Best analytics service

Add your telegram channel for

  • get advanced analytics
  • get more advertisers
  • find out the gender of subscriber
Category
Channel location and language

all posts Edu.uz

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006, 712306464 📲 https://gov.uz/edu  📲instagram.com/edu.uz/ 📲facebook.com/eduuzofficial 📲 http://youtube.com/c/eduu  📲 https://twitter.com/eduuzoffi  
Show more
158 567-273
~31 788
~16
19.69%
Telegram general rating
Globally
5 977place
of 78 777
224place
of 2 295
In category
244place
of 2 347
Posts archive
#dayjest Oliy ta’lim muassasalarida talabalar uchun yaratilgan sharoitlarni o‘rganish, sifatli ta’lim tizimini yo‘lga qo‘yish maqsadida “Rektor va yoshlar uchrashuvi” tashkil etilmoqda. ➡️Toshkent axborot texnologiyalari ; ➡️Andijon mashinasozlik ; ➡️Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar ; ➡️Toshkent kimyo-texnologiya ; ➡️Buxoro muhandislik-texnologiya ; ➡️Buxoro davlat ; ➡️Oʻzbek milliy musiqa sanati ; ➡️Andijon davlat tibbiyot ; ➡️Mamun ; ➡️Fargʻona davlat ; ➡️Guliston davlat pedagogika . Bizni kuzating | | |
Show more ...

GHR5310333333.mp4

0920 (1).mp4

Toshkent_kimyo_texnologiya_institutida_Rektor_va_talaba_yoshlar.mp4

IMG_8795.MP4

2 271
4
#Prezident_topshirig‘i_ijrosi #o‘rganish #o‘quv_seminar Joriy yilning 27-avgust kuni yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev boshchiligida energiya tejamkorligini taʼminlash, muqobil quvvatlardan foydalanishni kengaytirish masalalari muhokamasi boʻyicha yigʻilish oʻtkazildi. Yigʻilishda Fargʻona tumanida olib borilgan tajriba ishlari boshqa viloyatlarda ham sinovdan oʻtkazish lozimligi taʼkidlandi. 19-21-sentyabr kunlari "Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" milliy tadqiqot universiteti tashabbusi bilan hududlarda aniqlangan kamchiliklarni oʻrnida bartaraf etish hamda mahalliy mutaxassislarni malakasini oshirish maqsadida “Elektr energiyasini tejash va undan oqilona foydalanishni taʼminlash hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish” mavzusida oʻquv seminari boʻlib oʻtdi. Unda Toshkent viloyatining Angren va Nurafshon shaharlari hamda Ohangaron tumanida joylashgan yirik ishlab chiqarish korxonalari va podstansiyalardan 60 nafar soha mutaxassislari ishtirok etdilar. Oʻquv-seminarda universitetning yuqori malakali professorlari quyidagi mavzular boʻyicha maʼruza qildilar: ✔️Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan elektr energiyasi isteʼmolida foydalanish; ✔️ Elektr taʼminoti tizimlarida chastotani boshqarish muammolari; ✔️Elektr uskunalar ekspluatatsiya samaradorligini oshirish va mavjud kamchiliklarni bartaraf qilish; ✔️ Elektr energiyasi reaktiv quvvatini kompensatsiyalash asosida elektr tarmoqlaridagi isroflarni kamaytirish; ✔️ Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini elektr taqsimlash tizimlariga integratsiyalash; ✔️ Oʻzbekistonda kichik gidroyenergetik qurilmalaridan foydalanishda mavjud muammolar va ularni yechish yoʻllari; ✔️ Past va yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarida kabellar va avtomatlarni toʻgʻri tanlash. Bugun oʻquv-seminarning uchinchi kunida Angren va Ohangaron hududlariga chiqib elektr energiyasi tejash va undan oqilona foydalanishni taʼminlash hamda qayta tiklanuvchan energiya manbalaridan foydalanish boʻyicha bevosita amaliy mashgʻulotlar oʻtkazilmoqda. Bizni kuzating Facebook | Instagram | |
Show more ...
8 088
5
#xalqaro_hamkorlik #vazir #uchrashuv O‘zbekistonlik talabalarni Avstriyaning yetakchi universitetlarida grant asosida ta’lim olishi imkoniyatlari oshiriladi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida vazir Qo‘ng‘irotboy Sharipov Avstriya Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor elchisi Mattias Radostichni qabul qildi. Uchrashuvda ikki mamlakat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida aloqalarni yanada kengaytirish, O‘zbekistondagi tegishli universitetlarda nemis tili o‘qitilishi sifatini oshirish, shuningdek, o‘zbekistonlik talabalarni Avstriyaning yetakchi universitetlarida grant asosida ta’lim olishi imkoniyatlarini ko‘paytirish masalalari muhokama qilindi. Bizni kuzating | | |
Show more ...
7 349
7
#Prezident_topshirig‘i_ijrosi Elektr energiya tejash va qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish: yangi bosqich Joriy yilning 27-avgust kuni yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev boshchiliklarida energiya tejamkorligini ta’minlash, muqobil quvvatlardan foydalanishni kengaytirish masalalari muhokamasi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishda belgilangan topshiriqlar ijrosi bo‘yicha Farg‘ona tumanidagi olib borilgan tajriba ishlarni boshqa viloyatlarda ham sinovdan o‘tkazish lozimligini ta’kidladilar Hududlarda aniqlangan kamchiliklarni o‘rnida bartaraf etish hamda mahalliy mutaxassislarni malakasini oshirish maqsadida "Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" milliy tadqiqot universiteti tashabbusi bilan 2024-yil 19-21 sentyabr kunlari "Elektr energiyasini tejash va undan oqilona foydalanishni ta’minlash hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish" mavzusida o‘quv seminari bo‘lib o‘tmoqda. O‘quv-seminarning birinchi ikki kunida universitetning yuqori malakali professorlari quyidagi mavzular bo‘yicha ma’ruza bermoqdalar: - Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan elektr energiyasi iste’molida foydalanish; - Elektr ta’minoti tizimlarida chastotani boshqarish muammolari; - Elektr uskunalar ekspluatatsiya samaradorligini oshirish va mavjud kamchiliklarni bartaraf qilish; - Elektr energiyasi reaktiv quvvatini kompensatsiyalash asosida elektr tarmoqlaridagi isroflarni kamaytirish; - Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini elektr taqsimlash tizimlariga integratsiyalash; - O‘zbekistonda kichik gidroyenergetik qurilmalaridan foydalanishda mavjud muammolar va ularni yechish yo‘llari; - Past va yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarida kabellar va avtomatlarni to‘g‘ri tanlash. O‘quv-seminarning uchinchi kunida Angren va Ohangaron xududida elektr energiyasi iste’molini o‘rganish, tejash va ekspluatatsiya davrida yuzaga kelgan nuqsonlarni tuzatish amaliyoti rejalashtirilgan.. Bizni kuzating Facebook | Instagram | |
Show more ...
185
0
#Vazir_qabuli Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipovning jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bo‘yicha navbatdagi qabuli tashkil etildi Unda abituriyent, talaba hamda professor-o‘qituvchilar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar, jumladan, o‘qishga qabul, o‘qishni ko‘chirish, OTM rahbariyati faoliyati, o‘quv jarayonini tashkil etish, ilmiy loyihalarda ishtirok etish kabi masalalar bo‘yicha murojaat qildilar. Qabul yakuniga ko‘ra, fuqarolarning muammolari yechimi bo‘yicha tegishli mutasaddilarga topshiriqlar berildi. Bizni kuzating | | |
Show more ...
9 376
21
#mutolaa Sovg‘a (hikoya) Har safar kuz yaqinlashganda tabiatdagi juda ko‘p hodisalar bizlar istaganchalik yaratilmaganligi to‘g‘risidagi gap-so‘zlar boshlanardi. Qish bizda uzoq davom etadi. Yoz qishdan ancha qisqa, kuz esa lip etib, xuddi derazang yonidan tillo qush uchib o‘tganday o‘tib ketadi... 📖 Bizni kuzating | | |
18 621
50
#topshiriq_ijrosi Buxoro muhandislik-texnologiya institutining professor o‘qituvchilari va 3-4-kurs talabalaridan iborat ishchi guruhi tomonidan Buxoro viloyati tuman va shaharlardagi transformator nimstansiyalarining texnik holati tahlil qilindi. Shuningdek ularning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi bo‘yicha sinovlar o‘tkazildi. Hozirda transformator nimstansiyalari va elektr uzatish yo‘llaridagi muammolar oʻrganilib, o‘lchash natijalari va elektr energiyasi iste’molini avtomatlashtirilgan qaydlov tizimidan olingan ma’lumotlar tahlil qilinmoqda. Natijalarga asosan chora-tadbirlar ishlab chiqilib, ularning texnik iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlari aniqlanmoqda. Bizni kuzating | | |
Show more ...
10 356
2
#dayjest #xon_atlas #milliy_libos Oliy ta’lim muassasalarida “Xon atlas” haftaligi yuqori darajada tashkil etilmoqda Mazkur festival o‘zbek milliy liboslarini ommalashtirish, talaba-yoshlar orasida milliy qadriyatlarga hurmat va estetik didni shakllantirish, zamonaviy moda bilan uyg‘unlashtirilgan o‘ziga xos milliy kiyinish madaniyatini targ‘ib qilishga xizmat qiladi. ⏺Toshkent arxitektura-qurilish ; ⏺Toshkent davlat texnika ; ⏺Samarqand davlat arxitektura-qurilish ; ⏺Oʻzbekiston davlat jahon tillari ; ⏺Samarqand davlat chet tillar; ⏺Navoiy innovatsiyalar ; ⏺Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi ; ⏺O‘zbekiston xalqaro islom ; ⏺Toshkent tibbiyot ; ⏺Farg‘ona davlat ; ⏺O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar . Bizni kuzating | | |
Show more ...

0920 (2)ff.mp4

IMG_5006.MP4

0920 (1)dd.mp4

IMG_0508.MOV

10 608
5
#xalqaro_hamkorlik #vazir #uchrashuv Oʻzbekiston yoshlari bandligini taʼminlashda Koreya bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Koreya Respublikasining Milliy assambleyasi kongressmeni Kwon Youngjin boshchiligidagi delegasiyani qabul qildi. Tomonlar ikki davlat oʻrtasidagi oliy va professional taʼlim sohasida amalga oshirilayotgan hamkorlik ishlarini yanada rivojlantirish borasida muzokaralar olib bordilar. 👉 👉 Bizni kuzating | | |
Show more ...
10 481
5
#diqqat_tanlov QUYIDAGI TANLOVLARGA LOYIHALAR QABUL QILISH MUDDATI UZAYTIRILDI! Tanlovlarga taqdim etiladigan ilmiy loyihalar – davlat ilmiy dasturlarining yagona intellektual elektron platformasi orqali 2024-yilning 5-oktabriga (shu kuni ham 18:00 gacha) qadar elektron shaklda qabul qilinadi. Bizni kuzating | | |
Show more ...
13 392
80
⚡️Chet tillarini bilish darajasini baholashning ko‘p darajali(multilevel) tizimida gapirish ko‘nikmasini baholashning yangi formati bo‘yicha videoyo‘riqnoma. ❗️Ushbu yangi format talabgorlarning ingliz, fransuz, nemis va arab tillaridan gapirish ko‘nikmasini baholashda joriy etiladi. 👉 Gapirish ko‘nikmasini baholashning yangi formati bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin: ✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari: | | |

Chet tili - gapirish~1.mp4

13 506
175
#dayjest #matbuot_anjumani Oliy ta’lim muassasalarida “2024/2025-o‘quv yilidagi rejalar, o‘quv jarayonlarining boshlanishi va talabalarni TTJ bilan ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar” mavzusiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi ✅O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi ; ✅Fargʻona jamoat salomatligi tibbiyot ; ✅Toshkent tibbiyot akademiyasi ; ✅O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport ; ✅O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti . Bizni kuzating | | |
Show more ...

Matbuot anjumani480.mp4

video_2024-09-20_11-28-37kk.mp4

IMG_5389uu.mp4

OLIYGOHDA MATBUOT ANJUMANIiii.mp4

17 928
13
🗣Adiblar xiyoboni – yoshlik, sport va ma’naviyat maskani 🎓 Talaba-yoshlar orasida buyuk mutafakkir bobolarimiz, o‘z zamonasining eng yetuk shoir va yozuvchilari bo‘lgan adiblarning hayoti, ijodi va faoliyatini keng targ‘ib qilish, shuningdek, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish maqsadida poytaxtimiz markazidagi Adiblar xiyobonida ma’naviy-ma’rifiy va sport tadbirlari muntazam tashkil etib kelinmoqda. O‘tkazilayotgan tadbirlar kayfiyatini yuqoridagi videolavhadan ham bilib olishingiz mumkin, barchangizni Adiblar xiyoboniga taklif qilib qolamiz! Bizni kuzating Instagram | YouTube | Telegram
Show more ...

18 09 tayyor HD.mp4

12 913
6
#bilasizmi ✔️ Abu Rayhon Beruniy haqida 10ta fakt Alloma astronomiya, geografiya, matematika va tarix fanlari boʻyicha 160dan ortiq asarlar yozgan. 📺 Bizni kuzating | | |

0920 (3)ss.mp4

22 461
87
#ICTWEEK24 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Raqamli ta’lim texnologiyalarini rivojlantirish markazi o‘z axborot stendi bilan “ICTWEEK UZBEKISTAN – 2024” AKT haftaligida ishtirok etmoqda. Haftalik doirasida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev “Raqamli hukumat: istiqbolli rejalar va to‘siqlar” forumida qatnashib, sohani raqamlashtirish yuzasidan o‘z fikr va mulohazalari bilan bo‘lishdi. AKT haftaligi 20-sentyabr kuniga qadar davom etadi. CAEx majmuasiga soat 9:00 dan 18:00 ga qadar tashrif buyurib, kompaniyalar tomonidan tashkil etilgan ko‘rgazma va stendlar bilan bilan yaqindan tanishishingiz mumkin. Bizni kuzating | | |
Show more ...

1,IT WEEK_1.mp4

15 960
16
#Professional_taʼlim #seminar Yevropa standartlari asosida ishlab chiqilgan metodikalardan foydalanish boʻyicha mintaqaviy oʻquv seminar oʻtkazildi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyoda salohiyatli yoshlar uchun muloqot va amaliy harakatlar (DARYA) loyihasi bilan hamkorlikda joriy yilning 19-sentyabr kuni “SCAFFOLD” metodikalaridan foydalanish boʻyicha mintaqaviy oʻquv seminar oʻtkazildi. Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida tashkil etilgan mazkur seminarda oliy, professional, umumiy o‘rta ta’lim muassasalari hamda monomarkazlarning 100 nafarga yaqin pedagog kadrlari ishtirok etdi. “SCAFFOLD” metodikalari Yevropa standartlari asosida ishlab chiqilgan boʻlib, oʻquv jarayonlarini tashkil etishni rivojlantirish va mavzularni oʻquvchilar tomonidan oson oʻzlashtirishga qaratilgan. Shuningdek, mazkur metodikalar o‘quvchilarda Tadbirkorlik koʻnikmalari (EntreComp), Hayotiy koʻnikmalar (LifeComp), Yashil koʻnikmalar (GreenComp) va Raqamli koʻnikmalar (Digcomp)ini shakllantirishga xizmat qiladi. Bizni kuzating | | |
Show more ...

IMG_0561.MOV

16 059
34
#xalqaro_hamkorlik #vazir #uchrashuv GWP Solutions kompaniyasi bilan kasbiy ta’lim sohasida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi Joriy yilning 19-sentyabr oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov AQShning GWP Solutions kompaniyasi bosh menejeri, professor Djon Payl va “Webster university” ijrochi direktori Rasul Raxmonovni qabul qildi. Tomonlar O‘zbekiston Respublikasi uchun kasb-hunarga o‘qitish markazi modelini amalga oshirish bo‘yicha kompleks strategiyani ishlab chiqish masalasini muhokama qilishdi. ... 👉 👉 Bizni kuzating | | |
Show more ...
13 721
8
#mutolaa “Evrika” demagan faylasuf (hajviya) Bir kunlik talabalik davridayoq “buyuk” kashfiyot qilgan yigit hikoyasi. Bu hajviy hikoyani mutolaa qilish jarayonida “o‘qish” so‘zi ostidagi mashaqqatni ko‘ngilxushlik deb o‘ylagan yigitning qilgan kashfiyotidan boxabar bo‘lasiz. 👉 Bizni kuzating | | |
14 512
26
4️⃣4️⃣4️⃣ 2️⃣2️⃣2️⃣🧠💡📚 Raqamli dunyoda teng imkoniyatlar Ertaga, 20-sentyabr kuni “ICTWEEK UZBEKISTAN 2024” axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi doirasida “Raqamli dunyoda teng imkoniyatlar”mavzusidagi inklyuziya masalalariga bag‘ishlangan tadbir . Tadbir maqsadi — nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamiyatga ijtimoiylashuvini oshirish, mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishtirish, raqamli ta’limdagi imkoniyatlar, ish topishga yordam beruvchi foydali platformalar haqida ma’lumot berishdan iborat. 📱Tadbir o‘tkaziladigan joy: Central Asian Expo Uzbekistan (CAEx) ko‘rgazmalar markazi 2-forumlar zali. 📱 🗓 O‘tkazish vaqti: 20-sentyabr, soat 10:00 #ICTWEEK24 #Uzbekistan Bizni kuzating | | |
Show more ...
18 435
13
#xushxabar #e’tirof O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti professori xalqaro mukofotga sazovor boʻldi 17-sentyabr kuni Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Gumanitar hamkorlik kengashi va MDH davlatlarining Gumanitar Hamkorlik Davlatlararo fondi tomonidan taʼsis etilgan “Hamdoʻstlik debyutlari” gʻoliblari aniqlandi. Quvonarlisi, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Rus filologiyasi fakulteti rus tili va oʻqitish metodikasi kafedrasi dotsenti, professor v.b. Azizxon Rahmonov “Hamdo‘stlik debyutlari” xalqaro mukofotiga loyiq deb topildi. Mazkur mukofot, 2008-yilda ta’sis etilib, 35 yoshgacha bo‘lgan yosh mutaxassislarning MDH davlatlari o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan fan, ta’lim, madaniyat, san’at va gumanitar fanlar sohasidagi yutuqlari uchun topshiriladi. A. Rahmonov bunga qadar bir qator tanlovlar sovrindori, 70 dan ortiq ilmiy ish, uslubiy qoʻllanmalar va jamoaviy monografiyalar muallifi, 2023-yilda “Yil filologi” va “Chegarasiz oʻqitish” xalqaro tanlovlari gʻolibi bo‘lgan. Maʼlumot oʻrnida, Oʻzbekiston Respublikasidan “Hamdoʻstlik debyutlari” xalqaro mukofotiga A. Rahmonovga qadar 2020—2022-yillarda 3 kishi loyiq topilgan. Bizni kuzating | | |
Show more ...
16 758
58
Vazir: Oʻz oldingizga yuqori maqsadlar qoʻyishdan qoʻrqmang va ularga intiling 19-sentyabr kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetida 1-kurs talabalari uchun “Talabalikka bagʻishlov” tadbiri boʻlib oʻtdi. Tadbirda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov ishtirok etdi. Vazirning yangi oʻquv yilidagi tashrifi talabalar, oʻqituvchi-professorlarga koʻtarinki kayfiyat bagʻishladi. – “Talabalikka bagʻishlov” sizning kasbiy oʻsishingiz va oʻzingizni rivojlantirishingiz yoʻlidagi birinchi qadamdir, – dedi vazir Q. Sharipov. – Iqtisodiyotimiz va jamiyatimiz rivojida ilm-fan, innovatsiya va taʼlim muhim oʻrin tutadi. Ushbu oliygoh fan, tadqiqot va innovatsiyalar birlashadigan maskan hisoblanadi. Bu yerda siz nafaqat chuqur nazariy bilimlar, balki kelajakda siz uchun foydali boʻlgan amaliy tajribaga ham ega boʻlasiz. Oʻz oldingizga yuqori maqsadlar qoʻyishdan qoʻrqmang va ularga intiling. Bizni kuzating | | |
Show more ...
12 217
25
Ota-onalar va abituriyentlar diqqatiga!!! Kollej va texnikumlarda o‘qish istagida bo‘lgan abituriyentlar uchun qo‘shimcha imkoniyat – 25-sentyabrga qadar professional ta’lim muassasalariga qo‘shimcha qabul bo‘lib o‘tadi. Buning uchun my.uzbmb.uz elektron platformasi orqali onlayn yoki bevosita ta’lim muassasasining o‘ziga murojaat qilgan holda hujjat topshirish mumkin. Qabul jarayonida yangi imkoniyatlar ham taqdim etilmoqda. Qadrli abituriyentlar 25-sentyabrga qadar ushbu imkoniyatdan foydalaning. Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/22053 Bizni kuzating | | |
Show more ...

0919 (1).2.mp4

34 209
619
#xalqaro_hamkorlik #vazir #uchrashuv Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Misr elchisini qabul qildi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Misr elchisi Amira Faxmini qabul qildi. Elchi xonim uning ilk elchilik faoliyati aynan O‘zbekistondan boshlanganini qayd etib, mamlakatimiz va xalqimizga bo‘lgan iliq munosabatini bildirib o‘tdi. Va bundan keyin YuNESKO da boshlayotgan faoliyatida ham mamlakatimiz rivojiga hissa qo‘shadigan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi. ... 👉 👉 Bizni kuzating | | |
Show more ...
11 785
3
#Prezident_topshirig‘i_ijrosi_amalda #muhandislik Namangan to‘qimachilik sanoati institutining “Ilg‘or muhandislik maktabi” faoliyati “Barkas Teks Group” MCHJ korxonasida rasman yo‘lga qo‘yildi Prezident raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda muhandislik sohasida kadrlar tayyorlashni yanada takomillashtirish yuzasidan berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan ushbu ilg‘or muhandis-texnologlar maktabida tinglovchilar eng zamonaviy moddiy-texnik bazada amaliy tajribalarini muntazam shakllantirib boradilar. Shuningdek, ular to‘qimachilik tolalaridan tortib, tayyor mahsulot ishlab chiqarishgacha bo‘lgan jarayonlardagi ilg‘or texnologiyalarni “Ustoz -shogird” tamoyili asosida korxona mutaxassislaridan o‘rganib, institutda o‘rgangan nazariy bilimlarini amaliyotga tadbiq etish orqali chuqur o‘zlashtirishadi. Bundan tashqari, eksport mahsulotlari ishlab chiqarishda ishtirok etish hamda ilmiy-innovatsion tadqiqot ishlari olib borgan holda kasbiy ko‘nikmalarini ham yanada mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Bizni kuzating | | |
Show more ...
13 320
15
#saylov_2024 #huquqiy_savodxonlik Aralash saylov tizimida deputatlik o‘rinlarini taqsimlash tartibi Bizni kuzating | | |

Hisoblash Rolik Retouch.mp4

39 740
93
#metodik_qo‘llanma #korrupsiyaga_qarshi_kurashish Manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishga doir eng muhim masalalarni qamrab olgan uslubiy ishlanmalar taqdim etildi Bular: 🔖Davlat xizmatida yuzaga keladigan manfaatlar to‘qnashuvi holatlari, ularni bartaraf etish choralari bo‘yicha milliy qonunchilik va xalqaro standartlarga asoslangan uslubiy qo‘llanma Ushbu qo‘llanma manfaatlar to‘qnashuvini boshqarishning umumiy qoidalari, manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish tartib-qoidalari, manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish bo‘yicha elektron yordamchi sanaladi. 🔖Manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar Mazkur tavsiyalar manfaatlar to‘qnashuvi holatlari hamda ularni bartaraf etish choralariga oid 49 ta muammoli savol va vaziyatlar (kazuslar)ni o‘z ichiga oladi. 🔖Davlat organlari va tashkilotlari xodimlari ish stolida eslatma sifatida foydalanishi uchun manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq holatlar va bunday vaziyatlarda ko‘riladigan choralar bo‘yicha illyustrativ tarqatma materiallar Bu materiallar davlat organlari va tashkilotlarida manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishga masʼul bo‘lgan tarkibiy bo‘linmalar (korrupsiyaga qarshi ichki nazorat yoki kadrlar bo‘linmalari), shuningdek, Odob-axloq komissiyalari faoliyatida uslubiy yordam bo‘lib xizmat qiladi. Bizni kuzating | | |
Show more ...
32 984
66
4️⃣4️⃣4️⃣ Butunjahon tozalik kuni: ommaviy plogging eko-aksiyasida faol qatnashing! 20-sentyabr kuni soat 11.00 da respublikamizning barcha hududlarida Butunjahon tozalik kuni munosabati bilan “Hayot uchun joy ajrating!” ommaviy plogging eko-aksiyasi . ———— Всемирный день чистоты: примите активное участие в масштабной эко-акции 20 сентября по случаю Всемирного дня чистоты во всех регионах страны масштабная эко-акция – плоггинги «Освободите место для жизни». Bizni kuzating | | |
Show more ...

Ellon plogin vazirlik_encoded.mp4

119 048
246
#dayjest Oliy ta’lim muassasalarida talabalar uchun yaratilgan sharoitlarni o‘rganish, sifatli ta’lim tizimini yo‘lga qo‘yish maqsadida “Rektor va yoshlar uchrashuvi” tashkil etilmoqda. ➡️Urganch davlat ; ➡️Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar ; ➡️Mamun ; ➡️Ozbekiston davlat jahon tillari; ➡️Fargona davlat ; ➡️Urganch davlat pedagogika ; ➡️Urganch innovatsion ; ➡️O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport ; ➡️Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar ; ➡️Toshkent axborot texnologiyalari universiteti ; ➡️Termiz davlat pedagogika; ➡️Shahrisabz davlat pedagogika ; ➡️Andijon davlat tibbiyot ; ➡️Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar ; ➡️Qoraqalpoq davlat ; ➡️Qo‘qon davlat pedagogika ; ➡️Namangan muhandislik-texnologiya ; ➡️Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya ; ➡️Toshkent arxitektura-qurilish ; ➡️Buxoro davlat tibbiyot ; ➡️O‘zbekiston xalqaro islom ; ➡️Toshkent davlat texnika universiteti ; ➡️Qarshi muhandislik-iqtisodiyot ; ➡️Farg‘ona politexnika . Bizni kuzating | | |
Show more ...

0913fff.mp4

VIDEO_1yy.mp4

18 886
43
#rasmiy_xabar ⚡️Kollej va texnikumlarda o‘qishni xohlovchilarga qo‘shimcha imkoniyat berilmoqda. Buning uchun 25-sentyabrga qadar my.uzbmb.uz orqali onlayn yoki bevosita ta’lim muassasasining o‘ziga murojaat qilishlari lozim 🔰Ota-onalar va abituriyentlarning murojaatlarini inobatga olib, shuningdek, kasb egallash istagida bo‘lgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2024/2025-o‘quv yili uchun kollej va texnikumlarga qabul qilish bo‘yicha quyidagi imkoniyatlar taqdim etilmoqda: ➖ bo‘sh o‘rinlari (vakant) mavjud bo‘lgan kollej va texnikumlarga abituriyentlar test natijalari asosida ikkita mutaxassislik fani (fanlar ketma-ketligidan qat’i nazar) mos bo‘lgan tegishli kasb (mutaxassislik)ni tanlashlari mumkin; ➖ abituriyentlar ta’lim tilini o‘zgartirgan holda kollej va texnikumlarning tegishli kasb va mutaxassisliklarini tanlashlari va tanlovda ishtirok etishlari mumkin; ➖ kirish imtihonlarida ishtirok etib, my.uzbmb.uz elektron platformasi orqali professional ta’lim muassasalarini tanlamagan abituriyentlar ish beruvchilar bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq kollej va texnikumlarga dual ta’lim shakli bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri qabul qilinadi; ➖ my.uzbmb.uz elektron platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tmagan yoki kirish imtihonlarida ishtirok etmagan, biroq kollej va texnikumlarda kechki yoki sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qish istagidagi fuqarolarga yozma imtihonlar orqali to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi. ⚠️ Diqqat! Kollej/texnikumlarning kunduzgi ta’lim shakli kasb va mutaxassisliklari uchun tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lganlar my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn, kechki va sirtqi ta’lim shakllarida o‘qish istagidagilar bevosita kollej va texnikumning o‘ziga murojaat qilishlari lozim. ✔️Shu munosabat bilan, kollej va texnikumlarning 1-kurslari uchun o‘quv jarayoni 2024-yil 2-oktyabrdan boshlanadi. Bizni kuzating | | |
Show more ...
80 582
1 937
#xalqaro_hamkorlik #vazir #uchrashuv Oliy va professional ta’lim sohasida koreyalik mutaxassislar O‘zbekistonga jalb qilinadi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Koreya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Von Do Yonni qabul qildi. Tomonlar O‘zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi hamkorlikning muhim yo‘nalishi bo‘lgan oliy ta’lim sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishning istiqbollarini muhokama qildi. ... 👉 👉 Bizni kuzating | | |
Show more ...
19 634
16
Last updated: 11.07.23
Privacy Policy Telemetrio