Qonunchilikdagi yangiliklar: yoqilg‘i-energiya sohasidagi huquqbuzarliklar bo‘yicha foto va video xabar berish tizimi yo‘lga qo‘yiladi
“Yoqilg‘i-energetika sohasida davlat nazorati mexanizmlarini takomillashtirish va “raqamli energonazorat” tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi Prezident farmoni
(PF–77-son, 24.05.2023-y.) qabul qilindi
☑️ Farmonga ko‘ra,
elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanishni nazorat qilish hamda hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimlarini to‘liq joriy etish, yoqilg‘i-energiya resurslarini talon-toroj qilish holatlarining oldini olish va ularga barham berishning
yangi tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
🔰 2023-yil 1-sentabrdan:
🔸aholi tomonidan Energetika vazirligining Internetdagi maxsus axborot tizimiga yuborilgan elektr, issiqlik energiyasi, gazdan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq
huquqbuzarliklar haqidagi fotosuratlar va videoyozuvlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi;
🔸huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi fotosuratlar va videoyozuvlarni yuborgan shaxslar
pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi;
🔸huquqbuzarlik to‘g‘risidagi fotosuratlar va
(yoki) videoyozuvlardagi huquqbuzarlarning shaxsini aniqlash Energetika vazirligining hududiy organlari so‘roviga asosan i
chki ishlar organlari tomonidan amalga oshiriladi.
❗️Huquqbuzarlik to‘g‘risidagi fotosuratlar, videoyozuvlar va xabarlarni taqdim etgan shaxslar to‘g‘risidagi
ma’lumotlarning oshkor etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
📝 Qonun buzilishi aniqlanganda, prokuratura organlari tomonidan davlat organlari va mansabdor shaxslarga
qonun buzilishini zudlik bilan bartaraf etish to‘g‘risida talabnoma kiritiladi.
❕Shuningdek, O‘zenergoinspeksiya faoliyatiga “Energonazorat” platformasi hamda uning mobil ilovasining sinov versiyasi
2024-yil 1-martgacha tajriba tariqasida Qashqadaryo viloyatida,
2024-yil
1-oktabrgacha to‘liq versiyasi joriy etiladi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTubeMostrar más ...