Best analytics service

Add your telegram channel for

  • get advanced analytics
  • get more advertisers
  • find out the gender of subscriber
Category
Channel location and language

all posts Kun.uz | Online

Kun.uz’ning tezkor yangiliklar uchun kanali Rasmiy kanal (Kirill):   @kunuz official  Rasmiy kanal (Lotin):  @kunuz  Rus tilidagi xabarlar:  @kunuz ru Ingliz tilidagi xabarlar:  @kunuz en Murojaat uchun: info@ kun.uz   Reklama: +998 78 113 10 10 
Show more
67 711-86
~29 645
~41
45.19%
Telegram general rating
Globally
16 381place
of 78 777
607place
of 2 295
In category
930place
of 3 169
Posts archive
Bishkekdagi tartibsizliklar oqibatida 29 kishi jarohat oldi 15 kishi kasalxonaga yotqizilgan, qolganlarga esa birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan. 17-may kuni Qirg‘iziston poytaxti markaziga hosteldagi mushtlashuv tufayli mingga yaqin namoyishchi kelgandi. 👉
17 721
8
Anvar Ibrohim Samarqandga tashrifini Imom Buxoriy majmuasi ziyoratidan boshladi 👉
21 194
29
Malayziya bosh vaziri Anvar Ibrohim Samarqandga bordi 👉
20 275
8
Kuchli yomg‘ir tufayli 6 ta hududda qariyb 67 ming iste’molchi “svet”siz qoldi Avariyali o‘chish oqibatida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Samarqand, Qashqadaryo, Buxoro va Toshkent viloyatlarida 66 750 ta iste’molchi hamda kichik ishlab chiqarish sanoat korxonalari elektr ta’minotidan vaqtinchalik uzilgan. 👉
22 824
25
Kuchli yomg‘ir yog‘ishi natijasida Toshkent viloyati Parkent tumani markaziy ko‘chalari hamda bozorini suv bosdi Respublikaning qator hududlarida yomg‘ir yog‘ishi davom etmoqda. 👉

file

file

file

file

22 648
65
Ukraina Rossiya hududiga zarba berishda AQSHdan yordam so‘radi — WSJ Ta’kidlanishicha, Ukraina tomoni Rossiya hududiga zarba berishda AQSH qurollaridan foydalanish bo‘yicha taqiqni bekor qilishni so‘ragan. 👉
21 587
1
O‘zbekistonda yanvar—mart oylarida auksion orqali 212,2 mlrd so‘mlik avtoraqamlar sotilgan Sotilgan avtoraqamlar snoni 52,6 mingdan oshadi. 👉
22 572
8
Ko‘ksaroy qarorgohida Malayziya bosh vaziri Anvar Ibrohimni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi 👉
25 438
8
Tayvanlik deputat raqiblar qo‘lidan qonun loyihasini yulqib olib qochib ketdi U Tayvanda Xitoy ta’sirini kamaytirish uchun kurashayotgan demokratik partiya a’zosi hisoblanadi, qonun loyihasi esa xitoyparast muxolifat partiyaniki bo‘lgan. 👉

IMG_9460.mp4

25 403
28
🔻AQSH dollarining rasmiy kursi pasaydi Markaziy bank 20-maydan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi. 🇺🇸 USD 12 694,87 soʻm (–25,13) 🇷🇺 RUB 139,48 soʻm (–0,56) 🇪🇺 EUR 13 766,32 soʻm (–61,59) 👉
23 817
10
Belbekdagi aviabazaga zarba oqibatida havo hujumidan mudofaa tizimlari ham yo‘q qilingan Internetda tarqalgan kadrlarda ikkita S-400 zenit-raketa kompleksi hamda bitta 92N6Ye radari ATACMS raketalari nishoniga aylangani aks etgan. Z-blogerlar ko‘p milliardlik samolyotlar beton boshpanalar bilan ishonchli himoyalanmaganidan yozg‘irishmoqda. 👉
22 974
8
Malayziya bosh vaziri Anvar Ibrohim Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi Rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga kelgan Anvar Ibrohim o‘zbekistonlik hamkasbi Abdulla Aripov hamrohligida “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga tashrif buyurib, Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi. 👉
21 330
4
Putin Rossiyada Xarkivni olish rejasi yo‘qligini aytdi Harbin shahrida Rossiya-Xitoy muzokaralari yakunlari bo‘yicha brifingda jurnalistlarning savollariga javob qaytargan RF prezidenti Xarkiv yo‘nalishidagi yurish chegara ortidan amalga oshirilayotgan zarbalarni to‘xtatish uchun sanitar zona tashkil etish zarurati bilan bog‘liq ekanini, bugungi kunda Xarkiv shahrini nazorat ostiga olish rejasi yo‘qligini aytdi. «Xarkiv yo‘nalishida bo‘layotgan ishlar ham ularning aybi tufayli. Ular chegaradosh hududlarni o‘qqa tutishda davom etmoqda. U yerda tinch aholi vakillari halok bo‘lmoqda. Men agar bu davom etadigan bo‘lsa, biz sanitar zona tashkil etishga majbur bo‘lishimizni aytdim», degan u. Prezident RF Ukraina bilan muzokaralardan bosh tortmasligini, ammo bundan oldin “kim bilan ishlash mumkinligini tushunib olish lozimligi”ni ta’kidlagan. 👉
Show more ...

2024-05-17 13-07-48.mp4

22 176
8
Ukrainadagi manbalar 16-may kuni Qrimdagi Belbek aviabazasiga ATACMS raketalari bilan zarba berilishi oqibatlari aks etgan kadrlarni namoyish etdi Sun’iy yo‘ldosh orqali olingan tasvirlarda hujum oqibatida ikkita MiG-31 va bitta Su-27 yo‘q qilingani, shuningdek MiG-29 shikastlangani aks etgan. Harbiy samolyotlar ochiq osmon ostida qoldirilgan bo‘lgan. 👉
23 456
5
Yangi Kaledoniyada nimalar bo‘lmoqda? ▪️Fransiya go‘yoki minglab noqonuniy muhojirlarni ular mahalliy kanak xalqi bilan aralashib ketishi uchun dengiz ortidagi mustamlakasi Yangi Kaledoniyaga yuborgan; ▪️Xabarlarga ko‘ra, Fransiya kanaklarning o‘z hududiga siyosiy ta’sirini kamaytirish maqsadida saylovlar to‘g‘risidagi qonunini o‘zgartirgan; ▪️Bu qaror orolda jiddiy norozilik to‘lqinini keltirib chiqargan, tartibsizliklar vaqtida kamida besh kishi halok bo‘lib, o‘nlab kishilar yaralangan; ▪️Fransiya tartibsizliklarda Ozarboyjonni ayblamoqda - go‘yoki Boku Parijning Qorabog‘ bo‘yicha pozisiyasi uchun o‘ch olishni istagan; ▪️Ayni vaqtda orolga fransuzlarning RAID va GIGN nomli maxsus topshiriqli bo‘linmalari jangchilaridan iborat ming kishilik kontingent yuborilgan. 👉
Show more ...

IMG_3060.MP4

23 517
14
RF mudofaa vazirligi tun davomida ukrainlarning 100 dan ortiq droni urib tushirilgani haqida xabar berdi Novorossiysk va Tuapseda neftni qayta ishlash zavodlariga hujum qilingan, Sevastopol elektrsiz qolgan. 👉

IMG_4371.mp4

23 051
5
Toshkentda noqonuniy qurol saqlash holatlari aniqlandi DXX tezkor tadbirida 3 dona Makarov, 1 dona TT to‘pponchasi hamda o‘q-dorilar noqonuniy muomaladan olingan. 👉

ДХХ - қурол.mp4

22 987
21
Dunyoning ayni damda havosi eng iflos 10 ta shahri, Toshkent 7-o‘rinda Poytaxt havosining PM2,5 mayda chang zarralari bilan ifloslanish darajasi JSST tavsiyasidan 10,8 marta yuqori bo‘lib turibdi. 👉
22 257
7
O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchisi Ravshan Usmonov qirol Charlz III ga ishonch yorliqlarini topshirdi Ta’kidlanishicha, rasmiy marosimdan so'ng bo'lib o'tgan suhbat chog'ida qirol Charlz III O'zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga chuqur hurmat va iliq tilaklarni izhor qilgan. 👉
22 531
1
Shavkat Mirziyoyev Qosim-Jo‘mart To‘qayev bilan telefon orqali muloqot qildi Mirziyoyev Qozog‘iston prezidentini 71 yoshi bilan tabriklab, unga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va muvaffaqiyatlar, qardosh qozoq xalqiga tinchlik va ravnaq tiladi. 👉
22 855
7
Malayziya bosh vaziri Anvar Ibrohim 17—19-may kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi Anvar Ibrohim Shavkat Mirziyoyev taklifiga binoan mamlakatimizga kelmoqda. Malayziya bosh vaziri tashrifning birinchi kunida Toshkent shahrida muzokaralarda qatnashadi. U, shuningdek, Samarqand va Buxoroga ham tashrif buyuradi. 👉
24 236
16
“11 metrdan urolmaganidan keyin 3 kun uxlamay chiqdim” — Shavkat Mirziyoyev Davlat rahbari 16-may kuni kinochilar bilan uchrashuvda O‘zbekiston olimpiya jamoasi haqida gapirdi. 👉

0_cut_002.mp4

25 805
135
Ayni daqiqalarda Toshkent dunyoning havosi eng iflos shaharlari reytingida 4-o‘rinda Poytaxtni tumanga o'xshash chang qoplagan. 👉
27 168
53
FVV xizmat itlarini tayyorlash jarayonidan kadrlarni taqdim qildi 👉

fvv.mp4

28 415
85
Toshkentda 32 ta chorraha va 17 ta ko‘chada ta’mirlash va rekonstruksiya ishlari olib boriladi Poytaxt hokimligiga ko‘ra, ta'mirlash ishlari may-sentabr oylarida amalga oshiriladi. 👉
28 004
35
Shavkat Mirziyoyev Milliy estrada instituti faoliyati bilan tanishdi Ushbu institut uchun 500 o‘rinli yangi bino qurib, foydalanishga topshirildi. Avvalo, mana shunday dargoh bilan sizlarni, butun san’atsevar yoshlarimizni tabriklayman. Biz bu ishlarni nima uchun qilyapmiz? San’atimizning buyuk merosini, yoshlarimizning nimalarga qodirligini dunyoga tarannum etish uchun. Institutga milliy san’atimizda fenomen bo‘lgan Botir Zokirov nomini berganimiz ham bejiz emas. Bu yerda uning munosib izdoshlarini tarbiyalashni, iste’dodini yuzaga chiqarishni maqsad qilganmiz, — dedi prezident institut talabalari bilan uchrashuvda. 👉
Show more ...
24 887
17
🔻AQSH dollarining rasmiy kursi pasaydi Markaziy bank 17-maydan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi. 🇺🇸 USD 12 720,00 soʻm (–7,96) 🇷🇺 RUB 140,04 soʻm (+0,58) 🇪🇺 EUR 13 827,91 soʻm (+46,07) 👉
25 778
11
⚡️ O‘zbekistonda Haj mavsumi 23-maydan boshlanadi O‘zbekistonning 10 ta shahridan Saudiyaning Madina shahriga 7-iyunga qadar har kuni aviqatnovlar amalga oshiriladi. Ziyoratchilar Madina shahriga quyidagi shaharlar orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri aviareyslar orqali kuzatiladi: Toshkent, Buxoro, Namangan, Farg‘ona, Samarqand, Qarshi, Termiz, Urganch, Nukus va Navoiy. 👉
27 386
45
Poytaxtining Shayxontoxur tumanida Botir Zokirovning haykali ochildi. Marosimda prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi. 👉

IMG_6138.MP4

29 255
112
O‘zbekistonda 17-may kuni harorat 35 darajagacha ko‘tariladi Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi +14...+16 daraja, kunduzi +28...+30 daraja bo‘ladi. 👉
26 460
18
Shavkat Mirziyoyev bugun Toshkentda O‘zbekiston xalq artisti Botir Zokirov haykali ochilishida qatnashadi Shuningdek, davlat rahbari madaniyat va san’at sohasidagi yangi maskan, loyihalar bilan tanishadi. 👉
27 073
10
Toshkent ko‘chalari yomg‘ir sabab suv bilan to‘lishni boshladi 👉

IMG_8931.MOV

IMG_8932.MOV

27 733
64
AQSH Ukrainaga yana 2 mlrd dollarlik harbiy yordam paketini e’lon qildi Bu paket Ukrainani zudlik bilan qurol-yarog‘ bilan ta’minlash, Kiyevga boshqa davlatlardan qurol sotib olishga yordam berish va Ukraina infratuzilmasiga sarmoya kiritish uchun mo‘ljallangan. Bu haqda AQSH davlat kotibi Entoni Blinken Kiyevga tashrifi chog‘ida ma’lum qilgan. 👉
26 434
2
Si Jinping va Putin uchrashdi Xitoyga davlat tashrifi bilan borgan Rossiya rahbarini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Putin 2023-yil oktabrida ham Xitoyga borgandi. 👉

Церемония официальной встречи.mp4

27 725
63
Marg‘ilonda 10 ming dollar evaziga Koreyaga o‘qishga va ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi U Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Marg‘ilon shahar bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikdagi tezkor tadbirida ushlangan. 👉
27 484
29
Ukrainada urush tufayli 456 nafar sportchi halok bo‘ldi 456 nafar ukrainalik sportchi Rossiya hujumi natijasida halok bo‘ldi, deya xabar berdi DW nashriga Ukraina yoshlar va sport vazirligi rahbari. Rossiya hujumlari tufayli 500 dan ortiq sport inshootlari vayron bo‘lgan. 👉
26 725
2
Slovakiya bosh vaziriga suiqasd vaqtidagi video paydo bo‘ldi Jami besh bor o‘q uzilgan. 👉

video_2024-05-15_20-22-12.mp4

29 033
57
Mahalliy nashrlarga ko‘ra, Robert Fitsoga hujum qilgan shaxs - slovakiyalik taniqli yozuvchi Yuray Chintula U liberal «Progressiv Slovakiya» partiyasi faollaridan hisoblanadi. 👉
27 352
19
Robert Fitso Putinning Yevropadagi do‘stlaridan biri sanaladi ▪️U 2023 yil oktyabrida hokimiyatga kelgach, Slovakiya hukumati Ukrainaga 40,3 mln yevrolik harbiy yordam paketini blokladi; ▪️Fitso Slovakiya Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lishini ma’qullamagan va buni «eng katta ma’nosizlik» deb atagan; ▪️U mamlakat bundan buyon Kiyevga harbiy yordam ajratmasligini ma’lum qilgan, Gʻarbning Ukrainaga yordami ma’noga ega emasligi va faqat qurbonlar soni ortishiga olib kelishini ta’kidlagan; ▪️Fitso Rossiyaga qarshi sanksiyalar «Slovakiya aholisi hayotiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatishi»ni bildirgan. 👉
Show more ...
27 064
20
Slovakiya bosh vaziri suiqasddan keyin voqea joyidan olib ketilishi videosi paydo bo‘ldi Uning ahvoli o‘ta og‘ir deb baholanmoqda. 👉

ф3.mp4

26 217
41
Ijtimoiy tarmoqlarda Slovakiya bosh vaziriga hujum qilgan shaxsning qo‘lga olinish videosi tarqaldi Gandlova shahridagi bino hududida Robert Fitsoning ko‘krak sohasi va qorniga o‘q uzilgan. Guvohlar uch-to‘rt ovozini eshitishgan. Bosh vazirni vertolyotda poytaxt Bratislavadagi shifoxonaga olib ketishgan. Uning ahvoli o‘ta og‘ir deb baholanmoqda. 👉

0000.mp4

25 713
20
Samarqand viloyati Juma shahrida uy qulashi oqibatlari aks etgan kadrlar Hodisa 14-may kuni sodir bo‘lgan. 👉
26 403
76
Slovakiya bosh vaziri Robert Fiso hukumat yig‘ilishi o‘tkazilayotgan binoda sodir etilgan otishmada yaralangan, u shifoxonaga yotqizilgan Mahalliy nashrlar hujum qilgan shaxs qo‘lga olinganini ma’lum qilgan. 👉
25 118
14
“Hech kim jarohat olmagan” — Past Darg‘om tuman hokimligi ham holat yuzasidan izoh berdi “Holat tumanning Samaqand mahalla fuqarolar yig‘inida, savdo majmuasi sifatida qurilayotgan binoning poydevor qismini kovlash davomida, qurilish qoidalarni amal qilinmaganligi bois unga hududda joylashgan fuqaroning yashash uyining bir qismi qulab tushgan. Voqea natijasida jarohat olganlar yo‘q”, — deyiladi izohda. 👉
26 228
17
“Noturar joy bo‘lgan”. Qurilish vazirligi Samarqanddagi holat bo‘yicha izoh berdi “Mazkur obyekt viloyatning Pastdarg‘om tumani “Samarqand” MFY Samarqand ko'chasida joylashgan noturar joy bo'lib, haqiqatan ham handaq qazish jarayonida noto'g'ri yo'l tutilgani bois qo'shni uyga zarar yetgan”, — deyiladi vazirlik izohida. Ta’kidlanishicha, holatga doir qoʻshimcha ma’lumotlar o'rganishlardan so'ng e’lon qilinadi. 👉
26 491
46
Samarqandda kotlovan qazilayotgan vaqtda qo‘shni uy qulab tushdi Holat Juma shahrida sodir bo‘lgani aytilmoqda. 👉

IMG_7044.mp4

38 653
828
🔺AQSH dollarining rasmiy kursi yana oshdi Markaziy bank 16-maydan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi. 🇺🇸 USD 12 727,96 soʻm (+17,01) 🇷🇺 RUB 139,46 soʻm (+0,40) 🇪🇺 EUR 13 781,84 soʻm (+62,91) 👉
26 348
25
Surxondaryodagi mahallaga kelib qolgan ayiq otib o‘ldirildi Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi ma’lum qildi. Ta’kidlanishicha, 15-may kuni Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi “Jannatmakon” MFY hududiga kutilmaganda ayiq kelib qolgan. Ayiqni zararsizlantirish jarayonida yirtqich IIB xodimlaridan biriga tashlangan va jarohat yetkazgan. “Holat kutilmaganda yuz bergani, ayiqning tajovuzkor harakat qilgani va maktab oʻquvchilari hayotiga xavf tug'dirganligi sababli tezkor chora koʻrish talab qilingan va yirtqich otib oʻldirilgan”, — deyiladi xabarda. 👉
Show more ...
26 562
44
Samarqandda to‘y kortejida yo‘l harakati qoidalarini buzib, guruh bo‘lib haraklangan avtomobil haydovchilariga chora ko‘rildi 👉

50.mp4

25 416
25
Farg‘onada 4-sinf o‘g‘liga avtomobil boshqaruvini bergan otaga chora ko‘rildi 👉

вояга етмаган_1.mp4

25 334
18
Surxondaryodagi mahallalardan biriga tog‘dan ayiq tushib keldi Holat Sariosiyo tumanida yuz bergani aytilmoqda. 👉

file

30 223
369
BYD o‘zining ilk pikapini taqdim qildi, u Shark deb nomlanadi Uning premyerasi Meksikada o‘tkazildi, ilk sotuvlar ham ushbu davlatda bo‘ladi. Pikap hibrid bo‘lib, u 29,58 KW•h batareya bilan jihozlangan. Bu pikapga faqat elektrda 100 km masofa bosib o‘tish imkoni beradi. Bir marta to‘la benzin baki va bir martalik to‘liq quvvatlanish bilan esa bu masofa 840 kmga yetadi. Maksimal tezligi soatiga 160 km. 100 km tezlikka esa 5,7 soniyada tezlashadi. Pikap 2 pozitsiyada — GL va GS sotiladi. Ularning narxi esa mos ravishda 53 400 hamda 57 400 dollarni tashkil qiladi. 👉
Show more ...

BYD_Global_The_all_new_BYD_SHARK_delivers_unmatched_versatility.mp4

27 062
98
Farg‘onada 3,6 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan metan “zapravka” aniqlandi Holat Rishton tumanida aniqlangan va hozirda jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. 👉
27 561
24
Honda sotuvlar tushib ketgani ortidan Xitoydagi 1,7 ming xodimini ishdan bo‘shatadi — Nikkei 2024-yil aprel oyida Xitoyda Honda avtomobillari savdosi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 22,2 foizga kamaygan. 👉
27 740
14
Zargarlik uchun qimmatbaho toshlarni olib kirish 3 yilga QQSdan ozod qilindi 2024-yil 1-yanvaridan 2027-yil 1-yanvarigacha zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan qimmatbaho toshlarni O‘zbekiston hududiga olib kirish QQSdan ozod qilinadi. 👉
28 072
26
Urganchda 17 yoshli bola ko‘p qavatli uyning 5-qavatidan tushib ketdi Bola shifoxonaga yotqizilgan. Holat yuzasidan prokuratura tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda. 👉

file

30 761
57
Sirdaryo viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi Bobur Xo‘jamov Sirdaryo viloyati hokimining o‘rinbosari — investitsiya va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. U tayinlovgacha Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida Yangi investorlarga hamkorlik qilish departamenti boshlig‘i o‘rinbosari sifatida ishlab kelgan. Bungacha ushbu lavozimda Bahodir Botirov ishlab kelayotgandi. Uning nima sababdan ishdan olingani ma’lum emas. 👉
28 656
12
Britaniyaga ishga yuborilgan o‘zbekistonliklar soni ma’lum qilindi 2024-yilning yanvaridan hozirgacha Buyuk Britaniyadagi mavsumiy ishlarga 1530 nafar o‘zbekistonlik yuborilgan. Yil yakunigacha bu ko‘rsatkich 4000 nafarga yetkazilishi reja qilingan. Britaniyada mavsumiy ishlardagi oylik maosh — NaN dollarni tashkil qiladi. 👉
28 502
91
Namanganda 1 tup daraxtni noqonuniy kesgan shaxs 8,5 mln so‘m jarimaga tortildi Holat Yangiqo‘rg‘on tumanining “G‘alaba” mahallasida sodir bo‘lgan. 👉
31 011
34
🔺AQSH dollarining rasmiy kursi yana oshdi Markaziy bank 15-maydan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi. 🇺🇸 USD 12 710,95 soʻm (+11,10) 🇷🇺 RUB 139,06 soʻm (+0,04) 🇪🇺 EUR 13 718,93 soʻm (+24,68) 👉
30 689
16
15-maydan Toshkentdagi barcha transport karta sotish shoxobchalari yopiladi Shoxobchalar vazifalarini hududlardagi markaziy pochta bo‘limlari bajaradi. Unda yo‘lovchilar ATTO transport kartasini sotib olish, hisobini to‘ldirish yoki tarif sotib olish xizmatlaridan foydalanishlari mumkin. 👉
30 805
39
Patrushev Putinning yordamchisi bo‘ldi Putin prezident administratsiyasida o‘zgarishlarni amalga oshirdi. Xavfsizlik kengashi sobiq kotibi Nikolay Patrushev prezident yordamchisi etib tayinlandi. Shuningdek, Tula oblasti gubernatori Aleksey Dyumin ham prezident yordamchisiga aylandi. 👉
29 538
10
Yangilangan Cobalt 2025-yildan boshlab sotuvga chiqarilishi . Uning ichki salon qismi va tashqi ko‘rinishi qanday bo‘lishi hamda narxi hozircha noma’lum. 👉
33 329
353
Farg‘onadagi maktabda o‘quvchiga tarsaki tushirgan Milliy gvardiya xodimi ishdan chetlatildi Holat Qo‘shtepa tumanidagi 49-maktabda sodir bo‘lgan. 👉

ddg.mp4

31 180
121
AQSH davlat kotibi Entoni Blinken e’lon qilinmagan tashrif bilan Kiyevga bordi AP xabariga ko‘ra, Blinken Kiyevda prezident Volodimir Zelenskiy bilan uchrashadi. 👉
28 117
5
Ozodbek Nazarbekovning otasi vafot etdi Ahmad Nazarbekov og‘ir xastalikdan so‘ng 86 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. 👉
30 776
26
O‘zbekistonda top-20 yirik soliq to‘lovchilar 2024-yil yanvar-aprel oylarida 2187 ta yirik soliq to‘lovchi tomonidan 32,9 trillion so‘mdan ortiq soliq tushumlari amalga oshirilgan. 👉
30 097
73
Hindistonning Mumbay shahrida qum bo‘roni tufayli ulkan reklama lavhasi odamlar ustiga quladi 3 kishi halok bo‘lgan, 50 dan ortiq kishi yaralangan. 👉

эндскрин_нефть_200.mp4

31 113
21
Braziliyadagi suv toshqinlari qurbonlari 147 kishiga yetdi 127 kishi bedarak yo‘qolgan deya hisoblanmoqda. 👉
30 821
9
❗️Qozog‘istonning sobiq iqtisodiyot vaziri Quvandiq Bishimbayev o‘z rafiqasi Saltanat Nukenovani o‘ldirishda aybdor deb topilib, 24 yilga qamaldi 👉
30 365
129
🔻AQSH dollarining rasmiy kursi pasaydi Markaziy bank 14-maydan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi. 🇺🇸 USD 12 699,85,12 soʻm (–18,23) 🇷🇺 RUB 139,02 soʻm (+1,20) 🇪🇺 EUR 13 694,25 soʻm (–15,84) 👉
29 978
18
“Rossiyaga ishlashga kelganlar rus tilini bilishlari shart” — Volodin Duma raisi Vyacheslav Volodin Rossiyaga ishlash uchun kelayotgan xorijliklar mamlakat an’analarini hurmat qilishi hamda rus tilini bilishi shart deb aytdi. U buning uchun Rossiyaga do‘st mamlakatlarda rus tilini o‘rgatishga sharoit yaratish kerakligini ta’kidladi. 👉
30 479
38
Orolbo‘yi milliy tabiat bog‘idagi fotoqopqonga chiyabo’rining baliq ovlash jarayoni muhrlandi Orolbo‘yi milliy tabiat bog‘ida jami 91 turdagi umurtqali hayvonlar bor. Bulardan 16 turi sut emizuvchilar, 8 turi sudralib yuruvchilar va 67 turi qushlar hisoblanadi. Shundan 13 turi O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan. 👉

IMG_3721.MP4

29 057
24
Surxondaryoda Tracker yuk mashinasiga urilishi oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 12-may kuni Sherobod tumanida 59 yoshli haydovchi boshqaruvidagi Tracker katta tezlikda yo‘l chetida to‘xtab turgan yuk mashinasiga borib urilgan. YTH oqibatida ikki kishi voqea joyida, uch kishi shifoxonada . 👉
29 937
34
Last updated: 11.07.23
Privacy Policy Telemetrio