Сервіс доступний і на вашій мові. Для перекладу натиснітьУкраїнська
Best analytics service

Add your telegram channel for

  • get advanced analytics
  • get more advertisers
  • find out the gender of subscriber
دسته بندی
زبان جغرافیایی و کانال

audience statistics MAKTABuz | Rasmiy kanal

Reklama:  https://t.me/EduRek/16  Ta'lim sferasidagi eng oxirgi va eng dolzarb yangiliklarini aynan shu kanaldan topasiz! © Kanaldan to'liq yoki qisman ma'lumot olinganda manba ko'rsatilishi shart! 
نمایش توضیحات
103 8840
~0
~0
0
رتبه کلی تلگرام
در جهان
156جایی
از 78 777
در کشور, ازبکستان 
1جایی
از 2 295
دسته بندی
1جایی
از 546

جنسیت مشترکین

می توانید بفهمید که چند زن و مرد در این کانال مشترک هستند.
?%
?%

زبان مخاطب

از توزیع مشترکین کانال بر اساس زبان مطلع شوید
روسی?%انگلیسی?%عربی?%
تعداد مشترکین
چارت سازمانیجدول
D
W
M
Y
help

بارگیری داده

طول عمر کاربر در یک کانال

بدانید مشترکین چه مدت در کانال می مانند.
Up to a week?%Old Timers?%Up to a month?%
رشد مشترکین
چارت سازمانیجدول
D
W
M
Y
help

بارگیری داده

Since the beginning of the war, more than 2000 civilians have been killed by Russian missiles, according to official data. Help us protect Ukrainians from missiles - provide max military assisstance to Ukraine #Ukraine. #StandWithUkraine
⚡️ O'zbekistonda sirtqi ta’lim bosqichma-bosqich tugatiladi Sirtqi ta’lim shaklining o‘rniga masofaviy ta’lim shakli kengaytiriladi va uzaytirilgan ta’lim shakli joriy etiladi. Ta’limni xorijiy tilda yakunlagan talabalar uchun magistraturaga kirishda xorijiy til sertifikati bo‘yicha talab bekor qilinadi. Qator yo‘nalishlarda sertifikat talabi B1 darajasiga tushiriladi. ✅ @MAKTABuz | Rasmiy kanal👇
MAKTABuz | Rasmiy kanal
Reklama: https://t.me/EduRek/16 Ta'lim sferasidagi eng oxirgi va eng dolzarb yangiliklarini aynan shu kanaldan topasiz! © Kanaldan to'liq yoki qisman ma'lumot olinganda manba ko'rsatilishi shart!
3 183
20
⚡️ Endilikda ta’lim granti talabalarga bir o‘quv yili uchun ajratiladi Bunda: 1-kursda grantlar o‘qishga kirishdagi imtihon natijalari bo‘yicha taqsimlanadi, 2-kursdan boshlab esa reyting ko‘rsatkichlari bo‘yicha eng yuqori ball to‘plagan talabalarga ajratiladi. ➖ lekin ijtimoiy-rag‘batlantiruvchi grant olganlar, ya’ni maqsadli qabul va imtiyoz asosida qabul qilingan talabalarga esa davlat granti butun o‘qish davri uchun beriladi. Edu - ta'lim yangiliklari✅️👇
ادامه مطلب ...
2 781
7
⚡️Magistraturaga chet tili sertifikati talabi pasayadi Bunda quyidagi tartib o’rnatiladi:ta’lim dasturini xorijiy tilda yakunlagan talabalar uchun sertifikat talabi bekor qilinadi; ⬇️ soha xususiyatidan kelib chiqib madaniyat, san’at, sport, ta’lim, sog‘liqni saqlash, ishlab chiqarish, muhandislik ishi, qishloq xo‘jaligi, veterinariya, arxitektura va qurilish, fizika va tabiiy fanlar, transport xizmatlari yo‘nalishlari bo‘yicha sertifikat talabi bir pog‘ona – B1 darajasiga tushiriladi. ✅ Quyidagilar saqlanib qoladi: Xorijiy tillar yo‘nalishlarida esa C1 daraja; aniq fanlar, biologiya, matematika, huquq, jurnalistika, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va iqtisodiyot yo‘nalishlarida B2 daraja saqlanadi. @MAKTABuz | Rasmiy kanal👇
ادامه مطلب ...
2 524
15
⚡️Rasman: O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari ko’tariladi O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish bali 2 bosqichda oshiriladi. Bunda: sog‘liqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yo‘nalishlari uchun – 94,5 ball; boshqa yo‘nalishlar uchun – 75,6 ball etib belgilanadi. Amalda barcha yo‘nalishlar uchun – 56,7 ball edi. ✅ @MAKTABuz | Rasmiy kanal👇
2 356
16
⚡️Ustama olish uchun fan o‘qituvchilariga B+, boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi uchun esa C yoki undan yuqori darajadagi sertifikat talab qilinishi mumkin Xabaringiz bor, Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-yanvardagi 17-son qarori bilan endilikda umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini aniqlash boʻyicha A+, A, B+, B, C+, C, darajali sertifikatlar berilishi belgilangan. Yangi Rash modeli boʻyicha fan oʻqituvchilariga A+, A va B+ darajadagi, boshlangʻich taʼlim (matematika va ona tili va adabiyot) yoʻnalishi uchun esa minimum C yoki undan yuqori darajadagi sertifikat uchun ustama berish boʻyicha hujjat loyihasi ishlab chiqilgan. Bu haqda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi xodimi jonli muloqotda maʼlum qildi. Ayni vaqtda amaldagi hujjatlariga oʻzgarish kiritish haqidagi loyiha ishlab chiqib, Adliya vazirligiga kiritilgan va tasdiqlanishi kutilmoqda. Eslatib oʻtamiz, Rash modeliga koʻra milliy sertifikat uchun quyidagi sertifikatlar beriladi: “70 balldan yuqori ball olganlarga A+ daraja; 65 — 69,9 ball olganlarga A daraja; 60 — 64,9 ball olganlarga B+ daraja; 55 — 59,9 ball olganlarga B daraja; 50 — 54,9 ball olganlarga C+ daraja; 46 — 49,9 ball olganlarga C darajali sertifikat berilmoqda. ✅ @MAKTABuz | Rasmiy kanal👇
ادامه مطلب ...
3 625
23
⚡️ Hozir kontraktda o‘qiyotgan talaba ham grantga o‘tishi mumkinmi? ▪️ Yangi tartibga , davlat granti talabaga faqat bir yilga berilishi, o‘zlashtirishiga qarab o‘zgarishi, hatto kontraktda o‘qiyotgan talaba ham grantga o‘tishi mumkinligi aytildi. Biroq bu degani — hozirgi talabalar ham yaxshi o‘qisa, grantga o‘tadi degani emas. Sababi yangi tartib qachondan va kimlar uchun (hozirgi talabalar uchun hammi yoki yangi qabul yilidan boshlabmi) ishlashi aniq emas. 🔍 Hozircha yangiliklarni kuzatib borish va kanalimizni doimiy o‘qib borishingiz kerak xolos. @MAKTABuz | Rasmiy kanal👇
ادامه مطلب ...
2 332
7
Qisqa vaqtda professional REPETITORGA aylanishni xohlaysizmi? 1️⃣ oyda quyidagi mutaxassisliklardan birini qo‘lga kiriting: ✅ Mnemonika (Super xotira) Mental arifmetika Tez o‘qish 🔖 Qonuniy sertifikat olib, ta'til vaqtida o‘z ta'lim biznesingizni yo‘lga qo‘ying! 24 soat uchun 92% mega chegirma berildi, foydalanib qoling! 👉 👈 Eng qizig‘i ta'limni hozirdanoq boshlashingiz mumkin!
16 395
21
O'qituvchilarga 40 foiz ustama. Kimlarga beriladi? ▪️ 2024-2025-oʻquv yilidan boshlab oʻqitish va bilimni baholashning yangi tartibini samarali joriy etgan, oʻquvchilari ijobiy koʻrsatkichlarni qayd etayotgan umumiy oʻrta taʼlim maktablari rahbariyati hamda oʻqituvchilariga ularning tarif stavkasiga nisbatan 40 foizgacha ustama berish tartibi joriy . ✅ @MAKTABuz | Rasmiy kanal👇
3 700
8
⚡️ Yirik o‘zgarish: endi grant faqat bir yilga beriladi ▪️Ayrim abituriyentlar yuqori ball to‘plasa-da, topshirgan oliygohining kvotasi soniga qarab, o‘qishga kirolmay qolishi . ❕ Yangi tartibga ko‘ra, muayyan bir yo‘nalishga ajratilgan davlat granti doirasida yuqori ball to‘plagan abituriyent, tanlagan oliy ta’lim muassasasidan qat’i nazar, davlat grantiga tavsiya etiladi. Ya’ni, yuqori ball olgan yoshlar o‘qishga kirmay qolmaydi. ✔️ Yana bir yangilik: endi davlat granti 4 yilga bitta talabaga emas, balki har yili yuqori baholarga erishgan talabalar orasida qayta taqsimlanadi. ✅ @MAKTABuz | Rasmiy kanal👇
ادامه مطلب ...
4 536
22
⚡️ Rasman: 5 yil stajga ega xotin-qizlarga tavsiyanoma uchun arizalar qabuli boshlandi ▪️ Mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yil mehnat staji mavjud, biroq oliy maʼlumotga ega bo‘lmagan xotin-qizlar davlat oliy taʼlim muassasalariga alohida qabul parametrlari (jami 500 ta kvota) doirasida to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinishi . Talabgorlardan ariza olish boshlandi. 1-iyungacha ariza bilan tuman (shahar) Oila va xotin-qizlar bo‘limlari huzuridagi Ishchi guruhlariga quyidagi hujjatlarni berish kerak: ✔️ Fuqarolik pasporti yoki ID karta nusxasi. ✔️ Mehnat daftarchasi (elektron mehnat daftarchasi)dan ko‘chirma. ✔️ O‘rta-maxsus yoki professional taʼlim bo‘yicha diplom. ❓ Kimlar tavsiyanoma ololadi? ➖o'rta ma'lumotli; ➖ OTMda o'qimagan; ➖5 yil staji borlar. @MAKTABuz | Rasmiy kanal👇
ادامه مطلب ...
EʼLON!
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yil mehnat staji mavjud, biroq oliy maʼlumotga ega bo‘lmagan xotin-qizlarga tavsiyanoma berish uchun arizalar qabul qilish boshlanganligini maʼlum qiladi!
44 257
504
O‘qituvchilar dardi haqida she’r ijrosi Muammolar, ustozlarning quvonchi chin bo‘lmagani haqida @MAKTABuz | Rasmiy kanal👇

IMG_2306.MOV

5 282
17
⚡️ O'qituvchilarga ustamalar yangi oʻquv yili uchun oʻtgan oʻquv yili yakunlari boʻyicha belgilanadi Hukumat qarori (30.09.2019 №823) bilan tasdiqlangan nizomga asosan pedagog, psixolog va kutubxona xodimlarining bazaviy tarif stavkalariga 40 foizgacha har oylik ustamalar belgilanadi. 👩🏻‍🏫Pedagog xodimlarning faoliyatini baholash mezonlari asosida toʻplagan umumiy ballari boʻyicha ularga quyidagi miqdorlarda ustama haq belgilanadi: ➖ 65 — 70 ball toʻplasa — 10 foiz; ➖71 — 75-ball toʻplasa — 15 foiz; ➖76 — 80 ball toʻplasa — 20 foiz; ➖81 — 85 ball toʻplasa — 25 foiz; ➖86 — 90 ball toʻplasa — 30 foiz; ➖91 — 95 ball toʻplasa — 35 foiz; ➖96 — 100 ball toʻplasa — 40 foiz. ✅Oʻqituvchilar 40 foizlik ustamadan tashqari metod birlashma rahbarligi uchun yana 10 foiz ustama olishlari mumkin. 📚Kutubxona xodimlarining faoliyatini baholash mezonlari asosida toʻplangan umumiy ballari boʻyicha ularga quyidagi miqdorlarda ustama haq belgilanadi: ➖65 — 75 ball toʻplasa — 10 foiz; ➖76 — 85-ball toʻplasa — 15 foiz; ➖86 — 100 ball toʻplasa — 20 foiz. 👫 Psixolog xodimlarining faoliyatini baholash mezonlari asosida toʻplangan umumiy ballari boʻyicha ularga quyidagi miqdorlarda ustama haq belgilanadi: ➖65 — 75 ball toʻplasa — 10 foiz; ➖76 — 85-ball toʻplasa — 15 foiz; ➖86 — 100 ball toʻplasa — 20 foiz. ✅ @MAKTABuz | Rasmiy kanal👇
ادامه مطلب ...
7 230
39

11-sinf O'zbekiston tarixi imtihon javoblari 2024.pdf

11-sinf-matematika-imtihon-javoblari-2024.pdf

11-sinf Geografiya imtihon javoblari 2024.pdf

11-sinf Ingliz tili imtihon javoblari 2024.pdf

57 392
3 158

9-sinf Ona tili va adabiyot imtihon javoblari 2024.pdf

9-sinf-matematika-imtihon-javoblari-2024.pdf

9-sinf O'zbekiston tarixi imtihon javoblari 2024.pdf

20 166
2 830
⚡️ Bugun, 3-may kuni huquqshunoslik fanlaridan aprobatsiya sinovlari o'tkaziladi 📆 2024-yil 3-may (juma) kuni Toshkent, Buxoro, Namangan va Urganch shaharlarida huquqshunoslik fanlaridan o‘tkaziladigan aprobatsiya sinovlari o'tkaziladi. 📱 Aprobatsiya sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani havolasi orqali yuklab olishlari mumkin. ✅ Talabgorlar aprobatsiya sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida 14:00 dan boshlab (aprobatsiya sinovi 15:00 da) kiritiladi. ❕Aprobatsiya sinoviga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha aprobatsiya o‘tkazilmaydi. ✅ @MAKTABuz | Rasmiy kanal👇
ادامه مطلب ...
7 647
4
Attestatsiya qanday o'tyapti? ▪️Eslatma: attestatsiya mayning ikkinchi o'n kunligida ham to'la davom etadi. ✅ @MAKTABuz | Rasmiy kanal👇

Toshkentda_malaka_test_sinovlari_qanday_o_tyapti_report_d8GW7SLdy6w.mp4

7 217
6
Attestatsiya yana qancha davom etadi? ➖Fizika, Kimyo fanlaridan — 30-aprel, 1-may kunlari (2 kun); ➖Biologiya, Geografiya, Iqtisodiy bilim asoslari fanlaridan — 2-3 may kunlari (2 kun); ➖Musiqa madaniyati, Tasviriy san’at va chizmachilik, Texnologiya (servis xizmati yo‘nalishi-qiz bolalar uchun), Texnologiya (texnologiya va dizayn yo’nalishi - o‘g‘il bolalar uchun) fanlaridan — 4-6 may kunlari (2 kun); ➖Rus tili (milliy maktablarda), Rus tili va adabiyoti (rus), Qoraqalpoq tili (Davlat tili) fanlaridan — 7-8 may kunlari (2 kun); ➖Fransuz tili, Hind tili, Ingliz tili, Koreys tili, Nemis tili, Qirg‘iz tili va adabiyoti, Qozoq tili va adabiyoti, Tojik tili va adabiyoti, Turkman tili va adabiyoti, Xitoy tili, Yapon tili fanlaridan — 10-13 may kunlari (3 kun); ➖Davlat va huquq asoslari, Tarbiya, Tarix fanlaridan — 14-15-may kunlari (2 kun); ➖Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik, Jismoniy tarbiya fanlaridan — 16-17-may kunlari (2 kun); ➖Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachisi, Maktabgacha ta’lim tashkiloti psixologi, Tarbiyachi-metodist, O‘qituvchi-defektolog, O‘qituvchi-logoped, Musiqa xodimi (Musiqa rahbari), Psixologlarga — 18-may kuni (1 kun); ➖Qoraqalpoq tili va adabiyoti fanidan — 20-21-may kunlari (2 kun). 📍Malaka toifa sinovlari o‘tkaziladigan joylar manzilini bu yerdan ko‘rish mumkin. ✅ | Rasmiy kanal👇
ادامه مطلب ...
8 268
15

file

7 793
4
⚡️Maktab bitiruvchilari bog'chada ishlashi mumkin bo'ladi ▪️ Hukumat qaroriga ko'ra, 2024/2025-oʻquv yilidan boshlab Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri hamda har bir viloyatda bittadan maktablarda 10-11-sinf oʻquvchilarini pedagog kasbiga tizimli tayyorlash uchun pedagogik sinflar tajriba-sinov tariqasida tashkil etiladi. Ilgʻor xorijiy tajribalar asosida pedagogik sinflar uchun alohida oʻquv dasturi ishlab chiqiladi. Pedagogik sinflarni tamomlagan bitiruvchilarga shahodatnoma hamda Milliy malakalar ramkasining 2-darajasidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyachi yordamchisi kasbi boʻyicha ishlash huquqini beruvchi davlat namunasidagi sertifikat beriladi. @MAKTABuz | Rasmiy kanal👇
ادامه مطلب ...
7 758
16
Bitiruv imtihoni uchun qaysi variant tushishi qanday aniqlanadi? ▪️ Yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkaziladigan fanlardan imtihon belgilangan kundan bir kun oldin qurʼa tashlash yoʻli bilan (yozma shaklda oʻtkaziladigan fanlar boʻyicha) shakllantirilgan variantlar orasidan 2 ta variant tanlab olinadi. ✅ @MAKTABuz | Rasmiy kanal👇
7 176
12
Maktab bitiruvchilari imtihon topshiradigan fanlar aniq bo'lgan Savollar ham oldindan berilgan. ➖ 9-sinfda imtihon olinadigan fanlar va savollari:11-sinfda imtihon olinadigan fanlar va savollari. @MAKTABuz | Rasmiy kanal👇
8 709
24
⚡️ Ko‘p darajali test sinovi gapirish ko‘nikmasini baholashning yangi formati ✅ Ma’lumki, Agentlik xodimlari xalqaro hamkorlar (British Council, Cambridge Assessment English, CITO International) bilan birgalikda ko‘p darajali (multilevel) test sinovini takomillashtirish yuzasidan tegishli ishlarni olib borishmoqda. ✍️ Chet tilini bilish darajasini baholash boshqarmasi tomonidan gapirish ko‘nikmasi uchun yangi format loyihasi ishlab chiqildi. ⌚️ Hozirda ushbu formatni Agentlik huzuridagi Ilmiy o‘quv-amaliy markaz bilan hamkorlikda approbatsiyadan o‘tkazish rejalashtirilgan. Ko‘p darajali test sinovi gapirish ko‘nikmasini baholashning yangi formati 2024-yil sentyabr oyidan boshlab amaliyotga joriy etiladi. 📱 Talabgorlar va barcha qiziquvchilar yangi format va namunaviy topshiriqlar (pdf) bilan tanishishlari mumkin. ✅ @MAKTABuz | Rasmiy kanal👇
ادامه مطلب ...

Speaking yangi format.pdf

9 302
43
⚡️ Endi maktab bitiruvchilari o‘rgangan hunari bo‘yicha imtihon topshiradi Bunga oid qaror loyihasi ishlab chiqildi. Unga ko'ra, bitiruvchilar o‘rgangan kasb-hunari bo‘yicha amaliy imtihon topshiradi va ularga davlat namunasidagi elektron sertifikat . Kasb-hunar egallagan va va amaliy imtihondan o‘tgan bitiruvchilarga 2024-2025 o‘quv yilidan boshlab, umumiy o‘rta ta’lim muassasalari hamda «Ishga marhamat» monomarkazlari tomonidan imzolanadigan, ularga ishlash huquqini beruvchi elektron shaklda sertifikat beriladi. @MAKTABuz | Rasmiy kanal👇
ادامه مطلب ...
7 520
14
⚡️2-sinfda “Informatika va axborot texnologiyalari” hamda 5-sinfda “Tabiiy fan (Science)” fani joriy etiladi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining buyrug‘i (26.03.2024 94-son) bilan umumiy oʻrta taʼlim maktablari uchun 2024-2025-oʻquv yiliga moʻljallangan tayanch o'quv reja tasdiqlandi. Unga ko‘ra, 2024-2025-oʻquv yilidan boshlab, umumiy oʻrta ta’lim muassasalarining 2-sinfida “Informatika va axborot texnologiyalari” fani hamda 5-sinfida “Tabiiy fan (Science)” fani joriy etiladi. Mazkur fanlardan dars beradigan “Biologiya”, “Geografiya” fani oʻqituvchilari uchun qisqa muddatli oʻquv kurslari tashkil etiladi. Boshlanadigan oʻquv yilida dars taqsimoti shu oʻquv-reja asosida amalga oshiriladi. @MAKTABuz | Rasmiy kanal👇
ادامه مطلب ...

94-сонли 2024-2025 таянч режа.pdf

6 979
11
⚡️Litsey, texnikumda ishlovchi kimlar attestatsiyaga borishi majburiy emas? ✔️ Akademik litsey va professional taʼlim muassasalarida faoliyat yuritayotgan quyidagi padagog kadrlar navbatdagi majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydi: 🔹fan nomzodi, falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) yoki fan doktori (Doctor of Science (DSc) darajasiga hamda Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan berilgan katta ilmiy xodim, dotsent va professor ilmiy unvoniga ega bo‘lgan pedagog kadrlar; 🔸oliy malaka toifa (bosh o‘qituvchi lavozimi)ga ega bo‘lganidan so‘ng oliy malaka toifani 15 yil davomida saqlab kelgan va uzluksiz ish stajiga ega bo‘lgan pedagog kadrlar; 🔹pedagogik faoliyat bo‘yicha 25 yil va undan ko‘p ish stajiga ega bo‘lgan pedagog xodimlar; 🔸yoshga doir pensiyaga chiqishi uchun 5 yildan ko‘p bo‘lmagan vaqt qolgan pedagog xodimlar; 🔹pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanayotgan pensiya yoshiga to‘lgan pedagog kadrlar; 🔸pedagogik faoliyat bo‘yicha uch yildan kam bo‘lgan ish stajiga ega pedagog kadrlar; 🔹homilador ayollar, ular homilador bo‘lgan davrda hamda ishga chiqqanidan keyin bir yil davomida; 🔸homiladorlik va tug‘ish hamda bolani parvarish qilish ta’tillarida bo‘lgan ayollar, ular ta’tilda bo‘lgan davrda hamda ishga chiqqanidan keyin bir yil davomida; 🔹pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanayotgan uch yoshgacha bolalari bor ayollar; 🔸uzoq (uch oydan ortiq vaqt mobaynida) davolanishni o‘tayotgan pedagog kadrlar, ular davolanayotgan davrda hamda ishga chiqqanidan keyin olti oy davomida; 🔹mazkur Nizomning 8 va 9-bandlarida ko‘rsatilgan pedagog kadrlar, ularga malaka toifasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri berilgan yoki bir pog‘ona oshirilgan vaqtdan boshlab keyingi besh yil davomida; 🔸respublika va chet el davlatlariga o‘qishga, qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslariga yuborilgan pedagog kadrlar; 🔹ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlar asosida raqobatlasha olmaydigan shaxslar uchun eng kam miqdordagi ish o‘rinlariga zaxiraga olib ishga joylashtirilgan pedagog kadrlar, bu ish joylariga qabul qilingan kundan boshlab uch yil davomida. @MAKTABuz | Rasmiy kanal👇
ادامه مطلب ...
image
5 797
3
⚡️ Rasman: huquqshunoslik fanidan ham milliy sertifikat olish mumkin bo'ladi ▪️ Bu haqida Bilimlarni baholash agentligi ma'lum qildi. ⚖️ Agentlik tomonidan huquqshunoslik fanlaridan ham milliy sertifikat imtihonlarini tashkil etish ustida ish olib borilayotgan bo‘lib, joriy yilning 3-may kuni aprobatsiya test sinovlarini o‘tkazish rejalashtirilgan. 📱 Bunda huquqshunoslik fanlariga tayyorgarlik ko‘rayotgan va huquqshunoslik fanlaridan aprobatsiya test sinovlarida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar https://my.uzbmb.uz/service/98 havolasi orqali aprobatsiyada ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. 📍 Huquqshunoslik fanlaridan aprobatsiya test sinovlari Toshkent (200 nafar), Buxoro (600 nafar), Namangan (600 nafar) va Urganch (600 nafar) shaharlarida tashkil etiladi. 📆 Aprobatsiya sinovlarida ishtirok etish bepul bo‘lib, talabgorlarni ro‘yxatga olish 28-aprelgacha davom etadi. 🖥 Aprobatsiyada ishtirok etuvchilar soni cheklangan bo‘lib, ma’lum bir hududda o‘rinlar soni to‘lganda, ro‘yxatga olish muddatidan oldin yakunlanishi mumkin. @MAKTABuz | Rasmiy kanal👇
ادامه مطلب ...
5 830
11
⚡️ Matematika va rus tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi 📆 2024-yil 28-aprel (yakshanba) kuni bo‘lib o‘tadigan matematika va rus tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi. 📱 Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani saytining bo‘limidan olishlari mumkin. 📌 Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi. ✅ Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida 07:30 dan boshlab (test sinovi 09:00 da) kiritiladi. ❕ Test sinoviga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi. @MAKTABuz | Rasmiy kanal👇
ادامه مطلب ...
5 783
9
⚡️Attestatsiyaga jalb etilmaydigan o'qtuvchilar soni ko'paydi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshirigʻi bilan: Umumtaʼlim muassasalarida “Tabiiy fan (science)“, “Tarbiya” va “Informatika va axborot texnologiyalari” fanlarini boshlangʻich sinflarda “Boshlangʻich taʼlim” oʻqituvchilari, “Tabiiy fan (science)ni 5-6-sinflarda esa “Geografiya”, “Biologiya” va “Fizika” oʻqituvchilari, 5-11-sinflarda “Tarbiya” fanini, Tarix, Milliy istiqlol gʻoyasi va huquq mutaxassisligiga ega fan oʻqituvchilari dars oʻtishlariga: “Tabiiy fan (science)“ va “Tarbiya” fanidan dars berayotgan boshlangʻich taʼlim, shuningdek, fizika, geografiya, biologiya, tarix, davlat va huquq asoslari fanidan amaldagi malaka toifalariga mos ravishda haq toʻlanishiga rozilik berildi. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-son qarori bilan belgilangan, oliy malaka toifa (bosh oʻqituvchi lavozimi)ga ega boʻlganidan soʻng oliy malaka toifani 15-yil davomida saqlab kelgan va uzluksiz ish stajiga ega boʻlgan pedagog kadrlar navbatdagi majburiy attestatsiyaga jalb etilmaslik tartibi 2022-yil 2-avgustga qadar 15 yillik uzluksiz ish stajiga hamda oliy malaka toifaga ega (bunda oliy toifaga ega boʻlganlik davri muhim emas) boʼlgan pedagoglarga nisbatan tatbiq etilmaydi. Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirishni samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 19-maydagi 312-son qarorining 9-bandida keltirilgan talablar ikkinchi xorijiy til pedagoglarga nisbatan tatbiq etilmasligi belgilandi. @MAKTABuz | Rasmiy kanal👇
ادامه مطلب ...
6 399
12
⚠️Abituriyentlar diqqatiga! 🏫 Qo‘qon universitetida 2024/2025 o‘quv yili uchun kunduzgi va masofaviy ta'lim shakli yo‘nalishlariga qabul boshlandi! 💠Qoʻqon universitetining ta'lim va ta'lim shaklida mavjud yoʻnalishlar. ⚠️Ro‘yxatdan o‘tish uchun kerakli 😄Xorijiy til sertifikati borlar uchun 🗓Hujjatlar Qo‘qon universiteti Axborot-kutubxona markazi binosida offlayn va platformasi orqali onlayn qabul qilinadi. 👨🏻‍💻 Axborot-maslahat markazi (call center) 🔽 📞998735454444; 📞998735455555. Qo‘qon shahri, Turkiston ko‘chasi, 28-a uy, Axborot-kutubxona markazi binosi.
ادامه مطلب ...
14 000
25
⚡️"Qing'ir yo'llardan foydalanmang!" — Maktab vazirligi attestatsiyada qatnashayotganlarga murojaat qildi ▪️ Vaziyatga noxolis yondashgan holda, test sinovlarini turli qingʻir yoʻllar bilan bajarishga harakat qilayotgan nomzodlar ham afsuski, uchrab turibdi. Bu kabi ustozlarimiz test oʻtkazilayotgan binoga har xil qoʻshimcha buyumlar (telefon, ovoz yoki tasvir yozish uskunasi, matn)larni olib kirishga urinishmoqda. ➖ Bunday yoʻl tutayotgan pedagoglar nazoratchilar tomonidan aniqlanib, oʻrnatilgan tartibda test sinovlaridan chetlashtirilmoqda. Joriy yilning 19-apreliga qadar 18 nafar bu kabi ishtirokchi pedagoglar sinovlardan chetlashtirildi va ularga nisbatan tegishli dalolatnomalar rasmiylashtirildi. ❗️Hurmatli pedagoglar! ✔️ Test sinovlarining barcha jarayonlari: binoga kirish, belgilangan joyga oʻtirish, roʻyxatdan oʻtish, topshiriqlarni bajarish va hatto qaysi tomonga qarayotganingiz ham kuzatuv kameralari orqali sinchkov kuzatuvchilarimiz tomonidan nazorat qilinmoqda. ❗️ Shunday ekan, faqat va faqat oʻz bilimingizga tayangan holda, test sinovlarida ishtirok etishingizni soʻraymiz. Pedagog imidjiga xos boʻlmagan turli harakatlardan uzoq boʻling. — Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi @MAKTABuz | Rasmiy kanal👇
ادامه مطلب ...
5 575
4
Last updated: ۱۱.۰۷.۲۳
Privacy Policy Telemetrio