این سرویس به زبان شما نیز موجود است. برای ترجمه ، مطبوعات را فشار دهیدفارسی
Best analytics service

Add your telegram channel for

  • get advanced analytics
  • get more advertisers
  • find out the gender of subscriber
Category
Channel location and language

all posts Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi Rasmiy: 🌐 www. piima.uz  📱 t.me/piimauz ⌨️ facebook.com/ piima.uz   🖥 instagram.com/ piima.uz   Murojaat: 📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1 📬 info@ piima.uz  ☎️ +998(71)207-40-48 🤖 t.me/piimasavollar_bot 
Show more
42 838-171
~14 203
~19
25.12%
Telegram general rating
Globally
18 534place
of 78 777
678place
of 2 295
In category
767place
of 2 347
Posts archive
#EʼLON ⚡️BITIRUVCHI SINF OʻQUVCHILARINI YAKUNIY DAVLAT ATTESTATSIYASIDAN OʻTKAZISHGA DOIR METODIK TAVSIYA VA MATERIALLAR TASDIQLANDI Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan bitiruvchi sinf oʻquvchilari ishtirokida oʻtkaziladigan yakuniy attestatsiya fanlari spetsifikatsiyalari hamda yakuniy davlat attestatsiyasi (ogʻzaki va yozma) topshiriqlari ishlab chiqildi. ❗️Unda Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining 9- va 11-sinf oʻquvchilarini tegishli fanlardan yakuniy davlat attestatsiyasidan oʻtkazish boʻyicha zarur metodik tavsiya va materiallar oʻrin olgan. 📶 Batafsil: https://piima.uz/page/metodik-tavsiya-va-materiallar Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Show more ...
16 169
206
⚡️58-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasining yakuniy natijalari e'lon qilindi. 20-26-aprel kunlari Xitoyning Shenjen shahrida 40 ga yaqin davlatlarning terma jamoalari ishtirokida bo‘lib o‘tgan 58-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasida yurtimiz o‘quvchilari 1 ta kumush, 4 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi Medal sohiblari bilan tanishing: 🥈Kumush - Daler Rahimov, Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 10-sinf o‘quvchisi; 🥉Bronza - Ahrorbek Bahodirov, Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o‘quvchisi; 🥉Bronza - Saida Abdullayeva, Navoiy viloyati, 11-son AFCHO'IM, 11-sinf o‘quvchisi; 🥉Bronza - Elyorbek Adhamov, Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 10-sinf o‘quvchisi; 🥉Bronza - Mirjaxon Muxammadov, Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 10-sinf o‘quvchisi. Barcha g’oliblarimizni, ularning ustozlari va ota-onalarini tabriklaymiz! Ilm olishdan, izlanishdan aslo to‘xtamang. Keyingi Xalqaro olimpiadalarda ham omad yor bo‘lsin! Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Show more ...
7 195
22
O’zbekiston terma jamoasi Bolqon Matematika Olimpiadasida ishtirok etish uchun Bolgariyaga yetib bordi ✅  Joriy yilning 27-aprel-2 may kunlari Bolgariyaning Varna shahrida 41-Bolqon Matematika olimpiadasi o’tkaziladi. Xalqaro olimpiadada turli mamlakatlardan jami 138 nafar iqtidorli yoshlar ishtirok etishi kutilmoqda. ❗️O’zbekiston terma jamoasi mazkur xalqaro olimpiadada jamoaviy tarzda ikkinchi marta ishtirok etmoqda. Terma jamoamiz a’zolari bilan tanishing: ➖ Boboqulov Asadbek– Toshkent shahridagi S.H.Sirojiddinov akademik litseyi 1-bosqich o‘quvchisi, ➖ Suyunova Madina —Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi 96-maktabning  11-sinf o‘quvchisi, ➖ Axtamov Ozodbek —  Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 10-sinf o‘quvchisi, ➖ Zohidjonov Elbek —  Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf o‘quvchisi, ➖ G‘affarov Rasulbek — Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan  maktabning 9-sinf o‘quvchisi, ➖ Jaylovov To‘lqin — Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridagi 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktab internatining 9-sinf o‘quvchisi. ❗️Eslatib o‘tamiz, 40-Bolqon Matematika olimpiadasida 4 ta bronza medali qo‘lga kiritilgan edi. Terma jamoamiz a’zolariga omad va zafarlar tilab qolamiz! Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Show more ...
5 618
12
#hududlardan_xabarlar ⏺Buxoro shahridagi Prezident maktabida Washington fan va texnologiya universiteti professorlari bilan muloqot tashkil etildi. ⏺Fargʻona shahridagi Prezident maktabi, O’zbekiston tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati o’quvchilari "RoboKU-2024" tanlovida gʻoliblikni qoʻlga kiritdi. ⏺Guliston shahridagi Prezident maktabi, Boyovut tuman va Shirin shahar ixtisoslashtirilgan maktablarida Turkiyaning nufuzli universitetlari vakillari bilan uchrashuv oʻtkazildi. ⏺Samarqand shahridagi Prezident maktabida tabiiy fanlar oʻqituvchilari uchun trening tashkil etildi. ⏺Termiz shahridagi Prezident maktabida prokuratura sohasi mutaxassislari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi. ⏺Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi delegatsiyasi Nurafshon shahridagi Prezident maktabi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. ⏺Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabida “Ayaziy ixlosmandlari” tanlovi tashkil etildi. ⏺Farg’ona shahridagi Prezident maktabi, Ogahiy nomidagi ijod maktabi, Shayxontohur, Uzun, Chust, Uchqoʻrgʻon, Buxoro,Gʻijduvon, Kosonsoy, Oltiariq, Uchkoʻprik, Yozyovon, Boyovut, Mirzaobod, Qarshi, Guliston tumanlari va Namangan, Kogon, Margʻilon, Yangiyo‘l, Guliston, Shahrisabz shaharlari ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari oʻquvchilari chet tillarini bilish darajasi boʻyicha milliy va xalqaro sertifikatlarga ega boʻldi. ⏺Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida Farmatsevtika texnik universiteti vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. ⏺Boysun tuman ixtisoslashtirilgan maktabi bitiruvchilari ishtirokida "Harakatsiz nishonlarda oʻq otish" mavzusida amaliy mashgʻulot oʻtkazildi. ⏺Farg‘ona tuman ixtisoslashtirilgan maktabida “Turon yo‘lbarslari” musobaqasi tashkil etildi. ⏺Quyi Chirchiq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida “Milliy qadriyatlar-millat tayanchi” shiori ostida bayram tadbiri boʻlib oʻtdi. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Show more ...
8 220
11

IMG_2854.MOV

5 424
4
#Seminar_trening 🔴 Ayni damda poytaxtimizda “Umumta’lim maktablarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, tizimli muammolar va ularni bartaraf etish, istiqboldagi rejalar” mavzusida tashkil etilgan o‘quv seminari davom etmoqda. Tadbirning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Xayriddin Sultonov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamentining rahbari Odil Abdurahmonov, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Otabek Hasanov, ziyolilar, mamlakatimizning barcha tuman va shaharlaridan kelgan pedagoglar ishtirok etishdi. Xayriddin Sultonov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi: ➖Yoshlarimizni ma'naviy tahdidlardan asrash, ularni kamolotga yetkazishda eng katta mas'uliyat aynan ustozlarimiz yelkasiga yuklanadi. Zero, ta'lim tarbiya bilan chambarchas bogliq jarayondir Hilola Umarova, Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri: Bugungi seminar orqali maktablardagi tarbiyaviy ishlarni zamonaviy metodlarda tashkil etish, bunga mas’ul rahbarlarning ish uslubi, malakasini oshirishni niyat qilganmiz. ❗️Shuningdek, tadbir davomida vazirlik tomonidan tayyorlangan “Ota-ona – murabbiy” kitobi taqdimoti ham tashkil etildi. 👉 Batafsil: https://uzedu.uz/y3/news/1576 Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Show more ...
7 136
19
#OAV_biz_haqimizda Oʻzbekiston 24 | Gulistonlik bir oilaning uch nafar farzandi Prezident maktabida taʼlim olmoqda Renessans TV |Prezident maktabi oʻquvchisi URSINUS kollejiga 100 foizlik grant asosida qabul qilindi Oʻzbekiston 24 | Prezident maktablari: ta’limdagi islohotlar samarasi Oʻzbekiston 24| Президентские школы: достойные дети нового Узбекистана Fargʻona MTRK | Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida oʻtkazilgan "Ijodiy olimpiada"ning Agentlik bosqichi, "Fargʻona oqshomlari" tadbirlari Sirdaryo MTRK | Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi va Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti oʻrtasida o‘zaro hamkorlik yo‘lga qo‘yildi Namangan MTRK | Namangan shahridagi Prezident maktabi o'quvchisi, informatika fanidan Xalqaro Jautikov olimpiadasida kumush medal sohibi, bir nechta mintaqaviy olimpiada va tanlovlar g'olibi hamda 2024-yilgi respublika fan olimpiadasida 1-o'rin sohibi Husanboy Mansuraliyev haqida reportaj Andijon MTRK | Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligiga bagʻishlangan 1-rolik Andijon MTRK | Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligiga bagʻishlangan 2-rolik Andijon MTRK | Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligiga bagʻishlangan 3-rolik Xorazm MTRK | "Assalom, Xorazm" dasturida Ogahiy nomidagi ijod maktabi faoliyati haqida lavha Fargʻona MTRK | Pedagog kadrlarning attestatsiyasi Xorazm MTRK | Ogahiy nomidagi ijod maktabi bitiruvchisi Hilolaxon Jumanazarova "Assalom, Xorazm" teledasturi mehmoni Oʻzbekiston 24 | "Yashil makon" umummilliy loyihasi: natija va samaradorlik Xorazm MTRK | Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi Gulshan Rahimova va 9- sinf oʻquvchisi, IELTS 7.5 ball natijani qoʻlga kiritgan Doniyor Matyakubov "Assalom, Xorazm" dasturi mehmoni "Hurriyat" gazetasi | “Adabiy laylatul qadr" Qashqadaryo MTRK | Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi vakillari "Fazyli kun" musiqiy dam olish dasturi mehmoni Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Show more ...
6 072
13
#Muhammad_Yusuf_70_yoshda 26-aprel – O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavallud topgan kun. Muhammad Yusuf 1954-yil 26-aprelda Andijon viloyatining Marhamat tumanida tug‘ilgan. Shoir adabiyotimizda betakror timsollar yarata olgan, hayot voqeligini chuqur va o‘ziga xos tarzda ifodalagan, ajoyib iste’dod sohibi sifatida munosib iz qoldirgan. Muhammad Yusuf 2021-yil 47 yoshida vafot etgan. Ma’lumot uchun, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimida Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi 2017-yildan faoliyat yuritib kelmoqda. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Show more ...

y2mate_com_Muhammad_Yusuf_Ozbekiston_Муҳаммад_Юсуф_Ўзбекистон_480p.mp4

11 926
74
#hududlardan_xabarlar ⏺Toshkent shahridagi Prezident maktabida “Zakovat” intellektual o’yini bo’lib o’tdi. ⏺Qarshi shahridagi Prezident maktabi bitiruvchilari “O'zaeronavigatsiya” Markazi mutaxassislari bilan uchrashdi. ⏺Jizzax shahridagi Prezident maktabida hududdagi ijod, ixtisoslashtirilgan maktablar oʻquvchilari oʻrtasida sport musobaqasi oʻtkazildi. ⏺Guliston shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari IV Respublika kitoblar ko‘rgazmasida ishtirok etdi. ⏺Fargʻona shahridagi Prezident maktabida "Liderlar kuni" oʻtkazildi. ⏺Navoiy shahridagi Prezident maktabida biologiya fani oʻqituvchilari uchun seminar-trening tashkil etildi. ⏺Buxoro shahridagi Prezident maktabi o’quvchilari fransuz pianinochisi Joanna Godal konsertida bo’ldi. ⏺Andijon shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari Bobur milliy bog‘i majmuasiga sayohat qildi. ⏺Xiva shahridagi Prezident maktabida hududdagi STEM fanlari pedagoglari uchun mahorat darslari tashkil qilindi. ⏺Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida psixologik trening oʻtkazildi. ⏺Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida O‘zFA akademiklari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi. ⏺Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchisi Sardorjon Sunnatullayev Turon yakkakurashi bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan "O‘zbekiston chempionati"da 3-o‘rinni egalladi. ⏺Nurota tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchilari "Nurota tuman hududiy elektr tarmoqlari AJ" faoliyati bilan tanishdi. ⏺Jarqo’rg’on tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o’quvchilari IELTS sertifikatiga ega boʻldi. ⏺Furqat tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchilari Qo‘qon shahrida joylashgan harbiy qismga ekskursiya qildi. ⏺Zomin tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati oʻquvchilari xalqaro taʼlim grantlarini qoʻlga kiritdi. ⏺Chinoz tuman ixtisoslashtirilgan maktabida xalqaro va milliy sertifikatlarni qoʻlga kiritgan oʻquvchilar taqdirlandi. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Show more ...
7 402
8
#Ijodiy_olimpiada IJOD MAKTABLARI OʻQUVCHILARI OʻRTASIDA ILK BOR OʻTKAZILGAN IJODIY OLIMPIADA YAKUNLANDI Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablarining 8-9-sinf oʻquvchilari oʻrtasida ikki bosqichli “Ijodiy olimpiada” yakunlandi. Agentlik bosqichida ishtirokchilar ijodiy matn, monolog, bahribayt shartlari asosida oʻzaro kuch sinashdi. Yakuniy natijalar va hakamlar hay’atining xulosasiga ko‘ra: 8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida: 1-o‘rinni – Nigina Rustamboyeva, Ogahiy nomidagi ijod maktabi o‘quvchisi; 2-o‘rinni – Zilola G‘ofurjonova, Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktab o‘quvchisi; 3-o‘rinni – Hojira Kamoliddinova, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktab o‘quvchisi; 9-sinf o‘quvchilari o‘rtasida: 1-o‘rinni – Rayyona Alijonova, Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktab o‘quvchisi; 2-o‘rinni – Zulxayo Mingboyeva, Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktab o‘quvchisi; 3-o‘rinni – Shahlo Safarova, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktab o‘quvchisi egalladi. Olimpiada gʻoliblari hamda ishtirokchilari munosib taqdirlandi. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Show more ...
6 678
37
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor ⚡️Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Zangiota tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 9-sinf oʻquvchisi Xojiakbar Toʻrabekov IELTS imtihonidan 8 ballni qo‘lga kiritdi. 💫 Oʻquvchimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad va ulkan zafarlar tilaymiz! Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
6 634
50
"Yangi O'zbekiston" universiteti: dunyoning 1-raqamli oliygohi – Massachusetts texnologiya instituti bilan hamkorlikda ta'limni rivojlantirish ustida ish olib boriladi Ta’kidlash joiz, bunday keng miqyosdagi tadbir Markaziy Osiyoda ilk marotaba tashkil etilmoqda, unda o‘z sohasining eng tajribali mutaxassislari bir yerga jamlanadi. Biz mahorat darslarida yurtimiz bo‘ylab barcha oliy ta'lim muassasalarini jalb qilishni va hamkorlik aloqalarini kuchaytirishni maqsad qilganmiz. Mazkur xalqaro tadbir 29-aprel — 2-may kunlari poytaxtimizdagi “Yangi O‘zbekiston” universitetida bo’lib o’tadi. Mahorat darslarida ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali ro’yxatdan o’tishingiz mumkin.
Show more ...
5 186
14
#Ekologiya TABIATNI ASRAB-AVAYLASH – MUQADDAS BURCH Nukus shahridagi Prezident maktabida Qoraqalpogʼiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʼzgarishi vazirligi, Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati, “Sudoche-Akpetki” davlat buyurtma qoʻriqxonasi vakillari ishtirokida tabiatni asrab-avaylash mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi. Unda Ona sayyoramiz, tabiatni asrab-avaylashga barcha masʻul ekanligi taʼkidlandi. Mutaxassislar, oʻquvchilar tomonidan ekologik muvozanatni asrash, jonivorlarga ziyon yetkazmaslik, tabiatni ifloslantirmaslik, tevarak-atrofni pokiza tutish haqida taqdimotlar qilindi. Tadbirda faol qatnashgan o‘quvchilar taqdirlandi. Ko‘chat ekish aksiyasi ham oʻtkazildi. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Show more ...
4 903
4
#OAV_biz_haqimizda Axborot 24 | Gulistonlik bir oilaning uch nafar farzandi Prezident maktabida taʼlim olmoqda Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

5.mp4

7 449
52
#hududlardan_xabarlar ⏺Toshkent shahridagi Prezident maktabida hududdagi taʼlim muassasalarining STEAM fanlari o’qituvchilari uchun seminar-trening tashkil etildi. ⏺Guliston shahridagi Prezident maktabida "Oʻrganamiz, oʻrgatamiz" loyihasining navbatdagi soni taqdim qilindi. ⏺Navoiy shahridagi Prezident maktabida hududdagi taʼlim muassasalarining fizika fani oʻqituvchilari uchun seminar-trening oʻtkazildi. ⏺Namangan shahridagi Prezident maktabida futbol boʻyicha "Maktab chempionati" boshlandi. ⏺Fargʻona shahridagi Prezident maktabi jamoasi korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan ijtimoiy videorolik tayyorladi. ⏺Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi oʻquvchisi Feruza Toylibaeva "Eng yaxshi diplomatlar" xalqaro konferensiyasi ishtirokchisiga aylandi. ⏺Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o’quvchilari Respublika “Kitobxonlik haftaligi”da ishtirok etdi. ⏺Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi Qarshi davlat universiteti, Yunus Rajabiy nomidagi O'zbek milliy musiqa sanʼat instituti bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻydi. ⏺Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida "Bitiruvchilar bogʻi"ga asos solindi. ⏺Sergeli tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchisi Akromxon Nazarov yoshlar oʻrtasida bel olish va uch kurash boʻyicha Eronda boʻlib oʻtadigan Jahon chempionatiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi. ⏺Norin tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchilari Oʻzbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tugʻilib oʻsgan goʻshalarga sayohat qildi. ⏺Oltiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Biz jinoyatchilikka qarshimiz!" mavzusida davra suhbati tashkil etildi. ⏺Dang‘ara tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Gullar va qushlar bayrami oʻtkazildi. ⏺Jizzax shahar 3-sonli ixtisoslashtirilgan maktab oʻquvchisi Behruz Xolmurodov "Yoshlar ovozi Boʻzatov – 2024" tanlovining Respublika bosqichi yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Show more ...
7 763
8
#ixtisoslashtirilgan_maktablar OʻQUVCHILAR MOLIYAVIY SAVODXONLIGI OSHIRILMOQDA Agentligimiz tizimidagi Ohangaron shahar ixtisoslashtirilgan maktab-internatini oʻquvchilari uchun Turonbank aksiyadorlik tijorat banki bosh ofisi hamda Toshkent shahar bank xizmatlari markaziga ekskursiya uyushtirildi. Mazkur sayohat doirasida bank mutaxassislari bilan davra suhbati ham tashkil etildi. Unda mamlakatimizda bank-moliya sohasida olib borilayotgan islohotlar mazmun-mohiyati, yoshlar uchun yaratilgan imtiyozlar, imkoniyatlar haqida batafsil maʼlumot berildi. Bu kabi tadbirlar yoshlarimizni kasbga yoʻnaltirish bilan birga, ularning moliyaviy savodxonligini oshirishga ham xizmat qiladi. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Show more ...
4 832
6
#seminar ⚡️IJRO INTIZOMI – SAMARADORLIK OMILI Agentlikning mas’ul xodimlari tomonidan tizimdagi Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarida ish yuritish, ijro nazorati va murojaatlar bilan ishlashni samarali va to‘g‘ri tashkil etish yuzasidan “Ijro intizomi – samaradorlik omili” mavzusida onlayn o‘quv amaliy seminari tashkil etilmoqda. Seminar joriy yilning 24-30-aprel kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, birinchi muloqot Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon va Buxoro viloyatlarida joylashgan jami 49 ta ta’lim muassasalarining ijro nazoratiga mas’ul direktor o‘rinbosarlari hamda mas’ul xodimlari ishtirokida o‘tkazildi. Seminar davomida har bir tashkilotda yuritilayotgan va doimiy saqlanishi belgilangan hujjatlar, topshiriqlarning nazoratini kuchaytirish, xodimlarning shaxsiy mas’uliyatini yanada oshirish hamda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash borasida soʻz bordi. Har bir ta’lim muassasasida bu borada olib borilayotgan amaliy ishlar bilan tanishildi va kamchiliklar yuzasidan tegishli tavsiyalar berib o‘tildi. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Show more ...
5 775
12
#ijodiy_olimpiada IJOD MAKTABLARI OʻQUVCHILARI OʻRTASIDA ILK BOR OʻTKAZILAYOTGAN IJODIY OLIMPIADA JARAYONLARIDAN LAVHALAR Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
6 250
7
Qadrli ustozlar! Ayni kunlarda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish jarayonlari qizgʻin davom etmoqda. Har kuni yuzlab ustozlarimiz oʻzi dars berayotgan fanlardan test topshirib, yanada yuqori malaka toifalarini egallashmoqda. Bu yilgi malaka sinov jarayonlari toʻliq avtomatlashtirilgan tizim asosida tashkil etilgan boʻlib, bu oʻz-oʻzidan jarayonlarning shaffof va adolatli oʻtkazish, inson omilini kamaytirishga xizmat qiladi. Hurmatli pedagoglar! Attestatsiya sinovlarida malaka toifasini olib berish boʻyicha turli takliflar bildirayotgan, buning uchun pul talab qilayotgan shaxslarning aldoviga uchmang va kasbiy obroʻyingizga xavf tugʻdirmang. Faqat oʻz bilimingizga tayaning, aziz ustozlar! Shu oʻrinda yana bir maʼlumot! Agar test jarayonlariga doir eʼtirozlaringiz boʻlsa,yoki korrupsion holatlarga duch kelsangiz attestatsiyaga doir murojaatlar uchun maxsus tashkil etilgan vazirlik Ishonch telefoni +998 88-827-09-09 yoki quyidagi bot manzili ()ga yuborishingizni soʻraymiz. Sizning shaxsingiz sir saqlanishi kafolatlanadi. Mazkur telefon raqami orqali sizning murojaatingiz yozib olinadi. Savollaringizga tegishli mutaxassislar tomonidan oʻrnatilgan tartibda javob beriladi. Hilola Umarova, Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri
Show more ...
4 236
11
#ijodiy_olimpiada IJOD MAKTABLARI OʻQUVCHILARI OʻRTASIDA ILK BOR OʻTKAZILAYOTGAN IJODIY OLIMPIADA JARAYONLARIDAN LAVHALAR Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
1
0
#yashil_makon ⚡️“Daraxtlarni nomiga emas, hayotimiz, ertangi kunimiz uchun ekish kerak” — Shavkat Mirziyoyev. ✅Agentligimiz tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida "Maktabimizni yashil makonga aylantiramiz" shiori ostida koʻkalamzorlashtirish aksiyasi tashkil etildi. 🌲Tadbirda oʻquvchilar ustozlari boshchiligida maktab hududiga 100 dan ziyod daraxt koʻchatlarini oʻtkazdi. | | |
Show more ...
5 566
9
#New_Uzbekistan_university ⚡️ DUNYONING 1-RAQAMLI OLIYGOHI – MASSACHUSETTS TEXNOLOGIYA INSTITUTI TOMONIDAN OʻTKAZILADIGAN MAHORAT DARSLARIGA TAKLIF ETAMIZ! Massachusetts texnologiya instituti tajribasi asosida oliy taʼlim muassasasini rivojlantirish istagida boʻlgan barcha OTM rahbarlari va professor-oʻqituvchilarini mahorat darslariga taklif qilamiz. Mahorat darslari joriy yilning 29-aprel – 2-may kunlari “Yangi O‘zbekiston” universitetida boʻlib oʻtadi. Unda taʻlim boshqaruvi, zamonaviy pedagogik oʻqitish metodikalari, mustaqil taʼlimni rivojlantirish va samarali tadqiqot olib borish kabi qator yo‘nalishlarida oʻz tajribangizni oshirishingiz mumkin. Mahorat darsida ishtirok etgan ishtirokchilarga Massachusetts texnologiya instituti tomonidan sertifikat taqdim etiladi. Mahorat darslarida ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻting. Joylar soni chegaralanganligi sababli, talabgorlarning elektron pochta manziliga roʻyxatdan oʻtish tasdiqlangani haqida xabar yuboriladi. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Show more ...
6 374
27
#Qoraoʻzak_tumani ⚡️Qoraoʻzak tuman ixtisoslashtirilgan maktabida STEM fanlari boʻyicha "Hokim kubogi" olimpiadasi boʻlib oʻtdi. Mazkur olimpiadada tumandagi barcha umumta'lim maktablarining 4-sinf (ingliz tili, matematika fanlari boʻyicha) va 6-sinf (ingliz tili, tabiiy fanlar boʻyicha) oʻquvchilari qatnashdi. Olimpiada doirasida ishtirokchilar Qoraoʻzak tuman ixtisoslashtirilgan maktabida faoliyat koʻrsatayotgan robototexnika va kibersport toʻgaraklari bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, oʻquvchilar tomonidan ixtiro qilingan texnikalar koʻrgazmasi tashkil etildi. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Show more ...
5 803
14
#Attestatsiya ⚡️ IJOD MAKTABI OʻQITUVCHISI ATTESTATSIYADAN 100 BALLLIK NATIJANI QOʻLGA KIRITDI 🗺Muhammad Yusuf ijod maktabining ona tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi Dilfuzaxon Urmonova attestatsiya jarayonlari haqida o’z fikrini bildirdi. 💯U malaka test sinovlarida 100 dan 100 ballni qo‘lga kiritdi hamda oliy toifali malaka toifasiga ega bo’ldi. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

video_2024-04-23_15-11-24.mp4

6 881
26
#ijodiy_olimpiada IJOD MAKTABLARI OʻQUVCHILARI OʻRTASIDA IJODIY OLIMPIADA BOʻLIB OʻTMOQDA Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida "Ijodiy olimpiada"ning Agentlik bosqichi boshlandi. Ijod maktablarida taʼlim olayotgan oʻquvchilarni Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, oʻz isteʼdodi va ijodiy qobiliyatini namoyon qilishiga keng imkoniyat yaratish maqsadida Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablarining 8-9-sinf oʻquvchilari oʻrtasida ikki bosqichli “Ijodiy olimpiada” oʻtkazilmoqda. Mazkur olimpiadaning hududiy bosqichida saralab olingan 18 nafar oʻquvchi mazkur olimpiadaning 2 kun davom etadigan Agentlik bosqichida ishtirok etmoqda. Olimpiadaning yopilish va gʻoliblarni taqdirlash marosimi ertaga boʻlib oʻtadi. Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Show more ...
7 197
22
#hududlardan_xabarlar ⏺Andijon shahridagi Prezident maktabida “Treasure Hunt in Science” musobaqasi o‘tkazildi. ⏺Navoiy shahridagi Prezident maktabida hududdagi matematika fani oʻqituvchilari uchun seminar-trening tashkil etildi. ⏺Nukus shahridagi Prezident maktabi oʻquvchilari 22-aprel – Butunjahon Yer kuniga bagʻishlangan rolik tayyorladi. ⏺Toshkent shahridagi Prezident maktabida ijodiy ishlar tanlovi boʻlib oʻtdi. ⏺Samarqand shahridagi Prezident maktabida hududdagi biologiya fani oʻqituvchilari uchun seminar-treninglar oʻtkazildi. ⏺Xiva shahridagi Prezident maktabida hududdagi STEM fanlari pedagoglari uchun mahorat darslari tashkil qilindi. ⏺Termiz shahridagi Prezident maktabida Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligi doirasida adabiy tadbir o‘tkazildi. ⏺Farg‘ona shahridagi Prezident maktabida "Ochiq eshiklar" kuni o‘tkazildi. ⏺Ogahiy nomidagi ijod maktabida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti kafedralarining filiallari tashkil etildi. ⏺Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi hamda O‘zbekiston davlat konservatoriyasi o‘rtasida hamkorlik yoʻlga qoʻyildi. ⏺Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining “Ulug‘imsan, Vatanim” mavzusidagi Respublika ijodiy ishlar tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. ⏺Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi va Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Bogʻot, Xonqa, Zomin tumanlari va Urganch shahridagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internati oʻquvchilari xalqaro va mahalliy taʼlim grantlarini qoʻlga kiritdi. ⏺Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi, Guliston shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati oʻquvchilari fanlar boʻyicha milliy sertifikatlarni qoʻlga kiritdi. ⏺Guliston, Jizzax shaharlari va Forish tumani ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari oʻquvchilari IELTS sertifikatlariga ega boʻldi. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Show more ...
9 212
11
#Uch_avlod_uchrashuvi 9-may – Xotira va qadrlash kuni oldidan Chortoq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Uch avlod uchrashuvi" oʻtkazildi. Tuman hokimligi, Maktabgacha va maktab ta’limi bolimi, viloyat "Nuroniylar" jamgʻarmasi, Mudofaa ishlari boshqarmasi, "Vatanparvar" tashkiloti, Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Favqulodda vaziyatlar boʻlimi, Milliy gvardiya, Harbiy faxriylar kengashi bilan hamkorlikda tashkil etilgan ushbu tadbirda yosh avlod kamoloti, ta’lim-tarbiyasi yoʻlida jamoatchilik hamkorligini kuchaytirish muhim ahamiyat kasb etishi taʼkidlandi. Uchrashuv doirasida harbiy soha faxriylari va oʻquvchilari ishtirokida ramziy koʻchat ekish marosimi, turli koʻrgazmalar, sport musobaqalari oʻtkazildi. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Show more ...
5 898
13
Last updated: 11.07.23
Privacy Policy Telemetrio