Best analytics service

Add your telegram channel for

  • get advanced analytics
  • get more advertisers
  • find out the gender of subscriber
Category
Channel location and language

audience statistics MAKTABuz | Rasmiy kanal

Reklama:  https://t.me/EduRek/16  Ta'lim sferasidagi eng oxirgi va eng dolzarb yangiliklarini aynan shu kanaldan topasiz! © Kanaldan to'liq yoki qisman ma'lumot olinganda manba ko'rsatilishi shart! 
Show more
103 7880
~0
~0
0
Telegram general rating
Globally
156place
of 78 777
of 2 295
In category
1place
of 546

Subscribers gender

Find out how many male and female subscibers you have on the channel.
?%
?%

Audience language

Find out the distribution of channel subscribers by language
Russian?%English?%Arabic?%
Subscribers count
ChartTable
D
W
M
Y
help

Data loading is in progress

User lifetime on the channel

Find out how long subscribers stay on the channel.
Up to a week?%Old Timers?%Up to a month?%
Subscribers gain
ChartTable
D
W
M
Y
help

Data loading is in progress

Since the beginning of the war, more than 2000 civilians have been killed by Russian missiles, according to official data. Help us protect Ukrainians from missiles - provide max military assisstance to Ukraine #Ukraine. #StandWithUkraine
Attestatsiya qanday o'tyapti? ▪️Eslatma: attestatsiya mayning ikkinchi o'n kunligida ham to'la davom etadi. ✅ @MAKTABuz | Rasmiy kanal👇

Toshkentda_malaka_test_sinovlari_qanday_o_tyapti_report_d8GW7SLdy6w.mp4

1 322
2
Attestatsiya yana qancha davom etadi? ➖Fizika, Kimyo fanlaridan — 30-aprel, 1-may kunlari (2 kun); ➖Biologiya, Geografiya, Iqtisodiy bilim asoslari fanlaridan — 2-3 may kunlari (2 kun); ➖Musiqa madaniyati, Tasviriy san’at va chizmachilik, Texnologiya (servis xizmati yo‘nalishi-qiz bolalar uchun), Texnologiya (texnologiya va dizayn yo’nalishi - o‘g‘il bolalar uchun) fanlaridan — 4-6 may kunlari (2 kun); ➖Rus tili (milliy maktablarda), Rus tili va adabiyoti (rus), Qoraqalpoq tili (Davlat tili) fanlaridan — 7-8 may kunlari (2 kun); ➖Fransuz tili, Hind tili, Ingliz tili, Koreys tili, Nemis tili, Qirg‘iz tili va adabiyoti, Qozoq tili va adabiyoti, Tojik tili va adabiyoti, Turkman tili va adabiyoti, Xitoy tili, Yapon tili fanlaridan — 10-13 may kunlari (3 kun); ➖Davlat va huquq asoslari, Tarbiya, Tarix fanlaridan — 14-15-may kunlari (2 kun); ➖Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik, Jismoniy tarbiya fanlaridan — 16-17-may kunlari (2 kun); ➖Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachisi, Maktabgacha ta’lim tashkiloti psixologi, Tarbiyachi-metodist, O‘qituvchi-defektolog, O‘qituvchi-logoped, Musiqa xodimi (Musiqa rahbari), Psixologlarga — 18-may kuni (1 kun); ➖Qoraqalpoq tili va adabiyoti fanidan — 20-21-may kunlari (2 kun). 📍Malaka toifa sinovlari o‘tkaziladigan joylar manzilini bu yerdan ko‘rish mumkin. ✅ | Rasmiy kanal👇
Show more ...
2 808
8

file

2 843
1
⚡️Maktab bitiruvchilari bog'chada ishlashi mumkin bo'ladi ▪️ Hukumat qaroriga ko'ra, 2024/2025-oʻquv yilidan boshlab Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri hamda har bir viloyatda bittadan maktablarda 10-11-sinf oʻquvchilarini pedagog kasbiga tizimli tayyorlash uchun pedagogik sinflar tajriba-sinov tariqasida tashkil etiladi. Ilgʻor xorijiy tajribalar asosida pedagogik sinflar uchun alohida oʻquv dasturi ishlab chiqiladi. Pedagogik sinflarni tamomlagan bitiruvchilarga shahodatnoma hamda Milliy malakalar ramkasining 2-darajasidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyachi yordamchisi kasbi boʻyicha ishlash huquqini beruvchi davlat namunasidagi sertifikat beriladi. @MAKTABuz | Rasmiy kanal👇
Show more ...
3 625
8
Bitiruv imtihoni uchun qaysi variant tushishi qanday aniqlanadi? ▪️ Yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkaziladigan fanlardan imtihon belgilangan kundan bir kun oldin qurʼa tashlash yoʻli bilan (yozma shaklda oʻtkaziladigan fanlar boʻyicha) shakllantirilgan variantlar orasidan 2 ta variant tanlab olinadi. ✅ @MAKTABuz | Rasmiy kanal👇
3 117
7
Maktab bitiruvchilari imtihon topshiradigan fanlar aniq bo'lgan Savollar ham oldindan berilgan. ➖ 9-sinfda imtihon olinadigan fanlar va savollari:11-sinfda imtihon olinadigan fanlar va savollari. @MAKTABuz | Rasmiy kanal👇
3 893
10
⚡️ Ko‘p darajali test sinovi gapirish ko‘nikmasini baholashning yangi formati ✅ Ma’lumki, Agentlik xodimlari xalqaro hamkorlar (British Council, Cambridge Assessment English, CITO International) bilan birgalikda ko‘p darajali (multilevel) test sinovini takomillashtirish yuzasidan tegishli ishlarni olib borishmoqda. ✍️ Chet tilini bilish darajasini baholash boshqarmasi tomonidan gapirish ko‘nikmasi uchun yangi format loyihasi ishlab chiqildi. ⌚️ Hozirda ushbu formatni Agentlik huzuridagi Ilmiy o‘quv-amaliy markaz bilan hamkorlikda approbatsiyadan o‘tkazish rejalashtirilgan. Ko‘p darajali test sinovi gapirish ko‘nikmasini baholashning yangi formati 2024-yil sentyabr oyidan boshlab amaliyotga joriy etiladi. 📱 Talabgorlar va barcha qiziquvchilar yangi format va namunaviy topshiriqlar (pdf) bilan tanishishlari mumkin. ✅ @MAKTABuz | Rasmiy kanal👇
Show more ...

Speaking yangi format.pdf

4 863
24
⚡️ Endi maktab bitiruvchilari o‘rgangan hunari bo‘yicha imtihon topshiradi Bunga oid qaror loyihasi ishlab chiqildi. Unga ko'ra, bitiruvchilar o‘rgangan kasb-hunari bo‘yicha amaliy imtihon topshiradi va ularga davlat namunasidagi elektron sertifikat . Kasb-hunar egallagan va va amaliy imtihondan o‘tgan bitiruvchilarga 2024-2025 o‘quv yilidan boshlab, umumiy o‘rta ta’lim muassasalari hamda «Ishga marhamat» monomarkazlari tomonidan imzolanadigan, ularga ishlash huquqini beruvchi elektron shaklda sertifikat beriladi. @MAKTABuz | Rasmiy kanal👇
Show more ...
4 954
11
⚡️2-sinfda “Informatika va axborot texnologiyalari” hamda 5-sinfda “Tabiiy fan (Science)” fani joriy etiladi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining buyrug‘i (26.03.2024 94-son) bilan umumiy oʻrta taʼlim maktablari uchun 2024-2025-oʻquv yiliga moʻljallangan tayanch o'quv reja tasdiqlandi. Unga ko‘ra, 2024-2025-oʻquv yilidan boshlab, umumiy oʻrta ta’lim muassasalarining 2-sinfida “Informatika va axborot texnologiyalari” fani hamda 5-sinfida “Tabiiy fan (Science)” fani joriy etiladi. Mazkur fanlardan dars beradigan “Biologiya”, “Geografiya” fani oʻqituvchilari uchun qisqa muddatli oʻquv kurslari tashkil etiladi. Boshlanadigan oʻquv yilida dars taqsimoti shu oʻquv-reja asosida amalga oshiriladi. @MAKTABuz | Rasmiy kanal👇
Show more ...

94-сонли 2024-2025 таянч режа.pdf

4 751
9
⚡️Litsey, texnikumda ishlovchi kimlar attestatsiyaga borishi majburiy emas? ✔️ Akademik litsey va professional taʼlim muassasalarida faoliyat yuritayotgan quyidagi padagog kadrlar navbatdagi majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydi: 🔹fan nomzodi, falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) yoki fan doktori (Doctor of Science (DSc) darajasiga hamda Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan berilgan katta ilmiy xodim, dotsent va professor ilmiy unvoniga ega bo‘lgan pedagog kadrlar; 🔸oliy malaka toifa (bosh o‘qituvchi lavozimi)ga ega bo‘lganidan so‘ng oliy malaka toifani 15 yil davomida saqlab kelgan va uzluksiz ish stajiga ega bo‘lgan pedagog kadrlar; 🔹pedagogik faoliyat bo‘yicha 25 yil va undan ko‘p ish stajiga ega bo‘lgan pedagog xodimlar; 🔸yoshga doir pensiyaga chiqishi uchun 5 yildan ko‘p bo‘lmagan vaqt qolgan pedagog xodimlar; 🔹pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanayotgan pensiya yoshiga to‘lgan pedagog kadrlar; 🔸pedagogik faoliyat bo‘yicha uch yildan kam bo‘lgan ish stajiga ega pedagog kadrlar; 🔹homilador ayollar, ular homilador bo‘lgan davrda hamda ishga chiqqanidan keyin bir yil davomida; 🔸homiladorlik va tug‘ish hamda bolani parvarish qilish ta’tillarida bo‘lgan ayollar, ular ta’tilda bo‘lgan davrda hamda ishga chiqqanidan keyin bir yil davomida; 🔹pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanayotgan uch yoshgacha bolalari bor ayollar; 🔸uzoq (uch oydan ortiq vaqt mobaynida) davolanishni o‘tayotgan pedagog kadrlar, ular davolanayotgan davrda hamda ishga chiqqanidan keyin olti oy davomida; 🔹mazkur Nizomning 8 va 9-bandlarida ko‘rsatilgan pedagog kadrlar, ularga malaka toifasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri berilgan yoki bir pog‘ona oshirilgan vaqtdan boshlab keyingi besh yil davomida; 🔸respublika va chet el davlatlariga o‘qishga, qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslariga yuborilgan pedagog kadrlar; 🔹ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlar asosida raqobatlasha olmaydigan shaxslar uchun eng kam miqdordagi ish o‘rinlariga zaxiraga olib ishga joylashtirilgan pedagog kadrlar, bu ish joylariga qabul qilingan kundan boshlab uch yil davomida. @MAKTABuz | Rasmiy kanal👇
Show more ...
image
4 221
3
⚡️ Rasman: huquqshunoslik fanidan ham milliy sertifikat olish mumkin bo'ladi ▪️ Bu haqida Bilimlarni baholash agentligi ma'lum qildi. ⚖️ Agentlik tomonidan huquqshunoslik fanlaridan ham milliy sertifikat imtihonlarini tashkil etish ustida ish olib borilayotgan bo‘lib, joriy yilning 3-may kuni aprobatsiya test sinovlarini o‘tkazish rejalashtirilgan. 📱 Bunda huquqshunoslik fanlariga tayyorgarlik ko‘rayotgan va huquqshunoslik fanlaridan aprobatsiya test sinovlarida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar https://my.uzbmb.uz/service/98 havolasi orqali aprobatsiyada ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. 📍 Huquqshunoslik fanlaridan aprobatsiya test sinovlari Toshkent (200 nafar), Buxoro (600 nafar), Namangan (600 nafar) va Urganch (600 nafar) shaharlarida tashkil etiladi. 📆 Aprobatsiya sinovlarida ishtirok etish bepul bo‘lib, talabgorlarni ro‘yxatga olish 28-aprelgacha davom etadi. 🖥 Aprobatsiyada ishtirok etuvchilar soni cheklangan bo‘lib, ma’lum bir hududda o‘rinlar soni to‘lganda, ro‘yxatga olish muddatidan oldin yakunlanishi mumkin. @MAKTABuz | Rasmiy kanal👇
Show more ...
4 370
8
⚡️ Matematika va rus tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi 📆 2024-yil 28-aprel (yakshanba) kuni bo‘lib o‘tadigan matematika va rus tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi. 📱 Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani saytining bo‘limidan olishlari mumkin. 📌 Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi. ✅ Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida 07:30 dan boshlab (test sinovi 09:00 da) kiritiladi. ❕ Test sinoviga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi. @MAKTABuz | Rasmiy kanal👇
Show more ...
4 683
9
⚡️Attestatsiyaga jalb etilmaydigan o'qtuvchilar soni ko'paydi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshirigʻi bilan: Umumtaʼlim muassasalarida “Tabiiy fan (science)“, “Tarbiya” va “Informatika va axborot texnologiyalari” fanlarini boshlangʻich sinflarda “Boshlangʻich taʼlim” oʻqituvchilari, “Tabiiy fan (science)ni 5-6-sinflarda esa “Geografiya”, “Biologiya” va “Fizika” oʻqituvchilari, 5-11-sinflarda “Tarbiya” fanini, Tarix, Milliy istiqlol gʻoyasi va huquq mutaxassisligiga ega fan oʻqituvchilari dars oʻtishlariga: “Tabiiy fan (science)“ va “Tarbiya” fanidan dars berayotgan boshlangʻich taʼlim, shuningdek, fizika, geografiya, biologiya, tarix, davlat va huquq asoslari fanidan amaldagi malaka toifalariga mos ravishda haq toʻlanishiga rozilik berildi. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-son qarori bilan belgilangan, oliy malaka toifa (bosh oʻqituvchi lavozimi)ga ega boʻlganidan soʻng oliy malaka toifani 15-yil davomida saqlab kelgan va uzluksiz ish stajiga ega boʻlgan pedagog kadrlar navbatdagi majburiy attestatsiyaga jalb etilmaslik tartibi 2022-yil 2-avgustga qadar 15 yillik uzluksiz ish stajiga hamda oliy malaka toifaga ega (bunda oliy toifaga ega boʻlganlik davri muhim emas) boʼlgan pedagoglarga nisbatan tatbiq etilmaydi. Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirishni samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 19-maydagi 312-son qarorining 9-bandida keltirilgan talablar ikkinchi xorijiy til pedagoglarga nisbatan tatbiq etilmasligi belgilandi. @MAKTABuz | Rasmiy kanal👇
Show more ...
5 188
12
⚠️Abituriyentlar diqqatiga! 🏫 Qo‘qon universitetida 2024/2025 o‘quv yili uchun kunduzgi va masofaviy ta'lim shakli yo‘nalishlariga qabul boshlandi! 💠Qoʻqon universitetining ta'lim va ta'lim shaklida mavjud yoʻnalishlar. ⚠️Ro‘yxatdan o‘tish uchun kerakli 😄Xorijiy til sertifikati borlar uchun 🗓Hujjatlar Qo‘qon universiteti Axborot-kutubxona markazi binosida offlayn va platformasi orqali onlayn qabul qilinadi. 👨🏻‍💻 Axborot-maslahat markazi (call center) 🔽 📞998735454444; 📞998735455555. Qo‘qon shahri, Turkiston ko‘chasi, 28-a uy, Axborot-kutubxona markazi binosi.
Show more ...
12 395
23
⚡️"Qing'ir yo'llardan foydalanmang!" — Maktab vazirligi attestatsiyada qatnashayotganlarga murojaat qildi ▪️ Vaziyatga noxolis yondashgan holda, test sinovlarini turli qingʻir yoʻllar bilan bajarishga harakat qilayotgan nomzodlar ham afsuski, uchrab turibdi. Bu kabi ustozlarimiz test oʻtkazilayotgan binoga har xil qoʻshimcha buyumlar (telefon, ovoz yoki tasvir yozish uskunasi, matn)larni olib kirishga urinishmoqda. ➖ Bunday yoʻl tutayotgan pedagoglar nazoratchilar tomonidan aniqlanib, oʻrnatilgan tartibda test sinovlaridan chetlashtirilmoqda. Joriy yilning 19-apreliga qadar 18 nafar bu kabi ishtirokchi pedagoglar sinovlardan chetlashtirildi va ularga nisbatan tegishli dalolatnomalar rasmiylashtirildi. ❗️Hurmatli pedagoglar! ✔️ Test sinovlarining barcha jarayonlari: binoga kirish, belgilangan joyga oʻtirish, roʻyxatdan oʻtish, topshiriqlarni bajarish va hatto qaysi tomonga qarayotganingiz ham kuzatuv kameralari orqali sinchkov kuzatuvchilarimiz tomonidan nazorat qilinmoqda. ❗️ Shunday ekan, faqat va faqat oʻz bilimingizga tayangan holda, test sinovlarida ishtirok etishingizni soʻraymiz. Pedagog imidjiga xos boʻlmagan turli harakatlardan uzoq boʻling. — Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi @MAKTABuz | Rasmiy kanal👇
Show more ...
5 085
4
⚡️ Texnikumlarda o‘qiydiganlarning chet tili o‘rganish puli to‘lab beriladi ▪️Hukumatning yangi qaroriga ko‘ra, chet tili o‘rganishni xohlovchi professional ta’lim muassasa o‘quvchilariga yengilliklar berilyapti. 📄 Unga ko‘ra, professional ta’lim muassasalariga jalb etilgan ta’lim oluvchilar chet tilini mustaqil ravishda o‘rganib, xalqaro yoki unga tenglashtirilgan sertifikatni taqdim etgan taqdirda, ta’lim oluvchi tomonidan chet tilini o‘qish uchun sarflangan xarajatlarning 50 foizi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravaridan oshmagan qismi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi. BHMning 10 baravari 3,4 mln so‘mga teng. ✅ @MAKTABuz | Rasmiy kanal👇
Show more ...
4 438
6
⚡️ 2024-2025 oʻquv yilida boshqa hududlardan pedagoglar jalb etiladigan taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablar roʻyxati tasdiqlandi Maktabgacha va maktab ta‘limi vazirining 2024-yil 26-martdagi 95-son buyrug‘i bilan 2024-2025-oʻquv yili uchun taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablar Ushbu ro‘yxatdan jami 545 ta maktab o‘rin olgan bo‘lib, ularda dars berish uchun boshqa hududlardan jalb qilingan oliy va birinchi toifaga ega oʻqituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga 100 foiz (bir maʼmuriy birlik doirasida 50 foiz) maxsus ustamalar belgilanadi. ✅ Boshqa hududlardan jalb qilingan o‘qituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga maxsus ustamalar ular borgan maktab ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablar ro‘yxatidan chiqarilgan yildan keyingi yil uchun ham to‘lanadi. @MAKTABuz | Rasmiy kanal👇
Show more ...

Ta'lim sifati past maktablar buyrug'i 2024.pdf

10 441
216
Xalqaro iqtisod va Xalqaro geografiya olimpiadalarida ishtirok etadigan O‘zbekiston terma jamoasiga nomzodlarni saralashning yakuniy bosqichi yo‘riqnomasi ✅ @MAKTABuz | Rasmiy kanal👇
4 942
1
⚡️ Texnik nosozlik sabab attestatsiyada testni yakunlay olmaganlar uchun test qayta qilinadi "16-aprel kuni ayrim hududlardagi texnik nosozliklar tufayli attestatsiya sinovlar jarayonida uzilishlar kuzatilgan. Shuning uchun, 16-aprel kuni test topshiriqlarini toʻliq bajarishgan ulgurmagan pedagoglar roziligi bilan 2024-yilning 22-may kuni informatika va axborot texnologiyalari fanidan qayta attestatsiya o'tkaziladi. Bu haqida kuni kecha test ishtirokchilariga ham zarur tushuntirishlar berildi." ✅ @MAKTABuz | Rasmiy kanal👇
Show more ...

IMG_9168.MP4

4 627
2
Attestatsiyaga so'rovnoma olib borish kerakmi? Savolim shundan iboratki, attestatsiya kuni pasport va so‘rovnoma olib kelinsin deyilibdi. So‘rovnoma deganda nima nazarda tutilgan? Uni qayerdan olish mumkin?Javob: 💻 So‘rovnomani shaxsiy kabinetdan "Murojaat haqidagi ilova fayli" tugmachasini bosish orqali yuklab olish mumkin! 📌 So‘rovnoma shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan elektron yoki bosma ravishda taqdim etilganda, attestatsiya jarayoniga kirish uchun ruxsat beriladi. ✅ @MAKTABuz | Rasmiy kanal👇
Show more ...
3 678
3
⚡️ Attestatsiyada qancha o'qituvchi testdan chiqarib yuborildi? Maktab vazirligi birinchi kun qanday o'tgani haqida bayonot berdi. Bayonotda test sifatidan norozilar qanday qilib bu haqida shikoyat qilishi mumkinligi haqida ma'lumot berilgan. ✅ @MAKTABuz | Rasmiy kanal👇

15.04.2024Ucun Video Bayonot 1.mp4

2 797
3
⚡️ Attestatsiyani onlayn kuzatadigan sayt ishga tushirildi ✅ Pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish jarayonlarini shaffof tashkil etish maqsadida test sinovlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri efir (real vaqt rejimida) orqali kuzatib borish imkoniyati yaratildi. 🎞 @MAKTABuz | Rasmiy kanal👇
3 927
9
Eng birinchi qaysi fan o'qituvchilari attestatsiyadan o'tadi? ▪️ Dastlabki imtihonlar bo'ladigan sanalar: ➖Informatika va axborot texnologiyalari fanidan — 15-16 aprel kunlari (2 ); ➖Boshlang‘ich ta’lim fanidan — 17-22 aprel kunlari (5 kun). ✅ @MAKTABuz | Rasmiy kanal👇
3 016
6
Maktab o'qituvchilarining attestatsiyasi boshlandi ✅ @MAKTABuz | Rasmiy kanal👇

IMG_7505.MOV

2 819
2
⚡️Ertadan attestatsiya boshlanadi, vazirlik murojaat bilan chiqdi Ertaga, 15-apreldan maktab o'qituvchilarining attestatsiyasi start oladi. Maktab vaziri Hilola Umarova o'qituvchilarga murojaat : "O‘ylaymanki, malaka sinovlarining adolatli va shaffof o‘tkazilishida har biringiz shaxsiy namuna ko‘rsatasiz. Siz, albatta, bilim va kasbiy tajribangiz bilan ushbu malaka sinovlaridan yorug‘ yuz bilan o‘ta olasiz. Men bunga ishonaman" Vazir shuningdek, attestatsiyada kimningdir yordamiga sihonib qolmaslikdan ogohlantirgan. ✅ @MAKTABuz | Rasmiy kanal👇
Show more ...
4 386
5
❗️ Yakshanba kunlari toifa testlari o‘tkazilmaydi Matematika fani o‘qituvchilarida 28-aprel yakshanba kuni milliy Sertifikatlar uchun o‘tkaziladigan sinovlarda qatnashish imkoniyati mavjud. ✅ @MAKTABuz | Rasmiy kanal👇
2 183
0
⚡️ Hayitda 3 kun dam olinadi Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Ramazon hayiti 10-aprel, chorshanba kuniga toʻgʻri kelishi kutilayotganini maʼlum qildi. Ramazon Hayitida ketma-ket 3 kun dam olish kuni bo‘ladi: 🔴 10-aprel, chorshanba — Ramazon Hayiti kuni; 🔴 11-aprel, payshanba — barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni; 🔴 12-aprel, juma — 6 kunliklarga qo‘shimcha dam olish kuni, 5 kunliklarga 13-aprel, shanbadan ko‘chirilgan dam olish kuni; 🟢 13-aprel, shanba — barcha uchun ISH KUNI; 🔴 14-aprel, yakshanba — barcha uchun dam olish kuni. ✅ @MAKTABuz | Rasmiy kanal👇
Show more ...
3 300
8
O‘qituvchilar uchun malaka toifa sinovlari o‘tkaziladigan sanalar belgilandi Unga ko‘ra, sinovlar quyidagi sanalarda o‘tkaziladi: ➖Informatika va axborot texnologiyalari fanidan — 15-16 aprel kunlari (2 kun); ➖Boshlang‘ich ta’lim fanidan — 17-22 aprel kunlari (5 kun); ➖O‘zbek tili (Davlat tili), Ona tili va adabiyot fanlaridan — 23-25-aprel kunlari (3 kun); ➖Matematika fanidan — 26-29-aprel kunlari (3 kun); ➖Fizika, Kimyo fanlaridan — 30-aprel, 1-may kunlari (2 kun); ➖Biologiya, Geografiya, Iqtisodiy bilim asoslari fanlaridan — 2-3 may kunlari (2 kun); ➖Musiqa madaniyati, Tasviriy san’at va chizmachilik, Texnologiya (servis xizmati yo‘nalishi-qiz bolalar uchun), Texnologiya (texnologiya va dizayn yo’nalishi - o‘g‘il bolalar uchun) fanlaridan — 4-6 may kunlari (2 kun); ➖Rus tili (milliy maktablarda), Rus tili va adabiyoti (rus), Qoraqalpoq tili (Davlat tili) fanlaridan — 7-8 may kunlari (2 kun); ➖Fransuz tili, Hind tili, Ingliz tili, Koreys tili, Nemis tili, Qirg‘iz tili va adabiyoti, Qozoq tili va adabiyoti, Tojik tili va adabiyoti, Turkman tili va adabiyoti, Xitoy tili, Yapon tili fanlaridan — 10-13 may kunlari (3 kun); ➖Davlat va huquq asoslari, Tarbiya, Tarix fanlaridan — 14-15-may kunlari (2 kun); ➖Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik, Jismoniy tarbiya fanlaridan — 16-17-may kunlari (2 kun); ➖Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachisi, Maktabgacha ta’lim tashkiloti psixologi, Tarbiyachi-metodist, O‘qituvchi-defektolog, O‘qituvchi-logoped, Musiqa xodimi (Musiqa rahbari), Psixologlarga — 18-may kuni (1 kun); ➖Qoraqalpoq tili va adabiyoti fanidan — 20-21-may kunlari (2 kun). 📍Malaka toifa sinovlari o‘tkaziladigan joylar manzilini bu yerdan mumkin. ✅ @MAKTABuz | Rasmiy kanal👇
Show more ...
2 835
8
⚡️ IELTS Marafonining 1-speakeri bilan tanishing! — Xabaringiz bor, O'zbekistonda ilk bor katta masshtabda Onlayn IELTS Marafoni tashkil etilmoqda. Ushbu marafonda kuchli IELTS instruktorlari tomonidan 10-26-aprel kunlari BEPUL darslar tashkil etiladi 🚀 IELTS marfonining 1-spikeri Mr. Javokhir bilan tanishing: IELTS 9.0 sohibi 🏆 ➖ Teaching sohasida 8+ yillik kuchli 🔥 tajribaga ega ➖ Koreya va AQSh davlatlarining TOP universitetlarida tahsil olgan ➖ Ko'plab shogirdlari IELTS'dan 7.0-8.0 ball to'plagan ➖ Registon o'quv markazi'ning kuchli ustozlaridan biri hisoblanadi. 🔥 IELTS marafoni davomida videoda keltirilgan Writing task 2 da fikrni qanday ifoda qilish, qanday idea qilish kabi muammolarning barchasiga shaxsan Mr.Javokhir tomonidan yechim olasiz. 🚀 Bundan tashqari Marafon orqali SIZ Buyuk Britaniya, Amerika, Yaponiya, Koreya davlatlarida tahsil olib kelgan hamda xalqaro IELTS darajasi 9.0 ball'gacha bo'lgan kuchli expertlardan bepul darslar olishingiz mumkin. 👉 Batafsil ma'lumot 🔥 Marafon orqali IELTS bo'yicha bepul bilimlarga ega bo'ling! Marafonda sizni kutamiz! 👨🏻‍💻 Ro'yxatdan o'tish: 👉 @Marafon_IELTS_Bot 👉 @Marafon_IELTS_Bot
Show more ...

IMG_7920.MOV

99
0
Maktablarda qancha oliy toifali o‘qituvchi ishlaydi? ▪️ Statistikaga ko‘ra, respublikadagi jami o‘qituvchilar soni 650 ming 288 nafar. 🎓 Ularning atigi 8,8 foizi — oliy ma’lumotli pedagoglar. 104 ming o‘qituvchida birinchi toifa bor. 133 ming o‘qituvchida esa ikkinchi toifa. Yana 215 ming o‘qituvchi mutaxassis . ✔️ 138 ming o‘qituvchi esa o‘rta ma’lumotlilar hisoblanadi. ✅ @MAKTABuz | Rasmiy kanal👇
2 551
5
Last updated: 11.07.23
Privacy Policy Telemetrio