Agar ba'zi birlar seni ranjitsa,
Azob otashida o'rtanma butkul.
O'zing bilasanki, hammani esa
Ko'nglini bir xilda ovlamoq mushkul.
Ba'zida joningni jabborga berib,
Asl haqiqatni so'zlaganing dam,
Ba'zi birlar sendan butunlay ranjib,
Mumkin seni nodon deyishlari ham.
Bordi-yu yaxshini desang ham yomon,
Aminman topilur senga tarafdor.
Dunyoda bor ekan haqiqat, yolg'on,
Hammaga teng yoqish mumkinmas aslo.
Demak, shunday ekan, yolg'on gap sotib,
Nopoklar ko'ngliga bo'lgandan ma'qul,
Do'stim, haqiqat-u rostini aytib,
Faqat vijdoningni buyurganin qil.
🪶Mualif: O'zbekiston xalq shoiri
Shukrullo
🎤O‘qidi:
Nosir Ibrohim
Furqon - ziyo maskani!Mostrar más ...