این سرویس به زبان شما نیز موجود است. برای ترجمه ، مطبوعات را فشار دهیدفارسی
Best analytics service

Add your telegram channel for

  • get advanced analytics
  • get more advertisers
  • find out the gender of subscriber
Category
Channel location and language

all posts Alisher Sadullaev

Bir yoshning jamiyatga oid fikr, qarash va harakatlari haqida • Yoshlar ishlari agentligi direktori • Oliy Majlis Senati a’zosi • O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi raisi Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz:  https://myurls.co/alisher_sadullaev  
Show more
180 109-900
~212 725
~60
114.67%
Telegram general rating
Globally
4 939place
of 78 777
of 0
In category
238place
of 2 793
Posts archive
Mironshoh kitob o'qib, otasiga Cobalt avtomashinasini sovg'a qildi "Yosh kitobxon" tanlovi bugungi kunda tom ma'noda o'ziga hos "Ijtimoiy lift" bo'la oldi. Mironshohning ota-onasi ham o'z vaqtida farzandining bilim olishiga, uni kitob o'qishiga e'tibor qaratganligi eng chekka qishloqlardagi ota-onalarning mehnatiga misol bo'la oladi. Ota-ona esa farzandining yutuqlaridan kuchli hayajonda. Bugungi bilimi, erishayotgan natijalari uchun ota-onasi, ustozlariga minnatdorchilik bildiramiz!
Show more ...

08.mp4

621 340
1 210
Shaxmat boʻyicha tarixda ilk bor, Oʻzbek oʻgʻloni dunyoning TOP-10 taligidan joy oldi! Nodirbek Abdusattorov o‘zbekistonlik shaxmatchilar orasida yangi rekordni o‘rnatdi va dunyoda reytingi eng yuqori bo’lgan TOP-10 o’yinchilar qatoridan Avvalroq, Rustam Qosimjonov 2715 ball bilan 11-o‘rinni egallagan edi. ✊🏻Barakalla, Nodirbek! Niyatimiz hamisha Oʻzbekiston yoshlari jahonda tengsiz bo’lishsin! @alisher_sadullaev
307 711
274
🏆 Superturnir Chexiya 2024 Chexiya poytaxti Pragada 27-fevraldan 7-martgacha "Praga shaxmat festivali 2024" bo'lib o'tadi. Mazkur turnirda o'rtacha 2710 reytingiga ega bo'lgan shaxmatchilar qatnashadi. Hamyurtimiz 🇺🇿 Nodirbek Abdusattorovda hozirda FIDE 2744 (live reytingi 2750) yaqinlashgani yanada quvonarli. Bu Nodirbekning faoliyatidagi eng yuqori reytingidir. Turnir 9 ta turdan iborat. "Prague Masters 2024" turniri bugun boshlanadi. Birinchi tur uchun juftliklar e'lon qilindi. Turnir 18:50 dan boshlab O'zbekistonlik strimerlar tomonidan "Uzchess" Youtube sahifasida hamda City Chess Youtube sahifasida jonli efirda olib boriladi.
Show more ...
288 636
202
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi Abbosbek Fayzullayev Osiyo kubogi-2023 turnirining topildi. Ukamiz, Abbosbek Fayzullayev turnir davomida raqiblar darvozasiga 2 ta gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Qatarda bo'lib o'tgan Osiyo kubogida yaxshi ishtirok etgan futbolchilarning yangilangan narxlariga ko'ra, O'zbekiston terma jamoasining 3 nafar a'zosi o'sishga erishdi. Jumladan, Abbosbek Fayzullayevning narxi 1 million yevroga yuqorilab, 5 millionga yetgan.
Show more ...
22 700
56
⚡️Davlatimiz rahbari “Yoshlarimizni mashina berib bo’lsa ham kitob o’qitamiz” degan g’oyani ilgari surgan edi. Aslida bu nafaqat yoshlarimiz uchun balki, ularning ota-onalari uchun ham katta motivatsiya. Farzandi kitob o’qiyotganini, bilim olayotganini ko’rish har bir ota-onaning eng katta orzularidan biridir. Haqiqatdan bu tashabbus, real hayotga ko’chib millionlab yoshlarimizning kitob o’qishiga sabab bo’ldi. Yana bir “Yosh kitobxon” 10-14 yosh toifasidagi g’olib Samarqandlik qizimiz Muhammadiyeva Nargiza Ulmas qizi bugun o’z ota-onasing va o’qituvchilarining ta’lim-tarbiyasining natijasini ko’rsata oldi. Millatimizda Nargizadek kitobxon qizlar ko’payishini tilab qolamiz! #kitobxon_millat @alisher_sadullaev
Show more ...

+Kitobxon 2.mp4

334 170
1 061
Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyat boshqarmasi boshlig’i lavozimida faoliyat yuritgan Palvanov Sardor Maxsudovich Xorazm viloyati Xiva tumaniga hokim etib tayinlandi. Sardor Maxsudovich yoshlar tizimida Xorazmlik yoshlar manfaatlari uchun, samarali mehnat faoliyati olib bordi. Sardor Maxsudovichning hokimlik pillapoyasiga kelishini “Yoshlar va biznesni qo’llab-quvvatlash” yilida davlatimiz rahbari tomonidan bildirilgan katta ishonch deb hisoblayman! Mas’uliyatli lavozimda Sardor Maxsudovichga kuch-quvvat, omad va zafarlar tilaymiz! @alisher_sadullaev
Show more ...
272 103
159
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev “Yoshlar va biznesni qo’llab quvvatlash” yilida yoshlar bandligini ta’minlash hamda chet tillarini o’qitish bo‘yicha bir qancha tashabbuslarni ilgari surdilar. Xususan, xususiy kurslarda o‘qib, “C-1” va “B-2” darajasi sertifikatini olish xarajatlari hamda olti oylik o‘qish puli ham to‘lab beriladi. “Ibrat farzandlari” loyihasi orqali 1 million nafar o‘g‘il-qiz xorijiy tillarga bepul o‘qitiladi. “Ustoz” loyihasi doirasida 250 ming nafar yoshlar marketing, reklama, elektron savdo, IT-dizayner kabi 30 ta zamonaviy kasbga o‘rgatiladi. “Har bir mahalladan 2 nafar dasturchi” loyihasi belgilandi. Bu yil yoshlarga 60 ming 500 gektar yer ajratilishi belgilandi. Shuningdek, yoshlar o’rtasida “Yosh tadbirkor” tanlovlari o‘tkazilib, g‘olib bo‘lgan biznes loyiha va g‘oyalar egalari xorijiy davlatlarga malaka oshirishga yuboriladi.
Show more ...
384 833
1 688
“Yosh kitobxon” tanlovining bugungi kunga qadar 10-14, 15-19 yosh toifasidagi final bosqichlari g'oliblari aniqlangan edi. Bugun esa, 20-30 yosh toifasidagi final bosqichi yakunlandi 1- o‘rin – Soliyeva Gulxayo Mirzaakbar qizi 335,6 ball (Toshkent shahar) –  Prezident sovg‘asi Cobalt avtomobili bilan; 2-o‘rin – Abdrimova Feruza Azamatovna 330,4 ball (Qoraqalpogʻiston Respublikasi) – 50 million so‘m pul mukofoti bilan; 3-o‘rin – Diyorova Fazilat Mamasaid qizi 314,3 ball (Surxondaryo viloyati) - 30 million so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi. Shuningdek, final bosqichining qolgan barcha qatnashchilari 10 million so‘mdan pul mukofotini qo‘lga kiritdilar. 📚Aziz yoshlar sizlarning kitob bilan do'st tutingan holda bugungi erishgan gʻalabangiz muborak boʻlsin!
Show more ...
265 412
317
Prezidentimiz Qozon shahrida “Kelajak o’yinlari” birinchi xalqaro musobaqasining tantanali ochilish marosimida o’zbek tilida nutq so’zladi. Davlat rahbari O’zbekiston 2026 yilda “Kelajak o’yinlari” musobaqasiga mezbonlik qilishga tayyorligini bildirdi.

IMG_4083.MP4

317 472
975
“Yosh kitobxon” tanlovining 10-14 yosh toifasidagi final bosqichi yakunlandi 🥇1- o‘rin – Muhammadiyeva Nargiza Ulmas qizi 417,4 ball (Samarqand viloyati) –  Prezident sovg‘asi Cobalt avtomobili bilan; 🥈2-o‘rin – Mansurjonova E’zoza Jasur qizi 387 ball (Namangan viloyati) – 50 million so‘m pul mukofoti bilan; 🥉3-o‘rin – Sharopova Halima Sherali qizi 379 ball ( Buxoro viloyati) –  30 million so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi. Bundan tashqari, barcha final bosqichi qatnashchilari 10 million so‘mdan pul mukofotini qo‘lga kiritdi. 📚Aziz yoshlar yillar davomidagi harakat, izlanish va bilimingiz bilan erishgan g`alabangiz muborak bo`lsin! Yuqori yosh toifasidagi “Yosh kitobxonlar” musobaqasi davom etmoqda.
Show more ...
98 128
264
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev raisligida ijtimoiy himoya sohasidagi xizmatlar qamrovini yanada kengaytirish boʻyicha ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig`ilishi bo'lib o`tmoqda. Yig`ilish davomida imkoniyati cheklangan bolalar boradigan 112 ta maktab va 74 ta bog`chadagi ta'lim dasturini qayta ko`rib chiqish, maktablarni inklyuziv ta'limga moslashtirish dasturini amalga oshirish muhimligi ta'kidladi. Nogironligi boʻlganlar uchun Sportni rivojlantirish assotsiatsiyasi tashkil etiladi. Paralimpiya qo`mitasi, tegishli sport federatsiyalari, O`zbekiston maxsus olimpiadasi Assotsiatsiya tarkibiga kiradi. Assotsiatsiya nogironligi bor shaxslarni mahalladan boshlab ommaviy sportga jalb qilish bilan shug`ullanadi va “Besh tashabbus” doirasida sport musobaqalarini o`tkazib boradi.
Show more ...
258 185
192
⚡️ Bundan bir yilcha oldin Prezidentimizga chet tillarini 1 million nafar yoshga bepul o'rgatish bo'yicha "Ibrat farzandlari" loyihasini taqdimot qilgan edik. Loyiha jadid bobolarimiz xotirasini tiklash va ularning ishlarini davom ettirishni maqsad qilgan edi. O'sha paytda bu g'oyaga ishonish qiyin edi, lekin Prezidentimiz jamoamizga qattiq ishonishlarini va harakat qilsak bu marrani zabt etish mumkinligiga bizni ishontirgan edilar. Oradan qariyb bir yil o'tdi, loyiha rahbari Rustam Qoriyev Andijonlik faol yoshlar bilan muloqotda natijalar (ayni vaqtda 800 ming yoshlar bepul ta'lim olishmoqda) va rejalar haqida Prezidentimizga axborot berdilar. Eng xursand bo'ladigani, Prezidentimiz "meni ham hayajon bosadigan payt bo'lar ekan" deganlarida jamoa kayfiyati va rejalari karraga oshib ketdi. Endigi marra million! Oldindan o'nlab katta loyihalar yoshlarimiz uchun tayyor. Millat sha'ni va nufuzi bizning qo'limizda. Harakatdan to'xtamaylik!
Show more ...

file

561 265
1 683
Yevropaning rivojlangan davlatlaridan ishchilarga buyurtma bor, nomzodlarga qoʻyilgan talab - til bilish. Ammo, Andijonda chet tilini yaxshi biladigan 1,5 mingga yaqin yoshlar bor, xolos. Shu sababli, 5 ming yoshlarni davlat va xususiy markazlarda kasb va tilga o‘qitish, 1 ming nafar o‘rta tibbiyot xodimini Germaniyaga maqsadli tayyorlash muhimligi qayd etildi. Davlatimiz rahbari tomonidan Iqtisodiyot va moliya, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirliklariga chet tili sertifikati olgan yoshlarga o‘qish xarajatini 50 foizgacha qoplashni yo‘lga qo‘yish, nemis va fransuz tili bo‘yicha B-2 sertifikatini olgan har bir o‘quvchi uchun xususiy o‘quv markazlarini subsidiyalash tartibini joriy etish topshirildi.
Show more ...
88 110
209
Yig‘ilishda Andijon viloyatida yoshlarning ta’limdan keyingi bandligini ta’minlash va mehnat bozoriga tayyorlash masalasi Andijonda ham dolzarb ekani qayd etildi. Yangi tizimga ko‘ra, 10-11 sinf o‘quvchilariga aniq, tabiiy va chet tili fanidan birini chuqur o‘rganish yoki ishchi va IT kasblarga o‘qish imkoni yaratiladi. Mutasaddilarga 16 ta tuman va shaharda bittadan maktabni tanlab, bu tizimni joriy qilish topshirildi.
78 255
61
Viloyatning eng faol yoshlari o‘z tengdoshlariga murojaat yo‘llab, ularni bilim olish, kasb va til o‘rganish, san’at va sport bilan faol shug‘ullanishga chorlashlari taklif qilindi. Prezident Andijonda yoshlar rassomchilik, kulolchilik va haykaltaroshlik yo‘nalishida ijod qilishlari uchun sharoit yetarli emasligini qayd etdi. Shu bois “Yangi Andijon” massivida Amaliy san’at ijodkorlari markazi barpo qilinadi.
259 892
124
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga tashrifi davomida Marhamat tumanida joylashgan shaxmat maktabi va kutubxonada boʻlib u yerdagi yoshlar bilan samimiy muloqot qildilar. Davlatimiz rahbari bu yerda saboq olayotgan uka-singillarimizning intilishlarini qo‘llab-quvvatlab, ezgu tilaklar bildirdilar. @alisher_sadullaev
241 663
166
⚡️“Ibrat farzandlari” loyihasidan yana bir kreativ rolik Ushbu rolik, o‘zbek yoshlari o‘rtasida xorijiy tillarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishni oshirish va zamonaviy tillarni o‘rganish bo‘yicha kreativ yondashuvda tayyorlangan. Albatta, Sizlardan bu videoni o‘z yaqinlaringizga ulashishingizni so‘rab qolamiz va “Ibrat farzandlari” loyihasiga omad tilaymiz! You tube orqali ko‘rish 👇
324 265
613
Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligi 📝 Amir Temurning beshinchi avlodi, Fargʻona hukmdori Umarshayxning farzandi Zahiriddin Muhammad Bobur Andijonda 1483-yil 14-fevralda tugʻilgan. • Bu yil shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligi nishonlanadi. O‘zbek adabiyotining yirik namoyondalaridan biri, shoir, adib, olim, sarkarda, yirik davlat arbobi, “Buyuk Boburiylar sulolasi” asoschisi ilk bor 12 yoshida taxtga oʻtirgan. 🖌Bobur o‘zbek tarixida tom ma’noda yirik shaxs. Uning tarixchi olim, zukko adib va shoir sifatida qoldirgan adabiy merosi bebahodir. Bobur hukmdorlik majburiyatlaridan ortib yirik asarlar yozishga muvaffaq bo‘lgan. Uning she’riyatini asosan ishqiy mavzudagi asarlar tashkil etadi. Bizning sahifalarimiz: 🕊 📱 📱 📺
Show more ...
271 107
607
Nodirbek Abdusattorov yarim finalda Magnus Karlsenga qarshi 🏆"Freestyle Chess G.O.A.T Challenge" turnirining chorak final bahslarida Nodirbek Abdusattorov Ding Lirenni mag'lub etgach, bugundan yarim finalning birinchi bahsida Magnus Karlsenga qarshi dona suradi. Avvalroq, Nodirbek rapid bahslarida Magnus ustidan g'alaba qozongan edi. Ushbu o'yinni 13-14-fevral kunlari 17:00 dan boshlab UzChess kanalida jonli efirda tomosha qilish mumkin. Nodirbek omad yor bo'lsin!
253 430
161
🔥 “Freestyle Chess G.O.A.T Challenge” turnirining rapid bahsida Nodirbek Abdusattorov chempionlikni qo‘lga kiritdi! So‘nggi g‘alaba oddiy bo‘lmadi! Amaldagi jahon chempioni Magnus Karlsen ustidan super g‘alabani qo‘lga kiritdi! 🔥
275 595
208
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘lib turgan Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko “Amirsoy” tog‘ dam olish maskaniga

IMG_1472.MP4

327 608
562
🥇🥇🥇 🇺🇿 Akbar Jo'rayev Osiyo chempionatida 3 ta oltin medal sohibi bo'ldi! Ayni kunlarda poytaxtimizda ogʻir atletika boʻyicha Osiyo chempionati boʻlib oʻtmoqda. Erkaklar oʻrtasida -102 kg vazn toifasida bahslar bo'yicha ishtirok etgan hamyurtimiz Akbar Jo'rayev 3 ta oltin medalni qo'lga kiritdi. Akbar Jo'rayev dast koʻtarishda 180 kg, siltab koʻtarishda 220 kg, ikki kurash natijasiga koʻra 400 kg natijani qayd etib, 3 ta oltin medalga sazovor bo'ldi.

SPORT TV_3.mp4

273 071
227
#navoiygaqaytamiz Mir Alisher Navoiy tavalludiga 583 yil to'ldi. Ushbu sanada ko’p ham tilga olinmaydigan, ammo Navoiyning Navoiy bo’lishiga sababchi inson haqida sun’iy intellekt yordamida “Alisherning onasi” nomli videorolik tayyorladik.

alisherning onasi kichikroq.mp4

301 013
837
🗣Volontyorlarimiz uchun ajoyib yanglik! 🇺🇿Yoshlar ishlari agentligi tashabbusi bilan “Volontyor” tarif rejasida imtiyozlar kengaymoqda! 🗣Tarif haqida👉 🗣Tarifga ulanish uchun volontyor.uz platformasidan ro’yxatdan o’ting! 🤝Atrof muhitni asrab avaylashda va insonlarga beminnat yordamingizni doimo qadrlaymiz!

IMG_7300.MP4

268 276
566
2024-yilning “Zukko kitobxon”larini kashf etishga tayyormiz! Mamlakatimizning barcha kitobxonlarini bir joyga jamlay olgan tanlovning 2024-yilgi mavsumiga Fevral oyidan start beramiz. Tanlov nizomi bilan tanishing. Fevral oyi uchun kitoblar ro’yxati: 1. “Abu Rayhon Beruniy” (“Uyg’onish” to’plamidan) 2. “Yulduzli tunlar” romani (Pirimqul Qodirov) 3. “Navoiy” romani (Oybek) Tanlovda ishtirok etish uchun 👉 @kitobxontestbot orqali ro’yxatdan o’ting! Yoshlardagi ichki xotirjamlik, ruhiyatidagi goʻzal tarbiya mutolaa sabab shakllanadi. Kitobga ergashgan yoshlar esa maʼrifatga, tafakkurga ergashadi.
Show more ...
281 615
683
🖐Qadrli yoshlar, “Besh tashabbus olimpiadasi”ga start berilmoqda! Mahalla yoshlari o’rtasida an’anaviy tarzda o’tkazilib kelinayotgan “Besh tashabbus olimpiadasi”ning 2024-yilgi mavsumiga start berilmoqda. Loyiha doirasida madaniyat va san’at, sport musobaqalari, IT, kitobxonlik, “Zakovat” intellektual o’yini, “Ibrat” chet tillari, kasb tanlovlari, shuningdek nogironligi bo’lgan yoshlar uchun “Paralimpiya” sport o’yinlari joy olgan. “Besh tashabbus olimpiadasi” loyihalarida ishtirok etish uchun 10-fevraldan boshlab 5tashabbus.uz sayti orqali ro’yxatdan o’ting 🤝Barcha yoshlarni joriy yilning mart-noyabr oylarida bo’lib o’tadigan tanlov va musobaqalarda faol ishtirok etishga chorlab qolamiz!
Show more ...

5 tashabbus+(iPhone).mp4

455 316
1 919
#xushxabar Aziz kitobxon do’stlar, sizlarga 1000KITOB mega loyihasi dastlabki natijalarini bera boshlaganini ma’lum qilamiz. Maqsadimiz – yoshlarning intellektual va ilmiy salohiyatini oshirishga xizmat qiluvchi jahonda mashhur kitoblarni o‘zbek tiliga o‘girish va bu orqali ularni zamonaviy ilm-fanning so‘nggi yutuqlari bilan yaqindan tanishtirib borishdan iborat. Loyihaning ilk bosqichida 50 ta kitobni o‘zbek tiliga tarjima qilib, chop etish belgilangan. Kitoblarni ekspertlar guruhi tasdiqlaydi va tarjima huquqlari xorijiy noshirlardan xarid qilinadi. Ayni damda xayrli qadamlarni tashladik: dastlabki 10 kitobning mualliflik huquqini xarid qilib, shartnomalar imzoladik. Mualliflik huquqi olingan kitoblar ro’yxati bilan loyihaning tanishishingiz mumkin.
Show more ...
274 439
380
Imtihon "Ibrat farzandlari" loyihasi jamoasi tomonidan mashhur ustoz sanʼatkor Ergash Karimov tomonidan 1972-yilda sahnalashtirilgan "Uchrashuv“  teleminiaturasidagi "Imtihon” sahnasi qayta jonlantirilibdi qoyil! ✊🏻Jamoa a’zolari hazil-mutoyiba tarzida olingan ushbu sahna orqali yoshlarimizni o‘zbek tilini qadrlashga va tilimizni buzmasdan gapirishga chorlashgan.

IMG_2429.MP4

277 291
1 007
⚡️Respublika Yoshlar ovozi tanlovi — “Bo‘zatov FEST”ga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi Yoshlar ishlari agentligi, Madaniyat vazirligi hamda “Yoshlar ovozi” prodyuserlik markazi hamkorligida o‘tkaziladigan “Bo‘zatov FEST” yoshlar ovozi tanloviga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi. Tanlov baxshichilik, an’anaviy ijro, opera va estrada yo‘nalishlari bo‘yicha mahalladan boshlanib, sektor, tuman, viloyat va respublika bosqichlarida o‘tkaziladi. Gʻolib bo‘lgan iste’dodli yoshlar: 1-o‘rin 50 000 000 so‘m, 2-o‘rin 30 000 000 so‘m, 3-o‘rin 20 000 000 so‘m va respublika bosqichiga chiqqan barcha ishtirokchilar 10 000 000 so‘mdan pul mukofoti bilan taqdirlanadilar. Ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘ting:
Show more ...

Yoshlar Ovozi 24(iPhone).mp4

469 263
2 543
Omad bizga kulib boqmadi...
211 181
132
⚡️Iroda va matonat sinovdan o'tadigan palladamiz. G'alabaga munosib o'yin o'tkazdik. Omad elementi ham muhim.
100 659
66
Goooooollllll Odilbek Hamrobekovdan biz kutgan gol O’zbekiston milliy terma jamoa a’zosi Odilbek Hamrobekovdan Qatar terma jamoasi darvozasiga gol kiritib, hisobni tenglashtirdi. Barakalla, yigitlar! O’zbekiston 1:1 Qatar

Mediabay_Онлайн_ТВ,_фильмы,_сериалы_и_многое_другое_Google_Chrome.mp4

283 819
440
⚡️Bugun O’zbekiston milliy terma jamoamiz chorak finalda mezbon Qatar terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. O’yin 3-fevral Toshkent vaqti bilan 20:30 da “Al Bayt” stadionida boshlanadi. Mazkur o’yinni “Sport tv” orqali to’g’ridan to’g’ri efirga uzatiladi. Omad yigitlar, biz sizga ishonamiz!
274 759
477
Xasanov Otabek Abdurashidovich Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi direktori lavozimiga tayinlandi. Otabek Abdurashidovich—yosh, kreativ rahbar, ular bilan birgalikda “Kelajak liderlari” loyihasini yoʻlga qoʻyib yuzlab yosh davlat xizmatchilarini kashf etganmiz! Yoshlar yetakchilarini ham tanlov asosida saralab olish tizimini ilk bor tajribadan o'tkazib, minglab iqtidorli yetakchilar kashf bo'lishiga xizmat qilgan.Umid qilamanki, kelgusida ham birgalikda Otabek Abdurashidovich bilan katta loyihalarni amalga oshiramiz. Jamoamiz nomidan yangi mas'uliyatli faoliyatingizda omad va zafarlar tilaymiz!
Show more ...
240 622
274
🤩 Ibrat Academy marafoni uchun ro'yxatdan o'tmagan bo'lsangiz, afsuslanishga shoshilmang! 🥳 Kanalimiz kuzatuvchilarining talablariga binoan "IBRAT Farzandlari" sizga rad etilmas imkoniyat taqdim etmoqda. Ro'yxatdan o'tish marafon davomida ochiq bo'ladi. 🏆 Hoziroq ilovani yuklab olib, g’olib bo’lishga ilk qadamni tashlang. Ro'yxatdan o'tishga shoshiling! ➡️ Havola — IOS ➡️ Havola — Android 🔵 | 🟥 🟦 | 🔴
127 005
584
O'zbek futbolchisi Angliya chempionatida to'p suradi O‘zbek futboli tarixida birinchi bor futbolchimiz "Paxtakor" akademiyasi tarbiyalanuvchisi Muhammadali O‘rinboyev APL ishtirokchisi "Brentford" klubida 30 iyunga qadar ijarada asosida o‘ynaydi. Ushbu muddat tugagach, Angliya klubi Muhammadalini sotib olish huquqiga ega bo‘ladi. "Brentford" klubi APL 20-turidan keyin 22 ochko bilan 15-o‘rinda bormoqda. Muhammadalining kelgusi faoliyatlarida omad tilab qolamiz.
248 387
259
G'alaba!!! O'zbekiston terma jamoasi chorak finalga yo'l oldi, ya'ni Osiyoning kuchli sakkizligidamiz! Barchangizni hayajonli va qiziq o'yindagi g'alaba bilan tabriklayman! Barakalla, yigitlar! Oldinda mezbonlar, Qatar terma jamoasiga qarshi o'yin bizni kutmoqda. Omad barchamizga yor bo'lsin! O'zbekiston 2 : 1 Tailand
267 212
432
Abooosbeeeeek, yashavor! O'zbekiston 2 : 1 Tailand
67 683
81
Goooooollllll Azizbek Turg'unboyevdan yana bir shedevr gol! O’zbekiston milliy terma jamoa a’zosi Azizbek Turg’unboyev Tailand terma jamoasi darvozasiga ilk golni kiritdi. Barakalla, yigitlar! O’zbekiston 1:0 Tailand

SPORT TV_15.mp4

258 262
626

O'zbekiston va Tailand terma jamoalari o'yini qanday natija bilan yakunlanadi?

O'zbekiston yirik hisobda g'alaba qozonadi!
Kichik hisobda g'alaba qozonamiz)
Durang va penaltilar seriyasida g'alaba qozonamiz!
To'rtinchi variant bo'lishi mumkin emas)
5.6k
Anonymous voting
240 783
158
⚡️Bugun O’zbekiston milliy terma jamoamiz chorak final uchun Tailand terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. O’yin 30-yanvar Toshkent vaqti bilan 16:30 da “Al Janub” stadionida boshlanadi. Mazkur o’yinni “Sport tv” orqali to’g’ridan to’g’ri efirga uzatiladi. Olg’a yigitlar, biz sizga ishonamiz!
266 039
549
Ibrat Academy marafoni uchun ro’yxatdan o’tish tartibi 🖥️ Ro’yxatdan o’tish yuqoridagi videoda ko’rsatilgan tartibda amalga oshiriladi. 🥇 Ilovani yuklab oling hamda g’oliblik uchun harakatni boshlang. ➡️ Havola — IOS ➡️ Havola — Android @alisher_sadullaev

Finish11.mp4

317 963
1 195

file

269 053
157

file

1
1
⚡️ Bugun Nodirbek Abdusattorov Niderlandiyada bo'lib o'tayptgan Tata Steel 2024 Super turnirining 13-turi — hal qiluvchi o'yinlarini o'tkazadi. Hamyurtimiz 3 nafar niderlandiyalik, 3 nafar xitoylik va 3 nafar hindistonlik va boshqa raqiblari ichida O'zbekistonning nufuzi va sha'ni uchun dona suradi. Bu o'yin biz uchun juda muhim. Muhim pallada Nodirbek uchun bizning madadimiz hamda qo'llab-quvvatlashimiz suv va havodek zarur. Jonli efir:
Show more ...
277 285
108
⚡️“Ibrat farzandlari” marafonida qatnashib Londonga bepul sayohat va 100 million so’m sohiblaridan biriga aylaning! “IBRAT Farzandlari" telegram kanalida, bugun, soat 20:00da, Ibrat Academy marafoni bo'yicha ovozli chat bo'lib o'tadi. Marafon yuzasidan sizni qiziqtirgan savollarni “Ibrat farzandlari” kanalidagi ushbu postning komment bo'limida yozib qoldiring. Ovozli chatda eng faol bo’lgan 5 nafar ishtirokchiga marafonga qatnashish uchun bepul yo’llanma taqdim etiladi. Marafonga ushbu havola orqali ulanasiz:
Show more ...
339 035
1 196
⚡️ Nodirbekning 7 soatlik g'alabasi! Niderlandiyaning Veyk-an-Zee shahrida “Tata Steel Chess-2024” musobaqasining 10-turida Nodirbek Abdusattorov niderlandiyalik Maks Varmerdamni deyarli yetti soat davom etgan bahsda qora donalarda kambek koʻrsatib, ishonchli tarzda mag’lub etib, turnir jadvalida peshqadam. Ayni vaqtda Nodirbek xitoylik Ju Wenjunga qarshi o’yini boshlandi.

IMG_2269.MP4

254 490
169
O‘zbeklarning bu dunyoga aytar gaplari ko‘p hali, Jadidlarning yoqqan chiroqlari o‘chgani yo‘q hali! Millat oydinlari - jadid bobolarimiz haqida Jahongir Poziljonov - Jadidlarim bor mening qo’shig’i @alisher_sadullaev

IMG_2256.MP4

349 548
1 317
Chet tillari bilimdonlari uchun yana bir imkoniyat! Londonga ta’lim sayohati hamda 100 million so’m sovrin jamg’armasi. Eng muhimi imihonlar birinchi marta sun’iy idrok va maxsus IELTS natijasiga bog’liq! Imkoniyatni qo’ldan boy bermanglar, bilimdonlar. Hozirov ro’yxatdan o’ting:
388 442
2 440
⚡️ Tabriklaymiz, Nodirbekdan dramatik g'alaba! Niderlandiyaning Veyk-an-Zee shahrida “Tata Steel Chess-2024” musobaqasining oʻninchi turi boʻlib oʻtdi. Unda Nodirbek Abdusattorovga niderlandiyalik Maks Varmerdam raqiblik qildi. Quvonarlisi, Nodirbek deyarli yetti soat davom etgan bahsda qora donalarda kambek qilib, ishonchli tarzda gʻalaba qozondi. Bu hamyurtimizning turnir davomida yutgan uchinchi niderlandiyalik raqibi edi. Ushbu gʻalaba orqali Abdusattorov ochkolari sonini 6,5 taga yetkazib, turnir jadvalida peshqadamlikni saqlab qoldi 👉 To'liq o'yinni ko'rish:
Show more ...
252 372
124
🏆 Mohirdev Jenevada boʻlib oʻtgan "Migration Challenge" startaplar tanlovida gʻalabani qoʻlga kiritdi. Tanlovda muhojirlar hayotini yengillashtirishga qaratilgan 500 dan ortiq startaplar qatnashdi. Mohirdev oʻz taqdimotida: — minglab yoshlar hayotining oʻzgarishiga sabab boʻlayotgan Mohirdev Praktikum onlayn IT kurslar platformasini; — 500 mingdan ortiq insonlarga chet tillarini oʻrgatayotgan Ibrat Farzandlari; — ish beruvchilar va ish qidiruvchilarni bogʻlaydigan yangi Mohirlar loyihalarini namoyish qildi. Hozirgi kunda Mohirdev taʼlim platformasida 50 000 dan ortiq insonlar, jumladan 9 000 dan ziyod muhojirlar zamonaviy kasblarni oʻrganib kelayotgani ham alohida eʼtirof etildi. ⚡ Mohirdev AyTi sohasidagi barcha yoʻnalishlarni qamrab olgan. Foydalanuvchilar kasbga yoʻnaltirilgan taʼlimni oʻzbek va tez kunda rus tilida ham olishlari mumkin boʻladi. Biz har qadamimiz bilan inson oʻz rivoji uchun imkon topa oladigan dunyoni qurishdan toʻxtamaymiz. Yangi marralarga erishishda yelkama-yelka turgan Mohirdev jamoasi, biz uchun qimmatli boʻlgan foydalanivchi va kuzatuvchilarimizga oʻz minnatdorchiligimizni bildiramiz!
Show more ...
252 711
221
⚡️Hududlar bo‘ylab, yoshlar bilan muloqotlarimiz chog‘ida samarqandlik yosh tadbirkorlar faoliyatini kuzatdik. Prezidentimizning tashabbuslari bilan endilikda ular tadbirkorligini yanada kengaytirishi uchun qo'shimcha imkoniyatlar paydo bo'ldi. Bundan biroz vaqt avval Oqdaryo tumanidagi Yangiqishloq mahallasida futbol maydonchasi qurib berishga va‘da bergan edik. Bugun bu yerda mahalla yoshlarining vaqti mazmunli o‘tayotganini ko‘rib quvondik. Shuningdek, tumandagi istiqbolli loyiha va yoshlarning takliflariga doimo ochiqmiz. Shijoatli yoshlar olg‘a ✊
Show more ...

Qishloq bolalariga Stadion.mp4

229 806
333
🇺🇿 Keyingi bosqichga chiqish uchun boshqa jamoalarning gollarini va o’yinlarini hisoblamaslik ham bir baxt. Rahmat, yigitlar! Nimchorak finalda Saudiyami, Tailandmi, O’monmi, faqat omad!
233 895
54
Dahshaaaaat! Mana senga gol-u, ana senga VAR! Birinchi gol muborak, keti uzilmasin😅 1:1
69 921
54
2-bo'limda birvarkayiga Avstraliya futbolchilarini, hakamni va golsiz seriyalarimizni to'xtatishimiz kerak. Juda muhim bo'lim.
249 603
55
⚡️Bugun O’zbekiston milliy terma jamoamiz Avstraliya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. O’yin 23-yanvar Toshkent vaqti bilan 16:30 da “Al Janub” stadionida boshlanadi. Mazkur o’yinni “Sport tv” orqali to’g’ridan to’g’ri efirga uzatiladi. Olg’a yigitlar, omad tilaymiz!
258 600
349
🇺🇿 Давай, короче va crush so’zlari o’rniga o’zbekcha so’zlardan foydalaning! ✅ Aynan qaysi so’zlardan foydalanishni esa quyidagi video orqali bilib oling! @ibratfarzandlari loyihasidan yana bir kreativ kontent 📝 Chetdan kirib kelgan qaysi so’zlarni ko’p ishlatasiz? @alisher_sadullaev

isy3or2ug6erflq3xipj.mp4

261 697
733
Ijodkorlar Ravshan Norboyev va Valisher Sultonovlar insonlarning korrupsiya oqibatida orzulariga erisha olmasligi, umidlari so'nishini ko'rsatib beradigan kreativ, ijtimoiy rolik tayyorlashibdi. Bunday ijtimoiy rolik va kinolar, korrupsiyaning kamayishi va oqibatlarini tushunishga kichik bo'lsa ham hissa qo'sha olsa, loyihadan ko'zlangan maqsad amalga oshgan bo'ladi. Siz korrupsiyaga yo'l bersangiz, Korrupsiya sizning yo'lingizni to'sadi

10000000_3529112477403738_1465936056048919143_n.mp4

249 537
390
“Salohiyatli kadrlar rezervi"ga kiritilgan yoshlar yetakchilariga malaka oshirganlik to‘g‘risida sertifikat topshirildi 4 kun davomida Davlat boshqaruvi akademiyasida "Salohiyatli kadrlar rezervi"ga kiritilgan 100 nafar yoshlar yetakchilarining ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy, ma’naviy-ma’rifiy sohadagi bilimlarini oshiriish, shaxsiy va boshqaruv ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan maxsus o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi. Seminarda vazirlik va idoralarning rahbarlari bilan amaliyotdagi muammolar va ularning yechimlari yuzasidan muloqot tashkil etildi. Yoshlarning shaxsiy va boshqaruv ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha treninglar o‘tkazildi. O‘quv yakunida test sinovi, ijtimoiy-psixologik diagnostika va suhbat o‘tkazildi. Kadrlarning natijalari tahlil qilinib, reytingi shakllantirildi. Seminarning yopilish marosimida yoshlar yetakchilariga shaxsiy rivojlanishlariga alohida e’tibor qaratish, mahallalardagi hamkasblari bilan yaqindan ishlash, muntazam kitob mutolaasi bilan shug‘ullanish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Maxsus o‘quv-amaliy seminar yakuni bo‘yicha yuqori natijalarga erishgan yoshlar yetakchilari endilikda tuman (shahar) va hudud darajasidagi rahbarlik lavozimlariga tavsiya etib boriladi.
Show more ...
241 055
214
Iste’dodsiz farzand bo‘lmaydi, e’tiborsiz ota-onalar bor, xolos ✅ Iqtidorli rejissyor Shokir Xoliqovning ushbu g‘oya ostida yaratilgan “Iste'dod" ijtimoiy roligida hayotimizning kundalik bir lavhasi katta mahorat bilan ochib berilgan. ▶️ Film ijodkorlari ta’kidi bilan aytganda, har bir bolaning ichida o‘ziga xos iste’dod yashirin. Uni yuzaga chiqarish hamda rivojlantirish ota-onalarning farzandiga berayotgan e’tiboriga, daldasiga bog‘liq. 📌“Iste'dod" ijtimoiy roligi sizga ana shu haqiqatni ko‘rsatib beradi. ❗️Hurmatli ota-onalar, farzandlaringizning qiziqishlari va iste’dodiga befarq bo‘lmang!
Show more ...

кино.mp4

413 685
2 340
Gooooolllll Sherzod Nasrullayev Hindiston terma jamoasi darvozasiga uchinchi golni kiritdi. Yigitlarimiz, raqib darvozasiga ketma-ket gol kiritib bormoqda. O’yin davom etmoqda O’zbekiston 3:0 Hindiston Omad tilaymiz yigitlar!

IMG_2150.MP4

87 691
305
Gooooolllll Sergeyev Hindiston terma jamoasi darvozasiga ikkinchi golni ham kiritdi. O’zbekiston 2:0 Hindiston Omad tilaymiz yigitlar!

IMG_2149.MP4

143 250
445
Gooooolllll Abbosbek Fayzullayev Hindiston terma jamoasi darvozasiga ilk golni kiritdi. Olg’a yigitlar!

IMG_2148.MP4

263 386
534
⚡️Bugun O’zbekiston milliy terma jamoamiz Hindiston terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. O’yin 18-yanvar Toshkent vaqti bilan 19:30 da “Ahmad bin Ali” stadionida boshlanadi. Mazkur o’yinni “Sport tv” orqali to’g’ridan to’g’ri efirga uzatiladi. Yigitlarga, bugungi uchrashuvda okad tilab qolamiz!
287 939
543
Zamonaviy Ziyo Maskani ochildi "Ijod" kitob do‘koni yoshlar uchun ma'naviy va intellektual rivojlanish markaziga aylanishi kutilmoqda. Negaki, ushbu manzil 400 xildan ortiq, jami 12 000 dan ziyod kitoblarni oʻz ichiga olgan. Barcha kitoblar sotuvda. Fayz books, Yangi asr avlodi nashriyotlari va Asaxiy Books bilan hamkorlikda sifatli adabiyotlarni yoshlarga taqdim etmoqdi. "Ijod" kitob doʻkonining ochilishi, yoshlarni kitob oʻqishi uchun ragʻbatlantirish va ularning maʼnaviy dunyosini boyitishda muhim qadam hisoblanadi.
Show more ...

IMG_6644.mp4

273 538
255
14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni! Bugungi tinch va osoyishta kun va tunda sarhadlarimizni himoya qilayotgan, tinchlik uchun jonini fido etayotgan har jabhadagi himoyachilarimizning bugungi bayrami muborak bo’lsin! Sizlardek, vatan himoyachilari bor ekan, yurtimizdagi har bir inson xotirjam, hayotimiz osoyishta, tinchligimiz bardavomdir. Barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, omad, sharafli va mas’uliyatli kasbingizda zafarlar tilayman!
281 649
563
"Jasorat" loyihasi ustida ish boshladik. Loyihadan qanday maqsadlar ko'zlangan?
266 405
36
Bugun futbol bo‘yicha milliy terma jamoamiz Qatar maydonlarida boshlangan Osiyo kubogidagi B guruhi 1-turda ilk o‘yinini o‘tkazadi. Qit’amizning to‘rt yillikdagi eng nufuzli musobaqasida jamoamiz yurtimiz sharafini himoya qilishga kirishadi. Uzbekistan's Club jamoatchilik faollari bilan birgalikda milliy jamoamizga bo‘lgan mehr-muhabbati va qo‘llovini mashhur “O‘zbekistonlik” qo‘shig‘iga ishlangan maxsus videoklip orqali izhor etishga qaror qildi. Bu qo‘shiq barchamizni birlashtiradi. U g‘alaba haqida! O’yin 13-yanvar soat 22:30 sa “Jassim bin Hamad” stadionida bo’lib o’tadi. O’yinni “Sport” TV telekanalida jonli tomosha qilishingiz mumkin. Olg‘a, O‘zbekiston! Biz sen bilan!
Show more ...

O'zbekistonlik AFK Telegram.mp4

309 515
552
Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh qoʻmondoni Shavkat Mirziyoev raisligida Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yigʻilishi bo'lib o'tadi
61 127
42
Srechko Katanes boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasining Osiyo Kubogi uchun yakuniy tarkibi e’lon qilindi Srechka Katanes tarkibga 26 nafar futbolchini jalb qildi. Eldor Shomurodov jarohati sabab musobaqani o’tkazib yuboradi. Uchrashuv 13-yanvar soat 22:30 da start oladi. @alisher_sadullaev

10000000_397059196099535_925727605138788917_n.mp4

257 984
179
Avval xabar berganimizdek, ko'plab iste'dodli yoshlarimiz “El-yurt umidi” jamg‘armasi tomonidan ilg‘or xorijiy davlatlar nufuzli universitetlari va ilmiy markazlarida bakalavriat, magistratura va doktoranturada ta’lim olish uchun xujjatlar topshirishgan edi. 2023-yilning 2-mavsumini o'zida 345 nafar talabgorlar saralab olingan edi. Hozirda avvalgi bosqichlarda AQSH, Angliya, Buyuk Britaniya davlatlaridagi nufuzli universitetlar va ilmiy markazlarda o'qib, bitirib qaytib kelgan bir guruh stipendiat yoshlarimiz mamlakatimizdagi qator respublika davlat tashkilotlarida o'z faoliyatlarini boshlamoqda. Stipendiat yoshlarimizning kelgusi faoliyatlarida omad va zafarlar tilab qolamiz!
Show more ...
280 295
376
⚡️ Samarqand shahri mezbonlik qilgan FIDE rapid va blitz boʻyicha jahon chempionatida mamlakatimiz yoshlari uchun ham sezilarli natijalar olib keldi. 25-30-dekabr kunlari “Silk Road Samarkand” majmuasida oʻtgan jahon chempionati 324 nafar (Blitz “Open” guruhida 206 nafar, blitz ayollar guruhida 118 nafar, rapid “open” guruhida 202 nafar va rapid ayollar guruhida 117 nafar) shaxmatchilar oʻzaro bahs olib borishdi. Rapid bahslarida ishtirok etgan Muhiddin Madaminov 40.70, Ortiq Nigmatov 74.60, Muhammadzohid Suyarov 66.80, Almas Rahmatullayev 70.80, Muhammadali Abdurahmonov 93.80, Humoyun Begmuratov 121.60, Daler Vahidov 39.00 va katta salohiyat bilan yetishib kelayotgan FIDE ustasi Asrorjon Omonov 50.00 reyting qoʻshishga muvaffaq boʻldi. Shaxmatchi qizlarimiz Afruza Hamdamova rapid bahslarida 144,80, Sarvinoz Qurbonboyeva 38.40, Marjona Malikova 58.00, Zilola Aktamova 122.00 va Guldona Karimova 144.40 reyting qoʻshishni uddasidan chiqdi. maʼlumotlariga koʻra, Saidakbar Saydaliyev 80.00, Humoyun Begmuratov 94.40, Almas Rahmatullayev 260.00, Muhammadali Abdurahmonov 167.20, Bahrom Bahrillayev 250.80, Abdumajid Botiraliyev 251,60 va eng yuqori natija koʻrsatgan Asrorjon Omonov 376.00 reyting ball qoʻshishga muvaffaq boʻldi. Blitz bahslarida qatnashgan qizlarimiz Marjona Malikova 74.20, Maftuna Bobomurodova 228.00, Zilola Aktamova 179.60 va Guldona Karimova 214.40 reyting ballarini qoʻshib olishdi. Dunyoning 300 nafardan ortiq nomdor shaxmatchilariga ingliz tilida ma'ruza qilib, o'zbek tilida ham o'z fikrlarimni bayon etdim. @alisher_sadullaev
Show more ...

IMG_3328.MP4

273 046
143
⚡️Qadrli yoshlar! 2024-yil "Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili"da qanday yangiliklar kutmoqdasiz? Yoshlarning taklif va istaklarini o‘rganish, ular bilan ishlashning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, sohaga oid tizimni yanada takomillashtirish bo‘yicha so'rovnoma o'tkazilmoqda. Sizdan so‘rovnomada faol ishtirok etib, barcha savollarni diqqat bilan o‘qib, o‘zingizga maʼqul kelgan javoblarni tanlashingizni so'raymiz. P.S. So’rovnomada ishtirokingiz muhim ahamiyatga ega. So'rovnomada ishtirok etish: 👇
Show more ...
Qadrli yoshlar!
Ushbu so‘rovnoma yoshlarning taklif va istaklarini o‘rganish, ular bilan ishlashning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, sohaga oid tizimni yanada takomillashtirish uchun tashkil etilmoqda. So‘rovnomada ishtirokingiz uchun oldindan minnatdorchilik bildiramiz!
389 713
792
Xalqaro imtihon tizimlari: IELTS, TOEFL, GMAT, GRE va SAT imtihonlaridan 70% dan yuqori (7 va undan yuqori) ball to‘plagan yoshlarga imtihon xarajatlari to‘liq qoplab berilmoqda Oldinroq IELTS, TOEFL, GMAT, GRE, SAT kabi xalqaro imtihon tizimlari kompensatsiyasi haqida Tahlillarimizga ko'ra, 2021-yilda 2 833 nafar yoshlarga 5.5 mlrd so'm, 2022-yilda 7 744 nafar yoshlarga 13,4 mlrd so'm, 2023-yilda esa, 12 359 nafar yoshlarga 21,7 mlrd so'm yoshlarning imtihon xarajatlari qoplab berilgan. Hududlar kesimida esa, Toshkent shahrida 8 787 nafar (16,1 mlrd), Buxoroda 2 011 nafar (3,43mlrd), Farg’ona viloyatida esa 1 787 nafar (2,98 mlrd) yoshlarni tashkil etadi. Eslatib o'tamiz,18 ta xalqaro imtihon tizimlarida ham yuqori natijaga erishgan yoshlarning imtihon xarajatlarini "Xazna" ilovasi orqali kompensatsiya qilib qaytarib Yuklab oling: |
Show more ...
309 507
835
⚡️Xabaringiz bor, mamlakatimizda yoshlar orasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish, ularning chet tillariga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida “Ibrat Academy” mobil ilovasi ishga tushirilgandi. Yil yakuni bo‘yicha O‘zbekistonda mobil ilova orqali xorijiy tillarni o‘rganayotganlar 369 178 nafarni tashkil etmoqda, shundan 1 752 nafari maxsus sertifikatlarni qo‘lga kiritishgan. ❗️Tahlilga ko’ra, ba’zi hududlarda ko’proq yoshlar maxsus sertifikatni qo‘lga kiritishgan bo’lsa, ayrimlarida esa, natija aksincha. 💫Yoshlardan “Ibrat Academy” mobil ilovasi orqali xorijiy tillarni o‘rganishda faol bo‘lishini so‘raymiz. 📚Faol va yuqori natijalarni qo‘lga kiritgan yoshlar moddiy va ma’naviy rag’batlantirilib boriladi.
Show more ...
426 003
1 145
⚡️Dam olish kunlarida uyda bo'lganimdan kichkina qizim Hamida qanchalik tezlik bilan ulg'ayotganini qattiq his qildim. Yaratgandan qizimizga ikki dunyo saodatini so'rab qolaman. alisher_sadullaev
268 715
101
⚡️2024-yildagi bitta katta maqsadingizni yozib qoldiring. 1-izohda kamina variantini yozib qoldiraman.
327 361
132
✅Prezident Shavkat Mirziyoyev 2024-yilni “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” deb e’lon qildi.
423 719
1 844
⚡️Kirib kelayotgan yangi yilingiz muborak bo'lsin, aziz yoshlar! Yangi yil yangi imkoniyat va g'alabalarga boy bo'lsin!

file

354 602
869
#Blitz ⚡️Blitz bo'yicha jahon chempionatining 6-turida Shamsiddin Vohidov Magnus Karlsenga qarshi dona suradi. Magnus hali O'zbekistonlik shaxmatchilarni yuta olgani yo'q. Qanday natija bo'lar ekan? Jonli efir:
Samarqand rapid va blitz bo'yicha jahon chempionati blitz, 1-kun (O'zbek tilida) | UZCHESS
🔥 26-30 dekabr kunlari Samarqand shahrida FIDE Rapid va blits bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. Donat: https://www.donationalerts.com/r/uzchesss — Mamlakatimizda shaxmatni aholi o‘rtasida keng targ‘ib qilish va uni ommaviy sport turiga aylantirish, o‘sib kelayotgan yosh avlodning intellektual va madaniy rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish eng asosiy maqsadimizdir. „Yoshlar ishlari agentligi“ tomonidan tashkil etilgan „UzChess“ loyihasining rasmiy YouTube sahifasi!
429 490
71
#Blitz ⚡️Blitz bo'yicha jahon chempionatining 2-turida Jahongir Vohidov Magnus Karlsenga qarshi dona suradi. Sensatsiya qila olamizmi? Jonli efir:
Samarqand rapid va blitz bo'yicha jahon chempionati blitz, 1-kun (O'zbek tilida) | UZCHESS
🔥 26-30 dekabr kunlari Samarqand shahrida FIDE Rapid va blits bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. Donat: https://www.donationalerts.com/r/uzchesss — Mamlakatimizda shaxmatni aholi o‘rtasida keng targ‘ib qilish va uni ommaviy sport turiga aylantirish, o‘sib kelayotgan yosh avlodning intellektual va madaniy rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish eng asosiy maqsadimizdir. „Yoshlar ishlari agentligi“ tomonidan tashkil etilgan „UzChess“ loyihasining rasmiy YouTube sahifasi!
292 910
51
⚡️Daxshat, jahon chempionati rapid yo'nalishi bo'yicha kulminatsiyasi, turnir ykaunlanishidan bir tur oldin 12-turda Nodirbek Abdusattorov Magnus Karlsenga qarshi dona suradi. Bu daxshatli jang bo'ladi. Bugun O'zbekistonlik shaxmatchilar uchun sinov va hayojonli kun. Jonli efirni kuzatib boramiz:
Samarqand rapid va blitz bo'yicha jahon chempionati 3-kun (O'zbek tilida) | UZCHESS
🔥 26-30 dekabr kunlari Samarqand shahrida FIDE Rapid va blits bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. — Mamlakatimizda shaxmatni aholi o‘rtasida keng targ‘ib qilish va uni ommaviy sport turiga aylantirish, o‘sib kelayotgan yosh avlodning intellektual va madaniy rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish eng asosiy maqsadimizdir. „Yoshlar ishlari agentligi“ tomonidan tashkil etilgan „UzChess“ loyihasining rasmiy YouTube sahifasi!
425 588
365
⚡️ Yangi yil bayrami munosabati bilan metro yo‘lovchilariga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida, hukumat tashabbusi bilan 2023 yil 31-dekabr kuni Toshkent metropolitenining to’liq faoliyat ko’rsatishi vaqti davomida barcha yo’lovchilarga bepul xizmat ko‘rsatadi @alisher_sadullaev
301 736
297
⚡️Shaxmat bo'yicha jahon chempionatidagi eng tezkor yangiliklarni kanalida berib borilmoqda. Shuningdek, har kunlik onlayn strimni ham kuzatib borishiningiz mumkin.. 👉
287 087
71
⚡️ Samarqandda boʻlib oʻtayotgan rapid va blitz boʻyicha Jahon chempionati YouTube platformasida oʻzbek, rus, ingliz, hind, italyan, nemis, turk, malay, ispan va boshqa tillarida jonli efirda namoyish etilmoqda. UzChess: CityChess: FIDE Chess: ChessBase India: Chess24: Chess Assist: Chess Master: Chess-Boom online:
Show more ...
Samarqand rapid va blitz bo'yicha jahon chempionati 1-kun (O'zbek tilida) | UZCHESS
🔥 26-30 dekabr kunlari Samarqand shahrida FIDE Rapid va blits bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. — Mamlakatimizda shaxmatni aholi o‘rtasida keng targ‘ib qilish va uni ommaviy sport turiga aylantirish, o‘sib kelayotgan yosh avlodning intellektual va madaniy rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish eng asosiy maqsadimizdir. „Yoshlar ishlari agentligi“ tomonidan tashkil etilgan „UzChess“ loyihasining rasmiy YouTube sahifasi!
307 974
177

file

273 395
160
Bugundan Samarqandda bo’lib o’tayotgan jahon chempionatida Rapid yo’nalishi bahslari 15:00 dan boshlanadi. ⚡️ Oldinda bizni juda qiziqarli shaxmat matchlari kutib turibdi. Jahon chempionatini jonli efir orqali kuzatib boring! Jonli efir:
266 603
165
Magnus Karlsen: «Qaysi mamlakat shaxmatni rivojlantirmoqchi bo‘lsa, O‘zbekistonni o‘rnak qilib ko‘rsatyapman» Samarqandda start olayotgan shaxmatning blis va rapid yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempionati oldidan matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda jahonning birinchi raqamli shaxmatchisi Magnus Karlsen ham ishtirok etib, jurnalistlarning savollariga javob qaytardi @alisher_sadullaev
248 818
167
Chess legend Magnus Carlsen is in Uzbek traditional clothing, (To'n, Chapan). Tomorrow is the start of FIDE world rapid and blitz championships. Uzbekistan wishes the best of luck to all players.
211 267
209
🎉 Rapid va Blitz boʻyicha Jahon chempionatining ochilish marosimi boshlandi. 👉🏻 Jonli efirda kuzatib boring 👈🏻
341 377
138

file

268 728
112
Jahonning eng kuchli shaxmatchilari 25-30 dekabr kunlari Samarqandda dona surishadi, biz esa har doimgidek ijod bilan mashg'ulmiz)
285 985
191

video.mp4

272 118
283
Shaxmat ixlosmandlari diqqatiga! Avval xabar berganimizdek 25-30-dekabr kunlari Samarqand shahrida o'tkaziladigan shaxmat bo‘yicha rapid va blits yo'nalishidagi Jahon chempionatini jonli kuzatish uchun ro’yxatdan o’tkazishni boshlagandik. Hozirga qadar 570 nafar muxlis ro’yxatdan o’tdi. Eslatib o’tamiz, ro’yxatdan o’tish bugun (23-dekabr) 18:00 da yakunlanadi. Shoshiling, vaqt oz qoldi. Buning uchun quyidagi havola orqali ro'yxatdan o’tishingiz kifoya. 🇺🇿 O'zbekiston fuqarolari uchun anketa: 🌐 Xorijlik mehmonlar uchun anketa: Yurtimizda ilk marta o'tayotgan shaxmat olamining eng nufuzli musobaqalaridan birini bevosita tomosha qilishga chorlab qolamiz.
Show more ...
285 669
291
Biz bugungi keskin sharoitda gʻoyaviy-mafkuraviy sohada raqobatga tayyormizmi? Yosh avlodimiz tarbiyasi murakkab zamon talablariga javob berayaptimi? "Bular oddiy savollar emas. Odamni jiddiy oʻylantiradigan, tashvishga soladigan savollar. Agar biz bu yorugʻ dunyoda “oʻzbek”, "oʻzbekistonlik", “Oʻzbekiston” degan nomlar bilan yashab qolishni istaydigan boʻlsak, bu savollarga bugun javob topishimiz va ularni hal etish boʻyicha amaliy harakatlarni aynan bugun boshlashimiz shart. Ertaga kech boʻladi", - dedi davlatimiz rahbari.
Show more ...
272 296
214
Prezident raisligida Respublika Ma'naviyat va ma'rifat kengayishining yigʻilishi boshlandi. Yurtimizda ushbu kengash raisi Prezident hisoblanadi. Hududlarda esa birinchi rahbarlar bu masala uchun mas'ul etib belgilangan. Chunki ilm-fan, ta'lim va tarbiya, ma'naviyat biz uchun ustuvor masaladir”, - dedi davlat rahbari. Prezident yigʻilganlar e'tiborini bu yil ijtimoiy sohaga eng koʻp – 134 trillion soʻm mablagʻ ajratilgani, bu 2016 yilga solishtirganda 5,6 barobar ziyodligiga qaratdi.
Show more ...
271 079
243
Mamlakatimizning turli xil hududlaridan kelgan 140 nafar yoshlar yetakchilari orasidan yilning eng namunali 30 nafar mahalla yoshlar yetakchilari taqdirlandilar Respublika bosqichida har bir yo‘nalishda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchilari quyidagicha rag‘batlantirildi: 10 nafar 1-o‘rin 25 million so‘m pul mukofoti, diplom va statuetka; 10 nafar 2-o‘rin 20 million so‘m pul mukofoti, diplom va statuetka; 10 nafar 3-o‘rin 15 million so‘m pul mukofoti, diplom va statuetka. Respublika bosqichining qolgan barcha 110 nafar ishtirokchilari esa faxriy yorliq va Yoshlar ishlari agentligining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Suratlar quyidagi ✊Yoshlarimizning chin do'sti bo'lib ularga xizmat qilayotgan, namuna bo'layotgan barcha yetakchilarimizni samimiy qutlab, faoliyatlarida omad va zafarlar tilayman!
Show more ...
251 194
194
❗️O‘zbekiston Respublikasi o‘z xavfsizligini ta’minlash uchun yetarli darajada Qurolli Kuchlariga ega. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 153-modda
267 877
190
Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida tashkil etilgan “Zakovat” intellektual olimpiadasining respublika bosqichi g‘oliblari o‘z mukofotlarini qo‘lga kiritdilar. Intellektual olimpiadaning umumjamoa hisobidagi g‘oliblari: 1-o‘rin: University of science and technology 2 milliard so‘m; 2-o‘rin: O‘zbekiston Milliy universiteti 1,5 milliard so‘m; 3-o‘rin: Namangan davlat universiteti milliard so‘m. G‘oliblarga Prezident sovg‘asini Prezident yordamchisi ✊🏻Barcha gʻoliblarni chin dildan tabriklayman! @alisher_sadullaev
Show more ...
261 423
270
Shaxmat ixlosmandlari diqqatiga! Joriy yilning 25-30-dekabr kunlari Samarqand shahrida o'tkaziladigan shaxmat bo‘yicha rapid va blits yo'nalishidagi Jahon chempionatini jonli kuzatishni xohlaysizmi? Unda bunday imkoniyat sizda bor! Buning uchun quyidagi havola orqali ro'yxatdan o’tishingiz kifoya. 🇺🇿 O'zbekiston fuqarolari uchun anketa: 🌐 Xorijlik mehmonlar uchun anketa: Yurtimizda ilk marta o'tayotgan shaxmat olamining eng nufuzli musobaqalaridan birini bevosita tomosha qilishga chorlab qolamiz.
Show more ...
299 720
668
Last updated: 11.07.23
Privacy Policy Telemetrio