#SHIRINLIK
6-qism
Bezorilar
Sardor Asalni qolidan tortqilab uyi tomonga yetaklab ketdi. Lekin Asal hadeb yig'lamsirayvergach shu atrofdagi o'rindiqqa otirib u bilan gaplashib olishga qaror qildi.
–Asal...o'tinaman sendan, menga yordam ber! So'z beraman, keyin ota onangni birga topamiz! So'z beraman...
–Sizga nega yordam berishim kerak? Sizga nima bo'lgan o'zi?
–Men...men kasalman! Mening hammayog'im kir va iflos! Meni shu kirlardan tozalashing kerak...iltimos
–Qanaqa kir? Axir top tozasizku?
–Yo'q...bu kirlar ichimda! Menga tinmay azob beryapti...o'sha jirkanch qo'llar tekkan hammayoq! Men bu ketishda o'lib qolishim mumkin...meni davola! Bu kirlardan halos et!
Asal hech narsa demay jajji qo'llarini Sardorning boshiga qo'ydi. Sardor shu zahoti o'zini qip-qizil sahroda muzdek suv icha boshlagan odamday his qildi.
–Ha...ha! Shunday davom et! Meni davola! Davola!!!
Asal Sardorning boshi va sochlarini silab qoyib, uni ovutishga urindi:
–Sizni kimligizni bilmaymanu lekin yomon odam emasligiz aniq. Sizga qo'limdan kelgancha yordam beraman.
–Raxmat senga...raxmat!
–Faqat bir iltimosim bor. Bajarasizmi?
–Ha!-Sardor hech ikkilanmay javob berdi,-Nima hohlasang so'rashing mumkin!
–Meni opamning yoniga olib borasanmi?
–Opang?-Sardor hech narsaga tushunmay savol berdi. Chunki u faqat Asalning akasi bor deb hisoblardi.
–Ha, uning ismi Lola. Judayam yaxshi va mehribon qiz.
–Lola...u qayerda yashaydi?
–Qayerda yashashini bilmayman lekin judayam baland binoning eng tepa qavatida turardi.
–Yaxshi. O'sha Lola opang kim bolsa ham keyinroq qidirib ko'rishga vada beraman. Faqat iltimos, kel uyga ketaylik. Meni davolashing kerak.
–Nega aynan men davolashimga ishonyapsiz? Axir men doktor emasmanku?
–Meni doktorlar davolay olmaydi! Sen farishtasan! Jajji farishta...meni faqatgina mana shunday farishtalar davolashi mumkin!
–U holda mayli. Ketamiz. Faqat uzoq qololmayman. Lola opam mendan xavotirlanishi mumkin.
–Juda soz!-Sardor Asalning qo'lidan ushlab yana yetaklab ketdi. U ko'zlarini yumib, yana avvalgiday ruhan sog'lom bo'la olishini o'ylab quvonardi. Lekin shu payt kimdir uning boshiga qattiq urib yerga yiqitdi...
* * * * *
–Asal...Asal...qayerdasan? Axir akang seni qidiryaptiku...seni topishim kerak...-Amir kech bolganiga qaramay Asalning rasmini xiyobondagi simyog'ochga yopishtirib chiqyapti. Qorni esa judayam och. Ikki kundan beri hech narsa yemagan. Bor pulini Asalning rasmlarini chiqartirishga sarflayapti.
–Hoy, demak bu rasmlarni yopishtirayotgan odam sen ekansanda?-Amirning ortidan qiz bolaning ovozi eshitildi. Amir ortiga o'girilib egniga oq kofta va ko'k yubka kiyib olgan, boshiga qushcha shaklidagi to'lnog'ichlar taqib olgan qizni ko'rdi.
–Men singlimni topishim kerak!
–Bilaman...-qiz shunday deb sumkasidan gamburger chiqardi,-Ko'rinishingdan ochga oxshaysan. Ma, yeb ol.
–Evaziga berishga hech narsam yo'q...
–Evaziga berishga narsang bor.
–A? Nima ekan?
–Har tunda ko'chaning nargi betidagi restoranga mana shu qog'ozlarni yopishtirib ketishni bas qil. Har kuni ertalab yig'ib olaverib charchab ketdik.
–Ammo restoranga odam ko'p keladi. Ular korgan bolishi mumkinku...
–Baribir qog'ozlarni odamlar kelgunicha yig'ib olyapmiz. Foydasi yo'q. Qolimdagini olasanmi yoki yo'qmi?
Amir uning qo'lidagi gamburgerni olib, darrov katta bo'lagini tishlab oldi.
–Isming nima? Bu qiz qachon yo'qolgan ozi?
–Ismim Amir. Senikichi?
–Malika. Tanishganimdan xursandman.
–Singlim ikki hafta oldin ko'chaga chiqib ketgan boyi qaytib kelmadi. O'sha kuni yomg'ir sharros quyib turgandi.
–Oying yoki dadang yoqmi?
–Oyim bor. Ammo u hozir kasal. Asalning yo'qolganidan song yuragi og'rib yotibdi.
–Nega militsiyaga xabar berib qo'ya qolmaysan?
–Yo'q! Ular haqida ogiz ham ochma!
–Lekin nega?
–Kechirasan Malika. Lekin ko'p gaplashib yubordik. Xayr...
* * * * *
Sardor boshidagi og'riqdan arang kozini ochib yaqindagina Amirni urgan bezorilarni kordi. Ha, bu xuddi o'shalar!
–Mendan...mendan nima hohlaysiz o'zi?
–Boyagi betgachoparliging uchun jazolanishing kerak. Seni urmagunimcha konglim joyiga tushmaydi.
@sevimlisahifamizادامه مطلب ...