QUR’ON O‘QIGANING SARI QALBING POKLANAVERADI
Otadan o‘g‘ilga o‘git
Bir odam tez-tez Qur’on o‘qirdi. Ammo hech yodlay olmasdi. Bir kuni o‘g‘li unga:
– Otajon, Qur’on o‘qiyverasiz, ammo hech yodlay olmaysiz. O‘qiganingizning qanday foydasi bor? - dedi.
- O‘g‘lim, — dedi ota, — savolingga javob beraman. Lekin undan avval bo‘yra savatda soydan suv olib
kelgin. Bo‘yra savat ko‘mir tashish uchun mo‘ljallangan edi.
– Buning imkoni yo‘q-ku? – dedi o‘g‘il.
- Sen aytganni qil, ko‘ramiz, nima bo‘larkin! — ta’kidladi ota.
O‘g‘il bo‘yra savatni olib soyga qarab ketdi va suv tashiy boshladi. Yo‘l yarimlamay suv oqib ketaverardi. O‘g‘il otasiga:
- Otajon, bo‘yra savatda suv tashib bo‘lmaydi-ku! - dedi.
- Mayli, sen davom etaver-chi! – degan javob oldi o‘g‘il.
O‘g‘il yana bir bor suvga bordi. Beshinchi borib kelishida qattiq horigan o‘g‘il malollanib otasiga:
– Otajon, bu savatda suv tashishning iloji yo‘q. Lekin nega suv olib kelishimni takrorlayapsiz? - dedi.
- Savatdagi o‘zgarishni sezmadingmi, o‘g‘lim?
Otasining e’tirofidan o‘g‘il sergak tortib savatga qaradi:
- Ha, otajon, savat top-toza bo‘libdi.
- Ana shunaqa, o‘g‘lim. Bu savatda ko‘mirdan boshqa narsa tashib bo‘lmasa-da, suv bilan munosabatga kirishgani sari tozalanib boraverdi. Inson qalbi ham dunyo va uning hoyu havasilaridan kirlanib boraveradi. Qur’on o‘qigan odam uni yod ololmasa ham, qalbining g‘ubori arib, poklanib boradi. Qur’on qalb va ruhning poklovchisi, ozuqasi va shifosidir. Zinhor shaytonning:
“Yod olmasang Qur’on o‘qishning nima keragi bor?” degan vasvasasiga uchma! – deya o‘g‘liga go‘zal saboq berdi ota.
Tekinga status yozib beruvchi bot👇
@picstart_bot @picstart_bot
@Islomiy 🍃
Show more ...