الخدمة متاحة أيضًا بلغتك. انقر للترجمةعربسكا
Best analytics service

Add your telegram channel for

  • get advanced analytics
  • get more advertisers
  • find out the gender of subscriber
Channel location and language

all posts Iqtisodchi Kundaligi

Show more
19 851-11
~11 300
~16
62.70%
Telegram general rating
Globally
41 400place
of 78 777
1 225place
of 2 295
In category
972place
of 1 704
Posts archive
​​E’lon qilishimni so’rashdi: Иқтисодиёт бўйича халқаро олимпиада иштирокчилари учун шошилинч кўмак Иқтисодиёт бўйича халқаро олимпиада Ўзбекистонда илк бор EFI (Economic Fundamentals Initiative, Иқтисодий Aсослар Ташаббуси) лойиҳаси доирасида ўтказилмоқда. Олимпиада 14-18 ёшли мактаб ва лицей ўқувчилари ўртасида ўтказилади ва 3 босқичдан иборат: Мактаб (2024 йил феврал ойида барча 14 ҳудуддан 583 нафар ўқувчи иштирок этган), Миллий босқич ва Халқаро босқич (2024 йил сентябр ойида Грецияда ўтказилиши режалаштирилган). Олимпиаданинг Миллий босқичи 2024 йил 22 май куни Тошкентдаги Халқаро Вестминстер университетида (ТХВУ) ўтказилади. ТХВУ ва EFI лойиҳаси Олимпиаданинг Миллий босқичи харажатларининг катта қисмини қоплаяпти. Аммо вилоятдан келаётган иштирокчилар учун Тошкентда турар жой ва йўл харажатлари бўйича зудлик билан ёрдам керак: Ҳомийлик қилиш истагида бўлганлар қуйидагилар бўйича ёрдам бера олсалар, жуда миннатдор бўлардик: (1) Тошкентда 2 кеча (2024 йил 21-22-23 май), 90 га яқин киши, жумладан, талабалар, ўқитувчилар ва ҳамроҳлик қилаётган ота-оналар учун турар жой топишга; ёки (2) Талабалар ва уларнинг ўқитувчиларига турар жой, Тошкентга келиш йўл-кира харажати, чўнтак пули билан моддий таъминлаш: жами - киши бошига 1,5 миллиондан - 3 миллион сўмгача, қайси вилоятдан келаётганига қараб. Албатта сиз Миллий босқич иштирокчиларини қимматбаҳо совғалар (масалан, IELTS имтиҳони учун ваучер, гаджетлар, таълимга оид бошқа материаллар) тақдим этиш орқали ҳам қўллаб-қувватлашингиз мумкин. Сиз ҳам тадбирда шахсан иштирок этишингиз мумкин! Олимпиаданинг Миллий босқичи иқтисодий саводхонлик бўйича конференция шаклида ўтказилади ва талабалар имтиҳон топшириш вақтида ўқитувчилар ва меҳмонлар қизиқарли тадбирларда иштирок этадилар. Тадбирда иштирок этишни истасангиз, қуйидаги рўйхатдан ўтиш формасини тўлдиринг. Рўйхатдан ўтиш формаси: EFI лойиҳаси ҳақида маълумот: Қўшимча маълумот учун қуйидаги манзилга мурожаат қилинг: Др. Наргиза Алимуҳамедова, EFI лойиҳасининг Ўзбекистондаги минтақавий менежери: Нигина Рустамова, Иқтисодиёт фанидан Олимпиада координатори: , тел: +998 93 378 68 61
Show more ...
image
5 167
54
Singapurda yangi bosh vazir! Menimcha, hokimiyat transferi endi yakuniga yetdi. Bu mo’jizaviy orolni mo’jizasi davom etishini kutib qolamiz. Aytmoqchi, Lourens Vong ham, undan oldingi bosh vazir, LHL kabi - iqtisodchi. Viskonsin Universiteti iqtisodiyot fakulteti bitiruvchisi ham.
6 070
15
Inflyatsiya haqida aytish joizki, asosiy muammo bu uy-joy qimmatligi.
6 025
9
AQSh makroiqtisodiyotidagi xodisalar: inflyatsiya hali ham nisbatan yuqori, lekin mehnat bozori tarixiy maksimumda - buni adabiyotda “full employment” deyishadi. Iqtisodiy potensial maksimumda va o’sish ham tarixiy eng yuqori darajada bo’lishiga qaramasdan, hukumat hali ham fiskal xarajat qilib kelmlqda (albatta bu inflyatsiyaning asosiy sabablaridan), bunday xolat tarixda bo’lganini eslay olmayman.
6 209
18
Ishlab chiqarish va “lokalizatsiya” haqida gap ketganida, yuqori qiymatli va yuqori qoʻshimcha qiymatga ega mahsulotni ishlab chiqarish va yuz foiz mahalliy mahsulotni ishlab chiqarish, mohiyatan bir biriga qarama qarshi maqsadlar. “Yuqori qoʻshimcha qiymatli va oxirgi texnologiyalarni qoʻllab” ishlab chiqarilgan har bir tovar, mutlaq yuz foiz mahalliy boʻla olmaydi. Xuddi shunday, yuz foiz mahalliy xomashyodan tayyorlangan tovar hech qachon yuqori texnologik va yuqori qoʻshimcha qiymatli boʻla olmaydi. Hatto, eng rivojlangan mamlakatlarda ham. Xitoy ku mayli, hatto AQShda ham shunday. Rivojlanayotgan dunyo haqida gapirmasak ham boʻladi.
Show more ...
6 683
23
​​Bu video juda yaxshi iqtisodiy dars. Bu yerdagi gʻoya ham, savdoni cheklash — proteksionizm siyosati, yoxud “oʻz bozorini” muhofaza qilish siyosatidek taqdim qilingan. Videodagi gʻoyada tadbirkorlarni “mahalliy” va “xorijiy”ga ajratishga urgʻu berilgan. Proteksionist — savdoni cheklash gʻoyasida ham, “mahalliy mahsulot” va “xorijiy mahsulot” ajratilgani kabi — xato, lekin mantiqiy xatoni yomon tarafi bu narsa iqtisodiyot uchun qimmatga tushadi. Albatta, chet ellik tadbirkorlar Oʻzbekistonga kelsa, pul tiksa va biznesini rivojlantirsa — hech ham xavotirga oʻrin yoʻq, “monopollashtirish” esa davlatni ishtirokisiz imkonsiz. Chunki, bordiku oʻsha chet ellik investorlar bozorni egallab olsalar ham (juda ehtimoli past), lekin bozorga kirish hammaga ochiq boʻlib qolaversa — xavotirga oʻrin boʻlmaydi, chunki yana boshqa chet ellik yoki mahalliy tadbirkorlar kelib, oʻsha “monopollashtirgan” tadbirkorlarni bozorini sindiradi. Albatta agar bozorga kirishni davlat cheklab qoʻymasa. Kirishni cheklab qoʻysa muammo boʻladi. Buni masalan oddiy bir dehqon bozori misolida aytsam. Deylik dehqon bozorda bir nechta odam oʻz mahsulotini sotmoqda, bir nechta chet ellik sotuvchi keldi-da arzonroqqa sotishni boshladi, shu videodagi aka aytganidek, mahalliy sotuvchilar chiqib ketishga majbur boʻldilar, shunda agar bozorni eshigi ochiq tursa va har imkoniyatda yangi sotuvchi kirishiga imkon boʻlsa, “monopollashtirish” xavfi yoʻq. Narxni sunʼiy oshirgan kuni, yana sotuvchilar kelishadi. Chet ellikmi mahalliymi ahamiyatsiz. Oʻzbekistondagi asosiy muammolardan biri ham aynan shu, davlat tomonidan bozorga kirish cheklanishi. Lekin bu videoda boshqa saboq bor, saboq shundaki, tabiiyki, ayrim tadbirkorlar, hatto raqobatli sohalarda faoliyat olib borsalar ham, albatta imkoni boʻlsa davlat raqobatni cheklashidan manfaatdor boʻladilar. Bu yerda ham, diqqat bilan eshitsangiz, videodagi odam, aynan davlat cheklovlarni qoʻyishi haqida aytmoqda. Jamiyat va davlat uchun saboq shundaki — davlat iloji boricha raqobatli muhitni yaratishi kerak va har bir sohaga kirishni iloji boricha ochiq va oson qilib turishi kerak. Har bir tadbirkorlikka toʻsiqni, bozorni cheklanishini jamiyat uchun katta bir kulfatdek qaralishi kerak. Agar oʻsha sohani ichidagi ayrim tadbirkorlar yoki tashkilotlardan sohani qanday rivojlantirish kerak deb soʻrasangiz, ular shunday raqobatni “cheklovchi” choralarni aytishlari ham mumkin. Bundan ehtiyot boʻlish kerak. Shuning uchun ham, qarorlar qabul qilishda, iqtisodiy foydadan kelib chiqqan holdagina fikr yuritsak maqsadga muvofiq boʻladi. Albatta chet ellik investorlar oʻzi shundoq ham Oʻzbekistonda juda juda kam. Mintaqada eng kam kishi boshiga toʻgʻridan toʻgʻri investitsiya oladigan mamlakat hisoblanamiz, lekin shunga qaramasdan ham, cheklashni xohlaydiganlar mavjud. Xuddi shunday, import mahsulotlarini cheklash ham, bir xil mantiqsizlik, agar chet eldagi ishlab chiqaruvchilar, yoki chet ellik sotuvchilar bizga tovarlarni “arzonroq” sotishni xohlab turishgan boʻlsa — biz albatta buni qabul qilishimiz kerak, axir qancha arzonga olsak — shuncha koʻp iqtisodiy yutuq. Teskarisini qilish — xalqni kambagʻallashtiradi.
Show more ...
7 627
99
​​Bu video juda yaxshi iqtisodiy dars. Bu yerdagi gʻoya ham, savdoni cheklash — proteksionizm siyosati, yoxud “oʻz bozorini” muhofaza qilish siyosatini qoʻllashdek gap. Videodagi gʻoya “mahalliy” va “xorijiy” tadbirkorlarga ajratishdan iborat, proteksionist — savdoni cheklash gʻoyasida ham, “mahalliy mahsulot” va “xorijiy mahsulot” ajratilgani kabi — mantiqiy xato, lekin mantiqiy xatoni yomon tarafi bu narsa iqtisodiyot uchun qimmatga tushadi. Albatta, chet ellik tadbirkorlar Oʻzbekistonga kelsa, pul tiksa va biznesini rivojlantirsa — hech ham xavotirga oʻrin yoʻq, “monopollashtirish” esa davlatni ishtirokisiz imkonsiz. Chunki, bordiku oʻsha chet ellik investorlar bozorni egallab olsalar ham (juda ehtimoli past), lekin bozorga kirish hammaga ochiq boʻlib qolaversa — xavotirga oʻrin boʻlmaydi, chunki yana boshqa chet ellik tadbirkorlar kelib, oʻsha “monopollashtirgan” tadbirkorlarni bozorini sindiradi. Albatta agar bozorga kirishni davlat cheklab qoʻymasa. Kirishni cheklab qoʻysa muammo boʻladi. Buni masalan oddiy bir dehqon bozori misolida aytsam. Deylik dehqon bozorda bir nechta odam oʻz mahsulotini sotmoqda, bir nechta chet ellik sotuvchi keldi-da arzonroqqa sotishni boshladi, shu videodagi aka aytganidek, mahalliy sotuvchilar chiqib ketishga majbur boʻldilar, shunda agar bozorni eshigi ochiq tursa va har imkoniyatda yangi sotuvchi kirishiga imkon boʻlsa, “monopollashtirish” xavfi yoʻq. Narxni sunʼiy oshirgan kuni, yana sotuvchilar kelishadi. Chet ellikmi mahalliymi ahamiyatsiz. Oʻzbekistondagi asosiy muammolardan biri ham aynan shu, davlat tomonidan bozorga kirish cheklanishi. Lekin bu videoda boshqa saboq bor, saboq shundaki, tabiiyki, ayrim tadbirkorlar, hatto raqobatli sohalarda faoliyat olib borsalar ham, albatta imkoni boʻlsa davlat raqobatni cheklashidan manfaatdor boʻladilar. Bu yerda ham, diqqat bilan eshitsangiz, videodagi odam, aynan davlat cheklovlarni qoʻyishi haqida aytmoqda. Jamiyat va davlat uchun saboq shundaki — davlat iloji boricha raqobatli muhitni yaratishi kerak va har bir sohaga kirishni iloji boricha ochiq va oson qilib turishi kerak. Har bir tadbirkorlikka toʻsiqni, bozorni cheklanishini jamiyat uchun katta bir kulfatdek qaralishi kerak. Agar oʻsha sohani ichidagi ayrim tadbirkorlar yoki tashkilotlardan sohani qanday rivojlantirish kerak deb soʻrasangiz, ular shunday raqobatni “cheklovchi” choralarni aytishlari ham mumkin. Bundan ehtiyot boʻlish kerak. Shuning uchun ham, qarorlar qabul qilishda, iqtisodiy foydadan kelib chiqqan holdagina fikr yuritsak maqsadga muvofiq boʻladi. Albatta chet ellik investorlar oʻzi shundoq ham Oʻzbekistonda juda juda kam. Mintqada eng kam kishi boshiga toʻgʻridan toʻgʻri investitsiya oladigan mamlakat hisoblanamiz, lekin shunga qaramasdan ham, cheklashni xohlaydiganlar mavjud. Xuddi shunday, import mahsulotlarini cheklash ham, bir xil mantiqsizlik, agar chet eldagi ishlab chiqaruvchilar, yoki chet ellik sotuvchilar bizga tovarlarni “arzonroq” sotishni xohlab turishgan boʻlsa — biz albatta buni qabul qilishimiz kerak, axir qancha arzonga olsak — shuncha koʻp iqtisodiy yutuq. Teskarishini qilish — xalqni kambagʻallashtiradi.
Show more ...
1
0
AQShda hozir ikki g’oya bor ikkovi ham xato va zarar lekin ikkisi ham siyosiy jihatdan juda populyar. Birinchisi bu immigratsiyaga cheklov, ikkinchisi bu Xitoy bilan savdoni cheklash. AQShda bu yil prezident saylanadi. Shuning uchun, zarar bo’lsada shu ikki populyar lekin o’ta zararli choralar ko’p qo’llaniladi. Obama ham, Tramp ham saylov yilida tariflar qo’llashgan edi.
6 233
10
Baydenni qilgan ishiga Baydenni 2019-yildagi javobi: Tramp asosiy gʻoyani tushunmaydi. Uning fikricha, u qoʻygan tariflar Xitoy tomonidan toʻlanadi. Har qanday birinchi kurs iqtisodchi talaba aytib beradi bu tariflarga Amerika xalqi toʻlayapti. Hatto Targetdagi kassirlar (supermarketlar tarmogʻi) nima boʻlayotganini koʻrishmoqda — hatto ular ham iqtisodiyot haqida Trampdan koʻra koʻproq bilishadi.
8 040
25
Yangi O’zbekiston Universitetidagi tadqiqotlar markazi ilmiy xodim qidirayotgan ekan. Qiziquvchilar bo’lsa - axborot shu xujjatni ichida.

Position_ Pre-doctoral_Post-doctoral Research Fellow.pdf

7 136
58
Instagramda reels chiqib qoldi. Rasiyya so‘zining yozilishi yoqdi. Diqqat! Bu yerda xato, to‘g‘ri degan iddao yo‘q. Shunchaki insonning til mexanizmi qanaqa ishlashiga aqlan guvoh bo‘lish mumkin. Demak, Rossiya so‘zining ayni o‘rinda yozilishiga tashxis: 1.O‘qigandan ko‘ra ko‘proq eshitish orqali qabul qilingan bu so‘z. 2. Ammo bir-ikki marta o‘qilgan ham. O‘qilganning natijasi "qaysidir harf ikkita yoziladi" degan taxminni shakllantirgan. 3. Birinchi yozilishida Rasiya yozilgan bo‘lsa kerak, faqat qaysidir harf ikkita edi degan taxmin y ni ikkita yozilishiga sabab bo‘lgan. Nega y? Chunki y ni ikkita aytilishi bilan bitta aytilishi o‘rtasidagi farq boshqa undoshlarning shunaqa holatiga nisbatan kichikroq. Shuningdek, s tovushining ham y kabi sirg‘aluvchi ekanligi xato ehtimoli yuqori bo‘lishini ta'minlagan.
Show more ...
8 694
31
Talabalar protestlarni AQShni o’zgartirishmoqda. Bugungi New Yorker muqovasi. Asna Tabassum - sinf valedoktorian edi Janubiy Kaliforniya Universitetida, u so’zga chiqmasligi uchun, universitet katta yakunlash marosimini qilmadi. Bugungi kichik marosimdan. Asnaning Falastinlik Elyanna kecha Stepen Kolbertning chiqdi. Eng muhimi - AQSh xujumkor qurollarni Isroilga sotishni
13 232
70
Bu subatni Youtubega qo’yganimdan keyin, menimcha Hoshimov Iqtisodiyoti dasturi tarixida birinchi marta - juda ko’p inglizcha izohlar yozishyapti. Izohlardagi asosiy ma’no Rossiya Ukrainaga urush qilganini sababi - NATO ekan. Haqoratli ayrim izohlarni o’chirdim ham. Menga qiziq ko’ringani, bu suhbatni qaysidir joyda ulashishganmi? Yoki bu botlarmi? Xullas, qiziq.
Yoshiko Herrera - Why Did Russia Invade Ukraine: role of identity, nationalism and ethnic politics.
Yoshiko M. Herrera is a Professor of Political Science at the University of Wisconsin-Madison. Her research on Russian politics; nationalism, identity, and ethnic politics; political economy and state statistics (national accounts); and international norms, has been published with Cambridge University Press, Cornell University Press, Perspectives on Politics, Comparative Politics, Political Analysis, Social Science Quarterly, Post-Soviet Affairs, and other outlets. At UW–Madison, Herrera teaches courses on comparative politics, social identities and diversity, and post-communist politics. In 2021, she was a recipient of the Chancellor’s Distinguished Teaching Award at UW-Madison. Herrera received her B.A. from Dartmouth College and M.A. and Ph.D. from the University of Chicago. Before arriving in Madison in 2007, Herrera was the John L. Loeb Associate Professor of Social Sciences in the Government Department at Harvard University (1999-2007). She is also a former Director of the Center for Russia, East Europe, and Central Asia, former Co-Director of the Institute For Regional and International Studies, and former Director of the UW-Madison Partnership with Nazarbayev University.
11 720
20
Savdo qanday qilib boylikka taʼsir qilishi haqida maqola ekan. Elastiklik koeffitsiyenti - 0.24 deyishyapti - AQSHda. Hisob-kitoblar shuni ko‘rsatadiki, savdoning 1 foizga o‘sishi yalpi ichki mahsulotning 0,24 foizga o‘sishiga olib keladi. Ikki tomonlama savdoning 1 milliard dollarga ko‘payishi YAIMni 240 million dollarga oshiradi. Mualliflarni taʼkidlashicha, 2017 yildan beri olib borilgan so‘nggi tadqiqotlarda esa bu koeffitsiyent 0,30 dan yuqori bo‘lib kelmoqda.To‘g‘risi, men savdoni iqtisodiy o‘sishda bunchalik katta koeffitsiyentga egaligini bilmas edim. Yana bir bor - savdoga to‘siqlar qanchalik qimmat ahmoqlik ekani deb o‘qisak bo‘ladi.
Show more ...
America's payoff from engaging in world markets since 1950 was almost $2.6 trillion in 2022
International trade may not be as popular in the United States as it once was, but this updated PIIE study demonstrates that the payoff to the US economy from globalization has been significant. Gains from trade since 1950, facilitated by vastly improved transportation and communications, added up to $2.6 trillion in 2022, lifting US GDP by 10 percent. These gains averaged $7,800 per person and $19,500 per household in the United States in 2022.
11 124
35
Energetik reforma - to’g’rirog’i uni qilish kerakligi haqida intevyu berdim (rus tilida) -
«Повышение тарифов — не панацея. Нужна реформа энергосектора» — Бехзод Хошимов
В интервью Spot экономист рассказал, почему повышение расценок не является полноценной реформой, как поддерживать уязвимые слои населения и что делать с энергетической системой Узбекистана.
7 926
18
Hoshimov Iqtisodiyoti dasturining navbatdagi soni. Bu son mehmonimiz - Rossiya siyosati bo‘yicha mutaxassis, Viskonsin Universiteti professori Yoshiko Herrera. Herrera ko‘p yillik tajribaga ega siyosatshunos olim, Rossiyaning yangi tarixi, 90 yillar xususiylashtirish masalalari va davlat statistikasi haqida ko‘p tadqiqotlar olib borgan. AQSHni Rossiya bilan va NATO bilan munosabatlari bo‘yicha ko‘pgina ekspert guruhlar aʼzosi. Rossiyada 90- yillar boshida tahsil olgan, Qozog‘istonda esa Nazarbayev universitetini tashkil qilishda ko‘maklashgan. Biz juda ko‘p masalalarga to‘xtaldik. Bu nafaqat Rossiyani Ukrainaga urushi, balki, Rossiyadagi millatchilik, o‘zlikni anglash, va millatlararo munosabatlar. Menimcha suhbat juda qiziq bo‘ldi. Men o‘zim ko‘p narsa o‘rgandim. Doimgidek, suhbat yoqsa - bo‘lishing va albatta izoh qoldiring. Izohlarni o‘qiyman.
Show more ...
Yoshiko Herrera - Why Did Russia Invade Ukraine: role of identity, nationalism and ethnic politics.
Yoshiko M. Herrera is a Professor of Political Science at the University of Wisconsin-Madison. Her research on Russian politics; nationalism, identity, and ethnic politics; political economy and state statistics (national accounts); and international norms, has been published with Cambridge University Press, Cornell University Press, Perspectives on Politics, Comparative Politics, Political Analysis, Social Science Quarterly, Post-Soviet Affairs, and other outlets. At UW–Madison, Herrera teaches courses on comparative politics, social identities and diversity, and post-communist politics. In 2021, she was a recipient of the Chancellor’s Distinguished Teaching Award at UW-Madison. Herrera received her B.A. from Dartmouth College and M.A. and Ph.D. from the University of Chicago. Before arriving in Madison in 2007, Herrera was the John L. Loeb Associate Professor of Social Sciences in the Government Department at Harvard University (1999-2007). She is also a former Director of the Center for Russia, East Europe, and Central Asia, former Co-Director of the Institute For Regional and International Studies, and former Director of the UW-Madison Partnership with Nazarbayev University.
10 259
39
Podkastimizda shu grafikka o’xshagan natijalar haqida gapirgan edim. Bu grafikda uch davlat, AQSh, Meksika va Hindiston ko’rsatilgan. Ko’rganingizdek, vaqt o’tgan sari, AQShdagi korxonlarda ko’proq odam ishlaydi - Hindiston va Meksikada unday emas. Shunga o’xshagan boshqa grafiklar bor, masalan, mamlakatdagi daromadlar va o’rtacha korxonadagi ishchilar soni. Ma’no shundaki, O’zbekistonda ham, boshqa kambag’al mamlaktlar kabi, o’rtacha korxonaning hajmi kichikligida. Eng yomoni, vaqt o’tib katta bo’lmasligida.
Show more ...
10 223
14
Yozishlaricha, Rossiyaga O’zbekiston fuqarolarini kirishiga bilan muammollar sodir bo’lmoqda.
11 239
31
AQSh hukumati talabalar qarzini kechirib yuborish uchun 870 millard va 1.4 trillion dollar orasida pul ajratmoqchi. Juda noto’g’ri qaror bo’lar edi. Pul bilan kam ta’minlanganlarga yordam berish kerak - barcha o’qish uchun qarz olganlarga buncha ko’p pulni berish, eng birinchi adolat prinsiplariga ham to’g’ri kelmaydi.
12 887
21
Тарихда биринчи марта хусусий компания сифатида Anglesey Food, Korzinka супермаркетлар тармоғи мамлакатимизда энг кўп иш ўрини яратган корхоналар сафига кирибди. Дарвоқе, Бандлик Вазирлиги телеграм каналини энди кўрибман, обуна бўлдим. Кўпгина қизиқарли маълумотлар чиқиб турар экан. Тавсия қиламан.
11 386
15
O'zbekistonda yangi loyiha - Teach for Uzbekistan ish . Loyihaning maqsadi - maktablarni yuqori malakali o'qituvchilar bilan ta'minlashda yordam berish. Bunda nopedagogik OTMlar bitiruvchilari tanlovdan va intensiv pedagogik tayyorgarlikdan o'tib, maktablarga o'qituvchi sifatida ishlashga yuboriladi. Ularga pedagogik faoliyati davomida yordam beradigan kuratorlar biriktiriladi. Bu, bir tarafdan, maktabda malakali o'qituvchilar yetishmovchiligini hal qilishga hissa qo'shadi, ikkinchi tarafdan, OTMlar bitiruvchilariga o'zlarini yangi sohada sinab ko'rish, keyingi ish faoliyati uchun kerakli ko'nikmalarni egallashga yordam beradi. Yuqorida tasvirlangan model asosida ishlaydigan loyihalar bor. Masalan, o'zim Nyu Yorkda o'qib yurgan paytimda "Teach for Amerika" konferensiyasida qatnashganman. Qiziquvchilarni qatnashib ko'rishga chaqiraman - balki o'zingizning yangi qirralaringizni kashf etarsiz? Qolaversa, yurt kelajagini qurishga hissa qo'shish imkoniyati. Zero, yoshlarimiz bizdan bilimliroq bo'lsa, tanqidiy fikrlay olsa, biz ko'rmagan orzudagi O'zbekistonni qurishi mumkin ....
Show more ...
В Узбекистане стартовал новый социальный проект. Молодых энтузиастов приглашают попробовать себя в роли школьного учителя
Узбекистан, Ташкент – АН Podrobno.uz. В Узбекистане заработал новый социальный проект Teach For Uzbekistan. Его цель – отобрать молодых лидеров и специалистов, провести для них интенсивную педагогическую переподготовку и направить в качестве учителей в отдаленные сельские и городские школы, передает корреспондент Podrobno.uz.
10 590
69
Podkastimizning yangi soni chiqdi. Tadbirkorlik haqida katta epizod doirasida u haqida afsona, haqiqat va qiziq tadqiqotlar natijalari haqida suhbatlashdik. Kremniy vodiysidagi ham, O'zbekistondagi ham tadbirkorlik faoliyatiga oid misollar, davlat tadbirkorlikni rag'batlantirishi kerakmi, va uning uchun qilish va qilinishi kerak bo'lmagan rag'bat/dasturlar haqida gaplashdik. Tinglang, ko'ring, do'stlaringiz bilan ulashing va izoh qoldiring. Audio formatda: | | | Bu epizod hamkori - aksiyadorlik tijorat banki "AloqaBank".
Show more ...
42 - Tadbirkorlik: afsona va haqiqatlar
Bu epizodda biz tadbirkorlik haqida har tomonlama suhbatlashdik. Avvalambor tadbirkorlik faoliyati nima, qanday insonlar tadbirkor bo’lishadi, tadbirkorlarning rag'batlari, tadbirkorlik faoliyatining iqtisodiy o'sishga ta'siri va davlatlar tadbirkorlik faoliyatini rag'batlantirish uchun qilishi kerak bo'lgan va bo'lmagan harakatlar haqida fikr yuritdik. Bundan tashqari, tadbirkorlik faoliyatida uchraydigan muammolar, shu jumladan moliyaviy resurslarga bo'lgan imkoniyat va ularning bozor va davlat tomonidan taqsimoti haqida gaplashdik. Ushbu suhbatda tadbirkorlikning nazariyasi, ba'zi empirik xulosalar, keyslar va tadqiqodlar topilmalari bilan bo'lishdik. Podkastning ushbu epizodi rasmiy hamkori - aksiyadorlik tijorat banki "AloqaBank". http://www.aloqabank.uz/ https://zoomrad.uz/mobile-app Podkast yozilgan sana: 21 - Aprel 2024. #botirkobilov #behzodhoshimov Mualliflar: Botir Kobilov: https://t.me/uzbekonomics Behzod Hoshimov: https://t.me/iqtisodchi_kundaligi Audio podkastni tinglash va obuna bo'lish uchun ilovalar: Spotify: https://open.spotify.com/show/1ZJ1l4K... Apple Podcast: https://podcasts.apple.com/us/podcast... Yandex Music: https://music.yandex.ru/album/1356059... Podbean: https://botir.podbean.com/ Stitcher: https://www.stitcher.com/show/uzbekon...
10 143
22
Parij!
10 857
6
Davlat sun’iy monopoliya yaratib, endi buni xususiylashtirmoqchimi? Yoki men nimadirni tushunmayapmanmi?
davletovuz
UzIMEI’даги давлат улуши хусусийлаштирилади UzIMEI операторига эгалик қиладиган Information Technology Center МЧЖдаги 49% давлат улуши ҳам сотилади. Қолган 51% улуши Delta Telecom International компаниясига тегишли.
13 273
46
Lolazor podkasitini dollar narxiga atalga sonida, nima uchun O’zbekistonda dollarni kursini sun’iy ushlab turishgani haqida fikr yuritilmabdi. Menimcha, dollarni so’mga nisbatan narxi ancha qimmatroq bo’lishi kerak deb ko’rinyapti menga - aniq qanchaligini bilmayman, lekin “ushlab turilishi”ni sabablari menga qiziq. Masalan, Turkiyada, monetar sabab bilan dollar sun’iy arzon, bizda, katta ehtimol bilan fiskal. R Umuman olganda erkinroq dollarni kursi - muammolarni kelajakda emas, hozir hal qilishga yordam berar edi.
Show more ...
9 847
31
Охирида Ботир Қобилов ва Беҳзод Ҳошимовнинг аҳоли ўсиши ва бунинг иқтисодий фаровонликка таъсирига бағишланган тавсия қиламан. Мамлакатимиз нуфуси 37 миллион кишидан ҳафтада айниқса долзарб. Мазза қилиб эшитдим – олим акаларимиз Ўзбекистон ривожланиши учун нега ўзбекистонликлар кўп бўлиши кераклигини ҳар томонлама, чиройли мисоллар билан тушунтириб беришган. Ҳошимовнинг гапини эшитиб туриб, экран қаршисида ўтирган сизда: “Ия, оғайни, бу гапингга мана бу нарса тўғри келмаяпти-ку”, деган эътироз пайдо бўлиши билан, Қобилов шуни сезгандек, Ҳошимовга ичингиздаги саволни беради. Энди, ўзингиздан қолар гап йўқ, Ҳошимов жавоб беролмайдиган бирор савол ҳали бўлмаган (лекин шу подкастда бир нарсани тушунтириб беролмабди – спойлер қилмай, ҳай). Юқорида саналган тўртта подкастга вақт кетказиш шарт эмас, лекин мана шунисини кўришни/эшитишни жуда, жуда, жуда қилган бўлардим. Фурсатдан фойдаланиб, Ботир Қобиловга ҳам, Беҳзод Ҳошимовга ҳам раҳмат айтмоқчиман. Барака топинглар ва чарчаманглар!
Show more ...
41 - Aholining o'sishi va iqtisodiy farovonlik.
Odamlar bu boylik. Podkastimizning ushbu epizodida aholi o'sishi, fertillik darajasi va iqtisodiy farovonlik haqida suhbatlashdik va aholi va iqtisodiy o'sish o'rtasidagi dinamikalarni tushunishga harakat qildik. Biz turli iqtisodiy nazariyalarni va O'zbekiston hamda boshqa mamlakatlardagi kuzatishlarni tahlil qilib, qanday qilib aholi sonining ko'payishi yoki kamayishi bir mamlakatning iqtisodiy farovonligiga ta'sir etishi mumkinligini muhokama qildik. Shu bilan birga, rivojlangan mamlakatlarda fertillik darajasining nima uchun pasayib borayotganini va buning sabablari haqida taxminlar yuritdik va ularning ortida yotgan iqtisodiy, va ijtimoiy omillarni ko'rib chiqdik. Podkastning ushbu epizodi rasmiy hamkori - aksiyadorlik tijorat banki "AloqaBank". http://www.aloqabank.uz/ https://zoomrad.uz/mobile-app Podkast yozilgan sana: 28 - Mart 2024. #botirkobilov #behzodhoshimov Mualliflar: Botir Kobilov: https://t.me/uzbekonomics Behzod Hoshimov: https://t.me/iqtisodchi_kundaligi Audio podkastni tinglash va obuna bo'lish uchun ilovalar: Spotify: https://open.spotify.com/show/1ZJ1l4K... Apple Podcast: https://podcasts.apple.com/us/podcast... Yandex Music: https://music.yandex.ru/album/1356059... Podbean: https://botir.podbean.com/ Stitcher: https://www.stitcher.com/show/uzbekon...
8 912
62
AQShdagi talabalar protestlarini qiziq xususiyati, menimcha, hech qaysi asosiy siyosiy partiya yoki oqim ularni “o’ziniki” qilib olmagani. Ya’ni siyosiy va hukumat doiralarida bu protestlarni qo’llovi deyarli yo’qligi. Menimcha, agar unday bo’lganida, universitet administratsiyalari ancha ehtiyotkor bo’lishar edi.
9 711
14
Parklar haqida, aytish joizki, O’zbekistonda parklarni betonlashuvi va parklarni qisqarishi, muhimi aynan Bobur bog’ini qisqarishi ham u park davlatga tegishli bo’lganida bo’lgan. Shuning uchun, bu sohada islohot qilish kerak. Davlatga tegishli parklar, amalda hech kimga tegishli emas. Ijtimoiy tovarni ta’minlash qiyin masala. Davlat egalik qilgan parkni boshqaruvchi menejerlari - parkni qisqartirib sotish, uni ichida bino qurishdan eng birinchi manfaatdorlar. Buni odatda demokratik yo’l bilan - ya’ni parklarni boshqaradigan hokimlar jamoatchilikka ya’ni saylovchilarga hisobdor bo’lsa qilib bo’ladi. Parkni direktorlarini rag’batlarini to’g’ri belgilqydi. Alternativa ham bor, demomratik tiyib turuvchi tizim bo’lmasa-da, davlat boshqaruvida korrupsiya kam va inson kapitali yuqori bo’lishi (shartli Singapur modeli). Bizda ikkisi ham yo’q bo’lgani uchun, davlatga tegishli bo’lgan, ijtimoiy tovarlani ta’minlashga ma’sul idoralar yaxshi ishlashmaydi. Shuni tuzatish yo’llarini topishga majburmiz.
Show more ...
10 625
18
Bizga ham saboq bor: dollarni suniy kuchli ushlab turish - juda qimmat xato.
8 992
21
​​Turkiyada xabarlarni o‘qigan bo‘lsangiz kerak, narxlar shaharlarda qimmat. Turkiyaliklar o‘zlarini mahalliy tamaddixonalaridagi narxlarni Yevropa bilan solishtirib adolatli xulosa qilishmoqda. Istanbulda narxlar Parijga yaqinlashib qoldi, buni qanday tushuntirsa bo‘ladi? Menga qiziq ko‘ringani, ularda ham, xuddi amerikadek, o‘sha doner kabob sotuvchilari, “qizg‘anchiq” bo‘lganlari uchun narxni oshirishganlik ayblovlari ko‘paygan. Albatta, Turkiyada ovqat ham, ovqatxonalar ham juda raqobatli bozorda, demak masala qandaydir "kafelar kelishib olgan fitna nazariyasi" emas, balki iqtisodiy siyosat. Hozirda, inflyatsiyaga kurashish uchun, Turkiya markaziy banki dollarni sunʼiy ravishda kuchli qilib ushlab turibdi. Aynan shuning oqibatida Turkiyada oddiy tovarlar - yemaklar narxlari Yevropaga solishtirsak shunday qimmatlab ketgan. Masalan, Lirani hozirgi kursi agar 40-45 atrofida bo‘lsa, unda dollarda o‘sha doner kabobni narxi Parijdan arzonroq bo‘lar edi. Nima uchun MB bunday qilyapti? Chunki Turkiyadagi oxirgi o‘n yildagi iqtisodiy siyosat natijasida mamlakat juda dollarlashdi, buning oqibatida esa, dollarni devalvatsiyasi, afsuski inflyatsiyaga ham taʼsir qiladi. Qandaydir maʼnoda MB nima qilsam ham, muammo bo‘lmoqda. Inflyatsiyani nazoratdan chiqarib yuborishganida, keyin esa Erdog‘anni kuyovi - Albayroq moliya vaziri bo‘lganida, foiz stavkalarini tushirib qandaydir g‘ildirakni o‘ylab topishmoqchi bo‘lishgan. Afsuski ana shu siyosatni oqibatlari hali ham ko‘p yomon taʼsir ko‘rsatmoqda. MBda zahiralar deyarli qolmagan. Makroiqtisodiy siyosat izdan chiqarildi va kutilganidek, tuzatish qiyin bo‘lmoqda. Xo‘sh, dollar kursini sunʼiy ushlab turish nimaga yomon? Nafaqat bu shahardagi tamaddixona narxi Parij bilan bir xilligi, yoki turizm endi qimmatrog‘ligi, balki Turkiyaning boshqa iqtisodiyot sohalar, ayniqsa tekstilga bu juda salbiy taʼsir ko‘rsatmoqda. Turkiya tekstilchilari qon yig‘lamoqda, chunki ular ishlab chiqarayotgan tovarlar dunyoda sunʼiy ravishda qimmat bo‘lib qolmoqda. Ular to‘layotgan oylik va xarajatlarni hisobga olsak, Turkiyani aksar eksportchilari uchun bozor o‘ta qiyin kelmoqda. Hukumat ham buni tushunyapti, shuning uchun, o‘sha eksportchilarga har xil imtiyoz, birinchi o‘rinda kredit orqali yordam bermoqda - bu vaqtinchalik chora bo‘lib uni ham oqibatlari ayanchli. Ikkinchi tomondan, importlar narxlari, Turkiyaliklar uchun nisbatan “arzon” bo‘lib qoldi, bu esa to‘lov balansini sunʼiy ravishda yana-da manfiylashishiga olib keladi. Xullas, makroiqtisodiy bir xatoni tuzatish ham, bir necha yil va qanchadan qancha yo‘qotilgan iqtisodiy qiymatni talab qiladi. Menimcha shu oxirgi o‘n - o‘n besh yillik - Turkiyaga juda yomon keldi. Agar bunday iqtisodiy xatolar bo‘lmaganida, Turkiya o‘rta mamlakatlar qatoridan boy mamlakatlar qatoriga kirib olar edi - shu narsa yo‘qotilgan imkoniyat bo‘ldi. Biz yo‘qotilgan imkoniyatni yaxshisi baholashni bilmaymiz, lekin meni fikrim, Turkiya o‘rtacha g‘arbiy Yevropa mamlakatlar qatoriga kirib olishi mumkin edi, afsus unday bo‘lmadi.
Show more ...
image
9 751
57
4
0
5
0
7
0
Moskvadagi Gorkiy nomli parkni rekonstruksiyasi haqida eshitgan bo’lsangiz kerak. Moskva hokimiyatining eng to’g’ri qilgan qarorlaridan biri bo’lgan edi. Sobyanini ham mashhurligi va effektiv menejerligni eng shaffof ochib bergan ishlaridan biri bo’lgan edi. O’shanda parkni direktori park “disneylend” bo’lib qoldi deb - Hozir esa park yevropadagi eng zo’r parklardan. Shaxsan menga eng yoqqan ishlari, nafaqat parkdagi “disneylend” va attraksionlarni buzishgani bo’lgan, yana bir joyi parkda panjara va darvozani olib tashlashgani bo’lgan. Toshkentdagi bog’larda ham, panjara va darvoza kerak emas. Park odamlarniki, shaharniki, ulardan uni to’sish mantiqsiz.
Show more ...
Парк Горького в Москве не превратится в "Диснейленд" - новый директор
МОСКВА, 16 мар - РИА Новости. Центральный парк культуры и отдыха имени Горького в Москве не будет реформирован по образцу парижского "Диснейленда", упор будет сделан на сохранение парка как культурного памятника, заявил РИА Новости в среду новый директор парка Сергей Капков.
8
0
Davlat nima bilan shug‘ullanishi va shug‘ullanmasligi kerakligi haqida bir aytib o‘tish kerak. Ijtimoiy tovarlar - taʼminlashda foydasi katta, lekin har bir agent uchun taʼminlashi qimmat bo‘lgan tovarlarni davlat taʼminlashi kerak. Buning misoli - havo kuchlari mudofaasi va toza havo. Ijtimoiy tovlarlar deb cheklab bo‘lmaydigan va raqobatdosh bo‘lmagan tovardir. Bu degani, bir kishi tomonidan isteʼmol qilinishi boshqa odamlarning isteʼmol qilishiga to‘sqinlik qilmaydi va shu bilan birga bir kishi uni isteʼmol qilishi, boshqalarga uni kamaytirib qo‘ymaydi. Shunday atamaga tushadigan tovarlar bir vaqtning o‘zida bir nechta odam tomonidan ishlatilishi mumkin va u “kamayib” qolmaydi. Masalan, O‘zbekiston osmonini muhofaza qiluvchi uskunalardan tabiiyki men foydalanaman, lekin meni foydalanishim, qo‘shnimni imkoniyatini cheklamaydi va unga "havodan keladigan tahdid xavfsizligini" kamaytirib qo‘ymaydi. Lekin masalan, taʼlim unday narsa emas, universitetga bir talaba kirishi - ikkinchi talaba uchun kamroq joy degani. Yoki non ham ijtimoiy tovar emas. Bu g‘oya bilan nimani aniq davlat taʼminlashi kerak degan savolga javob bera olamiz. Boshqa ko‘pgina narsalardan ko‘ra, aynan toza havo va parklar bu narsaning eng konservativ atamasiga tushadi. Parklar, to‘liq va mutlaqo ijtimoiy tovar - sog‘liqni saqlash va taʼlim esa unday emas masalan. Bizda esa davlatni o‘rni deganda ayni teskari g‘oya qo‘llaniladi. Mashina ishlab chiqarilishi mutlaq xususiy tovar - uni davlat ishlab chiqarishi mantiqsiz. Bizda davlat mashina ishlab chiqaradi. Aviakompaniya ham, mutlaq xususiy tovar, bizda uni davlat qiladi. Bank xizmatlari ham, mutlaq xususiy tovar - uni davlat taʼminlaydi. Besh yulduzli mehmonxonalarni qurish va yuritish ham mutlaq xususiy tovar bizda uni ham, davlat ishlab chiqaradi. Hatto, metall ishlab chiqaruvchi korxona ham, tabiiyki xususiy tovar - uni ham, bizda davlat ishlab chiqaradi. Bunday ro‘yxatni yozib chiqsam, telegramimda xotira yetmaydi, lekin hammamiz bilamiz, bizda barcha soha va sanoatdagi xususiy tovarlarni asosiy ishlab chiqaruvchisi - davlat. Bu albatta juda qiyshiq iqtisodiy modelni keltirib chiqaradi. Men aytmoqchi bo‘lgan narsa - mutlaq ijtimoiy tovar bo‘lmish - toza havo va yaxshilikni shaharda taʼminlash, tabiiyki mutlaq davlatni vazifasi. Agar davlatni nimani boshqarishi kerak emas degan savolga javob kerak bo‘lsa - cheksiz ro‘yxat bor - o‘sha yerdan boshlash kerak. Xuddi shunday mudofaa ham, ko’cha chiroqlari ham, yong’in o’chirish xizmati ham davlatni bo‘ynida uni ham xususiy qo‘llarga berib bo‘lmaydi.
Show more ...
9 181
63
​​Menimcha, hokimiyat va ayrim jamoatchilik vakillari tushunmayotgan, yoki atayin tushunishni xohlamayotgan narsa - daraxtli park - attraksion va betonsiz so‘lim soyabon - bu shaharni boy qiladigan narsa. Bitta korxona o‘sha chiqqan qiymatni ola olmaydi, to‘g‘ri, lekin shaharni ko‘proq boyitadi.  Oddiy mantiq: agar deylik, Nyu Yorkni markaziy bog‘ini (Central park) o‘ringa Disney Lend qurilganida - Disneylend korxonasi ko‘p foyda olgan bo‘lar edi, hech shubhasiz. Lekin Nyu York va AQSH iqtisodiyoti uchun bu park juda katta iqtisodiy zarar bo‘lar edi. Siz o‘ylashingiz mumkin, agar Markaziy Bog‘ o‘ringa Disney Lend qurilsa, u yerga millionlab odam kiradi, hammasi pul xarajat qiladi, minglab odam o‘sha parkda attraksionga qaraydi - oylik oladi, soliq tushadi va rosa pul aylanadi. Markaziy bog‘ bo‘lib qolsa, faqat skameykalarda o‘tirish bor va aylanadigan daraxtzor bor - ichida na bir restoran bor, na bir attraksion bor, juda kichik pul aylanadi, ishchilar soni ham kam: asosan bog‘bonlar va parkka qaraydiganlar. Lekin haqiqat shundaki, agar iqtisodiy mantiq bilan qarasak, shunda ham, shahar markazidagi bog‘ o‘rniga Disneylend qurilishi Nyu York shahri kambag‘allashtiradigan qaror bo‘ladi. Daraxtlar va yashilik yaratayotgan iqtisodiy qiymat, birgina koroxna balansida bo‘lmasligi, u qiymat yo‘q degani emas. Aynan shuni ijtimoiy tovarlar deymiz. Nyu York hokimiyati, to‘g‘ri mantiq qo‘llagan holda shahar iqtisodiyotiga bunday zarba beradigan lekin qaysidir korxona balansini ko‘paytiradigan qaror qilmagani juda to‘g‘ri bo‘lgan. Attraksionli parklar kerak emasmas, masalan Floridadagi botqoqoni quritib betonli Disneylend qurishgan. Bu to'g'ri ish bo’lgan. Xuddi shuning uchun ham, dunyodagi barcha normal shaharlarda: Parijda ham Disneylend Lyuksemburg bog‘ini ichida qilinmagan, shahardan 50 kmda qurilgan yoki Tokiyo da ham imperator bog'ini quritib Disneylend qurishmadi - qo'shni shahar Chibada qurishdi. Bunday ro'yxatni davom ettiraverish mumkin. Xohlagan yaxshi shaharizda shunday to'g'ri qaror qabul qilingan. Hatto moskvada ham, 90-yillarda parklarni ichida sal beton qilib attraksion qilinganidan keyin, hukumat aqlini yig’ib olib, parklarni shaharga, odamlarga qaytargan. Biz ham 90-yillar Moskvani xatosini qilmoqdamiz. Bizda ham, parklarni betonlashtirib attraksion qilganlar, pul topayotgandir, o‘sha korxonada odam ishlayotgandir, lekin shaharga va mamlakatga misli ko‘rilmagan iqtisodiy shikast yetkazilgan. Men iqtisodchi sifatida buni aytyapman, ijtimoiy yoki deylik estetik masalalarni aytmayapman. Shahar ichidagi parkni betonlashtirish - nafaqat ekologik shikast, balki katta iqtisodiy shikast ham.
Show more ...
image
11 547
58
Bu hammasi to’g’ri, lekin to’g’ridan to’g’ri subsidiyalardan tashqari, davlat boshqa bilvosita subsidiya beradi elektr ishlab chiqaruvchi korxonlariga. Masalan, imtiyozli kreditlar, qarzlari bo’lsa, qarzlarni muddati va shartlarini osonlashtirish, eng muhim - tabiiy gazni bozordan arzonroq narxda yetkazib beradi. Bularni barchasi, elektr ishlab chiqaruvchilarni “xarajatlarini” kamaytirish maqsadidda qilinadi. Lekin tizim shunday shakllanib qolgangi, deyarli har bir agentda o’z hatti harakatini o’zgartirishga rag’bat yo'.q
Show more ...
Ko’rinmas Qo’l
​​Energiya subsidiyalari va ko’rinmas xarajatlar haqida Bundan ikki yarim yil avval Kun.uz uchun yozgan maqolamda nega energiya subsidiyalari O’zbekistonning rivojlanishini sekinlashtirib, mamlakatda iqtisodiy tengsizlikni kuchaytirayotganini tushuntirgan edim. O’tgan hafta e’lon qilingan elektr energiyasi va gaz tariflarining oshishi haqidagi xabar, tabiiyki, kamchilik tomonidan olqishlandi. Xususiylashtirish asosiy yechim bo’lsada, narx liberalizatsiyasi albatta og’riqli lekin o’ta zarur jarayon. Ma’lumotlarga ko’ra, 1 kilovatt-soat elektr energiyasining tannarxi 970 so’mni, gazning 1 kub metrinng tannarxi 1,890 so’mni tashkil etadi. Amaldagi aholi uchun tariflar esa 1 kilovatt-soat uchun 295 so’m va 1 kub metr gazga 380 so’m darajasida o’rnatilgan edi. Bu degani, o’zbekistonliklarning soliqlari va chet eldan jalb etilgan qarzlar tannarx bilan tariflar orasidagi farqni qoplash uchun ishlatiladi. Ya’ni, biz har bir iste’molchining qo’shimcha 1 kilovatt-soat elektr energiyasi uchun 675 so’m, 1 kub metr…
11 302
11
Xitoylik ishlab chiqaruvchilar Rus bozorini egallaganidan so’ng narxlarni oshirishmoqda ekan: Yaxshi gumon qilaylik, balki ular ham hukumatga xat bilan chiqib narxlarni oshirishmoqchidirlar.
The Moscow Times
Китай резко взвинтил цены на машины после захвата российского авторынка Средняя цена нового китайского автомобиля в России достигла 3,06 млн рублей. В первые три месяца подорожание составило 9,3% год к году, что превысило официальный уровень инфляции в 7,2%, говорится в исследовании «Авито Авто», передает ТАСС. Сильнее всего — на 53% — выросла цена на модели GAC, которые стали стоить 4,3 млн рублей. Следом идет Geely: автомобили этого производителя прибавили 20,4% и в среднем их можно купить за 3,5 млн рублей. Машины бренда Chery подорожали на 13,3% и теперь оцениваются в 3,2 млн рублей. Не показал существенного роста только Haval, который имеет производство в Тульской области: автомобили этой марки по-прежнему обходятся примерно в 2,6 млн рублей. Несмотря на подорожание, спрос на новые автомобили китайских брендов в третьем квартале вырос на 158%. Наибольшей популярностью у россиян пользуются марки Chery (14,7%), Haval (14,5%) и Geely (14,2%). В топ-5, включающий как новые, так и подержанные машины, также вошли Omoda (7,9%) и Jetour (5%). В прошлом году на китайские бренды пришлась примерно половина продаж новых автомобилей в России. Около трети рынка занял АвтоВАЗ, оставшуюся часть — другие отечественные марки и продукция ушедших из страны компаний. Подписаться / Читать дальше
10 230
26
Hoshimov Iqtisodiyotining yangi soni. Bu suhbatda konstitutsiyalar nimaga kerakligi haqida bu sohadagi yetuk olim - Chikago universiteti huquqshunoslik va siyosatshunoslik professori Tom Ginsburg bilan suhbatlashdim. Aytmoqchi, prof. Ginsburg yaqida O’zbekistonga borib kelibdi. Tinglang, izoh yozing va albatta ulashing. Foydali bo’ladi degan umiddaman.
Tom Ginsburg - Why do countries need constitutions?
Tom Ginsburg is a Professor of International Law and Professor of Political Science at the University of Chicago. He is a member of the American Academy of Arts and Sciences. He is primarily known as a scholar of international and comparative law, with a focus on constitutions.
12 343
49
Nima uchun aholi ko’p bo’lsa - rivojlanish yaxshi bo’lishi haqida video: Youtube:
Муҳрим
Ўзбекистон — 37 миллион! Нуфусимиз ҳам, нуфузимиз ҳам ошаверсин!
12 024
40
Nima uchun O’zbekistonda kulinariya sanati va madaniyati, umumiy ovqatlanish sifati juda yuqori va dunyoda raqobatbardosh? Chunki o’sha sohaga ma’sul vazirlik va uni “rivojlantirishga” biriktirilgan davtlat idoralari yo’q. Nima uchun masalan kino madaniyati yomon? Chunki uni rivojlantirishga masul davlat idorasi bor. Xuddi shunday, fan bo’ladimi, informatsion texnologiyalar bo’ladimi, uni rivoji uchun ma’sul davlat tashkiloti bo’lsa - rivojlanmaydi. AQShda sanat, musiqa, kino, universitetlar va informatsion texnologiyalar eng rivojlangan bo’lganini sabablaridan biri - Vashingtonda ularga ma’sul idora yo’q.
Show more ...
18 123
217
O’zbekkonsertga qo’shib madaniyat vazirligi ham (O’zbekkino kabi tashkilotlar bilan birga) tugatilsa, madaniyat rivoji uchun katta hissa bo’lar edi.
13 066
69
Energiya tannarxi sabablaridan biri haqida yerda yozgan edim. Afsuski, hali ham juda aktual. Olti yil oldin yozilgan bo’lsa ham, bu sohada o’zgarishlar hali ham qilinmagan. Asosiy sabab - qiyshiq va teskari qurilgan rag’batlar.
Игра на понижение
Экономист Бехзод Хошимов — о необходимости избавления от большого числа квазиестественных монополий, главной особенностью которых является неэффективность.
12 683
34
https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/16/democracy/?utm_source=push&utm_medium=twitter
Demokratiya, qancha qusuri bo‘lsa ham, baribir avtokratiyadan yaxshiroq
Demokratiyaning nima keragi bor? Rivojlanayotgan mamlakatlar uchun an’anaviy avtokratiya yaxshiroq emasmi? Bu savollarning javobi, FT sharhlovchisi Martin Vulfning qayd etishicha, faqat rivojlanayotgan mamlakatlar aholisinigina qiziqtirayotgani yo‘q.
11 145
60
Бухоро амири Абдулаҳадхоннинг Когондаги саройидан ажойиб фотоҳикоя. Албатта тавсия қиламан. Жуда қизиқ маълумотлар, чиройли суратлар бор. Муаллиф: Зиёда Рамазонова Фотосуратлар муаллифлари: Беҳзод Болтаев, Шоҳруҳ Ҳайдаров
9 437
44
O’zbekistonda aksar xonadonlar oyiga 200 kvt.soatdan kamroq energiya iste’mol qilishadi.
10 936
24
O’zbekistonlik tadqiqotchi - Bahrom Radjabovni qizlari besh yashar Amiraxon og’ir kasal bo’lib qolibdilar. Obunachilarim va do’stlardan Amiraxonga tibbiy yordam uchun qo’ldan kelgancha yordam berishingizni so’rab qolaman. Batafsil ma’lumot ilovada berilgan. Amiraxonga shifo tilab qolamiz. O’zbekistondagi karta raqamlari: 8600 4904 9367 6696
All in for Amira: Together We Beat Lymphoblastic Leukemia!, organized by Davron Mirsagatov
Russian translation available below/ перевод на русский досту… Davron Mirsagatov needs your support for All in for Amira: Together We Beat Lymphoblastic Leukemia!
26 274
63
Singapurda bosh vazir o’zgardi. Li Kuan Yuni o’g’li - Li Hsien Lung keyingi oy ketadigan bo’ldi. O’ringa hozirgi moliya vaziri, Lourens Vong hukumatni boshqarar ekan. Singapur mamlakati tashkil bo’lganidan keyin, ya’ni 1965 yildan so’ng deyarli birinchi marta, Li oilasi hukumat boshqaruvidan ketmoqda. Singapur uchun ham, menimcha Li oilasi uchun ham bu yaxshi yangilik.
10 490
23
Aslida, bir mamlakat ikkinchisi bilan urushsa yoki jazolamoqchi bo’lsa - savdoni cheklaydi. Biz esa, hech kim bilan urushmasdan turib, o’zimiz o’zimizga chet el bilan savdoni cheklamoqdamiz. Misol keltiray. Kuni kecha xabarlarda o’qigan bo’lsanigz kerak, G’azodagi urush sabab, Turkiya Isroilga o’z eksportini vaqtincha cheklash chorasini qo’lladi. Demak Isroil Turkiyadan import qila olmaydi, eng kamida rasman. Bu Isroil iqtisodiyotiga qarshi “jazo” chorasi deb aytmoqda Turkiya tashqi siyosatiga masullari. Endilikda, Isroilliklar Turkiyadan ko’p tovarlarni import qila olishmas ekan. Har yili Isroil Turkiyadan yiliga 5-7 millard dollarlik import qilar edi, asosan uy uchun tovarlar, tekstil, sovun kabi maxsulotlar. Endi esa Isroil import qila olmaydi bu tovarlarni. Isroilda bu chorani “savdo urushi” deb talqin qilishyapti. Ha, to’g’ri o’qidingiz. Isroilliklar, tabiiy ravishda, bundan norozi va qarama qarshi choralar qo’llash bilan tahdid qilishmoqda Agar bizni hukumatdagi proteksionistlarni mantig’i bilan o’ylasak - Isroil bunday narsadan xursand bo’lishi kerak edi. Endi 5-7 millard dollar Turkiyaga “chiqib ketmaydi” deyishlari kerak edi. O’sha sovun va tekstilni o’zlari ishlab chiqarib, Turkiyaga to’lamaymiz deyishlari mumkin edi. Lekin Isroilliklar, mantiqiy ravishda, to’g’ri xulosa qilishyapti, hatto bir mamlakatdan importnlarni cheklanishi, Isroil iqtisodiyoti va xalqi uchun zara. Turkiya ham bu chorani kiritganidan ko’zlangan maqsadi ham aynan shu. Tushuntira oldimmi mantiqni? O’zbekistondagi savdoga ma’sullar, hech qanday siyosiy kontekstsiz, shu “jazolovchi” choralarni iqtisodiyotimizga qo’llab kelishmoqda - ya’ni savdoni, jumladan importni necha yildirki, o’zlari cheklab kelishmoqda. Nafaqat qaysidir bitta mamlakatdan, balki dunyodagi barcha mamlakatlarda ishlab chiqarilgan tovarlarga cheklovlar qo’yib kelishmoqda. Bunday choralarni “importni kamaytirish” va “dollar chiqib ketishi yomon” degan mantiq bilan asoslab ham kelishmoqda. Boshqa mamlaktlarda esa, qaysidir bir mamlakatdan kelgan tovarlarga nisbatan vaqtincha cheklov ham, “jazo” vositasi yoki “savdo urushi” deyiladi. Rossiyaga qarshi sanksiyalarda ham shunga o’xshagan mantiq.
Show more ...
17 195
110
Proteksionizm haqidagi diskussiyada katta mantiqiy xatolardan biri shuki, xuddi hozir O’zbekiston importga va bozorga ochiq mamlakatdek gapiriladi. Bu aslo haqiqatdan uzoq. Biz savdoga ochiq mamlakat emasmiz. Importga chegaralar juda katta va ko’p - demak eksport ham buni deb raqobatbardoshligi tushmoqda. Qandaydir ma’noda, avtarkiyaga yaqin sharoitdamiz. Hozirgi yopiqlikdan ham battar yopiqlik, undan ham katta savdoga to’siqlarni xohlash yoki talab qilish O’zbekistonni undan ham battar qashshoqlashtiruvchi chora.
Show more ...
12 386
47
Podkastimizning yangi soni chiqdi: Audio formatda: | | | Podkastimizning ushbu epizodi hamkori - aksiyadorlik tijorat banki "AloqaBank". Tinglang, ko'ring, do'stlaringiz bilan ulashing va izoh qoldiring.
41 - Aholining o'sishi va iqtisodiy farovonlik.
Odamlar bu boylik. Podkastimizning ushbu epizodida aholi o'sishi, fertillik darajasi va iqtisodiy farovonlik haqida suhbatlashdik va aholi va iqtisodiy o'sish o'rtasidagi dinamikalarni tushunishga harakat qildik. Biz turli iqtisodiy nazariyalarni va O'zbekiston hamda boshqa mamlakatlardagi kuzatishlarni tahlil qilib, qanday qilib aholi sonining ko'payishi yoki kamayishi bir mamlakatning iqtisodiy farovonligiga ta'sir etishi mumkinligini muhokama qildik. Shu bilan birga, rivojlangan mamlakatlarda fertillik darajasining nima uchun pasayib borayotganini va buning sabablari haqida taxminlar yuritdik va ularning ortida yotgan iqtisodiy, va ijtimoiy omillarni ko'rib chiqdik. Podkastning ushbu epizodi rasmiy hamkori - aksiyadorlik tijorat banki "AloqaBank". http://www.aloqabank.uz/ https://zoomrad.uz/mobile-app Podkast yozilgan sana: 28 - Mart 2024. #botirkobilov #behzodhoshimov Mualliflar: Botir Kobilov: https://t.me/uzbekonomics Behzod Hoshimov: https://t.me/iqtisodchi_kundaligi Audio podkastni tinglash va obuna bo'lish uchun ilovalar: Spotify: https://open.spotify.com/show/1ZJ1l4K... Apple Podcast: https://podcasts.apple.com/us/podcast... Yandex Music: https://music.yandex.ru/album/1356059... Podbean: https://botir.podbean.com/ Stitcher: https://www.stitcher.com/show/uzbekon...
11 013
37
“Ўзимизда ишлаб чиқармасак, валюта четга чиқиб кетади” деган гап нега миф? Айрим блогерлар маҳаллий автосаноатни ҳимоя қилиш кераклигини айтиб чиқиши ортидан ижтимоий тармоқлар яна протекционизм ҳақидаги баҳслар билан тўлиб-тошди. бу борадаги саволларга асосли ва илмий жавоблар олиш учун АҚШда фаолият юритаётган иқтисодчилар Ботир Қобилов ва Беҳзод Ҳошимовга мурожаат қилди. Иқтисодиёт илми мутахассислари суҳбат давомида “валютанинг четга чиқиб кетиши” ҳақидаги хавотирлар нега асоссиз экани, импортга чеклов қўйиш қандай қилиб экспортга ҳам тушов бўлиши, оқилона фискал ва монетар шарт-шароитларда импортнинг экспортдан кўп бўлиши нима учун муаммоли ҳолат эмаслигини тушунтириб беришди. 📹 ИНТЕРВЮНИ ТОМОША ҚИЛИНГ
Show more ...

Мои видео.mp4

9 038
80
Ziyouz portali ochilganiga ham 20 yil bo‘libdi 🇺🇿🎉 Davron aka va do‘stlari millat uchun judayam katta savob ish qilganlar. Men ularga chin ko‘ngildan rahmat deyman. Shuncha manbani to‘plashning o‘zi bo‘lmaydi. – haqiqatan ham yoshlarning, ustoz va tadqiqotchilar suyansa bo‘ladigan, o‘zbek tilidagi tengsiz manba. Ming olqish! 👉 To‘liq post
9 347
25
Ko’pchilik Misrda iqtisodiy muammolar juda ham ulkanligini to’g’ri ko’rsatib kelmoqda. To’g’ri Misr unikal bir yomon ahvolda. Tolstoy aytganidek, har bir muammoli oilani muammolari “unikal”, Misr ham shunday. Lekin yana bir yaqin sharqdagi davlat - Saudiya Arabistonida ham, strukturaviy islohotlar qilinmagani iqtisodiyotni uzoq muddatli jozibasini savol ostiga qo’ymoqda. NEOM haqida bugun Bloomberg yozibdi. Bu umumiy trend lekin, bir loyiha tarixi emas.
Show more ...
Saudis Scale Back Ambition for $1.5 Trillion Desert Project Neom
Saudi Arabia has scaled back its medium-term ambitions for the desert development of Neom, the biggest project within Crown Prince Mohammed bin Salman’s plans for diversifying the oil-dependent economy, according to people familiar with the matter.
10 202
26
Meni doim o’ylantiradigan narsa, O’zbekiston nihoyatda savdoga yopiq mamlakat bo’lishiga qaramasdan, undan ham yomon ya’ni undan ham yopiqroq bo’lishini xohlaydigan insonlar bor. Men tepadagi birinchi toifani emas - ya’ni yopiq siyosatdan manfaat oladiganlarni emas, aynan bilmasdan shunday o’ylaganlarga va qaror qabul qiluvchilar ichida ham mavjud bo’lgan bilmaydiganlarga hayron qolaman. Menimcha, dunyodagi eng yopiq iqtisodlardan ekanligimiz hammaga ayon. 98% dunyo iqtisodiyotlari a’zo bo’lgan JSTni a’zosi ham emasmiz, bojlarimiz ham dunyoda eng balandlardan. Buni ustiga dengizlardan uzoqda joylashaganmiz, ya’ni tabiiy savdo chegaralari ham mavjud, bizga tovarlarni chetdan olib kelishni o’zi bir mushkulot va juda qimmat. Bu narsa baxtimiz emas - omadsizligimiz (proteksionist mantig’iga ko’ra, import kelishi qancha qiyin bo’lsa shuncha yaxshi, absurd mantiq albatta). Bunga ham qo’shib, juda samarasiz va davlatga tegishli bo’lgan logistika: temir yo’llari va havo yo’llari, rivojlanmagan infratuzilma va o’ta sekin ishlaydigan bojxona xizmatlari ham bor. Aytmoqchimanki, shundoq ham dunyodagi erkin savdoga eng yopiq mamlakatlar qatoridamiz, lekin shunda ham, mahalliy samarasiz ishlab chiqaruvchilarni samarasizligini vaj qilib, savdoga cheklovlarni yanada ko’tarmoqchi bo’lamiz. Bu falsafamiz mana 1995 yildan beri ish bermay kelmoqda, lekin qayta qayta shu xatoni qilishni va har gal o’zimizcha yangi argumentlar bilan xato qilishni davom ettirmoqdamiz. Mayli ekan, Singapur yoki Gonkongdek savdoga ochiq mamlakat bo’lganimizda, tushunar edim “sal pal” boj qo’ymoqchi bo’lganlarni hissiyotlarini (xato mantiq bo’lar edi Singapurda ham), eng proteksionist mamlakatlardan birida bo’lib, undan ham qattiq yopilishni xohlaydiganlar borligi, meni to’g’risi taajubga soladi.
Show more ...
14 413
106
Bunday fikr ham bor. Kimdir ahmoq, bilmay zarar keltiradi, kimdir esa atayin qiladi deyaptilar.
bakiroo
"Улар бу ишларидан фахрланишмоқда" Улар қанчалар ярамас ва очкўз монополист эканини очиқ тан олишаётгани йўқ, улар бундан очиқча фахрланишмоқда. Эътибор беринг, ҳеч бир соғлом ўзбекистонлик Ўзбекистонда ишлаб чиқариш тўхтасин, заводлар ёпилсин, деган талаб қўйгани йўқ. Лекин фриклар эркин Рақобат талаби ҳамда тўқиб чиқарилган фейк "ишлаб чиқариш бўлмасин" ўртасида тенглик қўйиш билан овора. Шу маънода саҳнага чиқарилган фриклар билан баҳсга киришиш истеъмолчиларнинг соғлом талабларини емирилишига хизмат қилади. Ўзбекистонликларни танловсиз талашда давом эттиришни истаётганлар биз мана шу фрик ва масхарабозлар билан ўралашиб қолишимизни, қонуний талабларимиздан чалғишимизни исташмоқда.
8 877
17
Парадокс шундаки, миллий иқтисодиётга энг катта зарар келтирувчи қарорлар миллий иқтисодиётни қўллаб-қувватлаш деган важ билан қабул қилинади. Истеъмолчилар ҳуқуқларини энг кўп камситувчи қарорлар истеъмолчилар ҳуқуқларини ҳимоя қилиш важи билан имзоланади. Маҳаллий корхоналар рақобатбардошлигини энг кўп кучсизлантирувчи қарорлар маҳаллий корхоналар рақобатбардошлигини ошириш деган чиройли сарлавҳалар билан эълон қилинади. Қандай қилиб сизни рақибларингиз билан ҳисоби 0-0 дан бошланувчи ўйин ўйнашга қўймасдан рақобатбардошлигингизни ошириш мумкин? Ички бозорда сизга рақибларга нисбатан маъмурий, сунъий устунлик берилаверса, бу сизни кучлироқ қиладими? Ëки шу маъмурий ёрдамсиз исталган рақобатда ютқазадиган қиладими? Қайсидир саноат жаҳон бозорида рақобатбардош бўлиши учун уни тариф ва нотариф тўсиқлар билан ҳимоя қилишимиз керак деган фикр - мутлоқ мантиқсиз, истеъмолчига зарарли қараш.
Show more ...
8 583
39
Birinchi mifga nisbatan nazariy fikr shuki “valyuta chiqib ketishi” degan qo’rquv asossiz. Hech bir mamlakat o’zi ishlab chiqarganidan ko’proq tashqaridan sotib ola olmaydi. Agar farqni ko’rsangiz, savol bering, nima hisobdan shunday? Katta ehtimol bilan, o’sha farq investitsiyalar yoki transfertlar orqali moliyalashtiriladi. Bu narsa esa albatta yaxshi. Albatta davlat o’z valyutasini suniy tarzda “kuchli” qilib turmasligi kerak.
9 050
37
​​Proteksionizmga oid mashhur miflar haqida Oxirgi bir necha kunlarda o’zbek media maydonida taniqli blogerlarning chiqishlari keng muhokama qilinyapti. Milliondan oshiq auditoriyaga ega bo’lgan ushbu blogerlar taxminan quyidagicha argumentni oldinga surishyapti: “elektr mashinalarning bojsiz importi xalq uchun zo’r bo’ldi, ammo valyutaning xorijga chiqib ketishi va shu bilan mahalliy avtosanoatning noni yarimta bo’lishi kelajakda iqtisodiyotimizga katta ziyon yetkazadi” Bu azaldan proteksionizmni qo’llab quvvatlash uchun ishlatilgan safsata gaplar hech qanday iqtisodiy mantiqqa ega emas, albatta. Lekin, keling, quyidagi o’zbek mediasida mashhur bo’lgan ikkita iqtisodiy mifga barham bersak. Mif No. 1: Import hajmining eksport hajmiga nisbatan oshib ketishi xorijiy valyutani chiqib ketishiga olib kelib, hammamizni kambag’allashtiradi. Javob: Xorijiy valyuta - mamlakatlarning boylik manbasi emas va, shuning uchun, uni yig’ib o’tirish iqtisodiy rivojlanishga olib kelmaydi. Jahon Bankining 1960-2022 yillardagi butun dunyo mamlakatlarining ma’lumotlari asosida quyidagi grafikni tuzdim. Ko’rishingiz mumkin-ki, iqtisodiy o’sish bilan savdo balansi orasidagi munosabat deyarli mavjud emas (korrelyatsiya koeffitsienti bor yo’g’i 0.04ga teng). Ya’ni, mamlakatning import hajmi eksport hajmidan ancha baland bo’ladimi yoki ancha pastmi (y’ani, valyuta chiqib ketadimi yoki kiradimi) - bu iqtisodiy o’sishni belgilab beradigan omil emas. Xorijiy valyuta bizga faqat chet eldan tovar va xizmatlarni sotib olish qobiliyatini taqdim qilishi uchungina qadrli. U chet elga chiqib ketmasligi uchun importni cheklash esa iste’molchilarga, va shu bilan birga, butun iqtisodiyotga katta va real zarar keltiradi. Mif No. 2: Importni bugun cheklasak, ozgina vaqt o’tib, bizning mahalliy ishlab chiqaruvchilarimiz raqobatbardosh bo’la olishadi va eksport gigantlariga aylanib qolishadi. Javob: Import cheklovlari mahalliy ishlab chiqaruvchilarga ko’proq foyda olib keladi, mahalliy iste’molchilar uchun esa katta yo’qotishlarni anglatadi. Muhimi shu-ki, iste’molchilarning yalpi yo’qotishlari ishlab chiqaruvchilarning foydasiga qaraganda doimo karrasiga balandroq bo’ladi. Demak, butun iqtisodiyot (iste’molchilar + ishlab chiqaruvchilar) umumiy hisobda zarar ko’radi. Har bir import cheklovlari qo’llanilgan yilda biz zararda bo’lishimizani bilsak, qachondir shu umumiqtisodiy yo’qotishlarning yig’indisi oqlanishi kerak-ku, to’g’rimi? Proteksionistlarning gapi to’g’ri bo’lib chiqsa ham va bizning ishlab chiqaruvchilar, aytaylik, 50 yilda katta eksportchilarga aylangan taqdirida ham, shu 50 yillik yoqotishlarni tiklab olish uchun yana 50 yil talab qilinishi mumkin. Ya’ni, biz faqat 100 yildan keyin “minusdan” 0ga chiqib olamiz. Aslida esa, import bojlari bilan himoyalangan ishlab chiqaruvchilar deyarli hech qachon raqobatbardosh bo’la olishmaydi. Ularning asosiy maqsadi har xil qo’rqitishlar va va’dalar orqali importga mavjud cheklovlarni saqlab qolish bo’ladi. Bugun chet ellik korxonalar bilan O’zbekistonda raqobatlasha olmayotgan mahalliy ishlab chiqaruvchilar, 50 yildan keyin ham, 150 yildan keyin ham xorijiy bozorlarda ular bilan raqobatlasha olishmaydi. Buning sababi - texnologik rivojlanish. Import cheklansa, mamlakatga yangi texnologiyalarning oqimi sezilarli pasayadi, va, natijada, ochiq muhitda ish olib boradigan xorijiy korxonalar o’z gegemoniyasini saqlab qolaveradi.
Show more ...
image
8 874
133
Iqtisdoyot qonunlar biz xohlasak ham, xohlamasak ham ishlayveradi. Taklif cheklansa - narxlar qimmatlashadi:
Laziz Hamidov
Nazarimda, mashina narxlari o‘z holiga qaytmoqda. Oxirgi 4-5 oy tinimsiz mashinalar oldi-sottisi e’lon qilinadigan turli platformalar, ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarni kuzatib bordim. Rostdan ham bozorda juda katta raqobat paydo bo‘ldi, Xitoydan o‘n minglab mashinalar kirib kela boshladi. Turli avtoblogerlar mashina biznesi o‘lgani, bu biznesda raqobat sabab pul topib bo’lmayotgani haqida turli murojaatlar ham qilishdi. Shu yerda bitta “lekin” degan tomoni bor: 1-iyuldan BYD'ning erkin importiga ma’muriy taqiqlar qo‘yilishi haqidagi xabarlarni o‘zi ham bozorni yana monopol hukumron holatiga qaytardi. Menga qiziq bo‘lib har safar narxini kuzatib yurgan 2-3 turdagi mashinalar 6 000 – 8 000 dollarga qimmatladi va bozor tushishdan butunlay to‘xtadi. Mashinalarni lobbizm qilishni yoqtirmayman, tartibsiz mashinalarni ko‘payishiga ham qarshiman, lekin qiziqishim sabab bu narsani birinchi marta yaqqol ko‘rdim, sezdim. Bir oz o‘ylantiradigan holat. @lazizhamidov
8 853
20
Open Budget`нинг биринчи мавсумига ажратилган маблағ — 3,39 трлн сўм. Ўзбекистон консолидациялашган бюджетининг 2023 йилдаги харажатлари 380 трлн сўм. Консолидациялашган бюджети дефицити, яъни йиғганимиз ва сарфлаганимиз ўртасидаги салбий фарқ 59 трлн сўм. Газ нархлари ўртасидаги фарқни қоплаш учун субсидияларга 18 трлн сўм сарфланган. 2021 йилдан 2023 йилгача давлат органлари, адлия, прокуратура ва судлар, шунингдек, маҳаллаларни сақлаш ва ННТларни қўллаб-қувватлаш харажатлари 6 трлн сўмдан кўпроққа ошган. Бу йил бюджетга Навоий ва Олмалиқ кон-металлургия комбинатлари бўйича 18,27 трлн сўм фойда солиғи тушиши прогноз қилинган. НКМК ва ОКМКдан дивидендларидан 2024 йилда 23,75 трлн сўм келиб тушиши керак. Жисмоний шахслардан эса 15,9 трлн сўм даромад солиғи олиниши кутилмоқда.
Show more ...
9 370
32
Bu hikoyani iqtisodiy siyosatni noto’g’ri yuritish haqida qissa deb nomlasak bo’ladi. Chunki bunday misollar o’nta emas, yuzlab. Voqea 2017 yilda boshlangan. O’sha yilgi Loyihaga ko‘ra, «Rezinatexnika Mahsulotlari Zavodi» Angren shahridagi sanoat hududida barpo etiladi. Uning umumiy qiymati 213,97 mln. AQSh dollari ekvivalentiga tengMoliyalashtirish Xitoyning «Eksimbank»i, «O‘zkimyosanoat»ning o‘z mablag‘lari va O‘zbekiston taraqqiyot va tiklanish jamg‘armasi kreditlari hisobidan amalga oshiriladi. Tushunishim bo’yicha, 213.97 mln AQSh dollardan 156 millioni Xitoydan qarz edi. Ko’p vaqt o’tmay ayon bo’ldiki, zavod samarasiz. Davlat ko’zlagan niyatlariga yeta olmadi. Lekin qanday chora ko’rildi? Kutilganidek, bir qator imtiyozlar berildi va albatta bojlar orqali o'sha zavodni “himoya” qilishga tushildi. Bunday “himoya” tabiiyki, O’zbekiston iqtisodiyotiga va O’zbekistonliklarga to’liq va mutlaq zarar edi, lekin o’sha zavodni “qutqarish” uchun shunday qimmat va zararli qaror qildi hukumat. Ko’p vaqt o’tmay, 213,97 million dollar - xalq puliga qurilgan zavod 73 million dollarga sotildi. Nega unday narx, xabarim yo’q, balki adolatli narxi shu edi, balki va men o’ylayman katta ehtimol bilan 73 millionga sotib yuborish to’g’ri qaror bo’lgan. Balki vaqt o’tkazib sotishganida 5 millionga ham kimsa olmas edi, kim biladi deysiz. O’zi samarasiz narsani iloji boricha tez sotib, uni yoqotish kerak. Lekin qissadan hissa shuki, davlat tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanishni to’xtatishi kerak. Mutlaq va so’zsiz. Davlat hisobidan qarz olish va umuman sanoat bilan shug'ullanishdan to’liq voz kechib, iloji boricha tezroq chiqib ketish kerak. Ha, shu bilan aytmoqchimanki, Uzavtosanoat ham, bor zavodlarini bozorda sotib yuborib, tugatilishi darkor. Butun davlatga tegishli sanoat - to’liq xususiylashtirilishi kerak. Ko’chada 2024 yil, biz hali ham sovet paradigmasidan, davlatga tegishli bo’lgan sanoat tashkilotlari kishanlaridan chiqib keta olmayapmiz. Buni sababi - noto’g’ri sanoat siyosati. Buni oqibati o’ta katta samarasizlik, korrupsiya va resurslarni noto’g’ri taqsimoti. Davlatni asosiy funksialari bor - jamoat tovarlarini yetkazib berish, masalan xavfsizlikni yoki toza havo va suvni. Avtomobillarga balon, avtomobillar yoki temir ishlab chiqarish bu davlatni ishi emas. Bu narsa bilan davlat shug'ullansa xalq uchun ham, iqtisodiyot uchun ham kulfatli bo’layotganini mana o’nlab yillar davomida shohidi bo’lib kelmoqdamiz.
Show more ...
30 098
136
Meksika Markaziy Banki mustaqil bo’lganidan oldin va keyin inflyatsiya darajasi. Shu haqida bir tushuntiradigan maqola yozgan edim topa olmayapman. Lekin qisqa xulosa: Markaziy Bank mustaqil bo’lmasa, inflyatsiyani jilovlash imkonsiz. Chunki siyosatchilar uchun pul ishlatish - ularni populyar qiladigan narsa, shuning uchun MBni majburlashadi.
12 940
67
Мен Шимолий Корея ҳам демократияга айланади, деб ўйлайман. Фақат қачон деган савол бор. Сўнгги 200−300 йиллик тарих шуни кўрсатмоқдаки, дунё чизиқли бўлмаса ҳам, зиг-заг шаклида бўлса ҳам бир тарафга қараб кетмоқда — одамлар демократияда яшашни истамоқда. Замонавий диктаторларнинг кўпчилиги ўзини демократ қилиб кўрсатишга уринаётгани ҳам уларнинг фуқаролари очиқ қатағонларни кўришни истамаслигини яққол кўрсатиб турибди. Ўзбекистон демократияга тайёр эмас деб таъкидлаётган шартли содда ўзбекистонлик бу гапни ё пул учун айтаётган бўлади, ёки бу гапни пул учун айтаётганларга ишонган бўлади. Европага келган шартли ўзбекистонлик мамнуният билан демократик мамлакатда яшайди, пора бермайди, эркин сайловларда овоз беришни ёқтиради. Уни полиция ҳодими тўхтатганида, «бизда тезликни ошириш ва полиция ҳодимига пора бериш нормал қабул қилинади», демайди, қонун талабларини бажаради. ©️ Сергей Гуриев.
Show more ...
11 015
53
Hukumat so’mni kursini suniy ravishda mustahkam ushlab turishi xato, bozor to’liqligicha kursni belgilashiga yo’l qo’yib berish kerak.
10 908
33
Turkiyada mahalliy saylov natijalari - katta o’zgarishni ramzlaridan. Deyarli barcha katta shaharlarda prezidentni partiyasi nomzodi saylovlarda yutkazdi. Ankara va Istanbul hokimlari - o’z mandatlarini bunday katta farq bilan g’alaba qozonishlari kutilmagan edi. Mutaxassislarni yozishlaricha, 2002 yildan beri bunday katta farq bilan Erdog’an partiyasi hali yutkazmagan edi.
12 177
26
Menimcha, suvga to’lashga ma’sul bo’lgan tashkilot va ma’sullar juda katta jarimaga tortilishi kerak. Har bir to’lanmagan soat uchun millionlab jarima bo’lishi kerak. Xuddi shunday, masalan harbiy qism svetga to’lamasa - undan ham katta jarimaga tortilishi kerak vhkz. Shifoxona bo’lsa u ham shunday. Davlat tashkilotlari nimadir uchun to’lamasa - jarimalari oddiy iste’molchilarnikidan ancha katta bo’lishi kerak. Pullar ajratib bo’lingan. “Vaqtida to’lamaslik jinoyatmi” degan savol albatta baxsli, lekin tahminan shunga yaqinroq narsa.
Show more ...
Kainbek
Мурожаат: “Ассалому алайкум. Чирчиқ шаҳридаги мактабнинг сув таъминотидан қарздорлиги учун ўчирибди. 1300 бола сарсон. На туалетга кира олади, на қўл юва олади. Шаҳарга мурожаат қилсак, вилоятга чиқ деяпти. Халқнинг боласи касалланиши керакми?” Дарвоқе, сув инсон ҳуқуқи ҳисобланади. Ўчирилмаслиги керак.
17 563
11
Ёмон аҳволимиз яхши бўлиб қолгани йўқ Heritage Foundation'нинг 2024 йил учун тузилган Ўзбекистон яна 0,6 балл йўқотиб, 55,9 балл билан 103-ўринни эгаллаган. Таснифга кўра, Ўзбекистон яна асосан Ноэркин давлатлар қаторида қолган. Янги ва эски тарихимизда энг юқори балл 2021 йилда (58,3) қайд этилган эди ва ўшанда ўрта меъёрдаги эркин мамлакатлар қаторига жудаям яқинлашган эдик. Бу йилги рейтинг динамикасини шакллантирган асосий ўзгаришларни Фискал саломатлик (-13,2 балл) ва Давлат харажатлари (-4,5 балл) омиллари белгилаган. Эътиборлиси, ушбу индикаторлардаги аҳволимиз тўртинчи йил кетма-кет ёмонлашмоқда. Фискал саломатлик ва Давлат харажатлари масаласида аҳвол тубга қараб кетаётганлигини тўрт йилдан бери тасдиқланган бюджет дефицити кўрсаткичларига намойишкорона амал қилинмаётганлиги, харажатларнинг ўсишини тиювчи институтларнинг формал фасадга айлангани, давлат харажатлари самарасиз лойиҳалар ва тўхтамаётган зарарли тажрибалар туфайли ошаётганлиги, буларнинг ҳаммаси кенг аҳоли қатламлари турмуш тарзида ва чўнтагида акс этаётгани, ижтимоий тенгсизлик ортаётганида кўриш мумкин. Солиқ юки, Инвестициялар эркинлиги ва Молиявий эркинлик индикаторларида ўзгариш бўлмаган. Мулкчилик ҳуқуқи (+2,0) ва Суд фаолияти самарадорлиги (+2,3) омилларидаги ўсиш учун қувонишга шошилмаслик керак. Биринчидан, ўсишга қарамай, жуда паст кўрсаткичларда қолмоқдамиз, иккинчидан, 2021 йилга солиштирганда орқага кетиш ҳали бери тикланиши қийин. Дунёдаги иқтисодий эркин давлатлар учлиги ўзгармай қолган: Сингапур, Швейцария ва Ирландия. Россия таъсиридан росмана озод бўла олган ва эркин тараққиёт йўлини тутган, эркин сайловларда доимий алмашинадиган ва фуқароларга ҳисобдор ҳукуматга эга Эстония (7- ўрин), Литва (15-ўрин) ва Латвия (20-ўрин) ҳайратланарли натижаларни барқарор ушлашда давом этишмоқда. Марказий осиёдаги қардошлардан энг яхши натижа Қозоғистонга тегишли. 66-ўрин. Ўзини ҳурмат қилган нормал давлат биронта андоза олмаслиги керак бўлган Россия 131-ўринни, унинг ягона иттифоқчиси Беларусь эса 153-ўринда қайд этилган.
Show more ...
image
11 400
57
Agrobank foydali loyihaga qo’l uribdi Agrobank tomonidan ishga tushirilgan Agrobooks loyihasi haqida ko‘pchilik eshitmagan bo‘lsa kerak. Men ham bundan bexabar ekanman. Bu — tomorqadan foydalanishni professional darajada o‘rganmoqchi bo‘lgan havaskor dexqonlarimizga asqotadigan loyiha ekan. Ya’ni qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish borasida zamonaviy bilimlarni tadbiq etish uchun mo‘ljallangan metodologik qo‘llanmalarni tayyorlash va ularning odamlarimizga yetkazib berish uchun tashkil etilgan loyiha. Loyiha doirasidagi 100 dona kitob, tomorqasidan foydalanmoqchi bo‘lgan odamlarimizni amaliy bilimlarini oshirishga ko‘maklashadi. Ularning barchasi o‘zbek tilida va mutlaqo bepul tarzda. Kitoblarni Reklama
Show more ...
Agrobooks to\'plami
Agrobooks 100 kitob to\'plami
17 746
212
Uzumni narxi milliarddan ko’p deyishyapti:
Meet Uzbekistan’s first unicorn: e-commerce startup Uzum
Uzum, an e-commerce startup offering online shopping, fintech and food deliveries to millions of customers in Uzbekistan, has raised $114 million in funding, becoming the country’s first unicorn with a valuation of $1.16 billion.
12 736
128
Sora AI yordamida ishlangan videolar. Shunchaki daxshat. Koʻrgan narsamizga ishonmaydigan davrlar keldi.

file

file

file

7 871
160
Hozirgi urushlar jumladan dron urushlari. O’zbekistonda hatto rasm olish dronlarni fuqaroviy maqsadlarda ishlatilishga yo’l qo’yilmasligi, menimcha, milliy xavfsizligimiz uchun katta muammo. O’rta asrlarda Xtoyliklar “porox” ya’ni miltiqdorini birinchi bo’lib o’ylab topishgan, lekin “ichki siyosat masalasi” deb uni qo’llashni taqiqlashgan. G’arbliklar esa poroxni ancha kech o’zlashtirishgan, lekin Xitoyni bosib olishayotganda aynan texnologik ustunliklari - poroxli qurollarni qo’llashda Xitoydan ancha o’tib ketishgani uchun g’alaba qilishgan. Bizni kimdir bosib oladi demoqchi emasman, lekin ixtiyoriy mamlakatda yuzlab mingta odam yuzlab xil dronlardan foydalana olsa, o’sha mamlakatni xavfsizligi darajasi yuqoriroq bo’ladi. Biz bu texnologiyadan foydalanishga qo’ymasligimiz jiddiy masala. Masalan mobil telefonlaridan juda kichik guruh foydalana olsa, u ham milliy xavfsizlik masalasi degan bo’lar edim, chunki hozirgi urushlarda, kommunikatsiya muhim. Dronlar ham shunday masala. Ko’proq odam foydalanishi - yaxshiroq. Bir iqtibos: Ukrainaliklar kelayotgan rus dronlarini aniqlash uchun mikrofonlarga ulangan 180 sm uzunlikdagi ustunlarga 8000 ta uyali aloqa telefonini mamlakat bo'ylab o'rnatdilar. O’sha uskunalar 84ta dan 84ta hujum qilayorgan dronlarni aniqladilar va ulardan 80 tasini havo mudofaasi qurollari bilan otib tashlashdi. Uskuna narxi: $500
Show more ...
Lessons on Low-Cost Deterrence and Drones From Ukraine
Speaking at the 2024 AFA Warfare Symposium, Gen. James Hecker described what the U.S. has learned from unmanned aerial vehicles—or UAVs—in Ukraine, and how they will change warfare. Images: AFP/Getty Images/U.S. Air Force via AP Composite: Mark Kelly (03/12/24) Subscribe to WSJ Opinion: https://bit.ly/3PovNsz More from WSJ Opinion: On site: https://www.wsj.com/news/opinion On Twitter: https://twitter.com/WSJopinion On Facebook: https://www.facebook.com/WSJOpinion #WSJOpinion #WSJ
13 092
63
Proteksionizm har yerda yomon. Bugun AQSh senati Paragvaydan mol goʻshti importini taqiqladi. Bu loyihani ovozga qoʻygan Senatorni gapidan: “Janubiy Dakota shtati mehnatkash fermerlar tomonidan ishlab chiqarilgan yuqori sifatli mol goʻshti bilan mashhur. Bizda mol goʻshti sifatiga juda yuqori standartlar mavjud. Afsuski, Paragvayda biznikiga oʻxshash sogʻliq va xavfsizlik standartlarini qoʻllash tarixi mavjud emas” deydi Senator Rounds. AQSh maʼmuriyati va soha ekspertlari vaholanki Paragvaydan goʻsht olib kirishga ruxsat berishgan edi. Xavfsizligi ham hukumat tomonidan tekshirilgan, lekin siyosiy ochkolar ishlamoqchi boʻlgan senatorlar uchun bunday imkoniyatlar qimmatli. Ularni ovoz beruvchilari, masalan Janubiy Dakota fermerlari buni koʻrib “meni senatorim yaxshi ishlayapti” deb oʻylab qayta ovoz berar, balki. Lekin AQSh iqtisodiyoti uchun bu zarar. Xuddi shunday boshqa Senatorlar ham qarshi ovoz berishdi, axir “AQShlik fermerlarni qoʻllab quvvatlash” iddaosi orqali bu qaror ovozga qoʻyilgan edi. Aynan shu uchun ham Jahon Savdo Tashkilotini oʻylab topgan AQSh, oʻz iqtisodiyotini, ahmoqona siyosiy va saylovlarga bogʻliq qarorlardan muhofaza qilish uchun. Buni batafsil oʻqish uchun 6 yil oldin , u yerda shunday yozgan edim: Xalqaro savdo shartnomalari boshqa mamlakatlarning savdo siyosatidan himoyalanish uchun emas, oʻzimizni oʻzimizdan himoya qilish uchun kerak. Avvalambor, manfaatdor guruhlarning kuchini cheklash va korrupsiyaning oldini olish uchun. AQShda manfaatdor guruh bu safar yutib chiqdi, kutilganidek. Endi agar Paragvay AQShni sudga berib yutib chiqsa, AQSh importga cheklov qoʻymaslikka majbur boʻladi. Lekin qaytaraman, bu narsa birinchi oʻrinda AQSh uchun ham zarar edi. JSTdagi sud, nafaqat Paragvayliklarni balki AQShliklarni manfaati uchun ham.
Show more ...
Старые песни о главном
Международные торговые соглашения нужны не для защиты от торговой политики других стран, а для защиты от самих себя: для ограничения возможностей групп интересов и предотвращения коррупции.
12 347
37
Yevropa va AQShni oxirgi paytda solishtirishlar ko’payganini sababi, Yevropada daromadlar va yashash standardlari AQShdagidek tez o’smayaptganidan. Ya’ni nisbatan tushib ketgani uchun. Qachondir deyarli solishtirsa bo’ladigan edi, hozir farq juda kattalashib ketdi. Grafikda bu farqni eng konservativ o’lchovi.
15 383
35
Applega qarshi anti monopoliya mantigʻi haqida oʻqib chiqdim. AQSh hukumati Appleni smartfonlar bozorida monopoliya deb topilishini isbot qilish qiyin deb oʻylayapti. Chunki, smartfonlar bozorini atigi 65% ekan Appleni ulushi. (aytish joizki, ulushni katta kichikligi orqali monopoliyani belgila olmaymiz, asosiy davo raqobatni cheklash yoki cheklamasligini isbot qilish). Buni sudda yutish qiyin deb oʻylayapti hukumat. Va bu toʻgʻri mantiq, rostan qiyin. Balki shuning uchun ham, agar izchillik bilan Adliya vazirligini talablarini oʻqisangiz “smartfon bozorida monopoliyani” isbot qilishga koʻp urinmayapti ular. Asosiy daʼvo, xuddi 19 asrdek, Apple xuddi temir yoʻllaridek “ekosistema”si isteʼmolchilarni boshqa smartfonga oʻtishi qiyin boʻlganini davo qilyapti hukumat antimonopoliyachilari. Buni sudda yutish, toʻgʻrisi, oson emas. Yutsa ham, xuddi 90-yillardagi Maykrosoft sudidek, ancha yumshoq hukm boʻladi. Aytish joizki, AQShni bir nechta maʼmuriyatlarida monopoliya haqida fikr keskin oʻzgardi: 1998 yildan 2020 yilgacha Adliya vazirligi hech kimga monopollashtirish boʻyicha daʼvo arizasi bermagan edi. Lekin 2020 yilda Senatdagi (hozirgi FTC rahbari Lina Xon ham muallifligida qatnashgan) hisobotdan soʻng, hukumatdagi ijrochilar Facebook, Amazon, Google va hozirda Applega qarshi yirik monopoliyaga qarshi daʼvolar qoʻzgʻatishdi. Endi sud hukmlarini kutamiz. AQShni oxirgi 28 yildagi keskin iqtisodiy oʻsishini taʼminlashda texnologik kompaniyalarni oʻrni beqiyos, umid qilamizki, “oltin tuxum qoʻygan gʻozlarni” oʻldirib qoʻyishmaydi.
Show more ...
10 197
28
BYDni olib kirishga cheklov qoʻyish haqida diskussiyada bir tushunarsiz narsa, aslida BYDdan xat boʻlganmi yoki boʻlmaganmi degan savolga koʻzim tushdi. Aslida, bunday xat boʻlgan yoki boʻlmaganligi ahamiyatsiz. Savdoni cheklash — jumladan rasmiy xat asosida ham BYD mashinalarini olib kirishni cheklash yoki hozirga tilda “tartibga” solish bu faqat va faqat zarar keltiradigan narsa. Bizni kambagʻalroq qiladi va isteʼmolchilarni jazolaydi. Oʻzbekiston iqtisodiyoti uchun bu zararni BYDni korporativ qiziqishlari uchun boʻlsa ham qoʻllamaslik kerak. Ertaga agar Apple xat yozib Iphoneni ham norasmiy olib kirishlarini cheklashimizni xohlasa — ularga ham unday cheklov qoʻymasligimiz kerak. Toʻgʻri, rasmiy Apple bizda yoʻq, xohlasa Apple rasmiy olib kirsin, lekin agar rasmiy narx, boshqa alternativadan qimmatroq boʻlsa, Oʻzbekistonlik isteʼmolchilarni tanlovi mavjud boʻlsin. Aytmoqchi, hozirgi IMEI talabi ham shunga oʻxshash ahmoqona va qimmat narsa, avtomobillarga buni qoʻllash ham yomon narsani qoʻllash boʻlar edi. Agar korxona qandaydir sabablarga koʻra, oʻz avtomobillarini Oʻzbekistonga sotmasa, yoki Oʻzbekistonliklarga sotmasa — bu ochiqchasiga Oʻzbekistonliklarni cheklashi, ana shundagina hukumat bunday diskiminatsiyaga qarshi eʼtiroz bildirsa boʻladi, teskarisi emas. Hukumatni asosiy vazifasi bu Oʻzbekiston iqtisodiyotini hisobiga chet el korxonalarni oʻylab topilgan yoki haqiqiy boʻlgan tahdidlarini oldini olish emas. Asosiy vazifa — Oʻzbekiston iqtisodiyoti, isteʼmolchilarni tanlovi va albatta kuchli raqobat uchun imkoniyatlar.
Show more ...
9 566
40
Kuba yangiliklari: AQShlik soʻl falsafada Kubani koʻp maqtashadi, ayniqsa uni tibbiyot tizimini. Kovid paytida oʻsha maqtalgan tibbiyot tizimi toʻliqligicha quladi. Esingizda boʻlsa, eng bazaviy dori-darmon va oziq-ovqat yetishmasligi 2021 yilgi noroziliklarga olib kelgan edi. Noroziliklar natijasida yuzlab odam qamalgan edi va tarixdagi eng katta protestlardan edi. Lekin tarix oʻshanda tugamadi. Hozir Kubani iqtisodiy ahvoli undan ham yomon. Hukumat benzin narxini bir kunda 500% oshirishga majbur boʻldi. Shu bilan birga, jamoat transporti narxini ham oshirishga majbur boʻlishdi. Kuba hukumati yoʻqligi yoʻqligi sababli barcha sport musobaqalarini toʻxtatishni ham buyurdi. Mamlakatda svet doimiy ravishda bir necha soatga uzilmoqda. Bundan oldin Kuba hukumati benzin va yoqilgʻi narxlarini sunʼiy ravishda arzon qilib kelar edi, masalan 94 benzinni bir litri 10 sentdan arzon edi. Oʻzgarish natijasida bir litr benzin narxi qariyb 50 sent atrofiga kelib qoldi. Oxirgi marta Kubadan bunday narsalar 90-yillarni boshida, Sovet ittifoqi qulaganidan keyin vujudga kelgan edi.
Show more ...
9 406
17
Steve Kol kitob yozsa doim oʻqiyman. Uning ishlari menga Afgʻoniston va AQShning urushlari haqida tushunishga koʻp yordam bergan. Bu ham juda tez oʻqib chiqdim, toʻgʻrisi, tugab qolmasin deb, sal oʻzimni sekinlashtirdim ham. Bu kitobi Saddam Husayn va AQShning Iroq bilan urushlari haqida ekan. Bilamiz, Amerikani Sovuq urushdan keyingi davrdagi eng yomon tashqi siyosat xatosi bu 2003 yilda Saddam Husaynni ommaviy qirgʻin qurollaridan mahrum qilish uchun Iroqqa bostirib kirgani edi. Kitob shu masalani ikkinchi tarafi haqida. Kitobda juda koʻp qiziq narsalar bor, lekin asosiy gʻoya Saddamni fikrlashi haqida. Iroq urushigacha boʻlgan Amerika tomoni, xususan, Jorj Bush maʼmuriyatining haqiqatni koʻra olmagan mafkurachilarining xatolari va ayblari, va ularning istixborotdagi muvaffaqiyatsizliklari yaxshi hujjatlashtirilgani uchun bilamiz. AQShliklarni asosiy muammosi “confirmation bias” edi. Siyosatchilar oʻz fikrini tasdiqlovchi dalillar qidirgan edilar. Ular Husayn ommaviy qirgʻin quroliga egalik qilishi va undan foydalanish rejalaridan voz kechganini yolgʻon deb taxmin qilib turib keyin oʻsha taxminlariga birinchi oʻrinda oʻzlari ishonishgan. Lekin ikkinchi taraf — Husayn fikrlashi haqida maʼlumot koʻp emas, Koll minglab soat Husaynning majlislari audiolari va tergovlar materiallari bilan tanishgan holda chuqur tadqiq qilibdi. Kitobga koʻra, Saddam ham AQShliklar qilgan fikrlash xatosi qurboni boʻlgan. Saddamda ikki bir biriga qarama qarshi gʻoya bir paytni oʻzida yashagani boʻldi. Birinchidan, u AQShning istixborot va harbiy imkoniyatlarini mutlaq qudratiga ishonar edi deydi muallif. AQShliklar deyarli hamma narsani bilishlariga amin edi. Lekin shu bilan birga AQShliklarni zaif va urush qilishlariga ishonmas edi, hatto 2002 yilda ham. Masalan, Husayn 1990-yillar boshida Quvaytni bosib olgani haqida keyinroq AQSh tergovchilariga aytganidek, “Agar mening kirishimni xohlamagan boʻlsangiz, nega unda menga aytmadingiz?”. Husaynga koʻra AQShning MIAsi uning biologik qurollari yoʻqligini bilar edi. Uning dunyosida AQSh istixboroti bunday katta masalada notoʻgʻri xulosa qilishga qodirligi Saddamning dunyoqarashiga toʻgʻri kelmas edi.Amerikaning hamma narsani bilish qobiliyati dunyodagi boshqa agentlar tarafidan haddan tashqari baholanishi (overrate) mumkinligi haqida foydali eslatma edi. Kitobda bir xil qiziq gaplar ham bor masalan: “Sizning uchinchi dunyo bilan munosabatlaringiz iroqlik dehqonning yangi xotini bilan munosabatiga oʻxshaydi”, dedi Husayn amerikalik diplomatga. “Uch kun choy va asal, keyin esa umr boʻyi dalada bukilib ishlash.“ Xullas qiziq kitob.
Show more ...
The Achilles Trap by Steve Coll: 9780525562269 | PenguinRandomHouse.com: Books
“Excellent . . . A more intimate picture of the dictator’s thinking about world politics, local power and his relationship to the United States than has been seen before.” —The...
10 223
75
O’zbekistondagi mahalliylashtirish-bu saraton.
1
0
Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universiteti (TXVU) qoshidagi UNESCOning Bilimlar iqtisodiyoti kafedrasi Oʻzbekiston oliy oʻquv yurtlaridagi yosh tadqiqotchilar (magistratura va PhD talabalari hamda yangi bitiruvchilar)ni ijtimoiy fanlar boʻyicha tadqiqot rejalari (research proposals) tanlovida ishtirok etishga taklif qiladi. Bu tashabbusning maqsadi ijtimoiy fanlar sohasidagi qiziqarli tadqiqot gʻoyalarini e'tirof etish va taqdirlash hamda ishtirokchilarga mazmunli akademik hamkorlik qilish imkoniyatini berishdan iborat. Tanlovda qatnashish uchun tadqiqot rejalarini topshirishning oxirgi muddati - 2024-yil 15-aprel. Tanlov shartlari haqidagi toʻliq ma'lumotni quyidagi veb-sayt orqali olish mumkin:
Show more ...
WIUT SOCIAL SCIENCES RESEARCH PROPOSAL COMPETITION 2024
The UNESCO Chair in Knowledge Economy at Westminster International University in Tashkent (WIUT) invites early career researchers (Masters and PhD students and recent graduates) from universities across the country to participate in the WIUT Social Sciences Research Proposal Competition 2024. This initiative aims to recognize and reward outstanding research ideas in the field of social sciences and provide an opportunity for students to engage in meaningful academic collaboration.
11 166
68
Yaqinda eshitgan boʻlsangiz kerak, AQSh hukumati Qirgʻiziston fuqarolari uchun sayyohlik va ishbilarmonlik Tabiiy savol boʻlishi mumkin, nima uchun Oʻzbekistonliklarga bu vizalar bir yil muddati bilan beriladi, lekin qoʻshni Qozogʻiston mana endi esa Qirgʻiziston fuqarolariga — oʻn barobar uzunroq muddat bilan beriladi? Farq nimada? Xuddi shunday, AQShga talaba boʻlib kelgan Oʻzbekistonliklarga ham AQSh 1 yillik muddat bilan viza bersa, Qozogʻistonliklarga 10 yillik muddatli viza beradi. Oʻsha oʻsha universitet va oʻsha oʻsha programma uchun. Deylik bakalavrga kirgan Oʻzbekistonlik toʻrt yil ichida 4 marta navbatga turib, toʻrt marta pul toʻlab, viza suhbatidan oʻtishi kerak boʻlsa, uning Qozogʻistonlik kursdoshi bir marta viza olib, bakalavr, kerak boʻlsa magistrni va aspiranturani ham bitirgunicha bir martagina pul toʻlab vizaga navbatga yoziladi. Bu narsada AQSh hukumatini Oʻzbekistonliklarga nisbatan adolatsizlikda ayblashimiz mumkin. Lekin gap shundaki, AQShni qonunchiligida “oʻzaro mutanosiblik” (reciprocity) talablari mavjud va oʻsha talablar barcha mamlakatlarga birdek tegishli. Bu degani agar bir mamlakat AQSh fuqarolari uchun viza muddatini 10 yil qilmasa, AQSh ham oʻsha mamlakatga oʻn yillik viza muddatini qila olmaydi. Lekin AQSh hozirda masalan turistik vizani Oʻzbekistonliklarga bir yillik muddat, xohlaganicha marta kirib chiqish va kirganda 180 kungacha turishga imkon beradi. Lekin Oʻzbekiston AQSh fuqarolariga turistik vizani atigi bilan beradi. Yaʼni Oʻzbekistonning AQShliklarga boʻlgan talablari, AQShnikidan ancha kuchliroq. AQShlik talablar Oʻzbekistonda oʻqimoqchi boʻlishsa (juda kam boʻlsa kerak bundaylar), Oʻzbekiston Xuddi shu sababdan, qonunchilikka koʻra, AQSh Oʻzbekistonlik talabalarga bir yillik viza berishiga toʻgʻri keladi. Yaʼni AQShda hozir Umid fondi orqali oʻqiyotgan talabalar toʻrt yillik programmada oʻqishsa ham, yoki besh yillik doktoranturada oʻqishsa ham, AQSh ularga bir yillik viza berishini sababi — Oʻzbekiston AQShlik talabalarga shunday qilgani uchun. Xuddi shunday, AQShlik tadbirkorlarga ham Oʻzbekiston bir yillik viza bergani uchun, Oʻzbekistonlik tadbirkorlar ham AQShga bir yilgacha muddatli viza ola oladilar xolos. Qoʻshni mamlakatlardagi Tashqi Ishlar siyosatiga masʼullar AQSh bilan munosabatlar, birinchi oʻrinda, akademik, talaba, biznes va sayohat uchun AQShliklarga talablarni osonlashtirgani uchun, ularni fuqarolari AQShga kelib ketishlari ham ancha osonlashgan. Oddiy narsadan boshlasak boʻladi, AQShliklarga Qozogʻiston turistik vizani umuman bekor qilgan, lekin agar oʻqish yoki biznes bilan kelmoqchi boʻlganlarga i. Biz ham AQShlik sayyohlarga, talabalarga va tadbirkorlarga viza muddatini 10 yil amal qiladiganini bersak — bundan faqat va faqat bizni iqtisodiyotimiz va bizni fuqarolarimiz yutadi. AQSh elchixonasiga ortiqcha minglab dollar toʻlashmaydi vatandoshlarimiz va eng muhimi vaqtni tejaydi bu chora. Hozir minglab Oʻzbekistonlik talabalar bor, koʻplari davlat byudjetidan moliyalashtiriladi, ularni ogʻirini yengil qilish uchun, AQShlik talabalarga Oʻzbekiston vizani muddatini choʻzib berishi mantiqiy yechim. Xuddi shunday, oʻnlab Oʻzbekistonlik tadbirkorlarni bilaman, ular AQShdan investitsiya olishadi, texnologiya va ilm olishadi, AQSh bilan iqtisodiy munosabatlar qilishadi, ular ham bemalol oʻn yillik AQSh vizasini olishlari uchun, oddiy narsa, AQShlik tadbirkorlarga vizani oʻn yillik qilib qoʻyishni hech qanday yomon tarafi yoʻq deb oʻylayman. AQShlik tadbirkorlarga vizalar boʻlgani uchun, bir xil payt, oʻzlarini oʻzbek hamkorlari bilan viza talab qilinmaydigan Qozogʻistonda uchrashishadigan holatlar haqida ham bilaman.
Show more ...
AQSh qirg‘izistonliklar uchun sayyohlik va ishbilarmonlik vizalari muddatini uzaytirdi
Shuningdek, B1, B2 va B1/B2 vizasiga ariza topshirishda olinadigan $20 miqdoridagi yig‘im bekor qilindi.
15 248
205
Xuddi shunday sayyohlar uchun ham. Shu bilan birga yuzlab mingta Oʻzbekistonliklar AQShda yashashadi, ularni qarindoshlari va doʻstlari ham sayyohlik vizalarini har yili yangilab sarson boʻlishadi, buni oldini olishni oson yoʻli bor, AQShlik sayyohlarga 10 yillik viza, yoki boshqa 178 mamlakat kabi, umuman viza talabini bekor qilib yuborsak, ikki karra yutamiz: ham AQShlik sayyohlar kelishi ehtimoli oshadi (deyarli barcha joyga vizasiz borishni oʻrganib qolgan sayyohlar uchun, viza olish bosh ogʻriq), ham yuzlab mingta Oʻzbekistonliklarni mushkuli oson boʻladi. Bu narsalarni qilish juda oson va foydasi juda yuqori. Qirgʻiziston va Qozogʻistondan oʻrnak olishimiz kerak deb oʻylayman. AQShning hatto geopolitik raqibi boʻlgan Xitoy , shu bilan oʻz fuqarolariga 10 yillik AQSh vizasini olish imkonini yaratdi. Bizda AQSh bilan munosabatimiz yaxshi, Oʻzbek fuqarolari uchun vizalarni yengillashtirish TIVni eng birinchi vazifalaridan boʻlishiga qaramasdan, eng katta iqtisodiyot — AQShga kelganda, oson yechimlarni qo’llashmayapti va natijada minglab Oʻzbekistonliklar oddiy byurokratik sababga koʻra koʻp vaqt, pul va energiyasini yoʻqotmoqda.
Show more ...
The United States and China Agree to Extending Visas for Short-term Business Travelers, Tourists, and Students
12 727
113
Har gal ochiq byudjet haqida o’qisam, xalq pullarini taqsimlaydigan parlament tashkil qilinishiga nisbatan optimizmim oshaveradi.
9 671
16
Kishi boshiga daromadda farqimiz sal kamroq lekin.
Абдукаххор Ташмухамедов блоги
Куни кеча ўрта-осие ва кавказ бозорларида венчур бозор статистикаси билан бўлишилди. Бу статистикага қараганда Қозоғистон ўрта-осиё ва кавказ бозорида анча олдинга ўтиб кетганини кўрсатмоқда. Қўшнимиз, аутсорс ва BPO га эмас, дастурий маҳсулотни ривожи билар шуғулланмоқда. Аслида, бу ИТ соҳаси ва бозорни қандай аҳволда эканлиги, ҳамда унга эътиборни сифатини кўрсатса керак. https://astanahub.com/ru/article/kazakhstan-stal-liderom-po-chislu-venchurnykh-sdelok-v-tsentralnoi-azii-i-kavkaze-za-2023-god https://drive.google.com/file/d/1TSSo-zSd-3Kn-Ja8G1lnGw2i1U7RZRxT/view?usp=drivesdk #startup #venture #vc
11 058
16
Sun'iy intellekt robotlarning "miyasi"ga kirishni boshladi. Gumanoid robotlar ustida ishlayotgan "Figure" kompaniyasi o'z roboti haqida qisqa video e'lon qildi. Unda robot odamdek gapiryapti va fikrlayapti. Unga faqat yumushlarni bajarish haqida buyruqlar berilmadi, balki bu ishlarni nega va qanday bajarayotgani haqida ham so'rashdi. Javoblar esa ohang va mazmun jihatidan odamnikidan farq qilmaydi. Qo'l harakatlari ham ancha tekis. Bu robotlar yaqin 5-6 yil ichida xonadonlarga kirib boradi.
Show more ...

IMG_0155.MP4

9 944
178
Сифатли таълим мактабга қатнаш даражасини қанчага оширади? Иссиқ, свет ўчмайдиган мактаб-чи? Канализация, туалет, иссиқ ва совуқ сув бўлиши-чи? Кутубхона-чи, спорт зали ёки мактабнинг бир сменали бўлиши-чи. Макроиқтисодий ва ҳудудий тадқиқотлар институтининг бепул тушлик мактабга қатнаш даражасини 8 фоизга ошириши хулосаланган бепул тушликни давоматни оширишнинг воситаси ўлароқ шимолдан бошқа ҳудудларга ҳам ташкил этиш керак, деган ишора улашади. Шимолий минтақамизда берилаётган бепул нонуштанинг ҳеч қурса иссиқ овқат, иссиқ ичимлик ё сутли маҳсулот бўлмагани, шакар, ёғ ва яна алламбало кимёвий унсурларга тўла углеводлардан экани алоҳида масала. Таҳлилчиларимиз турли давлатлар тажрибаларига мурожаат қилишиб, Россия мисолига алоҳида тўхталишгани янада таажжубли. Зеро Россиядаги бепул нонушта каллакесар Вагнер ҳарбий гуруҳини прокси молиялаштириш воситаси бўлганини билмаслик мумкин эмас. Ҳеч қурса "Конкорд Вагнер" деб қидирув берилса, нонуштадан ҳақида маълумотлар чиқишига гувоҳ бўлишган бўлишарди. Буям майли. Мактабнинг вазифаси ўзи нима? Овқатлантиришми ё таълим бериш? Агар болалар бепул нонушта учун мактабга кўпроқ бораётган бўлса, бу бошқа чуқурроқ муаммоларга бориб тақалмайдими? Уни мактабга тиркашнинг нима кераги бор? Ўзи қолган ҳудудлар учун "бепул нонуштага" айтайлик, яна 1 трлн. сарфлаб эришадиган натижамиз нима бўлади? Муҳимлиги бўйича мактабларимизнинг асосий муаммолари нима? Тақсимот ва маблағлар қачондир шу приоритетлардан келиб чиқиб белгиланадими? P.S. Пойтахтда, "Реновация" қилиниши эълон қилинган Оқтепада хитойлик "инвестор" нечта мактаб, нечта боғча ва нечта поликлиника қуради, деган ўқитувчиларимиздан бир ёзмоқда: "Ёнгинасидаги 180 мактабда ишлаяпман, ҳозирги аҳоли сони ҳолатида ҳам бу ҳудуд болаларига инглиз тили, ўзбек тили каби бўлиниб ўтилиши керак бўлган ҳамма фанлар бирга ўқитилади, информатика хонаси ҳам йўқ, мактаб 3 сменада, бирорта катта танаффус йўқ, ўқитувчи етишмайди"
Show more ...
image
8 484
32
Брендингиз миллионлаб мижозлар диққатини жалб қилишини хоҳлайсизми? ⠀ Marjon инновацион реклама платформаси билан янги муваффақиятларга эришинг! ⠀ Рекламангизни энг кўп эътибор қилиниши мумкин бўлган жойда – шаҳар кўчаларида тарғиб қилинг! ⠀ Marjon компанияси сизга бундай имкониятни беради. Marjon бу — енгил ва юк автомобиллари кузовларида реклама жойлаштириш экосистемаси. ⠀ Батафсил маълумот учун: 📞 NaN ёки ✈️ | | | Reklama
Show more ...

IMG_3339.MP4

9 659
17
Oʻzbekiston - kontrastlar mamlakati Bir tarafdan, "turistlarni jalb qilish" uchun turistlarga qiziq boʻlmagan bunyod etiladi, buning uchun ijtimoiy, madaniy qiymatga ega inshootlar vayron qilinadi. Boshqa tarafdan, turistlarga haqiqatdan qiziq boʻlgan, tariximizning, madaniy merosimizning bir qismi boʻlgan autentik joylar - , - xaroba ahvolda.
7 764
18
Oʻzbekiston - kontrastlar mamlakati Bir tarafdan, "turistlarni jalb qilish" uchun turistlarga qiziq boʻlmagan bunyod etiladi, buning uchun ijtimoiy, madaniy qiymatga ega inshootlar vayron qilinadi. Boshqa tarafdan, turistlarga haqiqatdan qiziq boʻlgan, tariximizning, madaniy merosimizning bir qismi boʻlgan autentik joylar - , - xaroba ahvolda.
1
0
Ўзбекистон мактабларида инфратузилма муаммолари экспертларининг ўрганишларида Ўзбекистон мактабларида таълим сифатига таъсир этувчи қатор инфратузилма муаммолари ҳам келтирилганки, бу масалаларнинг салбий таъсири йиллар давомида кучайса кучаймоқда, асло юмшаётгани йўқ. Демак, 2022-2023 ўқув йилида 10 522та мактабда (194таси хусусий) ўқувчилар сони 6 461 741 нафарни ташкил этган (уларнинг 0,71 фоизи хусусий мактабларда). Мактаблар эса 5 283 916 нафар ўқувчи учун мўлжалланган, яъни 1 та ўқувчи ўрнига 1,2 нафар ўқувчи тўғри келмоқда. 5та мактаб 3 сменада, 4 777та мактаб 2 сменада ишлайди. 70 фоиз мактабларда канализация йўқ (мактаб ўқувчилариям, ўқитувчилариям ташқарида жойлашган, кириб бўлмас ҳожатхоналарга қатнамай, чидашлиги алоҳида муаммо). 38,5% мактабда ошхона ёки буфет йўқ ("бепул нонушта" ташкил этиш орқали бюджет ўзлаштирмоқчи бўлаётганларга алоҳида салом). 5% мактабда кутубхона, 21% мактабда спорт зали йўқ. 1658та мактаб капитал таъмирга муҳтож. Бир ўқувчига 0,03 компьютер тўғри келади. Компьютерларнинг 29,4%и интернетга уланмаган. Тошкент шаҳри ва вилоятида ўқитувчилар етишмайди, айни шу ҳудудларда ўқитувчилар юкламаси юқори.
Show more ...
13 350
78
IT sohasida yangi davr Google kompaniyasi 2018-yilda AppSheet deb nomlangan startapni sotib oladi. Uning asosiy g'oyasi har bir oddiy inson endi dastur yasay oladi. Kodsiz dasturlash xuddi uy qurish uchun tayyor devorlar, shiftlar va hokazolardan foydalanishga o'xshaydi. Tez, oson va kamroq xarajat evaziga qurish mumkin bo’ladi. Kim chiroyli uy qura oladi - muhimi shu. O'rganish uchun ajoyib soha. Agar siz ingliz tilidan xabardor bo'lsangiz o'rganishingiz nisbatan oson. Yangi industriya kirib kelmoqda. Kim birinchilardan bo'ladi - yutadi. Qo'shimcha ma'lumot ushbu kanal orqali: Kodsiz dasturlash Reklama
Show more ...
12 737
145
Markaziy banklar nega pul-kredit siyosatini asosiy vositasi (instrumenti?) sifatida pul bazasidan voz kechib, qisqa muddatli stavkalarga oʻtishning klassik tushuntirilishi. Bu mavzuning algebrasi va tarixi.
10 924
117
So’raganimni sababi.
12 704
21

Bu fikrga qo’shilasizmi? "Odamlarimiz mukammal emas, lekin hech bo'lmaganda madaniyatimiz boshqalarnikidan ustunroq”

Qo’shilaman
Qo’shilmayman
Javoblarni ko’rish
1.7k
Anonymous voting
12 846
29
Gʻazodan boshqa mavzu haqida yozsam adolatsizdek tuyilmoqda. Chunki bugungi kundagi eng muhim mavzu - albatta G’azo. Meni va butun dunyodagi barcha normal insonlarni qalbi Gʻazoliklar bilan. Qanday katta tarixiy fojiani koʻrib, shohidi boʻlib turibmiz. Tasavvur qilish qiyin, lekin har kuni oʻnlab, yuzlab oʻlimlar, adolatsiz tugatilgan hayotlar haqida oʻqiyapmiz, koʻryapmiz. Masalan bugun Associated Press 10 yildan beri farzand orzusidagi boʻlgan oila juda qiynalib oxir oqibat egizaklik boʻlgani lekin shu ikki orziqib kutilgan besh oylik goʻdaklar oʻz otasi bilan birga bombardimon natijasida Bu oila bugun o’ldirilgan bir nechta oilalardan biri xolos. Ukraina urushi boshlanganida, yigirma birinchi asrda bunday qirgʻinbarot boʻlishiga ishonish qiyin deb oʻylagan edim, yozgan edim. 2022 yilni boshida boshlangan urushda, bugungi kunga kelib sal kam 600 ta bola halok boʻldi — nihoyatda katta fojia. Gʻazoda oxirgi toʻrt oyda taxminan 12000 bola oʻldirildi - buni nima deb atashni ham bilmayman. “Fojia” so’zi kulfatni o’lchamini yetarli darajada adolatli ko’rsatib bera olmayapti, menimcha.
Show more ...
After 10 years of trying, a Palestinian woman had twins. An Israeli strike killed them both
It took 10 years and three rounds of in vitro fertilization for Rania Abu Anza to become pregnant, and only seconds for her to lose her five-month-old twins, a boy and a girl.
75 672
253
Podkastimizning yangi soni chiqdi: Youtube: Audio formatda: | | | Podkastimizning ushbu epizodi hamkori - aksiyadorlik tijorat banki "AloqaBank".
40 - Shahar ichidagi universitetlar, xususiy universitetlar nazorati va amaloyotchilar maoshi
Ushbu epizodda uchta, lekin o'zaro bog'liq bo'lgan mavzular haqida suhbatlashdik va munozara qildik: 1) Nima uchun universitetlar shaharlar ichida bo'lishi kerak? 2) Xususiy universitetlar ko'payishi nima uchun yaxshi jarayon va ularning sifatiga kim yaxshiroq baho bera oladi? 3) Mehnat bozorida amaliyot o'tayotgan stajyorlar uchun ish beruvchilar maosh to'lashlari kerakmi yoki bepulga ishlashlari to'g'rimi? Ish beruvchi davlat bo'lsa yoki xususiy biznes bo'lsachi? Tinglang, tomosha qiling va albatta ulashing! Podkast yozilgan sana: 22 - Fevral 2024. Podkastning ushbu epizodi rasmiy hamkori - aksiyadorlik tijorat banki "AloqaBank". http://www.aloqabank.uz/ https://zoomrad.uz/mobile-app #botirkobilov #behzodhoshimov Mualliflar: Botir Kobilov: https://t.me/uzbekonomics Behzod Hoshimov: https://t.me/iqtisodchi_kundaligi Audio podkastni tinglash va obuna bo'lish uchun ilovalar: Spotify: https://open.spotify.com/show/1ZJ1l4Kp3Efn6eJludF8Ll Apple Podcast: https://podcasts.apple.com/us/podcast/uzbekonomics/id1627933796 Yandex Music: https://music.yandex.ru/album/13560590?dir=desc&activeTab=about Podbean: https://botir.podbean.com/ Stitcher: https://www.stitcher.com/show/uzbekonomics
10 331
21
Chikago professori Konstantin Sonin Viskonsin siyosiy fanlar fakultetida seminar bermoqda. Mavzu: Degenerativ Avtokratiya Nazariyasi yohud nega Putin Ukrainaga bostirib kirdi?
10 788
13
Kanadani kishi boshiga Yalpi Ichki Mahsuloti 2022 yildan 2023 yilgacha o’smabdi. Bu juda yomon narsa. Katta muammo desa ham bo’ladi…
10 901
24
Oʻzbekistonni istiqloliga tahdid qiluvchi bir xususiyat bor edi — bu ham boʻlsa, elitaning katta qismi Rossiya bilan bir madaniy maydonda yashashi. Yaʼni ular Rossiyadagi muammolarni oʻziniki deb bilishlari va jahon maydonida Rossiya xudiki “biz” tomonimizda deb oʻylashlari.  Ukrainaga urush boshlanganidan keyin, shu narsa kamaydi va bu yaxshi.
11 870
30
Professorlar nima bilan shug’ullanishi haqida ajoyib postlar seriyasi. Mendan ham koʻp soʻrab turishadi, Sherzod akani postlarini yuboraman.
Prof. Sherzod
Профессор дегани ўзи нима иш қилади? 3-қисм Университет ёки илм соҳасида ишлайдиганларни кўпчилик бошқа соҳа вакиллари инжиқ деб ўйлашади. Айниқса бизнес ёки пул билан боғлиқ касб эгаларидан бизга қарата "Булар ўзи нима иш қилади?" қабилидаги менсимаган фикрларни эшитиш мумкин. Шуларнинг энг кўп айтадиган гапи, "хоҳласа ишга боради, хоҳламаса қаҳвахонада қаҳва ичиб қилади ишини" бўлса керак. Бу гап қанчалик ростлиги ҳақида, бугунги қисмда. “Нимага нолийсан ўзи, эрталаб тўққиздан ишда бўлишинг шарт эмас, китобларингни мақтанчоқларча жавонларга тизиб қўйган ўз офисинг бўлса-да, дарсинг йўқ куни хоҳ уйингда ўтириб, хоҳ шаҳар марказидаги қаҳвахонада ишингни қилаверасан! Ажойиб эмасми?” Бу хитобга қисман қўшилмасдан иложим йўқ. Тўғри, профессорлар ҳар куни ишга бориши шарт эмас. Ўзи ишлайдиган университетда яшаши ҳам кутилади, аммо талаб қилинмайди. Францияда яшаб, Англияда университетда ишлайдиган ўқитувчилар йўқ эмас. Китобларини мақтанчоқларча жавонларга тизиб қўйган офисини қулфлайди-да, кетворади. Булар…
10 614
25
Last updated: 11.07.23
Privacy Policy Telemetrio