Best analytics service

Add your telegram channel for

  • get advanced analytics
  • get more advertisers
  • find out the gender of subscriber
Channel location and language

audience statistics Finlit.uz - moliyaviy savodxonlik

☺️ Изучайте мир финансов вместе с нами! 👉 Biz bilan moliya dunyosini o'rganing! Har kunlik foydali kontent uchun  @finlituzb  ga obuna bo‘ling  @finlituzb_ru  (71) 212-73-59 Admin:  @finlitteam  
Show more
15 566-40
~1 608
~3
9.43%
Telegram general rating
Globally
42 635place
of 78 777
1 262place
of 2 295
In category
891place
of 1 396

Subscribers gender

Find out how many male and female subscibers you have on the channel.
?%
?%

Audience language

Find out the distribution of channel subscribers by language
Russian?%English?%Arabic?%
Subscribers count
ChartTable
D
W
M
Y
help

Data loading is in progress

User lifetime on the channel

Find out how long subscribers stay on the channel.
Up to a week?%Old Timers?%Up to a month?%
Subscribers gain
ChartTable
D
W
M
Y
help

Data loading is in progress

Hourly Audience Growth

Data loading is in progress

Time
Growth
Total
Events
Reposts
Mentions
Posts
Since the beginning of the war, more than 2000 civilians have been killed by Russian missiles, according to official data. Help us protect Ukrainians from missiles - provide max military assisstance to Ukraine #Ukraine. #StandWithUkraine
📨 Ko‘p beriladigan savollar 🤓 Moliyaviy savodxonlik bo‘yicha o‘zingizni qiziqtirgan boshqa savollarga saytimiz orqali javob olishingiz mumkin Har kunlik foydali kontent uchun ga obuna bo‘ling | | | | | | | | | |
113
0
🎙 Glossariy audio loyihasining navbatdagi soni: Pul bazasi 😊 Biz bilan murakkab moliyaviy tushunchalar haqida osongina bilib oling! 🌐 | | | | | | | | | |

Pul bazasi_tg.mp4

680
1
Konsultativ qoʻllab-quvvatlash yoʻnalishida: ✔️ litsenziya, ruxsatnoma va sertifikatlar olish masalalari, bojxona va soliq maʼmuriyatchiligi, eksport va import operatsiyalari, shartnomalarni rasmiylashtirish; ✔️ davlat xaridlarida ishtirok etish, shuningdek, yer uchastkalari va bino-inshootlarni sotib olish yoki ijaraga olish va loyihalashtirish; ✔️ tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha amaldagi imtiyoz va preferensiyalar, mavjud boshqa yengilliklar va imkoniyatlar boʻyicha maʼlumot va maslahatlar berish ishlari amalga oshiradi. 🔔 Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi taʼsischiligida “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati (keyingi oʻrinlarda kompaniya deyiladi) shaklida qayta tashkil qilindi. 🌐 | | | | | | | | | |
Show more ...
778
0
💲 Diversifikatsiya nimaligini bilasizmi? 👉 Ushbu tushunchaga video orqali aniqlik kiritib olishingiz mumkin! Moliyaviy savodxonligimizni birgalikda oshiramiz! 🌐 | | | | | | | | | |

Diversifikatsiya (2).mp4

1 124
6
💲 Bugungi kunda telefonlar faqatgina aloqa vositasi emas, balki, shaxsiy mablag‘larimizni saqlovchi elektron hamyonlarimiz hamdir. 📱 Bilamizki, telefonga o‘rnatilgan bank ilovalariga bank kartasi kiritiladi. Ular orqali barcha bank amaliyotlarini bajarish, xarid va o‘tkazmalarni amalga oshirish va hatto, onlayn omonat ochish ham mumkin. 🔵 Shuningdek, omonatlarni qisman yechish yoki yopish amaliyoti ham shu telefon orqali amalga oshirilishi mumkin. Demak, ular hamyondan ham kengroq qamrovga ega va ularni kichik shaxsiy bankimiz, deb atasak ham yanglishmagan bo‘lamiz. Endi tasavvur qiling: mobil telefoningiz yo‘qolib qoldi Bunda nima qilish kerak? 🖇 Internet orqali yo‘qolgan telefoningizning shaxsiy akkauntiga kirib, uni bloklang; 🖇 Sizga xizmat ko‘rsatuvchi bankka murojaat qilib, kartalaringizni muzlating. Ilovadan esa hisob varag‘ingizni uzib turishlarini so‘rang; 🖇 Shundan keyin Ichki ishlar organlariga qo‘ng‘iroq qiling va telefoningiz yo‘qolgani haqida xabar bering; 🖇 Aloqa operatoringiz bilan bog‘laning: ularga bo‘lgan voqeani aytib, zarur choralarni ko‘rishlarini, imkoni bo‘lsa, telefon raqamingizni vaqtincha o‘chirib turishlarini so‘rang. Nega, deysizmi? 👉 Chunki, bank kartasi ilovada ishlashi uchun, egasining raqamiga sms-xabarnoma xizmati ulangan bo‘ladi. 🛡 Telefoningizga kirish murakkab parollar bilan himoyalangan bo‘lsa-da, firibgarlar sizning raqamingiz orqali bank kartalaringizni o‘zidagi bank ilovasiga ulab olishi va sizga tegishli barcha pul vositalaridan foydalanishi mumkin. Moliyaviy xavfsizligingizni shaxsiy ma’lumot va buyumlaringizni himoya qilish orqali ta’minlang! 🌐 | | | | | | | | | |
Show more ...
1 148
6
⁉️ Inflyatsiya oʻzi nima? ✅ Savolga mutaxassis javob beradi bilan moliyaviy savodxonligingizni birgalikda oshiring! | | | | | | | | | |

Infyatsiya nima.mp4

1 718
13
IPO nimaligini bilasizmi? 🌐 | | | | | | | | | |
1 386
7
🏦 Pullarni foiz evaziga qayerga qoʻyish mumkin? 🎙 Podkastlar orqali oʻzingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz mumkin. bilan moliyaviy savodxonligingizni birgalikda oshiring! | | | | | | | | |

PULLARNI FOYZ EVAZIGA QAYERGA QO'YISH MUMKIN_tg_uz.mp4

1 708
11

Isteʼmolchi (jismoniy shaxs) yashash joyidan qatʼiy nazar, oʻzi tanlagan bankka kredit olish uchun murojaat qilishga haqli

Toʻgʻri
Murojaatchi oʻzi yashaydigan hududdagi bank xizmatlaridan foydalanishi kerak
0
Anonymous voting
1 432
1

Bank yacheykalarida saqlangan pullar foiz daromadi olib keladi

To’gri
Noto’g’ri
0
Anonymous voting
1 511
1
💲 Hafta yangiligi 🌐 | | | | | | | | | |
1 528
1
👉 Ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar va turli jamoatchilik yigʻilishlarida qanchalik ogohlantirilmasin, moliyaviy firibgarlar yangidan-yangi yoʻllar bilan odamlarni chuv tushirishda davom etmoqda. Endi ular Markaziy bank nomidan fuqarolarga kredit taklif qilib, soxta shartnomalar imzolamoqda. Ushbu firibgarlik algoritmi quyidagicha boʻlgan: 🖇 Markaziy bank nomi bilan telegram kanal ochilgan; 🖇 Kanalda jozibador shartlarga ega onlayn kreditlar haqida maʼlumot berilgan; 🖇 Unga ishongan foydalanuvchilar kredit rasmiylashtirish uchun karta raqamlarini kiritgan; 🖇 Shu orqali, ularning kartalaridagi pullar firibgarlar tomonidan oʻzlashtirilgan. ⚠️ Muhim! Shu oʻrinda, eslatib oʻtamiz: Markaziy bank fuqarolarga kreditlar ajratmaydi. 🌐 | | | | | | | | | |
Show more ...
1 775
3
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣ ⚡️ Har kunlik foydali kontent uchun 🌐 ga obuna bo‘ling | | | | | | | | | |

Iqtibos Toni Robberts_tg.mp4

1 897
3
📻 Moliyaviy mavzular boʻyicha muhim savollaringizga ushbu audio-playlist orqali qulay vaqtda javob oling! ⁉️ Bugungi savol: Tijorat banklaridan olingan kreditlar boʻyicha foiz stavkasini bankning oʻzi, bir tomonlama oʻzgartirishi mumkinmi? 🌐 | | | | | | | | | |

Kredit foiz stafkasi_tg.mp4

2 041
2
Oilaviy bank kartalarining har biriga uning egasi ma'lum summa uchun alohida limit oʻrnatishi mumkin. Siz buni bilarmidingiz? Fikrlaringizni izohlarda yozib qoldiring. 🌐 | | | | | | | | | |
2 107
1
💲 Sizga ma’lumki, katta miqdordagi kreditlar uchun garov ta’minoti talab etiladi. Bu qarzdorning pullarni o‘z vaqtida qaytarishi uchun garov vazifasini o‘taydi. ✅ Agar qarzlar to‘lanmasa, kreditor mulkdan belgilangan tartibda foydalanish huquqiga ega bo‘ladi. Garovga qo‘yilgan mulkni boshqasiga almashtirish mumkinmi? Qonunchilik hamda tuzilgan shartnomaga zid bo‘lmagan xolda, garovga oluvchining roziligi bilan garovdagi mulkni boshqasiga almashtirish mumkin sanaladi. ✅ Garov ta’minotini kamaytirish tartibi va usullari Garov ta’minotiga qo‘yilgan shartlardan kelib chiqib, kreditor va qarzdor o‘rtasida tuziladigan shartnomada: ➖ Kreditning qoplanmagan qismidan ortiq summada garov ta’minoti summasini kamaytirish huquqi; ➖ Garov ta’minotini kamaytirish tartibi; ➖ Garov ta’minotini kamaytirish usullari qayd etilishi shart! Ushbu talab qonunchilik hujjatlari bilan mustahkamlanadi. ✅ Aksariyat shartnomalarda esa kredit asosiy qarzining ma’lum bir qismi so‘ndirilgach: ➖ Garov ta’minotini kamaytirish tartibi; ➖ Garovga qo‘yilgan buyumni almashtirish shartlari va jarayonlari ham aks ettiriladi. ⭐️ Shunday ekan, o‘z huquq va imkoniyatlaringizdan samarali foydalanish, majburiyatlaringizni esa to‘g‘ri bajarish uchun ham, shartnoma shartlarini diqqat bilan o‘rganing. 🌐 | | | | | | | | | |
Show more ...
1 903
6
🎞 “Oʻyin ichida” serialining bir qismidan parcha Serialning toʻliq qismini YouTube sahifamiz orqali koʻrishingiz mumkin. 🌐 | | | | | | | | | |

4-пост.mp4

1 871
5
Koʻp beriladigan savollar: ⁉️ "Aksiya va obligatsiyalar bir-biridan qanday farqlanadi?" 🌐 Moliyaviy savodxonlik boʻyicha oʻzingizni qiziqtirgan boshqa savollarga saytimiz orqali javob olishingiz mumkin 🌐 Finlit.uz kanaliga | | | | | | | | | |
1 902
2
🎙 Glossariy audio loyihasining navbatdagi soni: Mikroqarz 😊 Biz bilan murakkab moliyaviy tushunchalar haqida osongina bilib oling! | | | | | | | | | |

Mikroqarz nima glossary_tg.mp4

1 955
3
🎙 Glossariy audio loyihasining navbatdagi soni: Mikroqarz 😊 Biz bilan murakkab moliyaviy tushunchalar haqida osongina bilib oling! | | | | | | | | | |

Mikroqarz nima glossary_tg.mp4

2
0
🔸Марказий банк Бошқарувининг 2023 йил 14 декабрда асосий ставкани йиллик 14 фоиз даражасида ўзгаришсиз қолдириш тўғрисидаги қарори юзасидан . ——— 🔸 о решении, принятом Правлением Центрального банка 14 декабря 2023 года, сохранить основную ставку без изменений, на уровне 14,0% годовых. ——— 🔸 on the decision taken by the Board of the Central Bank on December 14, 2023, to keep the policy rate unchanged at 14,0% per annum.
Show more ...
1 637
2
💲 Shaxsiy maʼlumotlaringizning yomon niyatli shaxslar qoʻliga tushishi nafaqat sizga, balki yaqinlaringizga ham xavf tugʻdirishi haqida hech oʻylab koʻrganmisiz? ✅ Firibgarlar avval sinalgan, biroq unutilgan usuldan qayta foydalanmoqda. Endi ular sizning rasmingizni oʻz telegram profiliga joylab, sizning nomingizdan boshqalardan pul soʻrash yoʻliga oʻtdi. Baʼzilari esa karta raqamini shunchaki yuborib, unga tezda pul oʻtkazilishini soʻrab (yoki talab qilib) yozmoqda. Bu usul aslida, bir necha yillar oldin WhatsApp messendjerida ham amalga oshirilgandi. Shaxsiy maʼlumotlarni hech kimga bermang! ✅ Shahsiy maʼlumotlar, xususan, sizga tegishli boʻlgan yoki sizni identifikatsiya qilish imkonini beruvchi elektron, qogʻoz yoki boqa moddiy jismda qayd etiladigan axborotlarni begona shaxslarga maʼlum qilmaslik koʻp taʼkidlanadi. ⭐️ Biroq shaxsiy fotosuratlar boʻyicha har qancha ogohlantirish – deyarli samarasiz. Muammo nimada? ✅ Muammo shundaki, ijtimoiy tarmoqlar rivojlangan bugungi kunda, undan foydalanuvchi 80 foiz aholi turli xotiralarini eslatuvchi shaxsiy fotosuratlarini sahifalariga joylab boradi. Kuzatuvchilarning esa chegarasi yoʻq – masalan, afrikalik biri, Kanadada yashovchi boshqasini ijtimoiy tarmoq orqali muntazam kuzatib borishi mumkin. Nima qilish kerak? ➖ Doimiy talab – shaxsiy maʼlumot va bir martalik kodlarni hech kimga aytmang; ➖ Tarmoqlarga imkon qadar yuzingiz aniq koʻringan suratlarni joylamang. Telegram rasmini boʻlsa, faqat kontaktingizda mavjud boʻlganlar koʻradigan qilib sozlang; ➖ Sahifalaringizda shaxsan tanigan odamlaringiznigina qabul qiling; ➖ Yuqoridagi vaziyatga duch kelganingizda, pul soʻrash mazmunidagi xabarlarni hatto, tanishlaringizdan olgan taqdiringizda ham telefon orqali aloqaga chiqib, aniqlik kiriting; ➖ Yaqinlaringizni esa bunday soʻrovlarni masofadan soʻramasligingiz, agar sizning nomingizdan biror kim chiqsa, ishonmasliklari haqida ogohlantiring. 🕊
Show more ...
1 724
10
💲 Xususiy banklarga ishonch yoʻq, davlat banklari esa ishonchliroq” Har bir bank “Banklar va bank faoliyati” toʻgʻrisidagi qonunga asosan tashkil etiladi va faoliyat yuritadi. Ular oʻzaro erkin raqobat olib boradi. ⭐️ Bankning xususiy yoki davlatga tegishligidan kelib chiqib emas, balki xizmat turining qulayligidan kelib chiqib bankni tanlagan maʼqul. ✅ Bank xizmatlari isteʼmolchilarining huquqlari Markaziy bank tomonidan himoyalanadi. Fuqarolarning banklardagi omonatlarining qaytarilishi esa davlat tomonidan kafolatlangan. 🌐 | | | | | | | | | |
Show more ...
1 716
3
🔝Biznesni rivojlantirishda marketingning ahamiyati va usullari Bizni kuzatishda davom eting. Moliyaviy savodxonligimizni birgalikda oshiramiz! 🌐 | | | | | | | | | |

Marketing_tg.mp4

1 754
8
​Hozirda deyarli barcha tovar va xizmatlar uchun toʻlov elektron tarzda amalga oshirilmoqda. Aholi daromadi ham asosan, bank kartalariga tushirib beriladi. Lekin bank kartalari faqat maosh qabul qilinadigan manba vazifasini oʻtash bilangina cheklanmaydi. Ulardan turli maqsadlarda foydalanish mumkin. Masalan: ➖ Transport: avtobus, metro, taksi va h.k.larga toʻlash uchun; ➖ Toʻlov: onlayn va oflayn xaridlar, uchun; ➖ Jamgʻarma: moliyaviy maqsadlar uchun pullarni saqlashga moʻljallangan. Bir nechta bank kartalaridan foydalanishning afzalligi nimada? Xarajatlar monitoringi: agar siz kirim-chiqimlar roʻyxatini yuritishga qunt qila olmasangiz, alohida bank kartalari pullaringizning aynan qancha qismi nimaga sarflanganini tushunish uchun yordam beradi; Pullarni toʻgʻri taqsimlash: doʻkondan oʻzingizga yoqqan kiyimlarni olgan taqdiringizda ham, roʻzgʻor uchun kerakli pullarni ham sarflab yubormaysiz, chunki pullaringiz turli maqsadlar uchun alohida kartalarda saqlanadi; Moliyaviy firibgarliklardan himoya: aytaylik, asosiy bank kartangizda 4 million soʻm pul bor. Siz 400 ming soʻmlik onlayn xaridni amalga oshirmoqchisiz. Bordi-yu, tanlagan marketpleysingiz soxta boʻlib, uning ortida firibgarlar boʻlsa, siz bor pulingizni emas, faqat xarajatlarga moʻljallangan kartadagi 400 ming soʻmingizni yoʻqotasiz; Nisbatan kam yoʻqotish: tasavvur qiling, odam gavjum joyda bank kartangizni tushirib yoki yoʻqotib qoʻydingiz. Lekin bu katta fojia emas, chunki unda faqat transport uchun moʻljallangan pullar bor edi. Asosiy bank kartangiz esa uyda, xavfsiz joyda saqlanadi; ✅ Samarali jamgʻarish: oylik daromadingiz 10 million boʻlgan taqdirda ham, “uning 2 millioni jamgʻarma uchun”, deya asosiy kartada saqlash imkonsiz -- pullar koʻz ostingizda boʻlsa, sarflanib ketish ehtimolligi yuqori. Yuqoridagi maʼlumotlar tavsiyaviy ahamiyatga ega boʻlib, soʻnggi qarorni oʻzingizga qoldiradi. ⭐️Keyingi postlarda esa bank kartalarini qaysi turini qayerda bepul ochish mumkinligi haqida maʼlumot beramiz.
Show more ...
image
1 816
7
💲 Insonlarning telefoniga kelgan bir martalik kodlarni, karta raqamlarini hech kimga bermasligi ham endilikda firibgarlarni to'xtatib qolmayapti. Ular oʻz maqsadi yoʻlida taniqli ilovalar nomidan хuddi ularning yangi versiyasini taqdim qilayotgandek havolalar ishlab chiqmoqda, hamda: ✅ “Click oʻz premium xizmatlarini bepul taklif qiluvchi ilovasini ishlab chiqdi”. ✅ “PayMe-light bilan istalgan bank kartalari oʻrtasida cheklanmagan miqdorda, foizsiz pul oʻtkazmalarini amalga oshirishing!”. ✅ Ushbu ilova bilan bank kartalaringizni maxsus himoya tizimida moliyaviy firibgarlardan himoyalang kabi mazmunga ega gaplar bilan, fake havolalarini tarqatmoqda. ⚠️ Firibgarlik qurboniga aylanib qolmang! ⭐️ Yuqoridagilarga ishonib, havolaga oʻtsangiz, firibgarlarga telefoningizdan masofadan turib, toʻliq foydalanish imkonini berasiz. ⭐️ Natijada, telefoningizga kelgan sms-kodni birovga berishingiz shart boʻlmaydi – firibgarning oʻzi uni boshqa sheriklariga yetkazadi. Firibgarlik qurboniga aylanmaslik uchun nima qilish yoki qilmaslik kerak? ➖ Doimgidek, telefoningizga kelgan bir martalik kodlarni hech kimga aytmang; ➖ Hech qanday ilovani ijtimoiy tarmoqlardagi havolalar orqali oʻrnatmang (dasturlarning haqiqiysini ilovalarning rasmiy saytlaridan olish mumkin); ➖ Telefon sozlamalaridan “Nomaʼlum manbalar orqali dastur oʻrnatish” funksiyasini oʻchirib qoʻying. ➖Turli GIF fayllarni ochmang 🌐 | | | | | | | | | |
Show more ...
2 609
37

Siz nechta bank kartasidan foydalanasiz?

1 ta
2-4 ta va undan koʻp
1 ta xorijiy, 1 ta milliy tizimda ishlaydigan kartadan foydalanaman
0
Anonymous voting
1 948
3

Garov reyestridan maʼlumotlarni izlashga cheklovlarsiz barcha haqli sanaladi

Toʻgʻri
Maʼlumot izlash uchun roʻyxatdan oʻtish zarur
Faqat qarzdor va kreditor maʼlumot izlashi mumkin
0
Anonymous voting
2 065
6
💲 Yuqorida keltirilgan qo'shimcha foizlar kredit turiga qarab farq qilishi mumkin. ⭐️ Bir qarashda ushbu to'lovlar arzimasdek tuyulsa-da, ular birlashib, kredit bo'yicha to'lov miqdorini ko'paytirib yuboradi. 👉 Shuning uchun istalgan kredit mahsulotlarini rasmiylashtirishda, shartnoma shartlarini diqqat bilan oʻrganing. Tushunarsiz qismlarini esa bank xodimidan aniqlashtirishga tortinmang. ✅ Unutmang, qoʻshimcha foizlar sizning kredit toʻlovidagi intizomingizga jiddiy taʼsir koʻrsatishi mumkin. 🌐 | | | | | | | | | |
Show more ...
1 702
6
25
0
Last updated: 11.07.23
Privacy Policy Telemetrio