این سرویس به زبان شما نیز موجود است. برای ترجمه ، مطبوعات را فشار دهیدفارسی
Best analytics service

Add your telegram channel for

  • get advanced analytics
  • get more advertisers
  • find out the gender of subscriber
Category
Channel location and language

all posts Xushnudbek.uz

Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning Telegram kanaliga xush kelibsiz! •youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev •fb.com/xushnudjohn •twitter.com/xushnudbeck •instagram.com/xushnudbek •tiktok.com/ @xushnudbekofficial  Reklama uchun:  @xushnudbekreklama  
Show more
512 180-859
~180 694
~14
34.16%
Telegram general rating
Globally
1 071place
of 78 777
33place
of 2 295
In category
115place
of 3 169
Posts archive
“Lolaqizg’aldoq” loyihasida 10 ta kitob tavsiya qildik. 📹 Videoni ko’rish, kitoblarni esa o’qish maqsadga muvofiq. 👉 👈
TOP-10 KITOBLAR — LOLAQIZG‘ALDOQ
“Lolaqizg‘aldoq” loyihasining dastlabki ikki sonida film va seriallar tavsiya qilgan edi. Ushbu sonda esa TOP-10 kitoblar ro‘yxatini tuzib chiqdik. Tavsiya e...
69 664
139
Abituriyentlarni o‘qishga hujjat topshirishini osonlashtiradigan MenTalaba.uz platformasi yaratilgan 2023-yili 50 mingdan ortiq abituriyentga BEPUL yordam ko‘rsatgan bu dastur 2024-yilgi bitiruvchilarga ham BEPUL yordam berishga tayyor! Buning uchun: 1️⃣  saytidan ro‘yxatdan o‘tasiz; 2️⃣   Shaxsiy profilni to‘ldirasiz; 3️⃣   Tahsil olmoqchi bo‘lgan oliygohlarga ariza topshirasiz. 👉 platformasidan hoziroq ro‘yxatdan o‘ting va muddatidan avval o‘nlab oliygohlar talabasi bo‘ling! | | Reklama
Show more ...

IMG_0203.MP4

80 866
707
Energetika vazirligining xabar berishicha, soat 14:00 holatiga ko‘ra, mamlakatimizda 210 MVt quvvat bilan o‘chgan 139 ta fider tarmoqqa qayta ulandi. Natijada Buxoro, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlari iste’molchilari to‘liq, qolgan hududlarda esa qisman, jami 50 ming 750 ta iste’molchi hamda kichik ishlab chiqarish sanoat korxonalarining elektr ta’minoti tiklandi. Shuningdek, Fargʻona viloyatidagi «Yaypan» podstansiyasida 3 MVt quvvat bilan avariyaviy oʻchgan «T-2» transformatori ham tarmoqqa ulandi. Soat 15:07 da Jizzax viloyatida kuchli shamol va yomg‘ir tufayli o‘chgan barcha tarmoqlar ulanib, iste’molchilarning elektr ta’minoti to‘liq tiklandi. 👉 👈
Show more ...
89 515
71
Soat 10:00 holati boʻyicha mamlakatimiz boʻylab yuz berayotgan kuchli yomgʻir va shamol natijasida 6-10 kVli 190 ta fider 274 MVt quvvat bilan avariyaviy oʻchiq qolmoqda. Oqibatda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm, Samarqand, Qashqadaryo, Buxoro va Toshkent viloyatlaridagi 66 ming 750 ta isteʼmolchi hamda kichik ishlab chiqarish sanoat korxonalari elektr taʼminotidan vaqtinchalik uzilgan. Hozirgi vaqtda murakkab ob-havo sharoitiga qaramasdan, maxsus brigadalar tomonidan barcha nosozliklar bartaraf etilmoqda, deyiladi Energetika vazirligi xabarida. 👉 👈
Show more ...
142 089
488
5 tup chinorni kesib sotmoqchi bo‘lganlar ozodlikdan mahrum etildi Ikki shaxs 2023-yil 5-dekabr kuni Toshkent viloyati Oʼrta Chirchiq tumani Mashʼal MFY hududida joylashgan "Maʼrufxon" fermer xoʼjaligiga qarashli dala maydonida jami narxi 247 mln 180 ming soʼmlik 5 tup koʼp yillik sharq chinorini tag qismidan qonunga xilof ravishda kesib olgan. Daraxtlarni boʼlaklarga boʼlib Toshkent shahridagi “Taxta bozori”ga sotish uchun olib ketilayotganda Ichki ishlar xodimlari tomonidan yoʼlda toʼxtatib qolingan. Ushbu shaxslarga nisbatan sud hukmi o‘qildi. Unga ko‘ra, ulardan biriga Jinoyat kodeksining 198-moddasi 2-qismi bilan 2 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi. Uning jinoiy sheriklariga ham Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga asosan ozodlikdan mahrum etish jazosi 👉 👈
Show more ...
146 841
154
Korzinka aksiyasida ishtirok etib, Lixiang L7 krossoveri egasiga aylaning! Aksiyada qatnashish uchun O‘zbekistonda chiqarilgan Visa kartasidan foydalanib, to‘lov qilishingiz kerak. Aksiyada faqat Visa kartalari egalari ishtirok eta oladi va buning uchun Visa kartasi bilan 200 000 so‘mlik xarid qilish kifoya. Karta bilan to‘lovni siz uchun qulay usulda — do‘konda yoki Korzinka mobil ilovasida qilishingiz mumkin. Shuningdek, mini-oʻyin doirasida mahsulotlar uchun mobil ilova orqali to‘lov qilayotganlar va unda ishtirok etayotganlar orasida har kuni Korzinka’da 20 000, 30 000 va 50 000 soʻmlik sertifikatlar ham o‘ynaladi. Xaridlar qancha ko‘p bo‘lsa, g‘olib bo‘lish imkoniyati ham shuncha ko‘p bo‘ladi! ❗️Aksiya 23-iyungacha davom etadi! Batafsil maʼlumot Korzinka saytida. | | | | | Reklama
Show more ...
135 253
164
Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim 17-19-may kunlari rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘ladi. Bugun, 17-may kuni Toshkent xalqaro aeroportida Oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar 👉 👈
129 667
127
Toshkent shahrining 17 ta ko‘chasi va 32 ta chorrahalarida ta’mirlash va rekonstruksiya qilish ishlari olib boriladi. Ishlar asosan tungi vaqtda may oyidan sentyabr oyigacha maktablar va oliy o‘quv yurtlaridagi ta’til kunlari amalga oshiriladi. 👉 👈
133 429
80
Shavkat Mirziyoyev telefon orqali Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart To’qayevni tavallud kuni bilan tabriklab, unga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va muvaffaqiyatlar, qardosh qozoq xalqiga tinchlik va ravnaq tiladi. 👉 👈
140 345
146
“Profi University”da talabalarga yillik 6 million soʻmgacha stipendiya beriladi. ❓Stipendiya kimlarga beriladi? “Profi” stipendiyasi kirish imtihonlarida va semestr yakunlaridagi sessiya imtihonlarida yuqori natijani qayd etgan iqtidorli talabalarga taqdim etiladi. Bundan asosiy maqsad — iqtidorli talabalarni qoʻllab-quvvatlash va talabalarning ilm olishga nisbatan motivatsiyasini oshirishdan iboratdir. “Profi”dagi barchasi Siz va yaxshiroq bilim olishingiz uchundir. 📌 Darvoqe, “Profi University”da qabul davom etmoqda! (№ 189078, 10.11.22-y.) 📍 Roʻyxatdan oʻtish: ☎️ Batafsil maʼlumot: 78-777-11-11 Reklama
Show more ...

IMG_4118.MOV

143 658
129
Shavkat Mirziyoyev Parij-2024 Olimpiadasiga yo‘llanma olgan O‘zbekiston U23 terma jamoasi haqida fikr bildirdi 👉 👈

IMG_5947.MP4

149 113
702
Kechki mutolaa (o‘qish yoki eshitish uchun 21 daqiqa vaqtingiz ketadi) Gabriel Garsia Markes. Ulkan qanotli mo'ysafid (hikoya) Izoh: Kolumbiyalik yozuvchi va Nobel mukofoti sovrindori Gabriel Garsia Markes ushbu hikoyani “bolalar uchun ertak” deya atagan bo‘lsa-da, biroq undagi chuqur ramziy ma’nolar uni kattalarga mo‘ljallanganini anglatadi. Hikoya qahramoni odamlarning farishtalar borasidagi tasavvuriga mos kelmagani uchun qabul qilinmaydi. Unga nisbatan shafqatsiz va qo‘pol munosabatda bo‘linadi. 📖 Matnni o‘qish uchun: 🎧 Audio hikoyani eshitish uchun: 💬 Muhokama 🎙Bugungi hikoya audiosini o‘qigan. 📚 “Kechki mutolaa” doirasida eʼlon qilingan barcha 👉 👈
Show more ...

Gabriel Garsiya Markes. Ulkan qanotli mo‘ysafid.mp3

146 052
349
Istamov Maxmud Shuxratovich Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Devoni rahbari etib tayinlandi. U bunga qadar Buxoro viloyati prokurori edi. 👉 👈
140 986
240
Muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlaridan Ozorga aylangan yaxshilik 👉 👈

IMG_5923.MP4

173 579
1 602
19-maydan 23-iyunga qadar Namanganda 63-xalqaro “Gullar festivali” bo‘lib o‘tadi. Viloyatda mazkur an’anaviy festivalga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda. 👉 👈

IMG_5922.MP4

174 404
2 080
Uch soha bo‘yicha tadbirkorlardan tashkil topgan ishchi guruhlar tarkibi tasdiqlandi Vazirlar Mahkamasi qaroriga muvofiq elektrotexnika mahsulotlariga eksport narxlari shakllantirilishi ustidan nazorat oʻrnatish belgilangandi. Ushbu qaror ijrosini taʼminlash boʻyicha oʻtkazilgan yig‘ilish bayonotiga ko‘ra, to‘qimachilik, elektrotexnika va charm-poyabzal sohasi bo‘yicha eksportyor tadbirkorlardan tashkil topgan ishchi guruhlar tarkibi tasdiqlangan. Ishchi guruhlar tarkibida Savdo-sanoat palatasi raisidan yirik korxonalar rahbarlarigacha mavjud. Palata raisi Davron Vaxabov mazkur guruhlarga rahbar etib tayinlangan. 👉 👈
Show more ...
149 825
27
Toshkent shahrida milliy estrada san’ati asoschisi, O‘zbekiston xalq artisti Botir Zokirov haykali ochildi. Tadbirda Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etdi. Shuningdek, davlatimiz rahbari O‘zbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti faoliyati bilan tanishdi. 👉 👈

IMG_5920.MP4

IMG_5921.MP4

125 587
157
ASIA ALLIANCE BANK’dan yuridik shaxslar uchun yangi imkoniyatlar! 🗓 1-maydan boshlab biznes uchun yangi tarifi ishga tushganini maʼlum qilamiz. Unda quyidagi imkoniyatlar taqdim etiladi: ✅ hisobingizga boshqa banklar orqali tashqi toʻlovlar uchun 0% komissiya; ✅ tashqi debet aylanmasi uchun atigi 0,1%; ✅ maksimal qulaylik uchun bepul asosiy korporativ kartani chiqarish, terminallarni ijaraga olish, masofaviy bank va SMS-banking xizmatlari; ✅ bank tizimida pulni hamyonbop naqdlash — bankning barcha so‘m kartalaridan atigi 0,6%; Biznesingizni boshqarish jarayonini yaxshilash imkoniyatini qo‘ldan boy bermang! Batafsil ma'lumot uchun telefon: 📞 1270
Reklama
Show more ...
129 200
49
❗️ O‘zbekistonda haj mavsumi 23-maydan boshlanadi Respublikamizdan Saudiya Arabistoniga 7-iyunga qadar har kuni aviaqatnovlar ✅ Mamlakatimizning quyidagi 10 ta hududiy aeroportidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviareyslar orqali ziyoratchilar haj safariga kuzatiladi: ● Toshkent-Madina; ● Buxoro-Madina; ● Namangan-Madina; ● Farg‘ona-Madina; ● Samarqand-Madina; ● Qarshi-Madina; ● Termiz-Madina; ● Urganch-Madina; ● Nukus-Madina; ● Navoiy-Madina. 👉 👈
140 576
384
Rehina Mariya Kastijio UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari etib U bunga qadar UNICEFning Xorvatiya Respublikasidagi vakolatxonasi rahbari va UNICEFning Paragvaydagi vakolatxonasi rahbari lavozimlarida ishlagan. 👉 👈
142 959
42
Toshkent shahrida Yakkasaroy tumani Shota Rustaveli — Bobur ko‘chalari chorrahasidan Bobur ko‘chasi bo‘ylab Bobur-Seul, Bobur — Furqat ko‘chalari chorrahasigacha bo‘lgan oraliqda yo‘l qurilish va taʼmirlash ishlari olib borilishi sabab 15-may soat 22.00 dan boshlab taʼmirlash ishlari tugatilgunga qadar transport vositalari qatnovi bir tomonlama vaqtincha 👉 👈

1234.mp4

142 974
191
Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot institutida bakalavriat va magistraturaga 2024/2025-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli boshlandi! Tibbiyot texnikumlari va tibbiyot kollejlari bitiruvchilari farmatsiya hamda sanoat farmatsiyasi yo‘nalishlariga imtihonsiz qabul qilinadi.Bakalavriat yo‘nalishlari: ➖ Farmatsiya (turlari bo‘yicha) - o‘qish muddati 5 yil; ➖ Sanoat farmatsiyasi (turlari bo‘yicha) – o‘qish muddati 4 yil; ➖ Davolash ishi - o‘qish muddati 6 yil; ➖ Tibbiy profilaktika ishi - o‘qish muddati 5 yil. ✅ Magistratura mutaxassisliklari: ➖ Farmatsevtika ishini tashkil qilish va boshqarish; ➖ Farmatsevtik kimyo va farmakognoziya; ➖ Dorilarning sanoat texnologiyasi; ➖ Dori vositalari va preparatlar texnologiyasi; ➖ Eksperimental va sport farmakologiyasi. O‘qish muddati 2 yil. Hujjatlar va oflayn qabul qilinadi. 👉 (0033-son, 8.09.2021-y.) Manzil: Yunusobod tumani, 19-mavze, 48-uy Mo‘ljal: "Uz Mal oil" yoqilg‘i quyish shoxobchasi, Korzinka supermarketi (Sayram Korzinka) Murojaat uchun telefonlar: +998 97 139-00-50 +998 97 189-00-50 +998 71 202-05-50 +998 71 203-05-50 | | | |
Ta'lim reklamasi
Show more ...

file

150 530
724
Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini rivojlantirish boʻyicha 7 ta yangilik eʼlon qilindi Oʻzbekistonni global toʻqimachilik xabiga aylantirish maqsadida bir qator chora-tadbirlar amalga oshiriladi. Jumladan, sohada kutilayotgan yangiliklar sirasiga moliyaviy mexanizmlar, soliq va bojxona imtiyozlari, xalqaro hamkorlik hamda yangi obyektlar qurilishi kabilar kiradi. Batafsil maʼlumotni Savdo-sanoat palatasi tomonidan yuqoridagi videorolikdan olish mumkin. 👉 👈
Show more ...

IMG_5904.MP4

154 414
241
📌 Protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari kabi mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi tadbirkorlar uchun maxsus taklif Ijtimoiy himoya milliy agentligi muhtoj shaxslarni protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan ta’minlash maqsadida Uzum Market bilan hamkorlikda yangi tizim ishga tushirdi. Bu turdagi mahsulotlarni joylashtirmoqchi bo‘lgan tadbirkorlarga maxsus imtiyozlar beriladi. Bu ham daromad, ham ezgu maqsaddagi tijorat. Tadbirkorlar buning uchun sayti orqali ro‘yxatdan o‘tishi kerak. 👉 👈
Show more ...
150 405
92
❗️Zargarlik uchun qimmatbaho toshlarni olib kirish vaqtincha QQSdan ozod qilindi Prezident ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritishni ko‘zda tutuvchi Qonunni Unga ko‘ra: ➖ Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan qimmatbaho toshlarni O‘zbekistonga olib kirish 2024-yil 1-yanvardan 2027-yil 1-yanvargacha QQSdan ozod qilindi; ➖ Kasaba uyushmalari tizimidagi bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari negizida bolalarning dam olish mavsumidan tashqari davrda tashkil etiladigan dam olish uylarining va dam olish zonalarining mazkur yo‘nalishdagi xizmatlarni ko‘rsatishdan olgan foydasi 2026-yil 1-yanvargacha foyda solig‘idan ozod qilindi; ➖ Kasaba uyushmalari tizimidagi bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari negizida bolalarning dam olish mavsumidan tashqari davrda tashkil etiladigan dam olish uylari va dam olish zonalari joylashtirish vositalari sifatida majburiy sertifikatlashtirishdan ozod etildi. 👉 👈
Show more ...
151 949
131
UBS’da 2024/2025-oʻquv yili uchun qabul boshlanmoqda Sifatli ta’lim olish, yuqori darajadagi imkoniyatlardan foydalanib o‘qish va jamiyatda o‘z o‘rniga ega, mohir kadr bo‘lish uchun oliy ta’lim dargohini to‘g‘ri tanlay olish kerak! “University of Business and Science”da 20 ta bakalavriat yoʻnalishi, 3 ta magistratura mutaxassisligi va 5 ta doktorantura ixtisosligi boʻyicha sifatli ta’lim berib kelinmoqda. 2024/2025-yilgi qabul jarayonlari 1-iyundan boshlanadi. Kirish imtihonlari oldidan UBS diagnostika testlari bilan o‘z bilimingizni sinab ko‘ring: qabul.ubsu.uzUBSQabul 2024/2025” haqida batafsil bilish uchun murojaat qoldiring: 🌐 ubsu.uz veb-sayti ☎️ +998781132626, +998907894242 UBS bilan talabalikka yo‘l oching! 📄 Litsenziya (№ 247428, 05.10.2022-y) Telegram: @ubsuzbekistan Web-sayt: https://ubsu.uz/
Reklama
Show more ...

IMG_9565.MP4

153 537
206
Uzreport telekanali “Oltin qalam” Milliy tanlovida jurnalistika sohasida bosh milliy mukofot gʻolibi deb topildi Mukofot sifatida Prezident sovg’asi — “Tracker” avtomobili taqdim etildi. Asosiy nominatsiya g’oliblari: Eng yaxshi jurnalistik material uchun (televideniye) 1-o‘rin – Go‘ro‘g‘liyev Elyor Ro‘ziqulovich, “Sevimli” telekanalining “Zamon” axborot tahliliy dasturi muxbiri 2-o‘rin – Aliyev Anvarjon Orifjonovich, “O‘zarxiv” agentligi matbuot kotibi, “Arxivarius” ko‘rsatuvi muallifi va boshlovchisi 3-o‘rin – Abduraxmonov Jasurbek Qosimjon o‘g‘li (Jasur Rahmon), “Renessans TV” telekanali bosh muharriri  *** Eng yaxshi jurnalistik material uchun (radio) 1-o‘rin – G‘afforova Umida Abdusalom qizi, “Mahalla” radiokanali bo‘lim mudiri 2-o‘rin – Jumagaliyeva Qundiz Yaqipbay qizi, “Qoraqalpog‘iston” radiokanali bosh muharririyati muharriri 3-o‘rin – Umrzoqova Shoira Abdurazzoqovna, “O‘zbekiston 24” teleradiokanali katta muharriri *** Eng yaxshi jurnalistik material uchun (bosma nashrlar) 1-o‘rin – Butayev Shoyim Primkulovich, “Jadid” gazetasi bo‘lim mudiri 2-o‘rin – Usmanov Nurlan Oktamovich, “Narodnoye slovo” gazetasi mas’ul kotibi 3-o‘rin – Jalilov Norqobil Qodirovich (Norqobil Jalil), “XXI asr” ijtimoiy-siyosiy gazetasi bosh muharriri *** Eng yaxshi jurnalistik material uchun (internet nashrlari) 1-o‘rin – Avalboyev Ikrom Xolyigitovich, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi markaz boshlig‘i o‘rinbosari 2-o‘rin – Shokirjonov Shuxrat Shokirjonovich, “KunUz” veb-sayti muharriri va maxsus muxbiri 3-o‘rin – Saidaliyeva Nargis Anvarovna, “Dunyo” AA tahririyat xizmati boshlig‘i G’oliblarning to’liq ro’yxati 👉 👈
Show more ...
143 757
161
Adliya vazirligi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasiga ogohnoma yuboribdi Yodingizda bo‘lsa, 5 yil stajga ega xotin-qizlar uchun tavsiyanoma olishga arizalar qabuli boshlangani, lekin ushbu jarayonda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi talabgorlardan Prezident farmonlari bilan taqiqlangan hujjatlarni so‘rayotgani haqida Bugun Adliya vazirligi ushbu masala yuzasidan munosabat bildirdi va mazkur holat qonunchilikka zidligi, shu sababli Qo‘mitaga ogohnoma yuborilganini ❓Qo‘mita nima uchun qonunchilikka zid ravishda bunday hujjatlarni so‘rayapti? Masalaning ichiga biroz chuqurroq kirsangiz, qiziq holatga duch kelasiz. Tavsiyanomalar berish jarayoni Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-iyundagi 322-sonli bilan tartibga solinadi. Ushbu qarorda talabgor xotin-qizlardan hech qanday hujjat so‘rash nazarda tutilmagan. Aksincha, Hukumat qarorida aniq va tiniq qilib, talabgorlarning ma’lumotlari «Elektron hukumat» tizimidan tekshirilishi yozib qo‘yilgan. Ammo mana shu qaror bilan tasdiqlangan Nizomning 2-ilovasida talabgorlar topshiradigan ariza namunasi keltirilgan. Ariza namunasida esa "Arizaga quyidagi hujjatlarni ilova qilaman:" deya 3 ta hujjat ro‘yxati sanab o‘tilgan. Katta ehtimol bilan, Qo‘mita aynan arizadagi mana shu gapdan kelib chiqib, 3 yildan buyon xotin-qizlardan ortiqcha hujjat so‘rayapti. Bizning byurokratlarga maydagina asos bo‘lsa, yetadi. Bir emas, ikkita Prezident farmonidan ko’ra, Hukumat qarorining ilovasi bilan tasdiqlangan Nizomning ilovasidagi bittagina jumla ustunlik qilaveradi. Menda yana boshqa savol ham bor. Qanday qilib, 2022-yilda imzolangan Hukumat qarorida Prezident farmoniga zid yozuvlar ketib qolgan? Hech kim "hoy, baraka topgurlar, qarorda hech qanaqa hujjat topshirish talab etilmayapti, nega ariza namunasida bunaqa gap bo‘lishi kerak" degan savolni bermaganmi? Adliya vazirligi hujjatni ekspertizadan o‘tkazmaganmi? Va asosiy savol: xo‘p, endi xotin-qizlardan noqonuniy hujjatlar talab qilish davom etaveradimi yoki bu to‘xtaydimi? 👉 👈
Show more ...
175 394
426
Kasanachilik asosida asalari yetishtirishni rivojlantirish orqali 1000 ta oilani ish bilan taʼminlash rejalashtirilmoqda. Natijada 50 milliard soʻmlik qoʻshimcha daromad olish hamda 2 million dollarlik mahsulotni eksport qilish mumkin boʻladi. Shuningdek, Yevropaga har bir asalari qutisini 100 dollardan yetkazib berish boʻyicha amaliy harakatlar olib borilmoqda. Asalarichilik markazini tashkil qilish bo'yicha qo‘yilayotgan ilk qadamlar natijasi va istiqbollarni tadbirkor talqinida orqali ko’rishingiz mumkin. 👉 👈
Show more ...

file

162 402
191
"Toshkent-3" terminaliga kirish yo‘lagidagi qoidabuzarliklar uchun jarimalar avtomatik tarzda transport egasiga yuboriladi Toshkent aeroportidagi mahalliy aviaqatnovlar terminalining kirish yo‘lagiga o‘rnatilgan yo‘l kameralarini O‘zbekistonning yo‘l harakati xavfsizligi tizimlari bilan integratsiyalash ishlari . 2024-yil 15-maydan boshlab tizim avtomatik ravishda ishlaydi. Kirish yo‘lagida ruxsat etilgan to‘xtash vaqtidan oshiq turgan haydovchilar avtomatik ravishda jarimaga tortiladi. Terminalga qisqa muddatli kirish yengil avtomobillar uchun 5 daqiqagacha, sayyohlik avtobuslari va mikroavtobuslar uchun 10 daqiqagacha bo‘lgan vaqtga barchaga ruxsat etiladi. 👉 👈
Show more ...
165 468
248
❗️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga qabul iyun oyidan boshlanadi Prezident maktablariga ikki sinfga 12 nafardan jami 24 nafar o‘quvchi, ixtisoslashtirilgan va ijod maktablariga belgilangan kvota doirasida o‘quvchilar Agentlik tizimidagi maktablarga o‘quvchilarning ota-onalari yoki qonuniy vakillari quyidagi hujjatlarni veb-sayti orqali topshirishi kerak: ● baholar tabelining maktab direktori tomonidan tasdiqlangan nusxasi; ● o‘quvchining oxirgi 2 oy davomida tushgan fotosurati; ● o‘quvchining tug‘ilganlik haqida guvohnomasi va ota-onasining (qonuniy vakili) fuqarolik pasporti ma’lumotlari, bog‘lanish uchun telefon raqamlari. ✅ O‘quvchilarga hujjat topshirish jarayonida ixtiyoriy ravishda o‘z hududidagi ixtisoslashtirilgan maktablaridan birini qo‘shimcha tanlash imkoniyati beriladi. Bunda, Prezident maktabiga kirish imtihonining 2-bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etib, o‘qishga kira olmagan o‘quvchilar hududdagi o‘zi tanlagan ixtisoslashtirilgan maktabiga belgilangan kvota doirasida, to‘plagan ballari ketma-ketligi bo‘yicha imtihonsiz qabul qilinadi. Agar kvota doirasidan oshib ketsa imtiyoz qo‘llanilmaydi. 👉 👈
Show more ...
206 464
1 390
Akademik litsey va professional taʼlim muassasalari pedagog kadrlari uchun attestatsiyaning ikkinchi bosqichi 20—24-may kunlari test shaklida Talabgorlar imtihon joyi, kuni va vaqtini saytidagi shaxsiy kabineti orqali aniqlashlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin. 👉 👈
167 591
242
Renessans ta'lim universitetida 2024/2025 oʻquv yili uchun qabul boshlandi RTU’da 40 ga yaqin ta'lim yoʻnalishlari mavjud Universitet quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi: ➖ grant asosida oʻqish; ➖ Koreya, Xitoy kabi mamlakatlardagi xalqaro universitetlarda ta'limni davom ettirish dasturi; ➖ kontraktdan 25 foiz chegirma (agar IELTS, CEFR, TOEFL sertifikat darajasi B2 va undan yuqori bo‘lsa); ➖ kontrakt pulini 1 yil davomida 4 ga bo‘lib to‘lash; ➖ xorijlik hamda mahalliy professor-o‘qituvchilardan tahsil olish. 📋 Arizalar sayti orqali onlayn tarzda qabul qilinadi. 📄 (№150241 18.11.2022) 📞 Murojaat uchun: 55-506-70-07, 55-506-70-08 📍 | |
Reklama
Show more ...
176 841
342
Bu yil “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlari 25-may kuni soat 8:00 dan 9:00 gacha faqatgina 1, 4, 9, 11-sinf oʻquvchilari ishtirokida ❗️2023-2024-oʻquv yilini yakunlash va “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlarini oʻtkazish davomida quyidagilar taqiqlanadi: ➖ turli restoran, kafelar va xonadonlarda “Bitiruv oqshomlari”ni oʻtkazish, bosqichli nazorat imtihonlari va yakuniy davlat attestasiyalarini oʻtkazishda, taʼlim muassasalarini yangi oʻquv yiliga tayyorlash borasida oʻquvchi va bitiruvchilar hamda ularning ota-onalaridan turli pul mablagʻlarini yigʻish; ➖ bitiruv tadbirlarida oʻquvchilardan qimmatbaho sovgʻalar uchun pul yigʻish, bitiruv kechalariga atab qimmat kiyimlar olish, yengil avtomashinalarda sayr tashkil etish. ➖ oʻquvchilarning guruh-guruh boʻlib xiyobonlar, istirohat bogʻlari, choʻmilish havzalariga borishi. 👉 👈
Show more ...
242 467
2 893
Bugun Samarqand shahrida “Xotin-qizlarning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy huquq hamda imkoniyatlarini kengaytirish masalalariga mintaqaviy yondashuv” mavzusida Osiyo xotin-qizlari forumi 13-14-may kunlari bo‘lib o‘tadigan forumda 30 dan ortiq davlatlardan 81 nafar nufuzli mehmonlar ishtirok etmoqda. Forumni Senat raisi Tanzila Norboyeva ochib berib, Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbir ishtirokchilariga murojaatini o‘qib eshittirdi. Murojaatda O‘zbekistonning gender tenglikni ta’minlash, mustahkamlash borasida yuqori o‘rinlarda ekanligi alohida qayd etildi. 👉 👈
Show more ...
161 260
112
“Bishimbayev ishi” bo’yicha hukm o’qildi Qozog‘istonning sobiq Milliy iqtisodiyot vaziri Kuandik Bishimbayev qotillik va qiynoqqa solish jinoyatlarini sodir etganlikda aybdor deb va 24 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Shuningdek, sobiq amaldorning qarindoshi – Gastro-markaz direktori Baxitjan Bayjanov jinoyatni yashirishda aybdor deb topilib, 4 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Ma’lumot uchun, 2023-yilning 8-noyabr kuni kechqurun Bishimbayev “Bau” restoranida rafiqasi Saltanat Nukenova bilan janjallashib qolgan va uni kaltaklagan. Buning natijasida ayol Mazkur ish nafaqat Qozog‘iston jamoatchiligi, balki xalqaro hamjamiyatda ham katta rezonans uyg‘otganligi sababli sud jarayoni to‘liqligicha jonli efirda namoyish etildi. 👉 👈
Show more ...
175 278
901
Davlat grantini faqat 1 yil uchun berilishi haqida “Lolazor” podkastida biroz gaplashdik. Albatta, ushbu yangilik atrofida fikrlar turlicha. Kimdir yaxshi desa, kimdir yomon deydi. Asosiy xavotir oliy ta’limdagi korrupsiya darajasi oshib ketishida bo’lyapti. Xavotirda jon bor, bizning holatimizda bu reallik, to’qima gap emas. Lekin sizga qanchalik g’alati eshitilmasin, men aynan mana shu yangilik tufayli uzoq istiqbolda (1-2 yilda emas) oliy ta’limda korrupsiya kamayadi, degan fikrdaman. Chunki mazkur yangi tizim natijasida jamoatchilik nazorati paydo bo’ladi. Hozir oliy ta’limdagi korrupsiyaning jabrlanuvchisi yo’q. Jabrlanuvchi — jamiyat kelajagi. Lekin bu umumiy gap, konkret shaxs bundan jabr chekmaydi. Ana endi jabrlangan aniq shaxslar paydo bo’ladi. Kimgadir soxta “5” baho qo’yish, boshqalarga zarar yetkazishni boshlaydi. Va o’z-o’zidan korrupsiyaga qarshi kurashish, shikoyat qilish, norozi bo’lish boshlanadi. Chunki jamiyat kelajagi uchun kurashadiganlar sanoqli, shaxsiy manfaat uchun kurashadiganlar son-sanoqsiz. To’g’ri, yangi tizim yaxshi ishlashi uchun hali ko’p o’zgarishlar qilish kerak bo’ladi. Va ayna o’sha o’zgarishlar bo’lishi uchun ham mana shu yangilik kerak edi! 👉 👈
Show more ...

IMG_5863.MP4

181 162
663
Toshkent menejment va iqtisodiyot institutida 2024-2025 oʻquv yili uchun qabul boshlandi! 📈 Toshkent Menejment va iqtisodiyot instituti bilan o’z maqsadlaringizni amalga oshiring! ▫️Zamonaviy muhit; ▫️Хorijiy hamkor universitetlar; ▫️Xalqaro universitetlar bilan akademik mobillik; ▫️Malakali ustozlardan bilim olish; ▫️Oʻzbekistonda tan olinadigan diplom; ▫️Work & Travel dasturida qatnashish. Oʻz orzularingiz uchun asosiy qarorni qabul qiling. 📲 Shoshiling. Hoziroq qoʻngʻiroq qiling: 998712009005 | 💻 ( №240963-son, 15.03.2024y)
Reklama
Show more ...
165 829
272
Jurabek laboratories “Dok-1 Maks”dan jabrlanganlarga 75 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ni 3-yil ichida to‘lab berishga tayyorligini bildirdi, evaziga Sardor Kariyevni ozodlikka chiqarishni so‘radi O‘zbek-arab qo‘shma korxonasi hisoblangan Jurabek laboratories O‘zbekistonda eng kamida 68 nafar bolaning o‘limi va 16 nafar bolaning nogiron bo‘lib qolishiga olib kelgan “Dok-1 Maks” jabrlanuvchilariga sud tomonidan belgilangan 75 milliard 756 million so‘m miqdoridagi ma’naviy zararni 3 yil ichida bo‘lib-bo‘lib to‘lab berish taklifi bilan chiqdi. Bu haqda “Daryo” manbasi . Bunday iltimosnomani korxonaning ayni kundagi direktori Munira Kariyeva (u Farmatsevtika agentligining sobiq rahbari Sardor Kariyevning onasi) Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi raisi va apellyatsiya instansiyasiga kiritgan. Munira Kariyeva Jurabek laboratories ta’sischilaridan biri sifatida bu mablag‘larni korxona daromadidan dividend sifatida yechib olishini, bunga esa ko‘proq muddat ketishini, MCHJ hisobidan birdaniga 75 mlrd so‘mni yechib olish imkoni yo‘qligini aytgan. "Evaziga esa o‘g‘lim S.Kariyevga nisbatan qonunning insonparvarlik prinsipini qo‘llab, unga nisbatan tayinlangan 18 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosini bekor qilib, Jinoyat kodeksining 57-moddasi asosida yengillik berilishi va uni ozodlikka chiqarilishidan umidvorman. Sizdan ushbu maqsadga erishishimga yordam berishingizni iltimos qilaman", — deydi Munira Kariyeva. Eslatib o‘tamiz, sud hukmi bilan Farmatsevtika agentligining sobiq direktori Sardor Kariyevga 18 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Shuningdek, unga 2 yilu 6 oy muddatda davlat idoralarida rahbarlik lavozimida ishlash huquqidan mahrum qilish tarzdagi qo‘shimcha jazo belgilandi. 👉 👈
Show more ...
Jurabek laboratories “Dok-1 Maks”dan jabrlanganlarga 75 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ni 3 yil ichida to‘lab berishga tayyorligini bildirdi
Evaziga Farmatsevtika tarmoqlarini rivojlantirish agentligi sobiq rahbari Sardor Kariyev ozodlikka chiqarilishi so‘ralmoqda
164 305
393
Pedagoglar kutayotgan qaror loyihasi muhokamaga qo‘yildi: B+ uchun ham ustama berilishi rejalashtirilmoqda Xorijiy tillar va umumta’lim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risidagi qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasiga . Yodingizda bo‘lsa, avvalroq o‘qituvchilarga ustama olish uchun beriladigan milliy sertifikat bo‘yicha biroz tushunmovchilik yuzaga kelgani, Rash modeliga o‘tilishi ortidan qaysi darajadagi sertifikat ustama berilishi so‘roq ostida ekanligini . Bu bo‘yicha Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining qo‘shma qarori loyihasi ishlab chiqilgan. E’tiborlisi, yangi loyihada dastlabki ishlab chiqilgan loyihaga qaraganda o‘qituvchilar tomon yengillik berilgan. Ya’ni dastlabki loyihada umumta’lim fanlari bo‘yicha milliy sertifikatdan Rash modeli bo‘yicha A va A+ daraja ko‘rsatgan o‘qituvchilarga, boshlang‘ich ta’lim (matematika va ona tili va adabiyot) uchun esa С+ va undan yuqori darajaga ustama berilishi nazarda tutilgan edi. Ammo vazirlik bildirilgan fikr va takliflarni inobatga olib, eski loyihani bekor qilgan hamda yangi loyihada talab etilgan minimal darajani bir pog‘onadan tushirgan holda, umumta’lim fanlari uchun B+ daraja (60 balldan yuqori), boshlang‘ich ta’lim uchun esa C daraja (46 balldan yuqori) talab etilishini belgilagan. Loyiha 7-mayda e’lon qilingan bo‘lsa, bugungacha 3 mingdan ortiq izohlar qoldirilgan. Lekin sayti serverlari javob bermayotgani uchun izohlarni o‘qish imkoni bo‘lmadi. Loyiha muhokamasi 22-mayga qadar davom etadi. 👉 👈
Show more ...

Sertifikat loyiha matni (98472).pdf

217 873
2 648
⁉️ O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari qanchaga ko’tariladi? Bu haqda oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo’ng’irotboy Sharipov ma’lum qildi. Joriy yilda barcha yo’nalishlar uchun minimal o’tish bali oshiriladi, endi avvalgidek 56,7 ball bilan o’qishga kirish imkoni bo’lmaydi. Keyin yilda esa, o’tish bali yanada oshiriladi. ✅ Joriy yilgi, ya’ni 2024-2025- o’quv yili uchun o’tish ballari: • sog‘liqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yo‘nalishlari uchun – 75,6 ball; • boshqa yo‘nalishlar uchun – 66,5 ball etib belgilanadi. ✳️ Kelasi yili, ya’ni 2025-2026- o’quv yili uchun o’tish ballari: • sog‘liqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yo‘nalishlari uchun – 94,5 ball; • boshqa yo‘nalishlar uchun – 75,6 ball etib belgilanadi. ℹ️ O’tish bali nima ekanligi haqida bilmoqchi bo’lsangiz, mana bu yerda javob berganman: 👉 👈
Show more ...

IMG_5858.MP4

297 548
5 132
Buxoro shahridagi Osiyo xalqaro universitetida yangi o'quv yili uchun qabul boshlandi Osiyo Xalqaro universiteti talaba boʻlish istagida boʻlgan abituriyentlarga keng tanlov imkoniyatini taqdim etadi. Oliygohda umumiy 20 ta bakalavr va 7 ta magistratura yoʻnalishi mavjud. Tez orada universitetga kirish imtihonlariga start beriladi. Siz ham universitet talabalari safidan joy olish imkoniyatidan foydalanishingiz mumkin. 📝 Roʻyxatdan oʻtish uchun: qabul.oxu.uz Osiyo xalqaro universiteti – muvaffaqiyatli kelajak shu yerdan boshlanadi! 📞 Qoʻshimcha ma'lumotlar uchun bogʻlaning: 998553050009 📂 (№ 249847, 10.11.2022-y) Telegram | Instagram | Facebook |
Ta'lim reklamasi
Show more ...

IMG_8359.MOV

167 496
158
Kechki mutolaa (o‘qish yoki eshitish uchun 9 daqiqa vaqtingiz ketadi) Xoliyor Safarov. Birov bilmasin… (hikoya) Izoh: Inson o‘z maqsadlariga erishish uchun ba’zan uning yo‘llari anchayin qiyin bo‘ladi. Lekin bu yo‘l mashaqqatini inson o‘ziga yutadi. Tashiga chiqarmaydi. Atrofidagilar esa uning chekkan yoki chekayotgan mashaqqatlarini ba’zan sezmaydi. 📖 Matnni o‘qish uchun: 🎧 Audio hikoyani eshitish uchun: 💬 Muhokama 🎙Bugungi hikoya audiosini o‘qigan. 📚 “Kechki mutolaa” doirasida eʼlon qilingan barcha 👉 👈
Show more ...

Xoliyor Safarov. Birov bilmasin.mp3

177 087
521
Ijtimoiy himoya milliy agentligi delegatsiyasi Xitoyning Shanxay shahridagi uchta muassasada boʻlib, ularning tajribasini Jumladan, Shanxay bolalar tibbiyot markazida pediatriya, bolalar jarrohligi va nogiron bolalarni reabilitatsiya qilish boʻyicha, Ulitsyao mavzesidagi Voyaga yetmagan bolalarni himoya qilish markazining qiyin vaziyatga tushib qolgan bolalarning hayotini yaxshilash va ularning oilalarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha faoliyati yuzasidan fikr almashilgan. Shuningdek, Shanxay reabilitatsiya uskunalari koʻrgazmasi markazida nogironlar va keksalarni reabilitatsiya qilishga qaratilgan keng turdagi uskunalar bilan tanishilgan. 👉 👈
Show more ...
154 114
95
9-MAY G'ALABA KUNI EMAS — Lolazor podkast Ushbu sonda 9-may — Xotira va qadrlash kuni bayrami atrofidagi gap-so‘zlar, UzAutoMotors kompaniyasining 4500 ta Chevrolet Lacetti sotgani, davlat mulklarini xususiylashtirish jarayoni, yashirin iqtisodiyotga qarshi kurash maqsadida ishlab chiqilgan qaror loyihasi, "Lolazor" podkastiga berilgan raddiyalar, Moldova prezidentining intervyusi va boshqa mavzularda suhbatlashdik. 📹 Dam olish kunida yoqimli tomosha tilaymiz. 👉 👈
Show more ...

IMG_5846.MP4

181 892
145
Bandlik vazirligi O‘zbekiston bo‘yicha 2024-yil yanvar–aprel oylarida mehnat qonunchiligida eng ko‘p buzilish bo‘lgan sohalarni ● Xalq ta’lim muassasalari – 5 ming 612 ta;  ● Maktabgacha ta’lim muassasalari – 2 ming 173 ta;  ● Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimi – 1 ming 215 ta;  ● Qurilish tashkilotlari – 266 ta;  ● Qishloq xo‘jaligi – 452 ta. 👉 👈
173 579
139
Nodirbek Abdusattorov Magnus Karlsenni magʻlub etdi! 🇺🇿Nodirbek Abdusattorov 🇵🇱Polshada oʻtkazilayotgan Superbet Poland 2024 turnirining blits yoʻnalishi 3-turidan oʻrin olgan bahsda 🇳🇴norvegiyalik Magnus Karlsenni magʻlubiyatga uchratdi. Karlsen farzinni boy berib qoʻyganidan soʻng magʻlubiyatni tan olishga majbur boʻldi. Blits bahslarida 9 turdan soʻng Magnus Karlsen 6 ochko bilan 2-oʻrinda borayotgan boʻlsa, Nodirbek Abdusattorov 4,5 ochko jamgʻargan holda 4-oʻrinni band qilib turibdi. Rapid yoʻnalishida esa Nodirbek 8 ochko bilan 7-oʻrinda bormoqda. Yosh grossmeysterimiz norvegiyalik raqibini bundan avval 2023-yil yanvarda 🇳🇱Niderlandiyadagi Tatar Steel Chess-2023 turnirida ham . Yodingizda boʻlsa, oʻsha turnirda Nodirbek Abdusattorov oxirgi turda 🇳🇱Yorden van Forestga yutqazib qoʻyib, chempionlikni boy berganiga qaramay, jahonning Top-20 grossmeysterlari roʻyxatiga . 👉 👈
Show more ...

video_2024-05-12_09-32-01.mp4

182 113
340
🏢 Target International School’ning 9 yillik yubileyi nishonlanmoqda Xalqaro biznes va IT maktabi Target International School oʻzining 9 yillik yubileyini nishonlamoqda. Shu munosabat bilan, ayni damda Panorama kinosaroyida maxsus bayram tadbiri boshlanmoqda. Tadbir dasturidan bir qator uchrashuvlar, mashhur tadbirkorlar ishtirokidagi treninglar, qiziqarli konkurs hamda shou dasturlari oʻrin olgan. Tadbirni quyidagi havola orqali jonli tomosha qilishingiz mumkin: ☎️ 712000737 | | |
Reklama
Show more ...

IMG_3955.MP4

199 670
104
Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Bosh kotibi Oybek Qosimov Osiyo Olimpiya kengashining “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi Mukofotni Bangkokda bo’lib o’tayotgan Osiyo Olimpiya kengashining 43-Bosh Assambleyasida OOKning amaldagi rahbari Raja Randxir Singx 👉 👈
181 993
108
Bugungi davrda matbuot – nafaqat ko‘zgu, balki mudofa, xavfsizlik masalasi darajasidagi institut Nodavlat telekanallar vakillari bilan uchrashuvda Prezident Administratsiyasi Axborot siyosati departamentining rahbari Komil Allamjonov matbuot erkinligi reytingidagi o‘rnimiz pasayishi sabablari bo‘yicha fikr bildirdi. "Albatta, muammolar ko‘p. Matbuot erkinligi yuzasidan reytinglarimizda o‘zgarish bor. Lekin biz bugun erkin matbuotni huquqiy maydonga olib chiqmas ekanmiz, muammolar sudlarda hal bo‘lishiga erishmas ekanmiz, taraqqiyot o‘rniga xaos paydo bo‘lishi, jurnalist yoki blogerman deb turli noqonuniy harakatlar, shantaj, firibgarlik holatlariga yo‘l qo‘yilishi natijasida jabr ko‘rgan fuqarolar soni ortib ketishiga sababchi bo‘lamiz. Afsuski, bunday holatlar bo‘ldi. Reyting tuzilishida shu kabi hodisalar ham ta’sir qildi deb o‘ylayman", - deb Allamjonov. Shuningdek, u o‘yin qoidasi aniq-ravshan va hamma uchun teng bo‘lsagina, rivojlanish bo‘lishi, so‘z erkinligi – bu barchaning, jumladan, matbuotning ham, unda aks ettirilayotgan shaxslarning ham huquqi ekanligini ta’kidladi. 👉 👈
Show more ...
168 544
79
Surxondaryoda iste’molga yaroqsiz jami 1 tonna 15 kg go‘sht savdosining oldi olindi ➖ “Darband” YPX maskanida 7-may kuni Denov-Toshkent yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan fuqaro M.Sh. avtomashinasi yukxonasida 140 kg mol go‘shti olib ketilayotganligi aniqlangan; ➖ 8-may kuniga o‘tar kechasi shu yo‘nalish bo‘ylab harakatlanib kelayotgan fuqaro A.A. avtomashinasi yukxonasida 475 kg mol go‘shti olib ketayotganligi aniqlangan; ➖ Sho‘rchi-Toshkent yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan fuqaro N.J. avtomashinasi yukxonasida 400 kg mol go‘shti olib ketayotganligi ma’lum bo‘lgan. Barcha holatlarda go‘sht tegishli veterinariya hujjatlarisiz olib ketilayotgan bo‘lgan. Laboratoriya tekshiruvida mahsulotlar iste’molga yaroqsiz ekanligi aniqlangan. Go‘sht egalariga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddasiga asosan ma’muriy bayyonnoma rasmiylashtirilgan va go‘sht mahsulotlari belgilangan tartibda 👉 👈
Show more ...
191 820
307
“Volida” bolalar bog‘chasida qabul davom etmoqda 🎉 3-7 yosh oralig‘idagi bolajonlar uchun mo‘ljallangan yangi “Volida” bolalar bog‘chasida qabul jarayonlari davom etmoqda.  Bog‘chaning afzalliklari: • 4 mahal issiq taom (taomnomalar nutrisiologlar tomonidan nazorat qilinadi) • Bolajonlardagi muhim ko‘nikmalarni shakllantirish; • Iqtidorni aniqlash bo‘limi mavjudligi; • Ingliz va arab tilidan boshlang‘ich ta’lim; • Har oylik ota-onalar yig‘ilishi; • Sport to‘garaklari va qulay sharoit. ⭐️ Bir oiladan ikki yoki undan ortiq farzand o‘qisa, qo‘shimcha chegirmalar mavjud.  Joylar soni chegaralangan. 📍 Manzil: 📞 Batafsil ma’lumot uchun: 998781137818 Reklama
Show more ...

IMG_6890.MP4

182 717
133
Podpolkovnik Tursunov Ikromjon Normurodovich Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga U bunga qadar Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida xizmat qilgan. 👉 👈
187 640
213
Transport vositalarini qayta roʻyxatdan oʻtkazish yigʻimi kamaytirildi Ichki ishlar vazirining buyrugʻiga asosan, avtotransport vositalari, elektromobillar, mototransport vositalari va avtotransport vositalarining tirkamalarini qayta roʻyxatdan oʻtkazish uchun yigʻim BHMning 10 foizi (34 ming soʻm) miqdorida etib ❗️BU MUHIM: qayta ro’yxatdan o’tkazish bu o’zganing nomidagi mashinani sotib olish emas! Qayta ro’yxatdan o’tkazishda mashina bir kishining nomida qolaveradi, begonaning nomiga o’tmaydi, faqat ayrim sabablarga ko’ra (masalan, mashinaga gaz qo’yilgani) “texpasport” almashadi yoki o’zgaradi. Agar mashina o’zganing nomiga begonalashtirilsa (masalan, sotilsa) yoki salondan yangi mashina sotib olinsa, unda bu ro’yxatdan o’tkazish hisoblanadi va 1-apreldan boshlab, elektromobillar uchun 1,5 BHM (510 ming so‘m), qolgan barcha avtomobillar uchun 6,84 BHM (2,32 mln so‘m)ni tashkil etadi. ✅ Maʼlumot uchun, transport vositalari va ularning tirkamalari quyidagi hollarda qayta roʻyxatdan oʻtkaziladi: — mulkdorning (jismoniy shaxsning) ismi, familiyasi yoki otasining ismi oʻzgarganda; — mulkdor (yuridik shaxs) qayta tashkil etilganda yoki nomlanishi oʻzgarganda; — avtomototransport vositasining roʻyxatdan oʻtkazish joyini oʻzgartirishni talab qilmagan holatda avtomototransport vositasi egasining yashash (turgan) joyi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgarganda; — yuridik shaxslarga tegishli yuk avtotransport vositalarining, avtobus va mikroavtobuslarining saqlab turiladigan joyi oʻzgarganda; — avtomototransport vositalarining rangi va (yoki) raqam agregati oʻzgarganda; — avtomototransport vositasi qayta jihozlanganda; — avtomototransport vositasini yoki roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgisini roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasi yaroqsiz holga kelganda, shikastlanganda yoki yoʻqolganda. 👉 👈
Show more ...
201 791
972
🏢 Profi University’ga qabul boshlandi! 6 000 000 so'mgacha stipendiya sohibi bo'ling! Nima uchun aynan Profi University? Nima uchun 6000 dan ziyod talaba bizga ishonch bildirdi? - 2 yil O‘zbekistonda, 2 yil xorijda o’qish imkoniyati; - 2 ta diplomga ega bo’lish imkoniyati; - Zamonaviy tibbiyot laboratoriyalari; - O‘qish vaqtida amaliyot; - Bitiruvchilarni ish bilan ta'minlash; - Sifatli ta'lim; - Davlat granti va stipendiya. “Profi University”da 2024-2025 o‘quv yili uchun qabul rasman boshlandi. Imkoniyatni qoʻldan boy bermang, hoziroq “Profi” oilasiga qo'shiling! Batafsil ma'lumot uchun: 📲 78-777-11-11 yoki Ro‘yxatdan o‘tish uchun: (№ 189078, 10.11.22-y.) Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇 | Reklama
Show more ...
171 766
381
Endilikda yengil konstruksiyali issiqxonalar o‘rnatish, urug‘liklar, ko‘chatlar va sug‘orish vositalari xarid qilishga subsidiya olish uchun tomorqa yer egasi bo‘lish talab etilmaydi. Bu haqda hukumatning tegishli qarori Shuningdek, qaror bilan yengil konstruksiyali issiqxonalar o‘rnatish, urug‘liklar, ko‘chatlar va sug‘orish vositalari xarid qilish uchun beriladigan subsidiyalarning aniq miqdori bekor qilindi. Endilikda subsidiya miqdori agentlikning hududiy boshqarmasi, yetkazib beruvchi tashkilot va talabgor o‘rtasida tuzilgan uch tomonlama shartnoma shartlariga bog‘liq bo‘ladi. 👉 👈
Show more ...
167 503
242
Kechki mutolaa (o‘qish yoki eshitish uchun 10 daqiqa vaqtingiz ketadi) Anton Chexov. Vanka (hikoya) Izoh: Yaqindan shaharda yashay boshlagan 9 yoshli bolakayning bobosidan boshqa hech kimi yo‘q. To‘g‘ri, yana bir olam xotiralari va qishloqqa qaytish orzusi ham bor. Aynan ular Vankaga yo‘qotgan bolaligiga yetishish umidini bermoqda. Bolaning o‘zidek sof xayollari, kechinmalari sizni befarq qoldirmasligi aniq. 📖 Matnni o‘qish uchun: 🎧 Audio hikoyani eshitish uchun: 💬 Muhokama 🎙Bugungi hikoya audiosini o‘qigan. 📚 “Kechki mutolaa” doirasida eʼlon qilingan barcha 👉 👈
Show more ...

Anton Chexov. Vanka (hikoya).mp3

196 347
590
Ota-bobolarimiz qonini to‘kkan bosqinchilarning tasmasini taqish — sharmandalik! Yaqinda o‘g‘limning bog‘chasida 9-may — Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirdan bir kun oldin bog‘cha ma’muriyati va ota-onalar o‘tiradigan Telegram guruhda “bolalarga Georgiy tasmasini taqmanglar, agar tasma kerak bo‘lsa faqat O‘zbekiston bayrog‘i shaklidagisini taqinglar” deb ogohlantirib yozdim. Xayriyatki, bog‘cha ma’muriyati ham urush va qonxo‘rlikni ifodalaydigan barcha ramzlardan mutlaqo foydalanmasligini aytdi. Keyin ma’lum bo‘ldiki, Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligidan ham bu borada bog‘chalarga alohida topshiriq tushgan ekan (bundan juda xursand bo‘ldim). Bugun 9-may bahonasida ijtimoiy tarmoqlarda, ko‘cha-ko‘yda Georgiy tasmasiga tez-tez ko‘zimiz tushyapti. Afsuski, haligacha yurtdoshlarimiz mazkur tasma tarixini bilmasdan, ko‘kraklariga taqib yurishibdi. Georgiy tasmasi tarixi Rossiya imperatori Yekaterina II davriga borib taqaladi. Ushbu tasma va shu nomdagi orden o‘zga yurtlarni bosib olgan rus bosqinchilariga mukofot sifatida berilgan. Jumladan, Turkiston o‘lkasiga qilingan bosqinchilik yurishlari davrida ham ota-bobolarimizning qonini to‘kkanlarga Georgiy tasmasi berilgan. “Qo‘qon xonligini zabt etgani uchun”, “Markaziy Osiyoga yurishi uchun”, “Xiva xonligiga yurishi uchun” kabi medallar ta’sis etilib, ularning barchasida mana shu tasmadan foydalanilgan. Tasmadagi qizg‘ish sariq rang – urush va olov rangi bo‘lsa, qora rang urushning doimiy hamrohi bo‘lmish burqsib turgan tutun va yovuzlik rangini anglatadi. ❌ Shu sababli, yurtdoshlarimizni mazkur tasmadan foydalanmaslikka, ota-bobolarimiz qonini to‘kib, yerlarimizni egallagan bosqinchilarning ramzlarini ulug‘lamaslikka, aksincha butunlay voz kechishga chaqiraman. ✅ Buning o‘rniga 🇺🇿Vatanimiz bayrog‘ini ifodalovchi, ezgulik, mustaqillik va tinchlik ramzi bo‘lgan sharaf tasmasini taqish maqsadga muvofiq. 👉 👈
Show more ...
219 694
731
Qaysi mahallada sport maydonchasi qurishni odamlar ovoz berib hal qiladi Sport vazirligi tashabbusi bilan 1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni arafasida respublikamizning barcha tuman va shaharlarining har biriga bittadan sport maydonchasi qurib berish bo‘yicha tanlov o‘tkaziladi. Sport maydonchalari tuman (shahar)lar kesimida eng ko‘p ovoz olgan mahallaga qurib beriladi. ❗️Ovoz berish jarayoni ertaga, 10-maydan boshlanib, 1-iyungacha saytida bo‘lib o‘tadi. Joriy yilda ushbu tizim sinov tariqasida o‘tkazilayotgani sababli, mahalla qo‘shish imkoniyati yo‘q. Vazirlikning o‘zi hududlardan kelgan so‘rovlar asosida ehtiyojmandligiga qarab, har bir tuman yoki shahar bo‘yicha 3 tadan nomzod mahalla ro‘yxatini oldindan kiritib qo‘ygan. Ovoz berish ana shu mahallalar orasida bo‘lib o‘tadi. Kelgusida xuddi Tashabbusli byudjetga o‘xshab, fuqarolar uchun ham o‘z mahallasini taklif qilish imkoniyatini qo‘shish rejalashtirilmoqda. Ovoz berish telefon raqamni va unga kelgan SMS kodni kiritish orqali bo‘ladi. 👉 👈
Show more ...

IMG_5832.MP4

474 140
2 653
Faqat bugun Asaxiyda barcha kitoblarga 19 foiz chegirma. Undan tashqari uch va undan ortiq kitobga O'zbekistonning xohlagan hududiga yetkazib berish xizmati BEPUL! Foydalanib qoling:
Reklama
189 998
288
9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan bugun soat 21:00 da “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida mushakbozlik 👉 👈
207 147
774
Tinchlik uchun jon bergan insonlarning joylari jannatdan bo‘lsin. Yurtimizda doim tinchlik bo‘lsin, ilohim. Dunyodagi nizolar ham tezroq tugasin, odamlar urushdan o‘lmasin. 👉 👈
218 128
228
🥳XushnudbekUz kanali 6 yoshga to‘ldi Roppa-rosa 6 yil oldin, ya’ni 2018-yil 8-may kuni kanalida qoldirilgan edi. 6 yil ichida kanalda 24 mingga yaqin postlar eʼlon qilindi (forvardlari bilan). Bugungi kunda obunachilar soni 512 mingdan ko‘proqni tashkil qilmoqda. Avval ham aytgan fikrlarimni takrorlamoqchiman. Kanalim menga ko‘p narsa o‘rgatdi, tarbiyaladi. Turli kutilgan va kutilmagan savdolarni boshimga soldi, quvonchli va baʼzan dilni xira qiluvchi vaziyatlarni tuhfa qildi. Masʼuliyatli bo‘lishga, maʼlumotlarni qayta va qayta tekshirish, shoshmashosharlik qilmaslikka, o‘z ustimda tinimsiz ishlashga o‘rgatdi. Eng asosiysi kanalim menga Sizlardek qadrdon insonlarni berdi. O‘zbekiston va xorijdagi turli nuqtalardan meni kuzatib, fikrlarimga munosabatlar beradigan, xursandchilik kunlarimda men bilan birga quvonadigan, baʼzan men uchun qayg‘uradigan, xato qilgan paytlarim tanqid qilib, to‘g‘ri yo‘lga boshlaydigan yarim milliondan oshiq aziz va samimiy yaqinlarim paydo bo‘ldi. Bularning barchasi Allohning menga bergan marhamati, desam adashmagan bo‘laman. Boringizga shukr! Barchangizni g‘oyibona hurmat qilaman. P/S: @xushnudbekuz kichik kanalim esa 2 yoshga to’ldi :) 👉 👈
Show more ...
233 625
148
Vazirlik mas’ullaridan aniqlashtirdim: Grantni faqat 1 yilga berilishi haqidagi yangi tartib faqat joriy yilda o’qishga kiradigan 1-bosqich talabalari uchun taalluqli bo’ladi. Hozir grantda o’qiyotgan birinchi va undan yuqori bosqichdagi talabalarda o’qishining oxirigacha granti saqlanib qoladi, ularga ushbu yangi tartib amal qilmaydi. 👉 👈
332 402
6 774
Toshkentdagi TMC xalqaro instituti 2024/2025-oʻquv yili uchun yangi yoʻnalishlar ochilganini eʼlon qiladi Xalqaro BSc dasturlari: • biznes va boshqaruv; • xalqaro buxgalteriya; • xalqaro logistika va savdo moliyasi; • kompyuter fanlari; • turizm va mehmonxona boshqaruvi. Iqtisodiyot fakulteti: • iqtisodiyot; • bank ishi va auditi; • moliya va moliyaviy texnologiyalar; • buxgalteriya hisoboti va audit; • logistika; • transport logistikasi. Axborot texnologiyalari: fakulteti • axborot tizimlari va texnologiyalari. Pedagogika fakulteti: • filologiya va tillarni oʻqitish; • psixologiya; • pedagogika; • boshlangʻich ta’lim; • maktabgacha ta’lim. 🖥 ☎️ +998 71 207 00 32 📄 (№156361, 21.07.2022-y.) |
Reklama
Show more ...
219 023
430
Endilikda ta’lim granti talabalarga bir o‘quv yili uchun ajratiladi Bunda: 1-kursda grantlar o‘qishga kirishdagi imtihon natijalari bo‘yicha taqsimlanadi, 2-kursdan boshlab esa reyting ko‘rsatkichlari bo‘yicha eng yuqori ball to‘plagan talabalarga ajratiladi. ➖ lekin ijtimoiy-rag‘batlantiruvchi grant olganlar, ya’ni maqsadli qabul va imtiyoz asosida qabul qilingan talabalarga esa davlat granti butun o‘qish davri uchun beriladi. 👉 👈
343 209
5 713
⚡Magistratura va doktoranturaga ayrim yo’nalishlarda xorijiy til bilish sertifikati B1 darajaga pasaytirildi Bunda quyidagi tartib o’rnatiladi:ta’lim dasturini xorijiy tilda yakunlagan talabalar uchun sertifikat talabi bekor qilinadi; ⬇️ soha xususiyatidan kelib chiqib madaniyat, san’at, sport, ta’lim, sog‘liqni saqlash, ishlab chiqarish, muhandislik ishi, qishloq xo‘jaligi, veterinariya, arxitektura va qurilish, fizika va tabiiy fanlar, transport xizmatlari yo‘nalishlari bo‘yicha sertifikat talabi bir pog‘ona – B1 darajasiga tushiriladi. ✅ Quyidagilar saqlanib qoladi: Xorijiy tillar yo‘nalishlarida esa C1 daraja; aniq fanlar, biologiya, matematika, huquq, jurnalistika, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va iqtisodiyot yo‘nalishlarida B2 daraja saqlanadi. 👉 👈
Show more ...
458 202
18 032
‼️Ta’lim granti asosida tahsil olgan talabalarning o‘qishni tugatgandan so‘ng 3 yil ishlab berish majburiyati bekor qilinadi. 🏫 Manba: O’zA 👉 👈
389 781
8 624
⚡O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari o'zgardi O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish bali 2 bosqichda oshiriladi, deya O’zA. Bunda: sog‘liqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yo‘nalishlari uchun – 94,5 ball; boshqa yo‘nalishlar uchun – 75,6 ball etib belgilanadi. Amalda barcha yo‘nalishlar uchun – 56,7 ball edi. 👉 👈
419 382
6 845
Shavkat Mirziyoyev Mudofaa vazirligining Markaziy harbiy klinik gospitaliga borib, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari 👉 👈
180 008
282
Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan 8-may kuni Toshkent shahrining asosiy koʻchalarida Mudofaa vazirligi qoʻshinlari harbiy boʻlinmalarining namoyishkorona piyoda yurishlari Tantanali ravishdagi piyoda yurishlari bugun soat 14:00 da “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasidan boshlanadi. “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi (Sagʻbon va Zarqaynar koʻchalari orqali) – Oʻzbekiston davlat tabiat muzeyi – “Chorsu” bozori – Toshkent sirki (Zarqaynar koʻchasi) – “Xalqlar doʻstligi” sanʼat saroyi (Oʻzbeksiton shoh koʻchasi va Furqat koʻchasi) – “Magic City” maydoni (Furqat koʻchasi) yoʻnalishi boʻylab harakatlangan harbiy boʻlinmalarning “Magic City” maydonidagi toʻxtash nuqtasida Faxriy qorovul jamoasi va qoʻl jangi ustalarining koʻrgazmali chiqishlari, boʻlinmalarning jangovar chaqirigʻi, harbiy orkestrning difele namoyishlari ijro etiladi. 👉 👈
Show more ...
198 100
422
Bugun hamma xodimlar 1 soat vaqtli ketishi kerak! Mehnat kodeksining 187-moddasiga ko‘ra, bayram kunlari arafasida har kunlik ishning (smenaning) davomiyligi barcha xodimlar uchun kamida 1 soatga qisqartiriladi. Ertaga 9-mayXotira va qadrlash kuni, dam olish kuni sifatida belgilangan bayram. Demak, bugun, 8-may kuni barcha xodimlar 1 soat vaqtliroq uyiga ketishiga qonuniy haqqi bor. Eslatib o’taman, bayramdan oldingi kuni ishning (smenaning) davomiyligini qisqartirish imkoni bo‘lmagan uzluksiz ishlaydigan tashkilotlarda va ayrim turdagi ishlarda ortiqcha ishlaganlik xodimga qo‘shimcha dam olish vaqti berish yoki xodimning roziligi bilan ish vaqtidan tashqari ish uchun belgilangan normalar bo‘yicha haq to‘lash orqali kompensatsiya qilinadi. 👉 👈
Show more ...
224 688
2 249
Toshkentda 6-may kuni Xalqaro amaliy fanlar universitetlari rektorlari forumi boʻlib oʻtdi Forumda nazariy bilimlarni amaliyotda qoʻllashning ilgʻor tajribalari muhokama qilindi. Jami 14 davlatdan tashrif buyurgan 18 ta universitet bilan hamkorlik oʻrnatildi. Shuningdek, “ERASMUS+” doirasida Toshkent amaliy fanlar universiteti va Yevropa universitetlari yangi loyihaga start berdi. 👉 👈
186 493
120
Bugun Yuriy Dud kanalida Moldova prezidenti Mayya Sandu bilan intervyu Intervyuni ko‘rgan Muhrim bir qiziq joyiga 2022-yili Moldovada gaz inqirozi bo‘lgan ekan. Sandu aytyaptiki, Rossiyaning “Gazprom” kompaniyasi “Moldovagaz” bizdan 700 (yetti yuz) mln dollar qarz, shu qarzni Moldova hukumati o‘z zimmasiga olib, to‘lamasa, biz boshqa gaz bermaymiz, deb shart qo‘ygan. Sanduning ma’muriyati xalqaro auditorlarni jalb qilib, “Gazprom” keltirgan hisob bo‘yicha qarzdorlikni hisoblab chiqsa, qarz “Gazprom” aytganidek 700 mln emas, atigi 8 (sakkiz) mln dollar bo‘lib chiqqan. Hozir Moldova gazni Yevropa bozoridan sotib olayotgan ekan. "Sanduning intervyusidagi bu parcha nimasi bilan e’tiborga molik? Shunisi bilanki, birinchidan, bu ssenariy 2019-yili o‘xsharkan, ikkinchidan, Rossiya kompaniyasi xalqaro auditorlarni jalb etmasligimizni bilib, bizni chuv tushirgan bo‘lsa kerak. Tag‘inam kim bilsin", — deb yozyapti Muhrim. 👉 👈
Show more ...

moldovagaz-1.mp4

204 883
379
Shavkat Mirziyoyev 8-9-may kunlari amaliy tashrif bilan Moskva shahrida bo‘ladi. 👉 👈
190 303
148
DXX tomonidan turli mansabdor shaxslar pora bilan ushlandi ➖ Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumani prokurori o‘rinbosari 2000 dollar olgan vaqtida ushlangan. U pora olish bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bog‘cha rahbariga nisbatan tanishlari orqali ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanmasligiga yordam berishi evaziga 3 ming dollar talab qilgan va 1000 dollarni avvalroq olgan; ➖ Namangan viloyatining Chortoq tumanidagi agrofirma rahbari tuman hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bilan fermer xo‘jalikning davlat zaxirasiga olingan 10 gektar yer maydonini ixtiyoriga qaytarib berish hamda bajarilmagan g‘alla ekish rejasini ijobiy hal qilib berish evaziga 2,5 ming dollar talab qiladi. Agrofirma rahbari so‘ralgan puldan 1000 dollar va 5 mln so‘m olgan vaqtida qo‘lga olingan. Chortoq tuman hokimi o‘rinbosari esa 100 dollarni olib, qolgan qismini agrofirma rahbariga o‘zida saqlab turishini aytgan vaqtida ushlangan; ➖ Angren shahar elektr ta’minoti korxonasi boshlig‘i o‘rinbosari o‘z rahbarining og‘zaki topshirig‘iga asosan, savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi MChJning transformatorini elektr tarmog‘iga ulab, tegishli hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga xizmat xonasida 40 mln so‘m olgan vaqtida ushlangan. Angren shahar elektr ta’minoti korxonasi boshlig‘i ham protsessual tartibda ushlangan; ➖ Davlat kadastrlar palatasining Yangihayot tuman filiali boshlig‘i tumandagi 20 sotix yer maydonida qurilgan uy-joy uchun kadastr hujjatlarini tayyorlab berish evaziga 25 ming dollar olgan vaqtida qo‘lga olingan. Hozirda mazkur mansabdor shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari 👉 👈
Show more ...

Коррупция.mp4

200 298
219
Xon Saroy’da bahoriy chegirmalar! Qulay rejalashtirishga ega Xon Saroyʼning “Zoʻrsan” loyihasidan xonadon xarid qilib, boshlangʻich toʻlovni amalga oshiring va qolgan qismini oyiga 5,7 mln soʻmdan toʻlab boring. Loyiha hududida quyidagilar mavjud: 👉Bog‘cha va maktab; 👉Xavfsiz bolalar maydonchasi; 👉Avtoturargohlar; 👉24/7 kuzatuv kameralari. ☎️ 712007400 ☎️ 555017400 🌐
Reklama
176 465
223
Amudaryo tumanida Qipchoq – Blok post stansiyalari oralig‘idagi temir yo‘l kesishmasini jihozlash bo‘yicha qo‘shimcha ishlar olib borilayotgani sabab qo‘shma  ko‘prikda 7-may soat 14:00 dan 9-may soat 14:00 gacha avtotransport vositalari harakati vaqtincha Vaqtincha harakat "Qipchoq ponton ko‘prigi" orqali amalga oshiriladi. 👉 👈
185 660
247
🇺🇿O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati raisi Abdusalom Azizov 6-may kuni Farg‘ona shahrida 🇰🇬Qirg‘iziston milliy xavfsizlik qo‘mitasi raisi Kamchibek Tashiyev hamda 🇹🇯Tojikiston milliy xavfsizlik qo‘mitasi raisi Saymo‘min Yatimov bilan Muzokara davomida mintaqaviy xavfsizlik, terrorizm, narkotrafikka qarshi kurashish hamda chegara masalalari muhokama qilingan. Asosiy mavzu esa qirg‘iz-tojik chegarasidagi nizolarni tinch yo‘l bilan bartaraf etish bo‘lgan, shekilli. Chunki rasmiy xabarda aytilishicha, muzokaralar yakunida Qirgʻiziston-Tojikiston hukumatlararo komissiyasi aʼzolariga chegaraning qolgan uchastkalarini muvofiqlashtirish, shuningdek, tegishli ikki tomonlama shartnomani tayyorlash va imzolash boʻyicha aniq topshiriqlar berilgan. O‘zbekiston ikki qo‘shnilarimiz o‘rtasida tinchlik o‘rnatishda vositachilik qilayotganga o‘xshaydi. Tinchlik bo‘lsa, mintaqada hammaga yaxshi bo‘lardi. 👉 👈
Show more ...
200 117
160
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlarining har biriga 20 000 000 (yigirma million) so‘m miqdorida bir martalik pul mukofoti beriladi. Bu haqda Prezidentning tegishli farmoni qabul qilindi. 👉 👈
225 369
523
Bilimli abituriyentlar uchun ham zo‘r yangilik! Endilikda muayyan bir yo‘nalishga ajratilgan davlat granti doirasida yuqori ball to‘plagan abituriyent, tanlagan oliy ta’lim muassasasidan qat’i nazar, davlat grantiga tavsiya etiladi. Ya’ni, yuqori ball olgan yoshlar o‘qishga kirmay qolmaydi. Avvallari ayrim abituriyentlar yuqori ball to‘plasa-da, topshirgan oliygohining kvotasi soniga qarab, o‘qishga kirolmay qolar edi. Masalan, qaysidir OTMda bitta yo‘nalishda 90 ball olgan abituriyent grantga o‘qishga kirar, boshqa OTMda esa xuddi shu yo‘nalishda 160 ball olgan abituriyent o‘qishdan yiqilar edi. Endi davlat grantlari iqtidorlilarga, yuqori ball olganlarga yo‘naltiriladi. 👉 👈
Show more ...
483 704
6 750
‼️Zo‘r xabar: endi davlat granti 4-yilga bitta talabaga emas, balki har yili yuqori baholarga erishgan talabalar orasida qayta taqsimlanadi. Bu haqda bugun Shavkat Mirziyoyev huzurida oliy ta’lim tizimi bo‘yicha bo‘lgan taqdimotda aytildi. Davlatimiz rahbari bu tizimni adolatli yo‘lga qo‘yish, yoshlarga va ota-onalarga yetkazish zarurligini ta’kidladi. 👉 👈
669 452
15 692
Hujjatlar nusxasini so‘rash qonuniymi? Byurokratiyadan qachon qutilamiz? Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi 5 yil staji bor ayollar uchun tavsiyanoma berish maqsadida arizalar qabul qilishni boshladi. Hujjatlar 1-iyunga qadar tuman (shahar) ishchi guruhlarida qabul qilinadi. Nomzodlardan so‘ralayotgan hujjatlar: ➖ fuqarolik pasporti yoki ID karta nusxasi; ➖ mehnat daftarchasi (elektron mehnat daftarchasi)dan ko‘chirma; ➖ o‘rta-maxsus yoki professional ta’lim bo‘yicha diplom. Ya’ni 5 yil staji bor ayollar 3 ta hujjatni ko‘tarib, ishchi guruh qayerdaligini topib, ovora bo‘lib borishi kerak. Kimnidir qosh-qovog‘iga qarashi, tavsiyanoma berasizlarmi, iltimos, hal qilib bering, deb so‘rashi kerak. Va eng qizig‘i boshqa joyda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va Farmonlariga asosan davlat organlari va tashkilotlari tomonidan quyidagi hujjatlarni talab qilish bekor qilingan: — shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi; — shaxsning belgilangan shakldagi fotosurati; — mehnat daftarchalari va ularning nusxalari; — kadastr hujjatlari va ularning nusxalari; — soliq to‘lovchi jismoniy shaxslarning davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yilganligi; — diplom ma’lumotlari (oliy ta’lim va o‘rta maxsus); — tadbirkorlik subyekti davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma ma’lumotlari; — “Manzil-ma’lumot”, shuningdek, doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar va boshqalar (to‘liq ro‘yxat yuqoridagi farmonlar havolasida). Bu turdagi hujjatlar davlat organlari va tashkilotlari tomonidan "Elektron hukumat" tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasidan foydalangan holda olinadi. Ko‘rinib turibdiki, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi so‘rayotgan 3 ta hujjatni (uning ikkitasi shunchaki nusxa) so‘rash Prezident farmonlari bilan taqiqlangan. Nahotki bunga hech kim e’tibor qilmaydi? Ushbu tavsiyanomani berish 2022-yildan boshlangan. Oradan 2 yil o‘tdi. Bu vaqt ichida bemalol shu tizimni onlayn qilsa bo‘lar edi. Hech kimdan hech qanaqa hujjat so‘ralmaydigan, hech kimni ovora qilmaydigan, inson omilidan butunlay xoli tizim qilsa bo‘lardi. Faqat ozgina xohish kerak edi xolos. Bunday tizim qo‘mitada mavjud bo‘lmaganda ham mayli edi. Ehtiyojmand ayollarga beriladigan boshqa tavsiyanomani olish uchun aynan onlayn ariza beriladi, qo‘shimcha hujjat so‘ralmaydi. Nega shunaqa imkoniyatni 5 yil stajli ayollarga ham qilish mumkin emas? Hayronman ochig‘i. 👉 👈
Show more ...
218 182
744
Aytgancha, 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan qo‘shimcha dam olish kunlari yo‘q. Ya’ni faqat 9-may, payshanbada dam olish kuni bo‘ladi, boshqa kunlar odatiy ish kuni hisoblanadi. 👉 👈
225 855
1 161
9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan 8 va 9-may kunlari “Toshkent — Qarshi — Toshkent” yo‘nalishida “Afrosiyob” elektropoyezdining qo‘shimcha harakati Poyezd quyidagi jadval asosida harakatlanadi: ● 762-sonli “Toshkent — Qarshi” yo‘nalishi: Toshkent — soat 6:59 Qarshi — soat 10:33761-sonli “Qarshi — Toshkent” yo‘nalishi: Qarshi — soat 16:51 Toshkent — soat 20:20. ⠀ 👉 👈
204 608
128
Saudiya Arabistoni, Turkiya, Misr va boshqa ko‘plab mamlakatlarga sayohat qilganda qanday qilib mobil aloqa xarajatlarini tejashni bilasizmi? Mobiuz safarlarda kompaniyaning eSIM va SIM-kartalaridan foydalanish afzalliklari hamda roumingdagi turli xizmatlar narxlari bilan oʻrtoqlashmoqda. Eslatib o‘tamiz, rouming xizmatini faollashtirish mumkin. | |
Reklama
190 346
112
⚡️ Xotin-qizlarga tavsiyanoma olish uchun arizalar qabuli boshlandi Mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yil mehnat staji mavjud, biroq oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan xotin-qizlar davlat oliy ta’lim muassasalariga alohida qabul parametrlari (jami 500 ta kvota) doirasida to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinishi belgilangan. Ushbu imtiyozdan foydalanmoqchi bo‘lgan xotin-qizlar Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining tavsiyanomasiga ega . 📝 Talabgorlar joriy yilning 1-iyuniga qadar (shu kuni ham) ariza bilan doimiy yashash yoki vaqtincha ro‘yxatda turgan joyidagi tuman (shahar) Ishchi guruhlariga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi kerak: ➖ fuqarolik pasporti yoki ID karta nusxasi; ➖ mehnat daftarchasi (elektron mehnat daftarchasi)dan ko‘chirma; ➖ o‘rta-maxsus yoki professional ta’lim bo‘yicha diplom. ✅ BU MUHIM: tavsiyanoma oldim, degani o‘qishga kirdim, degani emas. Buning uchun siz yetarli darajada balandroq ball to‘plashingiz ham kerak. Ushbu tavsiyanomani olgan xotin-qizlar mabodo o‘qishdan yiqilsa, yana bir marta imkoniyatga ega bo‘ladi va barcha yiqilgan tavsiyanomalilar orasida 500 ta o‘rindan biri orqali kontraktga o‘qishga kirishi mumkin. Imtiyoz qo‘llanishi haqida batafsil bu yerda: Tasavvur hosil qilish uchun 2022-yilgi kvotalar va tartib haqida bu yerda o‘qishingiz mumkin: ❗️ESLATMA: 2022 hamda 2023-yillarda tavsiyanoma olgan, lekin o‘qishga kira olmagan xotin-qizlar yana hujjat topshirishi shart emas. Oxirgi 2 yilda olingan tavsiyanoma haliyam kuchga ega, o‘sha bilan topshirishlari mumkin. ‼️ESLATMA-2: O‘tgan yillarda tavsiyanoma olib, o‘qishga kirganlarning tavsiyanomasi esa o‘z kuchini yo‘qotgan, yaʼni kuygan bo‘ladi. ℹ️ Tavsiyanoma olish uchun talabgorlar quyidagi mezonlarning barchasiga muvofiq kelishi kerak: ➖ o‘rta maxsus yoki professional ta’lim bo‘yicha mutaxassislikka ega bo‘lishi; ➖ tavsiyanoma olgunga qadar oliy ta’lim olmaganligi yoki olmayotganligi; ➖o‘rta maxsus yoki professional ta’lim mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yillik mehnat stajiga ega bo‘lishi.   Talabgorlar tomonidan taqdim etilgan ariza va hujjatlar tuman (shahar) Ishchi guruhlari tomonidan o‘rnatilgan tartibda 1-7-iyun kunlari ko‘rib chiqiladi va tavsiyanoma berish yoki tavsiyanoma berishni rad etish to‘g‘risida xulosa qabul qilinadi. ❗️Tavsiyanoma ball qo‘shib bermaydi. 👉 👈
Show more ...
Xushnudbek.uz
❓5 йил иш стажга эга хотин-қизларни ўқишга қабул қилиш ҳақида қарор чиқдими? #abituriyent ✅ЖАВОБ: Ҳа, шундай қарор чиқди. Бу бўйича Ҳукуматнинг 9 июндаги 322-сон қарори қабул қилинди. Аммо! Ушбу тартиб бўйича айрим жиҳатларни билиб қўйишингиз керак. 🎙Батафсил аудиохабарда👆 Биринчидан, 5 йил стажи бор ҳамма хотин-қиз ўқишга киради, дегани эмас. Ҳар йили 500 та контракт учун (грант йўқ) жой ажратилади. Масалан, 10 минг хотин-қиз тавсиянома олса, шундан фақат 500 киши мазкур тартиб бўйича қабул қилинади. Иккинчидан, стажи борлар имтиҳонсиз ўқишга киради, дегани эмас. БАРЧА тавсиянома олганлар тестга албатта киради ва юқорироқ балл олиши керак. ❗️Тавсиянома балл қўшиб бермайди. Учинчидан, бу фақат коллеж ёки техникумни тугатганлар учун амал қилади, мактабни тугатиб, ўрта маълумот билан ишлаётганларга тааллуқли эмас. Тўртинчидан, бу фақат коллеж/техникум дипломидаги мутахассислик бўйича ишлаётганларга амал қилади. Масалан, банк коллежини тугатиб, 5 йил тикувчи бўлиб ишлаганларга тавсиянома берилмайди. 👉 @xushnudbek 👈
325 242
4 643
Toshkentdagi “Oʻzekspomarkaz”da 1-2-may kunlari nogironligi boʻlgan hunarmand va yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda nogironligi boʻlgan shaxslarni ish bilan taʼminlagan tadbirkorlik subyektlarining “Inson uchun” savdo koʻrgazmasi . Koʻrgazma doirasida tadbirkor va hunarmandlar bilan vazirlik, davlat va nodavlat notijorat tashkilotlar oʻrtasida 350 milliard soʻmdan ortiq shartnomalar tuzildi. 👉 👈
191 475
49
Last updated: 11.07.23
Privacy Policy Telemetrio