✅ Jizzax viloyati Mirzachoʻl tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimiga qarashli 10-son DMTT ning logoped oʻqituvchilari tomonidan "2022-2023 oʻquv yilida oʻtkaziladigan oʻquv seminarlar jadvali" asosida 2023-yil 31-may kuni MMTBda faoliyat olib borayotgan logoped mutaxassislari uchun
📚 "Maktab va maktabgacha yoshdagi bolalarda uchraydigan nutq nuqsonlari va ularni bartaraf etish usullari" mavzusi doirasida oʻquv amaliy seminar tashkil etildi.
✏️ Seminarda MMTB dan kelgan mutaxassis, metodistlar G.Jonqobilova, S.Qurbonova mazkur DMTT direktori L.Uyabekova, tarbiyachilar va ota-onalar ham tashrif buyurishdi.
🔵 Dastlab seminarda yetakchi logopedlar tomonidan seminar mavzusi kengroq yoritib, tushunchalar berildi va logoped mashgʻulotiga qatnovchi bolajonlar tomonidan amaliy koʻrsatib berildi. Har bir maʼlumot bolajonlar ishtirokida oʻyin tarzida shakllantirildi.
🟦 Seminar-trening qiziqarli boʻldi va logoped mutaxassislari mavzu yuzasidan koʻpgina savollariga javob oldilar.
Show more ...