El servicio también está disponible en tu idioma. Para cambiar el idioma, pulseEnglish
Best analytics service

Add your telegram channel for

  • get advanced analytics
  • get more advertisers
  • find out the gender of subscriber
Categoría
Ubicación del canal e idioma

audience statistics Edu - Taʼlim yangiliklari

🔔 Reklama: t.me/EduRek/19 Ta'limda nima yangiliklar? O'zbekiston ta'lim sferasidagi eng oxirgi va eng dolzarb yangiliklarini aynan shu kanaldan topasiz! © Kanaldan to'liq yoki qisman ma'lumot olinganda manba ko'rsatilishi shart! 📩  @Edu_murojaatBot  
Mostrar más
574 063-4 726
~40 088
~4
3.99%
Calificación general de Telegram
Globalmente
426lugar
de 78 777
de 2 295
En categoría
8lugar
de 2 347

Género de suscriptores

Averigua cuántos suscriptores masculinos y femeninos tienes en el canal.
?%
?%

Idioma de la audiencia

Descubre la distribución de los suscriptores de canales por idioma
Ruso?%Inglés?%Árabe?%
Crecimiento del canal
GráficoTabla
D
W
M
Y
help

La carga de datos está en curso

Duración del usuario en el canal

Descubra cuánto tiempo permanecen los suscriptores en el canal.
Hasta una semana?%Viejos?%Hasta un mes?%
Ganancia de suscriptores
GráficoTabla
D
W
M
Y
help

La carga de datos está en curso

Since the beginning of the war, more than 2000 civilians have been killed by Russian missiles, according to official data. Help us protect Ukrainians from missiles - provide max military assisstance to Ukraine #Ukraine. #StandWithUkraine
Talabalarga grant qanday taqsimlanadi? ▪️ Talabalarga grant 2 turda taqsimlanadi: 100 foizlik va 50 foizlik. Talaba birinchi kursni tugatgach, unga grant bir yillik o‘zlashtirish ko‘rsatkichiga qarab beriladi. Masalan, bir guruhga 50 nafar bola grant asosida qabul qilindi. Jami guruhda esa 200 talaba bor. Ularga ajratiladigan grantning 50 foizi 100 foizlik, qolgan yarmi esa 50 foizlik grant bo‘ladi. Bunda jami 50 ta grantning 25 tasi 100 foizlik, qolgan 25 tasi esa 50 foizlik grant bo‘ladi. Demak, kontraktda o‘qiyotgan talaba 50 foizlik grant olishi uchun ham yaxshi o‘zlashtirishga ega bo‘lishi kerak. Bizda GPA – o‘zlashtirish ko‘rsatkichi uchdan beshgacha hisoblanadi. Shu GPA ko‘rsatkichi eng yuqori bo‘lganlarga 100 foizlik grant, pastroq bo‘lganlarga esa 50 foizlik grant beriladi. ❕ Eslatma: bu tartibda grant ajratilishi 1-kurslardan boshlanadi. Edu - ta'lim yangiliklari✅️👇
Mostrar más ...
14 435
115
⚡️ Bitiruvchilarga so'nggi qo'ng'iroq uchun qimmat kiyim olish ham taqiqlandi 2023-2024-oʻquv yilini yakunlash va “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlarini oʻtkazish davomida quyidagilar : ➖ turli restoran va kafelar, xonadonlarda “Bitiruv oqshomlari”ni oʻtkazish, bosqichli nazorat imtihonlari va yakuniy davlat attestasiyalarini oʻtkazishda, taʼlim muassasalarini yangi oʻquv yiliga tayyorlash borasida oʻquvchi va bitiruvchilar hamda ularning ota-onalaridan turli xil pul mablagʻlarini yigʻish; ➖ bitiruv tadbirlarida oʻquvchilardan qimmatbaho sovgʻalar uchun pul yigʻish, bitiruv kechalariga atab qimmat kiyimlar olish, yengil avtomashinalarda sayr tashkil etish. ➖ oʻquvchilarning guruh-guruh boʻlib xiyobonlar, istirohat bogʻlari, choʻmilish havzalariga borishi. Edu - ta'lim yangiliklari✅️👇
Mostrar más ...
26 035
423
🔥 Imkoniyatni qo'ldan boy berdim deb o'ylaysizmi? Hamma narsadan afsuslanishni bas qiling. Bu taslim bo'lishga odatlangan zaif odamlarning ishi. Sinab ko'ring, o'sing, rivojlaning! Hayot o'tmishdagi xatolardan saboq olish, intuitivligingizga ishonish, oldinga siljish, tavakkal qilish va baxtli daqiqalarni topish uchun berilgan. Siz sodir bo'lgan hamma narsa tasodifiy emasligini tushunishingiz kerak. O'tmishni qoldiring! Haqiqat bo'lmagan narsaga ergashmang. E'tiboringizni hozirgi kunga yo'naltiring, siz hali ham hamma narsani kutmoqdasiz. Yengilmang. Har bir lahza sizga yangi boshlanish va yangi yakun beradi. Har bir soniya - bu yangi imkoniyat! Yaqinlaringizga yuboring ↗️ Edu - ta'lim yangiliklari✅️👇
Mostrar más ...
22 898
94
❓Maktabda kitob yoʻqolsa kim toʻlaydi va qancha toʻlash kerak ? “Umumtaʼlim maktablarini darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalar bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom”ga muvofiq darsliklar yoki oʻquv-metodik qoʻllanmalardan foydalanish usulidan qatʼi nazar, ular yoʻqolgan yoki foydalanishga yaroqsiz holatga kelib qolgan taqdirda, oʻquvchining ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar yoxud homiylar yoki oʻqituvchilar zararni huddi shunday darslik yoki oʻquv-metodik qoʻllanmalar bilan qoplaydi yoxud uning birlamchi hujjatlarda (hisob-fakturada, yuk xatida) koʻrsatilgan qiymatini toʻlashi shart. Oʻquvchilarning ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar yoxud homiylar yoki oʻqituvchilar zararni quyidagi miqdorlarda toʻlaydi: 👉 1 sinf oʻquvchilarining har bir darslik yoki oʻquv-metodik qoʻllanmalari uchun — uning bir baravari miqdorida; 2 - 4 sinf oʻquvchilarining har bir darslik yoki oʻquv-metodik qoʻllanmalari uchun — uning ikki baravari miqdorida; 👉 5 - 11 sinf oʻquvchilarining har bir darslik yoki oʻquv-metodik qoʻllanmalari uchun — uning toʻrt baravari miqdorida. Umumtaʼlim maktabi kutubxona jamgʻarmasidagi darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalar hisobining yuritilishi, ulardan foydalanilishi, ularning saqlanishi, ular boʻyicha toʻlov hujjatlarining mavjudligi va harakati, shuningdek oʻquvchilar orasida darsliklarni avaylab-asrash tuygʻusini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan tarbiyaviy ishlar umumtaʼlim maktablarining kutubxonachilari tomonidan olib boriladi. Edu - ta'lim yangiliklari✅️👇
Mostrar más ...
31 257
315
⚡️Rasman: Chexiya Davlat Universitetlarida GRANT! 🎓 1 yil til kursi + GRANT shaklida 📚 Yo’nalishlar: • Tibbiyot • Uchuvchilik • Iqtisodiyot • IT • Xalqaro Munosabat • Huquqshunoslik ✅Qulayliklar: • Mutloq BEPUL o’qish • Schengen Viza • Viza olish darajasi 99% • O’qishdan tashqari ishlash TOSHKENT: ☎️ 998940031001 | 334961001 NAMANGAN: ☎️ 998999861001 | 999841001 👩‍💻 | | 🇷🇺
23 555
199
⚡️ Qabulda nimalar o‘zgaryapti? ✔️ Yangiliklarga ko‘ra: ➖ Abituriyentlar avval imtihondan o‘tib keyin to‘plagan balliga qarab ta’lim yo‘nalishi tanlashi ; ➖ Davlat granti faqat bir yilga berilib, keyingi yilda a’lochi talabalar o‘rtasida grant qayta . Endi grantlar 100%lik va 50%lik bo‘ladi; ➖ Endi yuqori ball to‘plagan abituriyentlar o‘qishga kirmay ; ❕ Hozirgi talabalar uchun yangi tartiblar amal qilmaydi. Ular mavjud tartiblar bilan o‘qishni tugatishadi. Edu - ta'lim yangiliklari✅️👇
Mostrar más ...

video_2024-05-13_14-39-34.mp4

26 882
289
📌 Test tuziladigan darsliklarni yuklab oling! ◼️ 2024-yilgi kirish imtihonlarida test tuziladigan darsliklar ro‘yxati e’lon ✔️ Ona tili; ✔️ Ingliz tili fani; ✔️ Matematika fani; ✔️ Kimyo va biologiya fani; ✔️ Tarix va huquqshunoslik fani; ✔️ Fizika va geografiya fani. ✉️ Abituriyent tanishingizga yuboring. Edu - ta'lim yangiliklari✅️👇
27 857
226
🤲 Shukronalik bilan yangi kunni boshlang! 🍀 Menga berilgan Yangi kun uchun minnatdorman. 🍀 Samarali ish haftasi uchun minnatdorman. 🍀 Ishdan olgan ajoyib natija va fikrlar uchun minnatdorman. 🍀 Bahorning nurli quyoshi uchun minnatdorman. 🍀 Bajara olgan barcha ishlarim uchun minnatdorman. Edu - ta'lim yangiliklari✅️👇
29 706
104
Qaysi fanlardan milliy sertifikat olish mumkin? ▪️ Abituriyentlar quyidagi fanlar bo'yicha sertifikat uchun imtihon topshirib oldindan ballni naqd qilib qo'yish mumkin: 1️⃣ Matematika 2️⃣ Biologiya 3️⃣ Kimyo, 4️⃣ Fizika 5️⃣ Ona tili va adabiyot 6️⃣ Tarix 7️⃣ Geografiya 8️⃣ Rus tili va adabiyoti 9️⃣ Qoraqalpoq tili va adabiyoti 1️⃣0️⃣ Bu ro'yxatga huquqshunoslik fani ham qo'shilmoqda. 3-may kuni ilk marta huquqshunoslik fanidan sertifikat uchun testlar aprobatsiyasi . Qatnashish bepul. https://my.uzbmb.uz/service/98 havolasi orqali aprobatsiyada ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. Edu - ta'lim yangiliklari✅️👇
Mostrar más ...
34 142
126
Muvaffaqiyatli odamlarning 10 ta odati ✔️ Ular o'z ishlarini tahlil qiladi; ✔️ Nima ish bermagan va ish bermaganini ko'rib chiqadi; ✔️ Reja qilishadi; ✔️ To'siqlarni qabul qilib yechim izlaydi; ✔️ Ustuvorlikni belgilang; ✔️ Ular har bir ishni boshidan oxirigacha bajaradi; ✔️ Chegaralarni belgilashadi; ✔️ Yordam so'rashdan qo'rqmaydi; ✔️ Ular bir joyda turmaydi va doimo rivojlanadi; ✔️ Kerakli odat va sifatlarni shakllantiradi. Edu - ta'lim yangiliklari✅️👇
Mostrar más ...
35 663
242
Maktabdan shahodatnoma elektron shaklda beriladi ▪️ Bu yangilik o'tgan yilidan amalga kiritilgan. Elektron shahodatnoma platformasi bo'lib, bitiruvchilar yuklab olishi mumkin. Ma’lumot uchun: elektron shahodatnomaga QR-kod tasviri tushirilib, uni istalgan vaqtda elektron platforma orqali tekshirib olish yoki shahodatnoma yo‘qotib qo‘yilgan taqdirda dublikat olish uchun ovora bo‘lmasdan shu zahotiyoq elektron bazadan qayta yuklab olish mumkin. Edu - ta'lim yangiliklari✅️👇
Mostrar más ...
44 402
407
2 mingta grant uchun xotin-qizlarga tavsiyanoma qachon beriladi? ▪️ Ehtiyojmand oiladagi xotin-qizlarga beriladigan tavsiyanoma uchun ariza topshirish 30-maydan boshlanishi kerak. Tavsiyanoma kimlarga beriladi? ✔️Kam ta’minlangan oila farzandi bo'lgan qizlarga; ✔️Ota-onasidan biri yoki ikkalasi ham vafot etgan oila qizlariga; ✔️Nogiron farzandi bo‘lgan, ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga; ✔️14 yoshgacha bo‘lgan 2 va undan ortiq bola o‘stirayotgan yolg‘iz ayollarning qiz farzandlariga; ✔️Ota-onasining nogironligi bo‘lgan qizlarga; ✔️Farzandini yolg‘iz tarbiyalayotgan onalarga. Edu - ta'lim yangiliklari✅️👇
Mostrar más ...
38 908
453
👀 Kun tartibiga rioya etish qanchalik zarur? ✅ Kun tartibi tuzishning eng muhim jihati shundaki, inson kunlik vazifalarini aniq belgilab oladi, unga qat’iy amal qilish uchun o‘z sabrini ham rivojlantirib boradi. Agar inson qanchalik sabrini rivojlantirib borsa, unda hayotda bo‘ladigan ba’zi to‘siqlar oldida o‘zini yo‘qotib qo‘ymaslikka yordam beradi. 👉 Ertalab turishi bilan inson o‘zini yaxshi so‘zlar bilan siylashi lozim; 👉 Har kun uchun amal qiladigan iqtibosingizni oynaga qarab takrorlang; 👉 Berilgan imkoniyatni to‘g‘ri taqsimlang; 👉 Ertaga qilinadigan rejalar bir kun oldin boshlanishini unutmang; 👉 Ishlaringizni muhimliligiga ko‘ra vaqtlarga qo‘yib taqsimlang. Edu - ta'lim yangiliklari✅👇
Mostrar más ...
37 486
121
⚡️ Talabalari eng ko‘p xorijda o‘qiyotgan davlatlar qatorida O‘zbekiston 5-o‘rinda ▪️Birinchi o‘rinda Xitoy — xitoylik 1 mlndan ko‘proq talaba chetda o‘qiydi. O‘zbekistonning esa 110 mingga yaqin yoshlari xorijda . Edu - ta'lim yangiliklari✅️👇
38 967
101
DUOLINGO SERTIFIKATI BILAN CHET ELDA O’QISH 💯 ✈️ Chet elda o’qish istagida yurganlar uchun, ajoyib inkoniyat! Ingliz tili darajangiz past va IELTS topshirishga ikkilanayapsiz, sizga DUOLINGO testini tavsiya qilamiz. 🐥Duolingo O’zbekistonda: WEBSTER + Magistratura, AKFA/CAU, CAMBRIDGE, INHA, IDU, PDP, TEAM Universitetlariga o’tadi. ✅ Qulayliklari: - America va Canada univeristetlariga grant yutish. - Natijalar 2 kun ichida chiqadi. - Test narxi atiga $65 - IELTSdan ancha oson va online topshiriladi. Duolingo topshirmoqchi bo’lsangiz bizga bog’laning. 👇 📞 +99890 356 5754 📞 +99899 307 0221 💬 Batafsil maʼlumot: 👇
Mostrar más ...
35 992
222
Saqlab qoʻying kerak boʻladi! Majburiy blok savollarida tushadi. ✅2024-yil — “Yoshlar va biznesni qo’llab-quvvatlash yili” 1991-yil — Alisher Navoiy yili. 1992-yil — Hamshiralar yili. 1993-yil — Ahmad Yassaviy yili. 1994-yil — Mirzo Ulug‘bek yili. 1995-yil — Abu Ali ibn Sino yili. 1996-yil — Amir Temur yili. 1997-yil — Inson manfaatlari yili. 1998-yil — Oila yili. 1999-yil — Ayollar yili. 2000-yil — Sog‘lom avlod yili 2001-yil — Ona va bola yili. 2002-yil — Qariyalarni qadrlash yili. 2003-yil — Obod mahalla yili. 2004-yil — Mehr-muruvvat yili. 2005-yil — Sihat-salomatlik yili. 2006-yil —Homiylar va shifokorlar yili. 2007-yil —Ijtimoiy himoya yili. 2008-yil — Yoshlar yili. 2009-yil — Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili. 2010-yil — Barkamol avlod yili. 2011-yil — Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili. 2012-yil — Mustahkam oila yili. 2013-yil — Obod turmush yili. 2014-yil — Sog‘lom bola yili. 2015-yil — Keksalarni eʼzozlash yili. 2016-yil — Sog‘lom ona va bola yili. 2017-yil— Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili. 2018-yil — Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili. 2019-yil — Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili. 2020-yil — Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili. 2021-yilYoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili. 2022-yil — Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili. 2023-yil — Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili. 2024-yil — “Yoshlar va biznesni qo’llab-quvvatlash yili” © Edu - ta'lim yangiliklari✅️👇
Mostrar más ...
43 673
2 290
#tonggi_motivatsiya VAQT QADRI HAQIDA 8 FAKT 1️⃣ Agar bir umrning qadrini bilmoqchi boʻlsang – kapalaklardan soʻra. 2️⃣ Agar 10 yilning qadrini bilmoqchi boʻlsang – 20 yoshida nogiron boʻlib qolgan 30 yoshli odamdan soʻra. 3️⃣ Agar 1 yilning qadrini bilmoqchi boʻlsang – imtihondan yiqilgan talabadan soʻra. 4️⃣ Agar 1 oyning qadrini bilmoqchi boʻlsang – farzandi 8 oyda tugʻilgan onadan soʻra. 5️⃣ Bir kunning qadrini bilmoqchi boʻlsang – hosili kuz yomgʻirida qolgan dexqondan soʻra. 6️⃣ Bir soatning qadrini bilmoqchi boʻlsang – uyiga bir soat kech kelgan tarbiyali farzanddan soʻra. 7️⃣ 5 daqiqaning miqdorini bilmoqchi boʻlsang – poyezdga kech qolgan yoʻlovchidan soʻra. 8️⃣ Bir daqiqaning oʻndan bir qadr-miqdorini bilmoqchi boʻlsang – bemorni kasalxonaga olib kelayotgan haydovchidan soʻra. 🚪 Barchaga ulashing Edu - ta'lim yangiliklari✅️👇
Mostrar más ...
41 603
475
500 ta kvota uchun tavsiyanoma qancha muddat amal qiladi? ▪️Mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yil mehnat staji mavjud, biroq oliy maʼlumotga ega bo‘lmagan xotin-qizlarga davlat oliy taʼlim muassasalariga 500 ta kvota ajratiladi. Hozir talabgorlardan ariza olinyapti. ❓ Kimlar tavsiyanoma ololadi? ➖o'rta ma'lumotli; ➖ OTMda o'qimagan; ➖5 yil staji borlar. ❕ Tavsiyanomaning amal qilish muddati — 3 yil. Ya'ni uni olgan talabgor o'qishga kirolmasa, jami 3 yilgacha undan foydalanishi mumkin. Edu - ta'lim yangiliklari✅️👇
Mostrar más ...
38 277
129
Joriy yilning 6-8-may kunlari Oliy taʼlim vazirligi, TAFU, TDTU, OʻzMU tashabbuslari bilan amaliy taʼlim boʻyicha Xalqaro konferensiya boʻlib oʻtadi. Konferensiyada Buyuk Britaniya, Germaniya, Janubiy Koreya va boshqa bir qator davlatlarning oliy taʼlim muassasalaridan rahbar va olimlar tashrif buyuradi. Konferensiya doirasida amaliy fanlar universitetlari rektorlari forumi ham boʻlib oʻtadi. 🔗 Qoʻshimcha maʼlumot: 📄 (№ 029914, 14.06.2022-y.) | |
Mostrar más ...
37 003
10
⚡️ Talabalarga stipendiya to‘lash tartibi qayta ko‘rib chiqiladi Grantda o‘qish tartibi o‘zgaryapti. Talabalarning grant-kontraktda o‘qishiga qarab qay tarzda va qancha stipendiya olishi hozircha aniq emas. Stipendiyaga oid tartib ham qayta ko‘rib . Edu - ta'lim yangiliklari✅️👇
41 270
74
🔍 Tasavvur bilimdan ko‘ra muhimroq 🎓 Tasavvur bilimdan ko‘ra muhimroq. Bilimlar chegaralangan. Tasavvur bilan butun dunyoni qamrab olish mumkin. Insoniyatning hozirgi taraqqiyotida bilimdan ko‘ra ajdodlarning tasavvur boyligi hissasi ko‘proq. © Albert Enshteyn Edu - ta'lim yangiliklari✅️👇
39 621
101
⚡️ Imtiyozli tarzda OTMga kirganlarga grant o'qishni tugatguncha beriladi ▪️ijtimoiy-rag‘batlantiruvchi grant olganlar, ya’ni maqsadli qabul va imtiyoz asosida qabul qilingan talabalarga esa davlat granti butun o‘qish davri uchun beriladi. Edu - ta'lim yangiliklari✅️👇
48 832
219
📣 Zamonaviy fizika magistratura mutaxassisligiga qabul boshlandi! ✅ “Yangi O‘zbekiston” universitetida Zamonaviy fizika magistratura mutaxassisligida tahsil olib, sanoat sohasidagi kvant texnologiyalarini loyihalovchi kuchli mutaxassisga aylanishingiz mumkin. 📚 Zamonaviy fizika mutaxassisligida siz kvant algoritmlari, matematik modellash va kvant simulyatsiyalarini mukammal o‘rganasiz. 🗓O‘qish davomiyligi: 2 yil ☑️ Talablar: Ingliz tilidan minimum IELTS 6, CEFR B2, TOEFL iBT 79 sertifikatlaridan biriga ega bo‘lish, ➖ fizika va matematikadan yozma imtihon topshirish, ➖ bakalavr diplomiga ega bo‘lish. 👉 O‘qishga ariza topshirish: ❗️ Hujjatlar qabuli 12-avgustga qadar davom etadi. "Yangi O'zbekiston" universiteti ❤️👇
Mostrar más ...
47 627
44
⚡️ O'zbekistonda sirtqi ta’lim bosqichma-bosqich tugatiladi Sirtqi ta’lim shaklining o‘rniga masofaviy ta’lim shakli kengaytiriladi va uzaytirilgan ta’lim shakli joriy etiladi. Ta’limni xorijiy tilda yakunlagan talabalar uchun magistraturaga kirishda xorijiy til sertifikati bo‘yicha talab bekor qilinadi. Qator yo‘nalishlarda sertifikat talabi B1 darajasiga tushiriladi. Edu - ta'lim yangiliklari✅️👇
Edu - Taʼlim yangiliklari
🔔 Reklama: t.me/EduRek/19 Ta'limda nima yangiliklar? O'zbekiston ta'lim sferasidagi eng oxirgi va eng dolzarb yangiliklarini aynan shu kanaldan topasiz! © Kanaldan to'liq yoki qisman ma'lumot olinganda manba ko'rsatilishi shart! 📩 @Edu_murojaatBot
38 839
359
⚡️ Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda kvotalar qisqartiriladi Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda talabalar qabul qilishni kamaytirib, bo‘shagan kvotalarni muhandislik, tibbiyot, aniq va tabiiy fanlarga o‘tkazish taklif etilyapti. Shuningdek, kvotalarni oliygohlar kesimida taqsimlash amaliyoti bekor qilinadi, qabul parametrlarini oliygohlarning o‘zi belgilaydi. Edu - ta'lim yangiliklari✅️👇
36 647
199
⚡️ Endilikda ta’lim granti talabalarga bir o‘quv yili uchun ajratiladi Bunda: 1-kursda grantlar o‘qishga kirishdagi imtihon natijalari bo‘yicha taqsimlanadi, 2-kursdan boshlab esa reyting ko‘rsatkichlari bo‘yicha eng yuqori ball to‘plagan talabalarga ajratiladi. ➖ lekin ijtimoiy-rag‘batlantiruvchi grant olganlar, ya’ni maqsadli qabul va imtiyoz asosida qabul qilingan talabalarga esa davlat granti butun o‘qish davri uchun beriladi. Edu - ta'lim yangiliklari✅️👇
Mostrar más ...
38 986
329
⚡️ Ta’lim granti asosida tahsil olgan bitiruvchilarning 3 yil ishlab berish majburiyati bekor qilinadi Taqdimotda shuningdek, oliygohlarga o‘qishga qabul qilish jarayonlari bo‘yicha quyidagilar taklif qilindi: ➖ o‘qishga kirish uchun minimal o‘tish bali 2 bosqichda oshirilib, sog‘liqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yo‘nalishlari uchun – 94,5 ball, boshqa yo‘nalishlar uchun – 75,6 ball etib belgilanadi (amalda barcha yo‘nalishlar uchun – 56,7 ball); ➖ davlat granti talabalar uchun ta’lim granti va ijtimoiy-rag‘batlantiruvchi grant shaklida ajratiladi. Bunda: 🔹 ta’lim granti – talabalarga bir o‘quv yili uchun ajratiladi hamda 1-kursda o‘qishga kirish natijalari bo‘yicha, 2-kursdan boshlab reyting ko‘rsatkichlari bo‘yicha eng yuqori ball to‘plagan talabalarga ajratiladi; 🔸 ijtimoiy-rag‘batlantiruvchi grant – maqsadli qabul va imtiyoz asosida qabul qilingan talabalarga butun o‘qish davri uchun beriladi; 🔹 ta’lim granti asosida tahsil olgan talabalarning o‘qishni tugatgandan so‘ng 3 yil ishlab berish majburiyati bekor qilinadi; ➖ sirtqi ta’lim shakli uchun kvotalarni kunduzgi ta’lim shakli uchun ajratilgan kvotadan oshirmaslik belgilanadi. Qayd etilganidek, sirtqi ta’lim shakli bosqichma-bosqich masofaviy ta’lim shaklini kengaytirish va uzaytirilgan ta’lim shakli joriy etish orqali tugatiladi. Edu - ta'lim yangiliklari✅️👇
Mostrar más ...
36 172
482
⚡️Magistraturaga chet tili sertifikati talabi pasayadi Bunda quyidagi tartib o’rnatiladi:ta’lim dasturini xorijiy tilda yakunlagan talabalar uchun sertifikat talabi bekor qilinadi; ⬇️ soha xususiyatidan kelib chiqib madaniyat, san’at, sport, ta’lim, sog‘liqni saqlash, ishlab chiqarish, muhandislik ishi, qishloq xo‘jaligi, veterinariya, arxitektura va qurilish, fizika va tabiiy fanlar, transport xizmatlari yo‘nalishlari bo‘yicha sertifikat talabi bir pog‘ona – B1 darajasiga tushiriladi. ✅ Quyidagilar saqlanib qoladi: Xorijiy tillar yo‘nalishlarida esa C1 daraja; aniq fanlar, biologiya, matematika, huquq, jurnalistika, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va iqtisodiyot yo‘nalishlarida B2 daraja saqlanadi. Edu - ta'lim yangiliklari✅️👇
Mostrar más ...
40 027
653
⚡O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari ko’tariladi O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish bali 2 bosqichda oshiriladi. Bunda: sog‘liqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yo‘nalishlari uchun – 94,5 ball; boshqa yo‘nalishlar uchun – 75,6 ball etib belgilanadi. Amalda barcha yo‘nalishlar uchun – 56,7 ball edi. Edu - ta'lim yangiliklari✅️👇
42 088
843
⚡️ Oliy ta'lim vaziridan tushuntirish: ▪️ Endi davlat granti bitta talabaga 4 yilga berilmaydi, balki har yili yuqori baho olgan talabalar orasida qayta . Ilgari sezilarli tafovutga ega bo‘lmagan 0,75, boringki 2-3 ball uchun ham to‘lov-shartnomaga tushgani tufayli keyingi yili hujjat topshirgan yoki oilaviy sharoiti to‘g‘ri kelmay, o‘qishdan butunlay voz kechgan oilalar farzandlarini ko‘p ko‘rganmiz. Bu yerda masala faqat birgina yigit yo qizning 11 yil o‘qib to‘plagan oltindan qimmat bilimi yo‘qolib ketishidagina emas, balki ularga ta’lim bergan o‘qituvchilarning mehnati ham zoe ketishidadir. Ilgari davlat granti bir talabaga bakalavriat bosqichida uzluksiz taqdim qilingan bo‘lsa, endi grantni oqlash, mas’uliyatni his qilish va o‘qishni o‘zlashtirishni muntazam rivojlantirib borish, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash maqsadida har yili yuqori baho olgan talabalar orasida ushbu grant o‘rni qayta taqsimlanadi. © Qo'ng'irotboy Sharipov Edu - ta'lim yangiliklari✅️👇
Mostrar más ...
image
42 014
226
Última actualización: 11.07.23
Política de privacidad Telemetrio