Best analytics service

Add your telegram channel for

  • get advanced analytics
  • get more advertisers
  • find out the gender of subscriber
Category
Channel location and language

audience statistics Zarvaraq

📚 Tarixning oltin sahifalaridan so'zlaymiz.) 
5 3430
~0
~0
0
Telegram general rating
Globally
67 792place
of 78 777
350place
of 430
In category
816place
of 857

Subscribers gender

Find out how many male and female subscibers you have on the channel.
?%
?%

Audience language

Find out the distribution of channel subscribers by language
Russian?%English?%Arabic?%
Subscribers count
ChartTable
D
W
M
Y
help

Data loading is in progress

User lifetime on the channel

Find out how long subscribers stay on the channel.
Up to a week?%Old Timers?%Up to a month?%
Subscribers gain
ChartTable
D
W
M
Y
help

Data loading is in progress

Hourly Audience Growth

    Data loading is in progress

    Time
    Growth
    Total
    Events
    Reposts
    Mentions
    Posts
    Since the beginning of the war, more than 2000 civilians have been killed by Russian missiles, according to official data. Help us protect Ukrainians from missiles - provide max military assisstance to Ukraine #Ukraine. #StandWithUkraine

    Hajjatul vado‘da Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan birga nechta sahoba qatnashgan?

    100 ming
    100 mingdan kam
    100 mingdan ko‘p
    endi bilib olaman
    0
    Anonymous voting
    1 325
    2
    #Bilasizmi ✅ Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Masjidi nabaviy va uning yonidagi hujralari qurib bitkazilgunicha Abu Ayyub Ansoriy roziyallohu anhuning uyida taxminan yetti-sakkiz oy istiqomat qilganlar. Masjidlari va uning yonidagi hujralari bitganidan keyin oʻsha yoqqa koʻchib oʻtganlar. 📌 — tarixning oltin sahifalari
    1 329
    5
    #Bilasizmi #Bagdod 📚 Ibn Asir Bag‘dodning talon-taroj qilinishini quyidagicha tasvirlaydi: "Bag'dodda o‘lim va vayrongarchilik qirk kun hukm surdi. Shundan so‘ng dunyoning eng go‘zal maskani bo‘lgan bu shahar shu qadar vayron bo‘lib, yer bilan yakson qilindiki unda bir hovuch odamgina tirik qoldi. Ko‘chalardagi o‘liklar uyumi uylarning tomigacha ko‘tarildi. Yomg‘ir yog‘ar, murdalar irib-chirib yotar, ularning badbo'y hidi tevarak-atrofni tutib ketgan edi. Shom ulkasigacha yetib borgan dahshatli epidemiya yo‘lida uchragan odamlarni qirib tashlardi. Mamlakatni qahatchilik, vabo va o‘lim qamrab oldi” 🔹Ibn Asirning yozganlari mo‘g‘ullarning faqat Bag'dodda qilgan vahshiyliklari xolos. 📌 — tarixning oltin sahifalari
    Show more ...
    1 420
    12
    #Bilasizmi #Sodiqul_Amin 🔹Rasululloh sollallohu alayhi vasallam nubuvvatdan oldin ham odamlarning eng rostgo'yi, ishonchlisi edilar. Shuning uchun ham qavmlari u zotni "Amin" – ishonchli, rostgo'y, omonatdor deb atashgan. ✅ Rum podshohi Hiraql Rasululloh sollallohu alayhi vasallam haqarida Abu Sufyondan: “ Payg'ambarlik haqidagi gaplarini aytishidan oldin uni yolg'onchilikda ayblarmidingiz?” deb so'raganida, "Yo'q", deb javob beradi. Shunda Hiraql: “Odamlarga yolg'on gapirmaydigan kishi Alloh nomidan ham aslo yolg'on gapirmaydi”, deydi. 📌 — tarixning oltin sahifalari
    Show more ...
    2 270
    13
    🌙 Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Banu Hoshim nohiyasidagi Abu Tolibning uyida tavallud topganlar. 📚 Hozir bu uyning o‘rnida “Makkai mukarrama” kutubxonasi mavjud. Bu joy Kaʼbaning shimoli-sharqiy tarafida piyoda salkam 1 km masofada joylashgan. Uning uchun Marvadan chiqib, sharqiy tomonga yuriladi. 📒 “Nurul yaqiyn ” kitobi asosida tayyorlandi. 📌 — tarixning oltin sahifalari
    2 438
    22
    #Bilsizmi 🌙 Qurtubada yetishib chiqqan mashhur tabiblardan biri Xalaf Zahroviydir. Zahroviy jarrohlik va asboblar haqidagi “At-Tasrif” nomli ilmiy asari bilan tanilgan. Mazkur kitob jarrohlik sohasining rivojlanishida alohida ahamiyat kasb etgan va ko'pgina tillarga tarjima qilingan. 🔹 Zahroviy ko'plab murakkab jarrohlik amaliyotlarini muvaffaqiyatli tarzda amalga oshirgan. U qalqonsimon bezning bir qismini olib tashlash jarayonini hali bu kabi amaliyotlar Yevropada amalga oshirish boshlanmasidan to'qqiz asr oldin tavsiflab bergan. Zahroviy og'iz bo'shlig'ida turli jarrohlik amaliyotlarini amalga oshirgan, maxsus asboblar yordamida tishdagi toshlarni olib tashlagan, singanlarini davolagan va pastki jag' chiqishini muolaja qilgan. Uning ilmiy asarida tish sug'urish asbobi – omburlarning har xil turlari tavsif qlingan. Zahroviy o'zining kitoblari va muvaffaqiyatli jarrohlik amaliyotlari bilan tibbiyot olami rivojlanishiga sezilarli hissa qo'shgan. 📌 Zarvaraq — tarixning oltin sahifalari
    Show more ...
    2 205
    11
    #Bilasizmi 🌙Rasululloh sollallohu alayhi vasallam oshkora daʼvatni boshlaganlaridan soʻng iymon keltirganlar soni yanada oshib bordi. Bu holatdan g‘azablangan Quraysh mushriklari esa musulmonlarga kuchli tazyiq oʻtkazishar, zaifhol, himoyachisi yoʻq musulmonlarni qiynab, azoblab, hatto oʻldirishgacha borishardi. Ana shunday qattiq qiynoqqa solinganlardan biri Bilol ibn Raboh roziyallohu anhudir. 🔹 Bilol roziyallohu anhu Umayya ibn Xalafning quli edi. Umayya uni kunning qoq o‘rtasida qaynoq – agar ustiga bir bo‘lak go‘sht qo‘yilsa, pishib qoladigan darajada qattik issiq qumga olib chiqar, so‘ng yerga chalqancha yotqizib, ko‘kragini katta bir qoyatosh bilan bostirishlarini buyurar va shunday qilinar edi. Keyin unga: “Sen to o‘lmaguningcha yoki Muhammadga kufr keltirib, Lot va Uzzoga sig‘inmaguningcha shu ahvolingda qolasan”, derdi. Bilol roziyallohu anhu esa: “Ahad, Ahad”, deb qaytarar edi. Biror marta ham kufr kalimasini aytmas edi. Alloh u kishidan rozi bo'lsin. 📌 — tarixning oltin sahifalari
    Show more ...
    2 073
    11

    Sayfuddin Qutuz boshchiligidagi "Aynu Jolut" jangi nechanchi milodiy sanada bo‘lib o‘tgan?

    1270-yil
    1260-yil
    1280-yil
    endi bilib olaman
    0
    Anonymous voting
    1 525
    1
    #Bilasizmi #Maldiv_orollari Maldivga musulmon fotihlarning qadami yetmagan. Islom bu yerga tijoratchi savdogarlar va daʼvatchilar orqali hijriy 189, milodiy 804-yilda yetib kelgan. Bu daʼvatchilarning eng ulug‘tlaridan biri shayx Hofiz ibn Barakot Mag‘ribiy bo‘lgan. Maldivning Budda diniga sig‘inuvchi podshohi Ahmad Shunuzroza shu zotning qo‘lida hijriy 548, milodiy 1153-yilda Islomni qabul qilgan. U bilan birga barcha aholi ham musulmon bo‘lgan. "Islom tarixi" kitobi asosida tayyorlandi. 📌 Zarvaraq — tarixning oltin sahifalari
    Show more ...
    1 677
    15
    #Bilasizmi ⚔ Islom qo‘shinlarining Hindistonga birinchi kirishi hijriy 15 (milodiy 636) yilda hazrari Umar ibn Xattob roziyallohu anhuning davrlarida sodir bo‘lgan. Bu yerda bir necha marta urushlar olib borilgan, lekin sezilarli natija bo‘lmagan. Umaviy xalifa Valid ibn Abdulmalik davrida hijriy 92 (milodiy 710) yilda Muhammad Qosim as-Saqafiy boshchiligida Sind diyori fath qilingan. O‘sha yerdagi joylar abbosiylar davlatiga bo‘ysungan. Hijriy 151 (milodiy 768) yillarda Multon va Kashmir fath etilgan. 📌 Zarvaraq — tarixning oltin sahifalari
    Show more ...
    1 989
    9

    Salohiddin Ayyubiy boshchiligidagi Hittin jangi qaysi yilda bo‘lib o‘tgan?

    1184-yilda
    1178-yilda
    1187-yilda
    endi bilib olaman
    405
    Anonymous voting
    2 214
    3
    #Bilasizmi 📚 Rasululloh sollallohu alayhi vasallam davrlarida ikkita kazzob payg'ambarlikni da'vo qilib chiqadi. 🔹 Birinchi kazzob Musaylima Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning vafotlaridan bir yil oldin, hijriy 10-yili payg‘ambarlikni daʼvo qilib chiqdi. Uni keyinchalik Abu Bakr Siddik roziyallohu anhuning xalifalik davrida, hijriy 12-yil rabiʼul avval oyida (mil. 633-yil, may-iyun) bo‘lib o‘tadigan Yamoma jangida Vahshiy ibn Harb roziyallohu anhu o‘ldiradi. 🔹 Ikkinchi kazzob Asvad Ansiy Yamandan chiqadi. Uni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning vafotlaridan bir kun oldin Fayruz Daylamiy roziyallohu anhu Yamanda o‘ldiradi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam buni vahiy asosida sahobalariga xabar beradilar, Keyinroq bu haqda Abu Bakr roziyallohu anhuga ham Yamandan xabar keladi. 📒 “Siz Paygʻambarni koʻrganmisiz?” kitobi asosida tayyorlandi. 📌 — tarixning oltin sahifalari
    Show more ...
    2 285
    11

    Badr g‘azotida ishtirok etgan sahoba roziyallohu anhumlardan necha nafari ansoriylar edi?

    210 ta
    231 ta
    221 ta
    endi bilib olaman
    532
    Anonymous voting
    1 719
    7
    #Bilasizmi 📚 Umar roziyallohu anhu koʻplab ulugʻ ishlarga asos solgan: 🔹Birinchi boʻlib hijratning oʻn oltinchi yili robiʼul avval oyida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning Makkadan Madinaga hijrat qilgan yillaridan boshlanadigan hijriy yil hisobiga asos solgan. 🔹 Birinchi boʻlib Qurʼoni karimni sahifalarga jamlashga yoʻl boshlagan. 🔹 Birinchi boʻlib taroveh namozining jamoat boʻlib oʻqilishini yoʻlga qoʻygan. 🔹 Birinchi boʻlib Kufa, Basra, Shom, Misr va Musil kabi o'lkalarni barpo etilishiga asos solgan. 🔹 Birinchi boʻlib shaharlarda odamlarning ishlarini ajrim qilish uchun qozilarni tayin qilgan. 🔹 Birinchi boʻlib devon, yaʼni roʻyxat qilish ishlarini yoʻlga qoʻygan. 🔹 Birinchi boʻlib Misrdan kemalarda oziq-ovqat mahsulotlarini keltirishni yoʻlga qoʻygan. 📌 — tarixning oltin sahifalari
    Show more ...
    1 910
    28

    Abdulmuttalib nabirasiga ota-bobolarining urfida bo‘lmagan “Muhammad” ismini qo‘yishda nimaga asoslangan?

    ahli kitoblarning xabariga
    kohinlarning xabariga
    tushlarga
    endi bilib olaman
    816
    Anonymous voting
    1 933
    7
    #Bilasizmi #Dorishunoslik_haqida ✅ Dorishunoslikni – Farmakologiyani birinchi bo‘lib tashkil etgan olim Sobir ibn Sahl bo‘lib, u kishi hijriy 560 sanada vafot etgan. ✅ Dorishunoslik boʻyicha birinchi oʻquv yurtini tashkil qilganlar ham musulmonlardir. ✅ Dorixonalarni birinchi ochganlar ham musulmonlar. Yer yuzidagi birinchi toʻliq maʼnodagi dorixona Bagʻdod shahrida tashkil etilgan. Solishtirish uchun aytadigan boʻlsak, Yevropadagi birinchi dorixona undan besh yuz yil keyin ochilgan. 📒“Olam va odam, din va ilm” kitobidan. 📌 — tarixning oltin sahifalari
    Show more ...
    2 313
    29
    #Bilasizmi ✅ Azon kalimalari birinchi bo‘lib sahobalardan Abdulloh ibn Zayd roziyallohu anhuga tushida bildirildi. Keyin hazrati Umar roziyallohu anhuning tushi ham uning tushiga muvofiq keldi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu tushlarning rahmoniy ekanini tasdiqlab, azon aytishni ovozi jarangdor bo‘lgani uchun Bilol roziyallohu anhuga topshirdilar. 🔹 Bundan avval namozni masjidda jamoat bo‘lib o‘qish uchun odamlarni chaqirish ehtiyoji paydo bo‘lganida, nasroniylarga o‘xshab zang-qo‘ng‘iroq chalish yo yahudiylarga o‘xshab dud-karnay chalish, yoki majusiylarga o‘shab tepalikda olov-gulxan yoqish taklif etilgandi. Ammo bu takliflarning birortasi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga xush kelmadi. Shunda maʼlum muddat odamlarni jarchi orqali jamoat namoziga chaqirib turilgan edi. 📌 Zarvaraq — tarixning oltin sahifalari
    Show more ...
    2 717
    18

    Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning kumush uzuklari bo'lib, ko'proq o'ng qo'llariga, baʼzan chap qo'llariga taqardilar. Savol: uzukni aynan qaysi barmoqlariga taqqanlar?

    nomsiz (to'rtinchi) barmoqlariga
    jimjiloqlariga
    o'rta barmoqlariga
    endi bilib olaman
    875
    Anonymous voting
    2 781
    6
    #Eslatma 🔹 Bugun shomdan to bomdodgacha Qadr kechasi hisoblanadi. 🔹 Bu kechani Qur'oni Karim tilovati va xayrli duolar qilib ibodat bilan o'tkazing! Alloh taolo bu kechani barchamiz uchun xayrli va barakali aylasin! 📌 Zarvaraq — tarixning oltin sahifalari
    4 060
    56
    #Eslatma 🔹 Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Kim Laylatul Qadrni iymon va ixlos bilan qoim bo'lib o'kazsa, uning o'tgan gunohlari mag'firat qilinur”, dedilar» 📌 Zarvaraq — tarixning oltin sahifalari
    2 262
    10
    #Bilasizmi #Ramazonning_27_kechasi 🔹 Rasululloh sollallohu alayhi vasallam, ulamolar ittifoq qilganlaridek, dushanba kuni, Qadr kechasi payg'ambar bo'lganlar. Bu voqea kuchli qavlga ko'ra ramazon oyining 21, 23, 25, 27 yoki 29 kechasiga to'g'ri keladi. ✅ Sahih hadislarda Qadr kechasi ramazon oyining oxirgi o'n kunining toq kechalaridan birida ekani bayon qilingan. Alloma Ibn Hajar Asqaloniy: “Arjah (kuchliroq, haqiqatga yaqinroq) qavlga ko'ra, Qadr kechasi har yili ramazon oyining oxirgi o'n kunining toq kechalarida biridan biriga ko'chib yuradi”, degan." ✅ Ulamolarimiz Qadr kechasi bir yil u kechada, bir yil bu kechada bo'lib, ko'chib yuradi, degan fikrni aytganlar. 📒“Siz Paygʻambarni koʻrganmisiz?” kitobi asosida tayyorlandi. 📌 — tarixning oltin sahifalari
    Show more ...
    2 270
    23

    Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga ‘‘Muhammad‘‘ deb kim ism qo‘ygan?

    Bobolari Abdulmattalib
    Onalari Omina
    Amakilari Abu Tolib
    Endi bilib olaman
    969
    Anonymous voting
    1 899
    8
    #Bilasizmi #Siyrat ✅ Rasululloh sollallohu alayhi tashqi ko'rinishda Ibrohim alayhissalomga o‘xshardilar. 🔹 Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Men Meʼroj kechasi Muso alayhissalomni ko'rdim, u kishi Yamanning Shanua qabilasidagi baland bo'yli, o'rta vaznli, sochlari sal jingalak va bug'doyrang yuzli kishilarga o'xshar ekan. Keyin Iyso alayhissalomni ko'rdim, u kishi o'rta bo'yli, xuddi hammomdan chiqqan kishi kabi oq-qizil yuzli va sochlari silliq edi. So'ng Ibrohim alayhissalomni ko'rdim, men ko'proq u kishiga o'xshar ekanman”, dedilar. Buxoriy, Muslim va Termiziy rivoyati. 📌 Zarvaraq — tarixning oltin sahifalari
    Show more ...
    2 425
    24

    Uhud jangida musulmonlarning bayroqdori kim edi?

    Aliy roziyallohu anhu
    Mus‘ab ibn Umayr roziyallohu anhu
    Usmon roziyallohu anhu
    Endi bilib olaman
    981
    Anonymous voting
    2 217
    8
    #Bilasizmi #Tarix 📝 Mashhur olima ayol Fotima Samarqandiyya haqida eshitganmisiz? Fotima Samarqandiyya o‘z davrining mashhur faqih olimi Alouddin Samarqandiyning qizidir. Alouddin Samarqandiy o‘z qizlarini shogirdi, ‘‘Badoius sanoi' ‘‘ kitobining muallifi Alouddin Kosoniyga nikohlab bergan. ✅ Tarixchi olim Ibn Adimning aytishicha, Fotima ba‘zi masalalarni eridan ko‘ra yaxshiroq bilardi. Agar eri Alouddin Kosoniy xato qilib qo'ysa Fotima, uning xatosini to‘g‘irlab qo'yardi. Hatto Kosoniyning o‘zi ham ba‘zi masalalar borasida ayolidan fatvo so'rardi. O‘sha paytda beriladigan fatvoga olimaning otasi Alouddin Samarqandiyning, eri Alouddin Kosoniyning va olimaning o‘zi Fotima Samarqandiyyaning muhri bosilar edi. ✅ Ushbu faqiha ayol, benazir xattot 581- hijriy sanada hozirgi Suriyaning Halab shahrida vafot etgan. 💬 Ibn Adimning so'zlarini faqihlar orasida Alouddin Kosoniyning martabasidan xabardor bo‘lgan, yozgan kitoblarning qadri qanchalik yuksak ekanini bilgan kishi yaxshi anglaydi. Alouddin Kosoniyning xatosini to‘g‘irlash uchun ham kamida u kishi kabi olim bo‘lish kerak. Tariximiz davomida islomga amal qilinib, e‘tibor ilm olishga qaratilgan paytda Fotima Samarqandiyya kabi ko'plab olimalar yetishib chiqqan. Xulosa qilib aytganda ayol-qizlarimizning ta'limiga beparvo bo‘lmay, ularni o‘qitishimiz kerak. ————— Suratda Alouddin Kosoniyning ‘‘Badoius sanoi' ‘‘ kitobi. 📌 Zarvaraqtarixning oltin sahifalari
    Show more ...
    image
    2 438
    24
    #Eslatma #Qadr_kechasi 🔹 Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Qadr kechasini Ramazondagi oxirgi oʻn kunlikning toqlaridan izlanglar”, dedilar». Buxoriy rivoyati 📌 Zarvaraqtarixning oltin sahifalari
    2 064
    9
    #Bilasizmi #Tarix 🔹 Xalifa Horun ar-Rashidga o‘sha paytdagi Rum hukmdori Naqfurning haqorat va tahdid bilan yozilgan maktubi yetib keldi. Xalifa maktubni o‘qib qattiq g‘azablandi. O‘sha maktubning orqasiga qisqagina javob maktubini yozdi: 📜 "Mo'minlarning amiri Horun ar-Rashiddan Rumning iti Naqfurga. Ey kofiraning o'g'li, maktubingni o'qidim. Javobni ko'rasan, eshitmaysan". Keyinchalik xalifa Horun ar-Rashid Naqfurga o'zlari aytgan "javobi" larini ko'rsatdilar. Rum yerlariga bir necha yurishlarni amalga oshirib, shaharlarni fath qildilar. 📌 Zarvaraq — tarixning oltin sahifalari
    Show more ...
    254
    1
    #Eslatma #Qadr_kechasi 🔹 Oisha roziyallohu anhodan: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam qachon (oxirgi) o‘nlik kirsa, belni mahkam bog‘lab, kechani tiriltirar va ahllarini uyg‘otar edilar” Beshovlari rivoyat qilishgan. Termiziyning lafzida: “Oxirgi o‘nlikda undan boshqada qilmagan ijtihodni qilar edilar”, deyilgan. 📌 Zarvaraqtarixning oltin sahifalari
    915
    5

    Hijriy 3-yil, Shavvol oyida qaysi mashhur g‘azot bo'lib o‘tgan?

    Badr g‘azoti
    Makka fathi
    Uhud g‘azoti
    Endi bilib olaman
    0
    Anonymous voting
    1 228
    5
    #Kun_tarixi Ramazon oyining 21-kuni Hijriy 95-yil 21-ramazon (milodiy 714-yil 9-iyun) Umaviylar davlatining voliylaridan biri Hajjoj ibn Yusuf Saqafiy vafot etdi. 📌 Zarvaraqtarixning oltin sahifalari
    1 248
    0
    Last updated: 11.07.23
    Privacy Policy Telemetrio