Uzum hammani yondirmoqchi
Uzum – "Uzum Tezkor" nomli kafe, restoran va do‘konlardan yetkazib berish xizmatini ishga tushiribdi.
Sinovda, lekin allaqachon mobil orqali buyurtma qilish mumkin.
Mirobod va Mirzo Ulug‘bek tumanlari bo‘ylab yetkazib berish bepul bo‘lsa, tez orada xizmat butun Toshkentni qamrab olmoqchi.
“Uzum Tezkor”da optimal yo‘nalish va vaqtini hisoblash uchun algoritmlardan foydalanilgan, shuning uchun buyurtmani yetkazish vaqti 28 daqiqani tashkil qilarmish.
Bundan tashqari, kompaniya kuryerlar uchun o'zining o'quv markazini ochibdi, u yerda ishga ketishdan oldin majburiy sertifikatlashdan oʻtishadi.
Bon!, Yaponamama, Dodo Pizza, Oqtepa Lavash, Wendy's, Chef Burger, Aksu kabilardan buyurtma berish mumkin. Ro'yxat esa hali ancha kengayadi menimcha.
Yil oxirigacha “Uzum tezkor” yurtimizning barcha hududlaridan mingdan ortiq do‘konlaridan oziq-ovqat va boshqa mahsulotlar yetkazib berishni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirgan.
@Kreativ_reklamalar - reklama va marketing haqida eng muhimlari
Mostrar más ...