#Bilasizmi
🌙Rasululloh sollallohu alayhi vasallam oshkora daʼvatni boshlaganlaridan soʻng iymon keltirganlar soni yanada oshib bordi. Bu holatdan g‘azablangan Quraysh mushriklari esa musulmonlarga kuchli tazyiq oʻtkazishar, zaifhol, himoyachisi yoʻq musulmonlarni qiynab, azoblab, hatto oʻldirishgacha borishardi. Ana shunday qattiq qiynoqqa solinganlardan biri
Bilol ibn Raboh roziyallohu anhudir.
🔹 Bilol roziyallohu anhu
Umayya ibn Xalafning quli edi. Umayya uni kunning qoq o‘rtasida qaynoq – agar ustiga bir bo‘lak go‘sht qo‘yilsa, pishib qoladigan darajada qattik issiq qumga olib chiqar, so‘ng yerga chalqancha yotqizib, ko‘kragini katta bir qoyatosh bilan bostirishlarini buyurar va shunday qilinar edi. Keyin unga: “
Sen to o‘lmaguningcha yoki Muhammadga kufr keltirib, Lot va Uzzoga sig‘inmaguningcha shu ahvolingda qolasan”, derdi. Bilol roziyallohu anhu esa: “
Ahad, Ahad”, deb qaytarar edi. Biror marta ham kufr kalimasini aytmas edi. Alloh u kishidan rozi bo'lsin.
📌
Zarvaraq — tarixning oltin sahifalariMostrar más ...