Juma kuni odoblari
📆 Juma — har bir daqiqasi nurga va savobga toʻla boʻlgan kundir va bu kunda bajarilishi lozim boʻlgan bir qancha ishlar bor. Siz esa ularni farzandingizga quyidagi tarzda oʻrgatishingiz lozim:
📌 Tozalik kuni. "Oʻgʻlim (qizim), Juma islomga asos boʻlgan pokizalik kunidir. Shuning uchun bugun gʻusl qilib, tirnoqlarimizni olib, xushboʻylansak, nur ustiga aʼlo nur boʻladi".
📌 Salavotlar kuni. "Bilasizmi, oʻgʻlim (qizim), paygʻambarimiz Muhammad (s.a.v.): "Juma kuni menga ko‘p salavotlar aytinglar, chunki bu kungi salavotlar menga ko‘rsatiladi” deganlar. Ayni dam salavot aytish uchun qulay fursatdir. Keling, salavot aytamiz.
📌 Masjidga borish. "Oʻgʻlim, kim juma kuni g‘usl qilib, masjidga erta borsa, bitta tuya so‘ygandek bo‘ladi. Kim 2-vaqtda borsa, xuddi bitta sigir so‘ygandek, kim 3-vaqtda borsa, xuddi bitta shoxdor qo‘chqor so‘ygandek, kim 4-vaqtda borsa, xuddi bitta tovuq so‘ygandek, kim 5-vaqtda borsa, xuddi bir tuxum atagandek boʻladi" deyiladi hadislarda. Shuning uchun pokiza boʻlib, masjidga chiqsangiz, qanday boʻlarkan?" desangiz, juda toʻgʻri boʻladi.
👉🏻 @RTVbolajon
Mostrar más ...