Best analytics service

Add your telegram channel for

  • get advanced analytics
  • get more advertisers
  • find out the gender of subscriber
Category
Channel location and language

audience statistics Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

Ўзбекистон Республикаси Коррупцияга қарши курашиш агентлигининг Telegram'даги расмий саҳифаси. Савол, таклиф ва мурожаатлар учун:  @antikoruz_bot  
8 7140
~0
~0
0
Telegram general rating
Globally
60 682place
of 78 777
301place
of 430
In category
273place
of 313

Subscribers gender

Find out how many male and female subscibers you have on the channel.
?%
?%

Audience language

Find out the distribution of channel subscribers by language
Russian?%English?%Arabic?%
Subscribers count
ChartTable
D
W
M
Y
help

Data loading is in progress

User lifetime on the channel

Find out how long subscribers stay on the channel.
Up to a week?%Old Timers?%Up to a month?%
Subscribers gain
ChartTable
D
W
M
Y
help

Data loading is in progress

Hourly Audience Growth

    Data loading is in progress

    Time
    Growth
    Total
    Events
    Reposts
    Mentions
    Posts
    Since the beginning of the war, more than 2000 civilians have been killed by Russian missiles, according to official data. Help us protect Ukrainians from missiles - provide max military assisstance to Ukraine #Ukraine. #StandWithUkraine
    #Diqqat_tanlov ⚡️Quyidagi tashkilot va idoralarda korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalarining vakant lavozimlari uchun ochiq mustaqil tanlovlar eʼlon qilindi: ➖O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi: ➖Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi: 🗓Arizalar 2023-yil 4-iyun kuni soat 23:59 gacha qabul qilinadi. | |||
    Show more ...
    1 155
    18
    ▫️Madaniyat va turizm vazirligiga qonunchilik talablarini taʼminlash yuzasidan taqdimnoma kiritildi Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Madaniyat va turizm vaziri O.A.Nazarbekovning “Koba sanʼat majmuasi” MCHJning taʼsischi ekanligiga oid xabarlar keng muhokama qilinmoqda. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan mazkur holat yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi va natijasi bo‘yicha quyidagilar maʼlum qilinadi: O‘rganish mobaynida haqiqatdan ham O.Nazarbekovning 2016-yil 16-martda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan “Koba sanʼat majmuasi” MCHJda 100 foizlik ulush bilan taʼsischi ekanligi aniqlandi. Taʼkidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktyabrdagi qarori bilan tasdiqlangan “Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloqining namunaviy qoidalari”da davlat xizmatchilari ishdan tashqari vaqtda tadbirkorlik yoki haq to‘lanadigan boshqa faoliyat bilan (pedagogik, ilmiy va ijodiy faoliyatdan tashqari) shug‘ullanmasligi belgilangan. Shu va boshqa qonunchilik hujjatlariga asosan yuqoridagi holat bartaraf etilib, “Koba sanʼat majmuasi” MCHJ taʼsischisi o‘zgartirildi. Shuningdek, 30-may kuni Madaniyat va turizm vazirligiga kelgusida “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi Qonun va boshqa qonunosti hujjatlariga qatʼiy rioya qilinishini hamda vazirlik faoliyatida ochiqlik va shaffoflik, raqobat va xolislik hamda korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik prinsiplariga rioya qilinishini taʼminlash choralarini ko‘rish yuzasidan taqdimnoma kiritildi. ➡️ | |||
    Show more ...
    3 092
    43
    Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining haftalik dayjesti (🗓22—26-may kunlari) ✅O‘rganishlar:   📄Davlat xaridlari va boshqa sohalarda o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasi bo‘yicha vazirlik-idoralarga taqdimnomalar hamda Bosh prokuraturaga so‘rovnomalar yuborildi. ✅Davlat xaridlari sohasida: 🔸Qo‘shko‘pir tuman ixtisoslashtirilgan maktabi tomonidan o‘tkazilgan davlat xarididaaniqlandi. 🔸Shofirkon tuman sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi tomonidan  o‘tkazilgan 591,0 mln so‘mlik davlat xaridi . 🔸Toshkent viloyati ixtisoslashtirilgan somatika shifoxonasi buyurtmachiligida 2023-yil 23-may kuni o‘tkazilgan 500,0 mln so‘mlik davlat xaridini bekor qilish bo‘yicha . 🔸Olmazor tumani obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan 10,1 mlrd so‘mlik 2 ta tanlovda yaqin qarindoshlar o‘zaro “raqobatlashgan”ligi . ✅Korrupsiyaga qarshi ekspertiza: 🔎Agentlikka kelib tushgan 9 tа normativ-huquqiy hujjat loyihasi korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazildi, ularning 7 tasida 17 tа korrupsiyaviy omil aniqlandi. ✅Korrupsiyaviy xavf-xatarlar tahlili: 🔎Nodavlat oliy taʼlim muassasalarini tashkil etish faoliyatini litsenziyalash bilan bog‘liq korrupsiyaviy xavf-xatarlarni o‘rganish e'lon qilindi. ✅Komplaens-nazorat: 🔹“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJda korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasi faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi. ▫️22-may 🔹O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasi rahbari uchun ochiq tanlov o‘tkazildi. 🔹Qishloq xo‘jaligi tizimida korrupsiyaga sabab bo‘layotgan omillar o‘rganildi. ✅Xalqaro hamkorlik doirasida: 📌Agentlik vakillari "Xalqaro investitsiya loyihalarida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida hamkorlikni oshirish" mavzusiga bag‘ishlangan ishtirok etdi. ▫️22-26 may 📌Agentlik vakillari Budapesht huquqni muhofaza qilish xalqaro akademiyasining kiberjinoyatlarni aniqlash bo‘yicha ishtirok etdi. ▫️25-27-may 📌Agentlik direktori o‘rinbosari boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va halollik bo‘yicha global forumda (Fransiya) . ✅Murojaatlar bilan ishlash yo‘nalishida: 📥Agentlikka jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan 80 ta (shundan 67 tasi jismoniy shaxslardan, 13 tasi yuridik shaxslardan) murojaat kelib tushdi. 📞Agentlikning “Call-markazi” – 1253ga  jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan yo‘llangan 47 ta murojaatga huquqiy yo‘nalish va tushuntirishlar berildi. ✅Shuningdek, mazkur haftada: ▫️22-may 📌Davlat boshqaruvi akademiyasi tomonidan davlat organlari va tashkilotlari xodimlari uchun tashkil etilgan malaka oshirish kursida Agentlik mas'ul xodimi "Oʻzbekistonning korrupsiyani qabul qilish indeksidagi oʻrni" mavzusida ma'ruza o‘qidi. ▫️26-may 🏢Agentlik direktorining navbatdagi bo‘lib o‘tdi. | |||
    Show more ...
    1 570
    6
    ▫️Yoqilg‘i-energetika sohasidagi qonunchilik hujjatlarining huquqni qo‘llash amaliyoti bilan uyg‘unligi va ulardagi korrupsiyaviy omillar muntazam ravishda tahlil qilinib, sohani ”korrupsiyasiz soha”ga aylantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi. ✔️Batafsil ma'lumot mazkur infografikada. | |||
    1 933
    14
    ▫️Qonunbuzilishi holatlariga yo'l qo'yilganligi sababli davlat xaridi bekor qilindi O‘rganish jarayonida Shofirkon tuman sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi buyurtmachiligida 2023-yil 17-may kuni o‘tkazilgan 591,0 mln so‘mlik davlat xaridida sohaga oid qonunchilik talablariga amal qilinmaganligi aniqlandi. Xususan, ushbu xaridda ishtirok etgan 2 nafar tadbirkorning hujjatlari xarid komissiyasining kotibi foydalangan kompyuterning IP-manzili orqali elektron platformaga yuklangan. Mazkur holatlar bo‘yicha 2023-yil 18-may kuni xarid komissiyasining bayonnomasini bekor qilish to‘g‘risida buyurtmachiga taqdimnoma kiritildi hamda holat bo‘yicha xizmat tekshiruvi o‘tkazish uchun O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatiga so‘rovnoma kiritildi. Agentlikning taqdimnomasiga binoan 23-may kuni xarid komissiyasining bayonnomasi bekor qilindi. ➡️ | |||
    Show more ...
    2 311
    19
    ▫️KORRUPSIYAVIY XAVF-XATAR— shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda mavjud sabab va sharoitlarda korrupsiyaviy xatti-harakatlarni sodir etish ehtimoli. ✔️Maʼlumot o‘rnida: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi 240-son davlat tashkilotlari faoliyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni majburiy aniqlash va baholash belgilangan. Shunga ko‘ra, yaqinda Agentlik tomonidan 39 ta vazirlik va idoralarning faoliyatiga doir umumiy 1701 ta funksiyalarning korrupsiyaviy xavf-xatarlar darajasi : 🟥177 ta funksiyada “yuqori”; 🟨475 ta funksiyada “o‘rta”; 🟩1049 ta funksiyada “past”. | |||
    Show more ...
    3 034
    25
    ▫️Xorazmdagi ixtisoslashgan maktab tomonidan o‘tkazilgan davlat xaridida affillanganlik holati aniqlandi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan saytida eʼlon qilingan “Xorazmdagi ixtisoslashgan maktab qariyb 100 mln so‘mlik tenderni noqonuniy o‘tkazdi” sarlavhali da qayd etilgan holatlar o‘rganildi. Aniqlanishicha, tanlashda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan hamda zaxiradagi g‘olib deb topilgan jamiyatlarning taʼsischi va rahbarlari o‘zaro affillangan shaxslar bo‘lgan, biroq ular xarid komissiyasi tomonidan xarid qilish jarayonidan chetlatilmagan. ➡️ | |||
    Show more ...
    2 180
    12
    Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining haftalik dayjesti (🗓15—19-may kunlari) ✅O‘rganishlar:   📄Davlat xaridlari va boshqa sohalarda o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasi bo‘yicha vazirlik-idoralarga taqdimnomalar hamda Bosh prokuraturaga so‘rovnomalar yuborildi. 🔸O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tomonidan o‘tkazilgan 1 mlrd 416 mln so‘mlik bekor qilindi. Korrupsiyaga qarshi ekspertiza: 🔎Agentlikka kelib tushgan 2 tа normativ-huquqiy hujjat loyihasi korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazildi, ularda 2 tа korrupsiyaviy omil aniqlandi. ✅"Korrupsiyasiz soha" loyihasi doirasida: 🔎2022-yil va joriy yilning o‘tgan davrida korrupsiyaga qarshi kurashish hamda uning oldini olish bo‘yicha oliy taʼlim sohasida amalga oshirilgan ishlar natijalari . ✅Ochiqlikni taʼminlash bo‘yicha: ▫️17-may 📎 Davlat idoralari faoliyati ochiqligi bo‘yicha Markaziy Osiyo davlatlari o‘tkazildi. ✅Komplaens-nazorat: ▫️19-may 🔹Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida xizmatlar ko‘rsatish agentligida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimi yo‘lga qo‘yilganligining e'lon qilindi. ✅Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha hududiy kengashlar: ▫️17-may Buxoro viloyati korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashining navbatdagi tashkil etildi. ▫️18-may Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashlari uchun “Ijtimoiy fikr” markazi bilan hamkorlikda “Korrupsiyaga qarshi ijtimoiy so‘rovlarni tashkil etish va o‘tkazish bosqichlari hamda tartiblari to‘g‘risida” mavzusida seminar o‘tkazildi. ✅Xalqaro hamkorlik doirasida: ▫️18-may 📌Agentlik direktori o‘rinbosari “Tashkent law spring” forumida korrupsiyaga qarshi siyosat mavzusida maʼruza bilan ishtirok etdi. ▫️19-may 📌BMTning korrupsiyaga karshi kurashish bo‘yicha Global maslahatchisi A.Timilsina bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi. ▫️19-may 📌Hududlar, iqtisodiyot tarmoqlari va boshqa sohalar kesimida korrupsiyaning darajasini baholovchi Korrupsiyani qabul qilish milliy indeksini tuzishni tashkillashtirish maqsadida Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati vakillari (GIZ) bilan uchrashuv tashkil etildi. ✅ Seminar, uchrashuv va boshqa tadbirlar: ▫️19-may  📌 “Ipoteka”, “Milliybank” ATB xodimlari uchun  “Tijorat banklarida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat (komplaens) tuzilmalari faoliyatini samarali tashkil etishga doir milliy qonunchilik talablari va xalqaro standartlar” mavzusida seminar mashg‘uloti o‘tkazildi. ✅Murojaatlar bilan ishlash yo‘nalishida: 📥Agentlikka jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan 55 ta (shundan 50 tasi jismoniy shaxslardan, 5 tasi yuridik shaxslardan) murojaat kelib tushdi. 📞Agentlikning “Call-markazi” – 1253ga  jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan yo‘llangan 31 ta murojaatga huquqiy yo‘nalish va tushuntirishlar berildi. | |||
    Show more ...
    2 543
    5
    ▫️Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va BMT Taraqqiyot dasturi o‘rtasida amalga oshirilgan hamkorlik muhokama qilindi Joriy yilning 19-may kuni Korrupsiyaga qarish kurashish agentligi direktori o‘rinbosari BMT Taraqqiyot dasturining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Global maslahatchisi A.Timilsinani qabul qildi. ➡️ | |||
    2 092
    7
    ▫️Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida xizmatlar ko‘rsatish agentligida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimi yo‘lga qo‘yilganligi o‘rganildi ✅O‘rganish jarayonida quyidagilar maʼlum bo‘ldi: Agentlikda korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasini tashkil etish bo‘yicha institutsional masalalarni hal etish choralari yakuniga yetkazilmagan. Natijada Agentlik tomonidan qabul qilingan korrupsiyaga qarshi kurashishga oid hujjatlarning (10 ta idoraviy hujjatlar) masʼul ijrochilari noaniqligicha qolgan. O‘rganish natijalariga ko‘ra, korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini joriy etish bo‘yicha bir qator hujjatlar ishlab chiqilgan bo‘lishiga qaramay, ularni amalga oshirish mexanizmi yo‘lga qo‘yilmagan. Yuqorida qayd etilgan qonun buzilishi holatlarini, jumladan, korrupsiyani keltirib chiqaruvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish yuzasidan Qishloq xo‘jaligida xizmatlar ko‘rsatish agentligiga taqdimnoma kiritildi. ➡️ | |||
    Show more ...
    2 025
    9
    #fikr_mulohaza Bakit Kakeshov, Qirg‘iziston Respublikasi Tabiat resurslari, ekologiya va texnik nazorat vazirligi korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha maslahatchisi: Aytish joizki, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining axborot ochiqligini oshirishi orqali biz fuqarolarning davlat suverenitetiga ishonch darajasini oshiramiz, fuqarolik jamiyatini shakllantiramiz. Davlat boshqaruvining ochiqligi va shaffofligi fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi va oshkoraligiga davlat va jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning demokratik shakli sifatida, fuqarolar va jamiyatning davlat siyosatini shakllantirishda, uning ijro etilishini nazorat qilishda ishtirok etishining huquqiy imkoniyati sifatida qarash mumkin. | |||
    Show more ...
    2 192
    6
    #fikr_mulohaza Farhod Boqiyev, Oliy Majlis Senatining Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni taʼminlash qo‘mitasi raisi: Mamlakatimizda raqamli texnologiyalardan keng foydalanilgan holda , , , va boshqa onlayn platformalarda maʼlumotlar ochiq eʼlon qilib kelinmoqda. Bu orqali davlat idoralarining jamoatchilik oldidagi hisobdorligi yanada oshdi. Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 215-7-moddasida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik belgilandi. Barcha vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar tuzilmalari faoliyati to‘g‘risida jamoatchilikka hisobot berib borish tizimi joriy etildi. Ilk bor 86 ta davlat organlari va tashkilotlari tahlil etilgan holda “Ochiqlik indeksi” reytingi natijalari eʼlon qilindi. Forum bu boradagi ishlarimizni yanada rivojlantirishda ahamiyatli bo‘lishiga ishonaman. | |||
    Show more ...
    2 251
    16
    #fikr_mulohaza Tanzila Norboyeva, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi: So‘nggi yillarda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining siyosiy irodasi tufayli mintaqada o‘zaro ishonch, bir-birini tushunish hamda teng manfaatga asoslangan mustahkam hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. Bu nafaqat savdo-iqtisodiy, gumanitar yo‘nalishdagi aloqalarni rivojlantirish, balki mintaqadagi mavjud muammolarni birgalikda muhokama qilish, ularni bartaraf etish yo‘lida saʼy-harakatlarimizni samarali ishga solish imkoniyatini yaratmoqda. Shu maʼnoda, mazkur forum ham jamiyat va davlat hayotida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan masala — davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ochiqligini taʼminlash borasidagi tajribalarimizni o‘rganish, ulardan o‘z davlatlarimizda foydalanish hamda bu boradagi ishlarni yanada takomillashtirish maqsadida barcha uchun birdek muhim bo‘lgan tavsiyalarni qabul qilishimizda foydali maydon vazifasini o‘taydi, degan niyatdamiz. | |||
    Show more ...
    1 551
    6
    ▫️Forumning “Davlat idoralari faoliyati ochiqligining korrupsiyaga qarshi kurashishdagi roli” mavzusiga bag‘ishlangan birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur sessiyada Germaniya, Qozog‘iston va Qirg‘iziston davlatlaridan tashrif buyurgan xorijlik ekspertlar o‘z mamlakatlari tajribasi va xalqaro amaliyot misolida davlat organlari faoliyatida ochiqlikni taʼminlashning dolzarb ahamiyati yuzasidan maʼlumot berib o‘tmoqda. | |||

    file

    1 513
    4
    ▫️Buxoro shahrida “Davlat idoralari faoliyati ochiqligi bo‘yicha Markaziy Osiyo davlatlari forumi” o‘z ishini boshladi. Ilk marotaba o‘tkazilayotgan mazkur xalqaro anjuman Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda Konrad Adenauer jamg‘armasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida tashkil etildi. Unda Markaziy Osiyo davlatlarining masʼul davlat idoralari vakillari hamda xalqaro va nodavlat tashkilotlarning yetakchi ekspertlari ishtirok etmoqda. Forum mobaynida, shuningdek, Fransiya, Germaniya, Sloveniya hamda Argentina kabi davlatlardan xalqaro ekspertlar ham davlat organlari faoliyatida ochiqlikni taʼminlash sohasidagi o‘z tajriba va ilg‘or amaliyotlari bilan o‘rtoqlashadilar. Forumda dastlab O‘zbekistonda davlat rahbarining tashabbusi bilan davlat idoralari faoliyatining ochiqligini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning samarasiga bag‘ishlangan taqdimot xalqaro hamjamiyat eʼtiboriga havola etildi. | |||
    Show more ...
    1 639
    19
    Bugun Buxoro viloyati korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda viloyatda korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar holati, hududiy kengashning o‘tgan davrdagi faoliyati, 2022-yil bo‘yicha korrupsiyaga qarshi kurashish va ochiqlikni taʼminlash borasidagi reytinglardagi natijalari ko‘rib chiqildi. ➡️ | |||
    2 302
    15
    📢Tadbirkorlar diqqatiga! Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish jarayonida kredit ajratish bilan bog‘liq korrupsion holatga duch kelganmisiz❓ Sizningcha, banklarda qaysi jarayonlarda tadbirkor ko‘proq korrupsiyaviy munosabatlarga kirishishga majbur bo‘ladi❓ 📝Shu kabi savollar yuzasidan tadbirkorlarning banklardan kredit olishi bilan bog‘liq qiyinchilik va to‘siqlar, xususan, bu boradagi korrupsiya holatlarini o‘rganish maqsadida Savdo-sanoat palatasi va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamkorligida SO‘ROVNOMA o‘tkazilmoqda. 🤝Barcha tadbirkorlarni mazkur so‘rovnomada ishtirok etish orqali ushbu yo‘nalishdagi mavjud muammo va kamchiliklarni aniqlash, ularni bartaraf etish jarayoniga faol hissa qo‘shishga chaqiramiz. 👉So‘rovnomada orqali ishtirok etish mumkin. | |||
    Show more ...
    9 992
    16
    ⚡️2023-yil 17-may kuni ilk marotaba "Davlat idoralari faoliyati ochiqligi bo‘yicha Markaziy Osiyo davlatlari forumi" bo‘lib o‘tadi. 🤝Hamkorimiz: Konrad Adenauer jamg‘armasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi Ushbu nufuzli Forum Markaziy Osiyo davlatlarining masʼul davlat idoralari vakillari hamda xalqaro ekspertlarni: ✔️davlat idoralari faoliyatida ochiqlik mexanizmlarini kuchaytirish; ✔️sohadagi zamonaviy yutuq va tajribalar bilan o‘rtoqlashish; ✔️yangi va samarali takliflar ishlab chiqish maqsadida bir manzilda birlashtiradi. Forum doirasida: ✅“Open data” o‘quv platformasining namoyishi bo‘lib o‘tadi; ✅“Davlat idoralari faoliyati ochiqligi bo‘yicha Markaziy Osiyo davlatlari forumi” tavsiyalari qabul qilinadi. | |||
    Show more ...

    Анонс эълон ыилишга.mp4

    2 695
    17
    ▫️O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tomonidan o‘tkazilgan 1 mlrd 416 mln so‘mlik davlat xaridi bekor qilindi O‘zbekiston Badiiy akademiyasi buyurtmachiligida 2023-yil 8-may kuni “Alisher Navoiyning bronza haykalini yaratish va Qozog‘iston Respublikasining Ostona shahrida o‘rnatish xizmati” yuzasidan 1 mlrd 416,0 mln so‘mlik davlat xaridi o‘tkazilgan. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining o'rganishlariga ko'ra, ushbu davlat xaridini amalga oshirish jarayonida buyurtmachi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunning 10-moddasi (raqobat va xolislik prinsipi), 14-moddasi (manfaatlar to‘qnashuvi), 46-moddasi (davlat xaridlari jarayonidagi cheklovlar) talablariga amal qilinmagan va boshqa qonunbuzilishi holatlariga ham yo‘l qo‘yilgan. Xususan, xaridda ishtirok etgan 3 nafar talabgorning hujjatlari xarid komissiyasining raisi va to‘rt nafar aʼzolari foydalangan kompyuter (IP-manzillari bir xil) orqali elektron platformaga yuklangan. Mazkur holatlar bo‘yicha davlat xaridi o‘tkazilgan kunning o‘zida xarid komissiyasining bayonnomasini bekor qilish to‘g‘risida buyurtmachiga taqdimnoma kiritildi va qonuniy chora ko‘rish uchun to‘plangan hujjatlar Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentga yuborildi. Agentlik taqdimnomasiga binoan Akademiya tomonidan 11-may kuni xarid komissiyasining bayonnomasi bekor qilindi. | |||
    Show more ...
    1 973
    14
    Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining haftalik dayjesti (🗓8—12-may kunlari) ✅Hamkorlik: ▫️12-may 🤝 Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda Jamoat xavfsizligi universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi O‘rganishlar: 📄Davlat xaridlari va boshqa sohalarda o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasi bo‘yicha vazirlik-idoralarga taqdimnomalar hamda Bosh prokuraturaga so‘rovnomalar yuborildi. 🔸Namangan xalqaro aeroporti tomonidan o‘tkazilgan . 🔸O‘zbekiston Respublikasi Tovar-xom ashyo birjasiga tegishli “” maxsus elektron axborot portali orqali davlat buyurtmachilari tomonidan 2022-yilda amalga oshirilgan davlat xaridlari tahlil qilindi. ✅Korrupsiyaga qarshi ekspertiza: 🔎Agentlikka kelib tushgan 6 tа normativ-huquqiy hujjat loyihalari korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazildi, ularda 5 tа korrupsiyaviy omil aniqlandi. ✅Komplaens-nazorat: ▫️8-may 🔹“Ipoteka-bank” ATIBning korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasi faoliyatiga bag‘ishlangan videolavha eʼlon qilindi. 🔹Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida xizmatlar ko‘rsatish agentligida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimi yo‘lga qo‘yilganligi o‘rganildi. ✅Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash: ▫️12-may 🔹Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatidagi korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash natijalari . ✅O‘quv seminar va boshqa tadbirlar: ▫️11-may 📌 Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligida “Korrupsiyaga qarshi kurashishga doir davlat siyosati” mavzusida o‘quv seminar o‘tkazildi. ▫️12-may 📌 “Agrobank” ATB xodimlari uchun “Tijorat banklarda korrupsiyaga qarshi ichki nazorat (komplaens) tuzilmalari faoliyatini samarali tashkil etishga doir milliy qonunchilik talablari va xalqaro standartlar” mavzusida o‘quv seminar tashkil etildi. ▫️11-12 may 📌 Bosh prokuraturada “Murakkab korrupsion jinoyatlarni tergov qilishning zamonaviy tendensiyalari” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi. ✅Ochiqlikni taʼminlash bo‘yicha: ▫️11-12 may 📎 Davlat organlari va tashkilotlarida ochiqlikni taʼminlashga masʼul bo‘lgan xodimlar uchun tashkil etildi. ✅Xalqaro hamkorlik doirasida: ▫️10-may 🇺🇿🇫🇮Agentlik direktori va Xelsinki universiteti qoshidagi Qonun ustuvorligi markazi rahbariyatining o'zaro uchrashuvi tashkil etilib, istiqboldagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi. ✅Murojaatlar bilan ishlash yo‘nalishida: 📥Agentlikka jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan 46 ta (shundan 39 tasi jismoniy shaxslardan, 7 tasi yuridik shaxslardan) murojaat kelib tushdi. 📞Agentlikning “Call-markazi” – 1253ga jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan yo‘llangan 34 ta murojaatga huquqiy yo‘nalish va tushuntirishlar berildi, shundan 3 tasi ko‘rib chiqish uchun qabul qilindi. | |||
    Show more ...
    1 765
    5
    ▫️Advokatlik tuzilmalari tomonidan yuridik yordam ko‘rsatish sohasida davlat budjetidan ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi o‘rganildi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchilarga yuridik yordam ko‘rsatilganligi uchun davlat budjetidan ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi va ushbu yo‘nalishdagi korrupsiyaviy xavf-xatarlar tahlil qilindi. ✅Maʼlumotlarga ko‘ra, Toshkent shahri bo‘yicha 2019-2022 yillar davomida advokatlar tomonidan gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchilarga dastlabki tergov va sud tartibida ko‘rilgan jinoyat ishlari bo‘yicha ko‘rsatilgan yuridik yordam uchun budjet mablag‘lari hisobidan 240 ta advokatlik tuzilmalariga jami 42,9 mlrd so‘m pul mablag‘lari to‘lab berilgan. ✅Tahlillar birgina Toshkent shahrida davlat mablag‘lari hisobidan fuqarolarga yuridik yordam ko‘rsatish miqdori so‘nggi to‘rt yil davomida 7,9 mlrd so‘mga yoki 50,3 foizga ortganligini ko‘rsatdi (2019-yilda 8 mlrd so‘m, 2022-yilda 15,9 mlrd so‘m). Shuningdek, o‘rganish natijasida ayrim advokatlik tuzilmalari tomonidan yuridik yordam ko‘rsatish sohasida davlat budjeti mablag‘larini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilish holatlariga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi. ➡️ | |||
    Show more ...
    2 871
    23

    IMG_4926.MP4

    2 485
    56
    ▫️Namangan xalqaro aeroporti tomonidan o‘tkazilgan davlat xaridi bekor qilindi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan Namangan xalqaro aeroporti MCHJ buyurtmachiligida “Kompleks tozalash (obodonlashtirish) xizmatini ko‘rsatish” yuzasidan 2023-yil 2-may kuni o‘tkazilgan 1 mlrd 440,0 mln so‘mlik davlat xaridida qonunbuzilishlariga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunning 10-moddasi (raqobat va xolislik prinsipi), 14-moddasi (manfaatlar to‘qnashuvi), 46-moddasi (davlat xaridlari jarayonidagi cheklovlar) talablariga amal qilinmagan. Ushbu xaridda ishtirok etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan talabgorning hujjatlari xarid komissiyasining ikki nafar aʼzolari foydalangan kompyuter (IP-manzillari bir xil) orqali elektron platformaga yuklangan. Mazkur holatlar bo‘yicha davlat xaridi o‘tkazilgan kunning o‘zida xarid komissiyasining bayonnomasini bekor qilish to‘g‘risida buyurtmachiga taqdimnoma kiritildi va qonuniy chora ko‘rish uchun to‘plangan hujjatlar Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga yuborildi. Agentlik taqdimnomasiga binoan Namangan xalqaro aeroporti MCHJ tomonidan 3-may kuni xarid komissiyasining bayonnomasi bekor qilindi. | |||
    Show more ...
    2 663
    20
    ▫️Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va Jamoat xavfsizligi universiteti o‘rtasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari belgilandi Joriy yilning 12-may kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda Jamoat xavfsizligi universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. Memorandumning asosiy maqsadi: ➖korrupsiyaning oldini olish hamda unga qarshi kurashish sohasida ilmiy va amaliy tadqiqotlar olib borish; ➖korrupsiya holatining tizimli tahlilini hamkorlikda amalga oshirish; ➖bo‘lajak kadrlarni korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda tarbiyalash; ➖korrupsiyaga oid xavf-xatarlar yuqori bo‘lgan sohalar hamda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilishining sabab va shart-sharoitlarini birgalikda aniqlashdan iborat. Tadbir davomida memorandumda belgilangan vazifalar ijrosini to‘liq taʼminlash maqsadi chora-tadbirlar rejasi imzolandi. ➡️ | |||
    Show more ...
    1 792
    14
    ⚡️Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatidagi korrupsiyaviy xavf-xatarlar baholandi Joriy yil 10-aprel holatiga korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholashdan o‘tkazish yuzasidan “” elektron platformasiga yuborilgan maʼlumotlar asosida 39 ta vazirlik va idora uchun korrupsiyaviy xavf-xatarlar xaritalari to‘liq shakllantirildi. Mazkur vazirlik va idoralarning faoliyatiga doir umumiy 1701 ta funksiyalarning korrupsiyaviy xavf-xatarlar darajasi quyidagicha baholandi: 🟥177 ta funksiyada “yuqori”; 🟨475 ta funksiyada “o‘rta”; 🟩1049 ta funksiyada “past”. ▫️Baholash natijalari tahliliga ko'ra, ayrim davlat tashkilotlari tomonidan quyidagi holatlarga yo‘l qo‘yilgan: ➖ barcha funksiyalar to‘liq baholashdan o‘tkazilmagan; ➖ aksariyat funksiyalar asossiz past baholangan; ➖ tashkilot rahbariyati tomonidan mazkur amaliyotga yetarlicha eʼtibor qaratilmagan. 23 ta vazirlik va idoralar faoliyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholashdan o‘tkazish natijasi yuzasidan maʼlumotlar elektron platformaga kiritilmagan sababli ular uchun korrupsiyaviy xavf-xatarlar xaritalari shakllantirilmadi. 💬Keng jamoatchilik “”  platformasi orqali davlat organlarining baholashdan o‘tkazilgan funksiyalari va ularning korrupsiyaviy xavf-xatarlarga moyillik darajasi yuzasidan fikr-mulohaza va takliflarini onlayn rejimda yuborish imkoniga ega. ➡️ | |||
    Show more ...
    4 357
    45
    ▪️Davlat organlari va tashkilotlarida ochiqlikni taʼminlashga masʼul boʻlgan xodimlar uchun navbatdagi ikki kunlik seminar bo'lib o'tmoqda | |||

    Ochiqlik.mp4

    2 043
    11
    ▪️Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini 2023 va 2024-yillarda amalga oshirish bo‘yicha "yo‘l xaritasi"da quyidagilar nazarda tutilgan: 🔹taʼlim, sog‘liqni saqlash, qurilish, korrupsiyaga qarshi kurashish, inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish, energiya resurslaridan oqilona foydalanish, kambag‘allikni qisqartirish, ekologiya sohalarida jamoatchilik nazorati kuchaytiriladi; 🔹ommaviy axborot vositalarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida jurnalistik tekshiruvlar o‘tkazish bo'yicha salohiyati oshiriladi hamda mazkur faoliyat ijtimoiy buyurtmalar berish orqali qo‘llab-quvvatlanadi. ✔️Batafsil ma'lumot mazkur infografikada. | |||
    Show more ...
    2 583
    11
    Last updated: 11.07.23
    Privacy Policy Telemetrio