#foydali
#IT
💥Business Intelligence kurslarida GRANT evaziga oʻqib, kafolatlangan ish joyiga ega boʻling!
IT Park va
“MAAB Innovation” BI boʻyicha kurslarni yoʻlga qoʻymoqda. Dastur davomida
Data Analytics va
Data Engineering (maʼlumotlar tahlili va muhandisligi) boʻyicha taʼlim beriladi.
Muvaffaqiyatli nomzodlar kurs narxining
70 foizigacha boʻlgan miqdorda grantlarni qoʻlga kiritishi mumkin.
🔰
Dasturning oʻziga xos jihatlari:
— Har bir muvaffaqiyatli bitiruvchi
100 foiz kafolatlangan ish oʻrniga ega boʻladi;
— Dasturni tamomlagach, Oʻzbekistondan turib
xorijiy kompaniyalarda masofaviy ishlash mumkin;
— Taʼlim jarayoniga maʼlumotlar va bulutli texnologiyalar sohasidagi
yetakchi ekspertlar jalb qilinadi, bu esa yuqori darajadagi tayyorgarlikni taʼminlaydi.
❗️Maʼlumot uchun, bugungi kunda dunyoda
2 milliondan ortiq BI mutaxassisiga ehtiyoj mavjud. 2026-yilga borib esa bu koʻrsatkich
12 millionga yetishi kutilmoqda.
“MAAB Innovation” kompaniyasi aynan shu soha boʻyicha Oʻzbekiston va AQSHda
700 dan ziyod malakali mutaxassislarni oʻqitib, ularning
99 foizini ishga joylashtirgan. Ayni paytda dasturni tamomlaganlar
“Microsoft”, “Google”, “Amazon”, “Meta”, “EPAM”, “Exadel”, “Vention” kabi yirik kompaniyalarda faoliyat yuritmoqda.
Dastur uchun arizalar 31-avgustga qadar qabul qilinadi. Dastur sentyabr oyida boshlanib, 9 oy davom etadi.
📋
Roʻyxatdan oʻtish:
Batafsil maʼlumot uchun: TelegramShow more ...