Har kuni ertalab Otam (Alloh umrlarini uzoq qilsin) bilan bir oz gaplashib o'tiramiz.
Kechagi suxbatimiz eski uyimiz xaqida bo'ldi.
Toshkentning eski shahar qismi Qumloq mahallasi Chuvalachi ko'chasidagi uyimiz ikki xonadan iborat edi.
Xonalarning birida Ota-Onam, ikkinchisida biz bolalar va Otamning Onalari Buvim rahmatlik uhlardik.
Ikkinchi xona biz uchun ham uhlash ham ovqatlanish xonasi edi.
U paytlar eski shaharda gaz,konalizatsiya,suv yo'q edi.
Suvni ko'chani boshidan gazni esa balonda keltirib ishlatar edik.
Esimni endi tanigan paytlarim edi.
Bog'chadan uyga kelayotganimizda ko'cha to'la o't o'chirish mashinalari baqir chaqir,hamma yoq qora tutun.
O'sha kichkinagina uyimiz ham yonib ketgan ekan.
Hali ham esimda 5 yosh bola edim hamma yugur yugur qilib yuribti men katta tut darahti tagida nima qilshimni bilmay yig'lab turganlarim.
Qo'shnimiz qo'limdan ushlab ovutib bir chetga o'tkazib hech qayerga qimirlamay o'tirishimni tayinlagan edilar.
Hullas bir qarashda boshimizga tushgan kulfat,fojea aslida biz uchun Allohni marhamati bo'lgan ekan.
1 oy ichida davlat tomonidan bizga
Qora-Qamishdan yangi besh xonali kvartira bepul berildi.
Hayotimiz butkul yahshi tomonga o'zgarib ketti.
Ushbu voqealarni esladik.
Biz uchun kulfat deb o'ylaganimiz aslida ne'mat bo'lishi mumkin.
ادامه مطلب ...