⚡️Silk Avia parvozlarni boshlamoqda. Chiptalar narxi qancha?
O‘zbekistonning birinchi mintaqaviy aviakompaniyasi Silk Avia 25-aprel, seshanbadan ilk tijoriy reyslarini boshlaydi. Hozircha uchta samolyotga ega kompaniya O‘zbekiston ichida 6 ta yo‘nalish bo‘yicha parvozlarni taklif qilmoqda.
Narxlar:
— Toshkent – Samarqand.
26, 27, 28, 29 aprel kunlariga – 187 860 so‘m;
— Toshkent – Buxoro.
25 aprel – 1 may kunlariga – 275 528 so‘m, keyingi kunlarga – 187 860 so‘m;
— Toshkent – Qarshi.
27 aprel kuniga – 187 860 so‘m;
— Toshkent – Namangan.
26 aprel kuniga – 187 860 so‘m;
— Toshkent – Termiz.
2 may kuniga – 275 528 so‘m;
— Toshkent – Urganch.
25 aprel – 3 may kunlariga – 400 767 so‘m;
— Buxoro – Urganch.
2 may kuniga – 275 528 so‘m;
— Urganch – Samarqand.
26–29 aprel kunlariga – 438 338 so‘m.
Chiptalarni
silk-avia.com saytidan xarid qilish mumkin.
Mostrar más ...