Telegram lichkadagilar uchun..
Yozmasam yozmay qo‘yganlar!
Ey omonmisiz, bormisiz,
Bir shirin so‘zga zormisiz,
Yo siz mendan bezormisiz,
Yozmasam yozmay qo‘yganlar!
Sizga ozor berganmidim,
Yozsangiz jim turganmidim
Yo men yozmay yurganmidim,
Yozmasam yozmay qo‘yganlar!
"Xayrli tong" deb yozib qo‘ying,
Kunda bir hol so‘rab ko‘ring,
Mayli yuragim siz o‘ying,
Yozmasam yozmay qo‘yganlar!
Ukam deb turgan opalarim,
Akam degan singillarim,
Eslab turing yaqinlarim,
Yozmasam yozmay qo‘yganlar!
To‘g‘ri men ham yozmay qo‘ydim,
Spamlardan butkul to‘ydim,
Yozolmay yuragim o‘ydim,
Yozmasam yozmay qo‘yganlar!
Meni yomon ko‘rib qolmang,
Yozmay qo‘ydi deb jim bo‘lmang,
Dilshodbek ko‘nglini olmang,
Yozmasam yozmay qo‘yganlar!
Xayrli kun tilayman sizga,
Lichkasi bor o‘g‘il qizga,
E’tibor bermang hech bizga,
Yozmasam yozmay qo‘yganlar!
Allohga omonat jonim,
Davoyim yo‘q sizga Xonim,
Menda ham bo‘lmas imkonim,
Yozmasam yozmay qo‘yganlar!
Internetda yuring ko‘proq,
Faollikni yoping biroq,
Ko‘rinmay qo‘ygansiz uzoq,
Yozmasam yozmay qo‘yganlar!
Qars ikki qo‘ldan chiqarkan,
Yozmasam yozmay qo‘yarkan,
Odam odamdan to‘yarkan,
Yozmasam yozmay qo‘yganlar!
Mehr uchun arzimasak ham,
Sizni biz izlamasak ham,
Yozsangiz yozolmasak ham,
Yozib turing Qadrdonlarim!
Lichkalar onlayn bo‘lganda,
Chatga takliflar qilganda,
Kirib turing siqilganda,
Yozmasam yozmay qo‘yganlar!
Mayli erta, kech qaramang,
Bitta salomga yaramang,
Dilshodbek deb xol so‘ramang,
Yozmasam yozmay qo‘yganlar!
Kimdir borligim unutgan,
Yo yozishim o‘zi kutgan,
Ba’zilar o‘chirib ketgan,
Yozmasam yozmay qo‘yganlar!
Asrasin sizlarni Alloh,
Omonlikda bo‘ling hamroh,
Bariga Allohim guvoh,
Yozmasam yozmay qo‘yganlar!..
@dunya_di 🍃
Mostrar más ...