Best analytics service

Add your telegram channel for

  • get advanced analytics
  • get more advertisers
  • find out the gender of subscriber
Category
Channel location and language

all posts PEDIATRIYA (DOCTOR MUXTOROV BILAN)

Bolalar salomatligi bo‘yicha eng ishonchli ma’lumotlar beriladigan O‘zbekistondagi yagona kanal! Kanaldan ma'lumot olinganda manbasi ko'rsatilsin! Manba ko'rsatilmasa rozi emasmiz! Bolalar parvarishi uchun  @bolajon_parvarishi  Reklama👉  @tibbiy_reklama1  
Show more
20 593+5
~8 907
~81
39.53%
Telegram general rating
Globally
36 035place
of 78 777
1 095place
of 2 295
In category
158place
of 280
Posts archive
Ko'krak yoshidagi bolalarda ovqat allergiyasiga sabab bo'ladigan top 5 oziq-ovqat mahsulotlari ▪️Sigir suti - 25 dan ortiq antigenlar saqlaydi, termik ishlov berilganda antigenlik xususiyati pasayadi. 75-80% holatda allergiya chaqirishi mumkin. ▪️Tovuq tuxumi - uning tarkibida bir qancha antigen oqsillar mavjud. Termik ishlov berilganda antigenlik xususiyatini saqlaydi. 60-90% holatda allergiya chaqirishi mumkin. ▪️Baliq - allergenlari termostabil bo'lib, allergenlik xususiyatini saqlaydi. 55-50% holatda allergiya chaqirishi mumkin. ▪️Bug'doy mahsulotlari - 12,5-40% holatda gliadin, glyuten va boshqa oqsillar hisobiga allergiya chaqirishi mumkin. ▪️Sitrus mevalar - ayniqsa apelsin, limon, mandarin 25-30% holatda allergiya chaqirishi mumkin. © Doctor Muxtorov Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz | | |
Show more ...
1 756
26
Сизда ва яқинларингизда:                                                                   ✅Витилиго ва оқ доғлар. ✅ Соч, соқол тўкилиши (алопеция).     ✅ Оёқ ҳидланиши. (грибок) ✅ Ҳусунбузар (угри), Демодекоз. ✅ Сўгал, папиллома, юқумли моллюск. ✅ Тери замбуруғ касалликлари. ✅ Псориаз, Нейродермит, Атопик дерматит. ✅ Аллергодерматит, Болалар диатези, Экзема, Себореяли дерматит, Учуқ ва Герпес ва бошка тери темиратки касалликлари кузатилса: 👨‍⚕Шифокор: Дерматовенеролог-Дерматокоcметолог-Трихолог: Назаркулов Бекзот Рустамовичнинг қабулига ёзилишингиз мумкин. 📍Манзил: Тошкент шахри, Учтепа тумани, 11-мавзе, Заргарлик кўчаси, 62а уй. 📍Мўлжал: Шухрат чорраҳаси, Ал-Хоразмий айланаси 🏥POYTAXT MED DIAGNOSTIKAИш вақти: соат: 07:30 - 12:00.                                     17:30 - 19:00   Дам олиш: якшанба куни. ☎️+998 (90) 951- 79- 03 Web Sayt 🌐
Show more ...
2 063
8
6-9 oylikkacha bo‘lgan bolalarga qo‘shimcha ovqat berish Birinchi marta qo‘shimcha ovqatni kunning birinchi yarmida, bola injiqlik qilmagan va kasal bo‘lmagan paytda berish kerak. Qo‘shimcha ovqat berish tartibi 📌Davriyligi: 6-9 oylikda kuniga 2 marta qo‘shimcha ovqat beriladi. 📌Miqdori: har safar 2-3 osh qoshiq ovqat beriladi, 7-10 kunda 2 barobar ko‘paytiriladi. 📌Quyuqligi: ovqat quyuq bo‘lsa, bolaga yedirish uchun qulay bo‘ladi. Bola 8 oyga kelib, qo‘li bilan yeyish mumkin ovqatlarni berish mumkin. 📌Xilma-xilligi: bo‘tqa(guruch yoki grechka), sabzavot pyuresi (kartoshka, sabzi, kobachki), mevalar(olma, banan). Kerakli tavsiyalar ▪️Sabrli bo‘ling! Bola o‘rganishi uchun vaqt kerak. ▪️Rag‘batlantirish va “o‘yin” sifatida ovqatlantiring. ▪️Bolani ovqat yeyishga zo‘rlamang. ▪️Alohida idishdan foydalaning. Qancha ovqat yeganini bilishingiz uchun. © Doctor Muxtorov Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz | | |
Show more ...
2 910
48
Bolalarning nutqi qanday shakllanadi? Kattalarning hali tili chiqib ulgurmagan, so‘zlar ma’nosini farqlolmaydigan jajjigina bolajonlarga gapirishi chetdan qaraganda biroz erish tuyulishi mumkin. Lekin aslida bu to‘g‘ri va juda muhim jarayon. Chunki bolaning nutqi aynan kattalarning muloqotini tinglash orqali shakllanadi. Dastlab dona-dona qilib aytgan so‘zlarimiz mag‘zini chaqa olmasa-da, yuz ifodamiz, gapirish ohangimiz va xatti-harakatlarimiz orqali o‘g‘il-qizlarimiz lug‘ati shakllanadi. Ammo bu jarayonda e’tibor qaratishimiz lozim bo‘lgan yana ko‘plab jihatlar bor. Manba: Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz | |
Show more ...

004 Baby talk Uz LQ_Sub_Ru.mp4

3 312
34
🍌🍐 Banan va nok pyuresi Mahsulotlar: • nok - 1 dona. • banan - 1/2 dona. • suv - 30 ml. Tayyorlanishi: 1. Nokni 15 daqiqa davomida bug'da pishiring. 2. Kesilgan banan bo'laklarini qo'shing va pyure holiga keltiring. Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz | | |
5 190
92
Bolalar bir kunda qancha miqdorda shakar iste’mol qilishi kerak? (Pediatr tavsiyasi) 📌5 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun kuniga 10 grammdan kam shakar 📌5 yoshdan 10 yoshgacha bolalar uchun 20—25 gramm shakar 📌10 yoshdan 15 yoshgacha bolalar uchun 25—30 gramm shakar 📌15 yoshdan katta bolalar kuniga 30 gramm shakarni iste’mol qilishlari mumkin. ❗️Eslatma. Sutkalik shakar miqdori hisoblanganda, shirinliklar tarkibidagi shakar ham inobatga olinishi kerak. © Doctor Muxtorov Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz | |
Show more ...
4 070
19
Uchinchi mahorat darsi ❓Bolaning xotirasi qachondan shakllana boshlaydi va bu jarayon qanday kechadi? ❓Emizikli chaqaloqlar nega buncha ko‘p uxlashi sababini bilasizmi? ❓Kichkintoylar bilan muloqotda nimalarga e’tibor qaratish kerak? ❓Bolani til o‘rganishga qachondan va qanday qilib jalb qilsa bo‘ladi? Manba: Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz | |

003 FAQ Uz LQ_Sub_Ru.mp4

4 096
60
❓Bolalarda qabziyatda glitserin shamchasini necha yoshdan qo‘llash mumkin? Najas massasini yumshatadi va yo‘g‘on ichak bo‘ylab harakatini yengillashtiradi. Ichak shilliq qavatiga qo‘zg‘atuvchi ta’sir qilib, ichak motorikasini reflektor stimullaydi. Har xil sababli qabziyatlarni simptomatik davolash uchun qo‘llaniladi. 📌Qo‘llanilishi ✅Shamchani bola hayotining birinchi kunidan qo‘llash mumkin. ✅3 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 1/2 shamcha sutkasiga 1 mahal; ✅3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 1 shamcha sutkasiga 1 mahal ✅7 yoshdan katta bolalarga kattalarni dozasi(2,11 g) qo‘llaniladi. Shamcha, ovqatdan 15-20 minutdan keyin rektal qo‘yiladi. ❗️Eslatma. Glitserin shamchasini davomiy qo‘llash fiziologik defekatsiya jarayoni kuchsizlantiradi. Preparatni Pediatr tavsiyasi bilan qo‘llash mumkin. © Doctor Muxtorov Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz | |
Show more ...
4 141
21
❓Bola qanday rivojlanadi? ⏳1-oylik - tur xil ovozlar chiqaradi, oyoq-qo‘llarda tartibsiz harakatlar ⏳2-oylik - harakatdagi narsalarni kuzatadi, jilmayadi. ⏳3-oylik - kuladi, gu-gulaydi, vertikal holatda boshini ushlaydi. ⏳4-oylik - tovush kelgan tomonga boshini buradi, yaqinlar ovozini faqlaydi. O‘yinchoqni ushlaydi, og‘ziga olib boradi. ⏳5-6-oylik - qo‘lidan ushlasa yoki ba'zan mustaqil o‘tiradi, chalqancha holatdan yonboshga yoki qorniga o‘griladi, o‘yinchoqlarni kuzatadi va ko‘taradi. ⏳7-8-oylik - mustaqil o‘tira oladi, oyoqqa turishga harakat qiladi, onasiga va tanishlar qo‘l cho‘zadi va chapak chaladi, ma-ma, da-da deya oladi. ⏳9-10-oylik - emaklaydi, tizzasiga tura oladi, kattalar yordamida oyoqqa turadi va ushlab yuradi, qoshiqdan ovqat yeydi. Dada, mama so‘zlarini ayta oladi ⏳11-12-oylik - qo‘lidan ushlasa o‘zi yuradi, lekin ko‘p yiqiladi, mustaqil ovqat yeyishga harakat qiladi, ba'zi so‘zlarni ayta oladi. © Doctor Muxtorov Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz | |
Show more ...
5 101
117
❓Qanday holatlarda bolalarga muzqaymoq berish mumkin emas? 1⃣Bir necha hafta davomidagi kasallanishdan so‘ng. Kasallik o‘tkazgandan so‘ng mahalliy immunitet pasayadi. Yuqori nafas yo‘llarini muzlashi yangi infeksiyani yuqtirish xavfini paydo qiladi. 2⃣Tez-tez O‘RVI va tonzillit(angina) bilan kasallansa. Sovuq kasallikni takror rivojlanishiga sabab bo‘lishi mumkin. 3⃣Bolada yara kasalligi, surunkali gastroduodenit, o‘t pufagi va oshqozon osti bezi bilan muammolar bo‘lsa. 4⃣Tarkibida allergiya chaqiruvchi komponentlar bo‘lsa. Ayniqsa hayvon oqsillari. 5⃣Laktaza yetishmovchiligi. Muzqaymoq tarkibida laktoza bor va bunday bolalar laktozani ko‘tara olmaydi. 6⃣Qandli diabet. Muzqaymoq tarkibida saxaroza bor va u diabetiklarga mumkin emas. 7⃣Bolalar semizligi. Muzqaymoqni kaloriyasi yuqori bo‘ladi. Qo‘shimcha vazn yig‘ilishiga sabab bo‘lishi mumkin. © Doctor Muxtorov Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz | |
Show more ...
5 418
28
BOLALARNI ONA SUTI BILAN PARVARISHLASHDA NIMALARGA E’TIBOR QILISH ZARAR? Ona suti — chaqaloq uchun mukammal ozuqa. Tarkibida yuzdan ziyod shifobaxsh mikroelementlar mavjud. Qolaversa, immunoglobulinga boy. Chaqaloqni turli infeksiyalardan himoyalaydi, immunitetni mustahkamlaydi. Qisqacha aytganda, emizishning foydasi bisyor. Lekin bolani qay paytda, qanday holatda, necha mahal, necha yoshgacha ko‘krak suti bilan parvarishlagan ma’qul? Bu jarayonda qanday qoida va talablarga rioya qilish qilish zarur? Manba: Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz | |
Show more ...

002 Breastfeeding Uz LQ_Sub_Ru.mp4

5 047
70
❓Normada yangi tug'ilgan chaqaloqlar qancha uxlaydi? Bir uxlashda kamida 35-40 daqiqa, ko'pi bilan 3-4 soat uxlashi mumkin. Kunu - tun mobaynida o'rtacha 15-18 soat uxlaydilar.  Chaqaloqda tun va kun almashib qolishi mumkinmi? Ha, mumkin. Shuning uchun chaqaloq kunduzi uxlaganida onasi ham uxlab olishi kerak. Aks holda tunda bolaga e'tiborli bo'lishga kuchi yetmaydi. Charchagan onaning bolasi injiq bo'ladi.  ❓Chaqaloq juda ko'p uxlashi zarar emasmi? 📌Agar bola jismonan va ruxan yaxshi rivojlanayotgan bo'lsa, 📌Unda biron noodatiy holatlar namoyon bo'lmayotgan bo'lsa, 📌Chaqaloq vaqtida va kerakligicha emayotgan bo'lsa,  📌Uning tagliklari muntazam ravishda xo'l bo'lib, ichi muntazam ravishda kelayotgan bo'lsa. © Doctor Muxtorov Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz | | |
Show more ...
6 190
74
🥕 Sabzi va gulkaram pyuresi Mahsulotlar: • sabzi - 1 dona. • gulkaram - 150 g. • o'simlik moyi - 1 choy qoshiq Tayyorlanishi: 1. Sabzavotlarni yuving va tozalang. Suvni olovga qo'ying. 2. Avval tozalangan sabzi deyarli tayyor bo'lgunga qadar qaynatib oling, so'ngra gulkaramni qo'shing va yana 4-7 daqiqa qaynating. 3. Tayyorlangan sabzavotlarni stakanga oling va ozgina sabzavotli bulyon qo'shib, blender bilan pyure holatiga o'tkazing. 4. Tayyor pyurega o'simlik moyini qo'shing va yaxshilab aralashtiring. Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz | | |
Show more ...
4 879
37
🌡Bolalar isitma qilgan paytda parasetamol(Sefekon D) shamchalari va tabletkasini qanday dozalarda qo‘llash kerak? ✅Shamchani bir martalik qo‘llash dozalari: -1 oylikdan 3 oylikgacha - 50 mg -3 oylikdan 3 yoshgacha - 100 mg -3 yoshdan kattalarga - 250 mg ❗️Bir kunda 3 tagacha shamcha qo‘llash mumkin! ✅Tabletkani bir martalik qo‘llash dozalari (Parasetamol 200 mg tabletkasi uchun): -1 oylikdan 3 oylikgacha - 50 mg (1/4 tab yoki chorak tab) -3 oylikdan 3 yoshgacha - 100 mg ( 1/2 tab yoki yarimta tab) -3 yoshdan kattalarga - 200 mg (1 tab ) ❗️Tabletkani ham yuqoridagi dozada kuniga 3 mahal berish mumkin! ‼️Eslatma! Tabletka va shamchalarni bola tana harorati 38 °C dan oshgandan keyin qo‘llash mumkin! © Doctor Muxtorov Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz | | |
Show more ...
5 604
83
Sutli kokteyl - 1 yoshdan oshgan bolalar uchun Mahsulotlar: • sut - 200 g • o‘rmon mevalari - 1 choy qoshiq • banan - 1 dona • shakar - 1 choy qoshiq(shakarsiz tayyorlasa ham bo‘ladi) Tayyorlanishi: 1. Blenderda sut, shakar, banan bo‘laklari va o‘rmon mevalari aralashtiriladi. 2. Agar bolangiz katta yoshli bo‘lsa, 1 osh qoshiq muzqaymoq qo‘shish mumkin. Kokteylda olinadigan rang unga qo‘shiladigan mahsulotlarga bog‘liq. Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz | | |
Show more ...
5 122
45
❓Bolaga qulupnayni qachondan va qancha miqdorda berish mumkin? Bola 2 yoshga to‘lgandan so‘ng unga qulupnay berishni boshlash mumkin. Avval 1 dona mevani nonushtadan so‘ng berib ko‘ring. ❗️ Yodda tuting bir dona qulupnay bilan boshlaysiz. Agar kechga borib, hech qanday allergiya kuzatilmasa, ertasiga 2 dona berishingiz mumkin. Mana shunday qilib, bola organizmini yangi rezavor mevaga o‘rgatasiz. ©Doctor Muxtorov Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz | |
5 984
76
Bolaning miyasini rivojlantirish Bola miyasini rivojlantirish bo'yicha UNICEF tomonidan tayyorlangan mahorat darsi Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz | |

001 Brain Uz LQ_Sub_Ru.mp4

7 630
145
Bolalarda temperament tiplari Xolerik U juda jahldor, o‘ziga ishongan va shijoatli, bir zumda qaror qabul qiladi, shuning uchun g‘oyalari juda qiziq. U har doim nima istayotganini biladi. Xolerik bola juda harakatchan, uzoq kutishga toqat qilmaydi, kayfiyati keskin o‘zgaradi. Sangvinik Bolakay quvnoq, kuchli va muvozanatli, bundan tashqari u “quyosh” kabi ko‘pincha yaxshi kayfiyatda, izlanuvchan, faol. Sangvinik bolani juda tez kuldirish yoki biron bir arzimas narsadan qattiq xafa qilib qo‘yish mumkin. Flegmatik Flegmatik bola – juda og‘ir. Uni kuldirish yoki xafa qilish qiyin. Kichkina flegmatik hamma narsada tartibni yaxshi ko‘radi. U faqat o‘z idishidan ovqatlanadi, tengdoshlar orasida faqat o‘z o‘yinchog‘i bilan o‘ynaydi. Melanxolik Melanxolik bola nafaqat jim, balki mehribon, yumshoq, ishonchli va ochiq fe’l-atvor egasidir. U juda ta’sirchan, salga xafa bo‘ladigan, hamma narsada ehtiyotkor. Melanxolik o‘ziga ishonchsiz, uning o‘zi qaror qabul qilishi juda qiyin. Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz
Show more ...
10 612
117
Ba’zan onalar savol berishadi. Bolam falon oylik nechta tishi bo‘lishi kerak? Bu savolga quyidagi formula orqali javob topamiz. X=(n-12)+8 Bu yerda: 8- 1 yoshgacha chiqishi kerak bo'lgan tishlar soni X - 1 yoshdan katta bolalardagi tishlar soni n - bolaning necha oyligi Masalan, bola 18 oylik  (18-12)+8=14 Demak, 14 ta tishi bo'lishi kerak ekan. Bu albatta absolyut raqam emas, ba'zi bir sabablarga ko'ra tishlar oldinroq yoki keyinroq chiqishi mumkin. Yuqoridagi suratda siz sut tishlarining chiqish va tushish vaqtlarini ko'rib turibsiz. © Doctor Muxtorov Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz | | |
Show more ...
8 113
138
«Rinotin kids» biologik faol qo‘shimchasiga berilgan ruxsatnoma bekor qilindi Bunday qaror aholi orasida ovqatdan zaharlanish holatlari kelib chiqishining oldini olish maqsadida qabul qilingani ta’kidlanmoqda. Sanepidqo‘mita tomonidan «Rinotin kids» biologik faol qo‘shimchasini O‘zbekiston hududida sotish uchun berilgan ruxsatnoma   Qayd qilinishicha, bunday qaror aholi orasida ovqatdan zaharlanish holatlari kelib chiqishining oldini olish maqsadida qabul qilingan. Ammo, Sanepidqo‘mita qanday asosga ko‘ra ruxsatnomani bekor qilganiga oydinlik kiritilmagan.  Manba: Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz | | |
Show more ...
9 815
80
Bolalarda statikaning rivojlanishi Statika - tananing ma’lum qismlarini zaruriy holatda ushlab turish va fiksatsiya qilishdir. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda rivojlanmagan. 1⃣Statikaning birinchi belgisi – bola boshini ushlashi hayotining 2-3 oyligidan boshlanadi, 3 oyligida vertikal holatda bola boshini yaxshi ushlashi kerak. 2⃣Ikkinchi belgi – bola o‘tirishi – 6–7 oyligidan boshlanadi, 7 oylikdan emaklay boshlaydi. 3⃣Uchinchi belgi – bola tik turishi – 9–10 oyligidan boshlanadi. 4⃣To‘rtinchi belgi – bola yurishi – 1-yoshning oxiridan boshlanadi. © Doctor Muxtorov Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz | | |
Show more ...
11 632
84
Қисқа муддатда ➖26 кг ортиқча вазн ташлаган аёл Йиллар давомида кетмаган доғлар кетган, жигарда ижобий ўзгаришлар Ҳозироқ батафсил эшитинг👆 ИншоАллаҳ сизга ҳам шифо бўлсин, ҳозироқ мурожаат қилинг👇 Тезда силкага кириб билиб олинг👇 3-кундаёқ узгаришни хис килинг😍 Натижалар 10.000 дан ортиқ (Кўк ёзувни босинг👆) 🔗 ҲАВОЛА 10 СОАТ ИЧИДА ЎЧИБ КЕТАДИ

IMG_0346.MP4

3 109
3
Bolalar nima uchun tirnoqlarini tishlashadi? Refleks. Bola ona ko’kragini imitatsiya qilib, so’rg’ich va barmoq so’radi. Har qanday noqulay holatda (agar u nima qilishni bilmasa) yoqimli psixologik holatga tushish uchun so’rish refleksini amalga oshirish istagi uyg’onadi. Tishlarning almashinishi. Boshqa bir nazariya shuni ko'rsatadiki, maktab yoshidagi bolalarda tishlarning almashinishi va faol o'sishi davrida biron bir narsani chaynash istagi paydo bo'ladi va boshqa variantlar yo'qligi sababli bola tirnoq plastinkasini tishlay boshlaydi. Taqlid qilish. Bolalarda onixofagiyaning yana bir sababi boshqa bolalar yoki kattalarga  to’g’ridan to’g’ri taqlid qilishdir. Bola boshqa odamning xatti-harakatlarini uning noto'g'ri ekanligini tushunmasdan qabul qiladi. Stress. Onixofagiya 6 yoshdan 9 yoshgacha bo'lgan bolalarda eng ko'p uchraydi. Ushbu davrda bolaning maktabdagi o'quv sharoitlariga murakkab moslashuvi mavjud, katta o'quv jarayoni va psixologik yuk bor. ©Doctor Muxtorov Kanalga ulanish👉
Show more ...
8 400
48
Ko'krak yoshidagi bolalarni talabiga qarab emizish lozim Bolani emishga ehtiyoji bo'lganidagina emizish lozim. Agar bola biron jadval, vaqt-soatga qarab emizilsa, uning organizmi bu tartibga o'rgana olmaydi. Natijada u ko'krakdan bosh torta boshlaydi. Masalan, ba'zi chaqaloqlar kunduz kuni emishni yaxshi ko'rsalar, boshqalari esa tuni bilan onasini emib chiqishni xohlaydilar. Shu yo'l bilan ular o'zining sutga bo'lgan sutkalik ehtiyojini qoplaydilar. Bola onaning tartibiga emas, ona bolaning tartibiga moslashishi lozim.  ❗️Onalar chaqaloqlarni o'zi istagan vaqtda emas, aynan bola xohlagan paytda emizishi kerak. Bola har emganida qancha emishi muhim emas, uning jismoniy ko'rsatkichlarining(tana uzunligi, vazn) normada ortib borishi sut yetarli ekanligidan dalolat beradi.  Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz | | |
Show more ...
9 803
72
Go'daklarda tish chiqish alomatlari ▪️Bolaning milklari bo'rtishni boshlaydi. ▪️Bolaning milklari och pushti yoki oqish rangga kiradi. ▪️Tish chiqishidan taxminan bir oldin ko'p so'lak oqishni boshlaydi ▪️Bola hamma narsani og'ziga olib chaynashni xohlaydi(milklardagi qichishish hisobiga). ▪️Tana harorati ko'tariladi ( ko'pi bilan 37-38 °C gacha) va ko'p vaqt o'tmay o'zi tushadi. ▪️Bola injiqroq bo'lib qoladi, ba'zan emishni ham xohlamasligi mumkin. ▪️ Bolaning uyqusi buziladi yoki uyqu rejimi o'zgaradi. ▪️Bola emayotganda ona ko'kragini yoki qo'lini tishlashni xohlaydi. ▪️ Bolaning ishtahasi pasayadi ▪️Bolaning najasi suyuqlashadi, ichi ketadi(najas rangi va hidi o'zgarmagan holda) © Doctor Muxtorov Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz | | |
Show more ...
13 935
199
O'zbekiston Respublikasida profilaktik emlashlar kalendari Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz | | |
12 848
203
Bolalar najasida qon bo‘lishining asosiy sabablari qaysi kasalliklar? Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz | | |
Bolalarning najasida nima sababdan qon bo‘ladi?
Bolalar najasida qonning bo‘lishi 1)Jiddiy belgi hisoblanadi. 2)100 ortiq kasallikni klinik belgisi hisoblanadi. 3)Onalar bu belgini ko‘rgan zahoti bolani Pediatr yoki bolalar xirurgiga ko‘rsatishi lozim! Najasda qon bo‘lishi manbasiga ko‘ra ikkiga bo‘linadi: 1) Hazm traktining yuqori qismlaridan (oshqozon va ingichka ichak) 2) Hazm traktining pastki qismlaridan(chambar ichak, to‘g‘ri ichak va anus)
10 148
20
Yurtimizda yashayotgan har bir mo‘min- musulmonni bugungi qutlug‘ ayyom Ramazon Hayiti bayrami bilan chin qalbimdan muborakbod etaman! Sizlarga uzoq umr, sihat-salomatlik, oilaviy totuvlik, baxt va omad tilayman! Ushbu qutlug‘ kunda qilgan barcha yaxshi niyatlaringiz ijobat bo‘lsin! Ramazon oyida qilgan barcha xayrli ishlaringiz dargohida qabul bo‘lsin! Yurtimiz tinchligiga, xalqimiz totuvligiga ilohim ko‘z tegmasin! Ollohim sizu bizni o‘z panohida asrasin! Yana bir marta ayyom muborak bo‘lsin! Hurmat bilan Doctor Muxtorov! Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz | | |
Show more ...
20 324
155
💊BIFOLAK-NEO haqida nimalarni bilasiz? ❓U qachon qo‘llaniladi? ✅Bolalarda ichak disbakteriozida ichak mikroflorasini tiklash, ich ketganda va qabziyatda ich kelishini normallashtirish uchun qo‘llaniladi. ❓Qo‘llash usuli qanaqa? ✅Chaqaloqlarga ovqatlanish vaqtida ona sutiga yoki sun’iy aralashmalarga qo‘shib beriladi. 2 yoshdan katta bolalarga qaynatib sovutilgan(40 °C dan yuqori bo‘lmagan) 40-50 ml suvga 1 paketcha eritib beriladi. ❓Qo‘llash dozalari qanaqa? ✅ 6 oygacha bo‘lgan bolalarga 1pak.dan 1 mahal ✅ 6 oydan 3 yoshgacha 1pak.dan 2 mahal ✅3 yoshdan 7 yoshgacha 1 pak.dan 3 mahal Qabul qilish muddati 1-3 hafta. ❗️Preparatni Pediatr tavsiyasiga ko‘ra qo‘llang! © Doctor Muxtorov Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz | | |
Show more ...
9 740
119

Kanalimizni qaysi hududdan kuzatib borasiz?

Toshkent shahri, Toshkent viloyati
Andijon, Farg'ona va Namangan
Jizzax va Sirdaryo
Surxondaryo va Qashqadaryo
Samarqand
Buxoro va Navoiy
Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm
Xorijdan
0
Anonymous voting
7 827
0

Siz qaysi jins vakilisiz?

Erkak
Ayol
0
Anonymous voting
7 866
0
Kanalimiz faoliyati yaxshilab borish uchun so'rovnomalar o'tqazib turishga qaror qildik. Kanalimiz rivoji uchun o'tqazilayotgan so'rovnomalarda faol qatnashasiz degan umiddamiz!
8 271
0
Bolalar timusi(ayrisimon bez) Suyak ko’migidan bezga o’tgan T-limfotsitlarning o’tmishdoshidan hujayra immunitetini ta’minlaydigan va gumoral immunitetni boshqarishda ishtirok etadigan T-limfotsitlar yetishadi. Yangi tug’ilgan chaqaloqning timusi 7,7-34,0 g bo’ladi. Bola 3 yoshga yetguncha u kattalashadi. 3-20 yosh orasida bezning o’lchami bir me’yorda bo’lib, keyin kichiklashadi. Bolaning o’sishi jarayonida timusning po’stloq va mag’iz qismlarining nisbati o’zgaradi: chaqaloqda po’stloq qismi mag’iz qismidan kattaroq bo’ladi. 1-3 yashar bolalarda bu qismlar tenglashadi, 4-9 yashar bolalarda po’sloq qismi sezilarli darajada kamayadi va bu jarayon keyin ham davom etadi. Timus po’stloq qismining kamayishi limfotsitlar yetilishini sekinlashtiradi. Timusning mag’iz qismidagi hujayralar yoshga bog’liq holda o’z faoliyatini sustlashtirmaydi. Bu qavatda uchraydigan Gassal tanachalari fiziologik faol peptidlar ajralishida ishtirok etadi. Timus – “immunologik xotira” a’zosi. Boshqa a’zolarda yetilgan limfotsitlar undan o’tish jarayonida ma’lum axborotga ega bo’ladi va immunokompetent (immunitetni ta’minlaydigan) holatga o’tadi. Undan tashqari, timotsitlar yemirilganida erkinlashadigan gumoral omillar limfatik tugunlardagi limfotsitlarga immunokompetenntlik baxsh etadi. Timusda sintezlanadigan gumoral omillar limfoid tizim rivojlanishini rag’batlantiradi va limfotsitlar immun faolligini oshiradi. Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz | | |
Show more ...
7 772
13
Bolalar sog‘ligi uchun bananning foydalari 🍌Suyaklarni mustahkamlaydi. Banan o‘zida Ca(kalsiy) saqlaydi va u ichaklardan yaxshi so‘riladi. Suyaklarda yig‘iladi, raxitni oldini oladi va ularni tezroq o‘sishini ta’minlaydi. 🍌Qabziyat. Banan klechatkaga boy bo‘lganligi sababli ich kelishini yaxshilaydi. 🍌Oshqozon himoyasi. Oshqozon devorini o‘rab oladi va uni har xil mexanik(qattiq ovqat) va kimyoviy(xlorid kislota) ta’sirlardan himoya qiladi. 🍌Hazm faoliyatini yaxshilaydi. Banan tarkibidagi fermentlar iste’mol qilingan ovqatni tezroq hazm bo‘lishiga yordam beradi. 🍌Stressga qarshi ta’siri. Banan ko‘p miqdorda magniy(Mg) saqlaydi va u nerv tizimi faoliyatini normallashtiradi. © Doctor Muxtorov Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz | | |
Show more ...
8 204
123
Bolalarda nutqning rivojlanishi Bolaning nutqi rivojlanishi juda katta ahamiyatga ega bo‘lgan ko‘rsatkich, chunki bu jarayon bolaning es-hushini shakllanishi va bolaga bo‘lgan ijtimoiy munosabat bilan bog‘liqdir. Nutq rivojlanishi 3 ta bosqichga bo'linadi: 1⃣Tayyorgarlik bosqichi. 1-4 oyliklarda gu-gulash bilan boshlanadi, 4 oylikdan tovush chiqarib, kuladi. Gʻurillash 3-5 oylikdan kuzatiladi, bola unli va undosh tovushlarni har xil tonda aytadi. 2⃣Sensor nutq bosqichi. 6-7 oylikda boshlanadi. Bola so‘zlarning ma’nosini tushunib, ma’lum buyum bilan bog‘laydi, biron o‘yinchoqning nomini aytilsa, xuddi shu o‘yinchoqni topadi, mumkin emas, tegma so‘zlarni tushunadi. 3⃣Motor nutq bosqichi. 8-9 oylikdan yuzaga kelib, bola ayrim bo‘g‘inlarni ayta boshlaydi, keyinroq qisqa so‘zlarni aytadi, ma’nosiga tushunib so‘zlarni gapirish 11-12 oyligiga to‘g‘ri keladi. © Doctor Muxtorov Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz | | |
Show more ...
10 531
74
Chaqaloqlarda tug‘ruq travmalaridan keyin yuzaga keladigan - kefalogematoma © Doctor Muxtorov Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz | | |
Chaqaloqlarda kefalogematoma
Kefalogematoma (cephalhematoma) (yunoncha dan. bosh va qon) — suyak usti pardasi va kalla suyagi tashqi yuzasi oraligi’ga qon quyilishi. Gematoma kalla suyagi maʼlum bir suyagining chekkalari bilan chegaralanadi, koʻpincha tepa suyagida, kamroq ensa suyagida uchraydi . 3-8 haftadan keyin yoʻqoladi. 
7 300
18
Ko‘p marta berilgan savolga javob! ❓Probiotik va prebiotiklarning farqi nimada? Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz | | |
Probiotik va prebiotiklar — farqi nimada?
Probiotiklar — tirik mikroorganizmlar bo‘lib, etarli darajada inson organizmiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Probiotiklar qisqa muddat ichida ichaklardagi foydali bakteriyalar salmog‘ini oshiradi va bu ayniqsa, antibiotiklar bilan davolangandan keyin muhim ahamiyatga ega.  Probiotiklar qisqa muddat ichida ichaklardagi foydali bakteriyalar salmog‘ini oshiradi va bu ayniqsa, antibiotiklar bilan davolngandan keyin muhim ahamiyatga ega. Biroq bu samara uzoq muddat saqlanmaydi va organizmimizdagi yot mikroorganizmlar…
6 715
29
Yangi tug'ilgan chaqaloq sog'lom ekanligini qanday bilsa bo'ladi? 1952-yilda amerikalik shifokor Virjiniya Apgar tug'ilgan chaqaloqlarga baho berish taklifi bilan chiqadi. U yangi tug'ilgan chaqaloqning holatini baholash va reanimatsion muolalajalarga ehtiyoj bor yoki yo'qligini aniqlash tizimini taklif etgan. Bu baholash usuli muallifga atalib APGAR shkalasi deb nomlanadi va u quyidagi ko'rsatkichlarni o'z ichiga oladi: A (appearance) - chaqaloqning teri rangi; P (pulse) - pulsi; G (grimace) - yuz ifodasi; A (activity) - harakatlari, mushaklari tonusi; R (respiration) - nafas olish qobiliyati, reflekslari. Shkala 5 ta ko'rsatkich (har biri 0 dan 2 ballgacha, jami — maksimal 10 ball) tahlilini o'z ichiga oladi. U bola tug'ilishi bilanoq 1-5 daqiqa ichida amalga oshiriladi. Agar jami ball 3 dan past bo'lsa, chaqaloqning ahvoli og'ir deb baholanadi. 7 balldan yuqorisi esa yaxshi degani. © Doctor Muxtorov Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz | | |
Show more ...
8 707
92
Yangi tug‘ulgan chaqaloqda kalla suyaklari bir-biri bilan qanday birikkan? Chaqaloq kalla chanog‘i ham katta odamlar kabi bir xil suyaklardan tuzilgan. Lekin kalla suyaklari kattalarnikiga qaraganda egiluvchan va elastik, bir-biri bilan to‘liq birikmagan hamda suyaklanmagan bo‘ladi. Bunday hosilalar bola kallasida amortizator vazifasini bajaradi. Ularga quyidagilar kiradi: 💠Peshona birikishi (metopik birikish) – peshona suyaklari orasida; 💠Koronar birikish – peshona va tepa suyaklari orasida; 💠O‘qsimon (sagittal) birikish – tepa suyaklari orasida; 💠Tepa (lambadosimon) birikish – ensa va tepa suyaklari orasida; 💠O‘ng va chap yonbosh birikish – tepa va chakka suyaklari orasida. © Doctor Muxtorov Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz | | |
Show more ...
7 134
51
Sabzavotlarni bolalar ovqat ratsioniga qachondan kiritish kerak? 🫒Kabachki - 6 oylikdan - bir komponentli pyure ko'rinishida 🥦Brokkoli - 6 oylikdan -  bir komponentli pyure ko'rinishida 🥑Qovoq - 6-7 oylikdan -  bir komponentli pyure ko'rinishida 🥔Kartoshka - 6-7 oylikdan -  bir komponentli pyure ko'rinishida 🥕Sabzi - 6-7 oylikdan -  bir komponentli pyure ko'rinishida 🌱Yashil loviya - 8 oylikdan -  monopyure ko'rinishida 🍠Qizil lavlagi - 9 oylikdan - monopyure ko'rinishida 🍆Baqlajon - 12 oylikdan -  monopyure ko'rinishida 🥒Bodring - 12 oylikdan -  salat tarkibida 🍅Pomidor - 12 oylikdan - salat va sho'rva tarkibida 🫑Bulg'or qalampiri - 12 oylikdan - salat va sho'rva tarkibida © Doctor Muxtorov Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz | |
Show more ...
7 055
124
Spina bifida nomi umurtqaning tug'ma bitmay qolishi bilan bir vaqtda orqa miya va uning pardalari rivojlanishidagi nuqsonlarni bildiradi. Anatomik shakllari: 🔹spina bifida occulta (yashirin) - bu shaklda umurtqa tanasida uncha katta bo'lmagan tirqish paydo bo'ladi 🔹spina bifida aperta (ochiq) - umurtqa pog'onasi rivojlanishining "ochiq" anomaliyasi. Ochiq turining shakllari: a) meningosele - umurtqa ravoqlari orasidagi nuqson orqali orqa miyaning pardalari teri ostiga chiqib qoladi, kista rivojlanadi b) meningomiyelosele - spina bifidaning ancha og'ir shakli, bunda orqa miyaning churra ko'rinishida chiqishi kuzatiladi. ❗️Operatsiyaning mohiyati - churra xaltasini olib tashlash va umurtqa yoylaridagi nuqsonni plastika qilishdan iborat bo'ladi. © Doctor Muxtorov Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz | | |
Show more ...
6 164
18
#tavsiya ❗️Infolo'ttibozlardan charchadingizmi?! ❗️Orginal ilmga asoslangan ilmiy psixologiyaga qiziqasizmi?! ❗️O'z muammolaringizga ham ilmiy tasdiqlangan ham qadriyatlarimizga asoslangan yechimlar topishni istaysizmi? ❗️Haqiqiy oliy ma'lumotli psixologdan psixologiya sirlarini o'rganishni istaysizmi!? ✅Unday bo'lsa, Sizlarga zo'r kanal topdik. Orginal psixologiya ta'miga va ilmiy psixologiya mo'jizasiga O'zingiz guvoh bo'lishni istasangiz, 10 yillik tajribaga ega pedagog-psixolog Dilorom Raimxojayevaning telegram kanaliga o'tvoling.
Show more ...
3 816
1
Bolalarga har bir narsani erinmasdan tushuntirib berish biz ota-onalarni burchimiz! Ernest Xemingueyni "Dahshatli kutish" hikoyasini o‘qisangiz, nima demoqchi ekanligimni tushunib olasiz! Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz | | |
Ernest Xeminguey. Dahshatli kutish (hikoya)
O‘rinda yotarkanmiz, u derazani yopish uchun xonaga kirdi, ko‘zimga kasaldek ko‘rindi. Yuzlari bo‘zday oppoq, og‘riqning zo‘rligidan bazo‘r harakat qilar, qaltirardi. — Nima bo‘ldi, toychoq? — Boshim og‘riyapti. — Borib yot. — Yo‘q. Tuzukman. — Joyingga borib yot. Hozir kiyinib, oldingga tushaman. Men pastga tushganimda u kiyinib o‘choq yonida o‘tirardi. To‘qqiz yashar murg‘akning rangida rang yo‘q edi. Peshonasiga qo‘limni qo‘yib, harorati borligini bil-dim. — Kirib yot,— dedim unga. — Kasalsan. — Tuzukman…
6 483
41
Baxtli qo‘g‘irchoq sindromi Angelman sindromi - shartli genetik patologiya bo‘lib, 15 juft xromasomaning delitsiyasi hisobiga yuzaga keladi. Sindrom quyidagi belgilar bilan xarakterlanadi: -ruhiy rivojlanishdan ortda qolish -diqqat yetishmovchiligi -uyqu buzilishi -ikkilamchi epilepsiya(tutqanoq) -tartibsiz harakatlar(asosan qo‘lda) -yuzdagi o‘zgarishlar: keng og‘iz, tilini chiqarish, tishlarning siyrak joylashishi -doimiy kulgu yoki tabassum(sababsiz) -strabizm(g‘ilaylik) -skolioz(umurtqani yon tomonga qiyshayishi) Sindromni 1965-yilda Britaniyalik pediatr Garri Engelman aniqlagan va uning nomiga qo‘yilgan. Bu sindrom yana Petrushka sindromi yoki “baxtli qo‘g‘irchoq sindromi” deb nomlanadi. © Doctor Muxtorov Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz | | |
Show more ...
7 719
20
Chaqaloqlarda iyak titrashi normal holatmi? 3-oygacha bo'lgan go'daklarda iyak titrashi normal holat hisoblanadi. Iyak titrashi ko'pincha oziqlantirish(emizish) yoki cho'miltirish vaqtida, yig'lash jarayonida, ba'zan esa uyqu vaqtida ham yuzaga keladi. 3 oydan katta bolalarda esa nevrologik yetilmaganlik yoki patologik holat belgisi bo'lishi mumkin. Iyak titrashining fiziologik va patologik sabablari: ▪️Fiziologik titrash 3 oylikkacha bo'lgan go'daklar uchun xarakterli hisoblanadi. Asosan chala tug'ilgan chaqaloqlarda uchraydi. Sabablari: gormonlar ta'siri, ochlik, diskomfort xona harorati, yorqin yorug'lik, qattiq shovqin, tana holatini birdan o'zgartirish, og'riq his qilish. ▪️Patologik iyak titrashiga miyadagi gipoksiya, kalla ichi bosimining ortishi, qalqonsimon bez kasalliklari va boshqa buzilishlar sabab bo'lishi mumkin. © Doctor Muxtorov Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz | | |
Show more ...
9 179
58
❓Bolalarga muzqaymoqni necha yoshdan berish mumkin? 🍦Biz pediatrlar bolalarga uch yoshga to'lmaguncha muzqaymoq berishni tavsiya qilmaymiz. Chunki uch yoshgacha bo'lgan bolalar oshqozon-ichak traktining ayrim funksiyalari hali to'liq shakllanmagan bo'ladi. Halqumda mahalliy immunitetning yaxshi rivojlanmaganligi hisobiga tomog‘i og‘rib qoladi. Bolalarning ovqat hazm qilish tizimi sutni yaxshi o'zlashtiradi, ammo muzqaymoq tarkibidagi boshqa qo'shimchalar unga og'irlik qiladi. 🍧 Bolalarga muzqaymoq tanlaganda shakar va yog' miqdori minimal bo'lgan, konservant, bo'yoqlar va aromatlarsiz muzqaymoqni tanlash kerak. ❗️6-7 yoshgacha bo‘lgan bolalarga muzqaymoqni eritilgan holda berish lozim. Shunda siz yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ehtimoliy tomoq og‘rig‘ini oldini olgan bo‘lasiz. © Doctor Muxtorov Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz | |
Show more ...
8 046
65
Bolalarda D vitamini yetishmovchiligi yoki raxitning boshlang‘ich davrini qanday aniqlash mumkin? Dastlab bola hayotining 2-3 oyligida nerv tizimi tomonidan quyidagi klinik belgilar ko‘rinishida namoyon bo‘ladi: -bezovtalik -qo‘zgaluvchanlik -uyqu buzilishi(uyquning yuzaki bo‘lishi yoki kam uxlashi) Keyinchalik bolada ishtahaning pasayishi, baland tovushdan cho‘chish, birdan yorug‘lik tushganda seskanish holatlari yuzaga keladi. Bola ko‘p terlaydigan bo‘ladi(kaftlar, oyoq kaftlari, tanada), ayniqsa boshning sochli qismida ko‘proq kuzatiladi. Ajralgan ter nordon hidli bo‘ladi, u terini zararlaydi va qichishish keltirib chiqaradi. Oqibatda bola boshini yostiqqa ishqalaydi, ensa sohasidagi sochlari to‘kiladi. Terida issiqlik toshmalari paydo bo‘ladi.Bolada liqildoqlarni bekilishi va tishlarini chiqishi kechikadi. ❗️Yuqoridagi belgilar paydo bo‘lishi bilan bolani pediatr ko‘rigiga olib boring. ©Doctor Muxtorov Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz | |
Show more ...
9 123
136
#quloq Bolajonlarni cho'miltirishdan oldin quloqlariga paxtani pilik qilib ohista tiqib qo'ying. Cho'miltirib bo'lgandan so'ng paxtani olib tashlang. Bu bilan siz kichkintoy qulogʻiga suv kirishini oldini olib, uni quloq oʻgʻrigʻi va yalligʻlanishidan himoya qilgan bo'lasiz. © Doctor Muxtorov Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz | | |
9 353
69
❓Bolalar tish tozalashni necha yoshdan boshlashi kerak? Ota-onalar 3 yoshdan boshlab tish cho‘tkasi va pastasidan qanday foydalanishni o‘rgatishlari mumkin. Bu yoshda bola ota-ona yordamida bilan tozalashni boshlaydi. 7 yoshdan boshlab esa nerv-muskul tizimi to‘liq rivojlangach, o‘zlari mustaqil tozalashlari mumkin. Bu davr sut tishlari doimiy tishlar bilan almashinishni boshlagan davr bo‘lib, ko‘proq e’tiborni talab qiladi. © Doctor Muxtorov Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz | | |
Show more ...
8 718
44
Bolalar virusli Gepatit Aga qarshi necha yoshdan boshlab emlanadi? Virusli Gepatit Aga qarshi emlash bolalarda 1 yoshdan boshlab amalga oshiriladi. Bizda 1 yoshdan 16 yoshgacha bo'lgan bolalarga asosan Gepatit Aga qarshi vaksinatsiya uchun "Havriks"(720TB/1 doza) qo'llaniladi. Preparat 2 yoshdan katta bolalarning yelka mushaklariga, 2 yoshdan kichik bolalar sonining old-lateral yuzasiga inyeksiya qilinadi. Bolalarda gepatit Aga qarshi vaksinatsiya qilish sxemasi bo'yicha preparat ikki dozada yuboriladi. Birinchi dozadan 6-12 oy vaqt o'tib ikkinchi doza kiritiladi. Dozalar orasidagi interval 5 yildan oshmasligi kerak. ❗️Eslatma: Vaksinatsiya pediatr ruxsati va nazorati ostida amalga oshiriladi! Gepatit Aga qarshi emlash respublika profilaktik emlashlar kalendarida mavjud emas. © Doctor Muxtorov Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz | | |
Show more ...
9 910
72
Bolangiz qaysi yoshda qanday tovush(harf)larni talaffuz qila olishi kerakligini bilasizmi? Bolalar talaffuzida tovushlarni paydo bo‘lish normalari: 📌 1 yoshdan 2 yoshgacha: A, O, E P, B, M 📌 2 yoshdan 3 yoshgacha: I, U F, V T, D, N K, G, X, 📌 3 yoshdan 5 yoshgacha: S, Z SH J, CH 📌 5 yoshdan 6 yoshgacha: L, R © Doctor Muxtorov Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz | |
10 327
112
Ostritsa (Enterobius vermicularis) - odamning eng keng tarqalgan parazitar chuvalchangi bo‘lib, enterobioz kasalligining qo'zg'atuvchisi hisoblanadi. Ostritsa fekal-oral (najas-og'iz) yo'li bilan, ya'ni hojatxonadan keyin yuvilmagan qo'llar yoki ifloslangan oziq-ovqat va uy-ro'zg'or buyumlari orqali inson tanasiga tushadi. Barcha yangi narsalarni "tishlab" sinab ko'rishga moyil bo'lgan bolalar ko'pincha yuqtiradi. Enterobioz yuqishini oldini olish uchun: birinchi navbatda shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilish lozim. ❗️Bolalarni shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilishga o'rgatish, yuqoridagidek yuqumli kasalliklarni oldini olishning eng muhim omilidir! © Doctor Muxtorov Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz | | |
Show more ...

video_2020-12-01_00-24-27.mp4

11 530
42
Bola nega og'zini ochib uxlaydi? Buning asosiy sababi bola burni bilan to'liq nafas ololmaydi va og'iz orqali nafasga olishga majbur bo‘ladi. Agar bola tug'ilganidan boshlab xuddi yuqoridagidek nafas olsa, unda uning yuqori nafas yo'llarida qandaydir tug'ma anamoliya bor.Muammoni LOR vrach aniqlaydi va bartaraf etadi. Agar bola sog' bo'lsayu lekin to'satdan uyqusida og'iz orqali nafas olishni odat qilsa, demak bolani burni bitib qolgan, burun yo'llarini tozalash va zarur burun tomchilarini tomizish maqsadga muofiq bo‘ladi. © Doctor Muxtorov Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz | |
Show more ...
12 265
72
Bolalar 1 sutkada qancha vaqt uxlashi kerak? ☑️Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar (0-3 oy) — 14-17 soat.  ☑️Chaqaloqlar (4–11 oy) — 12-15 soat.  ☑️Bolalar (1-2 yosh) — 11-14 soat.  ☑️Maktabgacha yoshdagi bolalar (3-5 yosh) — 10-13 soat.  ☑️Kichik maktab o‘quvchilari (6–13 yosh) — 9-11 soat.  ☑️O‘smirlar (14-17 yosh) — 8-10 soat.  © Doctor Muxtorov Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz | | |
14 101
134
Chaqaloqqa qancha suv ichirish kerak? JSST bergan tavsiyasiga ko'ra 6 oylikkacha bo'lgan, ona suti bilan katta qilinayotgan bolalarga suv berilmaydi. Chunki ularning suyuqlikka bo'lgan ehtiyojini ona suti to'liq qondiradi. Lekin issiq yoz oylarida bola terlash orqali me'yoridan ko'p suyuqlik yo'qotadi. Bunday holatda bolaga belgilangan miqdorda suv berish mumkin. Kichkintoylarga yozning issiq kunlarida beriladigan suv miqdorlari: ▪️1 oylik chaqaloqlarga 60 ml dan ▪️3 oylikkacha bo'lgan go'daklarga 60-120 ml dan ▪️3 oylikdan 6 oylikkacha bo'lgan go'daklarga 120-180 ml dan ▪️6 oylikdan 1 yoshgacha bo'lgan bolalarga 240 ml dan oshmasligi kerak. Suv berishda quyidagi tavsiyalarga rioya qiling: ▫️Issiq kunlarda bolaga suvni faqat ovqatlantirishlar oralig'ida berish lozim. ▫️Bolaga beriladigan suv toza(qaynatilgan), iliq, uzoq turib qolmagan, gazsiz bo‘lishi kerak. ▫️Bola ochlik va chanqoq hissini adashtirmasligi lozim. © Doctor Muxtorov Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz | | |
Show more ...
12 141
177
Bolalarda sut tishlarining chiqish va tushish vaqtlari Markaziy kurak tishlar. Pastki kurak tishlar 6-10 oylikda chiqadi, yuqorigi kurak tishlar esa 7-12 oylikda chiqadi. Ular bola 6-8 yosh bo'lganida tushib ketadi. Yonbosh kurak tishlar. Pastki kurak tishlar 7-16 oylikda, yuqorigi kurak tishlar esa 9-12 oylikda chiqadi. Ularning tushib ketish vaqti bola hayotining 7-8 yillariga toʻgʻri keladi. Qoziq tishlar. Pastki qoziq tishlar 16-23 oylikda chiqadi. Yuqorigi qoziq tishlar esa 16-22 oylikda chiqadi va bu tishlar 9-12 yoshga to'lganda tushib ketadi. Kichik oziq tishlar. Pastki kichik oziq tishlar 12-18 oylikda, yuqorigi kichik oziq tishlar esa 13-19 oyda chiqadi. Bola 9-11 yoshga to'lganida tushib ketadi. Katta oziq tishlar. Pastki qismdagilar 20-31 oylarda, yuqorigi esa 25-33 oyda chiqsa, bola hayotining 10-12 yoshlariga kelib tushib ketadi. © Doctor Muxtorov Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz | |
Show more ...
10 069
148
🔴Assalomu alaykum! 📣Agar sizda yoki yaqinlaringizda allergik va immunologik shikoyatlar bólsa, biz bilan bog'laning! 🧠Tibbiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD), Allergolog-Immunolog Sherzod Muxtorov qabul qiladi.🤝 🔴Manzil: Toshkent shahri, Uchtepa tumani, 11-mavze, Zargarlik kòchasi, 62-"A" uy. "POYTAXT MED DIAGNOSTIKA".Móljal: SHUHRAT CHORRAHASI, AL-XORAZMIY AYLANASI yonida. 🎤998901317775 ⚙️Qabul vaqti: har kuni (dam olish kunisiz ) 1-smena: 7⁰⁰ dan 12⁰⁰ gacha 2-smena: 17°°dan 19°° gacha 🏪Navbatga yozdirib keling! 🌐 998901317775 🌐 🌐 📢 🌐 ▶️ 🌐 📌 Reklama https://t.me/allergolog_muxtorov
Show more ...

IMG_2604.MOV

4 195
5
Sirdaryoda uch egizak dunyoga keldi 🍼 Forish tumanining Uchma qishlog‘ida yashovchi Anorxol Isroilova va uning turmush o‘rtog‘i Umid Isroilov to‘rt qizdan so‘ng o‘g‘il farzand kutishayotgan edi. Kuni kecha ular uch egizakli bo‘lishdi: ikki nafar qiz, kenjasi esa o‘g‘il. 🤱🏻 Ona farzandlarini Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Sirdaryo filialida dunyoga keltirdi. Egizaklarning kattasi 1,9 kg, keyingisi 2,4 kg, o‘g‘il chaqaloq esa 2,1 kg bo‘lib, ular tabiiy tug‘ruq jarayonida tug‘ildi. Muassasa rahbari Xanifa Sodiqovaning ma’lum qilishicha, ona va chaqaloqlarning umumiy ahvoli qoniqarli, ularning salomatligi shifokorlar nazorati ostida. Manba: SSV Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz | | |
Show more ...
11 559
119
Bolaning burniga, qulog‘iga yoki ko‘ziga ona sutini tomizish mumkinmi? ❓Ba’zan onalar savol berishadi. Doctor bolamni burni bitib qolyapti, ona suti tomizsam bo‘ladimi? Yoki. Bolamni qulog‘i og‘riyapti, ona suti tomizsam bo‘ladimi? ❗️Qadrli onalar! Yaxshilab eslab qoling. Bolaning ko‘ziga, burniga yoki qulog‘iga ona sutini tomizish mumkin emas! Chunki sut labaratoriyada bakteriyalar boqishda ishlatiladigan asosiy ozuqa muhitlaridan biri hisoblanadi. Siz sut tomizib, mikroblarni yo‘q qila olmaysiz, balki ularni ideal ozuqa bilan boqasiz xolos. 📌Shuning uchun har bir muolajani vrach Pediatr bilan maslahatlashib qilish maqsadga muofiqdir. 👶Bolangizni asrang! © Doctor Muxtorov Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz | | |
Show more ...
11 988
186
Last updated: 11.07.23
Privacy Policy Telemetrio