Birinchi ish joyini tanlash
Birinchi kirgan ishida butun umr qolishni xohlaydiganlar deyarli bo’lmasa kerak.
Birinchi ishimiz vaqtinchalik ekan,
Birinchi ish uchun qanday ishlarni tanlagan yaxshi?
Qoida oddiy. Birinchi ishimiz puldan tashqari ko’chiriladigan ko’nikmalarni ham berishi kerak.
Boshqa ishlarda ham ishlatsa bo’ladigan ko’nikmalar - ko’chiriladigan ko’nikmalar. (Misol uchun Google docs da ishlash)
1.
O’qituvchilik. Soddalashtirish. Auditoriya e’tiborini ushlab turish. Bilimini o’tkaza olish ko’nikmalarini beradi. Menejerlik, tadbirkorlik, sotuvchilik, blogerlikda kerak bo’ladi.
2.
Sotuvchilik. Birinchi ishim oziq ovqat do’konida sotuvchilik bo’lgan. Begonalar bilan gaplasha olish, ko’ndirish, tinglash. Hamma kasblarda kerak bo’ladi.
3.
Fast food tarmog’i. Intizom bilan ishlash. Yo’riqnomalarga amal qilish. O’z ishini yangilarga o’rgatish. Intizom hamma ishda kerak. Kollejlarimiz o’rgata olmayotgan intizomni Makdonalds o’rgatyapti degandi W.Buffet.
4.
Kopirayting. Matn orqali ta’sir o’tkazish. Fikrni tiniqlashtirish. O’quvchilar holatiga tusha olish. Menejerlik, tadbirkorlik, ilm, marketing, blogerlik, sotuvchilikda kerak bo’ladi.
5.
Tadbirkor/Olim yordamchisi. Parda ortida qolib ketadigan ko’p jarayonlarga perspektiva ochiladi. Turli instrumentlar ishlatish o’rganiladi. Ko’p ishlarni qilishda ishonch paydo bo’ladi. Shaxsiyat o’zgaradi. O’zi yordamchi bo’lgan inson yo’lidan ketishda yordam beradi.
6.
Video montaj. Kontentning asosiy qismi hozir video. Trendlar, diqqatni qarata olish, ushlash. Tadbirkorlik, marketing, sotuv kabi kasblarda kerak bo’ladi.
@azizrakhimov_blogПоказать полностью ...