El servicio también está disponible en su idioma. Para cambiar el idioma, presioneEspañola
Best analytics service

Add your telegram channel for

  • get advanced analytics
  • get more advertisers
  • find out the gender of subscriber
Channel location and language

all posts Sariq Dev

 Mohirdev.uz  asoschisi Anvar Narzullaevning rasmiy kanali. Muhokama uchun guruhimiz:  @sariqdevchat  Talab va takliflar uchun  @sariqdevadmin  ga murojat qiling. 
Show more
15 814+25
~6 931
~57
45.23%
Telegram general rating
Globally
45 223place
of 78 777
1 318place
of 2 295
In category
952place
of 1 396
Posts archive
Fikr bildiring va Mohirdevning keyingi loyihasiga yordam bering.
4 114
2

file

4 147
2
Joʻyali takliflarni bir joyga jamlab borayapman, qani, faol boʻlamiz.
4 973
2
Zerikmadilarmi, obunachilar? Kanalni jonlantirmasam bo’lmaydi. Birorta qizziq musobaqa o’tkazib yuborsammi? Kimda nima taklif bor?
5 178
1
Lekin menga tuhmat 😒
MohirDev.uz
AyTichilarning ish stoli koʻrgazmasi Sizniki qanaqa? @mohirdev
10 901
25
🎣 Ijtimoiy qarmoqlar, uzr, tarmoqlar haqida
Muvozanat saqlash
Dunyo aholisi kuniga qariyb 7 soat vaqtini ekran qarshisida, shundan taxminan 2 soat 23 daqiqasini ijtimoiy tarmoqlarga sarflashi haqida statistika mavjud. Bu sonlarning oʻsib borish ehtimoli esa juda baland. Ushbu maqolada sizga nega odamlar buncha koʻp vaqtini tarmoqda oʻtkazishlari, qanday qilib uning meʼyorini shakllantirish va bulardan kimga nima foyda-yu nima ziyon ekanligi haqidagi maʼlumotlarni ochiqlaymiz. Rostdan ham, hammaning ishi boshidan oshib, toshib yotibdi, ishda, oʻqishda, oilada tashvishlar…
10 080
72
Firibgarlar telegram akkauntlarni oʻgʻrilashning yangi usulidan foydalanib boshlashibdi. shu haqida, bilib qoʻying va albatta ulashing.
Telegram’dagi akkauntlarni o‘g‘irlashning yangi sxemasi
Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish texnologiyalarini ishlab chiqaruvchi F.A.C.C.T. kompaniyasi firibgarlar Telegramʼda akkauntlarni oʻgʻirlash uchun yangi sxemadan foydalanishni boshlagani haqida xabar qildi.
19 648
155
Mohirdev jamoasiga middle+/senior Node.js dasturchi izlayapmiz. Batafsil ma’lumot saytida. Arizalar ham orqali qabul qilinadi.
Вакансия Middle+/Senior Node.js Backend Developer в Ташкенте, работа в компании Mohirdev
Зарплата: от 15000000 до 25000000 so'm. Ташкент. Требуемый опыт: 3–6 лет. Полная занятость. Дата публикации: 16.04.2024.
16 277
82
Aytgancha, bir vaqtlar Mohirdev jamoasi tomonidan toʻgʻri savol berish kodeksi ishlab chiqilgan edi. Muhammadjavoxir har bir mavzuga mehr berib, maxsus memlar joylab, qiziqarli qilgan. Xullas, tavsiya qilaman. Link 1-izohda 👇
10 586
55
8 soatdan keyin izohlarga kirgan men...
8 977
0

혼파망-피자.mp4

8 573
2
Manov postni ostida farosat va farosatsizlik oʻrtasida hayot-mamot jangi ketayapti 🙃. Psixologlarni chaqirsa, yaxshi kandidatlar bor. Bitta ilmiy ish qilib yuborsa boʻladigan material jamlanayapti. Men Londonga uchayapman, 8 soat offline boʻlaman, bir-biringizni yeb qoʻymanglar. Ahil boʻlinglar! 😎
8 482
7
Nega odamlarda muloqot madaniyati yoʻq? Nega begona odamga murojaat qilish odobini bilishmaydi? Nega yarim kechasi soat 1 da katta xolasiga ham yozmaydiyu, gʻirt begona odamga Googlega yozganday yozadi. Javob bermasangiz, jahl ham qilib qoʻyadil. Agar bu bitta-yarimta holat deb oʻylasangiz, adashasiz. Ertalabgacha mana shunday xabarlardan kamida 5-10 ta, kuniga esa yuzlab keladi. Bularga nima boʻlgan? Farosatiga qurt tushganmi? Ota-onasi tarbiya bermaganmi? Nima deb oʻylaysiz?
11 028
34
— Qoʻyaver, katta boʻlsa oʻrganadi. 🥱 — oʻqimabsiz-a? 🤨
Qancha erta boʻlsa, shuncha yaxshi
Siz qaysi sohani oʻrganishni necha yoshda boshlash kerak deb oʻylaysiz?  Garvardning tadqiqotlariga koʻra istalgan sohani iloji boricha yoshroq oʻrganishni boshlagan maʼqul. Bu nazariyaga bir qancha ijobiy sabablar asos boʻla oladi.  Ushbu maqolada ham sohalarning eng zamonaviysi — dasturlashni bolalikdan boshlashning afzalliklarini yoritish maqsad qilingan. Quyida esa shu mavzuga doir Top 5 argument keltirdik:  #1 Bolalikdan strateg boʻlib ulgʻayish Dasturlashda har qanday masalaga mantiqiy qarash, qisqa…
8 280
41
Tamkeen xayriya loyihamizga ham qabul davom etmoqda. Agar siz (yoki yaqiningiz) AyTi sohasini o'rganish orzusida bo'lsangiz, lekin moddiy qiyinchilik bunga to'sqinlik qilsa, Tamkeen loyihamiz aynan siz uchun. Biz sizni bepul o'qitamiz va o'qish davomida noutbuk bilan ham ta'minlaymiz. Postni ko'proq insonlar bilan ulashing va xayrli ishga sherik bo'ling. Batafsil ma'umot Tamkeen telegram kanalida:
13 494
135
Tamkeen loyihamizga qabul ham davom etmoqda. Agar siz yoki yaqinlaringiz AyTi sohasini o’rganish istagida bo’lsayu, lekin moddiy qiyinchilik sabab orzusiga erisholmay yurgan bo
1
0
Mohirdevda ishlashni orzu qilganlar bormi? Kelajakda “O’zbekistondagi eng kuchli AyTi kompaniyalaridan birining rivojiga bevosita hissa qo’shganman” degingiz kelayaptimi? Marhamat, bugun biz 15 ta ish oʻrni eʼlon qildik, jamoaga esa 30 dan ortiq insonni qoʻshishga tayyormiz. Arizalar quyidagi bot orqali qabul qilinadi:
9 982
126

file

9 765
70
🤕 Samandar, Salimov va Niginaning maktablarida ham shu muammo bor. Ular kim? Qanaqa muammo? Videoni koʻring👆, bilib olasiz (yechimini ham)!

a0361991-810f-488d-832d-8ab08e89ddbc.mp4

8 710
17
🤕 Samandar, Salimov va Niganing maktablarida ham shu muammo bor. Ular kim? Qanaqa muammo? Videoni koʻring👆, bilib olasiz (yechimini ham)!

a0361991-810f-488d-832d-8ab08e89ddbc.mp4

483
2
Standfordning eng katta AI laboratoriyasi, HAI o'zining 500 betlik oxirgi eng katta rivojlanishlarni o'z ichiga olgan hisobotini chop etdi. Juda katta va foydali ma'lumotlar jamlanmasi. Asosiy xulosalar: 1. AI ba'zi vazifalarni odamlardan ustunroq, lekin hammasida ham emas. 2. Sanoat AI tadqiqotlarida ustunlik qilishda davom etmoqda. 3. Eng kuchli modellar ancha qimmatga tushmoqda. 4. Qo‘shma Shtatlar AI modellarining yetakchi manbai sifatida Xitoy, Yevropa Ittifoqi va Buyuk Britaniyaga yetakchilik qilmoqda. 5. Katta til modellarga bo'lgan mas'uliyati uchun mustahkam va standartlashtirilgan baholashlar tizimlar o'ta kam. 6. Yasovchi (generativ) AI sarmoyalari "osmonga ko'tarilmoqda". 7. Ma'lumotlar qo'shildi: AI ishchilarni yanada samarali qilmoqda va yuqori sifatli ishlarga olib kelmoqda. 8. AI tufayli ilmiy taraqqiyot yanada tezlashadi. 9. Qo'shma Shtatlarda sun'iy intellektga oid qonunlar soni keskin oshmoqda. 10. Dunyo bo'ylab odamlar sun'iy intellektning potensial ta'sirini ko'proq bilishmoqda va hattoki ko'proq xavotirda. To'liq hisobot: Oxford, UK 16 April 2024 | |
Show more ...
7 422
51
1 oycha avval taqdim etilgan sunʼiy intellekt dasturchi Devinning imkoniyatlari boʻrttirilgan boʻlib chiqdi. Devin upworkdan eng oson ishni olgan, mijoz bilan toʻgʻri muloqot qila olmagan, 30 minutlik ishni 6 soat bajargan, sifatsiz kod yozgan, yoʻq fayllardagi "bug"larni topgan (yani avval oʻzi bug yozib, keyin oʻzi "topgan"). Xullas, juniorchalik ham ish qilmagan. Shuning uchun aytaman, havotirga oʻrin yoʻq, dasturchilarga ish koʻp. Sunʼiy intellekt bilan shugʻullanaman deganlarga ham.

file

13 336
101
Qabul davom etmoqda:

file

11 026
20
Mohirdevdan hayitlik kutayapsizmi? Bugundan boshlab 1 hafta davomida istalgan praktikumni harid qilganlarga 2 ta top kursimizni bepul beramiz. Hayitlikni olish uchun quyidagi qadamlarni bajaring: 1. saytiga oʻtib istalgan praktikumni xarid qiling. 2. Ushbu soʻrovnoma orqali istalgan 2 ta kursni tanlang: Aytgancha, kurs narxini hech qanday ustamasiz 6 oygacha boʻlib toʻlashingiz mumkin.
11 540
50
Assalomu alaykum Azizlar, barchangizga kirib kelgan Ramazon hayiti muborak boʻlsin. Alloh tutgan roʻzalaringizni va qilgan ibodatlaringizni qabul qilib, jannatlar bilan siylasin. Hayit muborak!
10 700
48
Ingliz tilini oʻrganayotganlar uchun 🤩 bilan hamkorlikda mockexam platformasini ishlab chiqdik. Unda IELTS imtihoni uchun sinov testlarini topshiriladi. Platformani tanishtirish maqsadida taqdimot uyushtiryapmiz. Taqdimot davomida ekspertlarimiz platforma haqida toʻliq maʼlumot va sizni qiziqtirgan savollarga javob berishadi. 🎁 Diqqat! Tadbir ishtirokchilari IELTS imtihonini bepul topshirish imkoniyatini olishlari mumkin. 🕐 Platforma taqdimoti 13-aprel 13:00 da Yoshlar Ijod Saroyida boʻladi. ⚠️ Taqdimotda BEPUL qatnashish uchun hoziroq roʻyxatdan oʻting:
Show more ...

IMG_2927.MP4

8 533
76
Hozir milliarder boʻlgan Whatsapp asoschisining bir vaqtlar otasi quruvchi, onasi uy bekasi boʻlgan ekan. Balki siz ham hozir hayotingizning qiyinchilik davrini yashayotgandirsiz. Menda shunaqa muhtojligi borlar uchun yangilik bor: Asaxiy bilan hamkorlikda Tamkeen loyihasini yoʻlga qoʻydik. Bu loyiha moliyaviy tomondan qiynalgan insonlarga ilm ulashish orqali ularning hayotini ijobiy tarafga o’zgartirishni maqsad qilgan. Loyihaga muaffaqiyatli qabul qilinganlarga Mohirdev kurslarini tekinga beramiz. Ha, Sunʼiy intellektdan boshlab ReactJS kurslarigacha hammasi bepul boʻladi. Agar noutbukingiz yoʻq boʻlsa, Tamkeen bunga ham yordam beradi. Loyihaga qabul boshlandi, barcha maʼlumotlarni olasiz: . Faqat milliarder boʻlib ketsangiz, Tamkeenni ham eslab qoʻyarsiz)
Show more ...
12 954
140
Men qoʻshimcha qilaman, Mohirdevda PHP kursini Oʻzbekistonda PHP ni shaxsan yelkasida koʻtarib turgan, hamma PHP-chilarning kattasi dars oʻtadi.
Sardor Dushamov | PHP forever
Bitta shaxsiy fikrimni aytaymi? Najot ta'lim PHP bootcamp o'qitishni reja qilgan. Yaqinda start beriladi. Ana undan keyin bozorga yangi piechpichilar kirib keladi, raqobat ortadi. Lekin ungacha mohirdevdagi kursni o'rganib ishga kirvolishingiz ham mumkin. Chunki guruh yig'ilib o'qish boshlanib, kurs tugaguncha 7-10 oy kerak. Ungacha bemalol ulgursangiz bo'ladi. Undan keyin yanada qiyinlashadi ish topish. Chunki 1 ta ish o'rniga talabgorlar soni ham oshadida.
11 931
3
Men IT sohasiga kirishimga Dadam sabab bo’lganlar. Maktabni bitirib, yurist bo’lishni orzu qilganman, lekin dadam “Aloqa (hozirgi TATU) institutiga kirgin, kelajak shu sohaniki deganlar”. Bu gapga ham 25 yil bo’libdi. Tanlovimdan mutlaqo afsuslanmadim, to’g’ri yo’l ko’rsatgani uchun esa otamga cheksiz minnatdorman. TATUni bitirib, shu yo’nalishda Korea magistr va doktorlik qildim, 10 yilga yaqin Malaysiada oliygohda dars berdim. O’nlab turli loyihalarda qatnashdim, ixtirolar qildim, dunyo kezdim va oxiri o’zimning IT kompaniyamga asos soldim. O’z bilimlarim va tajribamni ulashish uchun Mohirdevda onlayn kurslar yo’lga qo’ydim. Men hozir ham ishonaman, kelajak endi faqat IT bilan. Kelajakni aynan biz - muhandis va dasturchilar shakllantiramiz. O’zbekistonda minglab IT mutaxassislarga talab bor, bizni maqsadimiz shu talabni qondirish, sifatli mutaxassislarni tayyorlash. Buning uchun qo’limizdan kelgan hamma ishni qilayapmiz. Mohirdevda eng kuchli ta’lim jamoasi ishlaydi. Kurslar yaratishga professional yondoshamiz, eng sara ekspertlar bilan ishlaymiz. Maqsadimiz keyingi 3 yilda O’zbekistonda IT ta’limda etalon bo’lish, minglab o’quvchilarni ish bilan ta’minlash. Boshqa o’quv markazlar bizdan o’rnak olishini istaymiz va shunga intilayapmiz. Bugun mohirdevda chiqqan ko’rib shular esimga tushib ketdi. Sizchi, dasturlashni nima uchun tanladingiz (yoki tanlaysiz)? Javobingizni izohda kutaman.
Show more ...
MohirDev.uz
☺️ Nima uchun dasturlashni oʻrganganligingizning sababini izohlarda yozib qoldiring! @mohirdev
13 487
44
Mabodo haliyam ikkilanib yurganlar boʻlsa...

file

13 773
68

file

12 276
10
Alimardon bilan 10 yildan ortiq qadrdonmiz. Ilk bor Malayziyada tanishib, uning fikrlashi, dunyoqarashi va odobiga tan berganman. Yillar davomida Alimardondan juda koʻp narsalarni oʻrgandim. Malayziyada tanishganimizda Petronas kompaniyasida yuqori lavozimlarda ishlar edi, hozir esa Saudiyaning eng katta energetika kompaniyasi ACWA powerning Oʻzbekistondagi CEO (rahbari) lavozimida ishlab, minglab insonlarni boshqaradi. Sohadagi eng noyob mutaxassislardan biri. Ajoyib inson. Uni loyihasida koʻrib, judayam quvondim. Yoshlar uchun juda manfaatli suhbat boʻladi deb oʻylayman. Premyera 5-aprelda ekan, albatta koʻring.
Show more ...

file

file

13 927
57
meanwhile php chilar

zombie-land-comedy.mp4

12 290
10
Lekin hazillashib ham turish kerak 😂

file

13 265
50
483
3
Hazil-hazil bilan, lekin O’zbekiston IT bozorida aynan PHP dasturchilarga talab eng yuqori bo’lib qolmoqda. O’zimiz ham anchadan beri PHP dasturchi izlab yuribmiz. Maoshlar ham yaxshigina, juniorlarniki 8 mlndan boshlanayapti. Mohirdevda esa O’zbek tilidagi eng zo’r bor. Kursni shaxsan Sardor og’a yozgan va mentorlik qiladi. Apreldan bu kursimizni narxi oshadi, ungacha esa kursni arzon narxda, kamiga 6 oyga bo’lib xarid qilish mumkin. Ulgurib qoling. LINK:
Show more ...
PHP va Yii | Mohirdev AyTi Kurslari | O'zbek Tilida Kurslar | Ta'lim uchun bo'lib to'lash xizmati
PHP'ni noldan o'rganing va bizning eksklyuziv kursimiz bilan professional backend ishlab chiqaruvchisi bo'ling. Veb-ishlab chiqarish dunyosini oching, zamonaviy asbob-uskunalar va texnologiyalarni, shu jumladan MySQL, PHPStorm va Yii Framework'ni o'zlashtiring. Tajribali mentor quyidagi amaliy tajriba va sertifikatni oling. Bizga qo'shiling va ITda muvaffaqiyatli kariyera uchun birinchi qadami qiling!
11 679
59
494
2
“O’rnimizni sun’iy intellekt (SI) egallaydi” yoki “SI bilgan odam egallaydi” degan gaplarni eshitsam kulgim keladi. Oddiy excel va worddan foydalanishni bilmaydigan millionlab odamlar yillar davomida ishlab yuribdi, negadir ularni o’rnini biladiganlar egallagani yo’q. Havotirga o’rin yo’q 🙃
14 022
52
Sora AI yordamida ishlangan videolar. Shunchaki daxshat. Koʻrgan narsamizga ishonmaydigan davrlar keldi.

file

file

file

23 406
431
Assalom alaykum!!! UzGeeks'da Project Management kuni! 📆 30-mart shanba kuni Toshkent shahri Raqamli texnologiyalar vazirligi binosida "UzGeeks March2024 Project Management Day Meetup" bo'lib o'tadi. 📚 Meetup quyidagi bo'limlardan tashkil topgan: 1️⃣. “Loyiha menejeri kim, u nimalarni bilishi kerak?” - Elbek Bahromov(PM, Sinaps); 2️⃣. “Jamoa boshqarish usullari” - Anvar Narzullaev(CEO, Mohirdev). 3️⃣. "AyTi jamoa qurish va loyihani boshqarish bo'yicha maslahatlar" - Sardor Dushamov(CTO, Workly) 🕰 Meetup odatiy ravishda bepul bo'lib, soat 14:00 da boshlanadi, unda qatnashish uchun saytida ro'yxatdan o'tish kerak. Manzil: Toshkent shahar, Mirzo Ulug'bek tumani, Muminov ko’chasi, 4A(Raqamli texnologiyalar vazirligi ) Hamkorlar: O'zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi Raqamli ta'limni rivojlantirish markazi Mohirdev Thinkland Tadbir 🌐
Show more ...
9 343
79
⚡️ Savollaringizni tayyorlab qoʻying 🗣 Frontend ReactJS kursi taqdimoti yodingizda-a? Talablarga binoan taqdimotni onlayn efirga uzatib borishni ham reja qildik. 😀 Taqdimot soat 11:00'da efirga uzatiladi!
7 942
10
Shuning uchun dasturlashni soha mutaxassislaridan oʻrganish kerak 😎 Video muallifi

file

10 317
89
Ertaga Mohirdevda Oʻzbek tilidagi eng zoʻr Frontend kursi taqdimoti boʻladi. Men "eng zoʻr" deyishdan qoʻrqmayman, va bunga bir nechta sabab bor: 1. Kurs eng kuchli dasturchilardan biri, Ulugʻbek Samigjonov tomonidan yozilgan, kimligini bilmasangiz, qidirib koʻring. 2. Qolgan sabablarini esa ertangi taqdimotimizdan bilib olasiz. Taqdimot Mohirdev ofisida, soat 11 da boʻlib oʻtadi. Tadbir qatnashish uchun roʻyxatdan oʻtishingiz lozim. 👉
Frontend React kursi boʻyicha tadbirga roʻyxatdan oʻtish.
Tadbir davomida: soha ekspertlaridan masterklass; kurs taqdimoti; tadbir qatnashchilariga maxsus bonuslar qismi; netvorking boʻlib oʻtadi. Qachon: 23-mart, shanba, soat 11:00 Qayerda: Mohirdev ofisi
10 984
44
🤣 dasturchi oʻzi bilan suhbat qilayapti (1 yil farq bilan). Aytgancha, insider maʼlumotlarga qaraganda Ulugʻbek Samigjonovning Frontend ReactJS kursi taqdimoti Mohirdev ofisida oflayn oʻtkazilarmish. Tadbirda qatnashishni istasangiz, kanalini kuzatib boring.

file

12 723
66
Sardor ogʻa toʻgʻri aytayapti.
Sardor Dushamov | PHP forever
Assalomu alaykum Bu chegirmani vaqti tugayapti, 20 martgacha ulgirib qoling. PHP kursini olishingiz shartmas, kerak bo'lganini tanlab olavering. Mohirdev bunaqa 30 foizlik chegirma yana beradimi yo'qmi Xudo biladi. 😅 Yana bunaqa chegirma berishi uchun manga o'xshagan birsi savdolashishi kerakda bular bilan, jon kuydirib. Bo'pti.
11 458
6
📣 Xabarnomani yoqing, sanani saqlab qo’ying: 22-mart, MohirDev.

ANONS FN_1.mp4

10 687
26
Surpriz nimaligini hammadan oldin koʻrgan men 😎. Izohda yangilikni toʻgʻri topgan birinchi insonga shaxsan mendan sovgʻa bor (Toshkentdan olib ketish sharti bilan).

file

8 858
6
Bugun uzoq kutilgan va koʻp soʻralgan ajoyib yangilikni eʼlon qilamiz. 👀 Kuzatib boring.

file

10 059
13
⚡️Diqqat! Biz sizlarni eshitdik, endi chegirmadagi kurslarni ham bo’lib to’lash mumkin. Kursni xarid qilishda “Bo’lib to’lash” tugmasini bosing va
python-vs-php
promo kodni kiriting. Bu promo kod bilan quyidagi 3 ta kursga 30% chegirma olish mumkin: 1. 2. 3. Chegirmalar 20 Martga qadar amal qiladi.

chegirma.mp4

13 454
88
Tez kunda... Yangi... Nima? Izohda fikringizni kutaman 👇

file

12 139
7
Yoshlarga dasturlashni o'rgatayotgan ustoz...

file

18 216
195
Sardor ogʻa bilan Python yoki PHP bahsini yangi bosqichga olib chiqdik. Ramazon munosabati bilan Mohirdevdga quyidagi 3 ta kursga 30% chegirma e'lon qilamiz: 1. 2. 3. Bahs nimada deysizmi? Yuqoridagi chegirmani olish uchun kurslardan birini xarid qilishda
python-vs-php
promo kodini kiritish kerak. Gʻolibni esa eng koʻp sotilgan kurslar sonidan aniqlaymiz 😅 Chegirma 20 Martga qadar amal qiladi.
13 599
64
Ramazon oyi muborak, doʻstlar.
12 333
68
"Odamlar nima deydi..."

file

12 752
46
Dastur ishlab chiqishda ishlatiladigan tizimlar Hozirda dasturlash tillarini oʻrganishga qiziqish ortgan. Foundation'dan tortib PM boʻlishgacha turli mavzularda suhbatlar boʻlib oʻtmoqda. - Men dasturlashni oʻrgandim. ABC tilini yaxshi bilaman. Oʻzimni Jun/Mid/Sen hisoblayman, - deydiganlar ko'p. Lekin amaliyotga kelganida, ishlab ketish uchun yana yarim yil ish oʻrganishi kerak boʻlmoqda. Endi oʻzingizga savol bering: Nima uchun❓ Shu va boshqa sizni qiynayotgan savollarning javobini Angliyaning Moneff korxonasida, IT direktor (CTO) bo'lib ishlab yurgan hamyurtimiz Saidolim Djurayevdan eshitasiz. GITA dasturchilar akademiyasining youtube kanalida "Dastur ishlab chiqishda ishlatiladigan tizimlar" nomi webinar bo'ladi. 📅 Sana: 9 mart ⏰ Vaqt: 20:00 👉 Webinarda qatnashish uchun havola - kanaliga joylanadi. | |
Show more ...
9 642
17
Toptal bu - dunyodagi eng kuchli dasturchi-muhandislarni jamlagan freelance platforma. Platformaga a’zo bo’lish uchun dasturchilar 5 bosqichdan iborat murakkab suhbat, test va sinovlardan o’tishi shart va faqatgina 3% talabgorlar barcha bosqichlardan muvaffaqiyatli o’tadilar. TopTal mijozlari ham bunday mutaxasisslar uchun yaxshigina to’lov qilishga tayyor. Ayrim ma’lumotlarga ko’ra, platformada dasturchilar soatiga 80$ dan boshlab 200$ gacha topishlari mumkin. Va bu asosiy ishga halaqit qilmagan holda. Hozirda vatandoshlarimizdan 40 dan oshiq inson TopTal a’zosi. Men bilgan O’zbekistonlik TopTalchilar: Munira Begmuratova - Toptal Uzbekistan Lead Ulug’bek Samigjonov - Mohirdev CTO va asoschilaridan biri, kompnaiyasida growth engineer. Zohidjon Akbarov - Mobil Dasturchi, Mohirdevda Android kursi ustozi. - Google muhandis. Azamat Abdullaev - Amazon AWS muhandis Azizbek Jonibekov - Tezzro software engineer. Bir muddat Mohirdevda Frontend dasturchi bo’lib ishlagan. NUSda Doktorlik qilayapti Zafar Ibrohimov - Techcells asoschisi Yuqoridagi insonlarning telegram kanallarini bilsangiz, izohlarda qoldiring. Boshqa yana kimlar qolib ketdi?
Show more ...
10 858
61
Toptal bu - dunyodagi eng kuchli dasturchi-muhandislarni jamlagan freelance platforma. Platformaga a’zo bo’lish uchun dasturchilar 5 bosqichdan iborat murakkab suhbat, test va sinovlardan o’tishi shart va faqatgina 3% talabgorlar barcha bosqichlardan muvaffaqiyatli o’tadilar.
2
0
Toptal platformasi haqida nimalar bilasiz? O’zbekistonlik Toptal a’zolarini bilasizmi? Izohlarda javobingizni qoldiring 👇
10 472
13
Junior dasturchining portfoliosi ekan 😅. Sizning portfoliongiz bormi? Izohda link qoldiring, baho beramiz 👇
12 945
64
Nega hayotda har doim ham muvaffaqiyatli boʻlavermaydi? Maqoladagi fikrlarga qoʻshilasizmi? Fikringizni izohlarda qoldiring 👇
Format | Mohirdev
Shuncha beshlar qayerda qoldi? "Sinfdoshim Behruz hozir AyTi biznesmen, kompaniyalar uchun sayt va ilovalar yasaydi, 30 tacha xodimi bor. Lekin u maktabda menchalik yaxshi oʻqimasdi. Men esa aʼlochi boʻlganman. Shunday boʻlsa-da hozir sal yoʻlimni topishda qiynalib turibman." 🔼 Bunday holatlar koʻp uchraydi: maktabda nazarga ilinmagan bola kun kelib muvaffaqiyatli odamga aylanadi. Eng aʼlochi bolada esa buning teskarisi boʻlishi mumkin. Nega? Shuncha beshlar qayerda qoldi? Chunki baʼzida tabaqalinish oshib, sinf ichida sinflar: “aʼlochilar” va “ikkichilar” paydo boʻladi. Oʻzlashtirishda ortda qolganganlar hayotning ilk ruhiy zarbalarini qabul qilib, kuchli boʻlib boradi. 💪 Bilimdonlarning esa boshi kitobdan va maqtovdan chiqmay, real hayotda uchrashi normal hisoblangan muvaffaqiyatsizliklarda sinib qolishga moyil boʻladi. Aslida bola hayotida maktabning oʻrni biz tasavvur qilganimizdan muhimroq. Oʻquvchilar bu davrda fanlardan tashqari ijtimoiy koʻnikmalarni ham oʻrganishlari lozim. Bola maktabda: 🫶 Har xil feʼl-atvorli sinfdoshlari bilan birga boʻlib bagʻrikenglikni, ✋ Aldanib qolsa, ishonuvchan boʻlmaslikni, 🤝 Urishib qolsa, nizoni hal qilishni, 👌 Ayb qilib, dakki olsa, har bir ishiga javobgarlikni oʻrganadi. ⬆️ Yuqoridagilarning barchasi jamiyat meʼyorlaridir. Maktablar barchani birday koʻrib oʻqitsa, muloqotga chaqirsa, yumshoq koʻnikmalarni charxlashga undasa, shunda bolalar oʻz yoʻlini topa oladi. Qoʻshilasizmi? 💬
10 300
41
‼️Diqqat! Ushbu postda faqat soha mutaxassislari izoh qoldirishi mumkin. Oʻtgan hafta AQSh hukumati xotira uchun xavfsiz (memory-safe) dasturlash tillaridan foydalanishga va aksincha, xavfli tillardan voz kechishga chaqirdi. Microsoft va Google kompaniyalari tadqiqotlariga koʻra 70% kiberxujumlar aynan xotiraga qaratilgan. Amerika Milliy Xavfsizlik Agentligi tavsiya qilingan dasturlash tillari roʻyxatini ham chiqardi. Tavsiya qilinmagan tillar sifatida C/C++ tillari alohida takidlangan. Endi esa mutaxassislarga savol, memory-safe bu nima? Nima uchun deylik Rust va Python memory-safe, Javascript esa unday emas? Kelinglar ushbu postni mutaxassislar uchun ochiq qoldiramiz, ortiqcha, keraksiz izohlar esa oʻchirib boriladi.
Show more ...
13 554
92
⚡MohirAI jamoasi aʼzolari Startup Weekend Central Asia xakatonida 1 va 2 oʻrinlarni egallashdi🎉. Gʻalaba muborak!
10 658
43
Mana yana havas qilishga va oʻrnak olishga arziydigan yoshlarimizdan biri - Jahongir Saydaliyev. Jahongir bilan Jenevaga borganda tanishgan edik. Negadir telegramda kanali borligini, u yerda hayotidagi qiziqarli voqealarni yoritib borishini bilmagan ekanman. Kecha Iqboljon bilan bilib qoldim, xullas kuzatishga arzigulik yana bir manba:
Andijondan Oxfordgacha. Student Help Talks
Assalomu alaykum azizlar. Siz o'zingiz uchun yangi narsa o'rgangan bo'lsangiz, videoga "like" bosib siz ham ilm tarqatishga sababchi bo'ling. Sog' bo'ling, omon bo'ling. --------------------------------------------------------------------------------------- Jon and John Telegram Guruhi: https://t.me/jonandjohn Telegram Orqali Biz Bilan Bog'lanish: https://t.me/scolaro_consult --------------------------------------------------------------------------------------- Jon Telegram blogi: https://t.me/StudentHelpItaly John Telegram blogi: https://t.me/jakhongir_saydaliev
11 982
29
Bu savolga oldin ham 2-3 marta javob bergandim. Anvar aka kanalida yozgan ekan, man ham javob bersam degandim. Ingliz tilini birinchi o'rganish kerakmi yoki dasturlash? Buni maqsadga va holatga qarab ajratsak: Maqsad chet elda ishlash bo'lsa ingliz tilini birinchi yoki parallel degan bo'lardim. Maqsad shunchaki dasturchi bo'lish bo'lsa birinchi dasturlash yoki parallel degan bo'lardim. Agar hali maktab o'quvchisi bo'lsa, hechkim pul top demayotgan bo'lsa unda ingliz tilini birinchi keyin dasturlashni. Agar talaba bo'lsa dasturlashni birinchi o'rganish derdim, parallel ingliz tili qiyin, chunki talaba darsga ham borishi kerak. Agar uylangan bo'lsa faqat dasturlashni birinchi, keyin til o'rganish. Endi chet elda ishlashga hozircha ko'zim yetmaydi yoki shu yerda ozroq tajriba orttirib keyin chetda ishlash niyat bo'lsa unda birinchi dasturlashni, keyin rus tilini o'rganishni maslahat qilardim.
Show more ...
9 648
45
Koʻp soʻraladigan savol: Assalomu aleykum Dasturlashni birinchi o'rgangan yaxshimi yoki ingliz tilinimi qaybirini birinchi o'rgangan maqul iltimos javob yozinglar Nima deb javob bergan boʻlar edingiz? Birozdan keyin meni javobimni olasiz.
12 633
18
Сунъий интеллект “давления”ни даволашни бошлайдими? – Оксфорддаги ўзбек олими билан суҳбат Иқболжон Собиров дунёнинг энг нуфузли олийгоҳларидан бири, Буюк Британиянинг "Оксфорд" университетида илмий иш қилмоқда. У билан суҳбатда илмий иши, унинг аҳамияти ҳақида гапириб берди. Иқболжоннинг айтишича, у илмий гуруҳ билан амалга ошираётган иш келажакда юрак қон томирлари касалликларини сунъий интеллект билан муваффақиятли, тезроқ даволашга, ташхис қўйишга ёрдам бериши мумкин. 📹 ТЎЛИҚ ВИДЕОНИ КЎРИНГ
Show more ...

Мои видео.mp4

9 745
65
MohirAI jamoamiz ham 10 kishidan oshibdi, qoil. Bir yilda juda koʻp ishlar qilindi. Oʻzbek tili modelimiz raqobatchilar orasida aniqligi eng baland boʻlib qolmoqda. Yil davomida bozorga bir nechta Rossiya va Yevropa kompaniyalari kirishga harakat qilishdi, hozircha hammasi muvaffaqiyatsizlik bilan tugadi. Biz esa B2C sektordan B2B ga fokusni qaratganimiz uchun onlaynda koʻrinmay qoldik. MohirAI asosiy mijozlari qoʻngʻiroq markazlari boʻlib qolmoqda. Sunʼiy intellektimiz Oʻzbek tilida soʻzlashib, bemalol savollarga ham javob bera oladi. Bundan tashqari katta media kompaniya bilan kino va seriallarni AI yordamida dublyaj qilish ustida ishlayapmiz, natijalar zoʻr. Ovozlarni hissiyotlar bilan chiqardik, haqiqiy aktyor ovozidan ajratish juda qiyin. B2C bozori uchun studio mahsulotini chiqarganmiz, Oʻzbek tilidagi videolarga bir zumda subtitr yaratish mumkin. Katta mijozlardan Abdukarim Mirzayev, har bir videolariga Oʻzbek tilida subtitr qoʻshayaptilar. Yaqinda studioga boshqa tillarga avtomat tarjima ham qoʻshish arafasidamiz. Darvoqe, tarjima modeli ham oʻzimizniki. Bu borada va 1000Kitob loyihasi bilan hamkorlik olib borayapmiz. 1 yil avval MohirAI ni taqdimot qilganimizda baʼzi dasturchilar ustimizdan kulib, "buni biz ham qila olamiz" mazmunida gaplar qilishgan edi. 1 yil oʻtdi, negadir raqobatchilar koʻrinmayapti. Yana yangiliklar koʻp, tez kunda Ibrat Farzandlari bilan hamkorlikda katta bir loyihani taqdim qilamiz, ungacha esa kuzatib boring.
Show more ...
7 848
63
🎙Biz boshladik Qo'shilish uchun: 👈 Savollaringizni heshtegi bilan yozib qoldiring
1 627
0
30 daqiqadan so’ng kanalida Sardor og’a bilan jonli suhbatni o’tkazib yubormang.
1 191
0
Bugun kuning, Kuning sening bugun, Sening kuning bugun, Bugun kuning sening, Kuning bugun sening, Sening bugun kuning!
MohirDev.uz
11 328
14
Bugun @ Sardor o’gani kuzatar ekanmiz. Senior dasturchining kun tartibi qizimi? Unda kanaliga o’ting. Kechqurun esa jonli suhbat ham bor ekan. PHP yoki Python degan savolni so’rash esdan chiqmasin 😁.
MohirDev.uz
🤩 Bugun kunni Sardor Ogʻa bilan o'tkazamiz 🔥 11 yillik tajribaga ega, Workly kompaniyasida Team Lead bo'lib ishlovchi dasturchining kun tartibi sizga qiziqmi? 🎙 Post izohlarida oʻzingizni qiziqtirgan savollarni #savol heshtegi bilan yozib qoldiring. Kun davomida ustoz bilan birga boʻlamiz va kunning soʻngi qismi soat 20:00'da ovozli suhbat orqali savollarga javob olamiz. 🏁 Boshladik!
12 063
8
👨‍🏫 👩‍🏫 Universal informatika oʻqituvchilari Agar “Bizda informatika ustozi faqat dars beradi”, – desangiz ishonmayman. 😅 Izohda shunaqa koʻpfunksional informatika oʻqituvchilarini belgilab ketamiz.

final.mp4

10 511
117
Bu hammasi mish-mish, o’zi bilan olib kelib, stolni ustiga qo’yib, rasmga olib ketgan bo’lsa kerak 😒.
Sardor Dushamov | PHP forever
Mohirdev ishchilari yoppasiga PHP o'rganishyaptimi deyman a?) Rasm mohirdev ofisida olindi.
10 417
6
Mohirdevda Uzgeeks hamjamiyati bilan hamkorlikda .Net tadbiri boʻlayapti. Shunday tadbirlarda qatnashmay, ish topa olmayapman deb nolimang. Networking judayam muhim. .Net ni tushunmasangiz ham, kamida Sardor ogʻani koʻrib ketish, savollarga javob olish imkoni boʻladi.
8 509
5

file

8 836
3
Bugungi kunim Kitoblar Olamida yakun topdi. Alisher Sadullayev bilan loyihasini muhokama qilib, yillik rejalarni aniqlashtirib oldik. Aytgancha, bugun bayram, Ibrat Academy mobil ilovasi foydalanuvchilari soni 1 milliondan oshdi. Bu hali boshlanishi, oldinda sizni ajoyib yangiliklar kutmoqda.

file

9 715
35
Bugungi muhokamadan umumiy xulosalar: - Venchur fondlar va startuplar davlat rivoji va innovatsiya uchun o’ta muhim. - O’zbekiston venchur sarmoya borasida ilk qadamlarini bosmoqda, bozorda o’yinchilar ham startuplar ham qo’l bilan sanoqli darajada kam. - Pul bor. Katta pul bor, sarmoya olishga arzigulik startuplar esa yo’q. - Startuplarni yetishtirish uchun tizimli ishlash kerak. Akkselerasiya va inkubasiya loyihalari ko’payishi kerak. - Qonunchilik tomondan katta muammolar bor. Startup, investor, valuation (qiymat), equity, option, tushunchalari yoki umuman yo’q yoki eskicha qolib ketgan. - Chet el venchurlarida O’zbekistonga nisbatan hali ham qo’rquv va ishonchsizlik bor. Pul kiritishdan avval startupdan firmani chetga (Dubai, Singapurga) ko’chirishni so’rashadi. - Qonunchilikni yangilash uchun AloqaVentures va IT Park prezidentga takliflar bergan, tez orada tasdiqlanishi kutilmoqda. Bu yuqoridagi ikki muammoni hal qiladi deb umid qilamiz. - Kelajak startuplarniki.
Show more ...
8 176
25
Mohirdev haqida ham aytib berdik. Tarixi, investorlar bilan munosabat, muammolar va hokazo.
7 888
4
Aloqabankning AloqaVentures sarmoya fondi. Oʻzbekistondagi eng katta fond. Jamgʻarmasi 8 million dollar. Oʻrtacha sarmoya $50-250K.
8 174
20
Uzcard Ventures. 1 million dollar portfolio. Shu kunga qadar 500ming sarmoya kiritishgan. Yaxshi loyihalar boʻlsa, Fintech, Medtech, Edtech, E-commerce va boshqa loyihalarga investisiya berishadi.
7 447
24
Koreada startuplarga investisiya kiritish davlat miqyosida ragʻbatlantirilgan. Maxsus Fund of Funds (Fondlar fondi) tashkil etilib, bu fond venture fondlarga, ular esa oʻz navbatida startuplarga sarmoya kiritadi. Fund of Funds vazirlik miqyosidagi tashkilot. Oʻzbekistonda ham tez orada shunday fond tashkil etilishi va pullar UzVC orqali tarqatilishi koʻzda tutilgan.
6 751
15
Koreada 2022 yilda startuplar soni 1.3 millionga yetgan ekan. Shundan 230ming texnologik startuplar. Shunchaki daxshat. Yiliga startuplarga 10 milliard dollardan ortiq investitsiya berilgan.
6 563
27
UzVC 2024-2025 yillarda startuplarga 30 million dollar ajratishni reja qilayotgan ekan.
8 996
50
Bugun "Venture capital roundtable" tadbiridamiz. Mahalliy va xalqaro invest fondlar va startuplar oʻrtasida muloqot boʻlayapti. Sizlarga qiziqarli maʼlumotlarni ulashib boraman.

file

6 767
11
Tanishing, Mohirdevdagi yana bir muhim bo’lim - Ma’lumotlar tahlili bo’limi. To’g’ri qaror qabul qilishda ma’lumotlarning o’rni juda katta. Mohirdevda ma’lumotlar bilan ishlash uchun alohda Ma’lumotlarni tahlil qilish bo’limi bor. Bu bo’limning vazifasi bizda jamlangan ichki va tashqi ma’lumotlarni bizga chiroyli taqdim etish va muhim qarorlarni qabul qilishda kerakli sonlar va statistikani yetkazib berish. Masalan, hozir bozorda aynan qaysi mutaxassislarga talab katta? Backend dasturchi yoki Sun’iy intellekt muhandisidan qanday ko’nikmalarga rga bo’lishi kerak? Bozorda Loyiha menejerlarining o’rtacha maoshi qancha? Shu kabi savollarga tahlilchimiz minglab ma’lumotlar asosida aniq javob bera oladi. Bu esa bizga aynan qaysi kurslarni yozish va kurslarda aynan qaysi bilim va ko’nikmalarga urg’u berishni ko’rsatib beradi. Xullas, bizda hammasi jiddiy. Talabalarga eng zamonaviy va muhimi dolzarb bilimlarni yetkazishga mas’uliyat bilan yondoshamiz.
Show more ...

IMG_5126.MOV

IMG_5132.MP4

9 906
105
👍 soni 100 dan oshdi. Keling, sizlarni yangi loyihamiz bilan tanishtiraman.
Format | Mohirdev
🔵 Format deganingiz nima oʻzi? Suvmi, okeanmi, shoʻrvami? Format nimaligi haqida toʻliq fikr shakllantira oldingizmi? Sizga hozir shunday imkoniyatni taqdim qilamiz. Format loyihasi maktablar uchun informatika oʻquv dasturlarini yaratadi. Ularda sohadagi aktual bilimlarni noodatiy yoʻllar bilan oʻrgatishga harakat qilamiz. Sinab koʻrish uchun dasturni qisqa muddatga xarid qilish imkoniyati mavjud. Biroq yanada kengroq tasavvur hosil boʻlishi uchun Format Demo kanalini ishga tushirdik. ⬇️ Kanalda: 1. Darsda qoʻllaniladigan videolar 2. Prezentatsiyalar 3. Dars ssenariylari 4. Tarqatma materiallar oʻzbek va rus tillarida mavjud. Namunaviy materiallarimizni koʻrib, sizga yoqqan va tuzatishimiz mumkin boʻlgan jihatlarimizni izohlarda yozib qoldiring. Bu yerga bosing 🔽
6 684
4

file

7 021
22
Last updated: 11.07.23
Privacy Policy Telemetrio