Best analytics service

Add your telegram channel for

  • get advanced analytics
  • get more advertisers
  • find out the gender of subscriber
Category
Channel location and language

audience statistics Masofatalim™

Masofatalim™ — ta’lim va yoshlar masalalari. Shuningdek, turli mavzularda kuzatuvlar va subyektiv fikrlar. Reklama uchun:  @masofatalimbot  
35 996-263
~12 376
~4
25.42%
Telegram general rating
Globally
20 848place
of 78 777
745place
of 2 295
In category
1 157place
of 3 169

Subscribers gender

Find out how many male and female subscibers you have on the channel.
?%
?%

Audience language

Find out the distribution of channel subscribers by language
Russian?%English?%Arabic?%
Subscribers count
ChartTable
D
W
M
Y
help

Data loading is in progress

User lifetime on the channel

Find out how long subscribers stay on the channel.
Up to a week?%Old Timers?%Up to a month?%
Subscribers gain
ChartTable
D
W
M
Y
help

Data loading is in progress

Since the beginning of the war, more than 2000 civilians have been killed by Russian missiles, according to official data. Help us protect Ukrainians from missiles - provide max military assisstance to Ukraine #Ukraine. #StandWithUkraine
Pastkash Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi yong‘in vaqtida o‘zbekistonlik ko‘cha tozalovchisi Olimjon Ibrohimov trubada uchinchi qavatga ko‘tarilib, bir necha kishini qutqarib qoldi. Rayon rahbari esa hamyurtimizning bu ishi uchun unga surat, ish kiyimi va faxriy yorliq berib taqdirlabdi. Mehnatkash hamyurtimizning bu ishini har qancha olqishlasak arziydi🫡. Ammo Sank-Peterburg rahbarining qilig‘i esa pastkashlikdan boshqa narsa emas. Bu nomardni qarang, hamyurtlarini yong‘indan bir o‘zbek qutqarib qolsa-yu, bergan narsalarini ahvolini qarang. Faxriy yorlig‘ingayam, rasmingayam, kiyimingayam, basharangayam... o‘sha gap.
Show more ...
4 921
40
“Sukut saqlama” loyihasi koordinatori Nigora Adizova bizda ham zo‘ravon amaldorlar borligini ma’lum qildi “Bizga ham Bishimbayev singari katta lavozimda ishlaydigan oila boshliqlari tomonidan zo‘ravonlikka uchragan ayollar yoki farzandlar murojaat qilishgan, ammo biz ularni yorita olmaganmiz!”, degan u.

IMG_6235.MP4

4 894
15
Eng kam oylik hamon shifokor va o‘qituvchilarda bo‘lib qolmoqda Statistika agentligi 2024-yilning yanvar-mart oylari bo‘yicha ish haqi yuzasidan ma’lumotlarni e’lon qildi. Unga ko‘ra, hamon shifokorlar va o‘qituvchilarning oyligi boshqa sohalarga nisbatan taqqoslanganda eng quyi o‘rinda qolmoqda. Sog‘liqni saqlash xodimlari o‘rtacha 3,2 mln, o‘qituvchilar o‘rtacha 3,4 mln oylik olib turgan bir paytda Madaniyat vazirligi bitta shouning artist hakamlariga bir oyda 38 mln so‘mdan . Ha, kamiga bu artistlar xalqning bitta to‘yiga falon ming dollarga boradi, ular bu topgan daromadiga munosib soliq to‘lashi ham savol ostida. O‘qituvchi esa o‘zi arzimagan oylik oladi, ammo hasharga oyligidan ham shular, qizil yarim oy, nuroniy degan joylarga ham shular.
Show more ...
8 394
73
“Turon” maktab teatrining hududiy bosqichi qizg‘in davom etmoqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi maktab o‘quvchilari o‘rtasida teatr san’ati va madaniyatini keng targ‘ib qilish uchun yaxshi ishga qo‘l uribdi. Maktablarning 7-10 sinflari o‘rtasida ilk marotaba “Turon” maktab teatri tanlovi . “Turon” maktab teatri mazkur tanlov hududlarda qanday o‘tayotgani keng yoritib borilmoqda. Quvonarlisi shuki, maktablarda o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va iste’dodini yuzaga chiqarish uchun mana shunaqa tanlovlar juda kerak edi, nazarimizda. Darvoqe, hududiy bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tgan jamoalar tanlovning respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi. Respublika bosqichida esa birinchilikni egallagan jamoa xorijiy davlatga ta’lim sayohati yo‘llanmasi bilan taqdilanadi. Maktablarda ham shunaqa yaxshi tanlovlar o‘tkazsa bo‘larkan-ku!
Show more ...

9.mp4

7 996
9
Yaqin kunlardagi eng zoʻr yangilik Oʻzbekiston yoshlarining Osiyo chempionatida magʻlubiyatsiz shaklda oldidan chiqqan har qanday raqib ustidan gʻalaba qilishayotgani boʻlib turibdi. Gap yoʻq, yigitlar🫡
6 369
4
2025-yil 1-yanvardan internet tarmog‘ida tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni tashkil etish faoliyatini va bukmekerlik faoliyatini amalga oshirishga ruxsat etilibdi.
7 205
30
“Sevimli” degan kanalda ketgan mana bu ko‘rsatuv boshlovchilari xayriya nima, volontyor kim ekanini bilmaydi, shekilli. Keyin sal farosatni ishlatib, madaniyatli odamlarga o‘xshab ko‘rsatuv olsa ham bo‘ladi: bechora gapirayotgan qizning gapini anavi boshlovchi naqd 5 marta bo‘lib tashladi-ye. Ikkinchi boshlovchi ham birinchisidan qolishmasdan, qovunni zo‘rini tushurdi, savolini ahvolini qaranglar: “... oshqozonni tikib bo‘lmasa, volontyorlar qayerdan oylik oladi”, deb so‘rayapti🤣 Bilmasang, tushunmasang, nima qilasan ko‘rsatuv qilib? Nima qilasan boshlovchilik qilib? Volontyorlar butun dunyoda bor, bizda endi-endi rivojlanyapti, TVga shunaqa “aqlli boshlovchi”lar chiqib olib, bechora gapirayotgan odamning gapini tushunib-tushunmay bo‘lib, o‘zini ko‘rsatish shartmasda endi.
Show more ...

vBKgUpxWafECoFUD.mp4

8 452
128
Botir Qodirov, malades! Shu ijodkorni to‘liq qo‘llab-quvvatlaymiz. Odobiga esa gap bo‘lishi mumkin emas!
Botir Qodirov otasi Sherali Jo'rayev, o‘gay ukalari va sudlashish haqida
Xonanda so‘nggi kunlarda keng muhokama qilinayotgan sudlashish jarayoniga alohida to‘xtaldi va bunga o‘gay ukalari – Shohjahon va Zohirshoh Jo‘rayevning qiliqlari majbur qilganini aytdi.
7 701
61
“Noinsof firibgar” Qashqadaryo viloyati, Chiroqchi tumanida yashovchi 59 yoshli U.T. IIOga murojaat qilib, o‘zining nomiga noma’lum sabablarga ko‘ra onlayn kredit olinib, pullari o‘zlashtirilganligini . O‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Qashqadaryo viloyati, Chiroqchi tumanida yashovchi 24 yoshli I.S. sodir etganligi aniqlandi. Unga ko‘ra, jabrlanuvchi U.T. gumonlanuvchi I.S.dan “TBC bank” ilovasi orqali onlayn mikroqarz olib berishini iltimos qilgan va U.T.ning nomidan mobil ilova orqali ro‘yxatdan o‘tib, 8.099.000 so‘m onlayn kredit rasmiylashtirib, o‘sha vaqtning o‘zida pullarni o‘zining bank kartasiga o‘tkazib olgan va unga “Sizga kredit berishmadi” deb aldagan. Bundan xabar topgan, jabrlanuvchi U.T., I.S. bilan uchrashib, nima sababdan bunday qilganligi aytib pullarni qaytarishni so‘raganida I.S. uning nomiga olgan kreditini yopib berishini aytib, bank kartasini olib, U.T.ning nomiga “Asaka bank” mobil ilovasi orqali 20 mln. so‘m takroran onlayn kredit olib, jami 28.099.000 so‘m pullarni talon-toroj qilganligi ma’lum bo‘ldi. Mazkur holat yuzasidan I.S ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.
Show more ...
9 529
36
Toshkent shahrida 21-aprel kuni 32 davlatdan professional sportchilar va havaskor yuguruvchilarni jamlagan BYD Toshkent xalqaro yugurish marafoni bo‘lib o‘tdi. Unda ko‘plab tashkilotlar qatorida banklar, jumladan, AloqaBank, Poytaxt Bank, Agrobank, Xalq banki, Ipak yoʻli bank, Turon bank va Mikrokreditbank xodimlari, ayniqsa, ushbu banklarda faoliyat yuritadigan yoshlar faol ishtirok etishibdi.
6 917
9
14-19-aprel kunlari Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan BMTning Iqtisodiy va ijtimoiy Kengashi Yoshlar forumi va uning doirasidagi tadbirlarda Yoshlar ishlari agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Dilnoza Kattaxanova boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etdi. Ushbu nufuzli xalqaro tadbirda D.Kattaxanova mamlakat yoshlari nomidan nutq so‘zladi. Shuningdek, tashrif davomida AQSHda ta’lim olayotgan va mehnat qilayotgan vatandoshlar bilan muloqot va o‘zbekistonlik yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan loyihalar taqdimoti o‘tkazilibdi.
Show more ...

IMG_6174.MP4

7 766
17
37 million 🇺🇿
28
0
37 millionga bir qadam Bir necha soatlardan soʻng, aniqrogʻi 334 ta tugʻilishdan soʻng Oʻzbekiston aholisi rasman 37 millionga yetadi.
9 921
66
Derazadan qarab turgan qoʻshni bolalar Abduqodir Toshqulov topib gapirgan: “…uylar kengaydi, ammo insonlarning bag‘ri toraydi”.

IMG_6130.MP4

13 860
164
“Turon” maktab teatrining hududiy bosqichi boshlanmoqda! Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan ilk marotaba o‘tkazilayotgan hududiy bosqichiga 22-apreldan start beriladi va 4-mayga qadar Mazkur bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tgan jamoalar tanlovning respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi. Respublika bosqichida esa birinchilikni egallagan jamoa xorijiy davlatga ta’lim sayohati yo‘llanmasi bilan taqdilanadi.

IMG_6123.MP4

13 417
30
Ziroat Mirziyoyeva Farg‘ona viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazidagi “Mehrli maktab” gospital turdagi maktab filialining o‘quvchilari va pedagoglari bilan uchrashdi “Zamin” fondi Vasiylik kengashi raisi uzoq muddat davolanayotgan bolalar ta’lim olishga qiziqishini yo‘qotmaganini, o‘qituvchilar ularni mehr va e’tibor bilan qo‘llab-quvvatlayotganini ko‘rgach, pedagoglarga samimiy minnatdorlik bildirdi va yoshlarni o‘z qobiliyatlari va iste’dodini rivojlantirishga ruhlantirdi.
Show more ...

file

8 993
7
“Turon” maktab teatrining hududiy bosqichi boshlanmoqda! Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan ilk marotaba o‘tkazilayotgan “Turon” maktab teatrining hududiy bosqichi 22-apreldan start beriladi va 4-mayga qadar davom etadi. Mazkur bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tgan jamoalar tanlovning respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi. Respublika bosqichida esa birinchilikni egallagan jamoa xorijiy davlatga ta’lim sayohati yo‘llanmasi bilan taqdilanadi.

IMG_6118.MP4

1 296
7
Zamon bilan hamnafas ta'lim oling Kundan-kunga rivojlanib borayotgan zamonaviy texnologiya va AyTi olamida o'z o'rningizni topmoqchimisiz? 🔥 Ayni vaqtda IT Park, Uzinfocom, Uzum, Paynet, Novalab kabi yirik kompaniyalarda ishlayotgan bitiruvchilar safida bo'lish imkoniyatiga ega bo'ling. Siz ham «Najot Ta'lim» Dasturlash kurslarida dasturlash asoslarini tajribali mutaxassislardan o'rganib, texnologiya sohasidagi karyerangizni boshlang. Hoziroq kurs uchun ro'yxatdan o'ting. 🔗 📞 78 888 98 88
Show more ...

IMG_1434(Android).mp4

8 523
7
Yoshlar ishlari agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Dilnoza Kattaxonova AQSHda bo‘lib o‘tayotgan yoshlar  forumida nutq so‘zladi.

file

3 699
20
O‘qishga kiritib qo‘yish va diplomni nostrifikatsiya qilish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi   Nukus shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro D.J. fuqaro D.B.ning ishonchiga kirib, uni Qoraqalpoq davlat universitetining texnika fakultetiga o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 3 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Sirdaryo viloyatida o‘tkazilgan shu kabi tezkor tadbirda fuqaro N.S. fuqaro U.R.ning ishonchiga kirib, unga go‘yoki o‘zini “Ta’limni nazorat qilish inspeksiyasi” xodimi deb tanishtirib, 2 500 AQSH dollari evaziga yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida uning xorijiy davlat institutini tugatganligi to‘g‘risidagi diplomini nostrifikatsiya qilib berishni aytib, shundan 1 900 AQSH dollari va 1,2 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.  
Show more ...
8 729
10
Toshkent shahri MDH yoshlarining poytaxti bo‘ldi O‘zbekistoning eng katta qismi yoshlardan iborat. Shunga yarasha davlat yildan yilga har sohada yoshlarga e’tiborni kuchaytiryapti. Buning mevalaridan biri sifatida 2024 yilda Toshkent shahri MDH yoshlarining poytaxti maqomini olganini ko‘rsatish mumkin, nazarimizda. 2022 yil turkiy dunyoda “Yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash yili” va Buxoro shahri Birinchi turkiy dunyo Yoshlar tashabbuslari poytaxti deb e’lon qilingan edi.
Show more ...

1-kun MDH ful tg teks.mp4

10 360
6
O'qituvchi yoki talabamisiz 👨‍🏫 Zamonaviy dars o'tmoqchimisiz 💻 Topshiriqlarni bajarishga qiynalayapsizmi 😢 👉 Imkoniyatdan foydalaning Link:
10 460
51
O'qituvchi yoki talabamisiz 👨‍🏫 Zamonaviy dars o'tmoqchimisiz 💻 Topshiriqlarni bajarishga qiynalayapsizmi 😢 👉 Imkoniyatdan foydalaning Link:
1
0
Oliy ta’lim muassasalaridagi davlat xaridlarida qonunbuzilishi holatlari: - Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti buyurtmachiligida 12-mart kuni 100 nafar talabaga ingliz tilini o‘rgatish xizmatini ko‘rsatish yuzasidan o‘tkazilgan 150 mln so‘mlik davlat xaridlarida qonunchilik talablariga zid ravishda affillangan shaxslar g‘oliblikni qo‘lga kiritganligi maʼlum bo‘ldi. - Urganch davlat universiteti buyurtmachiligida 6-mart kuni suzish fanida foydalanish uchun suzish havzasi xizmatini ko‘rsatish yuzasidan o‘tkazilgan 260,6 mln so‘mlik davlat xaridida manfaatlar to‘qnashuvi holatlarga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi.
Show more ...
9 742
28
​​O‘zbekiston – mobil internet hamyonbopligi reytingida Markaziy Osiyoda birinchi! Broadnabd Genie tomonidan tuzilgan Mobil ma’lumotlar hamyonbopligi indeksida 179 ta davlatlarda o‘rtacha oylik va kamida 10Gb internet ishlatish ushbu oylikni qancha qismiga to‘g‘ri kelishi tahlil qilingan. O‘zbekiston bu ko‘rsatkich bo‘yicha Markaziy Osiyo davlatlari orasida eng yaxshi va dunyoda 43-o‘rinda deb topilgan. Ushbu jadvalni 10Gb internetni ishlatish narhi (Mobile data cost) bo‘yicha tahlil qilinsa, bu ko‘rsatkichda O‘zbekiston dunyoda 5-o‘rinda eng arzon mobil internetga ega ekanligi ko‘rsatilgan. P.S. Bu reyting-ku mayli, muhimi, mobil internetdan faol foydalanuvchilar chindan ham narxlar yildan yilga arzonlashayotganini his qilishyapti, nazarimizda. Internet narxining arzonlashishi va tezlashishi ko‘p sohalar rivoji yo‘lida yaxshi turtki bo‘la oladi. Bardavom bo‘lsin.
Show more ...
image
9 557
12
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi makillab qolishibdi :)
9 866
73
Urganch shahrida Al-Xorazmiy universiteti quriladi Loyihaga ko‘ra, bu oliygohda matematika va tabiiy fanlar, informatika, muhandislik fakultetlari bo‘ladi, 4 ming talaba ta’lim oladi. Universitet qoshida iste’dodli bolalar uchun ixtisoslashgan maktab ham bo‘ladi. Shu tariqa, bu yerda o‘qish, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasi yo‘lga qo‘yilib, ta’lim klasteri
12 162
25
“Yunusobod tumani hokimi bildirgan takliflarni mutlaqo qo‘llab-quvvatlamaymiz” – Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yunusobod tumani hokimi Bahodir Abduvaliyev Kimyo-texnologiya litseyi 30 foiz quvvatda ishlayotganini, 70 foizi bo‘sh bo‘lgani sabab hududdagi 3 ta yer uchastkasini auksion orqali sotib, shu yo‘l bilan 22,5 mlrd so‘m (1 sotix uchun 65 ming dollar) jalb qilinishi kutilayotganini ma’lum qilgandi. Toshkent kimyo-texnologiya instituti raddiya bildirdi. 9-aprel kuni Toshkent shahar hokimi Shavkat Umrzoqovning Yunusobod tumaniga tashrifi chog‘ida tuman hokimi Bahodir Abduvaliyev hududda joylashgan Toshkent kimyo-texnologiya instituti qoshidagi akademik litsey negizida qaytadan maktab tashkil etishni taklif qilgandi. U 2007-yilda 960 o‘rinli maktab binosi akademik litseyga berilgani, ammo shunga qaramay, u atigi 30 foiz quvvat bilan ishlayotganini ta’kidlagandi. Hokim uchta bo‘sh yer uchastkasini “o‘lik va foydalanilmayotgan hovuz” deb atagandi. Toshkent kimyo-texnologiya instituti matbuot kotibi Egamnazar Abulboqiyevning ma’lum qilishicha, tuman hokimining bu akademik litseyga tashrif buyurgani haqida hech qanday ma’lumotlar mavjud emas, hozirda ta’lim muassasasining binosi to‘liq quvvatda ishlab kelmoqda. Ta’kidlanishicha, hokim Bahodir Abduvaliyev aytib o‘tgan litseyning “o‘lik va foydalanilmayotgan hovuz” hududida Toshkent kimyo-texnologiya instituti talabalari uchun yotoqxona qurish belgilangan. Bu tashabbus 2023-yilda Toshkent shahar hokimi huzurida muhokama qilingan va shahar hokimligi tomonidan qo‘llab-quvvatlangan.
Show more ...
10 659
8
Bu go‘zal joylar Shvetsariya yoki boshqa biror Yevropa davlati emas, balki o‘zimizning Oqtosh. Turizm uchun shu kabi joylarni ko‘proq ko‘rsataverish kerak. Yurtimizda shunday ko‘zni quvontiradigan maskanlar borligini xorijlik sayyohlar tugul o‘zimiz ham bilmaymiz, masalan.
8 046
60
9 352
12
Last updated: 11.07.23
Privacy Policy Telemetrio