🎙 “Ma‘rifat maydoni”
Mardlarni jam etgan olov jamoa,
Aytsam tugamasa, guldasta so‘zlar.
Raqiblari do‘stga aylandi hatto,
Istagi ne, hakam nimani ko‘zlar?
Faqat bildim bugun g‘alaba nima,
Aslida, sahnada yongan - muzaffar.
Tahsinlarga loyiq muxlis olqishi,
Maydonda o‘syapti yangi nihollar.
Ayting, biz g‘olibmiz, biz uddaladik,
Yana uddalaymiz navbat kelganda.
Davron bardavomku, chehra gul bo‘lsin.
Orzu ro‘yob erur, maqsad bo‘lganda.
Nodir bog‘-u rog‘lar, nodir bog‘bonlar,
Iste‘dodi nodir, nodir nihollar…
🖌 Muborakxon Maxmudjonova - Filologiya fakulteti talabasi, “NamDU nihollari” jamoasi a’zosi
ادامه مطلب ...