BANK XODIMLARI BILAN O'QUV MASHG'ULOTI
O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tegishli ko'rsatmasiga asosan viloyat IIB EKM tomonidan “Hamkorbank” ATB xodimlari bilan o'quv mashg'uloti tashkil etildi. O'quv mashg'ulotida Qalbaki pul kupyuralari, chet-el valyutalari, qalbaki hujjatlar, qimmatbaho qog'ozlar mavzusida tushunchalar berildi. Mashg'ulotning amaliy qismida qalbaki pul kupyuralari, chet-el valyutalari, qalbaki hujjatlar, qimmatbaho qog'ozlardan namunalar namoyishi, ulardagi maxsus himoya belgilari tabiiy yorug'likda, ultrabinafsha nurlar yordamida aks etuvchi belgilar maxsus lampa yordamida ko'rsatildi.
Jarayonda viloyat IIIB EKM xodimlari tomonidan hozirgi kunda o'tkazilayotgan ekspertiza turlari, ekspertiza o'tkazish uchun asoslar, ekspertizaga taqdim etiladigan obyektlar haqida so'z yuritildi. Shuningdek, mutaxassislarning bu boradagi bilimlarini oshirish maqsadida bank xodimlarini qiziqtirgan savollarga to'liq javoblar berildi.
Sh.FOZILOV,
podpolkovnik.
Buxoro viloyati.
Show more ...