Best analytics service

Add your telegram channel for

  • get advanced analytics
  • get more advertisers
  • find out the gender of subscriber
Category
Channel location and language

audience statistics Qashqadaryo | Kun.uz

Kun.uz’ning Qashqadaryo viloyatiga oid xabar va yangiliklar rasmiy kanali. Reklama: +998 78 113 10 10 Video jo'natish uchun 👉  @kunuzvideo_bot  
9 7920
~0
~0
0
Telegram general rating
Globally
57 697place
of 78 777
287place
of 430
In category
2 859place
of 3 169

Subscribers gender

Find out how many male and female subscibers you have on the channel.
?%
?%

Audience language

Find out the distribution of channel subscribers by language
Russian?%English?%Arabic?%
Subscribers count
ChartTable
D
W
M
Y
help

Data loading is in progress

User lifetime on the channel

Find out how long subscribers stay on the channel.
Up to a week?%Old Timers?%Up to a month?%
Subscribers gain
ChartTable
D
W
M
Y
help

Data loading is in progress

Hourly Audience Growth

    Data loading is in progress

    Time
    Growth
    Total
    Events
    Reposts
    Mentions
    Posts
    Since the beginning of the war, more than 2000 civilians have been killed by Russian missiles, according to official data. Help us protect Ukrainians from missiles - provide max military assisstance to Ukraine #Ukraine. #StandWithUkraine
    2 097
    4
    Qashqadaryoda qiz talashgan yigit oshnasini pichoqlab o‘ldirdi Qiz va ikki yigit mashinada ketayotganda yigitlardan biri ikkinchisini qasddan pichoqlagan. 👉 ➡️
    1 422
    7
    🔻Dollar kursi pasaydi Markaziy bank 1-iyundan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi. 🇺🇸 USD 11 400,17 so‘m (–5,67) 🇷🇺 RUB 141,89  so‘m (+0,85) 🇪🇺 EUR 12 170,82 so‘m (–55,10) ➡️
    1 147
    3
    1-iyundan qonunchilikda nimalar o‘zgaradi? sayti o‘z an’anasiga muvofiq 2023-yil 1-iyundan boshlab O‘zbekiston qonunchiligida ro‘y beradigan ayrim o‘zgarishlarni eslatib o‘tadi. 👉 ➡️
    969
    2
    O‘qishni ko‘chirish uchun qanday talablar borligi ma’lum qilindi O‘qishni ko‘chirish uchun arizalar 15 iyuldan 5 avgustgacha qabul qilinadi. Bu boradagi tartib o‘tgan yili qat’iylashtirilgan. 👉 ➡️
    976
    11
    ☀️Quyoshda qoldirilgan avtomobil salonida havo harorati 55-60 darajagacha ko‘tarilib yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin ☀️Quyoshning ta’siri natijasida avtomobil ichidagi va tashqaridagi havo haroratini : ⏰vaqt - tashqarida - ichkarida 0 min. +27 daraja + 27 daraja 10 min. +27 daraja + 37 daraja 20 min. +27 daraja + 43 daraja 30 min. +27 daraja + 46 daraja 40 min. +27 daraja + 48 daraja 50 min. +27 daraja + 49 daraja 60 min. +27 daraja + 51 daraja ☀️Quyosh nurlaridan hosil bo‘lgan issiqlik avtomobil ichida juda tez to‘planadi. Shu sababli havo issiq bo‘lgan paytda avtomobillarni salqin joylarda qo‘yish tavsiya etiladi. ➡️
    Show more ...
    2 451
    19
    Bog‘chalardagi oliy ma’lumotli tarbiyachilar oyligi o‘qituvchilar oyligiga tenglashtiriladi Prezident farmoniga ko‘ra, 2024-yil 1-iyundan bog‘chalardagi oliy ma’lumotli tarbiyachilarning oyligi maktab o‘qituvchilari oyligiga tenglashtiriladi. 👉 ➡️
    2 576
    19
    Qashqadaryoda ikki kishi o‘qotar qurollardan o‘q uzdi Surishtiruvlar davomida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videodagi shaxs Kasbi tumani Maymanoq qishlog‘ida yashovchi fuqaro T.M. ekani va u 2023 yil 25 mayda Rossiyaga ketgani . T.M. videotasvirda namoyish etgan 2 dona qurol aslida hamqishlog‘i Maymanoq qishlog‘ida yashovchi, “Ovchilik jamiyati” a’zosi tegishli ekani aniqlangan. Fuqaro E.O. hozirda Rossiyaga ketgani bois, uning o‘g‘li N.Sh. bilan fuqaro T.M. qonuniy tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan bir dona ov quroli va 2021 yil 23 apreldan buyon noqonuniy ravishda saqlab kelayotgan bir dona pnevmatik quroldan o‘q otib namoyish etgan aniqlangan. Hozirgi vaqtda qurollar tegishli tartibda bayonnoma asosida hujjatlashtirib olindi. Holat yuzasidan Kasbi tuman IIB tomonidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. ➡️
    Show more ...
    3 585
    13
    O‘zbekiston bayrog‘idan erkin foydalanish bo‘yicha hujjat qabul qilinishi kutilmoqda Amaldagi prezident, davlat bayrog‘idan faqat bayram va marosimlarda yoki sport musobaqalarida ko‘tarishda foydalanilayotgani, endilikda esa uning har bir xonadonda xilpirab turishiga ruxsat beruvchi hujjatni qabul qilish vaqti yetganini ta’kidlagan. 👉 ➡️
    3 521
    2
    Qashqadaryodagi maktab o‘quvchilari to‘qqiz yoshli bolani zo‘rladimi? Ijtimoiy tarmoqlarda “Qashqadaryoda maktab o'quvchilari to‘qqiz yoshli bolani zo‘rlaganlikda gumon qilinmoqda” mazmunida xabarlar tarqaldi. Murojaatga Koson tuman Maktabgacha va maktab talimi bo‘limi munosabat . Unda yozilishicha, joriy yil 11-may kuni kunduzi soat 15:16 larda maktabning 3-sinf o‘quvchilarining 8 nafari darsdan keyin sport zaliga kirgan. O‘quvchilar o‘zaro o‘yin o‘ynab turganda ikki nafar 5-sinf o‘quvchilari ham sport zaliga kirgan va ularni qo‘rqitib zaldan bir nechtasini chiqarib yuborgan. Zalda qolgan 4 nafar 3-sinf o‘quvchilarini sport zalidagi kichkina xonaga kiritgan va o‘zlarining qo‘llarida bo‘lgan o‘yinchoq rezinka “ilon“ bilan kiyimlarini yechtirib ularning bir nafarini badaniga, jumladan belidan pastki qismiga ham urgan va keyin chiqib ketishgan. Bu holatdan xafa bolgan o‘quvchi uyiga ketgan va qo‘rquv natijasida hech kimga hech narsa aytmagan. Oradan uch kun o‘tgach bolaning sinfdoshi uning onasiga bo‘lgan voqea haqida aytib bergan. Bu voqeadan ta’sirlangan ona bolasini tibbiy ekspertiza qildirmasdan turli so‘zlarni boshqa OAV vakillariga aytgan. Ushbu holat nazoratga olingan. Ayni paytda voqea tuman IIB tergov bo‘limi tomonidan o‘rganilmoqda, maktab rahbariyati yoki boshqa rahbarlar tomonidan bolaning ota-onasi yoki oila a’zolariga hech qanday bosim o‘tkazilmagan. O‘quvchi onasi shoshilinch qaror qabul qilganidan afsusda ekanligini, bolasi sog‘-salomatligini bildirgan. Voqea va maktabdagi mavjud ma’naviy holat bo‘lim masul xodimlari nazoratiga olingan. ➡️
    Show more ...
    3 595
    12
    🔻Dollar kursi pasaydi Markaziy bank 31-maydan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi. 🇺🇸 USD 11 405,84 so‘m (–14,36) 🇷🇺 RUB 141,04 so‘m (–1,72) 🇪🇺 EUR 12 225,92 so‘m (–13,11) ➡️
    3 597
    6
    «Ochiq budjet»ga beriladigan mablag‘ 3 karra oshirilib, 24 trillion so‘mga yetkaziladi - Shavkat Mirziyoyev Shavkat Mirziyoyevning ma’lum qilishicha, mahalla raislarining vakolat muddati 3 yildan 5 yilga uzaytiriladi. 👉 ➡️
    6 515
    22
    31-may kuni kutilayotgan ob-havo ma’lum qilindi Respublika Gidrometeorologiya markazi O‘zbekiston bo‘yicha 31-may, chorshanba kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. 👉 ➡️
    3 602
    0
    “Fuqarolar o‘z dini ta’limotlarini o‘rganish huquqiga ega” – Musulmonlar idorasi “tarqatish mumkin bo‘lgan” manbalarni e’lon qildi Musulmonlar idorasi “juma tabrigi va oyat va hadislarni, o‘zbekistonlik ulamolar va imomlarning ma’ruzalarini ham tarqatish” mumkin emas, degan mazmunida tarqalayotgan ogohlantirishlarni asossiz va yolg‘on, deb atadi. Shuningdek, muftiyat mutolaa qilish hamda ulardagi ma’lumotlarni yaqinlariga ulashish mumkin bo‘lgan rasmiy veb-saytlar va ijtimoiy tarmoqdagi sahifalar ro‘yxatini taqdim qildi. 👉 ➡️
    Show more ...
    4 157
    15
    Bog‘chalarda ayrim xodimlar maoshiga bir martalik qo‘shimcha haq beriladi Bog‘chalarda xodimlarning maoshiga bir martalik qo‘shimcha haq ularning erishgan natijalardan kelib chiqib yoki qator zarur shartlar bajarilganda beriladi. 👉 ➡️
    3 592
    14
    Kecha IIB YHXB xodimlarini obro‘sizlantirganlikda, mayda bezorilikda va transport vositalarini boshqarish qoidalarini buzganlikda ayblanib 5 sutka qamoq jazosiga hukm qilingan blogerlardan biri IIB xodimlariga bir oo‘iz ham oshiqcha gapirmaganini ta‘kidlamoqda. ➡️ Qashqadaryo xabarlari

    file

    3 574
    13
    Qashqadaryoda mahalliy bloger qamaldi. U SChR bo‘yicha yig‘ilishni yoritmoqchi bo‘lgani aytilmoqda Bloger mayda bezorilik va hokimiyat vakiliga qarshilik qilishda ayblanib, 15 sutka ma’muriy qamoqqa olindi. OAVga ko‘ra, u hokim o‘rinbosarining safarbarlikka chaqiruv rezervi uchun odam topish topshirig‘i yuzasidan voqea joyiga borib, kaltaklangan bo‘lishi mumkin. 👉 ➡️
    3 550
    4
    Qashqadaryoda yana ikki nafar bloger va sayt bosh muharriri qamaldi Qashqadaryo viloyati sudining xabar berishicha, bugun 29-may kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Shahrisabz shahar sudining ochiq sud majlisida bloger A. Abdullayev (1987 yilda Yakkabog‘ tumanida tug‘ilgan), Nasaf News» veb-sayti rahbari Umid Karimov (1996 yilda Qarshi tumanida tug‘ilgan) va avtobloger Maqsud Muzaffarov (1988 yilda Yakkabog‘ tumanida tug‘ilgan) ga oid ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish ko‘rib chiqilgan. Blogerlar va sayt muharriri transport vositalaridan foydalanish qoidalarini buzish va mayda bezorilikda ayblangan ularning har biriga besh sutkadan ma‘muriy qamoq jazosi berilgan. ➡️ ‌‌
    Show more ...

    video.mp4

    3 965
    18
    Nonushta, tushlik va kechki ovqatga qanday taomni xush ko‘rasiz? So‘rovnomamizda qatnashib, javob bering👇 Reklama
    3 799
    4
    Abiturentlarning maktabdagi baholari OTMga kirishda hisobga olinadi 🔰Qonunchilikka ko‘ra, maktab bitiruvchilarining shahodatnomasidagi 11 yillik ta’limning so‘nggi 6 yillik baholari OTMga kirishdagi balga . Baholar elektron platformalar orqali hisoblanadi va DTMning “ABITUR” dasturiga yuboriladi. 🔢 Baholarning o‘rtacha ko‘rsatgichi 6-11-sinflardagi yoki 6-9-sinflar va 1-2-bosqichlardagi yillik baholarning umumiy yig‘indisini o‘qitilgan fanlarga bo‘lish orqali chiqariladi. 🔘 Maksimal ball 100 foiz deb olinadi va ballar baho tizimiga quyidagicha o‘tkaziladi: ▫️86–100 foiz uchun – 5 baho; ▫️71–85 foiz uchun – 4 baho; ▫️56–70 foiz uchun – 3 baho; ▫️56 foizgacha – 2 baho. ➡️
    Show more ...
    3 923
    17
    «Nasaf» — «Paxtakor» o‘yini yangi sanasi e’lon qilindi 👉 ➡️
    3 706
    3
    🔺AQSH dollarining rasmiy kursi oshdi Markaziy bank 30-maydan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi. 🇺🇸 USD 11 420,20 so‘m (+5,20) 🇷🇺 RUB 142,76 so‘m (+0,20) 🇪🇺 EUR 12 239,03 so‘m (–14,97) ➡️
    3 979
    1
    📊 4 oyda Qashqadaryo viloyatining tashqi savdo aylanmasi qancha bo‘ldi? 🏢 Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilning yanvar-aprel oylarida hududlar kesimida tashqi savdo aylanmasi hajmi (AQSH dollari): 🔹 Qoraqalpog‘iston R. – 158,3 mln 🔹 Andijon viloyati – 1,6 mlrd 🔹 Buxoro viloyati – 445,4 mln 🔹 Jizzax viloyati – 373,5 mln 🔹 Qashqadaryo viloyati – 179 mln 🔹 Navoiy viloyati – 376 mln 🔹 Namangan viloyati – 414 mln 🔹 Samarqand viloyati – 796 mln 🔹 Surxondaryo viloyati – 103 mln 🔹 Sirdaryo viloyati – 286 mln 🔹 Toshkent viloyati – 1,9 mlrd 🔹 Farg‘ona viloyati – 571,4 mln 🔹 Xorazm viloyati – 276 mln  🔹 Toshkent shahri – 7,7 mlrd ➡️
    Show more ...
    3 798
    5
    Qashqadaryoda qizning suratlariga uyatli so‘zlar yozib “Telegram”da tarqatgan yigitlarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi Qarshi shahrida yashovchi 27 yoshli (ayol) O.O‘. IIBga ariza bilan murojaat qilib, “noma’lum shaxs” “Telegram”da uning shaxsiy suratlariga uyatli so‘zlar yozib tarqatayotganini ma’lum . O‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida Nishon tumanida yashovchi 20 yoshli (erkak) J.Q. va Ko‘kdala tumanida yashovchi 27 yoshli (erkak) Yu.E.lar ijtimoiy tarmoqlardan O.O‘.ning suratlarini yuklab olib, ularga uyatli so‘zlarni yozib “Telegram”dagi guruhlarda tarqatgan. Qayd etilishicha, jinoyat sodir etgan J.Q. va Yu.E.lar jinoyat kodeksining 140-moddasi 2-qismi bilan jinoiy javobgarlikka tortilgan. Qonunga muvofiq, BHMning 200 baravaridan 400 baravarigacha miqdorda jarima yoki 240 soatdan 300 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yildan ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari jazosi nazarda tutilgan. ➡️
    Show more ...
    3 844
    10
    O‘zbekistonda bugun havo harorati 39 darajagacha isishi kutilmoqda «O‘zgidromet» bugun 29-may, dushanba kuni kuzatiladigan ob-havo haqida ma’lumot berdi. 👉 ➡️
    3 931
    9
    Kitob tumanida g‘alla maydoni yonib ketdi 2023-yil 27-may kuni soat 15:11 larda Kitob tumani FVB ga “Zarafshon” MFY, Minjil qishlogʼida joylashgan “Аyoqchi” fermer xoʼjaligiga qarashli bug‘doy dalasida yong'in sodir bo'layotgani to'g'risida xabar kelib . 2 ta yong'in-qutqaruv ekipaji soat 15:58 larda voqea joyiga yetib borib, qariyb bir soatda, 16:50 larda yong‘inni bartaraf etgan. Yong'in oqibatida fermer xo'jaligiga qarashli taxminan 1 gektarga yaqin g'alla maydoni yonib ketgan. Mahalliy aholi va yong'in-qutqaruvchilarning saʼy-harakatlari bilan ekin maydonga yondosh boʻlgan qariyb 15 gektar ekin maydoni yong'indan saqlab qolingan. Hozirda yongʼin sababi va zarariga aniqlik kiritilmoqda. ➡️
    Show more ...

    IMG_6666.MOV

    4 912
    47
    Qarshi shahridagi kafeda yong‘in sodir bo‘ldi. Bir kishi jarohatlandi Ma’lum bo‘lishicha, 27 may kuni soat 21:16 larda Qarshi shahar FVB ga  I.Karimov ko‘chasida joylashgan kafe yonayotgani haqida xabar kelib . Soat 21:21 da 2 ta yong‘in-qutqaruv bo‘linmasi voqea joyiga borib yong‘inni o‘chirgan. Yong‘in oqibatida fuqaro I.E ga qarashli kafening 80 m² maydonda ichki qismi va oshxona jihozlari yonib zararlangan. Shuningdek, hodisada kafe egasi ehtiyotsizligi tufayli yiqilib, oyoq qismidan yengil jarohat olgan. Yong'in binoning kirish qismida vaqtincha foydalanish uchun qo'shimcha yog'ochdan qurilgan oshxonasidan kelib chiqgani taxmin qilinmoqda. ➡️
    Show more ...

    file

    3 996
    15
    O‘zbekistonda haj mavsumi 4-iyundan boshlanadi Musulmonlar idorasi va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita haligacha Haj uchun kvotalar sonini ma’lum qilmadi. Bo‘lajak hojilar haj uchun 68 mln 760 mingdan to‘lashayotgani ma’lum. 👉 ➡️
    4 012
    6
    Kelasi oy o‘zbekistonliklarni uzun dam olish kunlari kutmoqda Iyun oyining oxirida O‘zbekiston aholisi ketma-ket kamida uch kun, ko‘pi bilan besh kun dam oladi. 👉 ➡️
    4 285
    5
    Qarshida akasiga tegishli mashinaning davlat raqamlarini yechib qo‘yib harakatlangan voyaga yetmagan bolaga chora ➡️

    QARSHI MERS TAYYOR~1.mp4

    4 221
    3
    Last updated: 11.07.23
    Privacy Policy Telemetrio