El servicio también está disponible en tu idioma. Para cambiar el idioma, pulseEnglish
Best analytics service

Add your telegram channel for

  • get advanced analytics
  • get more advertisers
  • find out the gender of subscriber
Categoría
Ubicación del canal e idioma

audience statistics Ta'lim nazorati

Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar) Savollar bo‘yicha:  @Uztdibot  Hamkorlik bo‘yicha:  @Uztdihamkorbot  
90 782-123
~23 650
~4
37.59%
Calificación general de Telegram
Globalmente
16 947lugar
de 78 777
de 0
En categoría
712lugar
de 2 347

Género de suscriptores

Averigua cuántos suscriptores masculinos y femeninos tienes en el canal.
?%
?%

Idioma de la audiencia

Descubre la distribución de los suscriptores de canales por idioma
Ruso?%Inglés?%Árabe?%
Crecimiento del canal
GráficoTabla
D
W
M
Y
help

La carga de datos está en curso

Duración del usuario en el canal

Descubra cuánto tiempo permanecen los suscriptores en el canal.
Hasta una semana?%Viejos?%Hasta un mes?%
Ganancia de suscriptores
GráficoTabla
D
W
M
Y
help

La carga de datos está en curso

Since the beginning of the war, more than 2000 civilians have been killed by Russian missiles, according to official data. Help us protect Ukrainians from missiles - provide max military assisstance to Ukraine #Ukraine. #StandWithUkraine
Quyidagi holatlarda oʻquvchilar yakuniy davlat attestatsiyasi va bosqichli nazoratdan ozod etilishi mumkin Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-son qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisida”gi nizomga koʻra tibbiy-maslahat komissiyasining xulosasi va umumtaʼlim muassasasining pedagogik kengashi qarori bilan oʻquvchilar yakuniy davlat attestatsiyasi va bosqichli nazoratdan ozod etilishi mumkin. Oʻquvchilarga sinfdan sinfga koʻchirish imtihonlari va yakuniy davlat attestatsiyasidan ozod boʻlish huquqini beruvchi kasalliklar roʻyxati Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi. Oʻquvchilarning xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlari, musobaqalari hamda boshqa koʻrik-tanlovlardagi ishtiroki yakuniy davlat attestatsiyasi va bosqichli nazorat muddatlariga toʻgʻri kelib qolgan taqdirda, ular tegishli yakuniy davlat attestatsiyasi va bosqichli nazoratlardan ozod etiladi. Ularning bilimlarini yakuniy baholash va reytingini aniqlash yillik baholar asosida amalga oshiriladi. 👉Bitiruvchilarni yakuniy davlat attestatsiyasidan ozod qilish huquqini beruvchi kasalliklar roʻyxatiTa’lim nazorati rasmiy kanali
Mostrar más ...
9 986
79
Xususiy maktab ochaman deb niyat qilib yurgan tadbirkorlarimizga ajoyib taklif tayyor ishlab turgan biznes Navoiy shahrida xususiy maktab sotuvga qo‘yildi 💵 Zamonaviy xususiy maktab yurib turgan biznes sifatida o‘z egasiga yaxshigina daromad keltiradi. Maktab 300 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, unda ayni damda 100 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda. Maktab binosida sifatli ta’lim berish uchun quyidagi shart-sharoitlar mavjud: 📚 Keng va yorug‘ kutubxona 🎓 O‘nta 25 o‘rinli sinfxona 🖥 Kompyuter xonasi 👨‍🍳 100 o‘rinli oshxona 🏋️‍♂️ Gimnastika xonasi 🏊 Bolalar basseyni ⚽️ Mini sportzal 🏟 Sun’iy chim qoplamasi 🤖 Robototexnika xonasi 📍 Shaharda qulay joylashuv. Yuqori foyda keltiradigan biznesga ega bo‘lish istagidagi tadbirkorlarga ushbu xususiy maktab loyihasini taklif qilib qolamiz. Imkoniyatdan foydalanib qoling! Bino ijarada faqat biznes o'zi sotiladi. ☎️ Batafsil ma’lumot: 998981242999 💬 Telegram:
Mostrar más ...

IMG_9621.MP4

10 633
35
⚡️Yangi ishga o‘qituvchilarni kasbiy sertifikatlash imtihonlari 21-21-may kunlari o‘tkaziladi 2023-2024-o‘quv yilidan boshlab umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida pedagog kasbiga birinchi marta ishga qabul qilingan stajor-o‘qituvchilar kasbiy sertifikatlash sinovlariga jalb etilishi haqida xabar bergan edik. Joriy yilning 21-21-may kunlari ilk marotaba o‘qituvchilarni kasbiy sertifikatlash imtihonlari o‘tkaziladi. Nazorat sinovi 50 ta topshiriqdan iborat boʻladi, har bir toʻgʻri bajarilgan topshiriq 2 ball bilan baholanib, nazorat sinovi uchun jami 100 ball beriladi. Sinovi natijasi boʻyicha 56 va undan yuqori ball toʻplagan talabgor nazorat sinovidan oʻtgan hisoblanadi. 🗓 Birinchi marotaba nazorat sinovida ishtirok etib, undan oʻta olmagan talabgor uchun navbatdan tashqari nazorat sinovi har yili yangi oʻquv yili boshlangunga qadar tashkil etiladi. 💵 Qayta ishtirok etish uchun talabgor tomonidan BHMning bir baravari miqdorida ❗️Navbatdan tashqari nazorat sinovida ishtirok etib, yetarli ball toʻplay olmagan talabgor bilan tuzilgan mehnat shartnomasi mehnat qonunchiligida belgilangan tartibda bekor qilinadi. 👉 Ma’muriy reglament 👉 Kasbiy sertifikatlash boʻyicha asosiy maʼlumotlar 👉 Sinov topshiriqlari spetsifikatsiyasi 📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Mostrar más ...

IMG_9606.MP4

57 327
1 794
'
4
0
⚡️ Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi ✅ 2024-yil 20-apreldan 8-mayga qadar bo‘lib o‘tgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi. 👨🏻‍💻 Test natijalari saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin. 📱 Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar. ❕ Eslatma: o‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar test natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 3 kun ichida (16-18-may) sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin. ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Mostrar más ...
21 263
113
Vazir jamgʻarmasi hisobidan har oylik ustama oladigan pedagoglar aniqlandi ✅ , maktabgacha va maktab taʼlimi tizimida mehnat qilayotgan, oʻquvchilari yuqori natijalarga erishgan, oʻz ustida doimiy ishlaydigan, oʻz oʻqitish uslubiga ega malakali pedagoglarga Vazir jamgʻarmasi hisobidan har oylik ustama belgilash maqsadida ikki bosqichli tanlov jarayonlari oʻtkazildi. ❗️ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining tegishli buyrugʻi bilan Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri jamgʻarmasi hisobidan har oylik ustama oladigan pedagoglar roʻyxati tasdiqlandi. 👉 Unga koʻra, vazirlik tizimida faoliyat yuritayotgan 1 005 nafar malakali pedagog kadrlarga 2024-yil may oyidan 2025-yil yanvar oyiga qadar (9 oy) mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 5,5 baravari miqdori (hozirda 5 775 000 soʻm)da har oylik ustama toʻlab boriladi. ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Mostrar más ...

Vazir jamg`armasi ustama oladiganlar 2024.pdf

43 946
963
⚡️Bog‘cha va maktablarni attestatsiyadan oʻtkazish tartibi tasdiqlandi 2024-yil 7-may kuni Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining "Taʼlim tashkilotlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi va mezonlarning baholash koʻrsatkichlarini hamda hisoblash metodikasini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi 146-son buyrug‘i qabul qilindi. ➖1-ilova – Maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarini attestatsiyadan oʻtkazish jarayonlarini ichki baholash tartibi; ➖2-ilova – Maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarini attestatsiyadan oʻtkazish jarayonlarini tashqi baholash tartibi; ➖3-ilova – Maktabgacha taʼlim tashkilotlarini attestatsiyadan oʻtkazish mezonlarining baholash koʻrsatkichlari va umumiy ballarni hisoblash metodikasi; ➖4-ilova – Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarini attestatsiyadan oʻtkazish mezonlarining baholash koʻrsatkichlari va umumiy ballarni hisoblash metodikasi tasdiqlandi. Zarur jadvallar 👉 (xls formatda) Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Mostrar más ...

146-sonli buyruq.pdf

36 748
916
⚡️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga qabul iyun oyidan boshlanadi Prezident maktablariga o‘quvchilar belgilangan yillik qabul kvotasi doirasida ikkita sinfga bir xil 12 nafardan jami 24 nafar o‘quvchi hamda ijod va ixtisoslashtirilgan maktablariga Agentlik tomonidan belgilangan kvota doirasida o‘quvchilar qabul qilinadi. ❗️Quyidagi hujjatlar onlayn shaklda ariza.piima.uz sayti orqali qabul qilinadi: ➖o‘quvchilarning tegishli o‘quv yili natijasiga ko‘ra baholar tabelining maktab direktori tomonidan tasdiqlangan nusxasi; ➖imtihon ruxsatnomasini shakllantirish jarayonida foydalanish uchun o‘quvchilarning oxirgi 2 oy davomida tushgan fotosurati; ➖o‘quvchilarning tug‘ilganlik haqida guvohnomasi va ularning ota-onasi (qonuniy vakili) fuqarolik pasporti ma’lumotlari, bog‘lanish uchun mobil telefon raqamlari. 📝 O‘quvchilar Prezident maktabi hamda ixtisoslashtirilgan maktablariga hujjat topshirish jarayonida ularga ixtiyoriy ravishda o‘z hududidagi ixtisoslashtirilgan maktablaridan birini qo‘shimcha tanlash imkoniyati beriladi. 📌 Bunda, Prezident maktabi kirish imtihonining 2-bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etib, o‘qishga kira olmagan o‘quvchilar hududdagi o‘zi tanlagan ixtisoslashtirilgan maktabiga belgilangan kvota doirasida, to‘plagan ballari ketma-ketligi bo‘yicha imtihonsiz qabul qilinadi. Bunda kvota doirasidan oshib ketsa imtiyoz qo‘llanilmaydi. Batafsil: 👉 Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Mostrar más ...
Ta'lim nazorati
Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar) Savollar bo‘yicha: @Uztdibot Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot
25 612
242
📣 Umumtaʼlim maktablarida “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlarini oʻtkazishga doir zarur tavsiyalar ✅ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan umumtaʼlim muassasalarida 2023-2024-oʻquv yilini yakunlash va “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlarini oʻtkazish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqildi. 🔹 Unga koʻra, umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlari: ➖ joriy yilning 25-may kuni soat 8:00 dan 9:00 ga qadar tashkil etiladi; ➖ maktab oʻquvchilari sonidan kelib chiqqan holda faqatgina 1-, 4-, 9-, 11-sinf oʻquvchilari jalb etiladi; ➖ mahalla faollari, ota-onalar va huquqni muhofaza qilish idoralari vakillari bilan hamkorlikda yongʻin va texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilingan holda tashkil etiladi; ➖ faxriy oʻqituvchilar, ota-onalar, mahalla faollari, oʻrnak boʻladigan maktabning sobiq bitiruvchilari taklif etiladi; ➖ yil davomida namunali xulq va aʼlo baholarga oʻqib, eng yuqori reyting koʻrsatkichlariga erishgan iqtidorli bitiruvchilar ragʻbatlantiriladi; ➖ maktab hayotida faol ishtirok etayotgan, odob-axloqi, intiluvchanligi bilan tengdoshlariga oʻrnak boʻlayotgan oʻquvchilarning ota-onalariga “Eng faol ota”, “Jonkuyar ona”, “Masʼuliyatli ota-ona”, “Aʼlochi oʻquvchi otasi”, “Bilimli qiz onasi” nominatsiyalari boʻyicha tashakkurnomalar beriladi. 📍 2023-2024-oʻquv yilini yakunlash va “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlarini oʻtkazish davomida quyidagilar taqiqlanadi: ➖ turli restoran va kafelar, xonadonlarda “Bitiruv oqshomlari”ni oʻtkazish, bosqichli nazorat imtihonlari va yakuniy davlat attestasiyalarini oʻtkazishda, taʼlim muassasalarini yangi oʻquv yiliga tayyorlash borasida oʻquvchi va bitiruvchilar hamda ularning ota-onalaridan turli xil pul mablagʻlarini yigʻish; ➖ bitiruv tadbirlarida oʻquvchilardan qimmatbaho sovgʻalar uchun pul yigʻish, bitiruv kechalariga atab qimmat kiyimlar olish, yengil avtomashinalarda sayr tashkil etish. ➖ oʻquvchilarning guruh-guruh boʻlib xiyobonlar, istirohat bogʻlari, choʻmilish havzalariga borishi. 👉 Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimdagi barcha xodimlar, ota-onalar hamda keng jamoatchilik vakillaridan joriy oʻquv yilini yakunlash va “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlarini oʻtkazishda mazkur tavsiyalarga amal qilishlarini soʻrab qoladi.
Mostrar más ...
40 823
624
⚡️Endi davlat granti har yili yuqori baholarga erishgan talabalar orasida qayta taqsimlanadi Endi davlat granti 4 yilga bitta talabaga emas, balki har yili yuqori baholarga erishgan talabalar orasida qayta taqsimlanishi haqida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Kongratbay Sharipov ushbu yangilik bo‘yicha intervyu berdi: "Bu yil o‘tgan yilgidan farqi grantga ega bo‘lgan talaba bir yil davomida grantga ega bo‘ladi. Bir yilni natijasi bo‘yicha uning bahosi tahlil qilinadi. Agar uni to‘plagan ballari kontraktda o‘qiyotgan yoshlarni balidan past bo‘ladigan bo‘lsa, kontraktda o‘qiyotgan yuqori ballga ega bo‘lgan yoshlarimiz u yerdagi grant o‘ringa tavsiya qilinadi va ularni ichidan eng yaxshi ball to‘plaganlarga grant qayta taqsimlab beriladi." Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Mostrar más ...

IMG_9500.MP4

30 701
181
Bu videoni oxirigacha ko‘rishingiz shart! Barcha bitiruvchi oʻquvchilar va ularning ustozlari diqqatiga! “University of Business and Science” Fan olimpiadasining 2-mavsumi start oldi! 🥇 Vodiy bo‘ylab o‘tkaziladigan fan olimpiadasining bu yilgi sovrin jamg‘armasi 4 MLRD so‘mni tashkil qiladi! 👨🏻‍💻 O‘tgan yili 10 mingga yaqin o'quvchilarini jalb qilgan olimpiada bu yil 15 mingdan ziyod bitiruvchilarni qamrab oladi. — Tarix; — Fizika; — Ingliz tili; — Matematika; — Ona tili va adabiyot fanlaridan o‘tkaziladigan olimpiada 18-19-may kunlari universitetning yangi o‘quv binosida bo‘lib o‘tadi. 🏆 G’oliblar grant kvotalari va qimmatbaho sovg‘alar bilan, ularning o‘qituvchilari esa noutbuklar bilan taqdirlanadi. UBS — siz orzu qilgan universitet! 🖤 Youtube orqali tomosha qiling ◽️ UBS bilan ilmga yo‘l oching! Telegram: @ubsuzbekistan Web-sayt: https://ubsu.uz/
Mostrar más ...

FULL (2).mp4

29 666
63
#e’lon #attestatsiya Akademik litsey va professional taʼlim muassasalari pedagoglari uchun attestatsiyaning ikkinchi bosqichi 20—24-may kunlari o‘tkaziladi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan pedagog.edu.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan akademik litsey va professional taʼlim muassasalari pedagog kadrlari uchun attestatsiyaning ikkinchi bosqichi test shaklida joriy yilning 20—24-may kunlari belgilangan grafikka asosan o‘tkaziladi. Test sinovlari markazlashgan holda har bir hududda tashkil etilgan kompyuterli xonalarda olib boriladi. Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini pedagog.edu.uz saytidagi shaxsiy kabineti orqali aniqlashlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin. Talabgorlardan test sinoviga belgilangan vaqtdan kamida bir soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) va ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi. ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Mostrar más ...
31 728
264
Ommalashtirish.uz platformasiga joylangan metodik ishlar tekshirilishi nihoyasiga yetmoqda Metodik xizmat boʻlimlari huzuridagi Oʻquv metodik kengashlar tomonidan platformasiga joylangan metodik ishlar tekshirilishi nihoyasiga yetmoqda. ❌ 2024-yil 15-may kuni Kengashlar tomonidan "Rad etilgan" metodik ishlar va rad etish sabablari eʼlon qilinadi. ➡️ 2024-yil 20-may kuni barcha tuman (shahar), viloyat (Toshkent shahri va Qoraqalpogʻiston Respublikasi) miqyosida ommalashtirilgan metodik ishlar eʼlon qilinadi. ❌ Metodik ishlari Oʻquv metodik kengash qarori bilan "Rad etilgan" talabgorlardan apellyatsiya qabul qilinmaydi. ➡️ Qolgan barcha turdagi shikoyat arizalari 20-maydan 23-maygacha o'z ishlarini ommalashtirishga topshirgan ishtirokchilar apellyatsiya arizasi taqdim etishi mumkin. Arizalar faqat talabgorning shaxsiy kabineti orqali (PDF formatda) qabul qilinadi. ➡️ 2024-yilning 20-maydan 30-maygacha Metodik xizmat boʻlimlari tomonidan tashkil etilgan apellyatsiya komissiyasi talabgorlarning arizalarini koʻrib chiqadi va javob xatini talabgorning shaxsiy kabinetiga yuboradi. ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Mostrar más ...
44 120
448
🟥🟥🟥 🟥🟥🟥 🎓Magistratura va Doktorantura uchun Turk tili sertifikati ham qabul qilinadi! 🇹🇷 Turk tili ona tilimizga yaqinligi sabab, boshqa tillarga nisbatan o'rganish ancha oson! ✅ Siz ham qisqa muddatda Turk tilini o'rganib, til sertifikati olishni xohlaysizmi❔ 📍"Hilol Edu" o'quv markazi sizni tez fursatda o'rganish mumkin bo'lgan Turk tili darslariga taklif etadi! ✅Hoziroq bizga murojaat qiling, biz sizni markazimizda kutib qolamiz! 📞 +998332878888 Telegram va instagram sahifalarimizga obuna bo'lishni unutmang 👇🏻 ✈️ Telegram 🌐 Instagram 📍Manzilimiz
Mostrar más ...
24 407
79
⚡️ Pedagoglarga ustama belgilashda qoʻllaniladigan umumtaʼlim fanlari boʻyicha milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxati muhokamaga qo‘yildi Muhokamalar portaliga joylashtirilgan qo‘shma qaror bilan umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional taʼlim tizimida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarga ustama belgilashda qoʻllaniladigan umumtaʼlim fanlari boʻyicha milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxatini tasdiqlash rejalashtirilmoqda. Eslatib o‘tamiz, 2023-yil 28-iyulda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining qarori bilan 2023-2024 oʻquv yilida ustama toʻlanadigan Sertifikatlar roʻyxati tasdiqlangan edi. Loyihada ayrim sertifikatlar bo‘yicha o‘zgartirishlar kiritish taklif etilmoqda: ➖GRE va GMAT sertifikatlarida faqat Quantitative Reasoning qismi boʻyicha toʻplangan ballar inobatga olinadi; ➖Digital SAT) sertifikatida faqat matematika (math) qismi boʻyicha toʻplangan ballar inobatga olinadi; Ushbu sertifikatlar quyidagi pedagoglar uchun amal qiladi: ➖oʻzbek tili va adabiyot fani sertifikatini olgan ona tili va adabiyoti hamda oʻzbek tili (davlat tili) fanidan dars beruvchi pedagoglar uchun; ➖rus tili va adabiyoti fani sertifikatini olgan milliy hamda rus tili sinflarida dars beruvchi pedagoglar uchun; ➖TRKI sertifikati taʼlim tili rus tili boʻlmagan sinflarda dars beruvchi rus tili fani pedagoglari uchun amal qiladi; Avvalroq, ustama olish uchun fan o‘qituvchilariga B+, boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi uchun esa C yoki undan yuqori darajadagi sertifikat talab qilinishi mumkinligi haqida xabar bergan edik. Batafsil: 👉 Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Mostrar más ...
31 446
296
🔹 Professor-oʻqituvchilar, metodistlar, amaliyotchi oʻqituvchilar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, magistrantlar, talabalar va taʼlim tizimidagi barcha muassasalar xodimlari diqqatiga! 🔹 Oʻzbekiston Respublikasi Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tomonidan 2024-yil 28-iyun kuni “Taʼlimda zamonaviy texnologiyalar: muammolar, yechimlar va istiqbollar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazilishi munosabati bilan maqolalar qabuli davom etmoqda. 🔹 Maqolalarni 2024-yil 15-iyunga qadar @markaz_2024_bot telegram manziliga yuborishingiz mumkin. 🔹 Batafsil maʼlumot axborot xatida. ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Mostrar más ...
26 068
128
⚡️ Pedagoglarga ustama belgilashda qoʻllaniladigan xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxati muhokamaga qo‘yildi Ta'lim vazirlarining "Хorijiy tillar va umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi buyrug‘i loyihasi muhokamalar portaliga joylashtirildi. Hujjat bilan umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va oliy taʼlim tizimida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarga ustama belgilashda qoʻllaniladigan xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxatini tasdiqlash rejalashtirilmoqda. Eslatib o‘tamiz, 2023-yil 28-iyulda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining qarori bilan 2023-2024 oʻquv yilida ustama toʻlanadigan Sertifikatlar roʻyxati tasdiqlangan edi. Loyihada ayrim sertifikatlarni ro‘yxatdan chiqarish va ayrim tillar bo‘yicha yangi sertifikatlar qo‘shish taklif etilmoqda, Muhokamada ishtirok etish👇 Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Mostrar más ...
41 282
452
⚡️Magistratura va doktorantura uchun talab etiladigan xorijiy tillar bo‘yicha sertifikatlar ro‘yxati muhokamaga qo‘yildi Ta'lim vazirlarining "Хorijiy tillar va umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi buyrug‘i loyihasi muhokamalar portaliga joylashtirildi. Hujjat bilan oliy va oliy taʼlimdan keyingi taʼlimga kirishda tan olinadigan xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro sertifikatlar ro‘yxati tasdiqlash rejalashtirilmoqda. ✅ Barcha tillar (shu jumladan pushtu, dariy, urdu, hindiy, uygʻur, fors tillari) bo‘yicha ro‘yxatga Bilim va malakalarni baholash agentligining chet tilini bilish darajasini aniqlash boʻyicha milliy sertifikatlarni qo‘shish rejalashtirilmoqda. ❌ Oliy, fan va taʼlim vazirining buyrugʻi (65-son, 23.03.2023) bilan solishtirganda quyidagi sertifikatlarni ro‘yxatdan chiqarib yuborish taklif etilmoqda: Ingliz tili bo‘yicha ➖Test of English for International Communication (TOEIC)* Fransuz tiliTest de Connaissance du Francais (TCF) Itaylan tili bo‘yicha ➖Certificatos di Conoscenza della Lingua Italiana (CELI) ➖Certificazione di Italiano come Lingua Straniera (CILS) Yapon tili bo‘yicha ➖Japanese Language Proficiency Test (JLPT) Nemis tili bo‘yicha ➖Deutsches Sprachdiplom (DSD II) Arab tili bo‘yicha ➖The Arabic Language Proficiency Test, Arabic Proficiency Test (ALPT, APT, E-TOAFL, American Council on the Teaching of Foreign Languages (ACTFL) Loyihaga ko‘ra mazkur qaror kuchga kirgunga qadar amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq olingan sertifikatlarga ularning olingan kunidan boshlab amal qilish muddati tugagunga (muddati cheklanmagan (belgilanmagan) sertifikatlar uchun sertifikat olingan kundan boshlab uch yildan ko‘p bo‘lmagan vaqt mobaynida) qadar imtiyoz qoʻllaniladi. Avvalroq, magistratura va doktoranturaga ayrim yo’nalishlarda xorijiy til bilish sertifikati B1 darajaga pasaytirilishi haqida xabar bergan edik.Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Mostrar más ...

Magistratura chet tili sertifikatlari 2024.pdf

29 573
334
⚡️ “Yangi O‘zbekiston” universiteti tajribasi yurtimizdagi barcha davlat oliy ta'lim muassasalariga joriy qilinmoqda Prezident Sh.Mirziyoyev huzurida oliy ta'lim tizimi bo‘yicha taqdimot o‘tkazilib, unda barcha davlat oliy ta'lim muassasalarida ta'lim grantlari bir yilga ajratilishi va har yili yuqori baholarga erishgan talabalar orasida qayta taqsimlanishi belgilandi. “Yangi O‘zbekiston” universitetida mazkur tizim 2022-yildan bo‘lib, o‘zini to‘laqonli oqlaganligi va talabalar orasida ta'lim olish bo‘yicha sog‘lom raqobatni shakllantirganligi sababli qolgan oliy ta'lim muassasalariga ham tatbiq etilmoqda. Shuningdek, davlatimiz rahbari tomonidan muhandislik sohasida ta'lim sifatiga ham alohida e'tibor qaratildi. “Yangi O‘zbekiston” universiteti muhandislik sohasida eng zamonaviy va xalqaro standartlar asosida tashkil etilgan yo‘nalishlarda imkonini beradi. ❤️ “Yangi O‘zbekiston” universiteti rasmiy kanali
Mostrar más ...
28 261
46
⚡️ Chet tili imtihoni sanalari e’lon qilindi 🔔Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan navbatdagi test sinovi sanalari e’lon qilindi.  Unga ko‘ra: ✏️test sinovining yozma qismi — 11-12, 14-15 va 18-19-may kunlari; 🎤 gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari — 13-maydan 12-iyunga qadar bo‘lib o‘tadi(dam olish kunlaridan tashqari). 📱 Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin. 6️⃣ Talabgorlardan test sinoviga belgilangan vaqtdan kamida bir yarim soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari so‘raladi. 📍 Test sinovi o‘tkaziladigan joylar va ularning joylashuvi (geolokatsiya): Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Mostrar más ...
31 513
249
👉 Magistratura va doktoranturaga xorijiy til bilish sertifikati talabi 👉 O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari 👉 Sirtqi ta’lim shakli uchun kvotalarni kunduzgi ta’lim shakli uchun ajratilgan kvotadan oshirmaslik 👉 Oliygoh hamda kollej va texnikumlarga qabul qilish imtihonlari “avval test, so‘ng tanlov” tamoyili 👉 Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda kvotalar Ta’lim nazorati rasmiy kanali
41 428
364
⚡️ Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda kvotalar qisqartiriladi Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda talabalar qabul qilishni kamaytirib, bo‘shagan kvotalarni muhandislik, tibbiyot, aniq va tabiiy fanlarga o‘tkazish taklif etilyapti. Shuningdek, kvotalarni oliygohlar kesimida taqsimlash amaliyoti bekor qilinadi, qabul parametrlarini oliygohlarning o‘zi belgilaydi. ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
40 105
241
⚡️Oliygoh hamda kollej va texnikumlarga qabul qilish imtihonlari “avval test, so‘ng tanlov” tamoyili asosida o‘tkaziladi. Bunda: — abiturientlar testni 1 marotaba topshiradi va to‘plagan bali bilan dastlab oliygohga, bali oliygohga yetmagan taqdirda, professional ta’lim tashkilotiga kirish uchun tanlovda ishtirok etadi; — oliygohlarga qabul jarayoni 2 bosqichda: 1-bosqich ro‘yxatdan o‘tish va test fanlarini tanlash; 2-bosqich oliygoh – test natijasi e’lon qilingandan so‘ng ta’lim yo‘nalishi va shaklini tanlash orqali amalga oshiriladi. Amalda abituriyent ro‘yxatdan o‘tishda mos 5 tagacha oliygohni (yo‘nalishni) tanlaydi va ushbu oliygohlar (yo‘nalishlar) bo‘yicha tanlovda ishtirok etadi. ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Mostrar más ...
43 325
387
⚡️Sirtqi ta’lim shakli uchun kvotalarni kunduzgi ta’lim shakli uchun ajratilgan kvotadan oshirmaslik belgilanadi. Sirtqi ta’lim shakli bosqichma-bosqich masofaviy ta’lim shaklini kengaytirish va uzaytirilgan ta’lim shakli joriy etish orqali tugatiladi. ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
30 675
201
⚡️O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari o'zgardi O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish balini 2 bosqichda oshirib, sog‘liqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yo‘nalishlari uchun – 94,5 ball, boshqa yo‘nalishlar uchun – 75,6 ball etib belgilanadi (amalda barcha yo‘nalishlar uchun – 56,7 ball); ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
42 861
564
⚡️Magistratura va doktoranturaga qabul qilishda xorijiy tilni bilish to‘g‘risidagi sertifikat talabi quyidagicha o‘zgartiriladi: ➖ta’lim dasturini xorijiy tilda yakunlagan talabalar uchun sertifikat talabi bekor qilinadi; ➖ soha xususiyatidan kelib chiqib madaniyat, san’at, sport, ta’lim, sog‘liqni saqlash, ishlab chiqarish, muhandislik ishi, qishloq xo‘jaligi, veterinariya, arxitektura va qurilish, fizika va tabiiy fanlar, transport xizmatlari yo‘nalishlari bo‘yicha sertifikat talabi bir pog‘ona – B1 darajasiga tushiriladi; (Sertifikat talabi xorijiy tillar yo‘nalishlarida C1 darajada, aniq fanlar, biologiya, matematika, huquq, jurnalistika, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va iqtisodiyot yo‘nalishlarida B2 darajada saqlanadi)Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Mostrar más ...
41 684
826
⚡️Ustama olish uchun fan o‘qituvchilariga B+, boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi uchun esa C yoki undan yuqori darajadagi sertifikat talab qilinishi mumkin Xabaringiz bor, Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-yanvardagi 17-son qarori bilan endilikda umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini aniqlash boʻyicha A+, A, B+, B, C+, C, darajali sertifikatlar berilishi belgilangan. Yangi Rash modeli boʻyicha fan oʻqituvchilariga A+, A va B+ darajadagi, boshlangʻich taʼlim (matematika va ona tili va adabiyot) yoʻnalishi uchun esa minimum C yoki undan yuqori darajadagi sertifikat uchun ustama berish boʻyicha hujjat loyihasi ishlab chiqilgan. Bu haqda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi xodimi jonli muloqotda maʼlum qildi. Ayni vaqtda amaldagi hujjatlariga oʻzgarish kiritish haqidagi loyiha ishlab chiqib, Adliya vazirligiga kiritilgan va tasdiqlanishi kutilmoqda. Eslatib oʻtamiz, Rash modeliga koʻra milliy sertifikat uchun quyidagi sertifikatlar beriladi: “70 balldan yuqori ball olganlarga A+ daraja; 65 — 69,9 ball olganlarga A daraja; 60 — 64,9 ball olganlarga B+ daraja; 55 — 59,9 ball olganlarga B daraja; 50 — 54,9 ball olganlarga C+ daraja; 46 — 49,9 ball olganlarga C darajali sertifikat berilmoqda. ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Mostrar más ...

IMG_9399.MP4

80 327
1 324
Joriy yilning 6-, 7-, 8-may kunlari Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tomonidan Metodik marafon o‘tkazilmoqda. Xususan, shu yilning 6-may kuni Samarqand viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazida “Malakali ustoz – millat koʻzgusi” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Jarayon tafsilotlari bilan video orqali tanishishingiz mumkin. 🌐Youtube (HD)da ko'rish: 🔹 🔹 🔹 🔹 🔹 🔹
Mostrar más ...

IMG_5985.MP4

22 525
6
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6 -maydagi 263-son qarori bilan Sifatli taʼlimni taʼminlashda ijobiy natijalarga erishayotgan umumiy urta taʼlim maktablari rahbariyati hamda oʻqituvchilariga ustama berish tartibi toʻgʻrisida NIZOM tasdiqlandi. ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali

ВМҚ-263.pdf

68 712
1 504
⚡️ Endi davlat granti o‘rinlari eng yuqori ball to‘plagan abituriyentlar tanlovi asosida belgilanadi Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida o‘tgan taqdimotda oliy ta’lim yo‘nalishlarini optimallashtirish, qabul va malaka tizimlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar Yangi tartibga ko‘ra, muayyan bir yo‘nalishga ajratilgan davlat granti doirasida yuqori ball to‘plagan abituriyent, tanlagan oliy ta’lim muassasasidan qat’i nazar, davlat grantiga tavsiya etiladi. Ya’ni, yuqori ball olgan yoshlar o‘qishga kirmay qolmaydi.  Yana bir yangilik: endi davlat granti 4 yilga bitta talabaga emas, balki har yili yuqori baholarga erishgan talabalar orasida qayta taqsimlanadi. Davlatimiz rahbari bu tizimni adolatli yo‘lga qo‘yish, yoshlarga va ota-onalarga yetkazish zarurligini ta’kidladi. ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Mostrar más ...
41 918
352
Última actualización: 11.07.23
Política de privacidad Telemetrio