Komil Allamjonov nodavlat telekanallar vakillari bilan uchrashuv oʻtkazdi
Unda soʻz erkinligi, milliy kontent va bolalar uchun sifatli media mahsulotlarni yaratish masalalari muhokama qilingan.
“Shu oʻrinda Prezidentimizning matbuot va soʻz erkinligi borasidagi pozitsiyalari juda qatʼiyligi, ochiqlik siyosatisiz taraqqiyotga erishish qiyinligi yana bir bor taʼkidlandi. Albatta, muammolar koʻp. Matbuot erkinligi yuzasidan reytinglarimizda oʻzgarish bor. Lekin biz bugun erkin matbuotni huquqiy maydonga olib chiqmas ekanmiz, muammolar sudlarda hal boʻlishiga erishmas ekanmiz, taraqqiyot oʻrniga xaos paydo boʻlishi, jurnalist yoki blogerman deb turli noqonuniy harakatlar, shantaj, firibgarlik holatlariga yoʻl qoʻyilishi natijasida jabr koʻrgan fuqarolar soni ortib ketishiga sababchi boʻlamiz. Afsuski, bunday holatlar boʻldi. Reyting tuzilishida shu kabi hodisalar ham taʼsir qildi deb oʻylayman”, – deb yozadi Prezident Administratsiyasi Axborot siyosati departamentining rahbari.
@daryo_liveادامه مطلب ...