Best analytics service

Add your telegram channel for

  • get advanced analytics
  • get more advertisers
  • find out the gender of subscriber
Channel location and language
Not specified

audience statistics Toshkent viloyati hokimligi

Instagram : https://www.instagram.com/toshvilhokimligi  YouTube : https://youtube.com/channel/UCMiOgKk60AhICLacgI_VkUQ  Facebook : https://fb.me/toshvilhokimiyat  Web-site: https://toshvil.uz/   @tvh_murojaat_bot  Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati 
Show more
14 3050
~0
~0
0
Telegram general rating
Globally
47 143place
of 78 777
In category
209place
of 280

Subscribers gender

Find out how many male and female subscibers you have on the channel.
?%
?%

Audience language

Find out the distribution of channel subscribers by language
Russian?%English?%Arabic?%
Subscribers count
ChartTable
D
W
M
Y
help

Data loading is in progress

User lifetime on the channel

Find out how long subscribers stay on the channel.
Up to a week?%Old Timers?%Up to a month?%
Subscribers gain
ChartTable
D
W
M
Y
help

Data loading is in progress

Since the beginning of the war, more than 2000 civilians have been killed by Russian missiles, according to official data. Help us protect Ukrainians from missiles - provide max military assisstance to Ukraine #Ukraine. #StandWithUkraine
#imtiyoz Harbiy xizmatchilar farzandlariga imtiyozli tavsiyanomalar berildi. Ular endi imtihonsiz oliy oʻquv yurtlariga oʻqishga kirishadi. Tafsilotlar lavhamizda 🌐 🌐 🌐 📱 📱 📱

4.mp4

2 282
16
#Afisha 1-iyun - bolalarni himoya qilish kuni viloyatimiz va poytaxtimizda boʻlib oʻtadigan koʻngilochar tadbirlar bilan tanishing: 🎺 Nurafshon shahar "Tong" madaniyat markazi 10:00 da barcha bolajonlarni shou-konsertiga taklif qilmoqda.📍 🎤 10:00 dan Yangiyoʻl tumani "Aladdin" akvaparkida estrada yulduzi Ulugʻbek Rahmatullayev bolajonlarni kutib oladi.📍 👫 Bekobod tuman amfiteatrida soat 18:00 da "Bor mehrimiz senga bolajon" nomli konsert kechasi uyushtirilmoqda. 📍 💣 Ohangaron tumani, qoraxtoylik Hasan Toir "Qoraxtoy" mahallasida soat 18:00 ga "bomba" konsert-shousini va’da qilmoqda 📍 🎭 Оqqoʻrgʻonlik oʻgʻil-qizlar uchun "Humo" yosh tomoshabinlar teatri 1-iyundan 3-iyunga qadar soat 10:00 va 12:00 da "Sehrli sandiq" spektaklini namoyish qiladi.📍 🤹‍♂️Parkent tumani "Yoshlar bogʻi" da soat 19:00 da "Bolajonlar shousi" boshlanadi, kechikmang!📍 🎈9:00 da Yuqori Chirchiq tumani "Guliston" madaniyat saroyida zoʻr tadbir boʻlar ekan. 📍Lokatsiya 🎼 Ohangaron shahri madaniyat va istirohat bogʻida 10:00 da koʻngilochar shou va kech soat 19:00 da shahar amfiteatrida qiziqarli sirk chiqishlari bolajonlar uchun hozirlanmoqda. 📍 🎉 Yangiyoʻl shahri barcha bolajonlarni 18:00 da shahar "Yoshlar bogʻi" dagi katta konsert dasturiga taklif qilmoqda, keloʻvraslar.📍 🏙 18:00 da Boʻstonliq tumani markaziy maydonida boʻladigan "Begʻubor bolaligim" nomli konsert zoʻr boʻladi deyishyabdi. 📍 🎎 Olmaliq shahri "Yoshlar bogʻi"da soat 11:00 da "Farzandi deb yashaydi oʻzbek" noli tadbir dasturi boʻlib oʻtadi. 📍 🎁 Toshkent tumani bolajonlarga kutilmagan "syurpriz" larga boy dastur tayyorlamoqda ekan. 19:00 tuman amfiteatrida barchasiga oʻzingiz guvoh boʻlishingiz mumkin. 📍 😍 Bekobod shahar "Yoshlar bogʻi", kech soat 18:00. Katta konsert kechasi. Barchasi shay ekan. 📍 🔥Qibray tumani "Umid gulshani" sihatgohida 11:00 da kichkintoylar-u ota-onalar uchun "super shou" boshlanadi. 📍 🎼 19:00 da eng mashhur estrada yulduzlari angrenlik kichkintoylarni bayram bilan tabriklash uchun Angren shahar markaziy oʻyingohiga yetib keladi. 📍 🎷Zangiotalik shirintoylar diqqatiga, hamma 10:00 da tuman madaniyat saroyiga! Sizlar uchun ajoyib bayram tayyorlangan. 📍 🎻Eshitdingizmi? Boʻka tuman markaziy amfiteatrida bolajonlar uchun 18:00 da katta bayram bor ekan. 📍Lokatsiya 🏛19:30 da "Turkiston" san’at saroyi yozgi sahnasidagi "Begʻubor bolaligim" nomli konsert dasturiga tobingiz qalay? 📍 🎨San’atga qiziquvchilar 11:00 da Toshkent fotosuratlar uyida sana munosabati bilan tashkil etilgan "Xalqaro bolalar rasmlari koʻrgazmasi"da ishtirok etishlari mumkin. Muhimi kirish barcha uchun bepul.📍 ⭐️19:00 da A.Navoiy nomidagi Oʻzbekiston milliy kutubxonasi yonidagi ochiq maydonda "Bolalardan-bolalarga" nomli katta bayram konsert dasturi boʻlib oʻtadi. 📍 🌐 🌐 🌐 📱 📱 📱
Show more ...
1 376
16
#kadastr Toshkent viloyatidan Yangi Toshkent shahriga qancha yer maydoni oʻtmoqda? 🌐BATAFSIL 🌐 🌐 🌐 📱 📱 📱
1 456
11
#e’tibor Toshkent viloyatida 66 nafar yoshlar yetakchilarining 400 million soʻmga yaqin kontrakt pullari toʻlab berildi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2022-yil 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda har yili oliy ta’lim muassasalarining sirtqi boʻlimiga oʻqishga qabul qilingan 500 nafargacha eng faol mahalladagi yoshlar yetakchilarining kontrakt toʻlovlarini, Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan toʻlab berilish vazifalari belgilangan edi. Mazkur topshiriqqa asosan, oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan 66 nafar yoshlar yetakchilarining 400 million soʻmga toʻlov kontrakt summalari toʻlab berildi. Ma’lumot uchun: 2022/2023-oʻquv yilining 1-semestri uchun viloyatda faoliyat yuritayotgan 72 nafar yoshlar yetakchilarining roʻyxati shakllantirilib, qariyb 430 million soʻm miqdorida yordam koʻrsatilgan edi. 🌐 🌐 🌐 📱 📱 📱
Show more ...
1 234
8
#reyting Toshkent viloyatida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida tashil etilayotgan sport musobaqalarining natijalari bilan tanishing. Eslatib oʻtamiz, shu kungacha stol tennisi, vorkout, shashka, yengil atletika sport turlaridan musobaqalar boʻlib oʻtdi. 🌐 🌐 🌐 📱 📱 📱
2 841
23
#videolavha Yoz mavsumida anomal issiq kuzatilishi natijasida  adirliklarda, lalmi yerlardagi ekinlarni sugʻorish ishlari qanday boʻladi? Suvni sevuvchi gilos va tokzorlarni sugʻorishda yangi texnologiyalar joriy qilinmoqda. Tafsilotlarni Parkentdan tayyorlangan lavhada batafsil koʻrishimingiz mumkin. 🌐 🌐 🌐 📱 📱 📱

7.mp4

1 552
1
#raqamli_texnologiya Angren, Ohangaron, Yangiyoʻl, Chirchiq va Nurafshon shaharlarida “Raqamli hukumat” va “Raqamli hudud” dasturlari amalga oshiriladi 🌐BATAFSIL 🌐 🌐 🌐 📱 📱 📱
3 791
8
#ijtimoiy_himoya Quyi Chirchiqda ogʻir sharoitdagi xotin-qizlar uy-joyli boʻldi 🌐BATAFSIL 🌐 🌐 🌐 📱 📱 📱
4 490
23
ЁЗГИ ОРОМГОҲЛАР ШАЙ ҲОЛАТДА 🏕 Тошкент вилоятининг 144 та оромгоҳи – дам олиш ва соғломлаштириш мажмуалари ёзги мавсумга шай. Болалар оромгоҳларга 6 сменага бўлинган ҳолда жойлаштирилади. Факт: Оромгоҳларда озодаликни сақлаш, рацион, санитар-гигиеник талабларга қатъий амал қилиниши назоратда. Барча дам олиш уйлари директорлари иштирокида йиғилиш ўтказилди ва улар белгиланган тартибга қатъиян амал қилиш бўйича огоҳлантирилди. Асосий рақамлар: ➖ жами 34 минг 560 нафар ёшни ўз ичига олади; ➖ 908 нафар педагог жалб қилинди; ➖ 893 та тўгарак ташкил этилди; ➖ 5 та махсус оромгоҳда жами 775 нафар ўқувчи-ёшлар қамраб олинади. Сўлим тоғли ҳудудларда жойлашган 5 та махсус соғломлаштириш маскани болаларни қабул қилишга тайёр: 1️⃣ Чирчиқ шаҳридаги 14-сонли Меҳрибонлик уйи тарбияланувчилари – Бўстонлиқ туманидаги “Булоқча” оромгоҳи; 2️⃣ Пискент туманидаги 79-сонли ақли заиф болалар учун ихтисослаштирилган махсус мактаб интернати – “Камалак” оромгоҳи; 3️⃣ Оққўрғон туманидаги 78-сонли ақли заиф болалар учун ихтисослаштирилган махсус мактаб интернати – “Офтобжон” оромгоҳи; 4️⃣ Олмалиқ шаҳридаги 80-ихтисослаштирилган махсус интернати – “Янги авлод” оромгоҳи; 5️⃣ Ўрта Чирчиқ туманидаги 124-сонли имконияти чекланган болалар учун ихтисослаштирилган мактаб-интернати – “Сижжак” оромгоҳи; 📅 Махсус оромгоҳлар учун қабул 20 июндан бошланади. 📣 Биринчи сменада борадиган ўқувчилар 1 июнь куни жўнаб кетишади. 💬 🌐 📱 📱 🌐
Show more ...
image
3 069
13
Toshkent tumanida bir-biriga tutash qurilgan xonadonlarda sodir bo‘lgan yong‘in to‘g‘risida ma'lumot Bugun, 30-may kuni soat 13:59 da Toshkent viloyati Toshkent tumani “Abduraxmonov” MFYda joylashgan bir-biriga tutash qurilgan xonadonlarda yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risida tuman FVBga xabar tushgan. Shunga ko‘ra 9 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 14:24 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 14:47 da o‘rab olingan va soat 15:15 da o‘chirilgan. Yong‘in natijasida 3 ta xonadonning taxminan 450 kv.m maydonda tom va ichki jihozlari yonib zararlangan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. 🌐 🌐 🌐 📱 📱 📱
Show more ...
3 705
18
Toshkent viloyatining barcha soliq inspeksiyalarida quyosh panellari o‘rnatildi. ⚡️Mamlakatimizda 2-3 milliard kilovatt soat elektr energiyasiga qoʻshimcha talab bor. Kelgusi besh yilda esa bu ehtiyoj 10 milliard kilovatt-soatga oshishi kutilmoqda. Bunday vaziyatda eng samarali yoʻl — uy, korxona, bogʻcha, maktab va shifoxonalarda muqobil energiyadan foydalanishni koʻpaytirishdir. Shu boisdan, Toshkent viloyatida ham qayta tiklanuvchi energiya uskunalarini keng joriy etish, bu borada aholini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari amalga oshirilmoqda. 🔰Xususan ijtimoiy soha ob’ektlarini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida, Toshkent viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i tashabbusi bilan viloyatning barcha inspeksiyalarida 420 kVtli quyosh panellari o‘rnatildi. ✅Shuningdek, elektr energiyaga bo‘lgan talabini qayta tiklanuvchi mazkur energiya manbalari Toshkent viloyati soliq organiga qarashli 23 ta xizmat uylarida (69 kVtli) ham ishlamoqda. 🌐 🌐 🌐 📱 📱 📱
Show more ...

IMG_3301.MP4

4 423
11
#OAV_biz_haqimizda Ohangaron tumanining olis togʻli hududlarida 2 ta yangi oilaviy shifokorlik punkti ish boshladi 📹Batafsil “Nurafshon TV” lavhasida. 🌐 🌐 🌐 📱 📱 📱

file

3 382
6
#ijtimoiy_himoya Piskent tumanida ijtimoiy himoyaga muhtoj, vaqtincha ishsiz va serfarzand oila vakillariga moddiy yordamlar ajratildi 🌐🌐 🌐 🌐 📱 📱 📱
4 233
24
#nazorat Salkam 10 kg boʻlgan zargarlik buyumlari avtobusda aniqlandi 🔺Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “Gʻishtkoʻprik” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan, DXX xodimlari bilan hamkorlikda yurtimizga oʻtish uchun “Youtong BUS” rusumli avtobusda kirib kelgan fuqaro K.A. boshqaruvidagi transport vositasi bojxona nazoratidan oʻtkazilganida, avtobus salonining old qismidagi sovitgichning tagida, haydovchi tomonidan oldindan yashirilgan ogʻzaki soʻrovida taqdim etilmagan hamda deklaratsiyalanmagan 8 dona oʻramdagi, qiymati qariyb 405 mln. soʻmlik jami 1 745 birlik, ogʻirligi salkam 10 kg boʻlgan zargarlik buyumlari aniqlandi. ❗️Eslatib oʻtamiz! Amaldagi tartiblarga muvofiq, jismoniy shaxslar bojxona chegarasi orqali bojxona toʻlovlarisiz, yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasida koʻrsatgan holda umumiy ogʻirligi 65 grammdan koʻp boʻlmagan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan zargarlik buyumlarini olib kirishlari mumkin. 🌐 🌐 🌐 📱 📱 📱
Show more ...
4 090
12
“Toshkent suv taʼminoti” MChJ MUROJААTI Hurmatli fuqaro! Ichimlik suvi taʼminoti va suv chiqarish xizmati uchun vaqtida to‘lovni amalga oshirishingiz so‘raladi. Ushbu to‘lovlar vaqtida amalga oshirilsa, suv taʼminotidagi loyiha ishlari jadallashadi: - hududdagi ichimlik suv muammolari tez va sifatli bartaraf etiladi; -mahallaga ichimlik suv quvuri yotqiziladi; - suv ta’minoti korxonasining moddiy-texnik ta‘minoti bazasini rivojlantirish natijasida, hududdagi suv ta’minotiga bog‘liq muammolar bartaraf etiladi. Eslatma! Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-noyabrdagi PF–5241 sonli Farmoni va Isteʼmolchilar bilan tuzilgan shartnoma shartlariga asosan, Isteʼmolchi ichimlik suvi taʼminoti va suv chiqarish xizmati uchun har oyning 10-sanasiga qadar 100 foiz oldindan haq toʼlashni amalga oshirishlari belgilangan. Tijorat banklarining kassalari va mobil ilovalari, Payme, Upay, Uzum kabi elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshirish mumkin. “Toshkent suv taʼminoti” MChJ matbuot xizmati 🌐 🌐 🌐 📱 📱 📱
Show more ...
4 902
16
🟦🟦🟩🟩 Dushanba - viloyat hokimligida hudud tashkilotlari va idoralarida ijro intizomining ahvoli oʻrganiladi va muhokama qilinadi. "Temir daftar","Ayollar daftari" va "Yoshlar daftari" bilan ishlash, muammolarni oʻrganish va amaliy koʻmak berish kuni 🔘Ohangaron shahri. Shahar hokimi A.Eshonqulov "SILK PLAST QUALITY" MCHJda boʻlib,  u yerda korxona xodimlari bilan tadbirkorlikni rivojlantirish, "Yoshlar daftari"dagi yigit-qizlarning bandligini taʼminlash xususida suhbatlashdi. 🔘Oqqoʻrgʻon tumani. “Mahallalarda yoshlar bilan individual ishlash” yoʻnalishida tuman hokimligi, yoshlar ishlari  agentligi, mahallardagi yoshlar yetakchilari va tuman tibbiyot birlashmasi hamkorligida  nogironligi bor yoshlarning chuqurlashtirilgan tibbiy  koʻriklari tashkil etildi. 🔘Olmaliq shahri. Shahardagi "ENTER ENGENERING" MCHJ qoshida "Amaliyot monomarkazi" faoliyati yoʻlga qoʻyildi. Monomarkaz ochilishi munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda shahar hokimi Q.Xamdamov va sektor rahbarlari ishtirok etdilar. 🔘Yangiyoʻl shahri. Shahar hokimi F.Mirzayev boshchiligida "Mustaqillik" mahallasida navbatdagi sayyor qabul oʻtkazildi. Murojaatlar yuzasidan qonun doirasida tushuntirishlar berildi va ijobiy yechim topishi nazoratga olindi. 🔘Boʻstonliq tumani. Tuman hokimi J.Axmedov boshchiligida mutasaddi tashkilot rahbarlari bilan fuqarolarning navbatdagi qabuli boʻlib oʻtdi. Qabul jarayonida 20 ga yaqin fuqaroning murojaatlari tinglandi. 📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
Show more ...

Audio 29.05.2023.mp3

3 437
5
#ish_va_sayohat Viloyatda 68 nafar talaba ta’tilda vaqtincha ishlash uchun Germaniyaga yuborilmoqda 🌐BATAFSIL 🌐 🌐 🌐 📱 📱 📱
4 403
14
https://youtu.be/a6ZBy4D7EOM?t=1 Бекободда ҳамал бошқа туманларга нисбатан эртароқ келади. Табиийки, қишлоқ хўжалиги экинлари ҳам барвақт етилади. Шу мақсадда, етиштирилган ҳосилни нест-нобуд қилмай, қисқа муддатда ўриб-йиғиб олиш мақсадида вилоятда 260 та отряд ташкил этилиб, шунча комбайинлар бириктирилди. Бу йил вилоятда 103 минг гектар майдондан 800 минг тоннага яқин сара дон ўриб олишни режа қилганмиз. Ҳосилнинг ўртача 39 фоизи давлат омбори ҳамда биржа савдолари орқали сотилса, қолган 492 минг тоннаси фермерларнинг ўзида қолишга келишиб олдик. Бир сўз билан айтганда, иш маромда, узлуксиз ишлашини таъминлаш учун, ёқилғи мойлаш материаллари ва бошқа зарурий асбоб-ускуналар шайлиги кўздан кечирилди. Бу йилги ҳосилини уюшқоқлик билан ўтказилишини таъминлаш мақсадида, мониторинг - ўрганиш тадбирлари ҳам мунтазам ўтказиб борилади. 📱 Instagram | 📱 Twitter | 🌐 | 📱 Facebook | ✉️ Telegram
Show more ...
Буғдойдан бўшаган ерлар туманлардаги ишсизларга бепул ажратилади
3 438
8
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Мисрнинг “Orascom Investment Holding” компанияси раиси Нажиб Савирисни — Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев председателя египетской компании «Orascom Investment Holding» Нагиба Савириса.
2 860
1
#talabalar_shousi “Tashabbusimiz, iqtidorimiz, kuch qudratimiz – Vatan uchun!” shiori ostida viloyatdagi 15 ta oliy oʻquv yurtlari talabalarini birlashtirgan "Talabalar shousi" boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan talabalarni moddiy qoʻllab-quvvatlash va ularning toʻlov-shartnoma pulining 35 foizini toʻlab berish uchun vaucherlar topshirildi. Tafsilotlar "Mening yurtim" telekanalining lavhasida 🌐 🌐 🌐 📱 📱 📱

22.mp4

4 643
3
#nazorat Viloyatimiz aholisi va mehmonlari!!! G'alla maydonlari oldidan o'tayotganingizda tamaki qoldiqlarini tashlamang va dala yaqinida turli xil chiqindilarni yoqmang! G'alla maydonlarida yong'in yoki tutun ko'rsangiz, zudlik bilan 101 yoki 1050 qisqa raqamlariga qo'ng'iroq qilish orqali xabar berishingizni so'raymiz. 🌐 🌐 🌐 📱 📱 📱
5 927
20
#Prezident_qarori Osiyo taraqqiyot banki Zangiota, Qibray, Toshkent, Oʻrta Chirchiq tumanlarida maktablar quradi 🌐BATAFSIL 🌐 🌐 🌐 📱 📱 📱
4 982
28
#keshbek Viloyatda aprel oyida 115,1 mlrd. soʻm keshbek yigʻildi Shundan 57,9 mlrd. soʻm keshbeklar iste’molchilar bank kartasiga oʻtkazib berildi. Kamchiligi boʻlmagan cheklar boʻyicha keshbek summasi tasdiqlanishi davom etmoqda. Toʻliq tasdiqlangach, iste’molchilar bank kartasiga o'tkazib olishi mumkin. 🌐BATAFSIL 🌐 🌐 🌐 📱 📱 📱
4 259
13
Toshkent viloyatida uy bekalari ishtirokida velosport musobaqalari oʻtkazildi Batafsil 👉
3 798
8
3 888
23
#sport Yoshlar  "Wоrkout" hamda shashka yoʻnalishi boʻyicha bellashdi 🌐BATAFSIL 🌐 🌐 🌐 📱 📱 📱
7 130
6
5 771
48
Last updated: 11.07.23
Privacy Policy Telemetrio