Сервіс доступний і на вашій мові. Для перекладу натиснітьУкраїнська
Best analytics service

Add your telegram channel for

  • get advanced analytics
  • get more advertisers
  • find out the gender of subscriber
Гео и язык канала

статистика аудитории Aziz Rahimov

Bog’lanish uchun:  @Azizrahimov  Reklama olmaymiz. 
33 413+42
~30 819
~9
126.15%
Общий рейтинг Telegram
В мире
34 324место
из 78 777
0место
из 0
В категории
320место
из 691

Пол подписчиков

Если это ваш канал, тогда можете узнать какое количество женщин и мужчин подписаны на канал.
?%
?%

Язык аудитории

Если это ваш канал, тогда можете узнать какое распределение подписчиков канала по языкам
Русский?%Английский?%Арабский?%
Количество подписчиков
ГрафикТаблица
Д
Н
М
Г
help

Идет загрузка данных

Время жизни пользователя на канале

Если это ваш канал, тогда можете узнать как надолго задерживаются подписчики на канале.
До недели?%Старожилы?%До месяца?%
Прирост подписчиков
ГрафикТаблица
Д
Н
М
Г
help

Идет загрузка данных

Since the beginning of the war, more than 2000 civilians have been killed by Russian missiles, according to official data. Help us protect Ukrainians from missiles - provide max military assisstance to Ukraine #Ukraine. #StandWithUkraine
Ilmlarini sizga tashlab ketishadi Ko’pchilik o’z tengdoshlari bilan gaplashishni xohlaydi. Mavzular bir xil. Qiziqishlar yaqin. Ta’lim tizimi ham 3-yoshimizdan faqat tengdoshlarimiz guruhiga joylashtiradi. Bloglar, videolarda ham ko’pchilik o'z yoshidagilarni kuzatadi. Faqat tengdoshlari bilan gaplashadiganlar tengdoshlaridan o’tib keta olmaydi. Hayotda har xil yoshdagi odam bilan gaplashishga to’g’ri keladi - tajriba yo’qligi, qiyinchilikka olib boradi. O’zidan kattalar bilan ko’p gaplashganlar - bosiqroq, dunyoqarashi kengroq bo’ladi. O’zidan yoshroqlar bilan gaplashadiganlar quvvatga to’la bo’ladi. Yoshlar bilan ko’proq gaplashing. Samimiy bo’ling. Butun umr sizni eslab yuradi. Qariyalar bilan ko’proq gaplashing. Hikmatlarini oling. Butun umrlik ilmlarini sizga tashlab ketishadi.
Показать полностью ...
21 049
404
Tadbirkorlikka yaqinlashgan bo'lasiz Yaxshi xodim bo’lish haqida postlar yozdim. ,, Yoshlar xodim bo’lib qolaversinmi? Tadbirkor bo’lishga ham undamaysizmi? mazmundagi izohlar tushdi. Do’stlar, kuchli tadbirkorlik - kuchli xodim bo’lishdan boshlanadi. Nvidia asoschisi Jensen Huan birinchi ishidagi eng yaxshi tozalovchi va eng yaxshi ofitsiant bo’lganini . Alibaba asoschisi, milliarder, Jack Ma yaxshi o'qituvchi bo'lgani, o'quvchilari uni sevgani haqida ko'p . Do’stimiz Jahongir Pulatov moykada ishlaganini hamma bilsa kerak. Ishlaganini ko’rgan aka aytgandi — u ham eng zo’r ishchi bo’lgan. Jamoada ishlash tajribasi yo’q odamga tadbirkor bo’ling deb, faqat tadbirkorlik kursini sotuvchilar to’g’ridan-to’g’ri aytadi. Tadbirkorlik noma’lumlikdan iborat. Ma’lum ishlarni qoyillatmaganlar, noma’lumlarini o’xshatishiga shubham bor. Ishlayotgan joyingizda 100% eng zo’ri bo’ling. Tadbirkorlikka 85% yaqinlashgan bo’lasiz.
Показать полностью ...
31 323
371
Misol bo’lib bering Ba’zida farzandimni tarbiya qilib bering deb, maktabimizga olib kelishadi. Dunyoga endi kelgan bola o’zini qanday tutish kerakligini bilmaydi. Bilish uchun birinchi tanigan odamlari - ota, onasiga qaraydi. Bolaning kimligi besh yoshigacha aniq bo’ladi degandi Tolstoy. Teng yarmi yuzaga chiqayotgan irsiyat (genetika), qolgan yarmi ota onani kuzatishdan olingan xulosalar. (Jhon Medina) Dinimizda farzand tarbiyasi haqida, nafs tarbiyasiga o’xshab ko’p gapirilmaydi. O’zingizni tarbiya qilar ekansiz, farzandingizni ham tarbiya qilayotgan bo’lasiz. Shaxsiy rivojlanish, oilaning . Kitob o’qitmoqchimiz? - o’qishni boshlang. Sabr qildirmoqchimiz? - sabrli bo’ling. Vaqtini bekor sarflamasinmi? - siz ham sarflamang. Quloqlar bilan olingan nasihat ba’zan eshitiladi, ba’zan eshitilmaydi. Ko’zlar bilan olingan nasihat unutilmaydi.
Показать полностью ...
50 883
1 007
O'zbekistondagi eng katta, bepul va intensiv onlayn marafonni kutib oling! Ramazon Hayiti munosabati bilan StudentHunter va IVYonaire jamoalari sizga bu tuhfani taqdim etadi! 31 kun davom etadigan bu onlayn marafonomizda 😳Harvard, 🏴󠁧󠁢󠁥󠁮󠁧󠁿Oxford, 😳ale, 😳Princeton, 😳Brown va 💜NYU kabi dunyoning eng nufuzli universitetlarining 20dan ortiq talabalari qatnashishadi. Ammo, biz bu bilan cheklanib qolmaymiz!🚀 ⚡️Iqtidorli yoshlarimiz qatorida onlayn marafonimizda O'zbekistonning 10dan ortiq eng mashhur tadbirkorlari va influencerlari ham o'z maslahatlarini siz bilan ulashishadi!⚡️ ❤️Qatnashuvchilar TOP universitet talabalari tomonidan universitetga hujjat topshirish bo'yicha bepul konsultatsiyani ham qo'lga kiritish imkoniyatiga ega bo'ladilar. Tadbirkorlarimiz va influencerlarimizdan ham ajoyib sovg'alarni kutib qoling! Marafon ishtirokchilari bilan tanishing👇: Top universitet talabalari Tadbirkorlar va influencerlar 🖇Quyidagi bot orqali marafon bo'lib o'tadigan yopiq kanalga havolani qo'lga kiritishingiz mumkin: 📌Marafonga taaluqli barcha yangiliklar StudentHunter va IVYonaire kanallarida yoritilib boradi.📌 Yangiliklarga tayyor turing! 🔥Bu hali boshlanishi!🔥 & | |
Показать полностью ...
16 840
297
AirPodslar kar qiladi. Quloqda doimiy shig’illash bilan ta’riflanadigan holat bor — Tinnusit deyiladi. Eshitish pasayadi. Shig’illab asabga tegadi. Oxiri karlik bilan tugaydi. Davosi yo’q. Kelib chiqishiga 2ta asosiy sabab - baland ovozda eshitish va shovqin to’sadigan naushniklardan (Airpods pro ga o’xshagan) ko'p foydalanish. 30 yoshli millioner bloger tinnusit bo’lgani, hayoti rasvolashgani, dushmaniga ham ravo ko’rmasligini . Oxirgi 20 yilda kasallik 3 barobarga ko’paygan. Aholining 10% da . Quloqchinlar ko’paygani sari - kasallik ham ko’payadi. Baland ovozda eshitmang. Shovqinsiz rejim (Noise cancellation mode)ni yoqmang. Tinglayotgan narsangiz muhimdir tushunaman. Eshitadigan quloq undan ham muhimroq.
Показать полностью ...
68 930
1 519
Ramazon hayiti bir boshqacha kun. Bu kun siz albatta yoshlikni eslaysiz. Necha yosh bo’lsangiz ham. Hayit namozi, shirinliklar, qarindoshlarni yo'qlash, kelin-salom, hamma hammasi yoshlikni eslatadi. Bu kun siz kunni yarmini tabriklash va tabriklarni qabul qilish bilan o’tkazasiz. Bu kun sizga yaqin va uzoq insonlarni ajratib olasiz. Birinchilar tabriklash uchun shaxsiy xabar yozib yoki qo'ng'iroq qilsa, ikkinchilar shablon tabrik yoki rasm jo'natishadi. Bu kun siz aslida qancha qarindoshingiz borligini bilib oladigan kun. Bu kun sizni asl hayotiy qadriyatlarga qaytaradi: Oila, silai rahm, ehson, namoz. Deyarli hech kimni ish haqida gapirganini ko’rmaysiz. Bu kun biron narsa yeyishdan oldin, har safar ikkilanib, o’zingizdan "Ro'zamasmidim o'zi? " deb so'raydigan kun. 😊 Bu kunni hamma yaxshi ko'radi, yosh bolalar ham, kattalar ham ,qariyalar ham. Biz ham bu kunni yaxshi ko'ramiz. Ramazon hayitini yaxshi ko'rganlarga hayit muborak aziz do’stlar!
Показать полностью ...
62 750
328
Kitob o’qisam uxlab qolaman Nima kitob o’qishini bilmaydiganlar bor. Kitob o’qib uxlab qoladiganlar bor. O’qiganini eslab qolmaydiganlar bor. Eslab qolganini qo’llay olmayotganlar bor. To’rtta har xil muammoga o’xshaydi. Aslida bitta muammo - o’quvchi kitob ichiga kirib keta olmasligida. Ildizi esa kitob o’qishni maqsad qilib olishda. Kitob o’qish uchungina, kitob o’qilmaydi. Qiziqishni qondirish uchun kitob o’qiladi. Muammoni yechish uchun kitob o’qiladi. Muammoingiz bo’lsa - mavzudagi eng zo’r kitoblarni topib o’qing. Qiziqish paydo bo’ladi. Qiziqqan mavzularingizda o’qishni boshlang, muammolaringiz sezila boshlaydi)
Показать полностью ...
62 457
679
Do'st bo'lib boshlab bering Statiska dunyo davlat maktablarida dars qoldirish 60% (!) gacha chiqqanini . Darslar yoqmasligi sabab emas. Bizni davrimizda maktab yoqsa, yoqmasa boraverar edik. Do’stlarimiz bilan vaqt o’tkazish uchun. Gaplashish uchun. Hozirgi bolalarga do’stlar unchalik kerak emasga o’xshayapti. Do’stlari bilan doimiy ko’rishadiganlar 30% dan kamayib . 75 yillik garvard - do’stlar, munosabatlar baxtning asosiy elementi deb xulosa bergandi. Demak do’stlikning pasayishi faqat maktab davomatiga ta’sir qilmaydi. Rostdan ham. O’smirlar o’rtasida depressiya darajasi 10 yilda 60% ga . Yoshlar o’rtasida o’lim sabablari orasida o’zini o’ldirish 2-o’ringa chiqibdi. ~20% o’smirlar o’zini o’ldirish haqida jiddiy o’ylab ko’rgan. ~10% harakat qilib . Asosiy sabab yolg'izlik. Do’st orttirish yosh o'tgan sari qiyinlashib boradi. Bu bechoralarning ahvoli faqat yomonlashadi degani. Siqilyapsiz, kayfiyat yo’q, ishlagingiz kelmayapti - katta ehtimol bilan do’stingiz yo’q, yoki anchadan beri gaplashmagansiz. Yaxshi do’stlaringiz bo’lishi - bonusdek tuyulishi mumkin. Endi unday emas. Yaxshi do’stlar bo’lishi sog’liq, kayfiyat, hatto tiriklikka ham ta’sir qiladi. Do’stlaringiz bo’lsa - ularni asrang azizlar. Do’stingiz bo’lmasa - siz do’st bo’lib boshlab bering. To’g’ri qiyin. Do’stsiz esa yanada qiyinroq.
Показать полностью ...
59 040
1 648
O’tirib gaplashishni boshlash mumkin Suhbatlashib o’tiribsiz, zeriksangiz nima qilasiz? Telefonni olasiz. U qiziq bo’lgani uchun emas. Suhbat zerikarli bo’lgani uchun. Nir Eryal ham, kitobida shuni yozadi. "Biz vaqtimizni isrof qilishimizga sabab, bir nima qidirish emas. Bir nimadan qochish." O’zidan qochish. Fikrlaridan qochish. 85% odam o’tirib 10 daqiqa . Lekin soatlarini isrof qilib O’zi bilan gaplashmaganidan keyin, o’zini tanimaydi. O’ziga qiziq suhbatdosh bo’la olmaydi. Suhbatdosh zerikarli bo’lsa nima qilardik? Ha shu uchun ham yolg’iz qolganda - qo’l telefonga ketaveradi. Bekorchi vaqtni kamaytirish uchun - instagram, telegramlarni blok qilish, internetsiz telefon ishlatish, tog’larga chiqib yashash mumkin. Yoki va nihoyat - o’zi bilan o’tirib gaplashishni boshlash mumkin.
Показать полностью ...
43 099
587
Til o'rganish qiyin bo'ladi Bekzod aka ingliz tilini o’rganish uchun resurslar bilan . Fikrlariga 100% qo’shilgan holatda shuni eslatmoqchiman: O’zbek youtubeda eng ko’p ko’rilgan video 60 milliondan oshadi. Demak interneti bor hamma, youtube ishlatishni biladi. “Ingliz tili” deb qidirilsa, minglab videolar chiqib keladi. Til o’rganishda resurslar eng katta muammo bo’lmaydi. Xohish bo’ladi. Xohish qiziqish yoki ehtiyojdan paydo bo’ladi. Qiziqqani uchun o’rganadiganlar 3% dan oshmaydi. Qolganlar faqat ehtiyoj bo’lsa o’rganishadi. Ingliz tiliga ehtiyojni paydo qilish uchun: -Shunday odamlar orasiga qo’shilib olingki - tilni bilmaydigan faqat siz bo’ling. Uyalish paydo bo’ladi. -Bo’yningizga bir vazifa olingki - tilni bilmasangiz, ishingiz bitmasin. Majburiyat paydo bo’ladi. -Shunday muhitga tushib qolingki - ingliz tilida gaplashish oddiy hol bo’lsin. Havas paydo bo’ladi. -Shunday ustoz topingki - uni bir vaqtda hurmat ham qiling, qo’rqib ham turing. Mas’uliyat paydo bo’ladi. Agar bularni (bittasi yoki hammasini) qila olsangiz, til o’rganish vaqt masalasi (~1200 soat) bo’lib qoladi xolos. Yuqoridagilarni qilish qiyindur, tushunaman. Qilmasangiz - til o’rganish qiyin bo’ladi.
Показать полностью ...
58 588
749
O’zgartirgan o’qituvchilar Pedagog Makarenko jinoyatchi, qotil o’smirlardan - yurist, shifokor, uchuvchilarni tarbiyalab chiqardi. Pedagog Suxomlinskiy urushdan yetim qolganlar bolalarga yangi kelajak berdi. Tashlab qo’yilgan qora tanli bolalarni Ron Clark iqtidorli ekanligini isbotladi. Hammamizda ham o’zgarish qilgan o’qituvchilarimiz bor. Butun umr minnatdormiz. Biz ana shunday o’qituvchilar bilan tanishmoqchimiz. Suhbat qilmoqchimiz. Maslahat va g’oyalar olmoqchimiz. Sizga katta ta’sir o’tkazgan o’qituvchilar bilan bizni ham tanishtira olasizmi? Javob ha bo’lsa, mana shu mos ko’rgan o’qituvchingiz ma’lumotlari bilan to’ldirib bering. Sizni o’qituvchingizni tanlasak maktabimiz tomonidan pizza jo’natib beramiz)
Показать полностью ...
50 913
295
Boridan foydalanish muhimroq 6 yoshida Poliyomielit yuqtiradi. Kasallik sababli bo’ynidan past qismi umuman ishlamay qoladi. Suniy nafas beradigan temir o’pka uskunasiga qo’yishadi va hayoti shu kameraga bog’liq bo’lib qoladi. Yoshligidayoq tili bilan o’pkasiga havo yuborishni, labi bilan rasm chizishdan, yozishgacha bo’lgan ishlarni qilishni o’rganib oladi. Maktabni a’lo baholarga tugatadi. Nogironligi sabab qabul qilmagan universitetga 2 yil harakat qilib kirib oladi. Bakalavr, aspirantura, doktorlikni ham tugatib, yuristlikni boshlab yuboradi. Mijozlariga yuzlab ishlarni yutib beradi. Hayoti haqida ham yozadi. Mana shu biografiya egasi yaqinda vafot etdi. Qaysidur muammoingiz dars qilishdan to’sar ekan, o’zingizga shu biografiyani eslatib turing. Imkoniyatlaringiz muhim. Boridan qanday foydalanish esa undan ham muhimroq.
Показать полностью ...
89 930
1 664
Kuchsizligini ko’rsatayotgan bo’ladi Kiyiklar kichkina ko’ringani bilan jahldor bo’lishadi. Sal narsaga urushib, yoki bilan tugatmaguncha qo’ymaydi. Bizon (katta buqalar) gavdali bo’lsa ham, urushishi . Jiddiy sabab bo’lmasa urushmaydi. Boshlasa ham tezda tugatib, yarashib . Kiyik o’zini nozikligini, o’ldirib yubormasa qarshi hujumga turib bera olmasligini biladi. Bizonlar esa bundan havotir olmaydi. Hujumga uchrasa soatlab ham turib beradi. Hadeb kuch ko’rsataverishga hojat yo’q. Odamlar orasida ham kiyiklar uchrab turadi azizlar. Sal narsaga urushishni xohlab qoladigan, svetoforda mashinasi motorini maqtanadigan, har ikkinchi gapida qancha topishini, kimni tanishini eslatadigan… Ular shu yo’l bilan kuchimni ko’rsatyapman deb o’ylaydi. Bizon darajasiga chiqqanlar tushunishadiki - ular bu yo’l bilan kuchsizligini ko’rsatayotgan bo’ladi. Haqiqiy kuch bo’lar bo’lmasga ko’rsatilaverilmaydi.
Показать полностью ...
46 672
354
Arziydiganlari ommaga chiqmaydi. 3 yil oldin o’zini Dubaylik magnat deb tanishtirayotgan odamning piramidasi . Yaqinda investorlar pulini ola olmayotgani haqida Millionlab obunachilariga reklama qilganlar esa jim. O’zlari ham aldanishgan chog’i. 100$ bo’lsa ham pulingizni biron yerga tikmoqchi bo’lsangiz bitta qoidani tushunib olish kerak: Rostdan ham investitsiya qilishga arziydigan loyihalar ommaga chiqmaydi. Ularni izlab topish kerak. Investor bo’lish faol reklama qilinayotgan loyihalar 99% holatda pul tikishga arzimaydi. Pulingiz borku, qayerga tikishni bilmayapsizmi? Bu haqida ham 3 yil avval .
Показать полностью ...
14 490
162
Qisqa video epidemiyasi O’zbekistonda Instagram ishlatadiganlar 10 yilda qancha bo’lgan bo’lsa, o’tgan yilda ham o’shancha . Sabablar - reels (qisqa videolar) ko’paygani, yoshlar telefon olayotgani, internet arzonlashayotgani. Bu yil ham yana shuncha qo’shilsa kerak. Marketologlar, biznes egalari, blogerlarga tavsiya - o’sayotgandan bozorda o’sish oson bo’ladi, ko’zdan qochirmang. Endi esa obunachilarga tavsiya: 30-60 sekunddan video ko’raman deb soatlaringizni isrof qilganingizni bilmay qolasiz. Qisqa videolarni ko’p ko’rish diqqatsiz qilib qo’yadi. Uzunlariga sabrsiz bo’lib qolasiz. Dars qilish va biron nimaga erishish . Asimmetrik natijalar assimmetrik harakatlardan keladi. Hamma qisqa videolarni ko’rayotganda, siz uzunlarini ko’ring. Matn o’qing. Kitob varaqlang. Odamlar bilan real gaplashing. davrida, sizda o’sish bo’ladi. O’zingizni qutqarsangiz atrofdagi hammani qutqara olasiz. Instagramga kirsangiz, video ko’rishga emas, qo’yish uchun kiring. Ramazonda instagramni tashlab sinab ko’ring, hotirjamligingiz oshadi. Bir marta his qila olsangiz, boshqa qaytgingiz kelmay qoladi.
Показать полностью ...
64 071
1 118
O’rta yer dengizi usulida muvaffaqiyat Karyera qurishning 5000 yildan beri sinalgan yo'li bor. O’rta yer dengizi usulida muvaffaqiyat deyiladi. 1. Yo’nalish tanlaymiz. (Yordamga yoki Clifton kitobi) 2. Eng zo’r mutaxassis bo’lamiz. , kitoblari, kuniga 1 soat ustimizda ishlash yordam beradi. Ko'pchilikka shuni o'zi yetadi. To'xtamayman deganlarga keyingi uchta yo’l bor. Karyeradan muhimroq hayotiy maqsadlar bo’lsa - Erkin (freelance) mutaxassis bo’lish. . Lider va jamoaga havas qilsa - ishxonada qolib, aksioner (ulushdor) bo’lishgacha ko’tarilish. Yuk olish va riskdan qo'rqilmasa - mutaxassislikni biznesga aylantirish. ( tizimi bo’yicha) Uzog’i . Keyin ham ish to’xtamaydi. Shunchaki pul, tirikchilik, stabillik, kasb haqidagi qayg’ular yo’qolib, boshqalari boshlanadi) P.S. Do’stimiz (Ricomel, Dinay) bilan karyeramni o’stiraman degan yigitlardan management yo'nalishida shogird qidiryapmiz. Qiziq bo’lsa topshirib ko’ring. Suhbatni ikkalamiz o'tkazamiz. Ma'qul bo'lganlarni jamolarimizga chaqiramiz.
Показать полностью ...
49 536
1 112
30 yoshga to’lib tushunganlarim: 20~ yoshlaringizda yonimda shular bo’ladi deb o’ylaganlaringiz va 30 yoshingizda yoningizda bo’ladiganlar boshqa odamlar bo’ladi. Birga o’qigan bolalardan, yaxshi o’qiganlari - yaxshi ishlarda. Yomon o’qiganlari - oz qismi tadbirkor, katta qismi - qiyin ishlarda bo’ladi. Fikrlashingiz, taniydigan odamlaringiz, hal qilgan muammolaringiz, diplomingizdan o’n marta ko’proq yordam berganini ko’rasiz. 18-25 yoshdagi kabi ko’p bo’sh vaqt endi hech qachon bo’lmasligi tushunasiz. Gavjum joylardan sokin joylar ko’proq yoqa boshlaydi. Bekor ketgan vaqtlaringizga achinasiz. Ilm olgan paytlaringizga xursand bo’lasiz. Eng muhimi: 30 yoshdagi hayotingiz - kechagi, o'tgan yilgi emas, 20-25 yoshlardagi qilgan qarorlaringiz natijasi ekanligini ko'rasiz.
Показать полностью ...
61 672
919
Ko’zingizga aytib beradi Eng ko’p vaqt o’tkazadigan 5ta odamimizga o’xshab ketamiz. (J. Rohn) Farzandingizga qiladigan eng katta yaxshiligingiz uni to’g’ri muhitga qo’yishingiz. (Yagodkin) 10-12 yoshida aqlli bolalar bilan do’st bo’lganlar 18 yoshida IQ darajalari katta o’sgani kuzatilgan. (J.Clear) O'zgarishimiz uchun, muhitimiz o'zgarishi kerak. Tabiiy, yaxshiroq, kuchliroq muhit xohlaymiz. U muhitdagilar esa o’ziga o’xshaganlarni yaqinlashtiradi. Shu tufayli u muhitga kira olmaymiz. Nima qilish kerak? Yechim nima? Kitob. Biografiyalar. Buyuk insonlarning hayot yo'llari. Navoiy, Rumiy, Avreliy, Aflotun, Seneka, Dostoevskiy… (Jobslar-u, Masklar ham bo'laveradi) O’rtog’ingiz bilan gaplashsangiz baribir hayotini aytib beradi. Kitoblar ham shu. Qulog’ingizga emas, ko’zingizga aytib beradi xolos. Bu ham yaxshigina muhit beradi. -Keyinchi? Keyingi qadam nima? Yaxshi odamlar muhitga qanday o’taman? Buyuklardan ilhomlanib yashashni boshlang. Muhitni o’zi sizni qidirib keladi.
Показать полностью ...
53 348
808
Sinov o’zgarsa, turib bermaydi Beton baquvvat material. 100 megapaskal bosimga bardosh beradi. Tangadek beton filni bemalol ko’tarib tura oladi. Filni ko’targan beton bo’lagiga olmani ossangiz ko’tara olmay bo’linib ketadi. Tortish kuchi 3 megapaskaldan oshmaydi. Aksarimiz ham shundaymiz. Bir turdagi sinovlarga istagancha turib beramiz. Sinov turi o’zgarsa - ko’tara olmaymiz. Yo’qchilikda sabr qilgan, borchilikda isrof qiladi. Hech kim tanimaganda kamtar bo’lgan, tanilgach maqtov qumsab qoladi. Borida shukr qilgan, yo’qligida nolib qoladi. Beton arqon emas, hech kim uni tortish uchun ishlatmaydi. Bosimga turib bersa bo’ldi. Inson beton emas. Sinovlari o’zgarib turadi. Bugun o’xshayotgani, ertaga o’xshashini bildirmaydi.
Показать полностью ...
6 052
105
Qiladiganlardan so'rang. 6ta farzandning onasi, 2 million obunachisiga tarbiya haqida maslahatlar beruvchi bloger, farzandlari bilan vahshiyona munosabati uchun Inson ajoyib. Bir narsaga amal qilmasligi, maslahat bermasligidan to’smaydi. Qilmayotgan narsasini gapiradi (61-2). Gapirganini qilmaydi. Bu yagona holat emas, bittada bir nechtasi esga keladi: Oilalarni yarashtirish bilan shug’ullandigan psixologlar boshqalarga qaraganda Do’st orttirish, ayoli bilan munosabat qurish bo’yicha guru Deyl Karnegi - do’stsiz, ayolisiz, yolg’iz depressiyada Boy bo'lish haqidagi eng mashhur kitob muallifi Kiyosaki - Boy bo’lishni o’rgatadigan kompaniyasi Gapiruvchilar va qiluvchilar doim ham bitta odam bo'lmaydi. Qiladiganlardan so'rang, yaxshiroq maslahat chiqadi. Qiladiganlardan so'rang, maslahat ta'sir qiladi.
Показать полностью ...
42 813
653
Bog’cha ochib maktabga aylantirmoqchiman. Ishni nimadan boshlay? CHatGPT: Biznes reja tuz, hujjatlar, bino, ta’lim dasturi, pul topish….. Bog’cha ochib maktabga aylantirmoqchiman. Ishni nimadan boshlay? Ustoz: Bog’cha-tarbiyachi qilib vaqt ketkazib qo’yasiz hozir Aziz. Eng yangi va uzoq tajribangiz maktab sohasida. Maktab oching. Deyarli bir yil avvalgi suhbatdan parcha. Ustozning qadri javoblarida emas. Ustozning qadri holatingizni bilishida. Javoblarni bilishida emas, javoblarning qaysi biri sizga mosligini bilishida. Savolingizga javob berishida emas, ba’zi xato savollarni javobsiz qoldirishida.
Показать полностью ...
11 677
122
Bulut kabi yig’laymiz Bulutlarga qaraysiz. Yengilgina uchib yuradi. Bitta bulutning vazni kamida 500 000kg ligi . Shuncha vazni bilan qanday uchib yuribdi, hayron qolasiz. Uni undan ham og’irroq havo ko’tarib turibdi. Biz ko’rmaymiz xolos. Atrofimizda ham shunday. Katta ishlar qilayotgan liderning, ommaga ko’rinmaydigan jamoasi turibdi. Tez ko’tarilayotgan yigitchaning, ommaga ko’rinmaydigan ajdodlari, ustozlari turibdi. Kitob chiqargan akademikning, ommaga ko’rinmaydigan shogirdlari, yordamchilari turibdi. Oson muvaffaqiyatdek ko’ringan ishda, ommaga ko’rinmaydigan qancha duolar, iltijolar turibdi. Ostidagi havodan vazni ortsa bulut borini yo’qotadi. Buni yomg’ir deb ataymiz. Xuddi shunday biz ham bizni ko’tarib turganlarni unutsak, kun kelib bulut kabi yig’laymiz.
Показать полностью ...
22 327
402
Muhim bo’lmagan ishlarda yutish Shaxmatda guruhimdagilarni yutdim. Boshqa guruhdagi talabaga yutqazdim. -Seni yutishim uchun qancha o’ynashim kerak? -8 yildan beri professional shug’ullanaman. Chang’i uchishni boshlaganimda, yiqilmasligim katta yutuq edi. Keyin professionallar uchishiga havas qildim. -Sizdek uchmoqchiman, tavsiyalar? -“20 yildan beri shug’ullanaman” dedi. Stol tennis, shashka, yugurish, og’ir ko’tarish nimaiki boshlasam eng zo’ri bo’lish fikri bilan doim kurashardim. IELTSdan 9 olaman. Taekvondo qora belbog’ qilaman, shaxmatda eng zo’ri bo’laman - deydigan o’quvchilarimiz chiqib qoladi. O’zimni va ularni kuzatib bitta xulosaga keldim. Bitta sohada g’olib bo’lganlar, boshqa nima boshlasa ham yutaman deydi. Hamma ishda yutishning imkoni yo’q. Hamma ishda ham shu ishga umrini bag’ishlaganlar bo’ladi. Hamma ishda yutishning keragi ham yo’q. Muhim bo’lmagan ishlarda yutish, muhimlarida yutqazishga olib boradi.
Показать полностью ...
23 714
386
Muhim ishlarni ko’paytirish Samsung yangi telefon chiqaribdi. Apple ko’zoynaklari sotuvga chiqibdi. 2 hafta o’tib bildim. Oldin bunday yangiliklarni o’zim boshqalarga aytib berardim. O’ylab qoldim. Nima o’zgardi? O’ylaydigan muhimroq narsalar paydo bo’libdi. Farzandlar, maktabimiz o’quvchilari, jamoamiz, olinmayotgan ilmlar. Shulardan ortsa, keyin muhim bo’lmagan yangiliklar o’qilyapti. Bekorchi ishlar kamayishi uchun, bekorchi ishlarni kamaytirish kerak deb o’ylardim. Muhim ishlarni ko’paytirish ham yaxshigina yordam berar ekan.
Показать полностью ...
28 467
262
Ozginasi ham zarar beradi. Hasad qiladi. Nega unda borku, menda yo’q deydi. Men loyiqroqman-ku deydi. O’zini baland tutadi. Xatosini to’g’rilamaydi. Xato deb bilmaydi. Xato qilishi mumkinliigi hayoliga kelmaydi. Axir kimsan u xato qilarmidi. Boshqalar fikrini olmaydi. Uni fikri esa olinishi kerak. Dalillar sababli emas. Uning fikri bo’lgani uchun. G’iybat qiladi. Boshqalar kamchiliklari uni xursand qiladi. O’zida kamchiliklar yo’q. Chunki u shunday o’ylaydi. Adolatsizlik qiladi. O’ziga va yaqinlariga yaxshi bo’lsa bo’ldi. Boshqalar bilan ishi yo’q. O’zining qadrini yuqori deb o’ylaydi. Kibr shunday kasallik. Boshqa kasalliklarga sabab bo’ladi. Eng yomoni kibrlilar - kibrli ekanligini bilmaydi. Boshqalarni ayblaydi. Postni ham o’qiydi. Tegishlilar o’qisin degandek jo’natib qo’yadi. O’zini to’g’rilashga kibri yo’l qo’ymaydi. Shuning uchun ham kibrlilar jannatdan to’silgandek go’yo. Chunki ozgina kibr, vaqt o’tib ko’pgina kibrga olib boradi.
Показать полностью ...
32 682
437
Qurib qolsa keyingisiga o'ta olasiz. Tropiklarda loysakrovchi balig’i bor. Yashayotgan suv havzasida ovqat tugasa, suzgichlari bilan keyingisiga Amfibiya. Suvda, havoda ham nafas oladi. Istalgan muhitga moslashadi. Boshqa baliqlarda uchramaydigan xususiyatlari tufayli 400 mln yildan beri yashab keladi. Birinchi jadvalda O’zbekistonliklarda eng ko’p yetishmaydigan professional ko’nikmalar ro’yxati turibdi. Ikkinchi jadvalda kompaniyalarga eng kerakli ko’nikmalar ro’yxati. Ro’yxatlar bir birga juda o’xshash. Qarab nega ishsizlar ko’p, ish joylari undan ham ko’pligini tushungandek bo’lasiz. Shu ko’nikmalarni rivojlantiring do’stlar. Sakrovchi baliq kabi noyob bo’lasiz. Mehnat bozorida uzoq yillar yashab qolasiz. Istalgan kompaniya, davlatda kerakli inson bo’lasiz.
Показать полностью ...
33 207
506
Birinchi ish joyini tanlash Birinchi kirgan ishida butun umr qolishni xohlaydiganlar deyarli bo’lmasa kerak. Birinchi ishimiz vaqtinchalik ekan, Birinchi ish uchun qanday ishlarni tanlagan yaxshi? Qoida oddiy. Birinchi ishimiz puldan tashqari ko’chiriladigan ko’nikmalarni ham berishi kerak. Boshqa ishlarda ham ishlatsa bo’ladigan ko’nikmalar - ko’chiriladigan ko’nikmalar. (Misol uchun Google docs da ishlash) 1. O’qituvchilik. Soddalashtirish. Auditoriya e’tiborini ushlab turish. Bilimini o’tkaza olish ko’nikmalarini beradi. Menejerlik, tadbirkorlik, sotuvchilik, blogerlikda kerak bo’ladi. 2. Sotuvchilik. Birinchi ishim oziq ovqat do’konida sotuvchilik bo’lgan. Begonalar bilan gaplasha olish, ko’ndirish, tinglash. Hamma kasblarda kerak bo’ladi. 3. Fast food tarmog’i. Intizom bilan ishlash. Yo’riqnomalarga amal qilish. O’z ishini yangilarga o’rgatish. Intizom hamma ishda kerak. Kollejlarimiz o’rgata olmayotgan intizomni Makdonalds o’rgatyapti degandi W.Buffet. 4. Kopirayting. Matn orqali ta’sir o’tkazish. Fikrni tiniqlashtirish. O’quvchilar holatiga tusha olish. Menejerlik, tadbirkorlik, ilm, marketing, blogerlik, sotuvchilikda kerak bo’ladi. 5. Tadbirkor/Olim yordamchisi. Parda ortida qolib ketadigan ko’p jarayonlarga perspektiva ochiladi. Turli instrumentlar ishlatish o’rganiladi. Ko’p ishlarni qilishda ishonch paydo bo’ladi. Shaxsiyat o’zgaradi. O’zi yordamchi bo’lgan inson yo’lidan ketishda yordam beradi. 6. Video montaj. Kontentning asosiy qismi hozir video. Trendlar, diqqatni qarata olish, ushlash. Tadbirkorlik, marketing, sotuv kabi kasblarda kerak bo’ladi.
Показать полностью ...
31 283
309
Yangi hayot uchun imkon tug’iladi Kit o’lgach, tanasi suv tubiga cho’kadi. Bir kilometrlik chuqurlikda uning tanasidan boshqa ozuqa bo’lmaydi. Bir yil ichida tananing atrofida yangi ekosistema Suyaklardan ozuqlanuvchi bakteriyalar, bakteriya bilan oziqlanadigan chuvalchanglar, chuvalchang bilan oziqlanadigan molyusk va qisqichbaqalar. Bu ekosistema 50 yildan oshiq yashaydi. Avvaliga qayg’uli ko’ringan o’lim, minglab hayotning boshlanishiga sabab bo’ladi. Hayotimizda ham shunday o’limlar bo’lib turadi. Ishingizni yo’qotasiz. Yaxshirog’ini qidirishga vaqt topiladi. Qarzga botasiz. Yangi kasb o’rganishga kuch topiladi. Buvingiz vafot etadi. Ota - onani ko’proq qadrlashni boshlaysiz. Xiyonat qilishadi. Sodiqlarni sevib qolasiz. Qaysi sohada o’limga uchrab, burchakka taqalsak, o’sha sohada yangi hayot uchun imkon tug’iladi.
Показать полностью ...
40 411
660
Buzuq o’yinchoqlar bilan qolib ketamiz Do’kondan o’yinchoq keldi. Qo’liga berdik. O’g’lim ushladida meniki, mening o’yinchog’im dedi. Boshqalarga bermadi. Almashgisi kelmadi. O’yinchoqni sotib olmagandi. Yasamagandi. Tanlamagandi ham. Qo’liga ushlashi bilan, bir daqiqa oldin tanimagan plastik bo’lagidan kechishi qiyinlashdi. Miyamizdagi fikrlarimiz ham shunday. Biznki deymiz. O’zgaritirishga qiynalamiz. Boshqa fikrlarga almashgimiz kelmaydi. O’zimizniki deb o’ylagan fikrlarimiz bizniki emas. Atrofdan olganmiz. Eshitganmiz. Ataylab o’tkazishgan. Ko’pini qayerdan kelib qolganini ham bilmaymiz. Eskirsa. Ishlamay qolsa, xatoligini ko’rsak ham o’yinchog’imizga o’xshab voz kechgimiz kelmaydi. Meni fikrim deb turib olamiz. Xatoligini sezsangiz fikrlaringizni o’zgartiravering. Yangi fikr sizniki emasdur. Eskisi ham sizniki emas. Rivojlanishning boshqa yo’li yo’q. Kibr ortidan fikrni o’zgartirmay yuraversak, yillar o’tib faqat buzuq o’yinchoqlar bilan qolib ketamiz.
Показать полностью ...
45 147
435
75 642
1 216
Последнее обновление: 11.07.23
Политика конфиденциальности Telemetrio