El servicio también está disponible en tu idioma. Para cambiar el idioma, pulseEnglish
Best analytics service

Add your telegram channel for

  • get advanced analytics
  • get more advertisers
  • find out the gender of subscriber
Categoría
Ubicación del canal e idioma

audience statistics UzA | Tezkor xabarlar

Ushbu kanalda O‘zbekiston Milliy axborot agentligining tezkor xabarlari berib boriladi Asosiy telegram kanal:  @uza_uz  Sayt: www. uza.uz   •facebook.com/uzauz •instagram.com/ uza.uz   •twitter.com/uzauz •lotin yozuvida:  @uzauzlot  
Mostrar más
30 913-62
~14 375
~17
39.52%
Calificación general de Telegram
Globalmente
26 027lugar
de 78 777
862lugar
de 2 295
En categoría
1 146lugar
de 2 793

Género de suscriptores

Averigua cuántos suscriptores masculinos y femeninos tienes en el canal.
?%
?%

Idioma de la audiencia

Descubre la distribución de los suscriptores de canales por idioma
Ruso?%Inglés?%Árabe?%
Crecimiento del canal
GráficoTabla
D
W
M
Y
help

La carga de datos está en curso

Duración del usuario en el canal

Descubra cuánto tiempo permanecen los suscriptores en el canal.
Hasta una semana?%Viejos?%Hasta un mes?%
Ganancia de suscriptores
GráficoTabla
D
W
M
Y
help

La carga de datos está en curso

Since the beginning of the war, more than 2000 civilians have been killed by Russian missiles, according to official data. Help us protect Ukrainians from missiles - provide max military assisstance to Ukraine #Ukraine. #StandWithUkraine
Oliy sud raisiga o‘rinbosarlar saylandi Prezident taqdimnomasi va Oliy Majlis Senatining tegishli qaroriga asosan Ikram Tuxtamuratovich Muslimov besh yil muddatga Oliy sud raisining birinchi o‘rinbosarisudlov hayʼati raisi lavozimiga hamda Olimjon Xamitovich Ismailov besh yil muddatga Oliy sud raisining o‘rinbosarisudlov hayʼati raisi lavozimiga saylandi. Kanalga ulanish: 
4 863
29
Prezident Shavkat Mirziyoyevga sport sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va istiqbolli rejalar toʻgʻrisida . Kanalga ulanish: 
8 167
12
6 448
4
6 547
23
⚡️Dashtobod temir yoʻl stansiyasi boshligʻi pora olgan vaqtida ushlandi   “Temiryoʻlinfratuzilma” AJning Jizzax viloyati Zomin tumanidagi Dashtobod stansiyasi boshligʻi ixtisoslashmagan doʻkonlarda boshqa tovarlar chakana savdosi bilan shugʻullanuvchi MCHJ tomonidan Tojikiston hududidan Oʻzbekistonga olib kelinadigan koʻmir mahsuloti ortilgan 100 ta yuk vagonlarini oʻzining tanishlari orqali bojxona koʻrigidan navbatsiz oʻtkazib berish, stansiyada yukni tushirish jarayonida vagonlar belgilangan vaqtdan ortiq turib qolgan taqdirda temir yoʻl jarimasini qoʻllamaslik hamda yuk belgilangan vaqtda tushirib olinganligi boʻyicha hujjatni rasmiylashtirib berish evaziga MCHJ vakilidan har bir vagon uchun 100 AQSH dollaridan jami 10 ming AQSH dollari talab qiladi. Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda stansiya boshligʻi 40 ta vagon uchun 4 ming AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanilgan. Kanalga ulanish: 
Mostrar más ...
7 855
47
Taqdimotda tibbiy turizmni rivojlantirish chora-tadbirlari ham muhokama qilindi. Shu maqsadda Oʻzbekiston bu yoʻnalishda Markaziy Osiyoning “chorlovchi nuqtasi” sifatida targʻib qilinadi. “Tibbiy xizmatlar mehmondoʻstligi” dasturi amalga oshiriladi. Tibbiy va sogʻlomlashtirish muassasalari faoliyati ragʻbatlantirilib, ularning yagona reyestri ishga tushiriladi. Mehmonxonalar kabi yulduzli sanatoriylar faoliyati yoʻlga qoʻyiladi. Kanalga ulanish: 
7 294
7
“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan ekolog” faxriy unvonini taʼsis etish taklif qilindi Ekologik huquqbuzarliklarning oldini olish, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish masalalariga ham eʼtibor qaratildi. Faol va jonkuyar insonlarni ragʻbatlantirish maqsadida “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan ekolog” faxriy unvonini taʼsis etish taklifi bildirildi. Kanalga ulanish: 
6 008
10
“Yashil xayriya jamgʻarmasi” tashkil etiladi Ekologiya vazirligi huzurida jamoatchilik nazorati ostida boshqariladigan va yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan “Yashil xayriya jamgʻarmasi” tashkil etiladi. Elektron xarid ilovalarida “Yashil toʻlov” ixtiyoriy ustama turi ochiladi. Kanalga ulanish: 
6 750
6
⚡️Daraxtlarni kesish va qasddan quritish, daryo oʻzanlaridan noqonuniy qum-shagʻal qazib olish, chiqindilarni belgilanmagan joylarga tashlash kabilar uchun jarimalarni oshirish va qatʼiylashtirish choralari koʻriladi.   Kanalga ulanish: 
6 599
8
❗️Yangi quriladigan, balandligi 12 metrdan yoki umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq boʻlgan binolarni loyihalashtirishda unga tutash hududlarning kamida 25 foizini koʻkalamzorlashtirish talabi qoʻyiladi. Shuningdek, atrof-muhitga zarari koʻp sanoat korxonalari ham “yashil belbogʻ”lar barpo etish majburiyatini oladi. Kanalga ulanish: 
5 518
11
Sanitar tozalash ishlarini tartibga solish maqsadida mavjud markaz negizida Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligini tuzish taklif etilmoqda. Sanitar tozalash korxonalarining samaradorlik koʻrsatkichlariga qarab, uchta toifaga ajratgan holda reyting tizimi joriy qilinadi. Kanalga ulanish: 
5 196
18
❗️Havoni musaffo saqlash, ekologik hodisalarning taʼsirini kamaytirish borasida ikkita dastur ishlab chiqildi Birinchisi – Chang boʻronlariga qarshi kurashish va ularning oqibatlarini yumshatish boʻyicha 2024 - 2030-yillarga moʻljallangan milliy dasturdir. Bu hujjatda “Yevro-4” standartidan past toifadagi yoqilgʻini sotish va undan foydalanishni bosqichma-bosqich toʻliq taqiqlash nazarda tutiladi. Buning uchun Buxoro va Fargʻona neftni qayta ishlash zavodlari yuqori sifatli yoqilgʻi ishlab chiqarish boʻyicha modernizatsiya qilinadi. Ikkinchisi – Toshkent shahrida atmosfera havosi sifatini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar dasturi boʻlib, unga koʻra, kelgusi 5 yilda poytaxtimiz va unga tutash Toshkent viloyati tumanlarida 441 gektar “yashil belbogʻ” va bogʻlar tashkil qilinadi. Kanalga ulanish: 
Mostrar más ...
5 798
12
Prezident Shavkat Mirziyoyev atrof-muhitni muhofaza qilish va turizm sohalaridagi takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Kanalga ulanish: 
4 909
11
Bugungi kunda suvni tejash – dolzarb masala Hududlarda 732 ming gektar paxta va gʻalla maydoni ichki nasos agregatlari orqali sugʻorilmoqda. Ularning 41 foizida energiya isteʼmoli yuqori. Shu bois paxta va gʻalla yetishtiruvchilar ixtiyoridagi nasoslarni modernizatsiya qilish uchun bir martalik subsidiya ajratishni yoʻlga qoʻyish taklifi bildirildi. Bu orqali elektr energiyasi sarfi va sugʻorish vaqtini 60 foizgacha kamaytirishga, pirovard natijada mahsulot tannarxini pasaytirishga erishiladi. Kanalga ulanish: 
Mostrar más ...
5 722
5
Uzumzor va olmazorlar barpo etishning yangi tizimi joriy qilinadi Agrosanoatni rivojlantirish agentligi hududlarning ixtisoslashuvi hamda tuproq-iqlim sharoitini inobatga olib, loyihalarning texnik iqtisodiy asoslarini ishlab chiqadi. Yerni tayyorlash, koʻchat olish, ekish va sugʻorish tizimlari oʻrnatish hamda bogʻ hosilga kirguncha 3 yil parvarishlash uchun imtiyozli kreditlar ajratiladi. Yangi tashkil etilgan sanoatlashgan bogʻlarga 100 foiz zamonaviy suv tejovchi texnologiyalar oʻrnatiladi. Shuningdek, bunday loyihalarga yer ajratish tizimi ham oʻzgaradi. Mahalliy hokimlar hosildorligi past yerlar oʻrnida bogʻ barpo etish boʻyicha taklif kiritadi. Ular ochiq elektron tanlov asosida 30 yil muddatgacha ijaraga beriladi. Kanalga ulanish: 
Mostrar más ...
5 668
7
Navlarni sinashning yangi tizimi joriy qilinishi belgilandi Unga koʻra, 31 ta elita urugʻchilik xoʻjaligi va 6 ta urugʻlik tayyorlash sexidagi davlat ulushi ommaviy savdolarga chiqariladi. 46 ta urugʻchilik korxonasi birlashtirilib, hududlarda 13 ta zamonaviy korxona tashkil etiladi. Yangi urugʻlar 2 yilda ekishga joriy qilinadi. Kanalga ulanish: 
5 244
4
Prezident Shavkat Mirziyoyev qishloq xoʻjaligidagi islohotlar ijrosiga oid taqdimot bilan tanishdi. Yurtimizda 136 ta tumanda 1 million gektardan ziyod yerda paxta yetishtiriladi. Hosildorlikni oshirish maqsadida bu yil, odatdagilariga qoʻshimcha, 42 ta istiqbolli va 18 ta xorijiy navlar ekilgan. Jumladan, ilk bor Xitoy, Hindiston va Turkiyadan olib kelingan navlar qariyb 100 ming gektarda yetishtirilmoqda. Shuningdek, yangi tajribalar sifatida 112 ming gektarga tindirilgan urugʻ, 200 ming gektarga viloyatlararo va tumanlararo navlar almashlab ekildi. Mutasaddilar ushbu yangiliklarning natijalari va kelgusi yil uni yanada kengaytirish rejalari yuzasidan . Kanalga ulanish: 
Mostrar más ...
5 977
4
Dollarning rasmiy kursi tushdi Markaziy bank 20-sentabrdan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi. 1 USD 12 724,84 so‘m (– 15,11) 1 RUB 137,11 so‘m (– 2,03) 1 EUR 14 223,83 so‘m (+ 32,80) Kanalga ulanish: 
7 191
9
Aralash saylov tizimida deputatlik oʻrinlarini taqsimlash tartibi Kanalga ulanish: 

Hisoblash Rolik Retouch.mp4

9 157
38
❗️Ayrim tovarlar va xizmatlar boʻyicha QQS imtiyozlari bekor qilinadi Prezident Farmoniga koʻra, 2025-yil 1-yanvardan: ▫️yoʻlovchilarni yagona tariflar boʻyicha tashish xizmatlarini koʻrsatish aylanmasi hamda nogironligi boʻlgan shaxslarning jamoat birlashmalari yagona ishtirokchisi hisoblangan yuridik shaxslar tomonidan realizatsiya qilinadigan tovarlar va xizmatlar uchun qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha imtiyozlar bekor qilinadi; ▫️yangi barpo etilayotgan bogʻlar, tokzorlar va tutzorlar egallagan yerlar uchun yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻini toʻlashdan ozod qilish tarzidagi imtiyozni bekor qilgan holda, mazkur yer uchastkalari boʻyicha soliq stavkasi 50 foizga kamaytiriladi. Kanalga ulanish: 
Mostrar más ...
7 621
12
Prezident Shavkat Mirziyoyev Rossiya Hukumati Raisining oʻrinbosari Vitaliy Savelyev, Rossiya Prezidenti maslahatchisi Igor Levitin va “Российские железные дороги” kompaniyasi boshqaruvi raisi Oleg Belozyorovdan iborat delegatsiyani qabul qildi. 26-28-may kunlari Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan oliy darajadagi uchrashuvlarda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari koʻrib chiqildi. Mintaqada samarali transport yoʻlaklarini rivojlantirish boʻyicha muvofiqlashtirilgan chora-tadbirlar koʻrishga alohida eʼtibor qaratildi. Transport sohasida sanoat kooperatsiyasi loyihalarini jadallashtirish, avtomobil, temir yoʻl va aviatsiya yoʻnalishlarida sheriklikni yanada kengaytirish, yuqori malakali muhandis kadrlar tayyorlash muhimligi qayd etildi. Kanalga ulanish: 
Mostrar más ...
7 601
17
Última actualización: 11.07.23
Política de privacidad Telemetrio