Best analytics service

Add your telegram channel for

  • get advanced analytics
  • get more advertisers
  • find out the gender of subscriber
Category
Channel location and language

audience statistics Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining rasmiy Telegram-kanali Murojaat uchun: 71 202 33 55, 71 200 00 61 yoki 1282 
230 600+487
~39 791
~13
41.57%
Telegram general rating
Globally
11 695place
of 78 777
459place
of 2 295
In category
160place
of 1 081

Subscribers gender

Find out how many male and female subscibers you have on the channel.
?%
?%

Audience language

Find out the distribution of channel subscribers by language
Russian?%English?%Arabic?%
Subscribers count
ChartTable
D
W
M
Y
help

Data loading is in progress

User lifetime on the channel

Find out how long subscribers stay on the channel.
Up to a week?%Old Timers?%Up to a month?%
Subscribers gain
ChartTable
D
W
M
Y
help

Data loading is in progress

Since the beginning of the war, more than 2000 civilians have been killed by Russian missiles, according to official data. Help us protect Ukrainians from missiles - provide max military assisstance to Ukraine #Ukraine. #StandWithUkraine
🇩🇪 Germaniyada tibbiyot sohasida ishlash talabi va imkoniyatlari qanday? ☎️ Murojaat uchun: 71 202-33-55 yoki 1282 qisqa raqami 🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring | || | ||

MASTER reels_telegram uchun new.mp4

14 661
139
#Xalqaro_hamkorlik 🇺🇿🇭🇺 Bugungi hamkorlik uchrashuvi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi rahbariyati hamda Vengriyaning "BI-KA Ltd. Logistics" kompaniyasi vakillari o'rtasida bo'lib o'tdi. Unda o'zbekistonlik yuk avtomobili haydovchilarini mazkur davlatga ishga jalb qilish masalalari muhokama etildi. 🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring | || | ||

MASTER.mp4

59 434
99
Bugun, 20-may kuni soat 12.20 da “Yoshlar” radiokanalining "Yoshlar bilan" eshittirishida tashqi mehnat migratsiyasi sohasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi mutaxassisi ishtirokida suhbat tashkil etiladi. Mazkur suhbatni FM 104.0 to‘lqinida tinglashingiz mumkin. 🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring | || | ||
69 108
22
#Eslatma Qozogʻiston Respublikasiga vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish maqsadida chiqib ketayotgan yurtdoshlarimiz uchun eslatma! 🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring | || | ||

file

66 759
63
Bugun, 20-may kuni soat 11.35 da “O‘zbekiston 24” radiokanalining "Radio muloqot" eshittirishida fuqarolarimizni chet tili va kasblarga o'qitish, xorijga ishga jalb qilish, haq-huquqlarini ta'minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi mutaxassisi ishtirokida suhbat tashkil etiladi. Mazkur suhbatni FM 87,9 to‘lqinida tinglashingiz mumkin. 🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring | || | ||
64 801
13
#Vatandoshlar_bilan_muloqot 🇷🇺 Rossiya Federatsiyasi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Rossiya Federatsiyasidagi vakillari tomonidan Tuladagi “Kapitan”, Sankt-Peterburgdagi «KMZ», Voronejdagi «Zavod JBK» korxonalarida ishlayotgan yurtdoshlarimiz va ularning ish beruvchilari bilan uchrashuvlar tashkil etildi. Uchrashuvlarda fuqarolarimizning yashash va ish sharoitlari bilan tanishilib, ularning muammolariga yechim topishda ko‘maklashildi. Migratsiya sohasidagi yangi qaror va qonunchilik normalari, chet elda mehnat qilish uchun yaratilayotgan sharoit va qulayliklar to‘g‘risida maʼlumot berildi. Shuningdek, fuqarolarga Rossiya Federatsiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligini buzmaslik, ommaviy namoyishlarda ishtirok etmaslik hamda turli vaʼdalarga uchmaslik yuzasidan targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi. 🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring ||||||
Show more ...
68 053
17
Xorijda ishlayotgan yurtdoshlarimiz va ularning oila aʼzolari yashash hamda ish sharoitlari o‘rganilmoqda Bu borada Qashqadaryoda amalga oshirilayotgan ishlar haqida "Zo‘r tv" telekanalida 🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring ||||||

IMG_7383.MP4

91 372
90
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining xorijdagi vakolatxonalari: 🇷🇺 Rossiya Federatsiyasi Moskva: 📍Manzil: Moskva shahri 1-Kazachiy tor ko‘chasi, 11/2 (Metro Polyanka). ☎️ +7 (925) 045-47-44. Sankt-Peterburg: 📍Manzil: Sankt-Peterburg shahri, 4-Krasnoarmeyskaya ko‘chasi, 4A-uy. O‘zbekiston Respublikasining Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasi binosi. ☎️ +7 (951) 680-95-97. Yekaterinburg: 📍Manzil: Yekaterinburg shahri, Karl Libknext ko‘chasi 22-uy. ☎️ +7 (925) 950-89-77, +7 (922) 186-35-66. Novosibirsk: 📍Manzil: Novosibirsk shahri, Semi Shamshinix ko‘chasi, 30-uy. ☎️ +7 (953) 862-00-07. Samara: 📍Manzil: Samara shahri, Novo-Sadovaya ko‘chasi, 3-uy. ☎️ +7 (925) 750-87-57, +7 (927) 011-89-59 Ufa: 📍Manzil: Ufa shahri, Verxnetorgovaya maydoni ko‘chasi, 4-uy, 516-ofis. ☎️ +7 (925) 373-97-65, +7 (347) 216-33-43. Voronej: 📍Manzil: Voronej shahri, Krasnoznamyonnaya ko‘chasi, 15-uy. ☎️ +7 (906) 030-16-89. Tula: 📍Manzil: Tula shahri, Mixeeva ko‘chasi 17-uy, 14-xona. ☎️ +7 (936) 251-76-21. Krasnodar: 📍Manzil: Krasnodar shahri, Sezar Kunikov ko‘chasi, 18-6-4 ☎️ +7 (999) 553-88-19. Volgograd: 📍Manzil: Volgograd shahri, Kalinin ko‘chasi, 2a-uy. ☎️ +7 (999) 553-44-03. Nijniy Novgorod: 📍Manzil: Nijniy Novgorod shahri, Maksim Gorkiy ko‘chasi, 260-uy, 16-xona. ☎️ +7 (996) 567-56-98 Xanti-Mansiysk: 📍Manzil: Nijnevartovsk shahri, Mira ko‘chasi 14P-uy. ☎️ +7 (964) 631-03-00, +7 (346) 631-00-15 Irkutsk: 📍Manzil: Irkutsk shahri, Sovetskaya ko‘chasi, 124 V-uy ☎️ +7 (964) 755-02-02, +7 (915) 332-33-05. Amur: 📍Manzil: Blagoveshensk shahri, Gorkiy ko‘chasi 87-uy ☎️ +7 (925) 657-67-18 Krasnoyarsk: 📍Manzil: Krasnoyarsk shahri, Baturina ko‘chasi, 7-uy. ☎️ +7 (926) 379-44-22 Perm: 📍Manzil: Perm shahri, Revolyutsiya ko‘chasi, 5/1-uy, 106-ofis. ☎️ +7 (925) 884-01-01, +7 (982) 231-69-49 🇰🇷 Koreya Respublikasi Kvangju: 📍Manzil: 광주광역시 광산구 사암로 359 (월곡동) (3 층) 359, Saam-roo, Kvansan-gu, Kvangju (Volgok-dong) (3-qavat) ☎️ 070-4252-2772, NaN, NaN (faks). E-mail: 🇹🇷 Turkiya Respublikasi Istanbul: 📍Manzil: Levent Mah. Levent Cad. Lale Sk. No8 Beşiktaş, İstanbul, Türkiye. ☎️ (+90212) 229-00-75, 323-20-37, (+90507) 477-53-17, (+90212) 323-20-40 (faks), +998 90 019-00-77 (telegram). E-mail: 🇰🇿 Qozog‘iston Respublikasi 📍Manzil: Chimkent shahri, Beybitshilik ko‘chasi 64-uy. Mo‘ljal: "Aydana plaza" mehmonxonasi. ☎️ +77053123670, +77172954587. 📞 Agentlik ishonch telefonlari: 71 202-33-55, 71 200-00-61 yoki 1282 qisqa raqami. 🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring | || | ||
Show more ...
6 555
34
🇬🇧 Buyuk Britaniya ish beruvchilari tomonidan bo‘sh ish o‘rinlari uchun tashkil etilgan tanlovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan fuqarolarning navbatdagi guruhi, ya'ni 112 nafari mavsumiy qishloq xo'jaligi sohasida ishlash uchun ushbu davlatga jo‘nab ketdi. Shartnoma muddati: 6 oy Ish haqi: 1500-2000 AQSH dollari atrofida Ma'lumot o'rnida, joriy yilning bugungi kuniga qadar 1600 dan ziyod yurtdoshlarimiz Buyuk Britaniyaga mavsumiy qishloq xo'jaligi sohasida ishlash uchun ketgan. 🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring ||||||
Show more ...

master.mp4

119 330
849
Qozog‘istonga borayotgan fuqarolar diqqatiga Qozog‘iston va Rossiya hukumatlarining maʼmuriy va jinoiy ishlari bo‘yicha qarorlarni tan olish va ijro etishga oid ikki tomonlama kelishuvlari asosida Qozog‘iston chegara va ichki ishlar tizimida yangi tizim joriy etilgan. Natijada so‘nggi vaqtlarda Rossiya hududida huquqbuzarlik sodir etgan O‘zbekiston fuqarolarining Qozog‘iston chegarasini kesib o‘tish vaqtida hibsga olinish holatlari kuzatilmoqda. Shuningdek, hibsga olingan shaxslar Rossiya tomoni mazkur huquqbuzarliklar bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilguniga qadar jazoni ijro etish muassasalarida saqlanmoqda. Shu munosabat bilan, Rossiya hududida huquqbuzarlik sodir etib, O‘zbekistonga kelgan yurtdoshlarimizga Qozog‘istonga bormaslik tavsiya qilinadi. 🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring ||||||
Show more ...
140 132
360
🇺🇿🇸🇰 Bugun Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligida Slovakiyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Viktor Boretskiy bilan uchrashuv o‘tkazildi. Ayni paytda Yevropa Ittifoqi davlatlarida demografik jarayonlarning keskin o‘zgarishi natijasida mehnat resurslariga talab ortib bormoqda. Ayni omillardan kelib chiqib, hamyurtlarimiz rivojlangan G‘arb mamlakatlari xususan, Slovakiyada ham vaqtincha mehnat faoliyatini olib borishmoqda. Ular yirik ishlab chiqarish quvvatlari, transport xizmatlarini ko‘rsatish kabi sohalarda mehnat qilmoqda. Elchi bilan uchrashuv konstruktiv ruhda bo‘lib o‘tdi. Asosiy e’tibor Slovakiyaga vaqtincha mehnat faoliyatini olib borish uchun ketayotgan fuqarolarimizni har tomonlama himoya qilish, viza olish, suhbatdan o‘tish jarayonlarini tartibli, har ikki tomon uchun qulay tashkil etish va manzilli ishga yuborishga qaratildi. Mavjud bir qator masalalar ham o‘rtaga tashlanib, ularning yechimi yuzasidan birgalikda ish olib boriladigan bo‘ldi. | | |
Show more ...
103 960
98
🇺🇿🇩🇪 Qashqadaryoda 1500 dan ortiq yoshlar nemis tilini o'rganmoqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi viloyat filiali va viloyat oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi mutasaddilari Germaniyada Ausbildung orqali ishlash maqsadida nemis tilini o‘rganayotgan yoshlar bilan uchrashdi. Germaniyada mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, ish beruvchi tashkilotlar talablari, ushbu davlatda mehnat faoliyatini olib borish uchun nemis tilini bilishning ahamiyati haqida maʼlumot berilib, tinglovchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berildi. Taʼkidlash joiz, bugungi kunda viloyat tumanlarida tashkil etilgan nemis tili kurslariga 1500 dan ortiq yoshlar jalb qilingan. 🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring ||||||
Show more ...
93 072
254
📞Agentlikning ishonch raqamlariga kun davomida qancha savol kelib tushadi? 🎥 Rolikda call-markazdagi jarayonlar... 👉🏻 Mehnat migratsiyasi masalalari boʻyicha maʼlumot olish uchun 1282 qisqa raqami yoki 71 202-33-55 va 71 200-00-61 raqamlari orqali murojaat qilishingiz mumkin. 🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring ||||||

call markaz.mp4

114 738
359
Rus tilini yaxshi biladigan 1200 nafar yurtdoshimizni Slovakiyadagi avtomobil zavodi ishga taklif qilmoqda ▪️Oylik maosh qo‘lga tegadigani 900 yevro, ish hajmiga qarab turli bonuslar ham beriladi; ▪️haftasiga 5 kun ish; ▪️xodim tibbiy sugʻurta qilinadi. ❗️E'tibor bering, ishga 18 yoshdan 50 yoshgacha bo‘lgan, rus tilini yaxshi biladigan erkaklar qabul qilinadi. Ro‘yxatdan o‘tgan nomzodlar rus tilidan onlayn test orqali saralab olinadi. Tanlovdan o‘tgan, ish beruvchining talabiga mos keluvchi nomzodlar 4 kundan 7 kungacha amaliy mashgʻulotlarni oʻtaydi. Mashg‘ulot to‘lovlari, ishchi viza hamda Slovakiyaga borish xarajatlari nomzod tomonidan qoplanadi. Avtomobil zavodida vaqtincha ishlash istagida bo‘lgan yurtdoshlarimiz 2024-yil 16-maydan, 20-may soat 18:00 ga qadar quyidagi havola orqali roʻyxatdan oʻtishi lozim. 👉 Roʻyxatdan oʻtish OneID olish bo‘yicha videoqo‘llanma Ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma | | | | Youtube
Show more ...
90 705
3 429
#Eslatma Rossiya Federatsiyasida ishlayotgan yurtdoshlarimizni ogohlikka chaqiramiz! So‘nggi vaqtlarda Rossiyada ishlayotgan yurtdoshlarimiz orasida Internetdagi e'lonlar orqali katta pul evaziga mahsulotni bir manzildan ikkinchi manzilga yetkazib berish bo‘yicha muammolar yuzaga kelmoqda. Murojaatlardan maʼlum bo‘lmoqdaki, norasmiy kuryerlik xizmatlarida narkotik yoki taʼqiqlangan moddalar solingan buyurtmalarni yetkazib berish (zakladka) taklif qilinmoqda va buning oqibatida politsiya xodimlari tomonidan ular ushlanib, jinoiy javobgarlikka tortilmoqda. Shu munosabat bilan, yurtdoshlarimizdan norasmiy kuryerlik xizmatlarida ishlamaslikni, katta miqdordagi pul evaziga shubhali buyumlarni bir manzildan ikkinchi manzilga yetkazib bermaslikni yoki mahsulotni albatta tekshirishni so‘raymiz. Eslatib o‘tamiz, Rossiya qonunchiligiga ko‘ra, narkotik moddalarni sotish yoki yetkazib berish uchun uzoq muddatli qamoq jazosi belgilangan. 🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring ||||||
Show more ...

file

102 899
235
Farg‘onada fuqaroni Janubiy Koreyaga yuborishni vaʼda qilgan shaxs ushlandi Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Marg‘ilon shahar bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.X. fuqaro M.E.ning ishonchiga kirib, uning farzandi M.Z. ni 10 000 AQSH dollari evaziga Janubiy Koreyaga o‘qishga va ishga yuborishini vaʼda qilib, oldindan 3 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. ❗️Eslatib o‘tamiz, fuqarolarni xorijga ishga jo‘natish O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga , litsenziyali faoliyat hisoblanadi. 👉 🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring ||||||
Show more ...
101 063
210
🇷🇴 Endi navbat Ruminiyaga Ruminiyada qurilish sohasida ishlash uchun 18 nafar yurtdoshimiz ishchi vizasini oldi. Ular yaqin kunlarda ushbu davlatga jo‘nab ketadi. Barchasi haqida batafsil axborot kanallarimizda xabar beramiz. 🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring | || | ||

ROMANIA.mp4

114 177
227
Noqonuniy mehnat migranti turli muammolarga uchrashi mumkinmi? 🎥 Ushbu masalada O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bilan hamkorlikdagi “Migrantlar” loyihasida 🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring | || | ||
104 004
29
Bugun, 15-may kuni soat 12.20 da “O‘zbekiston 24” radiokanalining "Radio muloqot" eshittirishida tashqi mehnat migratsiyasi sohasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi mutaxassisi ishtirokida suhbat tashkil etiladi. Mazkur suhbatni FM 87,9 to‘lqinida tinglashingiz mumkin. 🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring | || | ||
102 909
31
Bugun, 15-may kuni soat 12.20 da “O‘zbekiston 24” radiokanalining "Radio muloqot" eshittirishida tashqi mehnat migratsiyasi sohasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi mutaxassisi ishtirokida suhbat tashkil etiladi. Mazkur suhbatni FM 87,9 to‘lqinida tinglashingiz mumkin. 🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring | || | ||
1
0
#Eslatma Qozogʻiston Respublikasiga vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish maqsadida chiqib ketayotgan yurtdoshlarimiz uchun eslatma! 🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring | || | ||

file

106 157
176
#Migrantlar_bilan_muloqot 🇷🇺 Rossiya Federatsiyasi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Rossiya Federatsiyasidagi vakillari hududlaridagi korxonalarda bo‘lib, ish beruvchilar va mehnat migrantlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Xususan, Amurdagi “Noxodka”, Tuladagi “DobroFlot”, Yekaterinburgdagi “Elektronstroy”, Megiondagi “Jilishno-kommunalniy otdel”, Nijnevartovskdagi “Obnefteremont” va Ufadagi korxonalarda ishlayotgan yurtdoshlarimiz va ularning ish beruvchilari bilan uchrashuvlar tashkil etildi. Unda xorijiy ishchi kuchiga ehtiyoji mavjud korxonalarga tashkiliy tarzda O‘zbekiston fuqarolarini ishga jalb qilish imkoniyatlari to‘g‘risida fikr almashildi. Mehnat migrantlari bilan uchrashuvda O‘zbekistonda migratsiya sohasida qabul qilinayotgan yangi qonunchilik normalari, chet elda mehnat qilish uchun yaratilayotgan sharoitlar haqida maʼlumot berildi. Ularning yashash va ish sharoitlari o‘rganildi. 🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring ||||||
Show more ...
91 572
39
🇬🇧 Xabar berganimizdek, bugun 104 nafar yurtdoshimiz mavsumiy qishloq xo‘jaligi sohasida ishlash uchun Buyuk Britaniyaga jo‘nab ketdi Oylik maosh – 1500-2000 dollar. Joriy yilning shu davriga qadar Buyuk Britaniyaga 1530 nafar hamyurtimiz borib ishlamoqda. Yil yakunigacha ushbu ko‘rsatkichni 4000 taga yetkazish rejalashtirilgan. Yurtdoshlarimizni kuzatish jarayoni ushbu havolada | | | |

angliya_54.mp4

89 997
479
#Sōragan_edingiz 🇺🇿🇩🇪Germaniyaga fuqarolarni ishga jalb qilish bo‘yicha “Duvenbeck” korxonasi bilan hamkorlikda qanday loyiha amalga oshirilmoqda? 🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring ||||||

100EOS5D 222.mp4

104 471
273
Chet tili va kasb bilish – yuqori maosh kafolati Jizzax viloyatining Mirzacho'l tumani hokimi, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi mas'ul xodimlari ishtirokida hududdagi bitiruvchi o'quvchilar va ularning ota-onalari bilan uchrashuv o'tkazildi. Unda yoshlarga chet tillari va kasb-hunar o'rganishlari uchun tumanda yaratilgan imkoniyatlar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi. 🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring ||||||
92 225
41
#live Ayni daqiqalarda Toshkent xalqaro aeroportida Buyuk Britaniyaga mavsumiy qishloq xo‘jaligi sohasida ishlash uchun ketayotgan yurtdoshlarimizni kuzatmoqdamiz. Bu gal 104 nafar hamyurtimiz ushbu davlatga jo‘nab ketmoqda. 💬Jarayonlarni bu yerda jonli efirda kuzating! | | | |
86 330
221
Yangi O‘zbekistonning aksilkorrupsiya islohotlari fakt va raqamlarda Videorolik “Yuksalish” harakati tomonidan tayyorlangan. * * * * * Agarda siz korrupsiyaga oid huquqbuzarlik holatlariga duch kelsangiz, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining “Call-markazi” – 1253 yoki eanticor.uz elektron platformasi orqali murojaat qilishingiz 🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring ||||||

IMG_1009.MP4

109 887
100
🇰🇷Koreya Respublikasida qishloq xo’jaligi va xizmat ko’rsatish-2 (mehmonxona va oshxona ishlari) sohalarida vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish maqsadida joriy yil malaka imtihonida (skill) ishtirok etgan nomzodlar diqqatiga! Inson resurslarini rivojlantirish xizmati ma'lumotlariga ko'ra, qishloq xo’jaligi sohasida 1713 nafar, xizmat ko’rsatish-2 sohasida 1237 nafar fuqaro malaka imtihonidan muvaffaqiyatli o'tgan. 👉 (qishloq xo’jaligi) 👉 (xizmat ko’rsatish-2)Nomzodlardan anketa maʼlumotlarini yashash hududidagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining hududiy filiallariga taqdim etishlarini so‘raymiz. 👉 👉 🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring ||||||
Show more ...
127 977
933
Ayni kunlarda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, Shveytsariyaning "Globogate Concept AG." tashkiloti va Germaniyaning "Axen" universiteti klinikasi vakillari tomonidan o’rta bo’g’in tibbiyot hamshiralari uchun tanlovlar o’tkazilmoqda. Mazkur klinikada ishlash uchun tanlab olinadigan hamshiralar Germaniyaga ketish oldidan Toshkent, Angren va Andijon shaharlarida tashkil etilgan nemis tilini o’qitish kurslariga jalb etiladi. Shuningdek, ushbu loyihada ishtirok etish istagidagi nomzodlar uchun 14-may kuni Toshkent shahrida va 15-16-may kunlari Andijon viloyatida tanlovlar davom etadi. ☎️ Murojaat uchun: 71 202-33-55, 71 200-00-61 yoki 1282 qisqa raqami 🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring ||||||
Show more ...

master.mp4

101 653
149
#Sōragan_edingiz 🇰🇷 Koreya Respublikasiga ishga ketayotgan fuqarolar qaysi turdagi mahsulotlarni o‘zlari bilan aeroport hududidan olib o‘tishlari mumkin? 🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring ||||||

SORAGAN EDINGIZ.mp4

99 461
421
Last updated: 11.07.23
Privacy Policy Telemetrio