#Haj_2024
⚡️Haj va Umra vazirligi Haj ibodatini ado etish istagida boʻlganlarni ogohlantirdi
❗️Saudiya Arabistoni Haj ibodatini ado etish uchun bir qator mamlakatlardagi ijtimoiy tarmoqlar orqali oʻz xizmatlarini reklama qiluvchi
soxta Haj kampaniyalari qurboni boʻlib qolmaslikdan ogohlantirdi.
✅ Vazirlikning aniqlik kiritishicha Haj qilish
faqat Haj vizasini olish orqali amalga oshirilishi mumkin. Bunda, har bir davlat uchun ajratilgan kvota asosida Haj ishlari tashkil etiladi.
❗️ Eslatma: Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun “Haj” tadbiri Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tomonidan amalga oshiriladi. “Haj” faoliyati bilan boshqa tashkilotlarning, xususan, sayyohlik tashkilotlari va boshqalarning shugʻullanishiga yoʻl qoʻyilmaydi va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanadi.
❗️Aziz yurtdoshlar, ogoh boʻling, firibgarlarga aldanmang!
🌐 Din ishlari boʻyicha qoʻmita
Axborot xizmati
Telegram | Instagram| Facebook | TwitterShow more ...