Best analytics service

Add your telegram channel for

  • get advanced analytics
  • get more advertisers
  • find out the gender of subscriber
Category
Channel location and language

audience statistics UzReport.news

O'zbekiston va dunyo yangiliklari  https://uzreport.news  saytining rasmiy Telegram kanali. Kirill yozuvida yangiliklar:  @uzreportnewsuz  Lotin yozuvida yangiliklar:  @uzreport_uz  Qayta aloqa uchun:  @UzReportbot  Reklama:  @FUTBOLTV_ADVERTISING  
Show more
46 130-164
~7 653
~49
12.24%
Telegram general rating
Globally
17 020place
of 78 777
629place
of 2 295
In category
964place
of 3 169

Subscribers gender

Find out how many male and female subscibers you have on the channel.
?%
?%

Audience language

Find out the distribution of channel subscribers by language
Russian?%English?%Arabic?%
Subscribers count
ChartTable
D
W
M
Y
help

Data loading is in progress

User lifetime on the channel

Find out how long subscribers stay on the channel.
Up to a week?%Old Timers?%Up to a month?%
Subscribers gain
ChartTable
D
W
M
Y
help

Data loading is in progress

Since the beginning of the war, more than 2000 civilians have been killed by Russian missiles, according to official data. Help us protect Ukrainians from missiles - provide max military assisstance to Ukraine #Ukraine. #StandWithUkraine
Toshkentda chorrahalar va ko‘chalarni ta’mirlash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar boshlanadi Ishlarning asosiy qismi joriy yilning may oyidan sentabrigacha – maktablar va oliy o‘quv yurtlarida ta’til kunlarida amalga oshiriladi. Batafsil 👉 Lotin|Кирилл
695
0
Putin Si Szinpin bilan uchrashdi Rossiya prezidenti Vladimir Putin Pekindagi Xalq majlislari zaliga keldi. Uni Xitoy parlamenti binosida Si Szinpin kutib oldi. Ikki davlat rahbarlari qo‘l berib ko‘rishib, artilleriya o‘qlari sadolari ostida ichkariga kirishdi. Rossiya-Xitoy muzokaralari Xalq palatasida tor doirada boshlandi. Batafsil 👉 Lotin|Кирилл
1 572
0
Toshkentda NON-FOOD ASIA EXPO-2024 ko'rgazmasida eng yangi mahsulotlar Toshkentda 21-23 may kunlari "O'zekpomarkaz"da bo'lib o'tadigan non-FOOD ASIA EXPO-2024 xalqaro nooziq-ovqat mahsulotlari ko'rgazmasiga taklif etamiz. Rossiya, Belorusiya, Xitoy va Qozog'istonning etakchi ishlab chiqaruvchilarining yangiliklari va premyeralari. Kategoriyalardagi yangi mahsulotlar bilan tanishing – idishlar, uy kimyoviy moddalari va kosmetika, uy-ro'zg'or buyumlari va boshqalar. Reklama
1 873
3
"Yangi O‘zbekiston: ilm qaldirg‘ochlari – 2024": Jizzax yoshlarni chorlaydi 18-may kuni Jizzax shahrida O‘zsanoatqurilishbank hamda Jizzax politexnika instituti hamkorligida “Yangi O‘zbekiston: ilm qaldirg‘ochlari – 2024” talabalar III xalqaro anjumani o‘tkaziladi. Batafsil 👉 Lotin|Кирилл
2 173
7
Slovakiya bosh vaziri o‘rinbosari: Fitso operatsiya qilindi, uning hayoti xavf ostida emas Slovakiya bosh vaziri o‘rinbosari Tomas Taraba suiqasddan omon qolgan mamlakat bosh vaziri Robert Fitsoning hayoti xavf ostida emasligini aytdi. Slovakiya bosh vaziriga suiqasd uyushtirishda 71 yoshli yozuvchi Yuray Sintula gumon qilinmoqda. Batafsil 👉 Lotin|Кирилл
2 204
0
Toshkent shahrining markaziy ko‘chalaridan birida transport qatnovi bir tomonlama cheklanadi Shota Rustaveli - Bobur ko‘chalari chorrahasidan Bobur ko‘chasi bo‘ylab Bobur-Seul, Bobur - Furqat ko‘chalari chorrahasigacha bo‘lgan oraliqda yo‘l qurilish va ta’mirlash ishlari olib boriladi. Batafsil 👉 Lotin|Кирилл
2 102
2
Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov bilan intervyu Ushbu intervyuni bugun, 16-may kuni soat 21:00 da UzReport TV da tomosha qilishingiz mumkin! Lotin|Кирилл

16-05-INTERVYU_ ENERGETIKA.mp4

2 985
1
Samarqandda ikki qavatli uy qulab tushishi holati bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi Uy egasi IIBga ariza bilan murojaat qilib, unga 300 ming AQSh dollari miqdorida moddiy zarar yetkazilganini bildirgan. Batafsil 👉 Lotin|Кирилл
3 699
1
Kongress: AQShda o'lim darajasi 2040-yilga borib tug'ilishdan oshib ketadi Kongressning Budjet byurosi dushanba kuni e'lon qilgan hisobotga ko'ra, Qo'shma Shtatlarda o'lim darajasi 2040-yilga borib tug'ilish darajasidan oshib ketadi va muhojirlarning to'g'ri oqimi bo'lmasa, mamlakat aholisi kamayishni boshlaydi. Batafsil 👉 Lotin|Кирилл
3 625
3
Jo Bayden bilan nutq so'zlayotgan aktrisa Lyusi Liu, Sidneydagi Sydney Surf Pro ayollar yarim finali, Hindistondagi parlament saylovlari. Kun suratlari UzReport tahririyati dunyo bo‘ylab e’tiborga molik voqea-hodisalar vaqtida olingan suratlarni to‘plab boradi. Bu safar ham bir qator qiziqarli suratlar tarixga muhrlangan. Batafsil 👉 Lotin|Кирилл
5 612
2
15-may kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti 💍 Zargarlik uchun qimmatbaho toshlarni olib kirish soliqdan 🚘 Aprel oyida O'zbekiston avtomobil bozorida savdolar 🏚 Zo‘ravonlikka uchragan ayollarni reabilitatsiya qilish uchun vaqtinchalik boshpanalar ❗️ Tojikiston Markaziy Osiyo yagona energetika tizimiga 🐻 Surxondaryoda qishloqqa kelib qolgan ayiq otib ✈️ O‘zbekistonliklar turistik maqsadda eng ko‘p qaysi davlatga chiqayotgani Batafsil 👉 Lotin|Кирилл
Show more ...
5 662
2
O‘zbekistonliklar turistik maqsadda eng ko‘p qaysi davlatga chiqayotgani aytildi Statistika agentligi maʼlumotlariga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-mart oylarida qariyb 1,3 mln nafar o‘zbekistonliklar turistik maqsadlarda xorijga safar qilgan. Batafsil 👉 Lotin|Кирилл
5 292
1
Aprel oyida aholi tomonidan sezilgan inflyatsiya darajasi 13,7 foizni tashkil etdi Sezilgan inflyatsiya darajasining eng yuqori ko‘rsatkichi Toshkent shahrida qayd etilgan bo‘lsa, eng past darajasi Qoraqalpog‘iston Respublikasida kuzatildi. Batafsil 👉 Lotin|Кирилл
5 280
2
Blinken Ukrainada saylov o‘tkazish shartlarini aytib o‘tdi Blinkenning aytishicha, Ukrainada yangi saylovlar muddati xalq irodasiga bog'liq. AQSh hukumat va fuqarolik jamiyati guruhlari bilan saylovlar infratuzilmasini mustahkamlash ustida ishlamoqda, dedi davlat kotibi. Amaldagi prezident Vladimir Zelenskiyning vakolatlari 20-may kuni tugaydi. Batafsil 👉 Lotin|Кирилл
4 716
0
Xatarlarni baholash ishlarini davom ettirish zarur — XVJ O‘zbekiston bo‘yicha bayonatini e’lon qildi Xalqaro valyuta jamg‘armasi O'zbekistonda ichki talabning barqaror o‘sishi hisobiga YaIM 2024-yilda 5,4%ni, 2025-yilda esa 5,5%ni tashkil etishini kutmoqda. Batafsil 👉 Lotin|Кирилл
4 424
2
Mutaxassis: Ona suti o‘rnini eng sifatli sunʼiy ozuqalar ham bosolmaydi Ona suti — go‘daklar uchun eng mukammal ozuqa. Uning tarkibida chaqaloqlarni ko‘plab kasalliklardan himoya qiluvchi antitanalar mavjud. Shu bois xalqaro hujjatlarda go‘daklarni 6 oygacha istisnosiz ko‘krak suti bilan parvarishlashni muhofaza qilish va qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tadbirlar jamiyat salomatligini saqlashdagi muhim vazifa ekanligi belgilab qo‘yilgan. Batafsil 👉 Lotin|Кирилл
Show more ...
4 693
38
Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh kotibining o‘rinbosari Vladimir Voronkov bilan uchrashdi O‘zbekistonning BMT institutlari va tuzilmalari bilan, eng avvalo, terrorizm va boshqa transmilliy xatar va tahdidlarga qarshi kurash sohasidagi amaliy hamkorligini yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi. Batafsil 👉 Lotin|Кирилл
4 546
0
Slovakiya bosh vaziri suiqasd oqibatida yaralandi Slovakiya bosh vaziri Robert Fitso 15-may kuni Gandlovada Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishidan keyin otishma natijasida yaralandi. Uning ahvoli o‘ta og‘ir deb baholanmoqda. Politsiyachilar hujum qilgan shaxsni darhol qo‘lga olishgan. Batafsil 👉 Lotin|Кирилл

ф3.mp4

4 598
5
Samarqandda kotlovan noto‘g‘ri qazilishi oqibatida qo‘shni uy qulab tushdi Qayd etilishicha, voqea oqibatida jarohat olganlar yo‘q. Hozirda holat yuzasidan tegishli tartibda surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Batafsil 👉 Lotin|Кирилл

998-VIDEO PROSMOTR.mp4

4 803
49
Surxondaryoda qishloqqa kelib qolgan ayiq otib o‘ldirildi Xabar berilishicha, ayiq aholi turar joylariga kirib, insonlar hayotiga xavf tug'dirgan. Ayiqni zararsizlantirish jarayonida u IIB xodimlaridan biriga tashlangan va jarohat yetkazgan. Shu bilan birga, 74-sonli maktab hududiga kirgan. Batafsil 👉 Lotin|Кирилл
4 714
5
Shavkat Mirziyoyev “Coca Cola” kompaniyasining istiqbolli loyihalarini qo‘llab-quvvatladi Prezident “Coca Cola” kompaniyasi raisi va bosh direktori Jeyms Kuinsini qabul qildi. Uchrashuvda “Anadolu Group” kompaniyasi raisi Tunjay O‘zilxon ham ishtirok etdi. Uchrashuvda oziq-ovqat sohasidagi, shu jumladan "yashil" yechimlarni, energiya va suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha hamkorlikning ijobiy sur’ati qayd etildi. Batafsil 👉 Lotin|Кирилл
Show more ...
5 136
12
Tojikiston Markaziy Osiyo yagona energetika tizimiga qo‘shiladi Tojikiston may oyi oxirigacha Markaziy Osiyoning yagona energetika tizimiga qo‘shilishi mumkin. Bu haqda O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov ma'lum qildi. Batafsil 👉 Lotin|Кирилл
4 713
2
AQSh Davlat kotibi Blinken Kiyevdagi tungi klubda qo‘shiq kuyladi AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken Kiyevga tashrifi chog‘ida mahalliy tungi klublardan birining sahnasida musiqachilar bilan birga Nil Yangning “Rockin' in the Free World” qo‘shig‘ini ijro etdi. Bu haqida The Washington Post nashri xabar berdi. Batafsil 👉 Lotin|Кирилл

Antony-Blinken-plays-guitar-with-Ukrainian-rock-band-in-Kyiv.mp4

4 748
5
O‘zbekiston hududlarida kuchli yomg‘ir tufayli sel-suv toshqini yuzaga kelishi mumkin 16-22-may kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Batafsil 👉 Lotin|Кирилл
Show more ...
4 637
0
NYT: Isroildagi generallar Netanyaxu G'azoni boshqarish rejasini ishlab chiqmaganidan norozi Bir qancha generallar Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning mojaro tugaganidan keyin G‘azo sektorini boshqarish rejasini ishlab chiqmaganidan noroziligini bildirdi. The New York Times gazetasiga ko'ra, kurashda odatda "tozalash, ushlab turish va qurish" amaliyoti qo'llaniladi, Isroil davlati esa "tozalanish jarayonida qolib ketgan". Batafsil 👉 Lotin|Кирилл
Show more ...
4 666
2
Andijonda maktab direktori o‘rinbosari o‘quvchi qizlarga tegajog‘lik qilayotgani aytilmoqda Bolalar ombudsmani mazkur holatni o‘rganib, o‘z kuzatuviga oldi. Hozirda holat bo‘yicha Andijon shahar IIO tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda. Batafsil 👉 Lotin|Кирилл
4 754
4
Rossiya 2025-yildan boshlab bakalavr darajasidan voz kechadi Rossiyada oliy taʼlimning yangi tizimida “bakalavr” tushunchasi chiqarib tashlanadi, dedi Fan va oliy taʼlim vaziri Valeriy Falkov. Uning so‘zlariga ko‘ra, ayrim mutaxassisliklar uchun to‘rt yillik ta’lim yetarli emas – ular besh yoki undan ortiq yil o‘qishlari kerak. Ular orasidan vazir shifokorlar, o‘qituvchilar va muhandislarni alohida ta’kidladi. Batafsil 👉 Lotin|Кирилл
Show more ...
4 825
9
Telefonidan taqiqlangan materiallar chiqqan shaxs 12 yilga qamaldi DXX Farg‘ona viloyati boshqarmasi tomonidan “Hizb at-tahrir al-islomiy” diniy ekstremistik oqimining faol aʼzosi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi. Batafsil 👉 Lotin|Кирилл
4 699
4
Bloomberg: AQSh Ukrainaga yana bir Patriot tizimini yubormoqchi AQSh prezidenti Jo Bayden ma’muriyati Kiyevga yana bir Patriot akkumulyatori yetkazib berishi mumkin, deb xabar bermoqda Bloomberg manbalarga tayanib. Agentlik suhbatdoshlarining aytishicha, Qo'shma Shtatlar buni Ukrainaning havo hujumidan mudofaa tizimlariga bo'lgan ehtiyojlarini qondirish uchun qilmoqchi. Batafsil 👉 Lotin|Кирилл
4 809
0
Qashqadaryo hokimi 22 nafar mas’ulni lavozimidan bo‘shatdi Shuningdek, 29 nafarini vazifasidan ozod etish bo‘yicha Respublika rahbariyatiga taqdimnoma kiritiladigan bo‘ldi. 41 nafar masʼullarga navbatdagi intizomiy jazo choralari qo‘llanilgan bo‘lsa, 27 nafarining faoliyati qoniqarsiz deb topilib, keyingi chorak yakunlari bo‘yicha ijobiy o‘zgarish qilmagan taqdirda, ularga nisbatan keskin choralar ko‘rilishi to‘g‘risida ogohlantirildi. Batafsil 👉 Lotin|Кирилл
Show more ...
4 792
1
Last updated: 11.07.23
Privacy Policy Telemetrio