Aslida biz juda chiroyli gul ochar edik. Ammo biz noto‘g‘ri (sho‘r) tuproqqa ko‘mildik.
(Yaqinda qayerdandir shu so‘zlarni o‘qib qolgandim.)
Tasavvur qiling: satrlangan, besh mahal namozini kanda qilmaydigan, ro‘zador, ilm talabidagi muslima. Uni uzatishdi. Kimga? – Bir benamozga.
Xo‘sh, keyinchi? Sizningcha soliha kelin erining hidoyatiga sababchi bo‘ldimi? Er tahajjudlarda qoim bo‘ladigan obidga aylanib ketdimi? Ilm talabiga shaylandimi? Xuddi, to‘ydan avval sodda qizga "Nima qilibdi, birovni hidoyatiga sabab bo‘lsang savob olasan-ku! Alloh hidoyatlasa, sekin-sekin hidoyatlanib ketadi..." deganlaridek er hidoyatlanib qoldimikin?
Ishoning, bunaqa holat kamdan-kam uchraydi. Aksar hollarda fosiq er hamda xonadon ahli kelinni o‘z yo‘riqlariga solib olishadi, himmatini so‘ndirishadi. Qarabsizki, xuddi o‘zlari kabi shaxs tappa tayyor!
(Alloh rahim qilganlar mustasno)
Butun boshli benamozlar xonadoni ahliga, johilona urf-odatlarga qarshi turish juda katta iymonni, sabr-matonatni talab qiladi. Sobit turish hammaning ham qo‘lidan kelavermaydi! Alloh sobit qilganlargina sobit tura olishadi!
Qalb sirlarim
Show more ...