Сервис доступен и на вашем языке. Для перевода нажмитеРусский
Best analytics service

Add your telegram channel for

  • get advanced analytics
  • get more advertisers
  • find out the gender of subscriber
Category
Channel location and language

all posts "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

"HUDUDIY ELЕKTR TARMOQLARI" AJ Toshkent sh, Osiyo kо‘chasi, 8 Ishonch telefoni: 71 207 23 76 E-mail: info@ het.uz  Murojaat uchun  @HET_admin  Call center: 1154 Facebook: facebook.com/hududiyelektrtarmoqlari Instagram:  @hududiyelektrtarmoqlari  Sayt: het.uz 
Show more
52 569+80
~9 362
~12
20.02%
Telegram general rating
Globally
21 478place
of 78 777
758place
of 2 295
In category
0place
of 0
Posts archive
2 947
5
2 726
7
Maʼnaviyat har birimizning hayotimizda yangi kuch va yangi harakatga aylanmog‘i kerak Joriy yil 17-may kuni “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ hamda O‘zbek milliy maqom san’ati markazi hamkorligida    “Maʼnaviyat har birimizning hayotimizda yangi kuch va yangi harakatga aylanmog‘i kerak” mavzuida madaniy tadbir tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbek milliy maqom san’atini yanada rivojlantirish va soha vakillari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash choralari to‘g‘risida” qaroriga asosan, 2023-2024-yillarda O‘zbek milliy maqom san’ati markazi va uning hududiy bo‘limlari maqom ansambllarining korxona va tashkilotlarga gastrol safarlarini tashkil etish rejasi ishlab chiqilgan. Jamiyat xodimlarining samarali mehnatini qadrlash, ularning ko‘nglida milliy qadriyatlarimizdan biri - maqom sanʼatiga bo‘lgan mehrni kuchaytirish maqsadida tashkil etilgan tadbirda xalqimiz suygan san’atkorlar  ijod namunalari, milliy kuy-qo‘shiqlarimiz yangradi. | | | | |
Show more ...
6 308
10
Bugun 17 may kuni “Hududiy elektr tarmoqlari“ AJda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamda Osiyo tarraqiyot banki hamkorligida “Ayollarning energetika sohasidagi o‘rni: zamonaviy tendensiyalar” mavzuida an’anaviy forum o‘z ishini boshladi. Tadbirda Osiyo tarraqiyot banki, O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar Qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi vakillari, shuningdek, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ ijro apparati xodimalari va filliallardagi xotin-qizlar masalalari bo‘yicha boshlang‘ich tashkiloti raislari/gender masalalari bo‘yicha Maslahat kengashi raisi o‘rinbosarlari ishtirok etishmoqda. | | | | |
Show more ...
8 756
36
#elektr_energiyasini_tejang ELEKTR ENERGIYASIDAN OQILONA VA TEJAMKORLIK BILAN FOYDALANING Bugun hayotimizni elektr energiyasiz tasavvur qila olmaymiz. Deyarli har kuni elektr energiyasidan foydalanar ekanmiz bu ne’matni iste’molimizga yetib kelguniga qadar qanchalar mashaqqatli mehnat va mablag‘ sarf etilishini anglashimiz lozim. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan tayyorlangan mazkur rolikda har birimizni elektr energiyasidan tejamkorlik va oqilona foydalanishga undaydi. | | | | |
Show more ...

Энергосбережение Ролик _ уз.mp4

7 426
16
Oromgohlar mavsumga shaymi? “Hududiy elektr tarmoqlari”AJ tomonidan yozgi oromgohlarni mavsumga hozirlash hamda barqaror elektr energiyasi bilan maqsadida tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Xususan, Qashqadaryo viloyatidagi “Beruniy” nomidagi bolalar dam olish oromgohida mavsumoldi tayyorgarlik ishlariga Shahrisabz shahar elektr ta'minoti xodimlari yaqindan yordam ko‘rsatmoqdalar. Jarayonlar bilan Qashqadaryo telekanalining “Yangiliklar 24” informatsion xabar beradi.
Oromgohlar mavsumga shaymi?
7 521
3
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH FAOLIYATINI SAMARALI TASHKIL ETISH YUZASIDAN YIG‘ILISH O‘TKAZILDI “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Samarqand hududiy filialida korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etish, odob-axloq qoidalariga rioya etilishi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ boshqaruv raisi o‘rinbosari, viloyat prokuraturasi, huquqni muhofaza qiluvchi organ mutasaddilari, filial rahbar va xodimlari ishtirok etgan yig‘ilishda so‘z olganlar keyingi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish borasida choralar ko‘rilayotganligi xususida to‘xtaldi. Joylarda muntazam olib borilayotgan nazorat tadbirlariga qaramay tizimda  korrupsion holatlarning uchrab turganligi tanqid qilindi va soha xodimlari ogohlikka chaqirildi. Yig‘ilish davomida kun tartibidagi boshqa masalalar ham atroflicha muhokama qilindi. | | | | |
Show more ...
6 558
7
ELEKTR TA’MINOTI UZLUKSIZLIGI TA’MINLANMOQDA FOTOREPORTAJ Surxondaryo viloyatida aholini elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash, tizimda mavjud muammolarni bartaraf etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. “Angor tuman elektr ta’minoti” korxonasi xodimlari tomonidan 5 ta mahalla – Gilambob, Hamkon, Qо‘shtegirmon, Dо‘stlik, Sharqguli og‘ir hudud sifatida tanlab olingan edi. Hamkon mahallasida aholi va ijtimoiy soha obyektlarini uzluksiz elektr energiya bilan ta’minlash maqsadida 20 dona yangi temir beton ustun о‘rnatilib, 800 metr yangi havo elektr uzatish tarmog‘i tortilib, mavjud 2 ta, quvvati 250 va 160 kVA bо‘lgan transformator punkti ta’mirlandi. Shuningdek, yuqorida kо‘rsatilgan mahallalarda turli quvvatdagi 5 ta transformator punktlarida ta’mirlash ishlari yakunlanib, 30 dan ortiq yangi temir beton ustunlari о‘rnatildi. | | | | |
Show more ...
5 790
2
MALLACHEK, NASRIDDINOBOD, NAVNIHOL MAHALLALARINING ELEKTR ENERGIYASI SIFATI YAXSHILANADI Andijon viloyati aholisini sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlashni oldiga maqsad qilib qo’ygan soha fidoyilari bugun navbatdagi manzillarda xolis xizmat vazifalarini olib bormoqda. Xususan, Davlatimiz rahbarining tegishli qaroriga asosan hamda viloyat hokimligi tomonidan hududlarda aholi murojaatlari o’rgangan holda, Baliqchi tumanining bir nechta hududlarida rekonstruksiya va modernizatsiya amalga oshirilmoqda. Hozirda tumanning “Mallachek”, “Nasriddinobod”, “Navnihol” MFY hududlarida yangi temir - beton tayanchlar o’rnatilib, 0,4 kV havo tarmoqlari yangilandi. Shuningdek, “Mallachek” mahallasida hoylashgan quvvati 160 kVA bo’lgan transformator punkti quvvati 250 kVA bo’lgan transformator punktiga almashtirilib quvvati oshirildi. | | | | |
Show more ...

IMG_0601.MOV

6 076
4
Korrupsiyaning oldini olishda qonuniylik va adolatlilik prinsiplarini ta’minlash muhim masala Kecha “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Navoiy hududiy filialining katta majlislar zalida o‘tkazilgan korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etish, odob-ahloq qoidalariga rioya etilishi, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik hamda hududlarda Davlat dasturlarining bajarilishi bo’yicha navbatdagi kengaytirilgan yig’ilishda iste’molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash  borasida olib borilayotgan ishlar va mavjud muammolarning mohiyatiga alohida urg‘u berildi. | | | | |
Show more ...
7 377
7
Korrupsiyaning oldini olishda qonuniylik va adolatlilik prinsiplarini ta’minlash muhim masala Kecha “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Navoiy hududiy filialining katta majlislar zalida o‘tkazilgan korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etish, odob-ahloq qoidalariga rioya etilishi, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik hamda hududlarda Davlat dasturlarining bajarilishi bo’yicha navbatdagi kengaytirilgan yig’ilishda iste’molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar va mavjud muammolarning mohiyatiga alohida urg‘u berildi. Tadbirda ishtirok etgan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruv raisi o‘rinbosari, viloyati prokuraturasi mas’ullari hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari tomonidan korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, mehnat jamoasida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va odob-ahloq qoidalariga rioya etilishi va manfaatlar to‘qnashuvining oldi olinishini ta’minlash kabi jihatlarga to‘xtalib o‘tildi. Shuningdek, nazorat tadbirlari va amaliy harakatlarga qaramasdan tizimda korrupsion holatlarning uchrab turganligi tanqid qilinib, soha xodimlari ogohlikka chaqirildi. Yig’ilish yakunida kun tartibida baelgilangan barcha masalalar yuzasidan bo’lim va xizmat boshliqlarining fikri eshitilib, atroflicha muhokama qilindi va yig’ilish qarori qabul qilindi. | | | | |
Show more ...
1 101
1
1 028
0
RISHTON TUMANIDA 3,6 MLRD SO‘MLIK ELEKTR ENERGIYASIDAN NOQONUNIY FOYDALANGAN AVTOMOBILLARGA GAZ QUYISH SHOXOBCHASI Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Farg‘ona viloyat boshqarmasi hamda "Farg'ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi" AJ xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda Rishton tumanida faoliyat yurituvchi “F.M.” MCHJning mas’ul shaxslari avtomobillarga siqilgan gaz quyish shoxobchasiga o‘rnatilgan kompressor agregatlarini tijorat maqsadida elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, 2,7 mln kVt. soat elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib, davlat va jamiyat manfaatlariga jami 3,6 mlrd so‘m zarar yetkazganliklari aniqlangan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. | | | | |
Show more ...
9 086
4
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Qashqadaryo hududiy filiali tomonidan Qarshi tumani iste'molchilarining elektr ta'minotini yaxshilash hamda elektr uzatish tarmoqlarini yangilash bo‘yicha “Obod xonadon - obod ko‘cha - obod mahalla” dasturi asosida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jarayonlar bilan “O‘zbekiston 24” telekanalining “Yangiliklar 24” informatsion xabar beradi.
Qashqadaryo viloyatida «Obod xonadon», «Obod ko‘cha», «Obod mahalla» mezonlari doirasidagi ishlar
9 133
3
KORRUPSIYA ILLATIGA QARSHI BIRGALIKDA KURASHAMIZ Kuni kecha “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi”AJda korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etish, odob-ahloq qoidalariga rioya etilishi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko’rish masalalari to’g’risida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ rahbariyati ishtirokida kengaytirilgan yig’ilish bo’lib o’tdi. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruv raisi o‘rinbosari, Buxoro viloyati prokuraturasi mas’ullari hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari qatnashgan tadbirda viloyatda iste’molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar va mavjud muammolar to‘g‘risida to‘xtalib o‘tildi. | | | | |
Show more ...
8 129
14
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Qashqadaryo hududiy filiali tomonidan Shahrisabsz tumani iste'molchilarining elektr ta'minotini yaxshilash hamda elektr uzatish tarmoqlarini yangilash bo‘yicha “Obod xonadon - obod ko‘cha - obod mahalla” dasturi asosida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jarayonlar bilan “O‘zbekiston 24” telekanalining “Yangiliklar 24” informatsion xabar beradi.
Obod bo`layotgan manzillar
8 926
1
QASHQARLIKLARNING MUAMMOSI YECHIM TOPDI “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali tomonidan navbatdagi aholi murojaatlari o’z yechimini topdi. Jalaquduq tumani “Qashqar” MFY hududiga yangi temir - beton tayanchlar o’rnatilib, yangi tarmoqlar tortildi. Shuningdek, 2 km uzunlikdagi havo tarmogʼi daraxt shoxlaridan tozalandi. Endilikda “Qashqar” mahallasi sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlanmoqda. Bu haqida "Zo'r TV" telekanali "Bu kun" informatsion dasturi xabar beradi. | | | | |
Show more ...

IMG_0551.MP4

8 741
1
BILIM, TAJRIBA VA SINOV! “KASB MAHORATI” MUSOBAQASIGA START BERILDI “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MChJning barcha tuman elektr ta’minoti korxonalarida mehnat qilayotgan xodimlar ishtirokida Olmazor tuman elektr ta’minoti korxonasining o‘quv maydonida “Kasb mahorati” musobaqasiga start berildi. Mazkur musobaqa joriy yilning 13-17 may kunlari 12 ta jamoa texnik tayyorgarlik va avariyaviy holatlarni bartaraf etish yuzasidan о‘zaro bahs sinashadilar. | | | | |
Show more ...
7 628
13
ELEKTR TAʼMINOTI YAXSHILANMOQDA “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent hududiy filiali tomonidan viloyat iste’molchilarini elektr ta’minotini yaxshilash hamda elektr uzatish tarmoqlarini yangilash bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Yuqori Chirchiq tumanida olib borilayotgan ishlar yuzasidan “Sevimli” telekanalining “Zamon” informatsion dasturi xabar beradi. | | | | |

1 Dilobar.m4v

8 925
20
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Namangan hududiy filial tomonidan viloyat hududida Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-aprelda “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 204-sonli qarori mazmun-mohiyatini iste'molchilarga yetkazish bо‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Jarayonlar bilan “O‘zbekiston24" telekanalining “Axborot” informatsion dasturi yaqindan tanishdi. | | | | |

42,~1.mp4

8 811
2
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Qashqadaryo hududiy filiali tomonidan Kasbi tumani iste'molchilarining elektr ta'minotini yaxshilash hamda elektr uzatish tarmoqlarini yangilash bo‘yicha “Obod xonadon - obod ko‘cha - obod mahalla” dasturi asosida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jarayonlar bilan “O‘zbekiston 24” telekanalining “Yangiliklar 24” informatsion xabar beradi.
Qashqadaryoda «Obod mahalla» dasturi doirasidagi ishlar haqida
9 055
3
📣 Ertaga, 14-may kuni “O ‘zbekiston neft va gazi - 2024” 26-Xalqaro ko'rgazmasi o‘z ishini boshlaydi 🔥21 mamlakatdan yetakchi neft va gaz kompaniyalarining keng ekspozitsiyasi sanoatning yangi mahsulotlari va texnologiyalarini namoyish etadi. 📍“O‘zekspomarkaz” MKK, 1 va 2-pavilyonlar, zal Atrium 1 ❗️Beyjni hoziroq qo‘lga kiriting  👉 ————— 📣 Уже завтра, 14 мая, начнет свою работу 26-я Международная выставка «Нефть и Газ Узбекистана - 2024» 🔥Широкая экспозиция ведущих нефтегазовых компаний из 21 стран представит новинки и технологии отрасли. 📍Место проведения: НВК «Узэкспоцентр», павильоны №1 и №2, зал Атриум 1 ❗️Получите бейдж уже сейчас 👉 | | | | |
Show more ...

video_2024-05-13_09-31-25.mp4

8 840
9
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Samarqand hududiy filiali tomonidan Qo‘shrabot tumani iste'molchilarining elektr ta'minotini yaxshilash hamda elektr uzatish tarmoqlarini yangilash bo‘yicha “Obod xonadon - obod ko‘cha - obod mahalla” dasturi asosida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jarayonlar bilan viloyat telekanalining “Maxsus reportaj” xabar beradi.
“SHOVANA” OBOD MAHALLAGA AYLANADI
12 057
6
ELEKTR ENERGIYASI UZLUKSIZLIGINI TA’MINLASH E’TIBORDA Fotoreportaj “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati Xorazm hududiy filiali tomonidan podstansiyalarda joriy va mukammal ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Belgilangan rejaga kо‘ra, Urganch tumanining 5 ming 500 dan ziyod iste’molchisini elektr energiyasi bilan ta’minlab kelayotgan “Bо‘rdoqchi” 110/10 kVli podstansiyasining mutaxassis-xodimlari tomonidan elektr qurilmalarini sinchikovlik bilan tekshirish va ta’mirlash, yaroqsizini yangisiga almashtirish ishlari bajarildi. Shuningdek, maxsus qurilmalarni va belgilarni bо‘yoqlash ishlari olib borildi. Iste’molchilarni har qanday vaziyatda ham uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun soha fidoyilari tunu kun mehnat qilmoqda. | | | | |
Show more ...
10 152
4
“Hududiy elektr tarmoqlari ” AJ jamoasi “9-may – Xotira va qadrlash kuni”  munosabati bilan barcha fahriylarimizni, aziz yurtdoshlarimizni samimiy muborakbod etadi! Ushbu qutlug‘ kunda barchangizga sihat-salomatlik, baxt va omad, xonadonlaringizga fayzu baraka tilab qolamiz. Yurtimiz tinch, xalqimiz doimo omon boʼlsin! | | | | |
14 636
31
ELEKTR QURILMALARINI EKSPLUATATSIYA QILISHDA TEXNIKA XAVFSIZLIGI QOIDALARI BO'YICHA SEMINAR TASHKIL ETILDI "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ "Hududiy qurilish-montaj" direksiyasida texnika xavfsizligi bo'yicha o'quv seminari tashkil etildi. Ma'lumki, "Hududiy qurilish-montaj" direksiyasi xodimlari yuqori kuchlanishli tarmoqlar va podstansiyalarda faoliyat olib boradilar. Ushbu faoliyat davomida texnika xavfsizligiga rioya etilishi, elektr qurilmalarida ishlash qoidalari va standartlari bo'yicha xodimlarning bilim va ko'nikmalarini oshirildi. | | | | |
Show more ...
9 416
10
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga bayram tabrigi ——————— Праздничное поздравление Президента Шавката Мирзиёева народу Узбекистана | | | | |
9 907
6
Last updated: 11.07.23
Privacy Policy Telemetrio