Best analytics service

Add your telegram channel for

  • get advanced analytics
  • get more advertisers
  • find out the gender of subscriber
Category
Channel location and language

all posts UzA | Tezkor xabarlar

Ushbu kanalda O‘zbekiston Milliy axborot agentligining tezkor xabarlari berib boriladi Asosiy telegram kanal:  @uza_uz  Sayt: www. uza.uz   •facebook.com/uzauz •instagram.com/ uza.uz   •twitter.com/uzauz •lotin yozuvida:  @uzauzlot  
Show more
30 905-62
~14 375
~17
39.52%
Telegram general rating
Globally
26 027place
of 78 777
862place
of 2 295
In category
1 146place
of 2 793
Posts archive
Oliy sud raisiga o‘rinbosarlar saylandi Prezident taqdimnomasi va Oliy Majlis Senatining tegishli qaroriga asosan Ikram Tuxtamuratovich Muslimov besh yil muddatga Oliy sud raisining birinchi o‘rinbosarisudlov hayʼati raisi lavozimiga hamda Olimjon Xamitovich Ismailov besh yil muddatga Oliy sud raisining o‘rinbosarisudlov hayʼati raisi lavozimiga saylandi. Kanalga ulanish: 
4 924
29
Prezident Shavkat Mirziyoyevga sport sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va istiqbolli rejalar toʻgʻrisida . Kanalga ulanish: 
8 282
12
6 467
4
6 567
23
⚡️Dashtobod temir yoʻl stansiyasi boshligʻi pora olgan vaqtida ushlandi   “Temiryoʻlinfratuzilma” AJning Jizzax viloyati Zomin tumanidagi Dashtobod stansiyasi boshligʻi ixtisoslashmagan doʻkonlarda boshqa tovarlar chakana savdosi bilan shugʻullanuvchi MCHJ tomonidan Tojikiston hududidan Oʻzbekistonga olib kelinadigan koʻmir mahsuloti ortilgan 100 ta yuk vagonlarini oʻzining tanishlari orqali bojxona koʻrigidan navbatsiz oʻtkazib berish, stansiyada yukni tushirish jarayonida vagonlar belgilangan vaqtdan ortiq turib qolgan taqdirda temir yoʻl jarimasini qoʻllamaslik hamda yuk belgilangan vaqtda tushirib olinganligi boʻyicha hujjatni rasmiylashtirib berish evaziga MCHJ vakilidan har bir vagon uchun 100 AQSH dollaridan jami 10 ming AQSH dollari talab qiladi. Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda stansiya boshligʻi 40 ta vagon uchun 4 ming AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanilgan. Kanalga ulanish: 
Show more ...
7 872
47
Taqdimotda tibbiy turizmni rivojlantirish chora-tadbirlari ham muhokama qilindi. Shu maqsadda Oʻzbekiston bu yoʻnalishda Markaziy Osiyoning “chorlovchi nuqtasi” sifatida targʻib qilinadi. “Tibbiy xizmatlar mehmondoʻstligi” dasturi amalga oshiriladi. Tibbiy va sogʻlomlashtirish muassasalari faoliyati ragʻbatlantirilib, ularning yagona reyestri ishga tushiriladi. Mehmonxonalar kabi yulduzli sanatoriylar faoliyati yoʻlga qoʻyiladi. Kanalga ulanish: 
7 294
7
“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan ekolog” faxriy unvonini taʼsis etish taklif qilindi Ekologik huquqbuzarliklarning oldini olish, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish masalalariga ham eʼtibor qaratildi. Faol va jonkuyar insonlarni ragʻbatlantirish maqsadida “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan ekolog” faxriy unvonini taʼsis etish taklifi bildirildi. Kanalga ulanish: 
6 008
10
⚡️Daraxtlarni kesish va qasddan quritish, daryo oʻzanlaridan noqonuniy qum-shagʻal qazib olish, chiqindilarni belgilanmagan joylarga tashlash kabilar uchun jarimalarni oshirish va qatʼiylashtirish choralari koʻriladi.   Kanalga ulanish: 
6 599
8
“Yashil xayriya jamgʻarmasi” tashkil etiladi Ekologiya vazirligi huzurida jamoatchilik nazorati ostida boshqariladigan va yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan “Yashil xayriya jamgʻarmasi” tashkil etiladi. Elektron xarid ilovalarida “Yashil toʻlov” ixtiyoriy ustama turi ochiladi. Kanalga ulanish: 
6 750
6
❗️Yangi quriladigan, balandligi 12 metrdan yoki umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq boʻlgan binolarni loyihalashtirishda unga tutash hududlarning kamida 25 foizini koʻkalamzorlashtirish talabi qoʻyiladi. Shuningdek, atrof-muhitga zarari koʻp sanoat korxonalari ham “yashil belbogʻ”lar barpo etish majburiyatini oladi. Kanalga ulanish: 
5 518
11
Sanitar tozalash ishlarini tartibga solish maqsadida mavjud markaz negizida Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligini tuzish taklif etilmoqda. Sanitar tozalash korxonalarining samaradorlik koʻrsatkichlariga qarab, uchta toifaga ajratgan holda reyting tizimi joriy qilinadi. Kanalga ulanish: 
5 196
18
❗️Havoni musaffo saqlash, ekologik hodisalarning taʼsirini kamaytirish borasida ikkita dastur ishlab chiqildi Birinchisi – Chang boʻronlariga qarshi kurashish va ularning oqibatlarini yumshatish boʻyicha 2024 - 2030-yillarga moʻljallangan milliy dasturdir. Bu hujjatda “Yevro-4” standartidan past toifadagi yoqilgʻini sotish va undan foydalanishni bosqichma-bosqich toʻliq taqiqlash nazarda tutiladi. Buning uchun Buxoro va Fargʻona neftni qayta ishlash zavodlari yuqori sifatli yoqilgʻi ishlab chiqarish boʻyicha modernizatsiya qilinadi. Ikkinchisi – Toshkent shahrida atmosfera havosi sifatini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar dasturi boʻlib, unga koʻra, kelgusi 5 yilda poytaxtimiz va unga tutash Toshkent viloyati tumanlarida 441 gektar “yashil belbogʻ” va bogʻlar tashkil qilinadi. Kanalga ulanish: 
Show more ...
5 798
12
Prezident Shavkat Mirziyoyev atrof-muhitni muhofaza qilish va turizm sohalaridagi takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Kanalga ulanish: 
4 909
11
Bugungi kunda suvni tejash – dolzarb masala Hududlarda 732 ming gektar paxta va gʻalla maydoni ichki nasos agregatlari orqali sugʻorilmoqda. Ularning 41 foizida energiya isteʼmoli yuqori. Shu bois paxta va gʻalla yetishtiruvchilar ixtiyoridagi nasoslarni modernizatsiya qilish uchun bir martalik subsidiya ajratishni yoʻlga qoʻyish taklifi bildirildi. Bu orqali elektr energiyasi sarfi va sugʻorish vaqtini 60 foizgacha kamaytirishga, pirovard natijada mahsulot tannarxini pasaytirishga erishiladi. Kanalga ulanish: 
Show more ...
5 722
5
Uzumzor va olmazorlar barpo etishning yangi tizimi joriy qilinadi Agrosanoatni rivojlantirish agentligi hududlarning ixtisoslashuvi hamda tuproq-iqlim sharoitini inobatga olib, loyihalarning texnik iqtisodiy asoslarini ishlab chiqadi. Yerni tayyorlash, koʻchat olish, ekish va sugʻorish tizimlari oʻrnatish hamda bogʻ hosilga kirguncha 3 yil parvarishlash uchun imtiyozli kreditlar ajratiladi. Yangi tashkil etilgan sanoatlashgan bogʻlarga 100 foiz zamonaviy suv tejovchi texnologiyalar oʻrnatiladi. Shuningdek, bunday loyihalarga yer ajratish tizimi ham oʻzgaradi. Mahalliy hokimlar hosildorligi past yerlar oʻrnida bogʻ barpo etish boʻyicha taklif kiritadi. Ular ochiq elektron tanlov asosida 30 yil muddatgacha ijaraga beriladi. Kanalga ulanish: 
Show more ...
5 668
7
Navlarni sinashning yangi tizimi joriy qilinishi belgilandi Unga koʻra, 31 ta elita urugʻchilik xoʻjaligi va 6 ta urugʻlik tayyorlash sexidagi davlat ulushi ommaviy savdolarga chiqariladi. 46 ta urugʻchilik korxonasi birlashtirilib, hududlarda 13 ta zamonaviy korxona tashkil etiladi. Yangi urugʻlar 2 yilda ekishga joriy qilinadi. Kanalga ulanish: 
5 244
4
Prezident Shavkat Mirziyoyev qishloq xoʻjaligidagi islohotlar ijrosiga oid taqdimot bilan tanishdi. Yurtimizda 136 ta tumanda 1 million gektardan ziyod yerda paxta yetishtiriladi. Hosildorlikni oshirish maqsadida bu yil, odatdagilariga qoʻshimcha, 42 ta istiqbolli va 18 ta xorijiy navlar ekilgan. Jumladan, ilk bor Xitoy, Hindiston va Turkiyadan olib kelingan navlar qariyb 100 ming gektarda yetishtirilmoqda. Shuningdek, yangi tajribalar sifatida 112 ming gektarga tindirilgan urugʻ, 200 ming gektarga viloyatlararo va tumanlararo navlar almashlab ekildi. Mutasaddilar ushbu yangiliklarning natijalari va kelgusi yil uni yanada kengaytirish rejalari yuzasidan . Kanalga ulanish: 
Show more ...
5 977
4
Dollarning rasmiy kursi tushdi Markaziy bank 20-sentabrdan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi. 1 USD 12 724,84 so‘m (– 15,11) 1 RUB 137,11 so‘m (– 2,03) 1 EUR 14 223,83 so‘m (+ 32,80) Kanalga ulanish: 
7 191
9
Aralash saylov tizimida deputatlik oʻrinlarini taqsimlash tartibi Kanalga ulanish: 

Hisoblash Rolik Retouch.mp4

9 157
38
❗️Ayrim tovarlar va xizmatlar boʻyicha QQS imtiyozlari bekor qilinadi Prezident Farmoniga koʻra, 2025-yil 1-yanvardan: ▫️yoʻlovchilarni yagona tariflar boʻyicha tashish xizmatlarini koʻrsatish aylanmasi hamda nogironligi boʻlgan shaxslarning jamoat birlashmalari yagona ishtirokchisi hisoblangan yuridik shaxslar tomonidan realizatsiya qilinadigan tovarlar va xizmatlar uchun qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha imtiyozlar bekor qilinadi; ▫️yangi barpo etilayotgan bogʻlar, tokzorlar va tutzorlar egallagan yerlar uchun yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻini toʻlashdan ozod qilish tarzidagi imtiyozni bekor qilgan holda, mazkur yer uchastkalari boʻyicha soliq stavkasi 50 foizga kamaytiriladi. Kanalga ulanish: 
Show more ...
7 670
12
Prezident Shavkat Mirziyoyev Rossiya Hukumati Raisining oʻrinbosari Vitaliy Savelyev, Rossiya Prezidenti maslahatchisi Igor Levitin va “Российские железные дороги” kompaniyasi boshqaruvi raisi Oleg Belozyorovdan iborat delegatsiyani qabul qildi. 26-28-may kunlari Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan oliy darajadagi uchrashuvlarda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari koʻrib chiqildi. Mintaqada samarali transport yoʻlaklarini rivojlantirish boʻyicha muvofiqlashtirilgan chora-tadbirlar koʻrishga alohida eʼtibor qaratildi. Transport sohasida sanoat kooperatsiyasi loyihalarini jadallashtirish, avtomobil, temir yoʻl va aviatsiya yoʻnalishlarida sheriklikni yanada kengaytirish, yuqori malakali muhandis kadrlar tayyorlash muhimligi qayd etildi. Kanalga ulanish: 
Show more ...
7 638
17
Dollarning rasmiy kursi oshdi Markaziy bank 19-sentabrdan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi. 1 USD 12 739,95 so‘m (+ 7,39) 1 RUB 139,14 so‘m (– 0,23) 1 EUR 14 191,03 so‘m (+ 9,50) Kanalga ulanish: 
7 846
19
Prezident Shavkat Mirziyoyev Ostonada “Markaziy Osiyo - Germaniya” sammitida ishtirok etdi Kanalga ulanish: 

REELS_QOZOQ_TG_NEW_2.mp4

8 324
4
6 961
6
Dollarning rasmiy kursi oshdi Markaziy bank 18-sentabrdan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi. 1 USD 12 732,56 so‘m (+ 3,08) 1 RUB 139,37 so‘m (– 0,35) 1 EUR 14 181,53 so‘m (+ 25,08) Kanalga ulanish: 
7 138
5
⚡️Ombudsmanga Prezident va Vazirlar Mahkamasiga “maxsus maʼruza” taqdim etish huquqi berilmoqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida “Inson huquqlari boʻyicha vakil (ombudsman) toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi ikkinchi oʻqishda muhokama qilindi. Qonun loyihasiga koʻra, Ombudsmanga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasiga “maxsus maʼruza” taqdim etish huquqi berilmoqda. Shuningdek, xalqaro majburiyatlar yuzasidan “muqobil maʼruza” tayyorlash vakolati ham Ombudsman lavozimiga qoʻyilgan baʼzi talablar bekor qilinib, taʼsir choralari (ogohlantirish, taqdimnoma, iltimosnoma va talabnoma) alohida bobda bayon etilgan. Shuningdek, maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslar va jazoni ijro etish muassasalaridagi shaxslar bilan ishlashga oid huquqlari mustahkamlanmoqda. Qonun loyihasi qabul qilindi va Senatga yuborildi. Kanalga ulanish: 
Show more ...
5 973
10
Davlatimiz rahbari Markaziy Osiyo mintaqasining investitsiyaviy jozibadorligini oshirish muhimligiga alohida eʼtibor qaratdi. Shu nuqtai nazardan, bugun boʻlib oʻtgan sammitda oʻzaro manfaatli muloqot uchun doimiy maydon — “Markaziy Osiyo va Germaniya” Investorlar va tadbirkorlar kengashini taʼsis etish va uning birinchi uchrashuvini kelgusi yil bahorida Toshkent investitsiya forumi doirasida oʻtkazish tashabbusi ilgari surildi. Davlatimiz rahbari, shuningdek, Markaziy Osiyo mamlakatlari va Germaniya oʻrtasidagi investitsiyaviy va texnologik hamkorlikni kengaytirish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni tayyorlashni taklif qildi. Ushbu hujjatga Germaniya kompaniyalari investitsiyalari oqimini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish, shuningdek, ularning Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi faoliyatini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash mexanizmlari kiritilishi mumkin. Kanalga ulanish: 
Show more ...
5 747
1
Prezident Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchilari hamda Germaniyaning ilgʻor kompaniya va banklari rahbarlarining uchrashuvida ishtirok etdi. Tadbirda Germaniya Federal Kansleri Olaf Shols, Qozogʻiston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirgʻiziston Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon va Turkmaniston Serdar Berdimuhamedov ham qatnashdi. Germaniya ishbilarmon doiralariga “KNAUF”, “Gunter Papenburg”, “CLAAS”, “Siemens Energy”, “Aurubis”, “Ernst Klett”, “Siemens Healthineers”, “Herrenknecht”, “DB Engineering & Consulting”, “Svevind Energy”, “Rhenus”, “HMS Bergbau” kabi yetakchi kompaniya va banklar rahbarlari vakillik qildi. Kanalga ulanish: 
Show more ...
5 719
1
Oʻzbekiston rahbari Markaziy Osiyoda xavfsizlik sohasidagi vaziyat Afgʻonistonda roʻy berayotgan jarayonlar bilan chambarchas bogʻliq ekanini taʼkidladi. — Oʻz muammolari bilan deyarli yakka oʻzi qolgan ushbu mamlakatda gumanitar inqirozning chuqurlashib ketishiga yoʻl qoʻymaslik muhim, deb hisoblaymiz,  — dedi Shavkat Mirziyoyev. Shu bois Germaniya va Yevropaning boshqa davlatlari bilan birigalikda Afgʻonistonni mintaqaviy iqtisodiy hamkorlikka jalb qilish va chegaradosh Termiz shahridagi Taʼlim markazi negizida Afgʻoniston tinch hayoti uchun zarur boʻlgan mutaxassisliklar boʻyicha kadrlar, shu jumladan xotin-qizlarni tayyorlashga qaratilgan qoʻshma loyihalarni amalga oshirishga tayyorlik bildirdi. Tadbir yakunida Qoʻshma bayonot qabul qilindi. Kanalga ulanish: 
Show more ...
5 748
4
— Transport kommunikatsiyalarining, jumladan, yer usti va havo tashuvlarining zaif rivojlanganligi sherikligimizni chuqurlashtirishda eng katta toʻsiq boʻlmoqda,  — dedi Shavkat Mirziyoyev. Shu munosabat bilan Prezidentimiz Germaniya tomonini Markaziy Osiyoni Yevropa bilan bogʻlaydigan muqobil transport yoʻlaklarini rivojlantirishga Yevropa institutlarini jalb qilishda koʻmaklashishga chaqirdi. Davlatimiz rahbari 2025-yilda bunday yoʻnalishlarning tranzit salohiyatini oshirish yoʻllarini izlash boʻyicha vazirlar konferensiyasini oʻtkazishni taklif etdi. Kanalga ulanish: 
Show more ...
5 226
1
Germaniyaning ilgʻor bilim va texnologiyalarini joriy etish asosida oʻta muhim xomashyo resurslari sohasidagi hamkorlik istiqbolli yoʻnalish sifatida koʻrsatib oʻtildi. — Bu oʻrinda gap geologiya razvedkasi, jadal oʻzlashtirish, qayta ishlash, yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish, Germaniya va Yevropa Ittifoqining boshqa mamlakatlariga yetkazib berish loyihalari haqida bormoqda,  — dedi davlatimiz rahbari. Oʻzbekiston bunday loyihalarni qoʻshni davlatlarda birgalikda amalga oshirishda ishtirok etishga tayyorligi bildirildi. Kanalga ulanish: 
Show more ...
5 109
3
Markaziy Osiyo mamlakatlari va Germaniya oʻrtasidagi investitsiyaviy va texnologik hamkorlikni kengaytirish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqish, mintaqada qoʻshma loyihalarni amalga oshirishga Germaniyaning yetakchi kompaniya va banklarini faol jalb etish, “Markaziy Osiyo va Germaniya” Investorlar va tadbirkorlar kengashini tuzish, shuningdek, investitsiyalarni ragʻbatlantirish va himoya qilish boʻyicha koʻp tomonlama hukumatlararo bitimni qabul qilish imkoniyatlarini oʻrganish taklif etildi. Kanalga ulanish: 
Show more ...
4 815
3
Oʻzbekiston Prezidenti Markaziy Osiyoning Germaniya bilan har tomonlama hamkorligini yanada rivojlantirish maqsadida bir qator yangi tashabbus va takliflarni ilgari surdi. Avvalo, Oʻzbekiston rahbari Markaziy Osiyo va Germaniya oʻrtasida strategik mintaqaviy sheriklik oʻrnatilganini yuqori baholab, ustuvor yoʻnalishlarda dasturiy tadbirlarni qamrab olgan uzoq muddatli Hamkorlikni rivojlantirish konsepsiyasini qabul qilishni taklif etdi. Ushbu hujjatni ishlab chiqish uchun “Markaziy Osiyo - Germaniya” tahliliy markazlari forumini taʼsis etish va uning birinchi uchrashuvini kelgusi yili Xivada oʻtkazish zarurligi taʼkidlandi. Kanalga ulanish: 
Show more ...
4 784
2
Oʻzbekiston Prezidenti oʻz nutqida Germaniya Markaziy Osiyo mamlakatlarida olib borilayotgan demokratik oʻzgarishlar va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni, mintaqadagi hamkorlik va integratsiyani qatʼiy hamda oʻzgarmas qoʻllab-quvvatlayotganini yuqori baholadi. — Bizning Berlindagi ilk uchrashuvimiz va bugungi sammit aniq, amaliy natijalarga erishishga qaratilgan ochiq va konstruktiv muloqotimizni davom ettirishga boʻlgan umumiy intilishimizni yana bir bor tasdiqlamoqda,  — dedi Shavkat Mirziyoyev. Kanalga ulanish: 
Show more ...
4 699
1
Prezident Shavkat Mirziyoyev Ostona shahrida ikkinchi “Markaziy Osiyo - Germaniya” sammitida ishtirok etdi. Qozogʻiston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev raisligida oʻtgan tadbirda Germaniya Federal Kansleri Olaf Shols, Qirgʻiziston Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon va Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov ham qatnashdi. Markaziy Osiyo mamlakatlari va Germaniya oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlikni yanada chuqurlashtirish masalalari koʻrib chiqildi. Kanalga ulanish: 
Show more ...
5 305
1
Oʻzbekistonga oʻqotar qurol olib kirmoqchi boʻlgan fuqaro ushlandi 17-sentyabr kuni “Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti” chegara-bojxona posti xodimlari tomonidan “Yekaterinburg–Toshkent” yoʻnalishi boʻyicha uchib kelgan fuqaroning 1 dona yashil rangli yoʻl sumkasi tegishli tartibda tekshirilganda, sumka ichida bojxona nazoratiga belgilangan tartibda taqdim etilmagan, ogʻzaki soʻrovda maʼlum qilinmagan va ichki ishlar organlarining tegishli ruxsatnomalariga ega boʻlmagan 1 dona “STALKER” pnevmatik toʻpponchasi hamda 860 dona oʻq aniqlandi. Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Kanalga ulanish: 
Show more ...
5 641
7
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Markaziy Osiyo – Germaniya” ikkinchi sammitidagi nutqi Batafsil — Kanalga ulanish: 
5 764
5
Prezident Shavkat Mirziyoyev Ostona shahrida boshlangan Markaziy Osiyo davlatlari va Germaniya yetakchilarining ikkinchi uchrashuvida ishtirok etmoqda Kanalga ulanish: 
5 712
2
Prezident Shavkat Mirziyoyev Ostonaga tashrif buyurdi Kanalga ulanish: 

IMG_6253.MP4

6 405
5
6 119
10
⚡️DXX: Urganch shahrida 2,9 mlrd. soʻmlik noqonuniy dori vositalari aniqlandi Tezkor tadbirda Urganch shahrida istiqomat qiluvchi, 1983-y.t. fuqaro oʻzining yashash xonadonida 64.452 dona dori vositalarini kelgusida sotish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlandi.  Baholash faoliyati bilan shugʻullanuvchi MCHJ xulosasiga koʻra, mazkur dori vositalarining umumiy qiymati 2.908.608.000 soʻmni tashkil qiladi. Sogʻliqni saqlash vazirligining “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” DM ekspertiza tekshiruvi xulosasiga koʻra, ushbu dori vositalarining ayrim turlariga nisbatan muvofiqlik sertifikatlari rasmiylashtirilmaganligi, ayrimlari esa sifatsiz va yaroqsiz holatda ekanligi maʼlum boʻldi. Hozirda holat yuzasidan mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 1863-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Kanalga ulanish: 
Show more ...

ДХХ - дорилар.mp4

7 478
50
⚡️Qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun qo‘shimcha qabul kvotalari tasdiqlandi Prezidentning 2022-yil 31-avgustdagi PF–213-son Farmonida qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun qo‘shimcha kvota ajratilishi belgilangan. Shunga koʻra, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga bazaviy to‘lov-kontrakt asosida 10 000 ta qo‘shimcha qabul parametri tasdiqlandi. Bunda ajratilgan qabul parametrlarining: ▫️Toshkent shahridagi OTM va bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari kesimidagi taqsimoti; ▫️Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi OTM va bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari kesimidagi taqsimoti; ▫️viloyatlardagi OTM va bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi. 10 000 ta qo‘shimcha qabul parametri – kirish imtihonlarida 56,7 ball va undan yuqori ball to‘plagan, lekin talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar hisobidan shakllantirildi. Qo‘shimcha qabul parametrlari doirasida talabalikka tavsiya etilgan qoraqalpog‘istonlik yoshlar tavsiya etilganlik holatini sayti orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin. Shuningdek, oliy ta’lim muassasalariga tanlov qaydnomalari yetkaziladi. Kanalga ulanish: 
Show more ...
9 003
58
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qozogʻiston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan 17-sentyabr kuni Markaziy Osiyo mamlakatlari va Germaniya yetakchilarining ikkinchi uchrashuvida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Ostona shahrida boʻladi. Kanalga ulanish: 
7 604
8
Samarqanddagi Oʻzbekiston-Germaniya sammiti koʻp qirrali munosabatlarda yangi bosqichni boshlash, xalqlarimiz oʻrtasidagi doʻstlik va hamkorlik rishtalarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi Kanalga ulanish: 

germaniya_rolik_TG_new3.mp4

7 443
6
Dollarning rasmiy kursi yana tushdi Markaziy bank 17-sentabrdan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi. 1 USD 12 729,48 so‘m (– 20,27) 1 RUB 139,72 so‘m (– 0,53) 1 EUR 14 156,45 so‘m (+ 14,43) Kanalga ulanish: 
7 493
15
6 783
8
Shavkat Mirziyoyev va Olaf Shols Samarqandda birgalikda daraxt ekdilar Kanalga ulanish: 

IMG_6226.MP4

7 567
9
Oʻzbekiston va Germaniya yetakchilari boshqaruv kadrlarini tayyorlaydigan qoʻshma maktabni ochib berdilar Kanalga ulanish: 

IMG_6209.MP4

6 500
10
5 813
16
Prezident Shavkat Mirziyoyev va Kansler Olaf Shols Oʻzbekiston va Germaniya ishbilarmonlari bilan uchrashuv oʻtkazdilar Kanalga ulanish: 

IMG_6205.MP4

5 594
3
5 006
16
5 813
12
Oʻzbekiston siyosiy partiyalarining siyosiy maydondagi oʻrni haqida ▫️Bugungi kunda Oʻzbekistondagi siyosiy partiyalar qaysi gʻoyalarni ilgari surmoqda? ▫️Ularning bugungi mafkuraviy qarashlari qanday? Oʻzbekistonda hokimiyat uchun raqobatlashuvchi siyosiy kuchlar haqida batafsil videoda tanishing. Kanalga ulanish: 

file

6 632
21
“M-25” konining 604-sonli qudug‘ida so‘ndirish jarayoni to‘liq tugatildi Sentyabr oyi boshida tarkibida vodorod sulfid yuqori bo‘lgan tabiiy gaz sizib chiqqan “Mustaqillik-25” konidagi 604-sonli quduqni so‘ndirish jarayoni o‘z nihoyasiga yetdi. Shu maqsadda tabiiy gazning sizib chiqishini oldini oluvchi uskunaning qo‘shimcha blogi qurilib, o‘rnatildi. Quduq germetiklandi va bugun, 15-sentyabr kuni soat 16:50 da tabiiy gazning sizib chiqishi holati to‘liq so‘ndirildi. Vaziyatni professional baholash maqsadida voqea joyiga o‘zbekistonlik, shuningdek, Rossiya hamda AQSHlik ekspertlarning tashrifi uyushtirildi. Hodisa oqibatlarini bartaraf qilish davomida aholi uchun hech qanday xavf yuzaga kelmagan. Kanalga ulanish: 
Show more ...

file

8 192
20
Prezident Shavkat Mirziyoyev ertaga boʻlib oʻtadigan Germaniya ishbilarmon doiralari bilan uchrashuv arafasida Oʻzbekistonga tashrif chogʻida Kansler Olaf Sholsga hamrohlik qilayotgan ushbu mamlakat yetakchi investitsiya, sanoat va savdo kompaniyalari vakillarini qutladi. Kanalga ulanish: 
6 149
3
Oʻzbekiston va Germaniya yetakchilarining muzokaralaridan soʻng ikki tomonlama hujjatlar imzolandi Kanalga ulanish: 

IMG_6170.MP4

6 482
12
Muzokaralar yakunida Shavkat Mirziyoyev va Olaf Shols Qoʻshma deklaratsiyani qabul qildi. Umuman, rasmiy tashrif doirasida 8 ta ikki tomonlama hujjat imzolandi, shu jumladan: - Migratsiya va mobillik sohasida har tomonlama sheriklik toʻgʻrisida hukumatlararo bitim; - Veterinariya va chorvachilik sohasida hamkorlik toʻgʻrisida hukumatlararo deklaratsiya; - “Yashil Markaziy Osiyo” tashabbusi doirasida suv resurslaridan barqaror foydalanish sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida hukumatlararo deklaratsiya; - Oʻta muhim minerallar sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida qoʻshma deklaratsiya; - Transport sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bitim; - Parij bitimi doirasida iqlim oʻzgarishi sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida memorandum. Bundan tashqari, 2024-2026-yillarga moʻljallangan Texnologik sheriklik va sanoat kooperatsiyasi dasturi qabul qilindi, shuningdek, Oʻzbekiston va Germaniyaning yetakchi korxonalari darajasida bir qator bitim va shartnomalar tuzildi. Kanalga ulanish: 
Show more ...
4 990
7
Last updated: 11.07.23
Privacy Policy Telemetrio