Best analytics service

Add your telegram channel for

  • get advanced analytics
  • get more advertisers
  • find out the gender of subscriber
Категория
Гео и язык канала

статистика аудитории School English Teachers

Ingliz tili o'qituvchilari va o'rganuvchilar uchun maxsus kanal "HR Edu-Servis" MCHJ GUVOHNOMA: №865873 Sayt: www. hasanboy.uz   Yordamchi admin:  @uzteachers_admin  Reklama xizmati:  @uzteachers_ads  
Показать больше
62 692-3
~40 213
~3
65.82%
Общий рейтинг Telegram
В мире
17 403место
из 78 777
В стране, Узбекистан 
0место
из 0
В категории
724место
из 2 347

Пол подписчиков

Если это ваш канал, тогда можете узнать какое количество женщин и мужчин подписаны на канал.
?%
?%

Язык аудитории

Если это ваш канал, тогда можете узнать какое распределение подписчиков канала по языкам
Русский?%Английский?%Арабский?%
Количество подписчиков
ГрафикТаблица
Д
Н
М
Г
help

Идет загрузка данных

Время жизни пользователя на канале

Если это ваш канал, тогда можете узнать как надолго задерживаются подписчики на канале.
До недели?%Старожилы?%До месяца?%
Прирост подписчиков
ГрафикТаблица
Д
Н
М
Г
help

Идет загрузка данных

Since the beginning of the war, more than 2000 civilians have been killed by Russian missiles, according to official data. Help us protect Ukrainians from missiles - provide max military assisstance to Ukraine #Ukraine. #StandWithUkraine
Kimga, qancha ustama berish kerak? O'qituvchilarga beriladigan ustama turlari ko'p. Ammo pedagoglar ularning qancha qismidan foydalanyapti? podkastning 4-sonida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mas'ul xodimi Laziz Xo'jaqulov bilan aynan shu mavzuda suhbat tashkil qilinibdi. Suhbat davomida ustamalar mavzusizga oid juda ko'plab ochiq qolgan savollarga vazirlik xodimi "aravani quruq olib qochmagan holda" aniq, lo'nda javob berdi. Podkastni ko'rishni tavsiya qilaman. ▶️ To'liq video 🇬🇧 🇺🇿
Показать полностью ...

tizer-.mp4

5 505
63
Maktab bitiruvchilarini ingliz tili fanidan yakuniy imtihondan ozod qiladigan sertifikatlar ro'yxati Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining 2023-2024-o‘quv yilida umumiy o‘rta ta'lim muassasalarida o‘quvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida 87-buyrug'i tasdiqlangan. Unga ko'ra, o'quvchilarda tegishli sertifikatlarning eng kamida B1 darajasi bo'lsa, o'sha fan bo'yicha yakuniy davlat imtihonlaridan ozod qilinadi. Ingliz tili fani bo'yicha tan olinadigan sertifikatlar quyidagilar: 1. Milliy Sertifikat - B1 2. IELTS - 4.5 3. TOEFL iBT - 42 4. TOEFL ITP - 460 5. Cambridge Assessment PET🇬🇧 🇺🇿
Показать полностью ...
42 964
1 222
Namanganda o'quvchi maktab qorovuliga kuch ishlatdi. Milliy gvardiya Axborot xizmati video bo'yicha munosabat bildirdi.  Mazkur holat 15 may kuni soat 11:50da Namangan shahridagi 37-sonli umumta'lim maktabida sodir bo'lgan.  Unda maktab o'quvchilari dars vaqtida, ta'lim muassasasi hududidan darsni tashlab chiqib ketayotganda, ushbu maktab qorovuli tomonidan to'xtatiladi. Qorovul o'quvchilarni darsga qaytishini talab qilganda, ushbu maktabning 11 sinf o'quvchisi T.N, maktab qorovulining qonuniy talablariga bo'ysunmasdan, uni kurakka turmaydigan so'zlar bilan haqoratlab, qorovulga nisbatan kuch ishlatadi. Shundan so'ng, maktab qorovuli o'zini himoya qilish maqsadida T.N. ga nisbatan kuch ishlatishga majbur bo'lgan. Holat bo'yicha o'quvchilarning ota-onalari Ichki ishlar bo'limiga chaqirtirilgan hamda dastlabki surishtiruv ishlari olib 🇬🇧 🇺🇿
Показать полностью ...

file

25 168
124
9–11-sinflar uchun yakuniy davlat imtihonlari o‘tkaziladigan fanlar va o‘tkazilish sanalari ma’lum qilindi Umumta’lim muassasalaridagi 9–11-sinflar uchun yakuniy davlat imtihonlari 12-iyunga qadar davom etadi.Bu haqida bugun boʻlib oʻtgan jonli muloqotda ma’lum qilindi. 9-sinflar uchun:   – Ona tili va adabiyot – 27-may (yozma); – Matematika 30-may – (yozma); – O‘zbekiston tarixi – 6-iyun (yozma va og‘zaki); – Davlat tili (o‘zbek tili) – 3-iyun.   11-sinflar uchun:   – Ona tili va adabiyot – 29-may (120 daqiqa vaqt ajratiladi, yozma); – Matematika – 1-iyun (3 soat vaqt ajratiladi, yozma); – O‘zbekiston tarixi – 7-iyun ( yozma va og‘zaki); – Chet tili – 10-iyun (yozma va og‘zaki); – Tanlov fani – 4-iyun (4 ta fandan biri tanlanadi); – Davlat tili (o‘zbek tili) – 12-iyun.   Endi har bir o‘quvchi oliy ta’limda tanlagan mutaxassisligiga qarab induvidual tarzda fan tanlash huquqiga ega. 🇬🇧 🇺🇿
Показать полностью ...
34 945
667
Kanaldagi postlarga izoh yozishni vaqtinchalik yopdim. Sababi ayrim alamzadalar guruhi har qanday post tashlansa ham, tirnoq ichidan kir qidirib, postni ma'no-mazmuni bir chetda qolib, yaxshi tushunmasdan, shaxsiyatga o'tib, tarbiyasini namoyon qilishdan boshqasiga yaramayapti. Juda ko'p kanallar izohlarni ochmay to'g'ri qilar ekan. Reaksiyalarni ham faqat ijobiylarini qoldirib qo'yishsa hayron bo'lar edim. Aslida to'g'ri qilishar ekan. Ayrim turdagi odamlarga mikrofon berib bo'lmas ekan. Fikringiz qadrli, faqat chiroyli tarzda bildiring desangiz, ba'zilar ichidagi yig'ilgan bor g'uborini sizga sochishni maqsad qilar ekan. Nima ham derdim hayotimiz juda qisqa, uni kimdandir alamzada bo'lib, xafa bo'lib, nafratlanib o'tkizishga sarflamang... O'zingizni asrang! 🇬🇧 🇺🇿
Показать полностью ...
22 012
2
⚡️ 6-sinf o'quvchisidan C1 natija! 👏 Toshkent shahri, Yashnobod tumanidagi 30-sonli maktabning 6-sinf o'quvchisi, 11 yoshli Hamroeva Saidaxon 7.0 ball bilan IELTS halqaro sertifikatini qo'lga kiritibdi. Yoshlarimizning qo'lga kiritayotgan natijalari albatta odamni hursand qilmay qolmaydi! Kelajakda Saidaxonni o'qishlariga muvaffaqiyatlar tilab qolamiz! 🇬🇧 🇺🇿
37 547
1 114

file

26 632
324
Kasbiy sertifikat imtihonlari o‘tkaziladigan sanalar ma’lum bo‘ldi Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlaridagi tegishli toifaga ega bo‘lmagan pedagoglarning 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab bosqichma-bosqich kasbiy sertifikatlash sinovlariga jalb etiladi. 🇬🇧 🇺🇿

IMG_6424.MP4

24 886
201
Attestatsiya natijalaridan norozi bo'lgan barcha informatika fani o'qituvchilari qayta test topshirishi mumkin Joriy yil 15-16-aprel kuni bo‘lib o‘tgan attestatsiya test sinovlari vaqtida platformasida nosozliklar yuzaga kelib, ishlamay qolganligi haqida Shundan so'ng vazirlik rasmiylari faqat 16-aprel kuni test topshiriqlarini to'liq bajarishga ulgurmagan pedagoglargina qayta attestatsiyadan o'tkazilishini Ya'ni, 15-aprel kuni test sinovlari vaqtida nosozlik bo‘lmaganligi uchun faqat 16-aprel kuni testda ishtirok etgan pedagoglargina qayta test topshirishi aytilgandi. Bugun bo'lib o'tgan esa vazirlik mas'ul xodimi Sardor Raximboyev barcha pedagoglarning murojaatini inobatga olgan holda, endilikda attestatsiyada 15-aprel kuni ishtirok etgan informatika fani o'qituvchilari ham qayta test topshirishi mumkinliginima'lum qildi. 🇬🇧 🇺🇿
Показать полностью ...

Informatika_encoded.mp4

25 657
168
O'qituvchi va davlat munosbatlarida uchinchi tomon... O'qituvchi davlat munosabatlarida ko'pchilik uchinchi tomon ya'ni oddiy xalqni unutib qo'yadi. BA'ZI (bejizga katta harflarda yozmayapman) O'QITUVCHILAR men maktabga shunchaki borib kelganim uchun davlat menga oylik to'laydi deb o'ylashadi. Bir tarafkashliklarni chetga surib qo'yib fikr bildiraylik, davlat nima uchun o'qituvchiga oylik to'laydi? O'qituvchining birlamchi vazifasi nima? Toppa-to'g'ri! TA'LIM BERISH! O'z mutaxassisligidan oddiy xalq farzandiga ta'lim berish. Undan yaxshi kadrni yetishtirib chiqarish. O'sha mutaxassislar MUTAXASSIS bo'lmasachi? Oddiy xalq farzandini sifatli ta'lim olishga haqqi yo'qmi? Davlat ishonib xalqdan yig'ilgan pullarga, o'sha xalqni farzandini o'qitish uchun o'qituvchiga oylik qilib beryapti. (U oylikni oz yoki ko'pligi umuman boshqa mavzu) Shaxsan o'zim ham tadbirkorligimdan har oy soliq to'layman. Ba'zida 3-4 million so'm bo'lib ketadi 1 oylik soliqni o'zi. Men ham xalq vakili sifatida haqqim bormi ta'limdan sifat talab qilishga? Xuddi menday oddiy soliq to'lovchi bo'lgan xalqnichi? Qaysidir ustozni uyidagi muammosi sabab oddiy xalq farzandi aziyat chekmasligi kerak deb o'ylayman. Ba'zi o'qituvchilar juda ham absurd bahonalar qilishadi. Men qaynona qaynota xizmatidagi odamman, meni erim bola chaqalarim bor, ishimni qilaymi yoki shaxsiy hayotimga qaraymi, tabiiyki o'qishga, o'z ustimda ishlashga menda vaqt yo'qda, davlat buni to'g'ri tushunish kerak deb aytishadi. Endi shunday bahona qiladiganlar, tasavvur qilib ko'ring, bir yeriz og'rib doktorga shikoyat bilan bordingiz, u sizga noto'g'ri tashxis qo'yib, umuman sizga keraksiz hattoki sog'lig'izga zarar yetkizadigan boshqa kasallikni dorilarini yozib berdi. Lecheniya qildingiz, ahvolingiz battar og'ilashdi, keyinchalik bildingizki u doktor o'z ishini mutaxassisi emas, buni natijasida siz o'z sog'lig'iz vaqtiz va davolanishga millionlab pullarni sarflab yubordiz. O'sha doktor malakasiz ekaniga sabab esa qaynona-qaynota xizmatidan ortmasdan o'z ustida ishlashga vaqti bo'lmas ekan. Shu holatda siz undan minnatdor bo'lasizmi? Mayli ish o'z yo'liga, shaxsiy haytozini birinchiga qo'ying men roziman deysizmi? Hech qachon! Oddiy xalq ham huddi shunday, ularga sizni bahonalariz qiziq emas. Ular har oyda topgan pulidan soliq to'laydi. U pullarni bir qismi ta'limga yo'naltiriladi. Shu sabab eplolmasang, bo'shat eploladiganiga, malakang yetmasa, joyingni malakalisiga ber deb aytadi. Meni maqsadim ustozlarni yerga urib, ustidan kulish emas. Kulmoqchi bo'lganimda boshqacha yo'l tutgan bo'lar edim. Maqsadim hali ham tushunib yetmayotgan ustozlarga bu kasb qanchalik ma'suliyatli ekanligini tushuntirish. Harakat qilgan olyapti. Juda ko'p ustozlar oxirgi 5 yil ichida tinimsiz mehnat bilan, o'sha sertifikat talabini bajarishdi. Ularni ichida 22 yoshlisi ham 70 yoshlisi ham bor. Bahona qilmasdan o'z ustida ishladi va hozirda rohatini ko'ryapti. Ayrim haligacha bahona qilib yurganlar esa, endi har xil yo'lini qidirib, ustozlar nomini yomonga chiqaryapti. Men postlarimda faqat ustozlarni emas oddiy xalq tomonni ham o'ylab keyin fikr bildiraman. Men allaqachon tushunib yetganman bizni faqat sifatli ta'lim qutqaradi, lekin bu maqsadga sifatsiz kadrlar bilan yetishib bo'lmaydi... Fikrlar subyektiv... Siznikidan farq qilsa, o'z fikringizni madaniyat bilan tushuntirish yo'llari ham mavjud. 🇬🇧 🇺🇿
Показать полностью ...
22 990
55
Ko'pchilik sertifikatni soxta deyapti. Sertifikat soxta emas BMB bazasidan chiqyapti. Keyin sertifikat raqamidagi eng oxirgi xarflar ism familiyaga mos tushmaganiga e'tibor qaratishdibdi. Bolani shaxsan taniydiganlarga ko'ra bolani familiyasi Dadaxonov bo'lgan. Keyinchalik Musoyevga o'zgartirilgan ekan. Sertifikat raqami generatsiya bo'lganda metrkasidan olingan bo'lishi mumkin bosh harflar. Sertifikatdagi sim familiyasi eza zagran passportdan. Shu sabab bunday tafovut yuzaga kelgan bo'lish ehtimoli bor. Taniydiganlarni bildirishicha bu bola chetda ham yashab kelmagan. Umuman sertifikatdagi mayda detallar oxirgi darajali narsa. Bu yerda oladigan sabog'imiz, har qanday yoshda ham uddalash mumkin. Inson mehnat qilsa bas. 🇬🇧 🇺🇿
Показать полностью ...
25 047
117
Bu bola ayrim INGLIZ TILI o'qituvchilariga dars berib qo'ydi desak mubolag'a bo'lmasa kerak. Ba'zi o'qituvchilar o'z fanidan hali B2 darajaga ega bo'la olmagan. O'sha B2 ololmagani uchun ba'zi sertifikatlarga katta pul to'lab shartnoma qilib, yana pul evaziga birovlarga o'z vazifalarini bajartirib yurgani ham bor gap. Bunday o'quvchilarni natijaga olib chiqish uchun bizga C1 darajadagi ustozlar kerak. A2 darajadagilar bilan bu sohada hech qanday natija qilolmaymiz! Ofarin, Kamron, ba'zi o'z fanini "mutaxassislari" eplay olmayotgan ishni, sen juda yosh bo'lib uddalading! C1 natijalarni ham kutib qolamiz! 🇬🇧 🇺🇿
Показать полностью ...
24 662
154
⚡️ O'zbekistonda 10 yoshli bola ingliz tilidan CEFR oldi Farg'ona viloyati olis So'x tumanidagi 4 sinf o'quvchisi Musoev Komronbek Asrorjon o'g'li Multi level CEFR imtihonidan ingliz tili bo'yicha B2 sertifikatiga ega bo'ldi. E'tiborlisi shundaki, hatto ko'p o'qituvchilar qiynaladigan bu imtihonda u osonlik bilan, yosh bo'lishiga qaramay uddaladi! 🇬🇧 🇺🇿
38 541
1 243
⚡️ Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi ✅ 2024-yil 20-apreldan 8-mayga qadar bo‘lib o‘tgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi. 👨🏻‍💻 Test natijalari saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin. 📱 Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar. ❕ Eslatma: o‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar test natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 3 kun ichida (16-18-may) sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari . ✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari: | | |
Показать полностью ...
24 726
140
Proyektor Thundeal TD93 Pro O'qituvchilar uchun chinakam yordamchi! Shoshilamiz, mahsulot soni cheklangan! ↔️ 1920x1080 Full HD ↕️ O'lchami: 24x19x9cm 🌅 4K video qo'llab quvvatlaydi 💡 Yorug'ligi: 6000 Lyumens ⚙️ Android 9.0 tizimida ishlaydi. 🔈 Ovozlari o'zidan chiqadi. Ovoz sifati tiniq! ⬆️ Boshqaruv paneli sensorli 🔵 Bluetooth, Wi-Fi mavjud Video obzor 👉 BU YERDA 💲 Narxi: Multi-screen (Wi-fi) versiya - 175$ (x6 oy = 1 oyga 442 ming soʻmdan, x12 oy = 241 ming soʻmdan) Android versiya - 189$ (x6 oy = 1 oyga 477 ming soʻmdan, x12 oy = 260 ming soʻmdan) 🛡 Buyurtma berish uchun 🚀 @webadmin24 ga yozing yoki 📞 998907500985 raqamiga bog'laning. 🚕 O'zbekiston bo'ylab tezkor (1-3 kunda) yetkazib berish xizmati bor! Yetkazib berish to'lovi alohida! 🔎 Manzilimiz: Namangan viloyati, Norin tumani, Haqqulobod shahar, O'zbekiston ko'chasi. Mo'ljal: Madaniyat saroyi yonida 📍💻 @hr_laptops
Показать полностью ...
21 978
62
⚡️Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri jamg‘armasi hisobidan har oylik ustama oladigan pedagoglar ro‘yxati e’lon qilindi 🇬🇧 🇺🇿

Vazir jamg`armasi ustama oladiganlar 2024.pdf

29 236
288
2023-2024-o'quv yili uchun INGLIZ TILI fani bo'yicha sizga quyidagi hujjatlarni taklif etamiz 👉 👉 👉 👉 👉 )👉 👉 👉 👉 )👉 👉 ☝️ Namunalari bilan tanishib chiqish uchun ko'k yozuv ustiga bosing. Murojaat uchun ➡️ @uzteachers_admin 🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
23 837
55
Ingliz tili fanidan 11-sinf yakuniy imtihoniga tayyorlanish uchun materiallar. 1-8-variantlar namunaviy javoblari. Qolgan javoblari ham tayyor bo'lishi bilan kanalga joylanadi. Savollari 👉 BU YERDA Audiolari 👉 BU YERDA 🇬🇧 🇺🇿

11-Exam Asnwers V1-V8.pdf

43 464
3 263
Attestatsiya testlari xato tuzilsa bundan kim jabr ko'radi? Ko'pchilik ustozlar testlarning xato tuzilganidan shikoyat qilishmoqda. Oldingi yillarfan farqli bu yil biror testda xato aniqlansa, faqat apellyatsiya berganga emas, hamma o'sha savol tushganlarga bal berilyapti. Lekin ko'p ustozlar bilmayaptiki, o'sha xato tuzilgan savollar o'zlarining foydasiga ishlayotganini. Ya'ni deylik 10-savol. Savolda xatolik bor. Siz A ni olgansiz, boshqasi B ni olgan. Kimdir C javobni olgan. Yana kimdir D ni olgan. Deylik to'g'ri javob D bo'lishi kerak edi. Lekin savolda yoki javobda xatolik borligi aniqlansa, hammaga ball beriladi. O'sha savolda xatolik bo'lmaganda edi, siz notog'ri javob olganizda sizga bal berilmas edi. Lekin bu yilgi attestatsiyada vazirlik xatosini tan olib hammaga ball beryapti. Bu sizning foydangizga ishlaydigan narsa. Oh-voy qiladigan narsa emas. Shunchaki o'ziz ishlagan testni birortasi xato deb hisoblasangiz, shaxsiy kabinetingizdan apellyatsiya bering. Xatoga duch kelmagan bo'lsangiz shart emas. Ko'rib chiqib xatolik bo'lsa ball qo'shib qo'yishadi. Lekin sizga 2 bal yetmay qolgan bo'lsayu savollarda xatolik bo'lmasa, tinroqni ichidan kir qidirgandan foyda yo'q. Ball berish uchun asos bo'lishi kerak. Sizda esa u bo'lmasligi mumkin. Keyin yana bir narsa, ba'zi ustozlar test qayta o'tkazilsin bizga ham deb murojaat qilishyapti. Attestatsiya imtihoni o'ta olmay qolsangiz, yana qayta tashkil qilib berilaveradigan narsa emas. Natijangiz mixlangan, endi uni qayta topshirib bo'lmaydi. Informatiklarda qayta tashkil qilinayotgan bo'lsa, ularda texnik nosozlik bo'lgan O'tolmay qolganlarga 2-imkoniyat berilmayapti bu yerda. Asosingiz bo'lsa apellyatsiya bering, asos bo'lmasa mag'lubiyatni tan olib, keyingi imtihonlarga puxta tayyorgarlikni boshlayvering. Ba'zida inson muvaffaqiyati uchun oldingi mag'lubiyatlari muhim hisoblanadi. Hayot faqat g'alabadan iborat emas, do'stlar! Mag'lubiyat esa keyingi kattaroq muvaffaqiyatning birinchi qadami bo'lishi mumkin! 🇬🇧 🇺🇿
Показать полностью ...
28 510
166
Some teachers after having additional points and in the result passing category exams "English teacherlarni break qilish is not for bandasiga" 🇬🇧 🇺🇿
25 451
114
Kanallarda mana bu xabar aylanyapti. Bunga ishonmang. Bu xabar yoki fake yoki qaysidir testda nosozlik kuzatilgan fanga tegishli bo'lishi mumkin. Ingliz tiliga umuman aloqasi yo'q. Hech qachon imtihondan o'ta olmaganlarga besabab boshqa imtihon tashkil qilib berishmaydi. Natijangizdan norozi bo'lsangiz apellatsiya berishingiz mumkin. Lekin aniq savolda xatolik bor deb hisoblasangiz bering. Apellatsiya shunchaki bal yetmay qolgani uchun chiqmagan jondan umid deb beriladigan narsa emas. Agar boshqa birov sizga tushgan savol bo'yicha apellatsiya bergan bo'lsa, va savol xatoligi isbotlangan bo'lsa sizga ham bal berilishi kerak. Qaysi javobni olganingizdan qat'iy nazar. Shu sabab toifadan o'tganlar havotirlanmasa ham bo'ladi, o'sha savolga noto'g'ri javob belgilagani aniq bo'lgan bo'lsa ham bal tushirilmaydi. 🇬🇧 🇺🇿
Показать полностью ...
30 430
215
Attestatsiya imtihonidan o'ta olmaganlar yoki toifasini saqlaganlar bo'lsa, shaxsiy kabinetingizni tekshirib qo'ying. Aytishlaricha noto'g'ri tuzilgan savollarga bal berilyapti ekan. Ba'zilarda ball qo'shilib, o'tmadingiz degan natija bo'lgan bo'lsa endi bal yetarli bo'lib malaka toifasi berilsinga o'zgarib qolyapti ekan. Shu sabab siz ham bir tekshirib ko'rishingizni tavsiya qilamiz. 📚
57 812
2 410
📣 Umumtaʼlim maktablarida “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlarini oʻtkazishga doir zarur tavsiyalar ✅ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan umumtaʼlim muassasalarida 2023-2024-oʻquv yilini yakunlash va “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlarini oʻtkazish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqildi. 🔹 Unga koʻra, umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlari: ➖ joriy yilning 25-may kuni soat 8:00 dan 9:00 ga qadar tashkil etiladi; ➖ maktab oʻquvchilari sonidan kelib chiqqan holda faqatgina 1-, 4-, 9-, 11-sinf oʻquvchilari jalb etiladi; ➖ mahalla faollari, ota-onalar va huquqni muhofaza qilish idoralari vakillari bilan hamkorlikda yongʻin va texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilingan holda tashkil etiladi; ➖ faxriy oʻqituvchilar, ota-onalar, mahalla faollari, oʻrnak boʻladigan maktabning sobiq bitiruvchilari taklif etiladi; ➖ yil davomida namunali xulq va aʼlo baholarga oʻqib, eng yuqori reyting koʻrsatkichlariga erishgan iqtidorli bitiruvchilar ragʻbatlantiriladi; ➖ maktab hayotida faol ishtirok etayotgan, odob-axloqi, intiluvchanligi bilan tengdoshlariga oʻrnak boʻlayotgan oʻquvchilarning ota-onalariga “Eng faol ota”, “Jonkuyar ona”, “Masʼuliyatli ota-ona”, “Aʼlochi oʻquvchi otasi”, “Bilimli qiz onasi” nominatsiyalari boʻyicha tashakkurnomalar beriladi. 📍 2023-2024-oʻquv yilini yakunlash va “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlarini oʻtkazish davomida quyidagilar taqiqlanadi: ➖ turli restoran va kafelar, xonadonlarda “Bitiruv oqshomlari”ni oʻtkazish, bosqichli nazorat imtihonlari va yakuniy davlat attestasiyalarini oʻtkazishda, taʼlim muassasalarini yangi oʻquv yiliga tayyorlash borasida oʻquvchi va bitiruvchilar hamda ularning ota-onalaridan turli xil pul mablagʻlarini yigʻish; ➖ bitiruv tadbirlarida oʻquvchilardan qimmatbaho sovgʻalar uchun pul yigʻish, bitiruv kechalariga atab qimmat kiyimlar olish, yengil avtomashinalarda sayr tashkil etish. ➖ oʻquvchilarning guruh-guruh boʻlib xiyobonlar, istirohat bogʻlari, choʻmilish havzalariga borishi. 👉 Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimdagi barcha xodimlar, ota-onalar hamda keng jamoatchilik vakillaridan joriy oʻquv yilini yakunlash va “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlarini oʻtkazishda mazkur tavsiyalarga amal qilishlarini soʻrab qoladi.
Показать полностью ...
36 658
322
O‘qituvchilarning metodik kunlari qayta joriy qilinishi mumkin Xabaringiz bor, sobiq Xalq ta’limi vaziri Baxtiyor Saidovning 2022-yil 5-dekabrdagi 372-sonli buyrug‘i bilan o‘qituvchilarning metodik kunlari, fan oyliklarini o‘tkazish tartibi bekor qilingandi. Oradan ikki yil o‘tib, metodik kunlar “Kasbiy rivojlanish kunlari” sifatida qayta joriy qilinishi kutilmoqda. Bu haqda manbasi xabar berdi. Ma’lum bo‘lishicha, quyidagilar o‘qituvchilarga “Kasbiy rivojlanish kunlari” sifatida belgilanmoqda: Dushanba – Aniq fanlar (matematika, informatika va axborot texnologiyalari) fani; Seshanba – Filologiya fanlari (Ona tili va adabiyot, O‘zbek tili/rus tili); Chorshanba – Tabiiy fanlar (fizika va astronomiya, kimyo, biologiya, geografiya va iqtisodiyot, tabiiy fan (Science); Payshanba – Ijtimoiy fanlar (tarix, davlat va huquq asoslari, tarbiya); Juma – Xorijiy tillar; Shanba – Amaliy fanlar va boshlang‘ich ta’lim (tasviriy san’at, chizmachilik, musiqa madaniyati, texnologiya, jismoniy tarbiya, chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik, boshlang‘ich ta’lim). Manba: 🇬🇧 🇺🇿
Показать полностью ...
49 606
814
Ushbu postda umumiy yozilgan, aynan falol-falon sertifikat deyilmagan. Detallarga emas umumiy ma'nosiga e'tibor qarating! Qisqa qilib aytganda: qaysi sertrifikatda o'yin ko'paysa, shu chiqariladi! O'yin qilib emas to'g'ri yo'l bilan oling! Shu message ni bermoqchi bo'lganman. Falon sertifikat yaxshi, piston sertifikat yomon degan fikr yozilmagan. TKT chilarga ham aytadiganim. TKT da hozir o'yin yo'q to'g'ri, lekin bo'lmagan deb aytolmaymiz! Shunchaki bir yil oldinni eslang. 3 oyga TKT yopilgan paytlarni. Nima sabab bo'lgan deb o'ylaysiz? O'yin ko'payib, o'sha o'yinga ayrim rasmiy TEST CENTERlar ham aralashgani sabab bo'lgan edi. Baza uncha almashmas edi. Hattoki ayrim nomdor TKT tutorlarni ham savol yodlatib tayyorlashlari urf bo'lgan edi. Vijdoni bor, TKT olganlar bo'lsa, savol yodlab o'qigan paytlaringizni bir eslab qo'ying! Lekin undan keyin Cambridge murojaat qilinib, to'xtatib qo'yilgan va qayta ishga tushganda ancha o'zini o'nglab olgan edi. Hozirda haqqoniy bo'lyapti deya olaman! TKT chilarga yaxshi yangilik, katta ehtimol bilan sertifikat imtiyozda qolishi mumkin. Chunki portalga keragidan ortiq murojaat qoldirilgan. Uni inobatga olinish ehtimoli katta. Faqat berilgan imkoniyatlarni suiste'mol qilib tashlamaylik demoqchiman. Bizning ishimizni kasriga boshqa aybsizlar qolib ketishi mumkin! 🇬🇧 🇺🇿
Показать полностью ...
33 613
569
C1 ga tayyorlaydigan kurs, oyiga 200 ming so'm! Izohlarda: - Qimmat! - Sal odamga insof ham kere! - 100 ming bo'lsa qatnashardim! - Kafolat berilsa qatnashaman! - Boshqa joyda bundan ancha arzon! - Siz tayyorlagan savollar imtihonda tushadi desangiz qatnashaman! Sertifikat oberamiz, tepada tanish bor B2 1500$ - To'lov qanday qilaman - C1 ham qiberolislami? 3000$ bo'ladimi? - Aniq o'tadiya? Summasi muhim emas, aniq o'tsa undanam ko'proq beraveraman. - Ishonchli bo'lsa, bazadan chiqsa, sheriklarimam bor ololmay yurgan. O'zim kliyent qig'ib beraman. Bu albatta hazil! Faqat ilmning qadrini ko'rsatib beradigan hazil! 🇬🇧 🇺🇿
Показать полностью ...
28 772
101
Shu kunlarda sertifikatlar muhokamasi tinmayapti. O'qituvchilar dardini kimga aytishni bilmay sarson. Ularni ham tushunish kerak. Bir sertifikatga tayyorlanib endi olaman deganingda chiqarib tashlanadi degan gap chiqsa, odamning hafsalasi tushib ketadi. Lekin... O'qituvchilarning o'zida ham ayb bor... Vazirlik qaysi sertifikatda o'yin ko'payib ketsa o'shani chiqaramiz deyapti. O'sha o'yinlarni ishtirokchisi kim bo'lyapti? O'sha o'yinlarni ko'rib "eplabdi qaddini ursin" deb kim aytyapti? Halol yo'l bilan olinglar, birov falon sertifikatni falon ming dollarga yo'lini qilib oberaman desa, pulizni ko'tarib yugurib borib olmang, o'sha falon ming dollarni atigi 50-100$ ni sarflasangiz, zo'r tayyorlanib olasiz o'sha sertifikatni o'z kuchingiz bilanam deyilsa, bunday gaplarga qulog'ini ikki qo'li bilan to'sib olayotganlar kim bo'lyapti? Aptis sertifikatini ham eslang, qancha bong urildi, qancha aytildi, deyildi, lekin ayrim o'qituvchilarni umuman qaytarib bo'lmadi. Qaysi sertifikatni qing'ir usulidan qaytarishga urinilsa, aksincha reklama bo'lib ustozlar battar o'shanga yopishadigan bo'lishdi. Sizning qing'ir yo'lga intilishingiz, xarom yo'lda sertifikat olishingizni kasriga boshqa o'z bilimi bilan olgan o'qituvchilar qoladi. O'sha sertifikat chiqib ketsa xo'lu-quruq barobar yonadi deyildi. Lekin o'sha bilimi bilan olgan ustoz ham menga nima dedi. Meni sertifikatim bor, eplayapti olaversin, senga nima dedi. Sheriklarini tiymadi, yomon yo'ldan qaytarmadi. Keyin o'sha o'zi "qo'llagan" sheriklari, sertifikatni sotib olib, o'zi bilan dars talashdi. Vaqtlar keldi o'zi o'lgan sertifikatni chiqib ketishiga sababchi bo'ldi. Mana endi birlashamiz, prezidentga chiqamiz vazirga chiqamiz deb bong urib yurishibdi... O'sha paytlar bir og'iz sherigiga qing'ir yo'lni qo'y, halol luqmaga intil, firibgarlarni boy qilma, Allohdan qo'rq deganda edi shunchalikka bormasmidi... Sherigi "epladi, qaddini urdi", endi jabrini o'zi tortyapti... 🇬🇧 🇺🇿
Показать полностью ...
29 720
149
- So, from whom do we start taking money? - From teachers - But their salary is not much - But they are great in number... 🇬🇧 🇺🇿
36 860
345
Teachers who have passed attestation exams these days 😄 📚 @AttestatsiyaINFO
34 775
362
⚡️Maktablarda 2023-2024-o'quv yili tugashiga ham ikki hafta qoldi, 25 may, shanba kuni o'quv yilining ohirgi dars kuni bo'ladi 2023-2024-o'quv yili yakunlanishiga ham ikki hafta vaqt qoldi, maktablarda ta'til muddatlari qanday belgilangan? ✅VMning 140-sonli qarori bilan tacdiqlangan Nizomga ko'ra ta'tillarning (kanikul) muddatlari quyidagicha belgilangan: ➡️ kuzgi ta'til — 4 noyabrdan boshlab 6 kalendar kun ➡️ qishki ta'til — 28 dekabrdan boshlab 14 kalendar kun; ➡️ bahorgi ta'til — 21 martdan boshlab 7 kalendar kun; ➡️ yozgi ta'til — oxirgi bosqichli nazorat sinovi o'tkazilgan kundan (bosqichli nazorat o'tkazilmaydigan sinflar uchun o'quv yili tugagan kundan keyingi kundan) boshlab 1 sentabrgacha. ❗️Bayram kuniga to'g'ri kelib, qoldirilgan mavzular ixchamlashtirilgan (tig'izlashtirilgan) holda o'tiladi va jurnalga yoziladi. 🇬🇧 🇺🇿
Показать полностью ...
32 591
90
Последнее обновление: 11.07.23
Политика конфиденциальности Telemetrio