The service is also available in your language. For translation, pressEnglish
Best analytics service

Add your telegram channel for

  • get advanced analytics
  • get more advertisers
  • find out the gender of subscriber
دسته بندی
زبان جغرافیایی و کانال

audience statistics Elektron kutubxona

«O'qish - o'sish demakdir» Loyihalar: 📼 Audio kitoblar:  @kitob_eshitamiz  🧲 Kitob izlash:  @ilmbot  Sovrinli tanlov:  @kitobxonlar_ligasi  Kitob muhokamasi: t.me/e_kutubxona/5656 Mualliflik huquqingiz buzilsa murojaat qiling. Aloqa:  @kutubxonachibot  
نمایش توضیحات
22 1730
~0
~15
0
رتبه کلی تلگرام
در جهان
36 406جایی
از 78 777
195جایی
از 430
دسته بندی
857جایی
از 1 704

جنسیت مشترکین

می توانید بفهمید که چند زن و مرد در این کانال مشترک هستند.
?%
?%

زبان مخاطب

از توزیع مشترکین کانال بر اساس زبان مطلع شوید
روسی?%انگلیسی?%عربی?%
تعداد مشترکین
چارت سازمانیجدول
D
W
M
Y
help

بارگیری داده

طول عمر کاربر در یک کانال

بدانید مشترکین چه مدت در کانال می مانند.
Up to a week?%Old Timers?%Up to a month?%
رشد مشترکین
چارت سازمانیجدول
D
W
M
Y
help

بارگیری داده

Since the beginning of the war, more than 2000 civilians have been killed by Russian missiles, according to official data. Help us protect Ukrainians from missiles - provide max military assisstance to Ukraine #Ukraine. #StandWithUkraine
#Manipulyativ_diktatorlar Avtoritar rahbarlar uchun iqtisodiy o‘sish manbasining o‘zgarishi katta muammo tug‘dirdi. Oldingi davrda Stalin va Mao kabi klassik diktatorlar dehqonlarni zavodlarga yuborish orqali insonlarni sarf qilgan holda yalpi ichki mahsulotni ikki barobarga oshirishlari mumkin edi. U davrlarda ishchi kuchini qayta taqsimlash ishlab chiqarishni oshirishning zo‘raki, ammo samarali yo‘li edi. Stalinistik sanoatning shakllanishi mukammal bo‘lmasa-da, dehqon xo‘jaliklarga qiyoslaganda kommunistik industriya nisbatan samarali edi. Ammo iqtisodiy o‘sish yaratuvchanlikni talab qila boshlaganida Stalin uslubidagi ishchi kuchini majburiy taqsimlash samarasiz metodga aylangan edi. Odamlarni jismoniy ish qilishga majburlash mumkin, ammo ularni innovativ g‘oyalar topishga majburlab bo‘lmadi. Chek-chegaralar mavjud joyda innovatsiya vujudga kelishi mushkul bo‘lgan bir paytda kommunistik byurokratiya yangi g‘oyalar tug‘ilishiga qo‘shimcha to‘siqlar yaratar edi. Kommunistik mafkura esa innovatsion muhitni yanada bo‘g‘ib borardi. - Sergey Guriyev, Deniel Treysman: «Manipulyativ diktatorlar: XXI asrda tiraniyaning oʻzgaruvchan qiyofasi» 📚
ادامه مطلب ...
1
0
Maxsus loyiha: Kitob almashamiz Bu yerda: Kitob sotishingiz, sotib olishingiz, bepul berishingiz, almashtirishingiz yoki almashib o‘qishingiz mumkin.
1
0
#Toʻrtinchi_sanoat_inqilobi Talabga asoslangan iqtisodiyot muhim savolni o‘rtaga tashlaydi: nimaga ega bo‘lish muhimroq — platformagami yoki u taklif qilayotgan resurslargami? Dunyoning eng yirik taksi kompaniyasi bo‘lgan "Uber" ning bitta ham avtomobili yo‘q. Eng yirik media kompaniyasi "Facebook" hech qanday kontent yaratmaydi. Dunyoning eng qimmat chakana savdo platformasi "Alibaba" hech qanday inventarga egalik qilmaydi. Va nihoyat, dunyoning eng yirik uy-joy ta’minotchisi "Airbnb" ko‘chmas mulkka ega emas. - Klaus Shvab: To'rtinchi sanoat inqilobi 📚
ادامه مطلب ...
3
0
Sen hech qachon ozodlik nondan azizligini tushunmaysan!    Qadimgi yunon hikoyalarida hayvonlar haqidagi bir hikoya keladi:    "Bir bo‘ri nihoyatda ozg‘inlashib hatto suyaklari bilinib qolibdi. Chunki itlar uni qo‘y podasi atrofidan nihoyatda mahorat bilan quvishar ekan. Yaqinlashgani qo‘yishmas ekan. Bo‘ri bir kuni semiz va sog‘lom itni ko‘rib qolibdi. O‘ziga-o‘zi debdi:   "Agar oldingi kuchim bo‘lganida uni parchalab yegan bo‘lar edim!".    Ammo o‘zining zaifligini, qo‘lidan bir ish kelmasligini bilgan bo‘ri itning oldiga kelib uni maqtay boshlabdi: - Ey qo‘ylarning ishonchli qo‘riqchisi! Senga mana shunday semirib, kuchli bo‘lib yurish yarashadi!    Shunda it bo‘riga debdi: - Istasang sen ham menga o‘xshab semirishing mumkin. O‘rmonlarda yurishni bas qil. Bizning oldimizga kel. Bu yerda ovqat ko‘p. Mazza qilib yashaysan! Bo‘ri so‘radi: - U yerda qanaqa ovqatlar bor? It dedi: - Har-xil lazzatli taomlar bor. Tovuqlarning suyaklari bor. Qolaversa xo‘jayin vaqti-vaqti bilan boshingni silab ham turadi!    Itning gapini eshitgan bo‘rining og‘zidan so‘lagi oqdi. U bilan birga borishga qasd qildi. Yo‘lda ketayotib itning bo‘ynida iz ko‘rdi. Uning nima ekanligini so‘radi. It dedi: - Bu xo‘jayinim bo‘ynimga bog‘lagan zanjirning izi! Bo‘ri dedi: - Unday bo‘lsa sen to‘liq ozod emas ekansanda?! It dedi: - Ammo menda hamma narsa bor-da! Bo‘ri dedi: - Menga semizlik, zanjir va qullikdan ko‘ra ozg‘inlik, ochlik va ozodlik yaxshi. Sen hech qachon ozodlik nondan azizligini tushunmaysan. Boraver!".    "Ozodlik nondan azizdir". Bu gap ozodlik haqida men eshitgan ajoyib jumlalarning ikkinchisidir. Birinchisini Umar roziyollohu anhu Misr voliysi Amr ibn Os roziyollohu anhuga aytgan:   "Ey Amr! Qachondan beri onasi ozod holda tuqqan kishilarni qul qiladigan bo‘lding?!".       Voqea bunday bo‘lgan edi. Misrda musobaqa bo‘lib o‘tdi. Oddiy qibtiy yigit Misr voliysi Amr ibn Os roziyollohu anhuning o‘g‘lidan o‘zib ketdi. Shunda Amr ibn Osning o‘g‘li qibtiy yigitga: "Hali sen boshliqning o‘g‘lidan o‘tib ketadigan bo‘ldingmi?",  deb uni bir qamchi uradi.    Zulm achchiq narsa. Insonlarga quldek muomala qilish durust emas. Qibtiy yigit Madinaga borib, xalifa hazrati Umarga arz qiladi. Xalifa Umar roziyollohu anhu Amr ibn Osning o‘zini ham, o‘g‘lini ham Madinaga chaqirtiradi. Ular yetib kelishadi. Katta majlisda hazrati Umar roziyollohu anhu qibtiyga qamchini berib: "Bu boshliqning o‘g‘lini yaxshilab savala!", deydi. So‘ngra Amr ibn Os roziyollohu anhuga qarab: "Ey Amr! Qachondan beri onasi ozod holda tuqqan insonlarni qul qiladigan bo‘lib qoldinglar?!", deydi.       Bu din insonlarni ozod qilish uchun kelgan. Avvalo insonlarni insonlardan ozod qilish uchun, qolaversa ularni nafslaridan ozod qilish uchun kelgan.    Inson dinsiz o‘zining g‘arizalariga, istaklariga va tama’lariga qul bo‘lib qoladi. Bu g‘arizalarning adabini faqatgina din beradi.    Shuning uchun buyuk islom inson g‘arizalarini mutloq ozod qiluvchilar va uni mutloq yakson qiluvchilar o‘rtasida moʻtadil turadi! - Abdulqodir Samarqandiy 📚
ادامه مطلب ...
3 245
28

O‘qidingizmi? O‘zbek tiliga tarjima qilingan qaysi antiutopik asar(lar)ni o‘qigansiz?

1984
1985
Ajib yangi dunyo
Biz
Farengeyt bo‘yicha 451 daraja
Molxona
Hech birini o‘qimadim
0
رأی دادن ناشناس
5 602
6
#Mantiqiy_iqtisodiyot Bizning erkinligimiz himoyasiz Biz barcha erkinliklarni kamdan-kam hollarda birdaniga yo'qotishimiz mumkin. Odatda u asta-sekinlik bilan yo'qotilib, odamlar buni ko'p hollarda sezmaydilar. Erkinlik bevosita cheklanganda ham, masalan, davlat iste'molchilarni himoyalash maqsadida kasbiy faoliyatni litsenziyalashni joriy etganda, kamdan-kam odamlar bunga e'tibor beradilar, agar e'tibor bersalar ham, cheklashlar ularga shaxsan ta'sir etadi deb hisoblamaydilar. Ammo Avstriyalik buyuk iqtisodchi F. A. Hayek ta'kidlaganidek, «Erkinlikdan oladigan manfaatlarim... asosan boshqalarning erkinlikdan foydalanishi natijasidir». Masalan, agar odamlar sochning kimyoviy tuzilishi bo'yicha davlat imtihonlaridan o'tmasdan sartarosh bo'lish erkinligidan mahrum bo'lsa, bundan bo'lajak sartaroshlar emas, balki soch kestirishi kerak bo'lgan odamlar eng ko'p zarar ko'radilar. Bundan tashqari, erkinlikni yo'qotish jarayoni bilvosita sekin amalga oshishi mumkin. Bevosita cheklovlar erkinlikni doimo ayon boʻlganidan ko'proq cheklaydi, chunki har bir cheklov erkinlikka imkoniyat beruvchi bozor mas'uliyatiga sezilmaydigan ravishda putur yetkazadi. Tomas Jeferson quyidagilarni aytganda haq edi: «Abadiy hushyorlik erkinlik bahosidir». Odamlar erkinlik va bozor o'rtasidagi uzilmas bog'liqlikni tushunganda, o'z erkinliklarini himoya qilishga, ehtimol, ko'proq hushyor bo'ladilar. - "Mantiqiy iqtisodiyot" kitobidan 📚
ادامه مطلب ...
5 484
10
#Keltirma Ey millat! Alloh musibatingizni aritsin! Jaholatdan shikoyat qilasiz, tamakiga ishlatganingizning yarmini ham ta’limga sarflamaysiz. Hokimlardan noliysiz, ular ham o‘zingizdan bo‘lganlari holda islohlarini istamaysiz. Faqirlikdan bezgansiz, uning dangasalikdan boshqa sababi yo‘q. Bir-biringizni alday turib qanday o‘nglanishdan umid etasiz? Eng nochor tirikchiligingizni ojizlikdan, qanoat ataysiz. Ishlaringizga bosh qotirmay, osongina, tavakkal deb qo‘yasiz. Yo‘l-yo‘riqni bilmaslikni Allohning qazosi bilan niqoblaysiz. Ko‘rguliklar orini Qadarga to‘nkab, o‘zingizdan quvasiz. Lek vallohki, ishingiz bashar ishi emas! - Abdurrahmon Kavokibiy 📚
ادامه مطلب ...
6 523
34
#Manipulyativ_diktatorlar Mamlakatlar postindustrial ishlab chiqarishga o‘tar ekan, ularda yangi toifadagi inson kapitaliga ehtiyoj tug‘iladi. Oddiy industrial kasblar uchun boshlang‘ich va o‘rta maktablarda beriladigan bilim yetarli. Ammo rivojlangan iqtisodga ega mamlakatlar bilan raqobatlashish oliy ma’lumotli ishchilar sinfini talab etadi. Avtokratlar uchun muammo shundaki, ta’lim tabiiy ravishda fikr erkinligiga bog‘liq. Universitet darsliklarini tamoman “yot g‘oyalar”dan tozalash imkonsiz. Tanqidiy fikrni nazoratda ushlab turishning imkoni yo‘q. Bugun elektrodlarni o‘rganayotgan talaba ertaga saylov jarayonlarini tahlil qilishga o‘tishi mumkin. Universitetlarda o‘rgatiladigan tahliliy, tashkiliy va kommunikatsion ko‘nikmalar turli maqsadlarda, hattoki hukumatga qarshi namoyishlar uyushtirishda ham qo‘llanishi mumkin. Ayni paytda ilg‘or tadqiqotlar tashqi dunyo bilan uzluksiz aloqani taqozo etadi. Bu aloqa esa odamlar tashqi dunyo haqida doimiy ravishda ma’lumot oladi degani. Bularning barchasi diktatorlarga oliy ta’limni nazoratda ushlab turishni mushkullashtiradi. Sovet Ittifoqini misol qilib olaylik. 1950-yillarda mamlakatda qat’iy konformizm hukm surar edi. Stalin shafqatsiz ravishda “har xillikka qarshi kampaniya" e’lon qilgan, yahudiy doktorlarni hibsga olib, ularni josuslikda ayblab qatl qilayotgan davr edi. Bir bitiruvchining so‘zlariga ko‘ra, o‘sha davrlarda Moskva davlat universitetining yuridik fakulteti "ulkan mafkuraviy miya yuvish" dargohiga aylangan edi. Garchi o‘zi idealist kommunist bo‘lsa-da, unda partiya siyosati bo‘yicha savollar tug‘ila boshlagan. Xo‘sh, yosh Mixail Gorbachyovning ongida shubha uyg‘otayotgan nima edi? Dissidentlar tarqatayotgan pamfletlarmi? Aslida uning shubhalariga sabab Gorbachyov “o‘z raqiblarining tezislarini tizimli ravishda tanqid qilgan, qarshi argumentlar bergan va nazariy jihatdan mantiqli xulosalar ishlab chiqqan” Karl Marks, Fridrix Engels va Vladimir Leninlarning klassik qo‘lyozmalarini o‘qigani edi. Bu manbalar uni antikommunistga aylantirib qo‘ymagandi. Balki uni tizim uchun kattaroq xavfga — fikrlashga o‘rgatgan edi. - Sergey Guriyev, Deniel Treysman: «Manipulyativ diktatorlar: XXI asrda tiraniyaning oʻzgaruvchan qiyofasi» 📚
ادامه مطلب ...
7 068
13
#Keltirma Hamma narsani, ignadan tortib raketagacha import qiladigan millat hech qachon g‘olib bo‘lmaydi. Import qilish garchi sabablarni ushlashdan hisoblansada, bu noqis ushlash hisoblanadi. Chunki siz o‘zgaga bo‘yningizni topshirdingiz. Qurol-aslahasini o‘zi yasamagan millat uni ishlatish erkiga ega bo‘lmaydi. - Shayx Muhammad G‘azzoliy 📚
6 389
36

O‘qidingizmi? 📖 Yulo Vooglayd: «Vatandoshlik dasturi»

O'qidim
O'qiyapman
O'qimoqchiman
O‘qishim ham mumkin, o‘qimasligim ham
0
رأی دادن ناشناس
6 998
3
#Manipulyativ_diktatorlar Ziyoli qatlamni hukumat tomoniga og‘dirish moliyaviy resurslar talab etadi. Moliyaviy resurslar yetishmovchiligi yuz berganda esa diktatorlar mediani nazorat qilishning arzonroq yo‘li - senzuraga o‘tadilar. Ular barcha turdagi kontentni senzura qilishlari shart emas. Eng muhimi muxolifat nashrlarining auditoriyasi kattalashib ketmasligi kerak. Shuningdek, bu borada diktatorga jamiyatdagi madaniy o‘zgarishlarning nomutanosib dinamikasi qo‘l keladi. Postindustrial davrning ilk qismida odamlar hamon o‘zlarining industrial qadriyatlariga sodiq bo‘ladi. Ular odatda risklardan qochuvchi va konformist bo‘lishadi. Oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan fuqarolar qatlami esa nafrat, iqtisodiy xavotirlar va an’anaviy qadriyatlarga sodiqlik bilan kreativ sinfdan ajralib qoladi. Manipulyativ diktator bu sentimentlardan foydalangan holda industrial ishchi sinfni “buzg‘unchi madaniyat” vakillariga qarshi oyoqqa turg‘izishi mumkin. Ayni paytda diktator intellektuallarni xoin, dinni tahqirlovchi va zinokor sifatida ko‘rsatishga harakat qiladi. Bu kabi qoralov va tuhmat kampaniyalari uning tarafdorlari orasida muxolifatning hukumat haqidagi tanqidlariga ishonchsizlik paydo qiladi. Toki ziyoli qatlam kuchsiz ekan, bu manipulyatsiya doim ish beradi. Shu yo‘sinda diktatorlar kreativ iqtisodni izdan chiqarmagan va o‘z repressiyasini xalqqa oshkor qilmagan holda siyosiy talablarga qarshilik qilishi mumkin. Ammo intellektuallar doirasi kengayib, ularning resurslari, mahoratlari oshgani va qadriyatlari aholi orasida keng tarqalgani sayin manipulyativ diktaturani boshqarish anchayin qiyinlashadi. - Sergey Guriyev, Deniel Treysman: «Manipulyativ diktatorlar: XXI asrda tiraniyaning oʻzgaruvchan qiyofasi» 📚
ادامه مطلب ...
9 878
17
#Keltirma O‘zingniki bo‘lishiga nima yetsin?! Sal kam bir oy bo‘lyaptiki, Gʻazzaga suv, taom, tok to‘sib qo‘yilgan. O‘sha sharoitda ham musulmonlar sabru iymonda, kurashda davom etishdi va holatni butun olamga uzatib turishdi. U yerdagi vaziyatdan hamma boxabar bo‘lib, qilinayotgan vahshiyliklardan dunyo bo‘ylab norozilik ortgani va boshqa sabablar bois dushmanlar kuni kecha Gʻazzaga internet tarmog‘ini ham uzib qo‘yishdi. Shu bois ijtimoiy tarmoq faollari Ilon Maskdan Gʻazzaga internet tarmoq uzatishini so‘rab murojaat qilishdi. U bu talabga ijobiy javob berishga harakat qilishini aytibdi. Balki yordam berar. Biroq, gap shundaki, Gʻazza ahliga fazoviy ko‘maklashishga shundan boshqa odam topilmagan. Qarang, Islom Hamkorlik tashkilotiga a’zo bo‘lgan 60 ga yaqin davlat, 2 mld musulmon o‘zlari uchun shu kungacha birorta fazoviy tarmoq yaratmabdi, dasturlar ishlamabdi. Bugun esa boshqalarga yalinib, o‘shalarning og‘ziga qarab o‘tiribdi. Bu hol Islom ta’limotlariga zid, siyratga xilof, hayot qonuniyatlariga tersdir. Agar ixlosli musulmonlar o‘zlaridagi internet tarmoqlariga-da o‘zlari ega bo‘lganlarida, boshqalar ularni dunyodan uzib qo‘ya olmas, agar uzsa, birovlarga yalinmay, o‘z kishilariga murojaat qila olar edilar. Qariyb yarim asrdan beri dunyoning turli mintaqalarida turli qurolli harakatlarga berilgan dindor yoshlar ilm-fan sohasida jihod qilganlarida, hech shubhasiz, ummat uchun ko‘proq foyda keltirgan bo‘lishardi. To‘g‘risi, men o‘zim zamonaviy jihozlardan keng foydalansamda, internet tarmoqlarini hamisha ishlatsamda va ularning haqqini to‘lab qo‘ygan bo‘lsamda, bu narsalar musulmonlarniki bo‘lmagani uchun ularni ishlatib yayray olmayman. Qani edi musulmon fizik va matematiklarimiz, o‘zbek olimlarimiz mana shu kabi ishlarga munosib hissa qo‘shishsa. Qani endi shu narsalar o‘znimizniki bo‘lsa... Hali ham kechmas, odam qilgan ishni odam qila oladi, yoshlarimiz zamona ilmlarini yaxshi o‘zlashtirib, ummatni hech bir jabhada boshqaga muhtoj bo‘lmaydigan holatga olib chiqishga erishsalar, mana shu haqiqiy sunnatga va siyratga muvofiq ish bo‘ladi. Sharti - bu ilmlarni dinining evaziga yoki o‘zlikdan kechib emas, balki iymonu axloq asosida o‘zlashtirish lozim. Mana shunda ular boshqalarga bo‘lmagan ilohiy ma’unatga ham musharraf bo‘ladilar. Odamlarimizda bir tushuncha bor, har qancha qulay bo‘lmasin, ijara uyga uncha qiziqishmaydi, kamtarona bo‘lsa ham, o‘z uyim bo‘lsa deymiz, chunki mana shunda hotirjamlik, erkinlik tuyamiz. Juda to‘g‘ri va tabbiy tuyg‘u. Xuddi shu kabi, boshqa iste’mollarimizda ham o‘zimiz ishlab chiqaruvchi bo‘lmas ekanmiz, qaramlikdan qutila olmaymiz. O‘zingniki bo‘lganiga nima yetsin?! - Hasan Al-Muqriy 📚
ادامه مطلب ...
9 801
31

O‘qidingizmi? 📖 Sergey Guriyev, Deniel Treysman: «Manipulyativ diktatorlar: XXI asrda tiraniyaning oʻzgaruvchan qiyofasi»

O'qidim
O'qiyapman
O'qimoqchiman
O‘qishim ham mumkin, o‘qimasligim ham
0
رأی دادن ناشناس
8 173
3
#Mantiqiy_iqtisodiyot Tizim odami o'z takkaburi bo'yicha o'zini dono ko'radi. U xuddi shaxmat taxtasidagi toshlarini qo'li bilan osonlikcha yurgizgani kabi, katta jamiyatning turli xil a'zolarini osonlik bilan boshqarish mumkin deb tasavvur qiladi; u shaxmat taxtasidagi toshlarda ularni qo'l surishidan boshqa harakatlanish prinsipi yo'q deb hisoblaydi; biroq inson jamiyati deb nomlanmish buyuk shaxmat taxtasidagi har bir alohida shaxs, garchi bu qonun chiqaruvchilar istagidan farqli bo'lsa ham, o'z harakatlanish prinsipiga ega. Agar bu ikki prinsip bir-biriga mos kelsa va bir yo'nalishda harakatlansa, inson jamiyatining o'yini osonlik va uyg'unlik bilan davom etadi va uning baxtli va muvaffaqiyatli bo'lishining ehtimoli katta. Agar ular bir-biriga zid yoki turlicha bo'lsa, o'yin qayg'uli davom etadi, jamiyat esa tartibsizlikning eng yuqori cho'qqisiga yetadi. - Adam Smit (1759-yil), «Ma'naviy hissiyotlar nazariyasi» 📚
ادامه مطلب ...
8 431
13
#Manipulyativ_diktatorlar Odamlarni siyosatdan ajratish uchun rangsiz va zerikarli xabarlar ayni muddao. Davlat mafkurasi qanchalik murakkab va ahmoqona bo‘lsa, sodiq fuqarolarni, sodiqlikni imitatsiya qilayotgan muxoliflardan farqlash shuncha oson bo‘ladi. Faqatgina sodiq fuqarolar davlat doktrinasi qanchalik ahmoqona bo‘lmasin, uni chin dildan yod olishar va o‘rganishardi. Propagandaning aynan ahmoqonaligi dissidentlarga hukumatning qay darajada kuchli ekanligi va odamlarni ma’nosiz narsalarni qaytarishga majbur eta olishini bildirib turar edi. Odamlardan qullarcha xushomadgo‘ylik va mantiqsiz da’volarni so‘roq-savolsiz qabul qilishni talab etish ular orasidan hukumatga shubha bilan qarovchilarni ajratishda qo‘l keladi. Bu esa rahbarlarga o‘ziga shak keltirmaydigan odamlarni tanlab olishga yordam beradi. Rahbarga tamoman tobelikni namoyish etuvchilarni mukofotlash ularni boshqa qudrat egalariga bo‘lgan moyilligini kamaytirgan holda diktatorning hokimiyatini yanada mustahkamlaydi. - Sergey Guriyev, Deniel Treysman: «Manipulyativ diktatorlar: XXI asrda tiraniyaning oʻzgaruvchan qiyofasi» 📚
ادامه مطلب ...
8 351
17
ALLOHNING LUTFI Rivoyat etilishicha, bir majusiy Ibrohim Xalilullohdan mehmon qilishini so‘radi. U kishi uni mexmon kilmadilar va: «Agar iymonga kelsang, seni albatta mehmon qilaman», dedilar. Shu onda Alloh taolo u kishiga vahiy yuborib, shuni bildirdi: «Ey Ibrohim! Men to‘qson yildan beri uning kofirligiga qaramay, taom berib kelaman». Shunda Ibrohim alayhissalom darhol o‘sha majusiyning orqasidan borib, to‘xtatdi, ortiga qaytardi va bo‘lgan voqeadan xabardor etdi. Majusiy Alloh taoloning lutfidan taajjubga tushdi va musulmon bo‘ldi. 📚
ادامه مطلب ...
image
8 048
25
#Mantiqiy_iqtisodiyot Ko'pchilik ma'qul ko'rgan siyosiy qarorlar har doim ham jamiyatga ijobiy ta'sir ko'rsatmasligi shubhasiz. Keling, fikrlash orqali tajriba o'tkazamiz. Besh saylovchidan iborat oddiy iqtisodiyotni faraz qiling. Deylik, saylovchilardan uchtasi har biriga 2 yevrodan sof foyda keltirib, ammo qolgan ikki saylovchining har biriga 5 yevrodan sof chiqim yuklaydigan loyihani ma'qullaydi. Jamini olganda, loyihaning tannarxi 10 yevroga teng, sof foydasi esa 6 yevroga teng. Bu loyiha samarasiz va u besh kishilik jamiyat farovonligiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Shunga qaramasdan, agar ko'pchilik ovoziga asosan qaror qabul qilinsa, uch ovoz qarshi bo'lgan ikki ovozni yutadi. Saylovchilar sonini 5 tadan 5 millionga yoki 200 millionga oshishi umumiy natijani o'zgartirmaydi. Ushbu misolda yaqqol ko'rinib turibdiki, ko'pchilik ovoziga asoslangan saylov tizimi samarasiz loyihalarning qabul qilinishiga olib kelishi mumkin. - "Mantiqiy iqtisodiyot" kitobidan 📚
ادامه مطلب ...
6 777
12
Maxsus loyiha: Kitob almashamiz Bu yerda: Kitob sotishingiz, sotib olishingiz, bepul berishingiz, almashtirishingiz yoki almashib o‘qishingiz mumkin.
6 050
3
#Keltirma - Rejep Tayyip Erdog'an: Dunyo yanada odil bo'lishi mumkin 📚
9 098
18
​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​""da navbatdagi №185 mutolaa uchun Gustav Floberning "" romani Muhokama sanasi: 28-oktabr, shanba (20.00 dan 23.00 gacha)
10 447
2
#Doktor_Jivago Boris Pasternak, "Doktor Jivago" romanidan tagiga chizib o‘qiluvchi satrlar 1. Hammanikidan ajralgan baxt aslida baxt emas. 2. Sog‘lom erkak kishi tishlarini g‘ijirlatib bo‘lsa-da, o‘z o‘lkasi qismatini birga boshidan kechirishi kerak. 3. Markscha fikrlaydigan odam so‘lagini oqizib yuruvchi dangasa bo‘lishi kerak, deb qayerda aytilgan? 4. Mana ko‘rdingizmi, siz bolshevik bo‘la turib bunday hayot kechirish qiyinligini inkor etmayotirsiz. Chindan ham, bu hayot emas, balki sira bo‘lmagan fantasmagoriya, tartibsizlikdir. 5. Men butunicha falsafaga asarlarni yoqtirmayman. Menimcha, falsafa san’at va hayotga qo‘shimchadek bir soha hisoblanadi. Quruq falsafa bilan shug‘ullanish achchiq garmdori chaynash bilan barobar bir ish. 6. Taqdir kitobida biz bir qatorda turamiz. 7. Men seni pardoz-andoz anjomlaringga, ustingdagi bir tomchi terga, badaningga yopishib, qoningni zaharlovchi kasalliklargacha rashk qilaman. 8. Haqiqiy turmush nimaligini, uning ruhini his qilmaganlar bunday qarashlar ustida mulohaza yuritolmaydi. Ular uchun mavjudlik - bu dag‘al ishlangan materialga yaqinlik demakdir. Materialning o‘zi hali ishlovga muhtojdir. Hayot esa hech qachon moddiylikning, narsaning o‘zi bo‘lib qolmaydi. Hayot - bu doimo o‘zini yangilab boruvchi qayta ishlovchi ibtidodir. Hayot bizning u haqidagi sayoz nazariyalarimizdan ancha yuqoriroq turadi. 📚
ادامه مطلب ...
8 693
25
@filolog_nafis kanali keng kitobxonlar ommasiga moʻljallangan boʻlib, bunda hammasi adabiyot haqida. Kanalda jahon adiblarining asarlariga taqrizlar, iqtiboslar, tasviriy sanʼat namunalari, filmlardan parchalar berib boriladi. Zero, Adabiyot va Sanʼat hech qachon zerikarli va foydasiz boʻlmagan.
4 488
2
📓 "Mantiqiy iqtisodiyot: Shaxsiy va milliy farovonlikning dolzarb masalalari" ✍ Mualliflar: Jeyms D. Guortni, Richard L. Stroup, Duayt R. Li, Tauni H. Ferrarini, Jozef P. Kalhun va Rendall K. Fayler. ⚖ 8,6 MB 🔎 PDF 📄 470 sahifa 📚

Mantiqiy iqtisodiyot.pdf

7 816
109
📓 "Mantiqiy iqtisodiyot: Shaxsiy va milliy farovonlikning dolzarb masalalari" ✍ Mualliflar: Jeyms D. Guortni, Richard L. Stroup, Duayt R. Li, Tauni H. Ferrarini, Jozef P. Kalhun va Rendall K. Fayler. ⚖ 5,1 MB 🔎 EPUB 📚

Mantiqiy iqtisodiyot.epub

7 883
76
#Mantiqiy_iqtisodiyot «Siz beparvo o'g'li deraza oynasini sindirib qo'yganda mehribon do'konchi Jeyms Gudfellou g'azabga kelganini hech ko'rganmisiz? Agar bunga duch kelgan bo'lsangiz, unda tomoshabinlarning har biri, ularning soni o'ttizta boʻlgan taqdirda ham, xuddi oldindan kelishib olgandek bechora do'konchini quyidagi so'zlar bilan yupatganiga guvoh bo'lgandirsiz: «Falokatning sharofati bor. Hamma kun koʻrishi kerak. Agar hech kim oyna sindirmasa, oyna soluvchilarning ahvoli nima kechadi?» Bunday hamdardlik butun bir nazariyani o'z ichiga oladi. Ushbu nazariyani oddiy misolimiz orqali tushuntirish qulay, chunki u iqtisodiy institutlarning, afsuski, asosiy qismini tartibga solib turuvchi nazariyaga juda yaqin. Aytaylik, zararni qoplash olti frankka tushadi. Siz falokat oyna soluvchiga olti frank daromad keltiradi va bu, o'z navbatida, yana olti frankka savdoni ko'paytiradi deb aytishngiz mumkin. Toʻgʻri, gapingizda jon bor, unga hech qanday e'tirozim yo'q. Oynachi kelib, vazifasini bajaradi va olti frankini oladi. Qoʻlini ishqalab, ko'nglida beparvo bola haqqiga duo qiladi. Bular vaziyatning aniq, koʻrinib turgan tomoni. Biroq agar siz ham deraza oynasini sindirish bu yaxshi, chunki u pulning aylanishiga va sanoatning rivojlanishiga ko'maklashadi degan tez-tez uchrab turadigan fikrga qoʻshilsangiz, unda men sizga: «To'xtang! Sizning nazariyangiz faqat koʻrinadigan narsalar bilan cheklangan; u vaziyatning ko'rinmagan tomonini hisobga olmaydi», deb keskin javob berishga majbur bo'laman. Chunki do'konchi olti frankni bir narsaga sarflagandan keyin bu mablag'ni boshqa maqsadlarga sarflay olmasligi bizga ravshan emas. Agar deraza oynasini almashtirmaganda, balki u yangi poyabzal olishi yoki kutubxonasiga yana bitta kitob qoʻshishi mumkinligi bizga ko'rinmaydi. Qisqasi, agar falokat sodir bo'lmaganda, u olti frankni boshqa maqsadga ishlatgan bo'lar edi». - "Mantiqiy iqtisodiyot" kitobidan 📚
ادامه مطلب ...
10 231
22
#Keltirma «Isroil davlati allaqachon ma’naviy asoslarini yo‘qotib bo‘lgan. Uni qo‘llayotgan kollektiv g‘arbda ham, ko‘pchilik uning jinoyatlarini yaxshi biladi. Yevropa jamoatchilik fikri, taxminan 60-80% Falastin tarafida. AQSHda ham 20 milliondan ortiq yahudiy yashaydi. Lekin, shuncha yahudiydan bor yo‘g‘i taxminan 6-7 millioni o‘zini yahudiy deb tan oladi. Qolganlari “men yahudiy emasman, Xudo asrasin” deb, o‘zligini yashiradi, yahudiylikdan voz kechishga harakat qiladi. Protestant, anglasakson bo‘lishga harakat qiladi. Bularning asosiy sababi – Isroilning vahshiy davlat ekanligi. Bu millat tarixan ko‘p ta’qib qilingan. Gʻarb va sharq xalqlari, davlatlari yahudiylarni ko‘p ta’qib qilgan. Endi, o‘zlarining davlatchiligiga erishib, shu davlatchilikni kengaytirish maqsadida, misli ko‘rilmagan vahshiyliklar qilmoqda. Bir vaqtlar g‘arbliklarning yahudiylarga qilgan vahshiyligini, bugun yahudiylar arablarga, falastinliklarga qilmoqda. Ortig‘i bilan qilmoqda. Buni dunyo ko‘rmoqda. Paradoks. Yashab qolish uchun terror siyosatini olib borayotgan Isroil bir vaqtni o‘zida global norozilik va nafratga sabab bo‘lmoqda. Ya’ni yashab qolish uchun o‘z umrini qisqartirishga ariza bermoqda. Bugun global yahudiylik chuqur ma’naviy inqirozda. Insoniyat Isroilni vahshiylik, adolatsizlik, yolg‘on va muttahamlik sinonimi sifatida qabul qilmoqda. Haliyam propaganda kuchli ishlayapti. Vaqti kelib, propaganda ham sinadi, homiy ham so‘nadi. O‘sha kuni Isroil naqadar vahshiy bo‘lganligini tushunib yetadi». - Kamoliddin Rabbimov, siyosatshunos 📚
ادامه مطلب ...
10 124
40
#Mantiqiy_iqtisodiyot Rag'batning muhimligini nazardan chetda qoldirib bo'lmaydi. U inson tabiatining bir qismidir. Rag'batlantirish sotsializmda ham kapitalizmdagidek ahamiyatga ega. Sobiq Sovet Ittifoqida shisha zavodining rahbar va xodimlari bir paytlar shisha listlarining ishlab chiqarilgan tonnasiga qarab rag'batlantirilgan. Ularning daromadi shishaning og'irligiga bog'liq bo'lgani bois ko'p zavodlar shishani shunchalik qalin ishlab chiqarishganki, u orqali deyarli hech narsa ko'rinmasdi. Natijada, qoidalar o'zgartirilib, rahbarlarning mehnati ishlab chiqarilgan shishaning jami kvadrat metriga qarab taqdirlangan. Ushbu qoidalar ostida Sovet korxonalari shishani shunchalik yupqa ishlab chiqarishganki, u osonlik bilan parchalangan. Xuddi shunday, Polsha fabrikalariga poyabzal soniga kvota belgilanganligi va ular juda kam miqdorda charm bilan ta'minlanganligi sababli bozorda bolalar poyabzali ko'payib ketganligi ajablanarli emas. - "Mantiqiy iqtisodiyot" kitobidan 📚
ادامه مطلب ...
9 530
24
🌐 O‘zbek adabiyoti ✍ Begali Qosimov 📓 "Milliy uyg‘onish: jasorat, ma’rifat, fidoyilik" ⚖ 15,3 MB 🔎 PDF 📄 400 sahifa 📚

Milliy uyg‘onish [@e_kutubxona].pdf

9 994
56
Kitob o‘qishlik — dunyoparastlar bilan hamtovoq bo‘lmaslikning eng yaxshi vositasi. 📚
11 433
58
​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​""da navbatdagi №184 mutolaa uchun Abdulla Qodiriyning "" romani Muhokama sanasi: 14-oktabr, shanba (20.00 dan 23.00 gacha)
8 440
6
Last updated: ۱۱.۰۷.۲۳
Privacy Policy Telemetrio