangan, sotuvchi dollarda narh etgan, men esa so'mda tushunib kam pul oborganman va ikki martta ovora bo'lganman(2004 yillar). 2. Kompyuter monitori katta hajmli bo'lar edi va ustiga narsa yopib qo'yish moda edi, lekin ishlayotganda ustidagi matoni olib tashlash lozim bo'lgan, sababi qizigan issuq havo tashqariga chiqishi kerak edi. Men esa, matoni olib tashlamay ishlar edim, natijada monitorning orqa plastmas korpusi qorayib erishni boshlagan. Xulosa, havo chiqadigan teshiklar ochiqligiga e'tibor bering, ayniqsa kompyuter keysini orqa qismini devorga yopishmaganiga e'tibor bering, notebook teshirklarini yopib qo'ymang. 3. Windows XP tizimiga ikkita antivirus: Kaspersky va DrWeb o'rnatganman va kompyuter darhol qotib qolgan, keyin qo'shni usta chiqib, bittasini "Безопасный режим" orqali o'chirib bergan. Demak, hech qachon ikkita antivirus(!) o'rnatmang. 4. U paytlarda katta hajmli fayllarni vinchester orqali ko'chirar edik, qandaydir o'yin yozish uchun qo'shnimni vinchesterini olib keldim va ulamoqchi bo'ldim. Keys ichida joy kichik bo'lgani uchun, o'z vinchesterimni oyog'im ustiga quydim, qo'shnimnikini yaxshilab joylashtirdim, kompyuterni yoqdim va oyog'imni sal qimirlatgan edim, vinchesterim tushib ketti va ichidagi ma'lumotlar bilan birga vinchester uxladi, rosa yig'laganman. Demak, vinchester juda nozik narsa, sal zarb yesa ichidagi disklar zarar ko'radi va axlatga tashlanadi. 5. Radiodetal, svetodioadlarga qiziqqan paytim, kompyuter blok pitaniyasiga kop svetadiodlarni ulay boshladim, kompyuter ichi "светомузыка" bo'lib ketdi, juda chiroyli manzara, lekin navbatdagisini ulash jarayonida xatoga yo'l qo'ydim va blok pitaniyadan ajraldim(. 6. Kompyuterimdagi birinchi muammo, o'yin paytida qotib qolish odatini chiqardi, sababini hech kim bilmasdi, internet ham yo'q. Maslahat berishdi, platadagi kondensatorlar ishdan chiqqan, shunda sal ishgan kondensatorlarni almashtishga qaror qildim va markasi bo'yicha qidirib topdim(o'sha paytda Toshkentdagi barcha radiodetal do'konlarini qayerdaligini bilib oldim) va almashtirdim, lekin muammo hal bo'lmadi. Shu muammo bilan bitta tanishimga kompyuterimni berib yubordim. Aslida muammo protsessorda edi, ham juda kuchsiz ham qizib ketadigan Celeron protsessori edi. 7. 2010 yil  Notebook sotib oldim va shu yilning o'zida akkumlyatorini buzdim, sababi tokka ulagan holda tinmasdan o'yin o'ynadim va akkumlyator zaryad ushlamay qoldi. ☝️Bu xatolarni qilishdan tiyiling, birovning xatosidan o'rganing! 👉 @informatika
    Show more ...
    image
    5 438
    27
    Ta'limda o'zbek tilidagi loyihalarini ulashib kelayotgan admin kanallariga ulaning! 🫱 🤙 🧑🏽‍🎓 Reklama
    Nursaidov.uz
    Ta'lim, loyihalar va shaxsiy fikrlar! ❗️Murojaat: @Nursaidovbot ✅ Web site: Nursaidov.uz 💻 My hobby: @FlutterDasturchi 📹 Youtube.com/c/Nursaidovuz 📸 Instagram.com/Nursaidovuz 📱 Facebook.com/Nursaidovuz 📶 Twitter.com/Nursaidovuz
    1 251
    3
    Naushnikda musiqa tinglash qanchali zararli ekanligi va nima qilish kerakligi haqida video rolik Video rus tilidagi yozuvlar bilan taqdim etilgan, rus tilini bilmaydiganlar uchun qisqacha: Quloqning ichigacha kiradigan naushniklarda uzoq vaqt musiqa tinglash, quyidagi zararli oqibatlarga olib keladi: • Quloqning o'rta qismi zararlanadi; • asab tizimi zararlanadi; • eshitish retseptorlariga zarar yetkazasiz. Nima qilish kerak: ✅ 1 soatdan ortiq naushnikda musiqa tinglamang; ✅ musiqa ovozini 80 detsibeldan baland qilmang. ✅ hajmli naushniklardan foydalaning. 👉 @informatika
    Show more ...

    video_2020-07-04_22-31-43.mp4

    5 586
    49
    Ko'zingiz toliqmasligi uchun, monitorni qanday o'rnatish lozim #kerakli Ko'pchilikning ish faoliyati kompyuter bilan bog'liq bo'lib ketgan, bu degani biz 8-10 soatlab monitorga qarab ishlashga majburmiz. Shunday ekan, monitor joylashuviga ahamiyat berishimiz lozim. Monitorni qanday joylashtirish bo'yicha quyidagi maslahatlar mavjud: — Monitor 50-70 sm uzoliqkda joylashishi lozim; — monitor markazi sizning ko'zingiz balandligida yoki biroz yuqoriroq joylashishi kerak; — monitor ekraniga quyosh nuri to'g'ridan-to'g'ri tushmasligi shart; — monitor ekrani, ko'cha oynasiga qarama-qarshi joylashmasligi lozim; — monitordagi havo chiqadigan teshiklarini yopib qo'ymang; — monitorni tez-tez changdan tozalab turing; — monitorning bir qismi yoriq ikkinchi qismi qorong'iroq holatda joylashishiga yo'l qo'ymang. 👉 @informatika
    Show more ...
    7 760
    73
    ​​Google Chrome brayzerida "mehmon rejimi" Internet shunday rivojlanib ketganki, u yerdagi har bir qadamingiz saqlanib boriladi: kirgan saytlaringiz, jo'natgan fayllaringiz, ko'rgan videolaringiz va hokazo. Bu ma'lumotlar, brauzer, internet provayder, sayt tomonidan saqlanib boriladi. Kim nimani egasi bo'lsa, usha odam o'z mahsuloti orqali kerakli ma'lumotlarni ko'ra oladi, misol uchun, siz sayt egasi bo'lsangiz foydalanuvchilar haqidagi ma'lumotlarni ko'ra olasiz, agar siz internet provayderda ishlasangiz, sizning internetdan foydalanayotgan barcha foydalanuvchilarni nazorat qila olasiz. Bundan kelib chiqadiki, agar sizning kompyuterdan kimdur foydalansa, yoki siz birovning kompyuterini ishlatsangiz, siz kirgan saytlar brauzerda saqlanib qoladi va uni kompyuter egasi ko'rishi mumkin. Brauzerda kirilgan yo'llarni o'chirib tashlash mumkin, "Очистить историю" qilinadi, tamom, lekin ba'zida bu ishlarni qilish esdan chiqadi, yoki ortiqcha ishdek tuyuladi. Buni oldini olish uchun, brauzerga, kirilayotgan web sahifalarni saqlama degan buyruq berish mumkin. Bu buyruqni, "mehmon rejim"(Гостевой режим) imkoniyatini yoqib qo'ygan holda berish mumkin. Bu rejimda, siz kirgan saytlar, cookie fayllar saqlanib qolinmaydi, Google Chrome brauzerida, bu rejim orqali kirish quyidagicha amalga oshiriladi: 1. Google Chrome yorlig'i(ярлык)ni ustida sichqonchani o'ng tugmasi bosiladi va "Свойства". 2. "Ярлык" vkladkasiga o'tiladi. 3. "Объект" degan qismida, dasturni ishga tushirish adresi yozilgan bo'ladi, shu qatorni oxiriga borib, qo'shtirnoqdan so'ng, probel tashlagan holda, --guest deb yoziladi va "Применить" →OK. Shundan so'ng, shu yorliq orqali Google Chrome ochilsa, brauzer "mehmon rejim"da ishlaydi, bu haqida brauzerni ochganingizda, yozilib turgan matn orqali bilib olishingiz mumkin. 👉 @informatika
    Show more ...
    image
    5 682
    39
    🔥 Green Card natijalariga oz qoldi! Bugun Green Cardning DV-2024 mavsumi natijalari Toshkent vaqti bilan soat 21.00 da e'lon qilinadi. Lotereyada ishtirok etganlarga omad yor bo'lsin! Natijalarni tekshirish: 👉 @informatika
    1 434
    42
    Windows tizimida, "Панель задач" menyusi joyini o'zgartirish "Панель задач" - odatda quyi qismida joylashgan, "Пуск", ochilgan dasturlar, soat kabilar joylashgan qator tushuniladi. Panel joylashgan joyni o'zgartirish, ya'ni bu panelni yuqoriga chapga yoki o'ngga ko'chirish mumkin, uning uchun: 1. Panelning bo'sh qismida kontekst menyu(sichqonchaning o'ng tugmasi bosiladi) ochiladi va "Закрепить панель задач" qismidan belgilash olib tashlanadi. 2. So'ng, panelni bo'sh joyidan ushlab turgan holda, chap, o'ng yoki yuqoriga olib borilib, qo'yib yuboriladi. Shu tariqa, "Пуск" menyusi joyi ham o'zgaradi. Ba'zilar bu imkoniyatdan, ish stolidagi fonning quyi qismi ko'rinmay qolganda yoki "Пуск" bosilganda, chap tomon berkilib qolishini oldini olish uchun foydalanishadi. ☝️Windows 10 tizimida tekshirildi. 👉 @informatika
    Show more ...
    6 690
    31
    Ish taklif qilamiz yoki pulingizni 100% qaytarib beramiz! «Najot Ta'lim» markazi o'zining yillik hisobot, yangi rejalar va takliflarini quyidagi videoda premyera qilmoqda. Dasturlash, dizayn va marketing kabi zamonaviy kasblar bo'yicha ta'lim berib kelayotgan ushbu markaz o'zining bitiruvchilarining doimiy tarzda statistikalarini berib keladi. Premyera qilinadigan videoda bizga quyidagilar taklif qilinmoqda: — ish bilan 100% ta'minlash yoki pulni 100% qaytarib berish kafolati; — yilda bir marotaba chet elga sayohat yutish; — 5,000,000 so'mgacha pul mukofoti; — 5,000,000 so'mgacha ingliz tili uchun bepul vaucher; — 24/7 kun-u tun ishlaydigan bepul kovorking; — har hafta soha bo'yicha musobaqalar va master-klasslar; — bir vaqtning o'zida ham oflayn, ham onlayn ta'lim olish va boshqa ko'plab imkoniyatlarga ega bo'lasiz! Natijalar, rejalar va takliflar bilan batafsil tanishish uchun quyidagi havola orqali «Najot Ta'lim» YouTube sahifasiga o'ting! 👉 Havola:
    Show more ...
    🤩 «Najot Ta'lim»dan 1 yillik hisobot va MEGA yangiliklarni qarshi oling!
    O'sha siz kutgan kun keldi! • «Najot Ta'lim» haqida ma'lumotlar; • 2021-2022-yillar statistikasi; • «Najot Ta'lim»dan bozor uchun beriladigan noyob takliflar; • AyTini o'rganmoqchi bo'lgan yigit-qizlar va ularning ota-onalariga tayyorlangan katta yangiliklar siz uchun qiziqmi? Unday bo'lsa, videoni hoziroq tomosha qiling. ✊ P. S. Videoni tomosha qiling va undagi "qaynoq" yangiliklarni do'stlaringiz bilan baham ko'ring! «Najot Ta'lim» ajoyib yangiliklarni tayyorlab qo'ygan. 😉 «Najot Ta'lim» markazining telefon raqami: (78) 888 9 888 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: Sayt: https://najottalim.uz Telegram: https://t.me/najottalim Facebook: http://facebook.com/najottalim Instagram: http://instagram.com/najottalim TikTok: https://tiktok.com/@najottalim
    1 576
    9
    ​​Windows tizimida, dasturlarni tez ishga tushirish uchun kalit tugmalarni o'zimiz o'rnatamiz Windows tizimida dasturlarni ishga tushirishni quyidagi yo'llari mavjud: — "Пуск" orqali, kerakli dasturni topgan holda; — ish stolidagi yorliq orqali; — Win+R orqali "Выполнить" oynasiga kerakli dasturni yozgan holda; — dastur o'rnatilgan adresga kirib, exe faylni ishga tushirish orqali. Yuqoridagi usullar sizdan vaqt talab qiladi, shu vaqtni tejash uchun dasturlarni kalit tugmalar orqali ishga tushirish yo'li mavjud, misol uchun Ctrl+J tugmalarni bossangiz, photoshop dasturi ishga tushsin deb o'rnatish mumkin. Bunday qilish uchun, bizga dasturi yordam beradi: 1. dasturini ko'chirib olasiz va HotkeyP.exe faylini ishga tushirasiz. 2. Dastur ishga tushadi, agar ishga tushmasa demak dastur fon rejimida, ya'ni soat ko'rsatiladigan joyda paydo bo'ladi. 3. Dastur oynasidan "Создать" tugmasini bosasiz. 4. Yuqoridan, kerakli tugma(Ctrl, Alt, Shift)ni belgilaysiz va biror son yoki raqam yozasiz. Misol uchun, Shift tugmasini belgilaysiz va J tugmasini yozasiz. Bu kombinatsiya dasturni ishga tushirish uchun ishlatiladi. 5. "Команда" degan joyidagi, uchta nuqtani bosgan holda, qaysi dasturni ishga tushirish kerakligini topasiz. Misol uchun Word.exe va OK orqali bu oynani yopasiz. So'ng, Esc (Окно→Скрыть) tugmasi orqali, dasturni soat oldiga tushirib quyasiz(dastur to'liq yopib yuborilmasligi shart) va Shift→J tugmalarini bossangiz, Word dasturi ishga tushadi. ☝️Ancha ishingizni yengillashtiruvchi dastur, qo'shimcha tugmalarni(Ctrl, Shift, Alt) tanlamagan holda ham, faqat harf yoki raqam orqali dasturni ishga tushirish mumkin, Windows 10 tizimida tekshirildi. 👉 @Informatika
    Show more ...
    image
    7 455
    29
    Bir nechta Word xujjatlarini bitta xujjatga birlashtirish Ha, bu oddiyku, har bir hujjat ochilib, nusxa olinib, yangi xujjatga nusxasi tashlab chiqiladi, deb o'yladingiz. Umuman olib qaraganda, bu Word dasturini ustidan kulish, mavjud imkoniyatdan foydalanmaslikdir. Mayli, shu yo'l menga ma'qul dedingiz, agar xujjatlar soni 20 ta, 100 ta bo'lsachi? Demak, bizda
    name1.docx, name2.docx, name3.docx
    nomli Word xujjatlali bor, bularni name.docx nomli xujjatda birlashtiramiz. 1. Word matn muharriri ochiladi. 2. "Вставка" bo'limiga o'tiladi. 3. "Объект" menyusi ochilib, "Текст из файла" tanlanadi. 4. Kerakli xujjatlar tanlanadi(name1.docx, name2.docx, name3.docx) va "Вставить". 5. Natijada, barcha fayldagi matnlar shu xujjatga ketma-ket tushadi. 6. Yangi xujjat name.docx deb saqlanadi. ☝️Bu usul, Word2007, Word2010, Word2019 versiyalarida tekshirildi. Akmal Xudayberganov 👉 @informatika
    Show more ...

    yy.mp4

    5 858
    68
    Oxirgi eslatma kanalimiz 1-maydan boshqa adminga o'tadi. ga o'tib olishingizni so'raymiz.
    Nursaidov.uz
    Ta'lim, loyihalar va shaxsiy hayot ✅ Web site: Nursaidov.uz ❗️Murojaat: @Nursaidovbot ⚡️Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga ulaning. 📹 Youtube.com/c/Nursaidovuz 📸 Instagram.com/Nursaidovuz 📱 Facebook.com/Nursaidovuz 📶 Twitter.com/Nursaidovuz
    541
    0
    Oxirgi eslatma kanalimiz 1-maydan boshqa adminga o'tadi. ga o'tib olishingizni so'raymiz.
    Nursaidov.uz
    Ta'lim, loyihalar va shaxsiy hayot ✅ Web site: Nursaidov.uz ❗️Murojaat: @Nursaidovbot ⚡️Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga ulaning. 📹 Youtube.com/c/Nursaidovuz 📸 Instagram.com/Nursaidovuz 📱 Facebook.com/Nursaidovuz 📶 Twitter.com/Nursaidovuz
    914
    0
    ⚡️AQSHda muvaffaqiyatga erishgan o‘zbekistonliklar haqidagi ta’sirli hikoyalarni o‘z ichiga olgan “O‘zbekistonlik” hujjatli filmining premyerasi boshlandi! Mazkur filmni ayni vaqtda quyidagi havola orqali YouTube tarmogʻida ham tomosha qilishingiz mumkin.
    O'zbekistonlik | Episode 3 | (4K)
    “O‘zbekistonlik” filmining uchinchi qismi hayot qiyinchiliklarini yengib o‘tib, muvaffaqiyatga erishgan muvaffaqiyatli vatandoshlar hikoyasining mantiqiy davomidir. Bu galgi epizod qahramonlarining hikoyasi yuksak cho‘qqilarni zabt etishga, jahon miqyosida O‘zbekistonning ijobiy imijini ko‘tarishga intilayotgan har bir o‘zbekistonlik uchun eng kuchli motivatsiya taqdim etishi shubhasiz. Loyiha muallifi – Alisher Sa’dullayev Rejissyor – Muxlisa Azizova Ssenariy muallifi – Jahongir Ahmedov Operator – Jahongir Ibragimov Bosh prodyuser – Oybek Abdushukurov Prodyuser – Nikita Makarenko Prodyuser – Okhunjon Ubaydullaev Prodyuser – Qobiljon Ahmedov Muharrir – Azamat Murodov Montaj – Okhunjon Ubaydullaev https://www.uzbekistans.club
    1 430
    9
    Ҳурматли колхоздошлар. (бугун 30 апрельда) референдумда овоз бериш сизнинг ихтиёрий ҳуқуқингиз. Хеч ким сизни овоз беришга ёки овоз бермасликка мажбурлашга ҳақли эмас. Ижтимоий фаол фуқаро сифатида конституциявий ҳуқуқингиздан фойдаланиб ўз овозингизни эмин-эркин бериб келишингиз мумкин. Агар боролмайман, тўйим бориди, сигирим туққанди ёки чойхонам бор эди десангиз – бу ҳам сизнинг танловингиз. Хуллас, агар бирор сабабларга кўра референдумда овоз беришда қатнаша олмасангиз – сизни боришга мажбурлашга, маошингиз, лавозимингиз, ўқишингиз (наинки бошқа ҳуқуқларингизни поймол қилиш) билан сизга тахдид қилишга ҳеч ким ҳақли эмас. (Юқоридаги скриншотдаги каби ҳолатларда бузилган ҳуқуқингиз юзасидан судга мурожаат қилишга тўла ҳақлисиз). Буларни нега ёзяпман? Бирнеча кундан бери тармоқларда (БОТдан ҳам ўнлаб шикоятлар, скришонтлар келмоқда) овоз беришга бориб селфи тушиб юборишга мажбурлашлар, акс холда иш соатини қисқартириш, курсдан-курсга қолдириш ва х.к. билан таҳдид қилинаётгани ҳақидаги хабарлар тарқаяпти. Айрим универларда хатто бемор (юқумли касаллиги бўлган) талабаларни ҳам келиб, бюллетен билан расмга тушиб, телеграмдан юборишга мажбурлашаётгани ҳақида айтишяпти. Бу айрим ура-урачи раҳбарлар бугун кундузи “отчет учун селфибозлик” қилиб, бошқа хорижий кузатувчилар олдидаям шарманда қилишмасин ишқилиб.
    Show more ...
    1 143
    3
    Universitetlarda shunaqa sharmandali buyruqlar berish davom etmoqda.
    735
    15
    Dasturlash asoslari: "Ma'lumotlar turlari: o'zgaruvchilar, konstantalar, operatorlar va ifodalar" mavzusi bo'yicha taqdimot qilgandik. Foydasi tegsa xursandmiz! @Nursaidovuz

    Dasturlash asoslari 1-qism!.pdf

    2 041
    47

    file

    97
    6
    9 yil grantdao'qib, Yaponiyaning eng ilg'or universitetidan PhD daraja olgan olim bilan suhbat «Osmondagi bolalar» loyihasining bu galgi mehmoni ko‘plab xalqaro ta'lim grantlari g‘olibi, Tokyo universitetidan Ommaviy siyosat bo'yicha fan doktori, Jorj Vashington va Vestminister universitetlarida mustaqil tadqiqotchi hamda Yaponiya raqamli universiteti (JDU) prorektori bo‘ldilar. 🎯 Ushbu sonda Yaponiya va O'zbekistonda ta’lim tizimi, iqtisodiyot, talaba yoshlarga tavsiyalar, professor o‘qituvchilarimizda uchrayotgan muammolar hamda universitetlar haqida kerakli ma’lumotlarni olasiz, degan umiddamiz. 🛎 Premyerani hoziroq tomosha qiling! 👉
    Show more ...
    Osmondagi bolalar
    2 387
    15
    Referendum haqida to'liq va o'zbek tilida video tayyorlashibdi. Videoni har bir O'zbekiston fuqarosi ko'rishi shart. Chunki 30-aprelda nima bo'layotganini anglashi kerak. 👉
    REFERENDUM KIMGA KERAK?
    Aytilmagan barcha haqiqatlar...
    2 077
    24
    Last updated: 11.07.23
    Privacy Policy Telemetrio